Научная статья на тему 'PIRIMQUL QODIROVNING "ONA LOCHIN VIDOSI" ASARIDA AYOL TIMSOLI'

PIRIMQUL QODIROVNING "ONA LOCHIN VIDOSI" ASARIDA AYOL TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2291
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SYUJET / OBRAZ / XARAKTER / RUHIY HOLAT / PORTRET

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdurahimova D., Otabekova O.X., Abduraximova D.

Ushbu maqolada ayol obrazi uning qanchalik ehtiromga sazovor ekanligini namoyon qilish ko'zda tutilgan. Maqolada Gavharshodbegim timsoli gavdalangan. Maqolada ayol xoh singil xoh opa xoh ona barisi ulug'langan.Maqolada Nayman onaga qiyoslangan Gavharshodbegim ham Temuriylar saltanatining ustunlaridan,jonkuyarlaridan biri ekanligi aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIRIMQUL QODIROVNING "ONA LOCHIN VIDOSI" ASARIDA AYOL TIMSOLI»

D. Abdurahimova, O.X. Otabekova, D. Abduraximova

PIRIMQUL QODIROVNING "ONA LOCHIN VIDOSI" ASARIDA

AYOL TIMSOLI

Ushbu maqolada ayol obrazi uning qanchalik ehtiromga sazovor ekan-ligini namoyon qilish ko'zda tutilgan. Maqolada Gavharshodbegim timsoli gav-dalangan. Maqolada ayol xoh singil xoh opa xoh ona barisi ulug'langan.Maqolada Nayman onaga qiyoslangan Gavharshodbegim ham Temuriylar saltanatining ustunlaridan,jonkuyarlaridan biri ekanligi aks etgan.

Kalit so 'zlar: syujet, obraz, xarakter, ruhiy holat, portret.

Adabiyotning bosh obrazi-bu inson. So'z san'atida ota-onaga muhabbat,Vatanga, oilaga sadoqat, halollik kabi bir qancha mavzular bor. Ularning orasida ayol obrazi benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki biz yashab turgan jamiyatimizning qay darajada kamol topishi, oilalarimizning tinchlik-u farovonligi aynan ayollar zim-masidadir. Ayol bo'lmasa adabiyot bo'lmas edi. Bilamizki, eng qadimgi asarlar ham ayollarga bag'ishlangan. Shuning uchun ham ushbu maqolamizni shunday jonkuyar ayollar timsoliga bag'ishladik. Maqolaning sarlavhasi "Ona lochin vidosi "asarida ayol obrazi.Avvalo,nima uchun asar "Ona lochin vidosi "deb nomlangan,ona lochin kim? degan savollarga javob topaylik.Yozuvchi ona lochin obrazini Temuriylar sulolasining onasi bo'lmish Gavharshodbegim timsolida tasvirlaydi.Butun bir sulolaga boshchilik,onalik Gavharshodbegim zimmasiga tushadi.Nevaralar ,barcha avlodlarni kamol toptirishni Begim oilaning kattasi sifatida ado etadi.Xuddiki ona lochindek ularni ko'z qorachig'idek asrashlikni o'zining sulolaviy burchi deb biladi.Shu o'rinda biz Begimni ona lochina qiyos etamiz.

