IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARIDA INSON KAMOLOTI MASALASINING QO'YILISHI
Sulaymonova Shahnoza Nodirovna
Toshkent shahar yuridik texnikumi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida insonning komillik sari intilishi va uni muntazam rivojlantirish orqali baxt-saodatga erishish yo 'llari bayon etilgan hamda germenevtik tahlil qilingan. Mavzuni yoritishda uning fors va arab tillarida yozilgan asarlari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: Ibn Miskavayh, "Tahzibul-axloq", "Kitab at-Tahora", "Tathirul-A'roq", amaliy axloq, go'zal xulq, axloqiy komilik, baxt-saodat, johiliyat, aql va e'tiqod, adolat.
ABSTRACT
In this article, Ibn Miskawayh discusses and hermeneutically analyzes the ways in which a person strives for perfection and achieves happiness through its constant development. In covering the subject, his works written in Persian and Arabic have been studied on the basis of the first source.
Keywords: Ibn Miskawayh, "Tahzibul-akhlaq", "Kitab at-Tahara", "Tathirul-Araq", practical morality, good manners, moral perfection, happiness, ignorance, reason andfaith, justice.
АННОТЛЦИЯ
В этой статье Ибн Мискавайх обсуждает и герменевтически анализирует способы, которыми человек стремится к совершенству и достигает счастья через его непрерывное развитие. При освещении этой темы его произведения, написанные на персидском и арабском языках, были изучены на основе первого источника.
Ключевые слова: Ибн Мискавайх, "Тахзибул-ахлак ", "Китаб ат-Тахара ", "Татхирул-Арак", практическая мораль, хорошие манеры, нравственное совершенство, счастье, невежество, разум и вера, справедливость.
KIRISH
Ilm dunyosidagi har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa axloqshunoslikka taalluqlidir. Zero, axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonuniyatlarni o'rganadi,
ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lishi axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-
919
Scientific Journal Impact Factor
o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo'lsada, u mohiyatan, muayyan tarixiy davr talabidan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va axloqiy qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yoriy talablarni bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda "amaliy axloq" deb ataladigan qismini tashkil etadi.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan 3 yarim ming yil avval paydo
Falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap ketganda, musulmon Sharqida ikki yo'nalish alohida o'rin tutadi. Bular mashshoyyunlik va tasavvuf axloqshunosligi. O'rta asr musulmon Sharqida mashshoyyunlik yoki, boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimining vakillari buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, at-Turkiy, Abu Ali ibn Miskavayh, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Barakat al - Bag'dodiy, Umar Xayyomlar hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Ibn Miskavayhning "Tahzib ul-axloq va Tatxir ul-a'roq", "at-Tahara", "Jovidon xirad" va "Kitab adab ad-dinya vad-din" kabi asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, Abdul Aziz Izzatning "Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari" asariga murojaat etildi. Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Arastu izidan borib Miskavayh ham falsafani nazariy va amaliy falsafaga bo'ladi hamda axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning "Tahzib ul-axloq va Tatxir ul-a'roq", "at-Tahara", "Jovidon xirad" va "Kitab adab ad-dinya vad-din" singari asarlarida ko'tarilgan.
Mutafakkirning "Tahzib ul-axloq va Tathir ul-a'roq" ("Axloq takomili va Ildizlar pokligi") asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi. Islom falsafasining ko'zga ko'ringan tarixchilaridan biri Majid Faxrining ta'kidlashicha, Ibn Miskavayhning etikaga qo'shgan hissasi uning sistematik etikaga oid arab tilida yozilgan ushbu risolasidir. Bu asar yunon falsafiy-axloqiy an'analariga bog'liqdir. Asarda muruvvatlilik, baxt, adolat, muhabbat va do'stlik muammolari ko'rib chiqiladi. Masalan, adolat haqida Miskavayh shunday yozadi: "Adolat maqsad
bo'ldi.
