Научная статья на тему 'IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI'

IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
127
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arastu / yunon va fors madaniyati / Kalila va Dimna / jamiyat / Organon. / Aristotle / Greek and Persian Culture / Kalila and Dimna / Society / Organon.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Saidov, Sarvar Atabullo O’g’li

Ushbu maqolada ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Uning yunon va fors madaniyatining bebaho durdonalari borasida qilgan tarjimalari tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE AND SCIENTIFIC ACTIVITY OF IBN AL-MUQAFFA

This article analyzes Ibn al-Muqaffa's contribution to the art of Islamic translation. His translations of the priceless masterpieces of Greek and Persian culture have been studied on the basis of historical sources.

Текст научной работы на тему «IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI»

IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

Sarvar Atabullo o'g'li Saidov

O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ibn al-Muqaffaning islom tarjima san 'atiga qo 'shgan hissasi tahlil qilingan. Uning yunon va fors madaniyatining bebaho durdonalari borasida qilgan tarjimalari tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar. Arastu, yunon va fors madaniyati, Kalila va Dimna, jamiyat, Organon.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется вклад Ибн аль-Мукаффы в искусство исламского перевода. Его переводы бесценных шедевров греческой и персидской культуры были изучены на основе исторических источников.

Ключевые слова. Аристотель, греческая и персидская культура, Калила и Димна, Общество, Органон.

ABSTRACT

This article analyzes Ibn al-Muqaffa's contribution to the art of Islamic translation. His translations of the priceless masterpieces of Greek and Persian culture have been studied on the basis of historical sources.

Keywords. Aristotle, Greek and Persian Culture, Kalila and Dimna, Society, Organon.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, VIII asr islom ilm-fanida har tomonlama taraqqiyot va yuksalish davri bo'ldi. Ayniqsa tarjima san'ati nihoyat darajada rivojlanib, islom madaniyatining boshqa qavmlar madaniyati bilan tashishuvi va ularning ijobiy tomonlarini qabul qilish jarayoni jadallashdi. Hozirgi kunga kelib islom ilm-fani taraqqiyotini o'rganish jarayonida boshqa xalqlar madaniyatining islo m madaniyatiga kirib kelish yo'nalishlarini har tomonlama tadqiq etish muhimdir. Bu jarayonda arablar bilan bir qatorda, ajam xalqlari orasidan chiqqan iqtidorli tarjimonlarning faoliyatini ham alohida qayd etib o'tish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

VIII asrda yashab ijod etgan shunday mohir tarjimonlardan biri Abu Muhammad Abdulloh ibn al-Muqaffa (724-759) bo'lib, o'zining qisqa umri davomida yunon, fors tillaridan bir qancha noyob asarlarni arab tiliga tarjima qildi hamda islom madaniyatini Aristotel asarlari, forslarning "Risola Tansar", "Xudoynoma", "Oyinanoma" kabi donishmandlik durdonalari, hindlarning "Kalila va Dimna" singari noyob namunalari bilan yaqindan tanishtirdi.

Ibn al-Muqaffaning hayoti haqidagi ma'lumotlarda chalkash jihatlar ancha ko'p. Biz uning qachon tug'ilganligini va qachon qatl etilganligini komil ishonch bilan ayta olmaymiz. Lekin uning qatl etilishi hijriy 142 yildan 145 yilgacha bo'lgan degan taxminlar mavjud. Uning tavalludi haqida esa manbalar hijriy 106 va 108 yillar oralig'ini ko'rsatadilar. Ammo shu narsaga ishonchimiz komilki, u umrining oxirgi yillarini fikr va adab taraqqiy etgan Abbosiylar davrida o'tkazdi. Ibn al-Muqaffa Fors o'lkasining hozirgi Feruzobod shahri hududida joylashgan Jur nomli qishloqda tavallud topgan. Ibn Nadimning aytishicha, uning forscha ismi Rozbeh bo'lib, islom dinini qabul qilishidan oldin Abu Amr degan kuniyasi bo'lgan. Islomni qabul qilganidan keyin esa Abdulloh ismini o'ziga qabul qilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olim va adiblar jamoasi ibn al-Muqaffaning tarjimonlik iste'dodiga va uning ushbu sohadagi mahoratiga ittifoq qiladilar. Ushbu olimlar orasida eng ko'zga ko'ringan shaxslardan biri Johiz bo'lib, ibn al-Muqaffaning tarjimonlik mahoratini e'tirof etadi.

