Научная статья на тему 'SHOIRA SHAMS SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATI'

SHOIRA SHAMS SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ishtiqoq / talmeh / tanosub / tashbeh / tazod / mubolagʻa / nido / she’riy san’at / husni ta’lil / takrir.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bobonazarova Gulzoda

Ushbu maqolada Oʻzbek mumtoz adabiyotining badiiy qurollaridan biri boʻlmish she’riy san’atlarning qoʻllanilish oʻrinlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu oʻrinda Shoira Shams she’riy san’atlarning deyarli har bir turiga misollar keltirib, izohlab oʻtganlar. Bu misollarni kuzatish orqali ijodkorning nafis soʻz san’atini qay darajada mohirona qoʻllaganini guvohi boʻlamiz va ayrim oʻrinlariga alohida toʻxtalib oʻtdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOIRA SHAMS SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATI»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

SHOIRA SHAMS SHE'RIYATIDA BADIIY SAN'ATLARDAN

FOYDALANISH MAHORATI

Bobonazarova Gulzoda

Urganch davlat universiteti, O'zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11217318 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbek mumtoz adabiyotining badiiy qurollaridan biri bo'lmish she 'riy san 'atlarning qo'llanilish o'rinlariga alohida e 'tibor qaratilgan. Ushbu o'rinda Shoira Shams she 'riy san'atlarningdeyarli har bir turiga misollar keltirib, izohlab o'tganlar. Bu misollarni kuzatish orqali ijodkorning nafis so'z san'atini qay darajada mohirona qo'llaganini guvohi bo'lamiz va ayrim o'rinlariga alohida to'xtalib o'tdik.

Kalit so'zlar: ishtiqoq, talmeh, tanosub, tashbeh, tazod, mubolag'a, nido, she 'riy san'at, husni ta'lil, takrir.

Ishtiqoq("so'zdan so'zni ajratmoq") she'r baytlarida o'zakdosh so'zlarni qo'llash san'atidir. Quyida hassos shoiraning ishtiqoq san'atidan o'rinli va samarali foydalanganini ko'rib o'tamiz:

Nechuk g'am bu ko'zingdan ko'zlarimga to'kilmish, G'amgin ko'ngil ostonasin xatlab o'tolmagaysiz.

("Javriqim jondan o'tar" 95-bet) Ushbu baytda g'am va g'amgin so'zlari vositasida ishtiqoq san'ati, ya'ni o'zakdosh so'zlar qo'llanilgan. Ya'ni bu o'rinda ko'zlaringdagi g'am qanday g'am bo'lishi mumkinki, meni ko'zlarimga yoshlaring to'kildi va g'amgin ko'ngil ostonasini bir bora ham xatlab o'tolmaysan degan ma'no anglashilgan. Ba'zan o'zakdosh bo'lib ko'ringan so'zlar aslida boshqa-boshqa ma'nolarni ifodalaydi. Bu holat shibhi ishtiqoq deyiladi

Talmeh ("nazar solmoq") she'r yoki nasriy mashhur tarixiy voqeaalr afsonalar, adabiy asarlar yoki maqolalarga ishora qilmoq san'atidir.1

Shoirlar va shoiralar muhabbat mavzusidagi asrlarida ko'pincha Sharqda keng tarqalgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Vomiq va Uzro", "Tohir va Zuhro" kabi qissalar, dostonlarning qahramonlari nomiga ishora qiladilar. Ushbu o'rinda ham ijodkor Farhod va Qays so'zi yordamida talmeh san'atini vujudga keltirgan.

Gohi bir Farhod kabi ishq izmida ko'rgim seni, Qays o'zing sahroda telba, holingni so'rgum seni, Har sahar to shom qadar g'am chekkaning bilgum seni, Uzma ko'ngil garchi hijron hor etar bir zum seni, Gul tikonsiz bo'lmagay, har bir chamanning xori bor.

("Javriqim jondan o'tar" 97-bet) Ushbu baytda yuqorida aytib o'tganimizdek dostonlarga ishora shaklida Farhod va Qays obrazlari vositasida talmeh san'atini yuzaga keltirgan va ushbu obrazlar orqali g'azal mazmunini anglashimiz mumkin.

Tanosub - she'r baytlarida ma'no jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so'zlarni qo'llab , ular vositasida obrazli ifodalar, lavhalar yaratish san'atidir. Masalan, Shoira Shams qalamiga mansub ushbu baytda :

1 A.Hojiahmedov Mumtoz badiiyat malohati "Sharq" nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati Toshkent-1999

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Bir so'z qidiryapman, Matnazar og'o,

She'rni she'r qilguvchi, ma'noni tengsiz, Uni ellar elga qilsa havola, Bag'rida mavj ursa daryo-yu dengiz

("Javriqim jondan o'tar" 103-bet)

Ushbu o'rinda dengiz va daryo so'zlari vositasida tanosub san'ati yuzaga keltirilgan, ya'ni bir uyaga mansub so'zlar qo'llanilgan. Bu she'riy san'atlar g'azal matnini jozibali va ta'sirchan chiqishida alohida ahamiyatga egadir.