va imkoniyatning o'rtasidagi narsadir, yaxshiliklar ichida eng afzali hamjihatlikka eng yaqinidir" 1
Faylasuf huquqshunos, so'fiy zamondoshi va do'sti Abu Hayyan at-Tavhidiyning "Nohaqlik to'g'risida"gi xati bevosita "Risola fi-mihayyatil-adrning yozilishiga sabab bo'ldi. At-Tavhidiyning "al-Hamavil" kitobiga javob tarzida yozilgan falsafa, tilshunoslik va huquqqa oid 175 savol-javobni o'z ichiga oluvchi "ash -Shamovil" kitobida (yo'qolgan) Miskavayh adolatning tabiati, uning namoyon bo'lishi va ko'rinishlari tasvirlanishining qay tarzda sharh qilish yo'llarini aniqlaydi. U adolatni haqiqiy, shartli, erkin harakatga asoslangan va ilohiy adolatga bo'ladi. Shu bilan birgalikda adolat konsepsiyasi, uning fizik, ijtimoiy hamda falsafiy munosabatida ko'rib chiqiladi. Mazkur risolaning asosiy manbalari Platonning "Davlat", Arastuning "Kategoriyalar", "Nikomax etikasi" kitoblari bo'lgan.
Miskavayh "Axloq takomili" asari muqaddimasida kitobining mavzusi va bayon usuli haqida bunday deydi:
"Bu kitobda qo'ygan maqsadimiz shuki, o'z ruhimizga shunday sifatlarni berdikki, uning yordamida qiyinchiliklarsiz yengil va go'zal harakatlar qilsak. Bunday sifatlarni egallash o'zlashtirilgan mahorat layoqat, tartib-qoida asosida vujudga keladi.
Bizning yo'limiz-bu ruhimizning borliq tizimidagi mohiyati, sifatlari va paydo bo'lish sabablarini bilishga intilishidan iborat. Ya'ni ushbu paydo bo'lishning maqsadini bilish va bizga berilgan quvvat va qobiliyatlar javharini anglash. Zero, biz ana shu quvvat va qobiliyatdan kerakli o'rinda foydalansak, yuksalamiz.
Va bu maqsad yo'lida bizga halaqit beradigan narsalarni bilish ham vazifamizga kiradi. Shuningdek, iymon saodatini egallashga yordam beradigan sabablarni aniqlash bilan ruhimizni oziqlantiradiganlarni ham bilib olishni xohlaymiz".2
Miskavayhning axloq asoslari to'g'risida aytgan fikrlari - bu axloqiy-falsafiy tahlil, demak, qo'lga kiradigan natijani ham falsafiy natija deyi sh mumkin. Va shu yerning o'zida u o'z yo'lini axloq masalasida jon kuydiruvchi tasavvuf va irfon ahli hamda Qur'on va sunnatga amal qiladigan, ammo shariatni zohiriy anglaydigan kishilar yo'lidan ajratib ko'rsatadi.
Miskavayhning axloqi bu dunyoviy axloq, bunda u Aflotun bilan Arastu fikrlaridan keng foydalanadi. Ammo unga Arastu eng ko'p ta'sir o'tkazgan. Aytish mumkinki, kitobning butun mazmuni bo'lmasa ham, har holda ko'p narsalarni Arastudan o'zlashtirgan.
1 Majid Fakhry. History of Islamic Philosophy, N.Y. 1970 y
2 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. -B.317
921
Miskavayhning ideal baxt-saodati-bu oqilona baxt -saodatdir. Harakat esa, garchi u ham muhim va asosiy narsa bo'lsada, ammo u shunchaki bir vosita bo'lib, agar odamni oxirgi maqsadiga olib kelmasa, u nomunosibdir. Aql haqida gapirar ekan, faylasuf yangi aflotunchilar talqinidan o'tib islomga kirib kelgan yunonchilar aqliy merosini nazarda tutadi.
Komillashuvning birinchi bosqichi, uningcha bu - ilm yordamida erishiladigan imkoniyatdir. Komillikka intiluvchi inson barcha ilmlarning yakuni va oxiri bosqich bo'lgan parvardigorni bilish darajasiga yetish uchun zina va bosqichlar bo'lib, sabr toqat bilan mukammallashish lozim.
Inson harakat quvvatiga bog'liq bo'lgan komillashuvning ikkinchi bosqichi - bu axloqiy takomillashuv bo'lib, insoniy "faoliyat imkoniyati" bilan bog'liq harakatlarida kuchni taqsimlashdan boshlanadi.