Abdulloh ibn al-Muqaffa tomonidan "Kalila va Dimna" ni tarjima qilish jarayonida bir bob qo'shilgan bo'lib, unda mutafakkir shunday fikrlarni ilgari suradi: Ushbu "Kalila va Dimna" kitobi hind olimlari tomonidan tuzilgan asar bo'lib, unda o'zlarini ilhomlantirgan so'z va masallarni keltirganlar.

Ibn Hajr al-Asqaloniy "Lisonul mezon" asarida ibn al-Muqaffaning tarjimasi borasida to'xtalib: "Kalila va Dimna" asarini ibn al-Muqaffa arab tiliga tarjima qilgan deydi.

Ba'zi tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, ibn al-Muqaffaning "Kalila va Dimna" ni tarjima qilishining asl sababi bu uning jamiyatni isloh qilishga bo'lgan intilishidir. Ibn al-Muqaffa o'z davri jamiyatidagi ko'plab maqtab bo'lmaydigan nuqsonlarning, siyosiy sohadagi erksizlikning shohidi bo'ldi. Tabiiyki, u xalifa va uning atrofidagi a'yonlarni ochiqdan-ochiq tanqid qila olmas edi. Xalifa Mansur davrida uning mana shunday islohotchilik g'oyalari ayni etilgan davr edi. U o'zi va xalifa o'rtasidagi mavqeini Beydebe va Dibshilam o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga qiyosladi. Ibn al-

9

Muqaffa "Kalila va Dimna"ni tarjima qilish jarayonida hind va forslarda bo'lgani kabi mazkur kitobdagi g'oyalarning xalifalar va raiyyat hayotida ijobiy ta'sir qoldirishiga umid qildi.

Ibn al-Muqaffa xalifa Mansurni davlat ishlarida qilichga suyanuvchi, unga qarshi bo'lganlarga nisbatan shafqatsiz bo'lgan hukmdor sifatida tasavvur qilgan. SHu sababli uning "Kalila va Dimna" asarini tarjima qilishdan yana bir maqsadi ushbu kitobdagi g'oyalar bilan xalifani tanishtirish hamda uning nuqsonlarini o'ziga ko'rsatishdan iborat edi.

SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, ibn al-Muqaffaning ushbu asarni tarjima qilishdan asosiy maqsadi o'zining tarjimonlik san'atidagi mahoratini boshqalarga ko'rsatib qo'yishdangina iborat bo'lmay, balki jamiyatni isloh qilish borasida boshqalarga bir saboq berishdan iborat bo'lgan.

Munozara. Ibn al-Muqaffaning Arastu asarlari borasidagi tarjimalariga ishora qiluvchi dastlabki asar Soid Andalusiyning "Tabaqotul umam" asaridir: "Arastuning mantiqqa oid asari Abbosiylar davlatida faoliyat ko'rsatgan fors notig'i, Abu Ja'far al-Mansurning kotibi Abdulloh ibn al-Muqaffaga mashhurlik olib keldi. 1 U Arastuning mantiqqa oid bo'lgan uchta kitobini arab tiliga tarjima qilgan. Bular: "Kategoriyalar", "Organon" va "Analitika" kitoblaridir. U shuningdek Porfiriyning "Isog'uchi" nomi bilan mashhur bo'lgan mantiqqa oid qitobining kirish qismini ham tarjima qilgan. U ushbu kitoblarni oson iboralar orqali hayratlanarli tarzda tarjima qilgan. Ibn al-Muqaffa hindlarning "Kalila va Dimna" nomi bilan mashhur bo'lgan kitobini ham tarjima qilgan. Ibn al-Muqaffa ushbu kitobni fors tilidan arab tiliga tarjima qilgan birinchi tarjimondir. Uning odob-axloq va siyosatga bag'ishlangan ajoyib asarlari, sultonga itoatli bo'lishni targ'ib qiluvchi "YAtiyma" nomi bilan mashhur bo'lgan risolasi bor".2

