Научная статья на тему 'NOSIRUDDIN TUSIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASIGA MUNOSABAT'

NOSIRUDDIN TUSIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASIGA MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
221
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nosiruddin Tusiy / Marog’a / astronomiya / matematika va falsafa / Baxmanyor(Kamoliddin Muso ibn Yunus) / “al-Muhokamat beyn al muxakamatayn” (“Ikki mulohaza haqida o‘ylar”) / Marog‘a rasadxonasi / “Ziji Elxoniy” / “Axloqi Nosiriy”. / Nasiruddin Tusi / Maroga / astronomy / mathematics and philosophy / Bahmanyar (Kamoliddin Musa ibn Yunus) / al-Muhokamat bein al-muhakamatayn (Thoughts on two thoughts) / Maroga observatory / Zidji Elhaniy / Ahloki ". Nosiri ".

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umarov, Muhammadjon Lazzatbek O’g’li

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning qarashlarida borliq masalasiga munosabati tahlil qilingan Abu Ja’far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo’lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari mashshoyiyuna yo’nalishi g’oyalarining an’analarini davom ettirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VIEWS OF NOSIRUDDIN TUSI ON THE PROBLEM OF EXISTENCE

This article analyzes the attitude of Nasiruddin Tusi, a well-known representative of Arab-Muslim social thought, to the issue of existence. Abu Jafar Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. The thinker's ethical views continued the tradition of Mashhaya ideas.

Текст научной работы на тему «NOSIRUDDIN TUSIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASIGA MUNOSABAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NOSIRUDDIN TUSIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASIGA

MUNOSABAT

Umarov Muhammadjon Lazzatbek o'g'li

TDIU tayanch doktoranti E-mail: muhammadj onumarov344@gmail. com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning qarashlarida borliq masalasiga munosabati tahlil qilingan Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo 'lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari mashshoyiyunayo 'nalishi g'oyalarining an 'analarini davom ettirgan.

Tayanch tushunchalar: Nosiruddin Tusiy, Marog'a, astronomiya, matematika va falsafa, Baxmanyor(Kamoliddin Muso ibn Yunus), "al-Muhokamat beyn al -muxakamatayn" ("Ikki mulohaza haqida o'ylar"), Marog'a rasadxonasi, "Ziji Elxoniy", "Axloqi Nosiriy".

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется отношение известного представителя арабо-мусульманской общественной мысли Насируддина Туси к проблеме существования. Абу Джафар Мухаммад Насируддин Туси написал труды, имеющие большое значение в исламской философии и этике. Этические воззрения мыслителя продолжили традицию идей машхайи.

Ключевые понятия: Насируддин Туси, Марога, астрономия, математика и философия, Бахманьяр (Камолиддин Муса ибн Юнус), «аль-Мухокамат бейн аль-мухакаматайн» («Мысли о двух мыслях»), Марога обсерватория, «Зиджи Эльханий», «Ахлоки». Носири ».

ABSTRACT

This article analyzes the attitude of Nasiruddin Tusi, a well-known representative of Arab-Muslim social thought, to the issue of existence. Abu Jafar Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. The thinker's ethical views continued the tradition of Mashhaya ideas.

Keywords: Nasiruddin Tusi, Maroga, astronomy, mathematics and philosophy, Bahmanyar (Kamoliddin Musa ibn Yunus), al-Muhokamat bein al-muhakamatayn (Thoughts on two thoughts), Maroga observatory, Zidji Elhaniy, Ahloki ". Nosiri ".

