Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
SHOHRUH MIRZONING SUYUKLI RAFIQASI GAVHARSHODBEGIMNING TEMURIYLAR SIYOSIY HAYOTIDAGI
O'RNI
Mahliyo Turdixo'jayeva Muqimxo'ja qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktorant
E-mail: [email protected] ORCID-ID:0009-0008-5599-9647
ANNOTATSIYA
Maqola Shohruh Mirzoning suyukli rafiqasi, chig'atoy zodagonlaridan G'iyosiddin tarxonning qizi Gavhar Shod begimning temuriylar siyosiy hayotida tutgan o'rniga bag'ishlanadi. Mamlakat devon ishlarini yuritgan Gavharshod begimning fazilatlari va boshqaruvchanlik qobilyati manbalar ma'lumoti orqali ochib berilgan. Shuningdek, malikaning bunyodkorlikfaoliyati maqolada keltiriladi.
Kalit so'zlar: Shohruh Mirzo, Gavharshod begim, temuriylar, Hirot, Matlayi sadayn, Ona lochin vidosi.
ABSTRACT
This article is dedicated to the role of Gavhar Shod begim that daughter of Ghiyaziddin Tarkhan one of the Chigatai nobles, so the beloved wife of Shahrukh Mirza in the political life of the Timurids. The qualities and management skills of Gavharshad Beg, who managed the affairs of the country's cabinet, are revealed through the information of the sources. Also, the creative activity of the princess is presented in the article.
Key words: Shahrukh Mirza, Gavharshad Begim, Timurids, Herat, Matlayi Sadayn, farewell to Mother Falcon.
KIRISH
Temuriylar davrida saroy malikalari o'z salohiyatlari bo'yicha juda mashhur bo'lishgan. Ular orasida eng mashhur malikalari qatoriga Gavhar Shod begim Shohruh Mirzoning suyukli rafiqasi bo'lgan. U chig'atoy zodagonlaridan G'iyosiddin tarxonning qizi bo'lib 1379-yilda tug'ilib, 1393-yilda Shohrux mirzoning nikohiga kirgan. Undan uch o'g'il va ikki qiz ko'rgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, "Gavharshod begim muborak soyali va baland martabali, shiori pokizalik va iffat pardasiga o'ralgan, xatti-harakati odilona va qilmishlari pok, oliyhimmat va
Research BIB / Index Copernicus
ulug' orzuli, iffat pardasida Robia sifatlik va pokizalik yopinchig'ida Zubayda yanglig' bir malika edi. U shuhratli bonudan tiriklikda ko'p xayrli yodgorliklar qoldi1.
Shohruh Mirzo tabiatan dindor, ko'p vaqtini kitob mutoalasiga bag'ishlagan. Mamlakat devon ishlarini Gavhar Shod begim yuritgan. Malika bir paytning o'zida shahzodalaraning fel atvori , xatti-harakalarini ham nazoratda saqlagan. Xususan, Shohruh Mirzo Xirot taxtiga kenja o'g'li Jo'ki Mirzoni valiahd etib tayinlashga harakat qilgan, lekin malika o'z o'g'liga nisbatan nabirasi Aloud Davla Mirzoni taxt uchun munosib deb bilgan. Gavharshod begimning hatto shaxsiy muhrga ega bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor bo'lib, bu malikaning ayrim davlat ishlarida o'zi shaxsiy qaror qabul qilib, tasdiqlaganini ko'rsatadi2. U to'q yashil mohtobdan, to'q yashil rangda, bodomsimon shaklda yasalgan bo'lib, sirtiga suls yozuvida arabcha xat bilan "Gavharshod begim G'iyosiddin Tarxonning qizi", deb yozilganligi tadqiqotlarda aks etgan3. Gavhar Shod begim Hirotda juda katta qurilish ishlarini amalga oshirgan va Hirotda ikki yirik madrasani bunyod ettirgan. Shohruh Mirzoning vafotidan so'ng boshlanib ketgan taxt uchun ko'rashlar tepasida Gavhar shod begim turgan. Shahzodalarning birlasha olmaganliklaridan foydalangan Samarqand hukmdori Abu Said Mirzo Xurosonni bosib oladi va taxtga o'tiradi. Bu davrda malika 80 yoshga yaqinlashib, ancha qarib qolgan , ammo taxtdan hali ham vos kechmagan edi. Shu maqsadda chevarasi Sulton Ibrohim Mirzoni Abusaidga qarshi isyon ko'tarishga undaydi. Malikaning bu ishlaridan xabar topgan Abusaid Mirzo malikani chopib tashlashga buyruq beradi. Buyruqqa muvofiq 1457-yilda Gavhar Shod begim chopib o'ldiriladi va o'zi qurdirgan madrasa yonidagi Boysung'ur daxmasiga dafn etiladi. U hayoti davomida ko'plab hayrli ishlarni amalga oshirgan bo'lsada, umrining asosiy qismi davlat boshqaruvi va siyosiy davralarda kechgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy Shohruh Mirzo va Gavharshod begimning to'ylari temuriyzoda aka-uka Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzo birga o'tganligini quyidagicha ta'riflaydi: "Har biriga bir huri najot qizni sha'riy mutahhara yo'sini bila berdi va Bog'i Bihishtda to'y qildi" Bu voqea xijriy 790 (milodiy 1388) yilda sodir bo'ladi. Nikoh marosimidan so'ng ular Hirotga qaytib keladilar. Bu nikohdan uch o'g'il (Ulug'bek Mirzo, Boysunqur Mirzo, Jo'ki Mirzo) va ikki qiz
1 Абдураззок Самаркандий. Матлаи саълайн на мажман бахрайн. 2-жилд, 1-кисм. Форс тилидан А. Уринбоев таржимаси. - Тошкент: Узбекистан, 2008. - Б. 424-425.
