Научная статья на тему 'ULUGBEK HAMDAMNING “YAXSHIYAM, SEN BORSAN!..” HIKOYASIDA REALISTIK VA SIMVOLISTIK OBRAZLAR TAHLILI'

ULUGBEK HAMDAMNING “YAXSHIYAM, SEN BORSAN!..” HIKOYASIDA REALISTIK VA SIMVOLISTIK OBRAZLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
41
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Quroni Karim / Yusuf / Zulayho / epilog / fabula / motiv / psixologiya / problema va problematika / tendensiya / realistik / simvolistik obrazlar / vizuallik / sujet / iyerarxik tizim / detall / Quran / Yusuf / Zulayha / epilogue / fable / motive / psychology / problem and problem / trend / realistic / symbolic images / visuality / plot / hierarchical system / detail

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nusratov B.

Maqolada yozuvchi Ulugbek Hamdamning “Yaxshiyam, sen borsan!..” hikoyasida obrazlar realistik va simvolistik mano qatlamlariga kora tahlil qilinadi, voqealar rivozi obraz va obrazlilik tushunchalari asosida talqin etiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF REALISTIC AND SYMBOLIC IMAGES IN ULUGBEK HAMDAM'S STORY "I AM GOOD, YOU ARE!"

The author Ulugbek Hamdam's story "Okay, you're going!" Analyzes the images according to the layers of realistic and symbolic meaning, and the plot is interpreted on the basis of the concepts of image and imagery.

Текст научной работы на тему «ULUGBEK HAMDAMNING “YAXSHIYAM, SEN BORSAN!..” HIKOYASIDA REALISTIK VA SIMVOLISTIK OBRAZLAR TAHLILI»

Nusratov B.

""Alfraganus University"" Filologiya fakulteti Sharq tillari kafedrasi o qituvchisi

ULUGBEK HAMDAMNING "YAXSHIYAM, SEN BORSAN!.."

HIKOYASIDA REALISTIK VA SIMVOLISTIK OBRAZLAR TAHLILI

Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Ulugbek Hamdamning "Yaxshiyam, sen borsan!.. " hikoyasida obrazlar realistik va simvolistik mano qatlamlariga kora tahlil qilinadi, voqealar rivozi obraz va obrazlilik tushunchalari asosida talqin etiladi.

Kalit sozlar: Quroni Karim, Yusuf, Zulayho, epilog, fabula, motiv, psixologiya, problema va problematika, tendensiya, realistik, simvolistik obrazlar, vizuallik, sujet, iyerarxik tizim, detall.

Nusratov B. teacher Faculty of Philology Department of Oriental Languages ""Alfraganus University""

ANALYSIS OF REALISTIC AND SYMBOLIC IMAGES IN ULUGBEK HAMDAM'S STORY "I AM GOOD, YOU ARE!"

Annotation. The author Ulugbek Hamdam's story "Okay, you're going!" Analyzes the images according to the layers of realistic and symbolic meaning, and the plot is interpreted on the basis of the concepts of image and imagery.

Keywords: Quran, Yusuf, Zulayha, epilogue, fable, motive, psychology, problem and problem, trend, realistic, symbolic images, visuality, plot, hierarchical system, detail.

Yozuvchi Ulugbek Hamdam hikoyalarini tahlil qilar ekanmiz, uning ijodidagi kop jihatlar alohida etiborimizni tortadi. Bu hikoyalarni shunchaki oqish mumkin emas, chunki har bitta jumla, qahramonlar nomi, hatto, hikoya nomining ortida ham bir dunyo fikr yotadi. Ularni tushunib yetish uchun har bir jumlaning kalitini topishga, magzini chaqishga togri keladi. Aks holda qoniqish hissini tuyib bolmaydi. Ularni tushunish va togri tahlil qilish yolida tadqiqotchidan nafaqat keng dunyoqarash, baland tafakkur, shuning bilan, gayri oddiy qarash va eng muhimi — uygoq qalb sohibi ham bolishi talab etiladi. "Tosh", "Safar", "Unitilgan nay navosi" va "Yaxshiyam, sen borsan!.." kabi koplab hikoyalari ham shular jumlasidandir. Ilk tadqiq nigohimizni yozuvchining "Yaxshiyam, sen borsan!.." hikoyasidagi realistik va simvolistik obrazlar tahliliga qaratdik.

Hikoyaning bosh qahramonlari sifatida Yusuf va Zulayho obrazlari tanlab olinar ekan, bevosita "Quron" qissalari va ananaviy razmlar, bozor, dokon, yol kabi motivlar hamohangligida tarix va bugun, otmish va kelajak birlashtiriladi.