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiyning (1201-1274) hayoti, faoliyati hamda ma'naviy merosi haqida mulohaza yuritiladi. Mutafakkirning falsafa, astronomiya, axloqshunoslik, geometriya va boshqa fanlarga doir asarlari haqida ma'lumotlar tahlil qilingan. Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy XIII asrda mo'g'o'l bosqini sharoitida arab-musulmon madaniyati yutuqlarini saqlab qolgan mutafakkir sifatida tarixda qoldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Qodirovning "Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili" asari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mutafakkirning hayoti va faoliyati hamda asarlari haqidagi ma'lumotlar obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"O'z davrining Yevklidi, Ptolemeyi, o'z asrining Aflotuni va Aristoteli deb nom olgan faylasuf mutakallim, siyosiy arbob, tengsiz matematik iste'dod egasi"1 bo'lgan Nosiruddin Tusiy o'zining ensiklopedik bilimi va aqliy salohiyati tufayli real voqelikning barcha ziddiyatlarini ko'ra olgan takrorlanmas faylasuf hisoblanadi. Mutafakkirning falsafa, axloqshunoslik, tibbiyot, biologiya, matematika fanlari, adabiyot, fiqh, hadisshunoslik, Qur'oni karimning sharhlari, kalom kabi ilmning barcha sohalarini qamrab olgan 200 ga yaqin asarlari2 Sharq va G'arb olimlarining tadqiqot ob'yektiga aylandi. Tusiy ijodining ensiklopedik xarakterga ega ekanligi uning dunyoqarashi haqida turli bahslarni keltirib chiqardi, mutafakkirning falsafiy-axloqiy qarashlari chuqur tahlil va taqlid ob'yektiga aylandi. Ayni vaqtda boshqa tadqiqotchilar Tusiyning ijodiga asosan salbiy va dushmanona xarakterda munosabatda bo'ldilar. Faylasuf g'oyalarining izdoshlari keskin tanqidga uchradilar. Abdulamir A'somning ma'lumotiga ko'ra, Tusiyning qattol g'oyaviy dushmani bo'lgan Ibn Qiyom al-Javziy mutafakkirni xalifa al-Mu'tasimning, shuningdek, boshqa qozilar, hadisshunoslar va faqihlarning o'limida ayblagan holda, uni

1 Muxammad Taqi Mudarris Razaviy. Xo'ja Nosiruddin Tusiyning hayotiy faoliyati va merosi. Tehron. 1370 h-sh.y. -B. 16. Fors tilida.

2 Nosiruddin Tusiy. Fan muammosiga sharhlar. Eron, Mashxad universiteti, 1345 h-sh.y. - B.6

723

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

faylasuflar, munajjimlar, faylasuf-tabiyotshunoslar, sehrgarlarning himoyachisi deb hisoblaydi3.

Nosiruddin Tusiyning turli soha olimlariga bo'lgan munosabatini ob'yektiv tarzda baholash lozim. A'som singari boshqa tadqiqotchilar ham Nosiruddin Tusiyni Bag'dod olimlari va faylasuflarini mo'g'o'llar bosimidan qutqarganligini ta'kidlashadi. Ba'zi tadqiqotchilar fikriga ko'ra esa, mutafakkir faqihlar va hadisshunoslarga nisbatan, ko'proq faylasuflar, tabib va tabiyotchi olimlarni qo'llab quvvatlagan ekan. Bunga dalil sifatida Nosiruddin Tusiyning olimlarga haq to'lash uchun tuzgan reestri keltiriladi4.

Nosiruddin Tusiy diniy arbob emas, balki faylasuf olim bo'lganligi uchun ham ilmiy-falsafiy yo'nalishdagi va diniy yo'nalishdagi tadqiqotchilarni ajratgan bo'lishi mumkin. Mutafakkirning falsafiy qarashlarini tadqiq qilgan olimlar unga nisbatan juda ham yuqori baho beradilar. Masalan akademik M.D.Dinorshoyev quyidagilarni ta'kidlaydi: "Mashhur ingliz sharqshunosi Arberrining "Nosiruddin Tusiy Ibn Sinodek mutafakkirning maqomini egallashga qodir bo'lgan dovruq qozondi" degan fikri to'laqonli asosga ega"5. Huddi shunday fikrni arab faylasufi A'som ham bildirib o'tadi: "Nosiruddin Tusiy falsafiy qarashlari bo'yicha Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd kabi mutafakkirlardan o'tib ketdi. Lekin Ibn Sino borasida bunday deyish mushkul, chunki Nosiruddin Tusiy "Shayx-ur-Rais"ning "al-Ishorot va at-Tanbehot" asrining sharhini yozgan"6. Bundan tashqari A'som Nosiruddin Tusiyni ham nazariya sohasida va amaliyotda sinochilikning asoschisi va izdoshi deb hisoblaydi.

