EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
ANALYSIS OF THE "WOMAN" IMAGE IN SHUKHUR KHOLMIRZAYEV'S STORY "HUMAN"
Orazbaeva Asal
Student Abdullayev X.
Supervisor Berdakh National Karakalpak University Faculty of Uzbek Philology https://doi.org/10.5281/zenodo.11183102
ABSTRACT
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 02nd May 2024 Accepted: 10th May 2024 Online: 11th May 2024 KEYWORDS Chronicle plot, pathos, character, protagonist, realism, romanticism, portrait, image, interpretation.
This article discusses the creative work of the Uzbek writer Shukhur Kholmirzaev, who made a great contribution to Uzbek literature of the 20th century, and is dedicated to the interpretation of his story "Odam" (Human). In the interpretation of the story, along with the main characters, the distinctive features of the writer's style are also revealed.
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "ODAM" HIKOYASIDA "AYOL" OBRAZI
TALQINI
Orazbaeva Asal
Talaba Abdullayev X.
Ilmiy rahbar Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11183102 ARTICLE INFO ABSTRACT
Received: 02nd May 2024 Ushbu maqolada XX asr o'zbek adabiyotiga katta hissa
Acœpted: 10th May 2024 qo'shgan o'zbekyozuvchisiShukurXolmirzayevning ijodiy
0nline: 11th May 2024 faoliyati to'g'risida so'zyuritilib, uning "Odam" hikoyasi
talqiniga bag'ishlanadi. Hikoya talqin qilinar ekan, undagi bosh obrazlar bilan birga yozuvchi uslubi xususiyatlari ham ochib beriladi.
KEYWORDS
Xronikali syujet, pafos, obraz, qahramon, realizm, romantizm, portret, tasvir, talqin.
O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning yozuvchilik shaxsiyati qirralari uning asarlarida aks etishidan tashqari, adabiy-ilmiy tadqiqotlarda ham biografik belgilarni inobatga olish zarurati haqidagi to'xtamlari adabiyotshunoslikdagi muallif shaxsini o'rganish, muallif nuqtai nazari, e'tiqodi, hayotiy mezoni, tafakkur tarzi, estetik didi kabi omillar bir butunlikda asar g'oyasini shakllantirishga xizmat qilishini ifodalaydi.
Shukur Xolmirzayev ijodkorlikni alohida ruhiy-ma'naviy, ijtimoiy hodisa sanar ekan, uni umr kechirish vositasi emas, balki yashashdan asosiy maqsad, "nafas olishdek bir hol" sifatida talqin etadi: "Rub'i maskundagi ming turfa qiliqli, ming bir tashvishli, ming-ming qiyofali odamlar orasida yana bir guruh bandai mo'minlar borki, ularning har biri ham o'zicha ayri
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
shaxslar bo'lsalar-da, mushtarak bir jihatlari bilan bir-birlariga o'xshaydilar va umumlashtirib aytganda, bitta vazifani bajaradilar, "bajaradi" deyish iddaoga, bahoga, hatto buyruqqa mengzab ketadi, yo'q: ular shu vazifani ado etishga mahkumlar, ularning qalbi-shuuri shuni hargiz talab etadi va bu vazifani ado etish - nafas olishdek bir holdirki, ular bu yo'ldan bir santim orqaga qayta olmaydilar".[Sh.Xolmirzayev 1997]
Shukur Xolmirzayev milliy nasrimizda tamomila yangicha bir yo'nalishga asos solgan adibdir. Yozuvchi ijodini e'tibor bilan kuzatsak, u avvalo qahramon portretini jonli tasvirlashda tengsiz bo'lganligini, shu bilan birga, qahramonlarning ko'ngil kechinmalarini, ruhiy dunyosini mahorat bilan tasvirlaganligini ko'rish mumkin. Shukur Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlaridan iborat ruhiy olamni kashf eta borgani sayin uning hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi o'z o'rnini realizmga bo'shatib berdi va yozuvchining o'zbek adabiyotiga "shafqatsiz realizm" unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi.[4] "Pafos" lotincha so'z bo'lib, bir hisga qattiq berilish, zo'r hayajon, ehtiros demakdir. Oddiy hayotda biror kishi o'z fikrini chuqur e'tiqod bilan "yonib-kuyib" ifodalasa, uni "pafos" bilan so'zlayapti deydilar.[1]
Professor Umarali Normatov 1978-yildayoq Shukur Xolmirzayev hikoyalarining o'ziga xos badiiy shakliga oid quyidagi fikrni bildirgan: "Shukur Xolmirzayev hikoyalari uslubi, ifoda usullari, tasvir ohangi, ritmikasi bilan ham e'tiborni tortadi".[2]
Shukur Xolmirzayevning 1975-yilda yozilgan "Odam" hikoyasi ham yozuvchining badiiy yuksak mahorati va falsafiy teran fikrlay olishining yana bir isboti. Bu hikoya falsafiy xarakterda yozilgan b'lib, syujeti xronikali. Yozuvchi ushbu hikoyasi orqali insonlar taqdirini tasvirlashga harakat qilgan. Hikoyadagi Rahima obrazi asosida ayollarning o'sha davrdagi hayot mashaqqatlarini yengib o'tishi tasvirlangan. U avval yosh qiz edi, keyin kelin bo'ladi, keyinchalik ona va buvi bo'ladi. Keksayib o'lim fursati yaqin qolganida birdan kasal bo'lib qoladi. Kasalligi shu ediki, u goh yosh boladek, goh kelindek, goho ona va buvi bo'lib qolar, o'zini shunday tutar edi.