Ibn al-Muqaffa Fors o'lkasida voyaga yetgan. Bu yerda u tabiiy holatda fors madaniyatini o'rganish bilan mashg'ul bo'lgan, keyin esa Basraga ko'chib o'tgan. Bu shahar ilmiy muhiti va olimlar jamoasi bilan o'sha davrda nihoyatda mashhur edi. Shuningdek ushbu shaharda har qanday inoyatga munosib bo'lgan shoirlar va mutakallimlar istiqomat qilar edilar.

Basrada ibn al-Muqaffa Al-Ahtam sulolasi homiyligida hayot kechirdi. Al-Ahtam sulolasi vakillari bu davrda o'zlarining fasohat va notiqlik sohasidagi

1 "®HxpHCT" ga xaM aHTnOTaHngeK (118-6eT), H6h A6gy.raox, 6hh Aïïh xroMaraga 6y^n6, xa^H^a ^kb$ap a^-MaHcypHHHr cnëcaTnra Kapmn öy^raH. raöpne^HHHHr Março^acnga Ba 6H3 KeOTnpagnraH Ma*MyMoraapga xaM Cong AHga^ycHHHHHr HOTyrpn MarnyMOT öepraH^Hrn ongHH^amagn.

2 Гa6pнeflннннг Ma^o^acnga xaM H6h a^-My^a^aHnHr $opc TnnngaH ^n^raH Tap^nMa^apn Ba ë3raH acap^apn Tyrpncnga My^accan KeOTnpnOT'aH.

Scientific Journal Impact Factor

mahoratlari bilan mashhur edilar. Bu rivojlangan shaharda ibn al-Muqaffa kabi yosh yigit arablar bilan muloqotga kirishadi, ularning suhbatlarini tinglaydi hamda ulardan arab tilida to'g'ri muloqot qilishni, umuman ushbu tilning barcha sir-asrorlarini o'rganadi [4,15].

Yoshlik yillaridan ibn al-Muqaffaning ilmga bo'lgan intilishi, zehni, aql-zakovati, odob go'zalligi namoyon bo'la boshlaydi. Natijada mahalliy hokimlar va amirlar uni o'z devonlariga kotiblik qilishga unday boshlaydilar. Ibn al-Muqaffa ularning saroylarida yuksak vazifalarda xizmat qildi.

Ibn al-Muqaffa Yazid ibn Umar Abu Hubayraga kotiblik qilgan. Ehtimol, ushbu amir ibn al-Muqaffani kotiblikka taklif etgan ilk amaldordir. Aytilishicha, Yazidning vafotidan keyin ibn al-Muqaffa uning akasi Dovud ibn Umarga kotiblik qiladi va bu amirning Kermondagi devonida kotib bo'lib qoladi.

Ibn al-Muqaffaning bir qancha risolalari, asarlari bugungi kunda ham butun jahonda mashhur bo'lib, ular orasida ayniqsa "Al-adab al-kabir" va "Al-adab as-sag'ir" asarlari alohida ahamiyatga molik. Mazkur asarlarni o'qigan inson ulardan bebaho hikmatlar, pand-nasihatlar, o'gitlar olishi bilan birga muallifning go'zal odob va yuksak axloq sohibi bo'lganligiga, do'stlikni nihoyatda yuksak insoniy fazilat deb bilganligiga bir lahza bo'lsa ham shubha qilmaydi. Ibn al-Muqaffa do'st-birodarlariga nisbatan sodiq va vafoli inson bo'lib, uning eng yaqin ikki do'sti Abdulhamid ibn Yahyo va Ammora ibn Hamza edi. Ibn al-Muqaffa va do'sti kotib Abdulhamid Yahyo o'rtasidagi o'zaro sadoqat qissasini ko'plab yozuvchilar shunday ta'riflaydilar: "Bani Umayya sulolasining oxirgi xalifasi Marvon ibn Muhammad qatl etilganidan keyin uning kotibi Abdulhamid ibn Yahyo o'z do'sti ibn al-Muqaffaning uyida yashirindi. To'satdan askarlar kelib ularni qo'lga olishdi va ulardan so'rashdi: Sizlardan qaysi biringiz Abdulhamid? Ularning ikkovlari ham men deb javob berishdi. Ammo o'z do'stining hayotidan xavfsiragan Abdulhamid askarlarga o'zini tanishtirdi" [1,34].