Nosiruddin Tusiyning falsafiy qarashlari, xususan ontologik va gnoseologik qarashlarida Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining kuchli ta'sirini ko'ramiz. Nosiruddin Tusiyning axloqiy qarashlarigina o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Falsafaning vazifasi, Nosiruddin Tusiy fikricha, mavjudodni, ya'ni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, tartibi, o'zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o'tishi darajalarini atroflicha o'rganishdan iboratdir. Uning o'rgatishicha olam yaxlit, murakkab borliqdir. Bu borliqni har tomonlama tekshirish uchun mutafakkir zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat prinsiplarini asos qilib oladi. Borliqni, - deb yozadi ibn Sino, - ta'rifsiz aql orqali bilish mumkin, chunki uni turi, ko'rinishi yo'q, undan

3 Abd al-Amir A'som. Faylasuf Nosiruddin Tusiy. Bayrut. 1980. - B.101-102. Arab. tili. Quyida Faylasuf Nosiruddin Tusiy

4 Ibn Qosirning fikriga ko'ra, "Nosiruddin Tusiy faylasuflarga kuniga uch dirham, tabiblarga kuniga ikki dirham, faqihlarga bir dirham va hadisshunoslarga yarim dirhamdan maosh belgilagan. Qarang: Faylasuf Nosiruddin Tusiy... -B.102.

5 Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе. «Дониш». 1968. - С. 37

6 Abd al-Amir A'som. Faylasuf Nosiruddin Tusiy. Bayrut. 1980. - B.101-102. Arab. tili. Quyida Faylasuf Nosiruddin Tusiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mashhur va umumiyroq narsa yo'q, uni ta'riflab bo'lmaydi. Borliq ikki qismga bo'linadi, ulardan biri borlig'i o'z zotidan bo'ladigan, ikkinchisi esa borlig'i zotidan boshqasidan bo'ladigan narsalardir. Birinchisi o'z zotidan boshqasidan bo'ladigan narsalardir. Buni Nosiruddin Tusiy imkoniy vujud deb ataydi.7 U zaruriy vujudni hech narsaga bog'liq bo'lmagan bir butunlikni tashkil etuvchi, eng irodali, qudratli, dono va biluvchi tangri deb ataydi. Qolgan barcha narsalar imkoniy tarzda mavjud bo'lib, zaruriy vujuddan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, Nosiruddin Tusiy xudo va barcha narsalarni - sabab va oqibat xolatida bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Barcha narsalarni xudodan kelib chiqishi nurlanish tarzida, ya'ni Quyoshdan chiqayotgan nur kabi shakl asta-sekin amalga oshadi. Xuddi shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo'lgan aql, jon, jismlar, ular bilan bog'liq holda osmon sferalari zaruriy vujuddan kelib chiqadi, ya'ni voqelikka, mavjud narsalarga aylanadi. Ulug' mutafakkir Nosiruddin Tusiy bularni substansiya deb ataydi. Substansiya ma'lum ko'lam bilan bog'liq bo'lmagan narsa deb ta'riflanadi. Bu yerda ko'lam deganda Nosiruddin Tusiy tugal ob'ektni nazarda tutadi. Substansiyadan tashqari borliqda aksidensiya mavjud bo'lib, u ma'lum ob'ekt bilan bog'liq holda mavjud bo'ladi. Nosiruddin Tusiy fikricha, substansiya ikki xil bo'ladi: biri - sodda, ikkinchisi -murakkab substansiyadir. Sodda substansiya - bu bir substansiyadan iborat bo'lgan substansiyadir. Tusiy sodda substansiyaga olov, havo, yer, suvni kiritadi. Murakkab substansiya esa har biri bir necha sodda substansiyadan tashkil topgan narsalardir.

