Научная статья на тему 'XIX ASR SHOIRALAR IJODIDA BADIIY SAN’ATLAR JILOSI (Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she’riyati misolida)'

XIX ASR SHOIRALAR IJODIDA BADIIY SAN’ATLAR JILOSI (Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she’riyati misolida) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1944
154
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XIX asr adabiy muhiti / “malikayi davron” Nodira / Uvaysiy / Dilshodi Barno / Anbar Otin / ma’noviy va lafziy san’atlar / talmeh / tashbeh / istiora / XIX century literary environment / "Malikai Davron" Nodira / Uvaysi / Dilshodi Barno / Anbar Atin / spiritual and verbal arts / talmeh / tashbeh / istiora

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Navruzova, Nozima Norqulovna

XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon adabiy muhitida shoiralardan Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she’riyatida ma’noviy va lafziy san’atlar keng qo’llanilgan bo’lib, ular mazmun yetakchiligini ta’minlashga va she’r shaklining mazmunga mutanosib bo’lishiga xizmat qilgan, asardagi g’oyalarning ta’sirchan, hayotiy va jozibador chiqishini ta’minlagan. Bu davrda shoiralarning tarix sahnasiga kirib kelishiga “malikayi davron” nomi bilan mashhur shoira Nodirabegim va Uvaysiyning ulkan hissasi bor.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GLOSSARY OF ART IN THE WORK OF POETS OF THE XIX CENTURY (Examples of poetry by Uvaysi, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin)

In the first half of the XIX century in the literary environment of Kokand in the poetry of poets Uvaysi, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin spiritual and rhetorical arts were widely used, which provided content leadership and served to make the form proportionate to the content, provided an impressive, vital, and attractive output of the ideas in the work. The poets Nodirabegim and Uvaysi, known as the "Malikai Davron", made a great contribution to the entry of poets into the stage of history during this period.

Текст научной работы на тему «XIX ASR SHOIRALAR IJODIDA BADIIY SAN’ATLAR JILOSI (Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she’riyati misolida)»

Scientific Journal Impact Factor

XIX ASR SHOIRALAR IJODIDA BADIIY SAN'ATLAR JILOSI

(Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she'riyati misolida)

Navruzova Nozima Norqulovna

SamDU 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

XIX asrning birinchi yarmida Qo 'qon adabiy muhitida shoiralardan Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she 'riyatida ma 'noviy va lafziy san 'atlar keng qo'llanilgan bo'lib, ular mazmun yetakchiligini ta'minlashga va she'r shaklining mazmunga mutanosib bo 'lishiga xizmat qilgan, asardagi g 'oyalarning ta 'sirchan, hayotiy va jozibador chiqishini ta 'minlagan.

Bu davrda shoiralarning tarix sahnasiga kirib kelishiga "malikayi davron" nomi bilan mashhur shoira Nodirabegim va Uvaysiyning ulkan hissasi bor.

Kalit so'zlar: XIX asr adabiy muhiti, "malikayi davron" Nodira, Uvaysiy, Dilshodi Barno, Anbar Otin, ma 'noviy va lafziy san 'atlar, talmeh, tashbeh, istiora

In the first half of the XIX century in the literary environment of Kokand in the poetry of poets Uvaysi, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin spiritual and rhetorical arts were widely used, which provided content leadership and served to make the form proportionate to the content, provided an impressive, vital, and attractive output of the ideas in the work. The poets Nodirabegim and Uvaysi, known as the "Malikai Davron", made a great contribution to the entry of poets into the stage of history during this period.

Keywords: XIXcentury literary environment, "Malikai Davron"Nodira, Uvaysi, Dilshodi Barno, Anbar Atin, spiritual and verbal arts, talmeh, tashbeh, istiora

В первой половине XIX века в литературной среде Коканда в поэзии поэтов Увайси, Нодира, Дильшоди Барно, Анбар Отин широко использовались духовные и риторические искусства. впечатляющий, жизненно важный и привлекательный результат идей в работе. Поэты Нодирабегим и Увайси, известные как «Эпоха Королевы», внесли значительный вклад в выход поэтов на историческую сцену в этот период.

