Научная статья на тему 'O‘.GENRINING “SO‘NGGI YAPROQ”HIKOYASI TILI VA UNING O‘ZBEKCHA TARJIMADA BERILISHINING QIYOSIY TAHLILI'

O‘.GENRINING “SO‘NGGI YAPROQ”HIKOYASI TILI VA UNING O‘ZBEKCHA TARJIMADA BERILISHINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hikoya / tarjima / fraza / ibora / metafora. / Story / translation / phrase / idiom / metaphor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Matchanova Mohinur Otabek Qizi

Ushbu maqolada mashhur yozuvchi O‘.Genrining eng sara hikoyalaridan biri bo‘lmish “So‘nggi yaproq” hikoyasining asl matni va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi lingvistik nuqtai nazardan qiyoslanadi. Tarjimon M. Abdullayev tarjima jarayonida o‘zbek tilining uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalangan. Maqolamizda tarjima matnining qay tarzda o‘quvchiga ta‘sir doirasini yo‘qotmagan holda berilganlida lingvistik yondashuvning muhim ekanligini hikoyaning asl va tarjima tilidagi nusxasini qiyoslab chiqish orqali ko‘rsatib o‘tdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE LANGUAGE OF O'HENRY'S STORY "THE LAST LEAF" AND IT‘S UZBEK TRANSLATION

In this article, it’s compared the original text of the famous writer O Henry's short story "The Last Leaf" and its Uzbek translation from a linguistic point of view. The translator M. Abdullayev made extensive use of the methodological possibilities of the Uzbek language during the translation process. In our article, we have shown the importance of the linguistic approach in how the translated text is presented to the reader without losing its influence by comparing the original and the translated version of the story.

Текст научной работы на тему «O‘.GENRINING “SO‘NGGI YAPROQ”HIKOYASI TILI VA UNING O‘ZBEKCHA TARJIMADA BERILISHINING QIYOSIY TAHLILI»

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE LANGUAGE OF O' HENRY S STORY "THE LAST LEAF" AND IT'S UZBEK

TRANSLATION

Matchanova Mohinur Otabek kizi

Graduate student of Urganch State University, Faculty of Foreign Philology, Department of Romance-Germanic Philology https://doi.org/10.5281/zenodo.11367060

ABSTRACT

Received: 20th May 2024 Accepted: 26th May 2024 Online: 27th May 2024

KEYWORDS Story, translation, phrase, idiom, metaphor.

In this article, it's compared the original text of the famous writer O Henry's short story "The Last Leaf' and its Uzbek translation from a linguistic point of view. The translator M. Abdullayev made extensive use of the methodological possibilities of the Uzbek language during the translation process. In our article, we have shown the importance of the linguistic approach in how the translated text is presented to the reader without losing its influence by comparing the original and the translated version of the story.

O'.GENRINING "SONGGI YAPROQ" HIKOYASI TILI VA UNING OZBEKCHA TARJIMADA BERILISHINING QIYOSIY TAHLILI

Matchanova Mohinur Otabek qizi

Urganch Davlat Universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti, roman-german filologiyasi kafedrasi

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11367060

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 20th May 2024 Accepted: 26th May 2024 Online: 27th May 2024 KEYWORDS

Hikoya, tarjima, ibora, metafora.

fraza,

Ushbu maqolada mashhur yozuvchi O'.Genrining eng sara hikoyalaridan biri bo'lmish "So'nggi yaproq" hikoyasining asl matni va uning o'zbek tilidagi tarjimasi lingvistik nuqtai nazardan qiyoslanadi. Tarjimon M. Abdullayev tarjima jarayonida o'zbek tilining uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalangan. Maqolamizda tarjima matnining qay tarzda o'quvchiga ta'sir doirasini yo'qotmagan holda berilganlida lingvistikyondashuvning muhim ekanligini hikoyaning asl va tarjima tilidagi nusxasini qiyoslab chiqish orqali ko'rsatib o'tdik.

O'.Genrining hikoya qilish uslubi va tili juda oddiy. Qahramonlar ruhiyatini yaxshiroq tasvirlash uchun u qisqa hikoyalarida tez-tez so'zlashuv iboralari va amerikancha jargonlardan foydalanadi. O'.Genri istehzo, hazil va vafqulotda yakunga ega bo'lgan hikoyalar ustasi hisoblanadi. Yozuvchi hikoyalarida ko'p turdagi badiiy uslubiy vositalardan keng foydalanganligi tufayli, u yaratgan obrazlar hissiy jihatdan yetuk, kitobxon ruhiyatiga qattiq ta'sir qilish kuchiga egadir. Bu esa o'z navbatida O'.Genri asarlarini o'zga tillarga tarjima qilishni oldiga maqsad qilib olgan tarjimonlar yuksak mahorat talab qiladi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