Rahima eridan erta beva qolgan. Eri Shodmon polvon edi, Afg'onistonga borib kelgandan keyin birdan tog'day odam mushtday bo'lib qoladi va vafot etadi. Undan uchta farzand qoladi. Kattasi bilan kenjasi qiz o'rtanchasi o'g'il edi. Ammo, o'g'li frontga ketib halok bo'ladi, kenja qizi tog'da qochqinlikda yashab yurganida qishda sovuq oldirib vafot etadi. Kattasi Adolat raykomga ishga kiradi, oila quradi , o'z yo'lini topib ketadi.
Rahima erida ajralganidan ikki yil o'tib bozorning farroshi odam qo'yadi. Rahima:"Polvon meni qulflab ketgan, kaliti o'zida, deb sovchilarni qaytaradi.
Bu yerda uning eriga sadoqati va vafodorligini ko'rish mumkin.
Shukur Xolmirzayev haqiqiy professional yozuvchi. Ayniqsa, yozuvchining insonga umr va uning mazmuni haqida chuqur mushohada yuritish imkonini beradigan "Odam" hikoyasi juda ta'sirli. Bejizga yozuvchi bu asarni "falsafiy hikoya" deb atamagan. Hikoyadagi Rahima ismli ayolning hayoti, kechmish-kechinmalari qalamga olinadi. Ayol hayotda ro'shnolik ko'rmadi. Aslida Rahima buvi boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarni, iztiroblarni ta'riflashga so'z ojiz. Umri poyonida esi kirdi- chiqdi bo'lib qoladi. Lekin tabiatning irodasini qarangki, umr so'nggida ayolning xotirasi tiklanadi va hayotidan rozi bo'lib ko'z yumadi. Vafot etishi oldidan bolalariga vasiyat qiladi: "-Bolalarim, mendan rozi bo'linglar. Yaxshiligim o'tgan bo'lsa,
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
unutmanglar. Yomonligim o'tgan bo'lsa...esdan chiqaringlar. Men hayotimdan roziman, sizlardan roziman. Mendan ham rozi bo'linglar".[3]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Shukur Xolmirzayevning uslubiga e'tibor beradigan bo'lsak, sodda, har qanday jimjimadorlikdan xoli. Qahramonlar ruhiyatini ixcham va lo'nda fikrlar bilan ifodalaydi. Yozuvchining "Odam" hikoyasi ham teran falsafiy mushohadaga ega. Yozuvchi bu hikoyadagi Rahima obrazi orqali o'zbek ayollarining naqadar sadoqatli, sabr-bardoshli ekanligini ko'rsatib bergan. Bu hikoyada birgina odam hayoti misolida boshqa odamlar ham hayotida duch kelishi mumkin bo'lgan sinovli hodisalar tasvirlangan. Shukur Xolmirzayev ham hikoya sarlavhasini shunga asoslanib "Odam" deb nomlagan bo'lsa ajab emas.
References:
1. Izzat Sulton "Adabiyot nazariyasi" "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2005
2. Umarali Normatov "Nasrimiz an'analari" "G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at" nashriyoti Toshkent 1978
3. Shukur Xolmirzayev "Odam" hikoya 1975
4. Otabek Safarov "Shukur Xolmirzayev haqiqatlari" "Sharq yulduzi" 2023