2 Х,айдаров И, Турдихужаева М. Манбаларда Гав^аршод Бегим сиймоси.// Sharq mаsh'аli № 3, 2022 -Б.53-57
3 Бердимуродов А. Гав^ар Шод бегим // Бухоро мавжлари. - Бухоро. 2012. -№3. - Б. 11-13; Файзиев Т. Хонзодабегим,Гулбаданбегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро: 2010. -№4. - Б. 22-23. Бердимуродов А. Гав^ар Шод бегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро. 2012. -№3. - Б. 11-13; Файзиев Т. Хонзодабегим,Гулбаданбегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро: 2010. -№4. - Б. 22-23.
Research BIB / Index Copernicus
farzand tug'iladi4. "Matlayi sadayn" asarida Gavharshod begim ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirganligi: "zamon bonusi, jahon malikasi" deya tariflangan. U temuriyzoda shahzodalarini tarbiyalashda oqilligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Hofiz Abru uni shunday ta'riflaydi: "U baxtning ibtidosi edi, nufuzli ayollarning yetakchisi, homiysi bo'lgan xayriya ishlarining oxiri yo'q dinning, islom va musulmonlarning sofligi, kambag'allarning panohi5. Tabiatan vatanparvar, bilimdon va zukko Gavhar Shod begim mamlakat ravnaqi yo'lida tinmay g'amxo'rlik qiladi. Uning dasturida madaniy va ma'rifiy hayot birinchi o'rinda bo'lgan. Shu boisdanmi, farzandlari hamda barcha nabiralari ilm-fan muxlislari bo'lib, hatto g'azal ham bitganlar. Gavhar Shod begim Hirotdagi juda ko'p qurilish ishlariga rahnomalik qildi6. Uning o'zi ham Hirotda ikkita katta madrasa qurdirgan. Gavhar Shod begimning kundoshi malika Milkat Og'o (bu malikaning asli nomi Mulk Og'o bo'lib, Amir Temurning ikkinchi o'g'li Umar Shayx Mirzoning xotini edi. 1394-yilda Umar Shayx Mirzo vafotidan so'ng, qayinotasi Amir Temurning irodasiga bo'ysunib, Shohruh Mirzo nikohiga kirgan) Hirot shaharida bir madrasa, "Dorushshifo" nomli kasalxona, "Dorulhadis" nomli xonaqoh, ikkita hammom va shahardan sakkiz farsax (tosh) chetroqda bitta madrasa, kutubxona va maqbara, shahzoda Aloud Davla Mirzo esa bitta kasalxona qurdirgan. Ayni vaqtda, xususiy mulkdor, davlatmand kishilarga xayriya tariqasida qurilishlar bunyod etishiga ijozat berilgan va rag'batlantirib turilgan.