Ammora ibn Hamza va ibn al-Muqaffaning do'stligi haqida al-Gahsiyari shunday yozadi: "ibn al-Muqaffa nihoyatda saxiy, muhtojlarga yordam beruvchi, ularni taomlantiruvchi oliyjanob inson edi. U Kermonda Dovud ibn Umarga kotiblik qilardi va unga har tomonlama foyda keltirardi. Har oyda Basraning besh yuzdan ikki ming atrofidagi aholisiga xayr-ehson qilardi. Ibn al-Muqaffa va Ammora ibn Hamza o'rtasida do'stlik va kuchli mehr-muhabbat aloqalari o'rnatilgan edi. Xalifa Ja'far al-Mansur Ammora ibn Hamzaning xizmatidan voz kechib, uni Kufaga jo'natib yuborgan edi. Ibn al-Muqaffa tez-tez Ammora ibn Hamzani ziyorat qilib turardi" [2, 69].

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek, Ibn al-Muqaffa o'z mol-davlati borasida xasislik qilmaydigan, unga shukr qilishni biluvchi, xalqqa foyda keltirishga intiluvchi, forsiy tabiatiga xos bo'lgan hazil-mutoyibaga kuchli mayl bildiruvchi olim bo'lganligini keyingi asrlarda yozilgan ko'plab manbalar tasdiqlaydi. Ibn al-Muqaffa haqida so'z yuritganda uning o'z davridagi ilm ahli orasidagi mavqeini bilish muhim ahamiyatga egadir. Biz bilamizki, bu davrdagi kotib va mutafakkirlar ziyoli va madaniyatli toifa bo'lib, omma qalbini ziyo bilan to'ldirishda katta hissa qo'shganlar. Ibn al -Muqaffa fors madaniyatining ta'siri kuchli bo'lgan ushbu toifadan edi.

Ibn al-Muqaffa Islom ilm-fanining eng mahsuldor mutafakkirlaridan biri bo'lib, arab-musulmon ilm-fanining, kitobat ilmining yuksalishiga katta ta'sir ko'rsatdi. U o'z ta'limotida har doim oliy idealga intildi, bu esa uning asarlarida namoyon bo'ldi. "Al-adab al-kabir" asari gapimizga yaqqol dalil bo'la oladi. Mutafakkir ushbu asarni yozish orqali donishmandligi, siyosati, axloqi va go'zal siyrati bilan boshqalarga namuna bo'la oladigan komil hukmdor obrazini yaratishni maqsad qilgan. Uning ideal hukmdor borasidagi g'oyalari italiyalik faylasuf Makiavellining fikrlariga qarama-qarshi yo'nalishdadir.

Nikollo Makiavelli hukmdorlarning siyosati borasida so'z yuritar ekan, ularni o'z vazifalarini ado etishda din, adab, oliyjanoblik qoidalariga zid ravishda yolg'on va tovlamachilikdan foydalanishga undaydi. Makiavelli ta'limotining asosi "Maqsad vositani oqlaydi" degan g'oyaga asoslanadi. Makiavelli o'zining "Podshoh" nomli asarida shunga o'xshash fikrlarni ilgari suradi. Ibn al-Muqaffa esa "Al-adab al-kabir" asarida hukmdor xislatlarini shunday ta'riflaydi: "Hukmdor uchun qahr-g'azab munosib emas, chunki hukmdorning kuch-qudrati uning qahriga bog'liq emas. Podshohga yolg'on gapirish ham xos emas, chunki hech kim uni xohlaganidan boshqa narsaga majburlay olmaydi. Hukmdorga baxillik ham munosib emas, chunki hukmdor faqirlik xavfidan xoli bo'lgan ozchilik insonlardan biridir" Ibn al-Muqaffa ushbu fikr orqali oliy idealni o'rnak sifatida namoyish etadi.

