Научная статья на тему 'OBRAZLARDA HAYOTIY TALQIN VA BADIIYLIK'

OBRAZLARDA HAYOTIY TALQIN VA BADIIYLIK Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OBRAZLARDA HAYOTIY TALQIN VA BADIIYLIK»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

OBRAZLARDA HAYOTIY TALQIN VA BADIIYLIK

S. I. Eshonkulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti. O'zbekiston.

Badiiy so'zning ahamiyati, teran fikrning ifodalash imkoniyatlari va xususiyatlari, umuman adabiyotning badiiyligi inson tabiatining ijodkorligi bilan bog'lanadi. Hayotning, voqelikning ko'ngul vositasida kechadigan tuyg'ularni suvratini chizish, ong va tafakkurda ko'z ochayotgan ruhiy kechinma va holatlarni bir nuqtaga yig'ish, ularni nozik hissiy kechinmalar orqali yuksak san'atkoronalik bilan ifodalash she'riyatning eng muhim bo'lgan vazifalardan biri ekan "har bir iste'dodli shoir she'riyat qonunlari va sirlaridan ogoh holda ijod qiladi. Har qanday shoirning dunyoqarashi, bilimi she'riy shakllar vositasida teran ma'nolarni ifodalashi qobiliyatiga qarab baholanadi. She'riyatning mavjud qonun-qoidalarini o'zlashtirib, ularni izchil tatbiq qilishda klassik shoirlarimiz namuna ko'rsatishganlar. Ular Sharq klassik she'riyatining nazariy va amaliy faoliyatiga ko'rsatma va dasturamal bo'ladigan (M.Shayxzoda) "bade'iyat", "aruz", "qofiya" ilmlarini puxta egallab, amalda tatbiq etganlar hamda shu sohalarning rivojlanishiga munosib hissa qo'shganlar" [4;113-114]. Masalan, Fuzuliy she'riyatining qariyib besh asr davomida sevib o'qilishiga sabab ham uning ilmga asoslanganligi hamda barcha misralarning hayotiy talqin va badiiylik bilan yo'g'rilganligidadir. U she'riyatga shunchaki qaramaydi, u bilim asosida she'r yaratilishini ta'kidlab shunday deydi: "Ilmsiz she'r asosi yo'q devor kabi o'lur va asossiz devor g'oyatda bee'tibor o'lur" [8].

Fikr va g'oyani ixcham, tushunarli, go'zal shaklda o'qirmanga yetkazish uchun ijodkordan o'ta nazokat, estetik did, badiiy tafakkur, mas'uliyat bilan birga badiiy san'atlardan mohirona foydalana bilishni talab qilinadi. Bu esa ijod ahlining uslub asoslarini tashkil qiladi. Uslub esa "...ma'lum tarixiy sharoitda ijod qilayotgan san'atkorni ma'lum dunyoqarash asosida... badiiy elementlar va tasviriy vositalarga ijodiy munosabatini anglatadi" [5;64, 3;155].

Badiiylik xususida to'xtalsak, "Badiiy" arabcha "bad'un", "bade'a" so'zlaridan olingan bo'lib, "o'ylab topish, biror narsani o'zgartirish, yangilik yaratish, ijod qilish" ma'nosini anglatadi. Badiiylik borliq hodisalarini jonlantirish, insonga xos xususiyatlarni ularga ko'chirishdir. Badiiylik ijodkorning o'z fikrini o'quvchiga xuddi o'zi his qilgan, idrok etgan darajada tushintira olishdir. Badiiylikning yuksak ifodasi ijodkorning iqtidori va mahorati orqali u yaratgan badiiy obrazlarda aks etadi.

May 15, 2024

646

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Badiiylik iborasi esa go'zallik, ohorlilik, nafislik demakdir. Shu sababli "badiiylik" atamasi adabiyotning eng nozik jihati bilan aloqador, ... asarda yangilik bo'lmasa, uning o'rniga takror, qaytariq bo'lsa, bunday asar adabiyotga nokerakdir. Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi, shuning uchun yaxshi badiiy asar millat va jahon adabiyoti tarixiga kiradi. Yangilik esa asarning mazmun tomoniga ham, shakl tomoniga ham tegishlidir [7;3].