O'.Genrining badiiy durdonasi, "So'nggi yaproq" hikoyasidagi asosiy g'oya odamlarning bir biriga bo'lgan muhabbati va inson uchun oldiga qo'yilgan maqsad qanchalik muhim ekanligini kitobxonga uqtirishdan iborat. Yozuvchi bunday ulkan g'oyani oldiga maqsad qilib qo'yar ekan, hikoya yozilishi mobaynida uslubiy imkoniyatlardan keng foydalangan. Hikoya ko'p tillarga, jumladan o'zbek tiliga ham tarjima qilinib, asl va tarjima nusxalarini uslubiy jihatdan qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.

"So'nggi yaproq" hikoyasining asosiy qahramoni Jonsi, kambag'al ayol zotiljam kasaliga chalinib to'shakka mixlanib qoladi. U asosiy vaqtini devordagi kundan kunga yaproqlarini yo'qotib borayotgan pechakgulga termulib yotish bilan o'tkazadi va so'nggi yaproq uzulishi bilan o'zi ham jon taslim qilishiga ishonadi. Ammo uning hayoti qo'shnisi Bermanning yordami bilan yana qayta jonlanadi va bu umidni uyg'otish uchun Berman o'z jonini garovga qo'yadi.

Hikoyalarni uslubiy vositalar yordamida tahlil qilish bugungi tilshunoslar orasida keng tarqalgan tahlil usuli hisoblanadi. Bu turdagi tahlil hikoyalarning asl nusxalari va tarjima matni orasida ham amalga oshiriladi. Ushbu tahlil yordamida tarjimon hikoyani asl goz'alligi va kitobxonga ta'sir doirasini yo'qotmagan holda maromiga yetkazib tarjima qiladi, hikoyaning mazmuni va yozuvchining tub maqsadini to'laligicha yoritib beradi.

Uslubiy vosita bu - so'zlarning odatiy ma'nosidan boshqacha ma'noni anglatish uchun ishlatiladigan iboradir. Matn darajasiga ko'ra uslubiy vositalar asosan to'rt toifaga bo'linadi: fonetik, leksik, sintaktik va kompozitsion. Ular badiiy bo'yoqdorlik, ma'nodosh, shakldosh, zid ma'noli asoslangan bo'lishi mumkin. O'.Genrining "So'nggi barg" hikoyasi tahlili yuzasidan turli xil tadqiqotlar asosan leksik va sintaktik uslubiy vositalarga e'tibor qaratilgan holda olib borilgan. O'.Genrining ushbu hikoyasida asosan jami 31 ta uslubiy: 21 ta leksik va 10 ta sintaktik vositalar ajratib olingan. [1,30]

O'.Genrining "So'nggi yaproq" hikoyasining Ma'ruf Abullayev tarjimasida leksik birliklar ifodasiga to'xtalsak. Hikoyada jami ikkita jonlantirish mavjud bo'lib ular quyidagilar:

1. Zotiljam. "Mr. Pneumonia was not what you would call a chivalric old gentleman."[2,141] bu jumlada Zotiljam kasali jonlantirilgan bo'lib, uni tarjimon "Zotiljam degan janobni siz zinhor oliyjanob, mo'ysafid kishi deb atamagan bo'lardingiz"[3,46] deya tarjima qilgan va jonlantirish belgilarini saqlab qolgan. Zotiljamni jonlantirish bir nechta gaplar orqali davom etadi, va tarjimon tomonidan mahorat bilan o'zbek tiliga o'tkaziladi.

2. Pechakgulyaprog'i. "It hung bravely"[2,142] jumlasida "bravely", ya'ni "mardona" so'zi orqali pechakgul obrazini jonlangan bo'lsa, u tarjimada "Matonat bilan osilib olgandi"[3,47] talqinida berilgan.

Biroq ushbu yaproqni jonlantirish asl matnida berilmagan qismida tarjimon jonlantirish talqinini davom qildirgan. "Something has made that last leaf stay there to show me how wicked I was"[2,144] o'zbek tilidagi tarjimada "Bu so'nggi yaproq ham qanchalik zaiflik qilayotganimni ko'rsatish uchun to'kilmay turishga kuch topa oldi"[3,48] gapida "kuch topa olmoq" jumlalari orqali jonlantirishdan foydalanilgan.