Nazariy takomillashuv bamisoli shakl (surat) bo'lsa, amaliy komillashuv-materiya (modda)dir va bularning birortasi ham ikkinchisisiz qiyomiga (yakuniga) borib yetmaydi, ilm-bu boshlanish, harakat (yoki ish, faoliyati) esa, bu - oxirgi yakun.3
Inson o'z-o'zini takomillashtirish yo'lida hamma maxluqot va uning xossalari haqida bilimga ega bo'lgan taqdirdagina (narsalar, ularning mohiyati, belgilovchi chegaralari haqidagi bilimni egallash), u "olami sag'ir"- kichik olam deb atalishiga munosibdir. Albatta, inson mavjud narsalarni kulldan bilsa, u ju'zlarni ham (chunki ju'zlar kull ichidadir) bilib olishi muqarrardir. Shunday qilib, agar inson komillikning ana shu darajasiga (ilmiy darajasiga) yetib borsa, keyin o'z quvvatlarini takomillashtirish harakatida qo'llaydi va o'zining ichki quvvat hamda qobiliyatini bor bilimiga muvofiqlashtirib, o'zi bir olamga aylanadi. Zero narsalarning surati uning mohiyatining bir qismi bo'lib qoladi. Bunday vaqtda qandaydir holatda, u olam(undagi jami narsalar bilan birga) bilan birlashib, yagona yaxlitlikni tashkil etadi.
Boshqa tarafdan inson o'z ruhini ezgu harakatlar bilan bezagandan keyin, u xudoning xalifasi bo'lib qoladi.4
Ya'ni Miskavayhga ko'ra, baxt-saodat bu xushaxloqlilikning yakuniy maqsadi bo'lgan aqliy tushunchadir. Haqiqiy baxtiyor odam ruhi ilm tufayli butun olam bilan birlashib ketgan odamdir. Uning sifati va axloqi shunday mukarramki, bu unga tangrining o'rinbosari (xalifasi) bo'lishiga ijozat beradi.
Ya'ni Miskavayhga ko'ra, baxt-saodat bu-xushaxloqlikning yagona maqsadi bo'lgan aqliy tushunchadir. Haqiqiy baxtiyor odam ruhi ilm tufayli butun olam bilan
3 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. -B.319
4 O'sha joyda. -B.320.
birlashib ketgan odamdir. Uning sifatlari va axloqi muqarramki, bu unga tangrining o'rinbosari (xalifasi) bo'lishiga ijozat beradi.
"Saodatga erishish shartlari" deb nomlangan boshqa bobda Miskavayh bu haqda ancha batafsil gapirib o'tadi. Bu yerda u ochiq-ravshan dalillarga tayanib, o'zining falsafadagi maqsadi, saodatga erishish sharti bo'lgan bilim haqida so'zlaydi. Bu xuddi o'sha biz Arastuda ko'rganimiz fikridir:
"Mukammal baxt-saodatni izlagan inson (asta-sekin) intiladigan bu bosqichga falsafaning barcha sohalarini to'g'ri bilmasdan turib erishishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu haqda "Tartib us-saodat" ("Baxtga erishish usullari") nomli kitobda ham batafsil to'xtab o'tilgan. Kimki bu yo'ldan yurmasdan turib saodatga erishmoqni niyat qilgan bo'lsa, adashadi va haqiqatdan xiyla uzoqlashadi" 5
Miskavayh taklif etgan yo'l Arastu bosib o'tgan yo'ldir. Ya'ni u bu yunon faylasufining barcha ilm sohasidagi fikrlarini o'rganishini tavsiya bayon etadi:
"Arastu barcha zaruriy mavzular bo'yicha (saodatga erishishini uchun) kitoblar ta'lif etgan, uning kitoblari hamma narsani qamrab oladi. Agar uni aql bilan o'rganilsa, shuni bilib olish mumkinki, hech narsa uning diqqatidan chetda qolmagan"6
Faylasuf " Birinchi muallim" ning "Axloq bo'yicha kitobini", insonga ezgu va sharafli shaxsiy sifatlar va najib axloq fazilatini o'zlashtirishini ko'rsatuvchi foydali va buyuk asar" deb ataydi.
Arastuda ilmning ko'p sohalariga bag'ishlangan kitob va risolalar bor, Miskavayh ularning ro'yhatda yunon faylasufining arab tiliga tarjima qilinmagan kitoblari ham bor.
"Saodat sharti bo'lgan falsafa" - ana shu yaxshi, yaratuvchi va sahiy faylasuf (ya'ni Arastu) bizga qoldirgan falsafadir"7 -deydi u.