Shohruh Mirzo Sherozdan Hirotga qaytayotganda yo'l asnosida betoblanib, 1447 yil 12 martda vafot etadi. Gavhar Shod begim qo'shin qo'mondonligini Abdul Latif Mirzoga topshiradi. Ammo Hirotga Aloud-Davla Mirzoga "poytaxtni mustahkamlash" haqida maxfiy maktub yozib, uni maxsus chopar orqali jo'natadi. Bundan ogoh bo'lgan Abdul Latif Mirzo buvisi Gavhar Shod begimni mahbuslikda saqlab, Amudaryo tomon yo'l oladi hamda bobosi Shohruh Mirzoning o'limi haqida o'z otasi Ulug'bek Mirzoga xabar yuboradi.Amakisi Ulug'bek Mirzodan hayiqqan Aloud-Davla Mirzo o'zini podshoh deb e'lon qilishga jur'at etmaydi va avvalgidek juma kunlari masjidlarda bobosi Shohruh Mirzo nomini xutbaga qo'shib o'qitadi. Gavhar Shod begim 80 yoshga yaqinlashib, ancha qarib qolgan edi. Biroq qarib qolgan malika Xuroson taxtidan hali ham voz kechmagan edi. Binobarin, chevarasi Sulton Ibrohim Mirzoni (1440-1460) hukmdor Sulton Abusayid Mirzoga qarshi isyon ko'tarishga undaydi. Malikaning bu harakatidan xabar topgan Sulton Abusayid
4 The Zafamamah by Maulana Sharfuddin Ali of Yazd. I-II, Калкутта, 1885-88. Шарофиддин Али Яздий. "Зафарнома". I-II. Мухаммад Аббосий, Техрон, хижрий 1336. Шарофиддин Али Яздий. "Зафарнома". А.Уринбоев. - Тошкент, 1972.
5 Hafiz Abru. Zubdat at-tavorix. 2 nd book. - Tashkent, 2010; Nurmamatov J.K , Abdullayeva M.O The role of princesses in the history of the Temuriy's state. - T., 2019. -P. 29.
6 Гайдаров И, Турдихужаева М. Манбаларда Гавхаршод Бeгим сиймоси.// Sharq mаsh'аli № 3, 2022 -Б.53-57
Research BIB / Index Copernicus
Mirzo malikani chopib tashlashga farmon beradi. Farmonga muvofiq 1457-yilda Gavhar Shod begim chopib o'ldiriladi va o'zi qurdirgan madrasa yonidagi Boysung'ur dahmasiga dafn etiladi7.
2009-yilda "O'zbekiston" nashriyotida chop etilgan "Shohruh va Gavharshod" 8 romanida temuriylar sulolasining betimsol davomchisi bo'lgan Sohibqironning sadoqatli o'g'li Shohruh Mirzo hamda umr yo'ldoshi bo'lgan, Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiydek dilbar shaxslarga mehrini bergan fidoyi ona - Gavharshod begimning yorqin siymolari oz aksini topgandi. "Shohruh va Gavharshod" romani "Ona lochin vidosi"ning to'ldirilgan va tabiiyki, Sohibqiron Amir Temurning o'zi kabi ulug'vor o'g'li Shohruh siymosi bilan boyitilgan nashridir. - Temuriy tarixida qirq yildan ortiq taxtda o'tirgan va Sohibqiron otasining ulug'vor ishlarini o'ziga xos tarzda davom ettirgan Shohruh Mirzo haqida juda ko'p ma'lumotlar to'pladim,- degandi Pirimqul Qodirov o'z mulohazalarini bayon etar ekan.-Mazkur manbalarni sinchkovlik bilan o'rganganingiz sari bu buyuk bobokalonimizning ham qanchalik ulug'vor shaxs, dono shohu mard va tanti inson bo'lganini anglayverasiz. Tarixdan yaxshi ma'lumki, Sohirqironning so'nggi yurishi, ming afsuski, uning hayotiga xotima qo'ygan. Uzoqni ko'ra bilgan, keksalik bog'lariga qadam qo'ygan otasining ahvolini juda yaxshi tushungan donishmand o'g'li Shohruh Mirzo otasining bu yurishiga qarshi bo'ladi
Shohrux davlatni idora qilishdan ko'ra ko'proq toat-ibodat, diniy kitoblar mutolaasi bilan mashg'ul bo'lmoqni afzal ko'rganidan, avval unga devon ishlari ni boshqarishni, so'ng viloyat hokimlari va qo'shin sarkardalarini tayinlash, hatto kimga qanday in'omu, kimga qanday jazo berish huquqini ham topshirib qo'ygan. Masalan, 1440-yil mashhur tarixchi Fasih Ahmad Xavofiy Gavharshodbegimning buyrug'i bilan ikki marta zindonga tashlangan. Gavharshodbegim saltanat taxtiga valiahd tayinlash borasida ham o'z ixtiyori bo'yicha ish tutib, Shohruxning Muhammad Jo'qini taxt vorisi qilib tayinlash niyatida ekanligiga qaramay, nabirasi Alouddavlani valiahdlikka munosib ko'radi. Chunonchi, u 1444-yil Shohrux og'ir betob bo'lib qolganda maxfiy farmon bilan Alouddavlani valiahdlikka tayinlaydi. Ammo, Shohrux tez kunda shifo topib, uning bu rejasi amalga oshmay qoladi.