3. "Leaves falling faster now" [2,142] bu jumlalar aslida hikoya qahramoni tilidan pechakgulga nisbat qilib berilgan bo'lsa ham, uning tagida asar bosh qahramonining hayoti aks ettirilgan. Ya'ni, yaproqlar tezroq to'kila boshlagani sayin, Jonsining umri eni yanada tez

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

so'nib borishiga ishora qilingan. tarjimada ham asl ma'no "Ular endi tezroq to'kila boshladi" [3,47]jumlalari orqali anglashilgan.

Hikoya badiiy bo'yoqlar bilan boyitilgan bo'lib, yozuvchi sifatlash uslubidan keng foydalangan. Tarjima jarayonida sifatlash vositalari aniq va teran tarzda o'zbek tiliga o'tkazilgan bo'lib, ular quyidagilarni tashkil qiladi:

1. Strange angles - ajabtovur burchaklar

2. Chicory salad - sachratqi salati

3. Bishop sleeves - kengyengli ko'ylaklar

4. Narrow and mass-grown "places" - xarob va chalkash "tor ko'chalar"

5. Red-fisted, short-breathed old duffer - mushtlari qizargan, hansiroq, qari ayol

6. Painted iron bedstead - bo'yalgan temir yotoq

7. Shaggy, gray eyebrow - oqarib ketgan, paxmoq qoshlari

8. Busy doctor - bezovta bo'lgan shifokor

9. Bare, dreary yard - mahzun ko'rinishdagi bo'm bo'sh hovli

10. Old, ivy vine - egri-bugri, qari pechakgul

11. Lying white and still as fallen statue - mum haykal kabi rangi siniq va harakatsiz yotardi

12. Dimly lighted den - hirayoritilgan hujra

13. Light and fragile as a leaf - yaproq misoli yengil va nimjon

14. Horrid old-old flibbertigibbet - jirkanch, qari, ezma chol

15. Mysterious, far journey - sirli, olis sayohat

16. Thin, shaking hand - nozik, titrayotgan qo'llari

17. Very blue and very useless woolen shoulder scarf - to'q moviy va umuman keraksiz junli sharf

18. The night that the last leaf fell - so'nggiyaproq to'kilgan kecha

Hikoyada yana ko'plab frazalar qo'llanilgan bo'lib u hikoyaning serjilo bo'lishiga hizmat qilgan. Ba'zi hollarda aslicha qo'llanilgan so'z va jumalar tarjima qilish jarayonida frazeologizm sifatida o'tgan bo'lsa, boshqa holatlarda fraza ko'rinishdagi so'zlar asl ma'nosi o'laroq o'zbek tiliga o'tkazilgan. Bularning barchasi tarjimonning mahoratiga havola bo'lib, tarjima qilingan hikoya qanchalik aslidek chiqishini u o'z bo'yniga oladi. Quyida hikoyada keltirilgan va tarjimada ifodalangan frazalardan misollar:

1. "Look through" - "nigohini tikish" frazasi bilan berilgan bo'lsada, hikoyada u shunchaki qarash ma'nosida yozilgan.

2. "Touching one here and there with icy fingers" - "har yerdan ajal iskanjasiga tortardi" bu fraza ingliz tilida alohida qo'llanilib, "here and there" - turli xil joylardan ma'nosini bersa, "with icy fingers" - berahm, ayovsiz tarzda zarba berish, yoki zarar yetkazish ma'nosida qo'llanilgan. Ammo tarjimon bu frazani to'laligicha, o'zbek tilidagi shunga yaqin ma'noni anglatuvchi fraza yordamida ifodalaydi.

3. "There is nothing of the kind" - "hech ham unday emas" jumlasi yordamida keltirilgan. Bu fraza ingliz tilida mashhur ibora bo'lib, "yuqorida aytilgan, yoki inobatga olinganidek hech narsa yo'q; bunday gap yo'q" ma'nolarini anglatadi. Ammo o'zbek tilida bunga mos keluvchi ekvivalent yo'qligi tufayli, tarjimon o'zbek tilida ko'p qo'llaniladigan frazalar orqali ifoda etgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

4. "Streets have run crazy" - bu fraza aslida to'g'ri yo'llar bilan bir tartibda ketishi kerak bo'lgan ko'chalar chalkash va yo'llar bir birini kesib o'tganini anglatadi. Buni tarjimon "Ko'chalar chalkashib ketgan" jumlalari yordamida asl ma'nosiga monand tarzda tarjima qilingan.

5. "Lining-up on the side of the undertaker" - frazasining ma'nosi umidini yo'qotib o'limini kutib yashashni anglatadi. Tarjimon M. Abdullayev so'zma so'z tarjimadan qochib, o'zbek tilida ham unga monand bo'lgan frazani qo'llagan va tarjimaga "go'rkovga ishi tushishini xohlamoq" tarzida olib kirgan.