Nodira lirikasi esa yuqorida e'tirof etilgan "go'zallik, ohorlilik, nafíslik"ni o'zida jamlaganligi bilan adabiyotshunoslikda o'z o'rniga ega. Nodira go'zallik va sadoqat, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu fig'onlarini ifodalar ekan, o'zini ishq oynasi deb bilganini anglab olishimiz mumkin. Bu oynada esa insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzularini aks ettiradi. Shoira muhabbatni Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu ardoq deb hisoblaydi. U muhabbat bilan birga tabiatning ham maftuni edi. Shoira bir qator she'rlarida safoli bahor fasli kirib kelishi, bog'larda gullarning ochilishi bilan ularning rang-barang libos kiyishi, muattar hidlar taratishini ajoyib obrazlar orqali ko'rsatib beradi. Shoira she'rlarida islom ruhi, tasavvuf ta'limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamisha umidbaxsh nigoh bilan qaraydi. Undan yaxshilik urug'ini qidiradi. Quyidagi bayt bunga yorqin dalil bo'la oladi:

Bahor keldi ko'zum gulga boqmadi aslo, Nedinki, gulshan aro gulruxim emas paydo.

Nodiraning mazkur g'azalida peyzaj (tabiat) tasviri bo'lib, unga parallel ravishda oshiq arzi holi namoyon bo'ladi. Matla'dayoq shoira bahor tasvirini madh etadi. Bahor kelgan-u, gullar chaman ochgan bog'da qizil yonoqli, gul yuzli yorning go'zal jamoli yo'qligi sababli hech bir gulga boqish xohishi yo'qligi ifodalanadi. Lirik qahramon uchun gul yonoqli yorsiz chiroyli bahor ham tatimaydi. Mazkur baytda "bahor", "gul", "gulshan" so'zlari orqali tanosub she'riy san'ati, "gul", "gulshan", "gulruh" so'zlari orqali ishtiqoq she'riy san'ati qo'llanilgan. Bu esa g'azalning badiiyatini ta'minlagan. Bayt:

Yuzimga bo'ldi yuzung muqtarin, bihamdillah, Ochildi mehru vafo bog'ida guli ra 'no.

Shoiraning yuksak poetik tafakkur va o'ziga xos uslub egasi ekanligi ushbu baytdan ham yaqqol namoyon bo'ladi. Ya'ni matla'dagi tushkun kayfiyat xursandchilik bilan almashadi, chunki mahbubi bilan yuzma yuz kelib, mehr-u vafo bog'ida u kutgan gul ochildi. Lirik qahramon esa buning uchun shukr qiladi. Bundan shuni anglash mumkinki, shoira ilohiy ishqqa tashna, komillikka intilgan solik. O'z qalbidan sadoqatli, vafoli yorni topar ekan, bu maqomga yetganiga shukrlar aytadi.

May 15, 2024

647

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Baytda "yuzimga", "yuzung" so'zlari orqali taqrir san'ati, "mehru vafo bog'ida" birikmasi orqali istiora she'riy san'ati, "mehru vafo bog'ida guli ra'no" birikmasi orqali kinoyali tashbeh san'ati mohiгona qo'llanilgan. Bayt:

Sarig'yuzumda qizil ashkimi tarovati bor, Nechukki, sog'ari zarrin aro mayi xumro.

Poetik iste'dod mahsuli - nodir yaratiq bo'lmish g'azal ham o'z-o'zicha tug'ilmaydi. Uning yaratilishida hayotiy tuyg'u va badiiy kechinma ta'siri asosiy o'rinni tutadi. "Chinakam lirika boshqa har qanday haqiqiy poeziya kabi inson yuragining chinakam mazmunini ifoda qilib berishi kerak" [1;504]. Shoiraning ushbu g'azalida ham asos bo'lgan lirik kechinma o'z tabiatidan kelib chiqib, hissiy bo'yog'iga, jozibadorligiga ega. Ushbu baytda, unda shakl va ma'no go'zalligi o'zaro mutanosiblashganligini ko'ramiz. Bahorning qizil va sariq gullariga muqoyasa qilgan ravishda shoira o'z mhiyatini shunday ifodalaydi: "Sariq yuzimdan qonli yoshlar oqadi. Axir tilla qadahdagi may ham qizil bo'ladi-ku" Agaг e'tibor beгsak, kasalmand insonning yuzi sariq-za'faroniy tusga kiradi. Xumro so'zi arabchada "qizil" ma'nosini berib, shoira bu baytda tanosub san'atidan unumli foydalangan. Mumtoz adabiyotda yuzning sarg'ayishi oshiqning hijron azobini qattiq tortganligiga ishora hisoblanadi. Lirik qahramon shunchalar qattiq azob tortganki, uning dardiga "may" - haqiqiy ishq malham ekanligini aytmoqchi. Shuningdek, baytda qo'llangan "sarig'" va "qizil" so'zlari tazod she'riy san'ati, "sog'ar" va "may" so'zlari tanosub, "qizil ashkimi tarovati" birikmasi orqali mubolag'a qo'llanilgan. Bayt: Labidin ayru menga boda tutma, ey soqiy, Xumor kulfatig'a nofe' o'lmadi sahbo.