Sodda substansiyaning o'zi ikkiga: murakkab (substansiyaning) vujudga ya'ni tarkibiga kiradigan va murakkab (substansiyaning) vujudga kirmaydigan substansiyalarga bo'linadi.

Murakkab (substansiyaning) vujudiga kiradigan sodda substansiya ham ikki xil bo'ladi: biri - qabul bo'luvchi bo'lak bo'lib materiya (xoyulo) deyiladi. Ibn Sinoning fikricha, materiya shunday narsaki, u mavjud bo'lgani bilan murakkab narsalar vujudga kelmaydi, masalan yog'och stulga nisbatan shundaydir. Ikkinchisi qabul qiluvchi bo'lak bo'lib, Tusiy buni shakl deb aytadi. Shakl bu shunday narsaki, u mavjud bo'lsa, murakkab narsalar ham vujudga keladi, masalan, stulni yog'ochga nisbatan shakli.

Nosiruddin Tusiy shaklni o'zini ham ikki turga bo'ladi: biri - sezilib turadigan shakl, masalan bir bo'lak mumning turli shakllarda bo'la olishi. Bunday shaklni Nosiruddin Tusiy aksidentik shakl deb aytadi. Ikkinchisi - ma'lum jismni barpo qiluvchi shakl bo'lib, bunday shakllar jismoniy shakllar deb ataladi.

7 Каранг: Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968- С. 37

725

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Nosiruddin Tusiy borliqni ikkinchi turi bo'lmish aksidensiyani ham ikki turga bo'ladi: biri ob'ektsiz mavjud bo'lmagan aksidensiya, ikkinchisi esa substansiya xolatidir. Buni Tusiy "sifat" deb aytadi.

Sifatga - sog'liq, kasal, ilm, oq, qora, ta'm, hid, tovush, issiq, yumshoq, aylana, uchburchak kabi va shunga o'xshashlar misol bo'ladi.

Aksidensiyaning ikkinchi turiga yettita kategoriya kiradi:

1. munosabat;

2. qaerda;

3. qachon;

4. holat;

5. ega bo'lish;

6. harakat;

7. qiynalish, azob chekish.

Bu kategoriyalarning har biri boshqa narsalardan kelib chiqmaydigan mohiyatdir, ammo ularning aksidensiyasi ular tegishli bo'lgan jismga tegishli. Borliq tur ham emas, ko'rinish ham emas. Nosiruddin Tusiy bu kategoriyalarni quyidagicha izohlaydi: miqdor ikki xilga bo'linadi. Birinchisi - faqat uzunlik bo'lib, unga faqat bir o'lchov kiradi. Bunga jism imkoniyatda bo'ladi. Qachonki u voqelikka o'tsa, chiziq bo'ladi.

Ikkinchisida 2 ta o'lchov - uzunlik va eni bo'ladi. Jism voqelikka o'tganda tekislik hosil bo'ladi. Uchinchisi - yo'g'onlik, to'rtinchisi - vaqt bo'lib, harakat o'lchovidir.

Agar jism kesilsa, uning chekkalarini birlashtirish mumkin, bunda tekislik vujudga keladi, bu jism sathidir. Bu aksidensiyadir va jism bu siz ham mavjud bo'lishi mumkin. Son uzlukli miqdordir, chunki uning qismlari bir-biridan ajratilgan. Ular o'rtasida bog'lovchi yo'q. Son aksidensiyadir, chunki son birlikdan kelib chiqadi. Birlik esa narsalar joylashgan aksidensiyadir.