Hikoya Quroni Karimdan olingan epigraf bilan boshlanadi: "Va albatta Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltiruvchidir" Haj surasi, 7-oyat. Odatda, asarga yozuvchi epigraf tanlashda bir qancha xususiyatlarni inobatga oladi. Jumladan, asar mazmuniga qisqa kirish qilish yoki umumiy voqealar fonini oquvchiga qisqa, aniq, londa shaklda mazmunni gavdalantirish maqsadini epigraf tanlash bilan amalga oshiradi. Ulugbek Hamdamning "Yaxshiyam, sen borsan!.." hikoyasi epigrafi esa ham shakliy, ham mazmuniy, ham boshlanish, ham yakun vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Badiiy asar kompozitsiyasining bir bolagi hisoblanuvchi epilog — xotima vazifasini bajaradi. Oziga xos boshlama, yani hikoya avvalida yozuvchi yakundan keyingi bolajak hodisalarga ishora qiladi. Shu bilan birga oquvchini boshlanajak hikoyaga did va saviya jihatidan tayyorlab, asarning shunchaki vaqt otkazish vositasi emasligiga ishora qiladi.

Hikoya juda sodda, oquvchining hozirgi zamon psixologiyasiga mos tarzda yigit va qiz ortaasidagi telefon suhbatidan boshlanadi. Mavzu atamasining ustki qatlamida roy beruvchi ikki sevishgan Yuzuf va Zulayho ismli yigit-qizning hozirgi zamonda tez-tez uchrab turuvchi tushunmovchilik — telefon "muammosi" oquvchida qahramonlarga favqulodda yaqinlashish va asarga kirish vazifasini bajaradi. Yanikim bir eshik, avvalgi ostonani yozuvchi qahramonlar va oquvchi qalbidan boshlaydi. Badiiy tafakkurdan kelib chiqib ilmiy tahlilga asoslanadigan bolsak, aslida hikoya problemasi va problematikasi chuqur tarixiy asoslarga ega ekanligini voqea davomida, sujetning keyingi chiziqlarida aniqroq kora boshlaymiz.

Asar fabulasining oddiy boshlama bilan harakatga kelishi ham oquvchining xotirasida tez qolish va uning oqishliligini favqulodda kuchaytirib yuboradi. Xosh, "telefon mojarosi" nima bilan tugarkin? "Meni yozibdi-a?" Shu kabi oylar oquvchida hikoyadan ilgarilash uchun kuchli istakni vujudga keltiradi. Garchi hali baholash tendensiyasi roy beragan bolsa-da, yarim soat otar-otmas ularning bekatdan restoranga yol olishi bilan obrazlar, razmlar harakatining jadal suratda hikoyaga kiritila boshlaganini sezamiz. Bekat — bu umrning avvali. Restoranga yol olmish kishilar esa, tugilishga choglangan godaklardir. Restoranda esa hamma narsa muhayyo, faqat unga tolov muqarrar. Bunday tariflash hali ochqichlanmagan hikoyaga biroz erish tuyulsa-da, shuni unutmaylikki, haqiqiy asar bir marotaba emas, on, yigirma, ottiz bor qayta oqilgandagina oz sirlarini sinchov oqirmanga, adabiyotshunosga ochishi mumkin.

Yuzuf va Zulayho otirgan katta oynavand restoran va issiq choy — yangi tugilgan chaqaloqning issiqlik istashi va bu dunyo sovuqligidan chochishi deb anglasak, yanada teranroq goyani, badiiy asarni baholash tendensiyasini anglab yetgan bolamiz. Musiqa alla, buyurtma esa — taqdiri azal. Yozuvchi shu yerda qahramonlarning restoran menyusini korgan-kormaganliklarini oquvchiga qorongu qoldirib, tezda u yerdan voqeani kochaga kochiradi. Axir tavallud

topganimizda bizga ne taqdir qilinganini korgan yoki kormaganimiz esimizda yoqda! Bu faqat Yaratuvchigagina malum haqiqat.

Zulayhoning bozorga borish istagini bildirishi bilan Yuzuf va Zulayho ismining hamda bozor toponimining realistik obrazdan simvolizmga toliq kochib otganini koramiz. Garchi voqeada real hayotga xos keyingi uchrovchi detallar mavjud bolsa-da, ular endilikda manoviy qatlamlarida faqat va faqat kochma mano, metaforaviy va arxtipik darajalangan manolarni ifodalashini anglaymiz.