Bayt mazmunidan ayonki, lirik qahramon soqiyga murojaat qilmoqda. Ma'lumki, soqiy mumtoz adabiyotda Alloh, Muhammad (s.a.v.), xarobot aro ishq ulashuvchi so'fi, pir ham deb tushuniladi. Bu yerda shoira soqiyga murojaat qilmoqda. Lab yorning kalomi bo'lib, lirik qahramonga undan boshqa narsa kerak emas. Oshiqning xumorini dunyoga bo'lgan muhabbat, ya'ni o'zga may (may bu yerda moldunyoga bo'lgan hirs) menga naf keltirmaydi, - deya qat'iy inkor etadi. Baytda "boda", "soqiy", "sahbo" so'zlari tanosub she'riy san'atini, "ey soqiy" undalmasi orqali nido she'riy san'ati qo'llanilgan. Bayt: Bu joni xastaki, vaslingni orzu aylar, Xayol turrasidin boshida uzun savdo.

Baytda Nodira o'zining ayol ekanligiga ishora sifatida o'zini yor vasliga bo'lgan chuqur qayg'usidan xasta bo'lganini aytadi. Uzun sochi kabi boshida uzun musibatlar bor ekanligini, bunga intizorlik (xumor) aybdorligini bildiradi. "Savdo "

May 15, 2024

648

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

so'zi bilan shoira iyhom san'atini yuzaga keltirib, savdo "musibat" ma'nosida va yana arabcha "qora" ma'nosida kelmoqda. Shoira uzun sochining qoraligini oxiri yo'q hijron azobiga o'xshatmoqda. Baytdagi "xayol turrasi", "uzun savdo" birikmalari orqali istiora she'riy san'atidan mohirona foydalangan. Bayt:

Firoq lashkari tug'yonidin maozalloh, Ki qildi sabru tahammul diyorini yag'mo.

Bu bayt yuqoridagi beshinchi baytning uzviy davomi bo'lib, azbaroyi ayriliqdagi holatidan qo'rqib shunday deydi: "Firoq lashkari sabr-u bardoshdan qurilgan diyorimni buzishdan Alloh asrasin ", - deya o'tinadi. Bu bilan shoira ayriliq azobini yana qayta boshdan kechirishdan cho'chiydi. Baytda "firoq lashkari", "tahammul diyori" birikmalari orqali istiora, "sabru tahammul" so'zlari orqali tanosub san'ati qo'llanilgan. Bayt:

Yuzung nazzorasi ushshoqlarni firdavsi, Harimi dargahing ahboba jannatul - ma 'no.

Shoira baytda yorni vasf etib, uning nazari oshiqlar uchun jannat bog'idir, sening dargohing suyuklilar uchun jannatning o'zidir, demoqda. Ya'niki, Allohga bo'lgan muhabbatidan oshiq o'z mahbubi qayerda bo'lsa, o'sha joy uning jannati ekanligiga ishora qiladi. Tasavvuf ilmining maqsadi ham Allohni qalban anglashdan iborat. Ushbu baytda, "firdavs", "jannat" so'zlari tanosub she'riy san'atini, "ushshoqlarningfirdavsi" birikmasi orqali esa istiora she'riy san'ati yuzaga kelgan. Bayt:

Sening salosila zulfungga mubtalodurman, Ki bo'ldi aqlu xirad qushlarig'a domi balo.

Baytda keltirilishicha, lirik qahramon o'zini chinakam ishq asiri deb biladi. Sochining halqa-halqa aylanasi zanjir bo'lib, oshiqning boshidan aqli-hushi uchib telba bo'lganligi aytiladi. Bu "tuzoqqa" tushgan bandadan aql ketishini ana shunday izohlaydi. "Salosila zulfung" so'z birikmasi orqali sifatlash, "aqlu xirad qushlari" birikmasi orqali istiora she'riy san'ati yuzaga kelgan. Bayt: Falakdin o'tti fig'onim, quyoshga yetdi unum, Hanuz, Komila, kam bo'lmadi bu ohu navo.