Ibn al-Muqaffaning e'tiborini o'ziga tortgan masalalardan biri do'stlik g'oyasi bo'lib, mutafakkir komil tarzdagi do'stlik tushunchasini o'z ta'limotida ilgari suradi. "Al -adab al-kabir" asarida Ibn al-Muqaffa ideal do'stlik munosabatdariga o'z diqqatini qaratar ekan, xalqni o'zi tavsiflagan oliy darajadagi do'stona munosabatlarni o'rnatish uchun intilishga da'vat etadi. Uning mana bu fikrlariga e'tibor beraylik: "Senga o'z nuqtai nazarimga ko'ra insonlarning eng ulug'laridan deb hisoblaydiganim, suhbatdosh do'stim haqida bilganlarimni hikoya qilaman. Mening nigohimdagi eng ulkan narsa uning nigohlarida dunyoning eng kichik zarrasi kabi edi. U qorin g'amidan xoli edi. O'zida yo'q narsalardan g'ururlanib, rohatlanmas,

o'zida bor narsalarni esa oshirib ko'rsatmas edi. Behuda o'yin-kulgudan xoli, o'ziga nisbatan boshqalarda shubha-gumon paydo bo'lishiga yo'l qo'ymas edi. U ruh va jismga nisbatan haddan ziyod ehtiyotkorlik qilmasdi. Tiliga erk berishdan xoli edi, bilmagan narsasi haqida gapirmas, bilganlari borasida esa bahslashib o'tirmas edi. Jaholatga erk berishdan o'zini tiyib turardi, ezgulikka xizmat qilmaydigan masalani taqdim qilmasdi" [3, 124].

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ibn al-Muqaffa doimo yozgan kitoblarida, qilgan amallarida va aytgan hikmatlarida oliy idealga tomon intilgan. Bunda din, siyosat va jamiyat borasidagi forslar yaratgan nazariyalarning ta'siri katta bo'ldi. Keyin esa bularning barini yodda tutib, inkor etib bo'lmaydigan jihatlarini targ'ib qildi. Mutafakkir boy forsiy merosni faqatgina yod olish bilan kifoyalanib qolmadi. Balki uni har tomonlama o'zlashtirib, o'ziga qabul qildi, natijada esa forsiy va islomiy tafakkur tarzini o'zaro bog'lagan durdona asarlar yaratdi. U fors davlatchiligi tarixiga doir "Oyinanoma", "Xudoynoma", "Kitob Tansar", Xusrav Anushervonning tarjimayi holiga bag'ishlangan "Kitob at-toj" asarlarini arab tiliga tarjima qildi. Ibn al-Muqaffa o'z asridagi siyosiy va ijtimoiy muammolar borasida mufassal to'xtalib, ushbu muammolar borasida o'z fikrlarini ilgari suradi hamda biografik tarjimalarida ushbu masalalarni ham eslab o'tdi.

REFERENCES

1. Abdullatif Hamza. Ibn al-Muqaffa. Dorul fikr al-arabiy. Misr.: 1960. B.260.

2. Abu Abdulloh Muhammad Gahsiyari. "Kitobul vuzaro val kuttob". - Bayrut.: Dorul fikr al-hadis, 1988. - B.216.

3. Ibn al-Muqaffa. Al-adab al-kabir. Ahmad Zakiy Bosho tahqiqi. Bayrut.: Dor ibn hazm. 1994. - B.128.

4. Muhammad Salim Jundiy. Ibn al-Muqaffa. - Damashq.: Arab kutubxonasi, 1955. - B.182.

5. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

6. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI

13

Scientific Journal Impact Factor

AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

8. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

9. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

10. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

11. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

12.Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

13. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

14. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.