Ключевые слова: литературная среда XIX века, «Принцесса Даврон» Нодира, Увайси, Дильшоди Барно, Анбар Атин, духовно-словесные искусства, талмех, ташбех, истиора.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Qo'qon adabiy muhitida o'ziga xos o'rin tutgan Mohlaroyim Nodira, Jahon otin Uvaysiy va ularning ma'lum ma'nodagi izdoshlari Dilshodi Barno, Anbar Otin kabi shoiralar mumtoz adabiyotimizga o'zlarining benazir hissalarini qo'shish bilan birga shu davrdan boshlab shoiralar silsilasiga asos solganlar. Ular o'zlarining ijodlari bilan mumtoz adabiyotimizni har jihatdan boyitganlar. Shoiralar ijodining badiiyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular badiiy san'atlarning o'ziga xos tarzdagi go'zal namunalarini yaratishgan. Bular mumtoz adabiyotimizning bebaho boyliklaridan sanaladi. Ming yillik tarixga ega bo'lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida bo'lib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so'z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.1

Ma'lumki, she'riy san'atlar asardagi g'oyalarning ta'sirchan, hayotiyroq va jozibador chiqishi uchun xizmat qiladi. Shoiralarimiz ijodidagi badiiy san'atlarni ko'zdan kechirganimizda, ularning go'zal namunalari yaratilganligining guvohi bo'lamiz. Ularning she'riyatida eng ko'p qo'llanilgan badiiy san'atlar talmeh, tashbeh, tanossub, tazod, mubolag'a, tashxis, istiora kabilardir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mumtoz she'riyatda, shuningdek, shoiralar g'azallarida eng ko'p qo'llanilgan she'riy san'atlardan biri talmeh. Mumtoz adabiyotimizda ijodkorlar muhabbat mavzusidagi asarlarida ko'pincha Sharqda keng tarqalgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Vomiq va Uzro", "Tohir va Zuhro" kabi qissalar, dostonlarning qahramonlari nomiga ishora qiladilar. O'quvchi u yoki bu nomga ishorani ko'rar ekan, uning ko'z oldida o'sha qissa, doston, afsona mazmuni, uning qahramonlari hayoti, sevgisi, kurashi, fojiali taqdiri jonlanib, ijodkor demoqchi bo'lgan fikrni yorqinroq tasavvur qiladi, chuqurroq anglab yetadi. Zero, bu jarayonda o'quvchi o'zi mutolaa qilayotgan asar qahramoni hayoti, tuyg'ulari, ma'naviy qiyofasini o'sha mashhur qissa, afsona qahramoni bilan qiyoslaydi. Bu mumtoz adabiyotimizda o'ziga xos an'ana bo'lib, bu an'anani shoiralarimiz ham munosib ravishda davom ettirishgan. Nodira ijodida bu an'anani kuzatganimizda, o'zining muhabbat borasidagi kechinmalarini ularniki bilan qiyoslaydi va bu borada shoira yaratgan lirik qahramon iztiroblari oldida boshqalarniki hech narsa emas degan fikrga keladi.

1 Bu haqda qarang: A. Xp^na^MegoB. MyMT03 öagnnaT Ma^oxara. TomKeHT, 1999 h.

962

Farhod agar ursa menga lofi muhabbat, Bir oh ila aylarman uni dog'i xijolat2 misralari bilan boshlanadigan g'azalida Nodira o'zining ishqi g'ami Farhod va Majnunnikidan, Yusuf va Zulayhonikidan ming chandon ortiq ekanligini, ular bunga bardosh bera olmasligini ta'riflaydi. Shoirada bo'lgan ishq ularda bo'lganida edi, Farhod tog'ni talqon qilgan, Majnun olamga dod solgan, Zulayho esa Yusuf firoqi azobidan omon qolmagan bo'lardi. Nodiraning ayriliq azobini chekayotgan lirik qahramonining iztirob-uqubatlari oldida Majnun-u Farhodlarning azoblari hech narsa bo'lmay qoladi. Ularning g'ami yuzta bo'lsa, Nodirada mingta hasratdir. Bunday ta'riflar Nodira ijodiga xos bo'lgan jihatlardan biri desak, yanglishmagan bo'lamiz, albatta. Bu misralarda shoira mubolag'a san'atiga keng o'rin beradi va badiiy mahoratining yuksak darajasini ko'rsatadi:

Gar bo'lsa Zulayxoda mening zarracha ishqim , Qolmas edi Yusufni firoqida salomat... Yuzdin biri Majnunda agar bo'lsa g'amimni, Bir oh ila olamg'a solur sho'ri qiyomat.3 Shoira talmeh va mubolag'a san'atidan o'rinli foydalangan va bu qo'llash orqali o'z dardining naqadar kuchli ekanligini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan, shu ikki san'at orqali maqsadiga erishgan.