6. "Pharmacopeia look silly" - ingliz tilida mashhur iboralardan biri bo'lib, inson tuzalishga o'zining umidi bo'lmasa dorishunoslik kitoblarining hech qanday foydasi yo'q ma'nosini anglatadi. U tarjimada "dorishunoslik kitoblarimizdagi ko'satmalardan hech qanday foyda yo'q" tarzida berilgan.

7. "Counting the carriages in somebody's funeral procession" - o'limi yaqin ekanini kutib yotish ma'nosini anglatadi, ya'ni bu ibora ham yana hayotdan umidini yo'qotishga ishora qilmoqda faqat yozuvchining dunyoqarashi kengligi tufayli mutlaqo boshqa iboradan foydalanmoqda, va tarjimon bu jumlalarni "o'zining janoza marosimi haqida o'ylash" singari oddiy jumlalar bilan keltirgan. Lekin, bu yo'sinda ham o'zbek tilida shu ma'noga to'g'ri keladigan iboralarni qo'llasa maqsadga muvofiq bo'lardi. Misol uchun bu o'rinda o'zbek tilidagi "bir oyog'I yerda bo'lsa bir oyog'i go'rda" iborasi mos tushishi mumkin edi.

8. "Cried Japanese napkin to a pulp" - bu ibora ingliz tilida juda mashhur bo'lib, ko'pincha "Cried napkin to a pulp" ya'ni dastro'mol ho'l bo'lgunga qadar yig'ladi deb tarjima qilinadi va aslida "juda qattiq yig'ladi" ma'nosini anglatadi. Tarjimon bu iborani asl ma'nosini keltirish yoku shunga muqobil variant topish o'rniga, so'zma so'z tarzda tarjima qilishni ma'qul ko'rgan bo'lib hikoyada "Yig'layverganidan yaponcha dastro'molini ham ho'l qilib yubordi" tarzida berilgan. Aslida "Ho'l bo'lib ketish" iborasi ko'proq suv yoki shunga o'xshash ko'proq miqdordagi suyuqlik yordamida namlansa, ko'proq to'g'ri kelishi mumkin edi. Lekin, ko'z yoshlarni artishga hizmat qiladigan dastro'mol uchun bu tarjima unchalik ham to'g'ri berilmagan. Buning o'rniga, shu ma'noga muqobil bo'la oladigan o'zbek tilidagi iboralardan foydalanish asl ma'noni chiroyliroq ifodalashga yordam berishi mumkin edi. Misol uchun "Ko'z yoshi yuzini yuvmoq" iborasi ham ko'p yig'lash ma'nosini anglatadi va hikoyaga ko'proq mos keladi.

9. "Don't be a goosey" - bu iborada "Goosey" tentak, ahmoq so'zlariga ishora tarzida qo'laniladi, lekin qo'pollik qilish maqsadidan yiroq bo'lgan holda ko'proq erkalab gapirish uchun ishlatilinadi. Tarjimada esa "tentak bo'lma" tarzida emas, "Tentaklikni bas qil" zamirida berilgan. Bir qarashda ikkala jumlalar ham bir xil ma'nodek tuyilishi mumkin, aslida esa "Tentaklikni bas qil" jumlalari, uzoqroq vqt mobaynida tentaklik qilayotgan odamga nisbatan, endi bu ishni to'xtatish kerak sifatida aytilayotgandek bo'ladi. Zero, yozuvchi "Stop being goosey" iborasini emas aksincha "Don't be a goosey" iborasini qo'llagan, bu o'rinda tarjimada ham asl ma'nosini yo'qotmasdan "Tentak bo'lma" tarzida tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Mashhur yozuvchi O'.Genri o'zining takrorlanmas hikoyalari bilan ko'plab kitobxonlarning qalbini egallab kelmoqda. Bu esa o'z navbatida, uning asarlarini tarjima qilishdek katta vazifani bo'yniga olgan har qanday tarjimondan katta mahorat va mas'ulyat

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

talab qiladi. "So'nggi yaproq" hikoyasi ham o'zbek tiliga o'girilgach yozuvchining mashhurligiga o'z hissasini qo'shib ulgurdi, va bunda albatta tarjimon M. Abdullayevning mahorati katta ro'l o'ynaydi.

References:

1. "The Stylistic Analysis of the Short Story "The Last Leaf" by O. Henry" G.P. Nazarova, S.U. Nasridinovna, April, 2023

2. "Selected Stories from O. Henry", C. Alphonso Smith, New York, 1906

3. O'.Genri "Ishbilarmon kishilar", Yangi asr avlodi, 2018

4. "Frazeologik birliklarning tarjimada berilishi masalalari" U. Tursunov, F. Boymatov, May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.