"Bozor ham naq dunyoning ozi edi. Kirdingmi konglingni berasan. Kirdingmi, chiqqing kelmaydi. Kirdingmi, sal bolmasa bozorning oziga aylanasan". Hikoyadagi ushbu uchta gap zamirini sharhlash uchun biza tasavvufiy atamalarning manosidan xabardor bolishimiz shart. Lekin yozuvchi oquvchini yanada asar bagriga va ramzlarga sinchkov nazar tashlashi kerakligini aytmoqchi bolgandek, mayli bu safar ham sehrli kalitni bera qolay, degandek, fikrini ochiq bayon qiladi. Dunyo bir bozor. Bozor dunyoning ozi. Yusuf va Zulayho boshqa bir dunyodan bozorga — bu dunyoga keldilar. Bu dunyoga kongil berib, qolib ketganlar, qalbini, kechmishni, kelmishini unutganlar millionlab topiladi. Dunyodan ketar chogida unga bogalib, jonini mushtiga tugib olganlar, ajalga bas kelaman deb urinib yotganlar minglab topiladi. Bozorga ozini sotib yuborganlar, bozor desa paloncha deb tushunilib qolganlar yuzlab topiladi bu yerda. Ana shunday razmlardan iborat kochimlar oquvchining badiiy did va saviyasini ostira boshladi. Hikoya sujeti qizgin tus oladi. Dokonlarda hamma narsa bor. Yusuf va zulayho faqat u yerda insof-u diyonatni topa olishmaydi xolos. Axir zorda insof nima qilsin? Axir bozor otliq dunyoda diyonat nima qilsin? Qadim dunyoni bekorga yuzsiz kampirga oxshatishmaydi-ku?

Yozuvchi dokon oralab borayotgan Zulayho tilidan "Odam" sozini tabiiy hayot materiali — spontan shaklda qollaydi. Biroq bunda ham tub mano bor. "Mana Odamlar qayerda ekan" Odam atoning avlodlari bozorga, dunyoga qorishib, aldanib, qoshilib, sotilib ketibdilar-ku! Badiiy adabiyotning aytmay turib aytish xususiyati — oquvchi psixologiyasida oziga qarshi oz konflikti paydo bolishiga olib keladi. "Ozi shundaymasmidi Zulayho!" — Yusuf tilidan jaranglaydigan bu gaplar zamirida aktual qatlam mavjud. Axir hammaning ishi bozorda bitadi-da!

Hikoyaning shu yerda Zulayho bozorga kelishidan maqsad hech narsa kerak emasligini, hech narsa olib ketish niyati yoqligini aytadi. Yusuf esa ajablanib, hech narsa kerak bolmasa, nega kelding, deb hayratlanadi. Mana shu gaplar negizida haqiqiy tub estetik qatlam — obrazlarning universal xarakteri ochiladi. Chin inson bu dunyoga faqat sayr uchun keladi, undan hech narsa tama qilmaydi va hech narsa olib ketmasligini anglab yetadi.

"Yozildimi osha chigal?" — Yusufning savoliga Zulayho battar chuvalashdi deb javob beradi. Alalxusu, hech qachon bu dunyoda inson kongli xotirjam bolmagan va bolmaydi demoqchi yozuvchi. Bu esa asarda ijtimoiy-tarixiy asoslarning chuqur singdirilganligidan dalolatdir. Keyin esa har ikkovlonning bozor chiqish eshigini topolmay qolishlari, "chiqishni bilmadim-u,

ana kirish hamma joyda", javobini olishlari asarda tugunning paydo bolganligidan dalolat beradi. Bir tugunki, asrlar aro yechish mumkin bolmagan, bir kiprik qoqgudek harakatdan uzilib ketadigan tugunak. Yon atrofdagi barcha eshiklar faqat kirish eshiklari edi, chiqish bolib tuyulganlarining bari kirish edi. Chiqish qayerda? Dunyoda adashgan obrazlar sifatida garchi badiiy adabiyotda hali Yusuf va Zulayho obrazi mavjud bolmagan bolsa-da, biz ularni tarixan nafs va sabr timsoli deb bilar edik. Ulugbek Hamdam esa hikoyaning ushbu qismiga kelib, ularni tipik qahramon darajasiga kotaradi. Butun insoniyatning yuziga oyna tutgan git va qiz, erkak va ayol, chol va kampir obrazi — favqulodda umumlashma, yigma obraz darajasiga kotariladi.

Hikoyada moysafid chol obrazi — ananaviy Hizr obraziga juda oxshash, yanikim u haqiqatni biladi. U yolda insonlarga kutilmaganda duch keladi. Uning manzili kutilmaganda paydo boladi. Bu obraz oz haqiqati tomon dadil intilganlargagina togri yol korsatadi. Choyxona obyekti esa manaviy voqealar tizimidagi aqlni peshlab oladigan, yol oldidan mulohaza qilinadigan, otgan umrga va kelajakka nazar tashlanadigan joy simvoli vazifasini otaydi. Shu yerda hikoya kulminatsiyaga qarab harakatlanadi. Voqealar zanjirida Zulayhoni chiqish eshigi tomon — qabriston orqali otiladigan yol tomon yetaklayotgan Yusuf uni yoqotib qoyadi. Ayol kishining oltin-u zeb-ziynat oldida ojiz ekanligi xuddi shu detal orqali mohirona korsatib berilgan. Keyin esa vaqtida erkak kishining korsatgan dadilligi sabab ozligiga qaytgan Zulayho faylasufona gap aytadi: "Yaxshiyam bozordan avvalini korganmiz. Bozordan keyinini ham korarmikanmiz"

