Научная статья на тему 'SHOIRA SHAMS LIRIKASI BADIIYATI HAQIDA'

SHOIRA SHAMS LIRIKASI BADIIYATI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umid / armon / xayol / muhabbat / ishq / g‘aflat / baxt / o‘tinch / shamol. / hope / dream / love / carelessness happiness.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bobonazarova G.A.

Ushbu maqolada is’tedodli ijodkor Shoira Shamsning she’rlaridagi badiiy obrazlar mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE ARTISTRY OF THE POET SHAMS LYRICS

In this article, we specifically focused on the topic of artistic images in the poems of the talented poet Shaira Shams.

Текст научной работы на тему «SHOIRA SHAMS LIRIKASI BADIIYATI HAQIDA»

DOI 10.5281/zenodo.12737999

Bobonazarova G.A.

talabasi

O'zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs Urganch davlat universiteti

SHOIRA SHAMS LIRIKASI BADIIYATI HAQIDA

Annotatsiya. Ushbu maqolada is'tedodli ijodkor Shoira Shamsning she 'rlaridagi badiiy obrazlar mavzusiga alohida to'xtalib o 'tdik.

Kalit so'zlar: umid, armon, xayol, muhabbat, ishq, g 'aflat, baxt, o 'tinch, shamol.

Bobonazarova G.A.

3rd year student Faculty of Uzbek Philology Urganch State University

ABOUT THE ARTISTRY OF THE POET SHAMS LYRICS

Abstract. In this article, we specifically focused on the topic of artistic images in the poems of the talented poet Shaira Shams.

Key words: hope, dream, love, carelessness happiness.

Xorg'in sokinlikning bag'riga cho'mib, Xayollar ohista ketar qaygadir. Shahid armonlarni umidga ko'mib,

Orzu sohilini izlar qaydadir.[Javrikim jondan o'tar 173-bet ] Ushbu bandda xayol obrazi ta'svirlanadi. Bilamizki xayol inson tafakkurining mahsuli sanaladi. Ushbu she'rda inson xayoloti horg'in holatda sokinlikning bag'riga g'arq bo'lishi mumkinligi anglashiladi. Ya'ni inson beixtiyor xayollar girdobiga beriladi. Xayol darbadar bo'lib butun armonlari chipakka chiqilishi, shunday bo'lishiga qaramasdan, bir umid bilan orzular ro'yobi uchun orzu sohili tomon yo'l olishi ta'svirlanadi. Bu she'rdan anglashiladiki, ijodkor o'z ichki ruhiy kechinmalarini xayol obrazi vositasida ifodalagan.

Ulkan baxtni qidirib, Qaddim bukchayib borar. Armon toshi kattayib, Baxtim kichrayib borar Ba'zida to'qib ko'z yosh, Tugaydi sabr-toqat. So'rayman:- Bormi o'zi,

Qani men izlagan Baxt?[Javrikim jondin o'tar 127-bet ] Ta'kidlash joizki, baxt inson hayotining eng go'zal bir tuhfasi desak adashmagan bo'lamiz. Inson yashar ekan hamisha baxt uning hamrohi bo'ladi. Shoira bunda bu hayotda yashar ekan baxt qidirib yo'lga chiqadi. Baxtini shu qadar qidiradiki, xattoki qaddi bukchayib qoladi. Qalbidagi armon toshi borgan sari kattayib boradi. Baxti esa aksiga olib kichrayadi. Ko'zlaridan yosh tinmaydi va tugamaydi. Ammo sabr-toqati qolmaydi. Qidirdim -qidirdim, ammo men izlagan baxtni topa olmadim deydi-shoir va o'z-o'ziga savol beradi. Mana shunday bayt vositasida ijodkor o'z baxt obrazini yaratadi.

Ko'zingda o'ynaydi sirli hayajon, Yuzingdan lolarang ibo oqadi. Qarshingda vaslingga intizor bir jon Ko'zingdan ko'zlarin uzmay boqadi.

Oy ham havas qilar bu juft yurakka, Sukunat bag'riga to'kilar hasrat. Ne ko'yga solmaysan ahli odamni.