Tazod so'zi "zid qo'yish", "qarshilantirish" ma'nolarini ifodalaydi. Shu so'z bilan ataluvchi she'riy san'at esa baytda ma'no jihatdan o'zaro zid , qarama-qarshi bo'lgan so'zlarni qo'llab, ta'sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratishni nnazarda tutadi. Masalan, Shoira Shamsning:

Tunlar tongday go'zal bu ko'hna yurtda, Har millat orasin bog'lar bir rishta, Kunlar osoyishta, o'ylar sarishta, Go'zal har go'shaning odat-u rasmi, Shunday go'zal yurtda uyg'onish fasli.

("Javriqim jondan o'tar" 134-bet)

baytini oladigan bo'lsak, undagi tong va tun so'zlari vositasida zid ma'noli so'zlar yuzaga keltirilgan. Go'zal bahor vasfi tun va tongda ta'riflanmoqda. Ishq yarosi dilingizda, malham topolmagaysiz, Yashirgan bir siringiz bor, oshkor etolmagaysiz.

(Javriqim jindan o'tar 95-bet)

Ushbu baytda ham yashirin va oshkor so'zlari orqali tazod san'ati yuzaga keltirilgan. Ishq yarasi dilida mavjudligi va unga malham topolmayotganligi aytiladi. Ko'nglida bir yashirin sir mavjudligi va bu sirini qalbidan tashqariga chiqara olmasligi nazarda tutilgan.

Takrir "takrorlash" ma'nosini ifodalovchi lafziy san'at bo'lib, she'rda u yoki bu so'zni takror qo'llashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so'z ma'nosini , uning mohiyatini ta'kidlab ko'rsatish ushbu san'atning asosiy xususiyati sanaladi. Quyida ijodkorning: Vasf qil: Soching qaro, qoshing qaro, ko'zing qaro, Bu qarolar dardida kunduz qaro, deb aldagil

("Javriqim jondan o'tar 30-bet)

baytida qaro so'zini takror qo'llash orqali g'azal ma'nosi ta'kidlanmoqda. Ushbu o'rinda takrir san'ati bilan birgalikda tanosub san'atining ham namunasini ko'rib o'tdik. Ya'ni ko'z, soch, qosh so'zlari vositasida ifodalangan.

Tashbih- Sharq adabiyotida keng tarqalgan san'atlardan biri bo'lib, "o'xshatish" ma;nosini ifodalaydi.Ikki narsa yoki tushunchani ular o'rtasidagi haqiqiy(real)yoki majoziy musobatlarga ko'ra o'xshatish san'atidir. Tashbih san'ati ta'svirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o'quvchi ko'z o'ngida aniqroq, jozibaliroq, gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari ma'naviy qiyofasini yorqinroq ochish, binobarin, shoir g'oyasini o'quvchi ongiga to'laroq yetkazish imkonini beradi.2

Yo'lim bor shafaqning oltin betida,

2 A.Hojiahmedov Mumtoz badiiyat malohati "Sharq" nashriyoti Toshkent 1999

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Zarrin yog'dularga bezangan, cho'mgan. Umr daftarimning har sahifasiga, Baxtdan quyilayotgan qushchalar.

("Javriqim jondan o'tar"115-bet)

Ushbu baytda shafaqning ya'ni quyoshning oltin beti jumlasi orqali go'zal o'xshatish san'atidan samarali va o'rinli foydalanilgan.

Mubolag'a arab tilida "kattalashtirish " ,"kuchaytirish" ma'nosini bildirib, adabiy asarda ta'svirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo'rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati demakdir. Bu xil ta' svirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo'ladiki, o'quvchi ko'z o'ngida yorqinroq namoyon bo'ladi. Ushbu baytda:

Ko'ngulga o't tushubon angladim Layli-yu Majnun kim, Badarman hajr sahrog'a, elimga sig'madim naylay

("Javriqim jondan o'tar 33-bet)

Ko'ngilga ishq o'ti tushganligi va ana shu vaqtda Layli va Majnun kim ekanligini angladim deydi. Bu o'rinda mubolag'a san'atining go'zal ko'rinishini ko'rdik.

Nido boshqa she'riy san'atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli ta'svirlab bera olish imkoniyati bilan ajraladi. Bunda butun bir jonli va jonsiz narsalarga murojaat tarzida ifodalanadi.

Tushmidi yoki xayol, men birla erding ey Hilol, Bog' ichida ikki pechak dillashib davri visol

("Javriqim jondan o'tar" 26-bet)

Ushbu baytda oshiq tushidami yoki xayolidami Hilolga, ya'ni oyga murojaat qiladi. Bog' ichida ikki pechak dildan suhbatlashadi, xuddiki davr visolidek.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xorazmlik taniqli va iste'dodli ijodkor Shoira Shamsning o'zbek mumtoz adabiyotimiz badiiy qurollaridan biri bo'lmish she'riy san'atlardan qay darajada mohirona foydalanganini ko'rib o'tdik. Har bir baytda qo'llangan she'riy san'atlarning o'z vazifasi va maqsadi bor ekanligini baytni o'qish orqali anglab yetamiz.

REFERENCES

1. "Javrikim jondan o'tar" "Quvonchbek -Mashhura"MCHJ nashriyoti Urganch-2018-yil

2. A.Hojiahmedov "Mumtoz badiiyat malohati" "Sharq"nashriyoti-matbaa konserni Toshkent 1999-yil

3. T.Boboyev "Adabiyotshunoslik asoslari" Toshkent-O'zbekiston -2002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.