Menga barobar emas ko'hkan bilan Majnun, Alarda yuz g'am edi , lek menda ming hasrat.4 Nodira hali yosh ekanligida uning sevimli yori Umarxon (1822) vafot etdi, lekin Nodira umrining so'nggiga qadar yoriga sodiq qoldi. Shoiraning mana shu yillardan keyingi davrda yaratilgan ijodida ayriliq, hijron mavzusi yetakchilik qiladi, visol, shodlik va quvonch mavzusi chekinadi. Nodira ijodining ibtidosidan intihosigacha o'zini kuyladi:ma'shuqa bo'lib oshig'ini, Layli bo'lib Majnunini, Zulayho bo'lib Yusufini kuyladi. U sevib sevgini chuqur his etganligi uchun g'azallari his-hayajon bilan to'la, o'quvchi qalbiga tez yetib boradi.

Furqat ichra tushdi savdoyi Zulayho boshima, Qimmati Yusuf baho topti xaridorimg'a ayt.5 Shoira she'rlarida bu obrazlar nomlarini keltirish orqali o'zini madh etgan, yoriga bo'lgan vafo va sadoqatini, dardini kuylagan.

2 Hogupa. (ra3a^ap). A3H3 KaroMOB. T., 1958.

3 Shu asar, 3-6eT.

4 Shu asar, 22-bet.

5 Hogupa. (ra3a^ap). A3H3 KaroMOB. T., 1958. 19-6eT.

Uvaysiy ijodida yuqoridagi nomlar talmeh sifatida o'ziga xos tarzda tilga olingan:

Munosibliqqa deb bordim sanga, Yusuf-Zulayhosan -Ki, aslo tushmasin o'trug'a bir g'ayri dadon, taqsir.6 Uvaysiyning bu g'azali Qo'qon xoni Umarxonga murojaat tarzida yozilgan bo'lib, shoir Umarxon va shoira Nodiraning bir-biriga bo'lgan muhabbat va sadoqatini Yusuf va Zulayhoga o'xshatish orqali talmeh san'atini yaratgan. Ko'rinadiki, Uvaysiy bu o'rinda o'zining muhabbati haqida emas, balki real insonlar haqida so'z yuritmoqda. Shu jihatdan uning mazkur san'atni qo'llashdagi uslubi Nodiranikidan farqlanib turadi. U Nodira kabi o'z sevgisini qalamga olmagan, ammo o'zini va lirik qahramon muhabbatini madh etgan o'rinlar ham bor, albatta.

Uvaysiy, Dilshodi Barno va Anbar otinlarda Nodiradan farqli ravishda o'z sevgisini kuylash kamroq. Ayniqsa, Dilshodi Barno va Anbar Otinlar ijodi, asosan, ijtimoiy mavzuda bo'lganligi uchun Anbar Otinning bu obrazlarga murojaatida ham ijtimoiy ruh ko'rinib turadi. Dilshodi Barno ijodida esa bu obrazlar juda kam hollarda uchraydi. Ular bu obrazlardan ko'ra ko'proq ijtimoiy mavzuga aloqador bo'lgan, ya'ni shu mavzuda ijod qilganlarni tilga olib ularga ergashganlar. Anbar Otin g'azal: "Xotunlar mol misoli sotiladur", deb mushtiparlarni, Zulayho, Laylo, Shirinni tan olmog'onlarga o't tushsun.7 Ko'rinadiki, shoira bu qahramonlarning sevgisini emas, balki ijtimoiy jihatini, bu obrazlar orqali ayollarning jamiyatdagi o'rnini qalamga olgan.

Shoiralar ijodida bulardan tashqari, yana ko'plab badiiy qahramonlar va tarixiy shaxslar ismlari keltirilgan. Masalan, Mashrab, Mansur Xalloj ismlari va ularning taqdiriga ishora an'anaga aylangan bo'lib, shoiralar ijodida ham bu an'ana davom etganligini ko'rishimiz mumkin. Bu ismlarni shoiralar Ollohga bo'lgan muhabbatni ifodalashda qo'llaganlar va bu bilan ifodaning yana ham ta'sirli chiqishiga erishganlar.

Uvaysiy g'azali: Har kishi Mansurdek bersa "analhaq"dan xabar, Ul zamon bo'lg'ay ani oldida dori ko'ndalang.8

Baytda Mansur Xallojning "analhaq", ya'ni "men Xudoman" degani uchun dorga osilgani va uning taqdiridan boshqalarni ogohlantirish mavjud.

6 Тухтасин Жалолов. Узбек шоиралари. Т., 1970 й. 64-бет.

7 Анбар Отин. Шеърлар рисола.. Т., 1970й

8 Тухтасин Жалолов. Узбек шоиралари. Т., 1970 й. 55- бет.