Asarda ona lochin haqidagi hikoyaning qisqacha syujeti shunday:"tog'dabir ona lochin yashardi ,u har yili pana joyga tuxum qo'yib jo'ja ochar edi.Lochin ov qilgani ketganda ilonlar kelib ,uning tuxumlarini yeyishibdi -yu,o'rniga o'zlarining tuxumlarini qo'yib ketishibdi.Ona lochin mehr bilan tuxumlarni parvarishlabdi.Vaqt soati yetib tuxumlar teshilibdi,ichidan ilonbachchalar o'rmalab chiqibdi,bundan daxshatga tushgan ona lochin chinqirib ,uyasidan ko'klarga uchib,o'zini qoyalarga urib faryod qilibdi.Uning faryodidan tog'lar larzaga kelibdi. Mana shunday lochinning qismati ayanchli bo'libdi".Gavharshodbegim shu ona lochinning timsolidir.U ham nevaralari yomonliklarini ko'rib faryod chekadi.Begim har on ,har daqiqa farzandlariga mehr ulashishga,ularga nisbatan adolatli bo'lishga harakat qildi va buni uddasidan chiqdi desak yanglishmagan bo'lamiz. Mana shunday ulkan mas'uliyatni Gavharshodbegimga Shohruh Mirzo topshirgan.Bu borada Amir Temurning Bibixonimga qarata:"Avlodlarimni lochinday yuksakka parvoz etadigan qilib tarbiyalang",- deb aytgan xitoblarini Saroy Mulk xonimdan so'ng Gavharshod begim ado etadi. Shu sababli ham asar shunday sarlavha bilan nomlangan.Asarda Begim Shohruh Mirzo tomonidan shunchalik e'zozlanganki,begimga atab qasrlar barpo etilgan.Birgina Oydin-bog'-Bog'i Safed fikrimizning dalilidir."Shohruh Mirzo suyukli malikasi Gavharshod begimga atab Hirotning ko'krakdor joyiga oq marmardan uch oshiyonlik qasr qurdirgan.Qasr atrofidagi bag'ri keng bog'da sarvlar,baland bo'ylik va mayda barglik lisonit tayr va sanobar daraxtlari saf tortgan.Jiydaga o'xshagan kumushrang barglik bu azim daraxtlar quyoshga nuqraday oqish bo'lib ko'rinadi va oq marmar qasrga juda mos keladi.Shuning uchun bu bog'ga Oydinbog'-Bog'i Safed deb nom berilgan".

Nafaqat Shohruh Mirzo tomonidan, balki buyuk sarkarda Amir Temur ham yuksak hurmat bilan munosabat bildirgan. Gavharshodbegimga kelinlik to'yonasi sifatida tilla isirg'a ham in'om etadi.Ushbu isirg'a xonadonni yangi a'zosi ekanliklaridan dalolat beradi.

Asar mobaynida begim juda ko'p o'ylar iskanjasida qoladi .Nevaralari Abdullatif va Allaudavla murosasiz to'qnashuvlari ,Amir Temurning Xitoyga yurishi chog'idagi Begimning iztiroblari yozuvchi tomonidan katta ma-horat bilan tasvirlangan.Aslida Shohruh Mirzodek podshohning malikasi bo'lish ,Ulug'bekdek olimning onasi bo'lish tashqaridan qaraganda Begim uchun baxt va saodat keltirganday tuyulsa ham unday emasdi.Mana shunday shohona hayotning ichida ham yechimi yo'q ziddiyatlar,to'qnashuvlar shu qadar ko'p ediki, Gavharshodbegim har biri uchun o'zini qalqon qilib turishga harakat qilardi.Begimdagi mana shunday hislatlarni biz zamonaviy o'zbek adabiyotidagi Jannat xola,Umri xola,Saodat aya va Nayman onaga qiyos etishimiz mumkin.Aynan mo'tabar onalik hissi mana shu munis o'zbek ayollarida mujassam.Umri xola hayoti davomida kasalga chalingan o'g'li uchun yonib yashadi .O'g'lining umrini hech bo'lmasa soniyalarga uzayishi uchun har ishga tayyor bo'ldi..Nayman ona-

© D. Abdurahimova, O.X. Otabekova, D. Abduraximova, 2022.

chi?U ham farzand dog'ida yongan ona emasmi?.Shu jihatdan Gavharshodbegim ham o'g'lini sog'inchida ozor-lanmadimi?O'g'lidan yiroqda diydoriga tashna bo'lmadimi?Begimning mana shunday ozorli sog'inch azobini suyukli o'g'li Ulug'bekka yozgan maktubida ko'rishimiz mumkin.