Faylasuf Arastu zamondoshlari va uning asarlaridan dars beruvchi mudarrislardan misollar keltirib, o'z shogirdlariga faylasuf asarlarini "Etika" ("Axloq") kitobidan boshlab o'rganish va bilimni tavsiya etadi, chunki bunda, avval o o'rganuvchilarning o'zi bu bilan axloqan boyiydi. Zero, axloqiy fazilat haqiqatni qabul qilish shartidir.
Olim amaliy axloq, go'zal xulq, axloqiy komilikka yetishishi haqida fikr yuritadi. U individga oid axloq qoidalarini umumiy axloq qoidalaridan ajratib,
5 Mashkuya Roziy. Tahzib ul-axloq va tatxir ul-a'roq. Bidar nashr, Qum, hijr. 1371 y.-B.94
6 O'sha joyda. -B.447.
7 O'sha joyda. -B.459.
tabiatni ozod qilishni (ya'ni inson tabiati haqida) axloqni yolg'on va qullikdan qutqarish bilan solishtiradi.
Yuqorida Miskavayh fikrlari haqida qisqacha to'xtab o'tdik. Bular uning insoning kamolga yetish yo'li aql va falsafa orqali borishini ma'qul hisoblagan mutafakkirlardan ekanini bilib olishga kifoya deb o'ylaymiz. Faylasufning din va axloqqa oid qarashlari ham falsafiy yo'nalishda. Garchi Forobiy, Ibn Sino kabi chuqur fikrli faylasuflar ro'yxatida uning o'rni va ahamiyati birinchilar qatorida bo'lmasa ham, ammo nima bo'lganda ham u buyuk faylasuf va uning "Tahzib ul -axloq va Tatxir ul-a'roq" asari fikrimizni tasdiqlaydi. Uning o'zi kitobining uchinchi bobi oxirida ravshan bayon etadi: "Mazkur kitob falsafa ixlosmandlari uchun maxsus ta'lif etilgan, omma uchun emas."8
Miskavayh asarlari ta'sirida islom dunyosida o'ylab axloqiy-didaktik asarlar yozildi. Nosiriddin Tusiyning "Axloqi Nosiriy" asari ham shular jumlasidandir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ibn Miskavayhning insonning komillikka yetishishidagi duch kelinadigan muammolar va ularning ijobiy hal etish usullari, baxtli hayot kechirish shartlari, ruhiy va jismoniy sog'lomlikka yetishish choralarini yechishga urinadi. Uning bu qarashlari hozirda biz axloqan jismonan va ma'nan sog'lom farzandlarni tarbiyalashga, kelajagi buyuk vatan qurish yo'lidagi fikrlarimiz bilan hamohanligi ahamiyatlidir.
Ibn Miskavayh fikricha, inson shaxsiyatini rivojlantirish xatolarga barham berish uchun uning sabablarini ko'rib chiqish lozim. Bundan xulosa kelib chiqadiki, o'zini hurmat qilgan inson o'zgalarni ham hurmat qila oladi, o'zligini tanigan inson o'zgalar tarixiga o'tmish an'analariga xolisona, to'g'ri fikr bildira oladi, aql va bilimga ega inson ilm-fanni, aqlning mahsuli bo'lgan narsalarni qadrlay oladi.
REFERENCES
1. Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20.
2. Abd al- Aziz Izzat.»Tahdib ul-akhlaq». Ibn Miskaweyh. - Beyrut. 1963. -R. 15.
3. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y.
4. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.,2001 y. - B. 130
5. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 1966. -R. 14-26.
6. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.
8 Mashkuya Roziy. Tahzib ul-axloq va tatxir ul-a'roq. Bidar nashr, Qum, hijr. 1371 y.-B.81
924
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
7. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -T.: 2010. -V. 225.
8. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
9. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.
10. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.
12. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO 'NALIShINING SISTEMALASHTIRUVCHISI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 15-20.
13. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 2(2).
14. Sulaymonova, Shahnoza. Farabi ve Miskaway'in etik gôruçlerinin karçilaçtirmali analizi//"Islam'in Altin Chag'inda Ilimlerin Geliçmesine Katki Yapan Bilim Onculeri" Uluslararasi Avrasiya Chalishmalari Simpoziumi. Istanbul. 2020.;
15. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. - Kair. 1951. -S. 102.
16. Yaqut. Irshad al-arib ila ma'rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D. Margoliouth. - Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. -R. 88-96.