Muhabbat, muhabbat, muhabbat... ["Javrikim jondan o'tar" 191-bet ] Ushu baytdamuhabbat obrazi tavsiflanadi. Muhabbat mavhum tushuncha bo'lishiga qaramasdan butun bir insoniyatning tabiatida bir narsadir. Muhabbat shu qadar qudratli kuchga egaki, bu kuch butun insoniyatni o'zgartira oladi. Shu sababli ham ijodkor muhabbat dardiga mubtalo bo'ladi va shu muhabbat tufayli ko'zlari hayajonga to'ladi. Bu juftlikka oy ham havas qilishi aytiladi. Aytdilarki, muhabbat insonni har ko'yga solishi mumkin. Hattoki gapirtirmas holatga ham solishi mumkin. Muhabbat obrazi mana shunday qudratga ega.

Shamol, qaydan kelding chamanmi, bog'dan? Iforingga boshim aylanib qoldi. Ma'yin e'tibor -u, shirin ardog'dan,

Irodam to'kildi, xushim yo'qoldi. [ "Javrikim jondin o'tar" 225-bet ] Ushbu baytda shamol obrazi vositasida inson umriga qiyos qilsak bo'ladi. Ya'niki inson umri ham xuddiki shamol misol bir esib o'tadi. Keyin ortga qaytmaydi. Bu yerda esa shamolni qidiradi qayerdan qay makondan kelganligini so'raydi. Ushbu ta'svirlash jarayonida ijodkor badiiy ta'svir vositalaridan ham mohirona foydalana oladi. Bu san'atlar obrazning tasvir kuchini yanada go'zallashtiradi. Bunda yor shamolni izlaydi. Nelarni o'yladim Qalbimda qoldi. Og'riq iztirobim Dardimda qoldi. Za'faronlar yog'ib Zardimda qoldi

Qolmading...

Orzular ko'chdilar Turnalar bilan. Bedorman yurakda Ignalar bilan. Bahor qaytmas endi, Ginalar biln...

Qaytmading["Javrikin jondin o'tar " 197-bet ]

Ushu baytda armon obrazi ta'svirlanadi. Baytdan ko'rinadiki, yor ko'p narsalarni o'ylaydi va lekin bu o'ylar faqat qalbida pinhona. Ichidagi og'riq, iztiroblar dardlar qalbida qolgan. Faqatgina sen qolmading deya fig'on chekadi.

Orzular o'zgardi turnalar bilan birgalikda,lekin meni qalbim hali hanuz o'sha-o'sha. Yuragim bedor xuddiki ignalar qadalgandek. Bahor endi qaytmaydi ginalar bilan deydi. Lekin sen qaytmading deya istifoda qilinmoqda. Bu yerda bahor deganda fasl emas, balki insonning ushalmas yoki amalga oshmay qolgan orzu-istaklari armonga aylanganligini bildirmoqda. Bu yerda ham go'zal tasviriy vositalardan foydalanilgan.

Gulday go'zal, muzday sovuq dil, Parvo qilmas ko'z yoshlarimga. Bir kun seni eritaman, bil, Solib diydor otashlarimga.

Tosh qalbingdan bir gul undirib, Qahring yulib, mehrim beraman. Ketar chog'im ortga qayrilib, Intizor ko'zlaring ko'raman.

Ushbu baytda umid obrazi batafsil yoritiladi. Bunda umid shunday narsaki, biror narsadan voz kechgan taqdirda ham inson yana shu o'tgan narsaga qaytib yana umid bilan ortga boqadi. Shu sababli ham she'rda tosh ko'nglingni bir kuni eritaman deydi. Bir kuni tosh qalbing gul ochadi. Qahringni bir kuni mehrim ila to'ldiraman va ketar chog'imda baribir bir bora ortimga qayrilib boqaman demoqchi ijodkor.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hassos va is'tedodli ijodkorlardan biri hisoblangan Shoira Shams o'z ichki ruhiy kechinmalarini qog'ozga to'kadi va obrazlar vositasida ichki tug'yonlarini ifodalaydi. Ijodkor she'rlarida har bir obraz muhim rol o'ynagan va badiiy ta'sviriy vositalar ularga ko'rk bag'ishlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Javrikin jondin o'tar" "Quvonchbek-Mashhura" MCHJ nashroyoti Urganch-2018-yil

2.T. Boboyev "Adabiyotshunoslik asoslari" Toshkent - O'zbekiston -2002

3.A.Hojimuhammedov "Mumtoz badiiy malohati" "Sharq" nashriyoti-matbaa konserni Toshkent 1999-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.