Ikkinchi bor choyxonachi chol oldiga kelib qolish bilan davom etuvchi voqealar zanjirida bir kunlik chagish inson umridagi boshlangich nuqtaga qaytarib qoyishi, umr boyi qilgan ishlarining hechlikka tomon yuz burish motivi asosida oquvchiga tushuntiriladi. Voqealarning keyingi fonida Yusuf obrazining olib ketilishi, bozor xojayiniga aylanishi, ortidagi xizmatkorlar — yigit kishining ayollardan kora dunyoga xirs boglashi ozgacha kechishi va bu juda ogir kulfatlarga olib kelishini ifodalaydi.

Yuqorida aytilgan simvolistik detal obrazlar: bekat, restoran, bozor, eshik, choyxona, hattoki choy va qahva iyararxik tizimga birlashadi. Ular oz navbatida Yusuf va Zulayho bilan boglangan ushbu detallar xarakter obrazini yaratishga, u esa oltin ipga terilgan vaziyatlar obrazini shakllantirishga yordam beradi. Bu esa asar mikrosistepasini vujudga keltiradi.

Xuddi shu yerda tarixiy voqelikning qarshilantirilishi asar kulminatsiyasiga yangilik, originallik bagishlaydi. Tarixda Yusuf obrazi gozallik timsoli bolsa, hikoyada bu husn Zulayhoga kochib otadi. Bu husnda ham majoz, ham razm, ham tasavvuf, ham islomiy qarashlar mavjud. Jumladan, faqatgina Zulayhoning yuziga qarash uchun dunyoga keldim deydigan Yusuf — ham haqiqiy ishqqa, ham Yaratganga, ham Quronga shak keltirib qoyganligini Zulayho qoliga xanjar olgandagina tushunib yetadi. Biroq bir umrga yoqotilgan jamol — abadiy husnning inson qalbiga, Yusuf qalbiga tushgan bir jarohat deb anglashimiz ham mumkin. Zero, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" asaridagi razmlardan

yaxshi voqif bolgan Ulugbek Hamdam Yusufning chin komil inson va Zulayhoning uning kozgusi sifatida obrazlashtirishi ham yetuk ijodkor tajribasidan kelib chiqqan desak, mubolaga bolmaydi.

Yusufning "yoldan ozgan gumroh" deya ozini tan olishi va bashang kimlaridan voz kechishi — hikoyaning yechimga yaqinlashganidan darak beradi. Korinadigan vizuallik — voqelikning qabriston darzovasi yonida ikki qalbning — bir butunlikning, yozuvchi takidlaganidek, "tuynukdan" otib ketishi reallikka asoslangan umrning tugashi va Zulayho yuzining shu onda yorishib qayta gozallikka burkanishi ilohiy jamolning akslanishi sifatida qabul qilinishi oquvchida hech qanday qiyinchiliksiz bir tabiiy jarayon holida sodir boladi.

Xulosa qilib aytganda, "Yaxshiyam, sen borsan!.." hikoyasida Ulugbek Hamdam qollagan reallikdan sivmolizmga kochgan obrazlar sistemasi deganda, Yusuf, Zulayho, choyxonachi chol, odamlar, tillachilar, dokondorlar, eshiklar, dokonlar, choyxona, qabriston, romolcha (asar songgida Yusuf tomonidan Zulayhoning yuzlaridagi qonni toxtatish uchun qollangan — minimalizm asosida, bizningcha, bir parcha mato insonga eng songgi dam zarurligi anglashilgan) asarning yaxlit konsepsiyasini komillik yolidagi bashariyat oldiga qoyilgan umumbashariy etiqodlarni — ezgulik va gozallikning hech qachon bozorda sotilmasligi va sotib olib bolmasligini, insoniy umrning bir lahzalik yalt etgan shula misol harakatlanayotgan voqelikda haqiqat izlab otilishi hamda bozor deb atalmish dunda hech qachon yolni yoqotmaslik zarurati, ilohiy muhabbatni qalbida mahkam tutganlar qismati firdavsi jannatda bolishi haqida faylasufona bayon qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1. Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. 2018, T: Navoiy universiteti

2. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, 1980.

3. Ulugbek Hamdam. Tolin oy qissasi. Hikoyalar. T: Ozbekiston, 2017, 135-152 betlar.

4. Quroni Karim, Alouddin Mansur tarjimasi, T:Sharq, 1991.

5. Toxta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, 1979.

6. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, 2002.

7. D.Quronov, Z.Mamajonova, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugati. T: Akademnashr, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.