G'azal maqta'sida lirik qahramonning jabr-azoblari yakun topadi. Mubolag'aviy tasvir bilan o'zining ohi falakdan oshganini, ovozi quyoshga yetganini aytadi. Mumtoz adabiyotda ohu nola chekish ishqda komil bo'lish demakdir. Shoira maqta'da o'ziga Komila taxallusini shunchaki tanlamagan, sababi u ohu nolasi orqali komillikka erishgan, o'zligini anglagan. G'azalda "falak", "quyosh" so'zlari tanosub, "falakdin o'tti fig'onim" va "quyoshga yetdi unum" birikmalari orqali mubolag'a

May 15, 2024

649

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

she'riy san'ati, "fig'onim ", "unum ", "oh ", "navo " so'zlari orqali yana bitta tanosub she'riy san'ati qo'llanilgan. "Badiiylik - san'at sohasiga oid bo'lgan ijodiy mehnat samarasini belgilovchi ichki (tuzilishga oid) xususiyatlarning murakkab yi g'indisi" [2;338] ekan, g'azal tahlilidan ayonki, ijodkor deyarli har bir baytda badiiy san'atlardan juda o'rinli va mohirona foydalana olgan.

Shoira lirikasini kuzatar ekanmiz, ularda "Har qanday poetik asar lirik kechinma asosida yoziladi, shu bois she'rdagi har bir unsur kechinmani ifodalashga xizmat qiladi" [6;12], degan adabiyotshunos olimning qarashlari naqadar to'g'ri ekanligiga amin bo'lamiz. Shoira g'azallarida she'riy san'atlardan ustalik bilan foydalanib, lirik kechinmalarni, hayot talqinini o'z maromiga yetkazib, badiiylikning go'zal namunasini yaratganligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, shoira g'azallarida irfoniy g'oyalar talqini ko'ngil timsoli vositasida amalga oshirilgan. Ko'ngil lirik qahramonning ishq oshyoni sifatida shoira tomonidan nozik anglangan. Lirik qahramon ruhiyati botiniy-zohiriy tasvir asosida ko'ngil sirlari va unga daxldor kechinmalar ta'sirchan misralarda ochib berilgan. Shoira yaratiqlarida lirik qahramon timsolida ijodkor ko'ngli ham o'z badiiy ifodasini topgan. Shuningdek, Nodira lirikasida inson ko'ngli va taqdirining badiiy inkishofi-mushohadasi o'zining nafisligi, his-tuyg'ularga boyligi, obrazliligi, badiiy bo'yoqdorligi va ta'sirchanligi samimiy satrlarda ifodasini topgan. Ko'ngul shoira g'azallarining yetakchi mazmun yo'nalishiini ta'minlagan asosiy obraz darajasiga ko'tarilgan. U shoira meni, oshiq, orif, do'st timsollari bilan mushtaraklashgan. Bunday uyg'unlashuv Nodira lirikasida g'oyaning yuksakligi, dardning chuqurligi, shaklning betakrorligi, badiiy asarning go'zalligini ta'minlagan. Shoiraning obrazlar tasvirida hayotiy talqin va badiiylik shakl ham mazmun mutanosibligida yorqin namoyon bo'lishi bilan ahamiyatlidir. Nodira she'riyatida so'z qo'llash va tasvirlash mahorati yuksak bo'lib, badiiy san'atlardan ustalik bilan foydalana olganligi g'azallarning jonli, o'qimishli chiqqanligini ta'minlagan.

REFERENCES

1. Гегель Ф.В. Эстетика.Том-3. -M.: Искусство, 1971. -C.504.

2. Роднянская И. Художественность КЛЭ., т.8. - М.: 1975. - С.338.

3. Qayumov A. "Hayrat ul- abror" talqini: Ijtimoiy-falsafiy motivlar. -T.: Adabiyot va san'at, 1977. -B.155.

4. Rafiddinov S. Atoiyning poetik mahorati. Filologiya fanlari nomzodi ... diss. -T., 1993. -B. 113-114.

5. Salohiy D. Navoiyning she'riy uslubi masalalari. -T.: Fan, 2005. -B.64.

May 15, 2024

650

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

6. Turdimov J. Lirik kechinma tabiati. Fil.fan.nom.. .diss... avtoref. -T., 1999. - B.12.

7. To'ychiyev U. O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va maromlari. -T.: Yangi asr avlodi, 2011. -B.3.

8. https://moluch.ru/archive/265/61401/

651

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.