964

Nodiraning ifoda bayoni Uvaysiniki bilan o'xshash: Analhaq, mojarosin aylading fosh, Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.9 Dilshodi Barno g'azali:

Shayx Mansuri analhaq ila Mashrab pirimiz Ishqsiz shayx ko'zini pirpiratgan o'zimiz.10 Shoiralarimiz ijodida ko'p uchraydigan badiiy san'atlardan biri tashbeh san'atidir. Nodira ijodida ham uning go'zal namunalarini uchratamiz: Chamanda jilva qildi sarvi gul ham sabza bosh egdi, Qadi sarvu, yuzi gul, xatti rayhonimni sog'indim.11 Shoira yorning qaddini sarv daraxtiga, yuzini gulga, xati (lablari ustidagi nozik tuk)ni esa xushbo'y rayhonga qiyoslab go'zal tashbehlar yaratgan. Shoiraning navbatdagi g'azalida shunga o'xshash tashbehlar laff va nashr ("yig'ish va yoyish" ma'nosini ifodalovchi ushbu san'at she'r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi.12) san'ati bilan uyg'un holda qo'llanilgan: Yuzu gul-u, qadi shamshod, ko'zlari nargis, Bahori yosumanimni tushimda ko'rsam edi. Bunda ham yorning yuzi gulga, qadi shamshodga, ko'zlari esa nargis guliga qiyoslangan. Ko'rinadiki, yuqoridagi baytda yuz, qad, ko'z - bular laff hisoblansa, gul, shamshod, nargis - nashrdir. Shuningdek, shu kabi o'xshatish hamda laff va nashr Uvaysiy ijodida ham ko'zga tashlanadi:

Yuzu zulfu qadi ra'nosini ko'rganda dermishman Ham ul guldur, ham ul sunbul, ham ul bir naxli shamshodi baytining birinchi misrasidagi "yuz", "zulf', "qad" dastlab yig'ilgan va keyingi misrada "gul", "sunbul", "naxli shamshod"ga o'xshatilib, nashr etilgan, bitta-bitta izohlangan. Shoira ijodida yorning xatini endi sabza urayotgan rayhonga, labini kavsarga, mijjasini bo'stonga, yuzini gulga o'xshatib tashbeh san'ati yaratish ko'plab topiladi. Bunday tashbehlar mumtoz adabiyotimizda an'anaga aylangan va bu an'anani shoiralar Nodira va Uvaysiy o'ziga xos go'zal baytlarida ifodalab munosib davom ettirishgan. Shoiralar Dilshodi Barno hamda Anbar Otinlar esa bu an'anadan biroz chekingan holda ijod qilganlar. Chunki ularni ijodi, asosan, ijtimoiy mavzuda

9 Shu asar, 105- bet.

10 Дилшоди Бaрно. TaraaHraH aсaрлaр. Т.,1972й. 37-бет.

11 Нодирa-Комилa. Девон. Тошкент, 2001 й.

12 А. X,ожиaxмедов. Мумтоз бадиият мaлохaти. Тошнит, 1999 й. 42- бет.

bo'lib, ularda Nodira va Uvaysiy ijodidagi kabi ta'sirli tashbehlar kam uchraydi, ularda uchraydigan tashbehlar esa oddiy va xalqona.

Dilshodi Barno ijodidan keltiradigan quyidagi baytda ham tashbeh ijtimoiy mavzuga asoslangan:

Deyurlar tishlaring, Barno, misoli dur (va) yo olmos, Bu tish mijgon o'qidek zulm qilguchiga otgonim.13 Anbar Otin ijodida ham Dilshodi Barnodagi kabi biroz sodda tashbehlar mavjud: Qay kuni bo'lg'ayki, san mandek gadolar holig'a, Aylagaysan bir tarahhum bu maholimni ko'rub.14 Shoiralar ijodida istiora (arabcha "biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq" degan ma'noni ifodalab, adabiy asarda so'zni o'z ma'nosidan boshqa bir ma'noda, aniqrog'i uni haqiqiy ma'nosida emas, balki majoziy bir ma'noda qo'llash15) san'atiga ham ko'p bora duch kelamiz. Nodiraning

Vaqti xirom, ey sanam, diydalarimga qo'y qadam, Xoki rahingga aylaram chashmi go'harfishon fido baytida "sanam", "chashmi go'harfishon", "diydalarimga qo'y qadam" istioralari keltirilgan. "Diydalarimga qo'y qadam" istiorasi Nodira g'azallarida tez-tez uchraydi va bu shoiraning o'ziga xos uslubi sanaladi.