Qora, oq, shakl bularning hammasi aksidensiyadir, chunki ular mavjud bo'lishi uchun biror jismga muxtojdir. Qolgan yettita kategoriya ham biror predmetga tegishli, chunki ular bir narsani boshqa bir narsa bilan bog'laydilar. Birinchidan, narsa o'z tabiatiga ko'ra narsa bo'lishi kerak, faqat shundagina u aloqada bo'lishi mumkin va vaqt bo'yicha, makon bo'yicha boshqa narsa bilan munosabatda bo'lishi kerak, bu undan harakat sifatida chiqadi. Agar harakatlanuvchi narsalar bo'lmasa, unda bir holatdan ikkinchi holatga o'tishi bo'lmasdi. Demak bular hammasi aksidensiya.

Nosiruddin Tusiy borliq o'zida ko'plik va yagonalikni birlashtirgan deb biladi. Ko'plik va yagonalikni u quyidagicha talqin qiladi: yagona o'z mohiyatiga ko'ra

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xususiy tushunchadir. Uning ikki turi bo'ladi: birinchi ma'nosida yagona, ikkinchi ma'nosida ko'plik, haqiqatda esa uning barcha ma'nosida va mohiyatida ko'plikni saqlovchi yagona yo imkoniyatda, yo voqelikda bo'ladi. Agar u voqelikda bo'lsa, ko'pgina narsalarni birikishidan, birlashishidan narsa paydo bo'ladi. Agar u imkoniyatda bo'lsa, unda o'lchovi va uzluksiz miqdori voqelikda yagona bo'linmasdir. Ko'p narsalarni umumiyligi yagona ostiga olingan ma'nosida ham yagona bo'ladi, aksidensiyasi, turli, ko'rinishli munosabati umumiy bo'lishi mumkin, masalan, odam va ot max'luqotlarga tegishli, qor va kamforaning oqligi bir xil. Ko'plik yagonaga qarama-qarshidir. Ko'plik son, tur, ko'rinish, aksidensiya, munosabat bo'ladi.8

Nosiruddin Tusiy sababiyatni tahlil qilib, sababiyat qonuni amal qilishi xususiyatini ochib, moddiy jism va hodisalarning mavjudligining asosini qonuniyati, zaruriyatini sababiyat qonuniyati orqali bo'lishini isbot qildi. Nosiruddin Tusiy ilmiy falsafiy sistemasida sababiyat prinsipi muhim o'rinni egallaydi. Bu prinsip orqali Tusiy butun borliqni, borliq predmetlari va hodisalarini kelib chiqishi mavjud bo'lishini tushuntiradi. Sababiyat prinsipida odingi va keyingi darajasi, yo tabiati, yo burchi, yo vaqti, yo mohiyati, yo sababiyatiga qarab bo'ladi.

"Oldingi" - bu shuki, u darajasi bo'yicha har bir narsani boshlanishi va boshlanishiga yaqin. Ma'lum bir narsadan mustaqil ravishda mavjud ham narsa, keyingi narsaning mavjudligi esa undan kelib chiqsa, u sabab bo'ladi, keyingisi esa oqibat bo'ladi.

Nosiruddin Tusiy sababni ikki turga bo'ladi: birinchisi - sabab oqibatning bir qismi blib, uning mohiyatida bo'ladi. Ikkinchi sabab oqibatning bir qismi bo'lib, uning mohiyatida bo'lmaydi. Birinchisi ikki turda bo'ladi, ya'ni oqibat voqelikda emas, imkoniyatda mavjuddir, masalan, daraxt va stul. Bu yerda daraxt stul shalini olishi imkoniyat xolatida bo'ladi. Ikkinchisida oqibat voqelikda bo'ladi, bunda sabab mavjudligi, oqibatni voqelikda mavjudligidan kelib chiqadi. Bulardan birinchi turni Nosiruddin Tusiy moddiy sabab, ikkinchisini shakliy sabab deb ataydi.9

Nosiruddin Tusiy qisqacha bo'lsa ham sababning turlari va o'zaro aloqasini tahlil qilab chiqadi. U Arastuning to'rt xil sababiyat: moddiy, shakliy, harakatlantiruvchi, maqsadiy sabablar haqidagi konsepsiyasini rivojlantiradi. Moddiy sabab oqibatni tashkil qiluvchi qismga kiradi.