- Ko'zimning oq-u qorasi ,buyuk o'g'lim Mag'usiddin Muhammad Tarag'ay ,-deb yozar ekan, ko'zlari yana beixtiyor yoshlandi:-Men sizni ko'rib ,bag'rimga bosib jon bersam rozi edim.Maktubingizni o'qiganimda yuzim necha bora ko'z yoshlarimga yuvindi,ilojsizlikdan bag'rim ezildi..."3

Shuningdek, asarda Ulug'bekning rafiqasi Husn Nigor xonimning obrazi ham yorqin tasvirlab berilgan.U ona sifatida o'glini yaxshi fazilatli,otasiga mehrli,vafodor qilib voyaga yetkiza olmaganligi uchun o'zini gunohkor deb biladi .O'g'lining padarkush bo'lib katta gunohkor bo'lganligini uqtirmoqchi bo'ladi. Lekin noqobil o'g'il onasining so'zini olmaydi natijada tubanlik botqog'iga yana ham chuqurroq botib boradi.O'g'lining qiyofasida otasi Xalil Sultonni ko' radi.Xalil Sulton ham ko 'plab j anglarda necha ming insonlarni boshini kesgan va bu ishidan faxrlangan.O'g'li ham xuddi bobosiga o'xshagan edi.Bu holatdan Husn Nigor xonimning qalbida o'g'liga nisbatan qo'rquv paydo bo'ladi .Bu qanchalar ayanchli.Onaning iztiroblari qanchalik kuchli.Lekin u shunday holatda ham onalik mehrini beradi. Ha, onalar shunaqa farzandlariga doimo jonkuyar.

Ushbu asarda o'zbek ayollarining vafoli, iboli, turmush o'rtog'iga itoatmand, sadoqatli bo'lishi kabi fazilatlarini Ulug'bekning qizi Habiba Sulton obrazi orqali ko'rishimiz mumkin.Turmush o'rtog'i bo'lmish Ab-dulla Mirzoni jonini saqlab qolish uchun hech nimadan qo'rqmay xatarli ishga qo'l uradi. Abdulla Mirzo hibsx-onada yotganida uning ruhiyatini ko'tarish uchun maktublar, muhabbat izhoriga to'la she'rlar yozardi.Turmush o'rtog'ini og'ir ahvolda tashlab qo'ymadi,balki unga yelkadosh bo'ldi.Ayni shu hislatlar o'zbek ayollariga xos bo'lgan sadoqat ,vafo ,jonkuyarlik ,darddoshlik kabi fazilatlarning belgisidir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,ushbu asarda yozuvchi ayol obrazini ,uning xarakter va ruhiy holatlarini, qalblarda kechayotgan kechinmalarini to'la qonli ifodalay olgan.Biz ularning xarakter va holatlarini portetlari orqali ham bilib olishimiz mumkin.Ayol talqini butun jahon adabiyotining bosh mavzusi bo'lib kelgan.Uning obrazi adabiyotning har bir janrida lirikada ham ,nasrda ham o'z aksini topgan .Shunday ekan,ayolni e'zozlash insoni-yatni asrash demakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxati:

1.P.Qodirov Ona lochin vidosi.."Sharq"nashriyoti.Toshkent.:2001.70-bet

2.P.Qodirov.Ona lochin vidosi."Sharq"nashriyoti.Toshkent.:2001.3-bet

3.P.Qodirov.Ona lochin vidosi."Sharq"nashriyoti.Toshkent.:2001.69-bet

DILNAVOZABDURAHIMOVA - Farg'ona davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi.

OTABEKOVA OYDINXONXAMIDOVNA - Ilmiy rahbar Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani 5-maktab o'qituvchisi.

DILAFRUZ ABDURAXIMOVA - Farg'ona davlat universiteti magistranti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.