"Ona lochin vidosi"9 romani temuriylar davrining eng muhim hodisalari yuz bergan davr haqidagi asardir. Asarda ijodkor kitobxon e'tiborini asosan temuriyzodalarning ayollariga qaratadi. Romandagi sodir bo'layotgan voqealarning tub mohiyati ayollarning temuriylar saltanati vakillariga ma'naviy ta'sirlari nuqtai nazaridan qarab badiiy tahlilga tortiladi. Asarning bosh qahramoni
7 Qarang Gavharshod begim memoriy majmuasi
8 Primqul Qodirov "Shohrux va Gavharshod". (tarixiy roman). -T. 2014.
9 Pirimqul Qodirovning "Ona lochin vidosi" T.-2012.
Research BIB / Index Copernicus
Gavharshodbegimning shodligu iztiroblari bayoni asosida boshqa temuriy malikalar obrazlari ham o'z tasvirini topgan. Asarning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda tasvirlanayotgan tarixiy davr va sharoitda temuriyzodalarning ma'naviy-ahloqiy dunyoqarashiga kuchli ta'sir etuvchi asosiy kuch sifatida ayollar badiiy tasvir doirasida gavdalanadi va ma'lum darajada temuriylarning inqiroziga oid badiiy xulosa ham ayollar obrazlari vositasida bayon etiladi.
Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlayi sadayn"10 asarida Gavharshodbegim ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirgan "zamon bonusi, jahon malikasi" deya tariflangan. Gavharshodbegim temuriyzoda shahzodalarini tarbiyalashda oqilligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Gavharshod begim me'moriy majmuasi - 1) Mashhad (Eron) markazida Hirot hukmdori Shohrux Mirzoning xotini Gavharshod begim sharafiga (me'mor Qavomiddin Sheroziy) qurilgan masjid. Atrofi ayvonli katta hovli (55x45 m) ning to'rt tarafida to'rt xona bo'lib, ularning jan.dagisi katta va gumbazli. Unga minorali ulkan peshtoq orqali kirilgan. Minoralar tepasi qafasa bilan bezatilgan. Masjidga rangli koshinlardan nafis va go'zal bezaklar ishlangan.
Xulosa qilganda temuriy malikalar orasida o'zining aql-u-donoligi, siyosat borasida teran fikrlari hamda odilligi bilan ajralib turuvchi Gavharshodbegim siymosi o'sha davr manbalarida yetarlicha yoritilgan. Ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, temuriyzodalarning ma'naviy-ahloqiy dunyoqarashiga kuchli ta'sir ko'rsata olgan ayol sifatida tarixda qolgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. The Zafarnamah by Maulana Sharfuddin Ali of Yazd. I-II, Калкутта, 1885-88. Шарофиддин Али Яздий."Зафарнома" I-II, Мухаммад Аббосий, Техрон, хижрий 1336. Шарофиддин Али Яздий. "Зафарнома".А. Уринбоев. - Тошкент,
2. "Historie des konguetes de Tamerlan intitule Zafarnama, par Nizamuddin Sami". Прага, 1937. 1956 йилда Низомиддин Шомий. "Зафарнома". Анкара,
3. Низомиддин Шомий. "Зафарнома". Техрон, 1363 хижрий. Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан утирувчи Ю. Хдкимжонов. Таржимани кайта ишлаб нашрга тайёрловчи ва масъул мухаррир А. Уринбоев. - Тошкент: Узбекистон, 1996.
10 Абдураззок Самаркандий, Матлаи саълайн на мажман бахрайн. 2-жилд, 1кисм. Форс тилидан А. Уринбоев таржимаси, Тошкент: Узбекистон, 2008.
XULOSA
1972.
1949.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
4. Абдураззок Самаркандий, Матлаи саълайн на мажман бахрайн. 2-жилд, 1-кисм. Форс тилидан А. Уринбоев таржимаси. - Тошкент: Узбекистон, 2008.
5. Hafiz Abru. Zubdat at-tavorix. 2 nd book. - Tashkent, 2010
6. Тургун Файзиев. Темурий маликалар. - Т.,1994. - Б. 8-9.
7. Nurmamatov J.K , Abdullayeva M.O The role of princesses in the history of the Temuriy's state. - T., 2019. P. 29.
8. Файзиев Т. Хонзодабегим,Гулбаданбегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро: 2010. -№4. - Б. 22-23.
9. Бердимуродов А. Гавхар Шод бегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро. 2012. -№3. - Б. 11-13;
10. Файзиев Т. Хонзодабегим, Гулбаданбегим //Бухоро мавжлари. - Бухоро: 2010. -№4. - Б. 22-23.
11. Хдйдаров И, Турдихужаева М. Манбаларда Гавхаршод Бегим сиймоси.// Sharq mаsh'аli № 3, 2022 -Б.53-57
12. Пиримкул Кодиров. Она лочин видоси. - Т.: Шарк, 2001.