8 Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968- С. 39

9 Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968- С. 39

727

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Moddiy boshlanishning murakkab qismga munosabati, deb yozadi ibn Sino, - bu hamma vaqt sababiyatning munosabatidir, chunki u murakkab jism borlig'ining qismidir.

Shakliy sababga Tusiy shunday ta'rif beradi: shakliy sabab narsaning borligi mohiyatining qismidir va narsa shakliy sabab tufayli haqiqiy voqelik mavjudligiga ega bo'ladi.

Harakatlantiruvchi sabab, - deb yozadi u, - bu boshqasini harakat boshlanishidir, ammo u o'zidan farq qiladi. Bu yerda harakatning ma'nosi shuki, masalan, materiya imkoniyatdan voqelikka mutloq o'tadi. Nosiruddin Tusiy maqsadiy sababga katta e'tibor beradi. Barcha sabablarning sababi - maqsaddir. Masalan, quruvchining uyga nisbati. Agar oxirgi shakl maqsad sifatida quruvchining aqlida bo'lmaganda edi, u quruvchi ham bo'lmasdi, ishlamasdi ham, uyning moddiy asosi loy qilinmasdi va uy shakli amalga oshirilmasdi. Maqsad foyda keltirsa harakat vujudga keladi. Nosiruddin Tusiy maqsadiy sababni tushuntirishda Arastuning qarashlarini qo'llab-quvvatlaydi va uni yanada rivojlantiradi.

Maqsad nima uchun? Nima maqsadda? - degan savollar orqali amalga oshiriladi. Maqsadning amalga oshishi harakat qilishni taqazo qiladi. Har qanday harakatlanuvchi sabab o'z tabiatiga ko'ra, yoki xohishiga ko'ra, yoki aksidensiyasiga ko'ra harakat qiladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ma'lumki, biz Nasriddin Tusiyni borliq haqidagi qarashlari asosida mashshoyiyuna oqimi vakili sifatida e'tirof etsak bo'ladi. Nosiruddin Tusiy imkoniy va zaruriy mavjudlikning holatlarini tushuntirishdan oldin kuch so'zini falsafiy talqinini izohlaydi. Kuch so'zi ko'p ma'noda ishlatiladi, ammo Tusiy uni ikki ma'noma ishlatadi: birinchisi - faol kuch, ikkinchisi sust kuch. Faol kuch harakatlanuvchi sababda joylashgan xolat va shu tufayli harakatlanuvchi sabab harakatga keladi. Nosiruddin Tusiy borliq mohiyatini "imkoniy mavjud" bilan "zaruriy mavjud" tushunchalariga orqali tushuntiradi. Imkoniyat sabab kuchi bilan zaruriyat bo'ladi. Imkoniyat o'z-o'ziga hech qachon yo'qolmaydi, chunki u sababdan kelib chiqmaydi. Sababdan oqibat zaruriyat asosida kelib chiqqanda, bu sabab harakatdagi sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. Qodirov M. Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili. I qism.- T.: «JAHON PRINT." 2013.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Qodirov M.M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o'rta asrlar). -T.: Tosh DSHI nashriyoti, 2010. -212 b.

3. Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968.

4. Закуев А. К. Психологические взгляды Насириддина Туси. Тр. Ин-та ист. и фил. АН Азербайджана. Т. 6.-Баку, 1955

5. Идибеков Н. Этика Насириддина Туси в свете его теории свободы воли. Душане. «Дониш». 1987.

6. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILV/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

7. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

9. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

10. Сулаймонов, Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.