Uvaysiy g'azallaridagi istioralar ham shunga o'xshash tarzda yaratilgan: Muhabbat o'tini jismimga yoq, bag'rim kabob o'lsun, Ko'zum husningda serob ayla andog'kim purob o'lsun. Bu baytdagi birinchi misra to'laligicha istiora asosiga qurilgan, ya'ni muhabbat o'ti (olov) bilan jismni yoqish va bag'irni kabob qilish o'z ma'nosidan yiroqlashib ko'chma ma'noda qo'llangan va istiora san'atini hosil qilgan.

Dilshod va Anbar Otinlar ijodida ham istioralar ko'p o'rinda qo'llanilgan. Ayniqsa, Dilshodi Barno she'riyati istioralarga boy:

Bag'rim ochgach dil saroyin, asli manzil shul debon, Mehr sozin ishlatib, ishq tanburini urdi ruh baytida "dil saroyi", "mehr sozi", "ishq tanburi" istioralarini qo'llab ta'sir kuchini oshirishga erishgan.

Istiora tashbehdan kuchliroq bo'lgani uchun shoiralar bu san'atdan foydalanib yuqori ta'sirchanlikka erishganlar. Bu san'atni yaratishda shoiralarda an'anadan

13 „Hu^mogu EapHO. TaraarnaH acap^ap. Fa$yp Fy^OM HOMugaru aga6ueT Ba camaT HampueTH.T., 1972h. 56 -6eT.

14 AH6ap Othh. ffletp^ap puco^a. Fa$yp Fy^OM HOMugaru aga6ueT Ba camaT HampueTH. T., 1970h. 19-6eT.

15 A. Xp^ua^MegoB. MyMTO3 6aguHHT M&roxara. TomKeHT, 1999 h.

Scientific Journal Impact Factor

chekinishlar ko'rinadi. Ularda ayollarga xos bo'lgan jihatlar ko'proq ko'zga tashlanadi.

Nodira va Uvaysiy ijodini kuzatganimizda, ularda badiiy san'atlarning naqadar yuqori mahorat bilan o'z o'rnida qo'llanganligiga guvoh bo'lamiz. Ular ayollarning nozik qalbidagi hislarni badiiy san'atlarda aks ettirishgan. Dilshodi Barno va Anbar Otinlar ijodida ham she'riy san'at namunalarini ko'ramiz, ammo ular Nodira va Uvaysiynikidan biroz farq qiladi. Nodira va Uvaysiy ijodi o'zaro bir-birinikiga o'xshash bo'lsa, shoiralar Dilshod va Anbar Otinlar ijodi bi-biriga o'xshaashdir. Chunki shoiralar turmush tarzi, ichki kechinmalaridan kelib chiqib ijod qilishgan. Nodira va Uvaysiy saroy muhitida yashashganligi uchun ularda ijtimoiy qiyinchiliklar deyarli bo'lmagan. Ayniqsa, Nodira mamlakat malikasi bo'lganligi uchun unda moddiylikdan qiynalgan, ijtimoiy qiyinchiliklar ko'rgan lirik qahramon obrazi deyarli yo'q. Dilshod va Anbar Otinlar esa saroydan tashqarida siyosiy vaziyat biroz murakkab bo'lgan muhitda yashashganligi uchun ularda ijtimoiylik kuchli. Shuning uchun ularning she'riyati Nodira va Uvaysiynikidan farq qiladi. Ularning ijodida bo'lgani kabi badiiy san'atlarni qo'llashda ham sezilarli farqni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bu davrga qadar adabiyotimizda faqat erkak ijodkorlar bo'lib, ayollarning muhabbati, dard-u alamlari, ularning nozik kechinmalari, onalik mehrlari qalamga olinmagan edi. Shoiralarning bu kechinmalarini ifodalashda badiiy san'atlarning o'rni beqiyos va u orqali tasvir vositasining yanada jozibali bo'lishiga erishishgan.

REFERENCES

1. Нодира-Комила. Девон. Тошкент, 2001 й.

2. Нодира. (газаллар). Азиз Каюмов. т., 1958.

3. Увайсий. Девон. Т.: УзФА нашриёти. 1959 й.

4. Увайсий. Кунгил гулзори. Т. 1983 й.

5. Анбар Отин. Шеърлар рисола. Т., 1970й.

6. Дилшоди Барно. Танланган асарлар. Т., 1972й

7. Тухтасин Жалолов. Узбек шоиралари. Т., 1970 й.

8. А. Хржиахдоедов. Мумтоз бадиият малохати. Тошкeнт, 1999 й.

9. Хасанова М. Саккокий касидаларининг "насиб" кисмида маъшука тимсоли // Шарк аёли: кеча ва бугун. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. - Тошкент, 2013. - Б. 172-176.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.