Научная статья на тему 'HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY JIHATLARNING YORITILISHI'

HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY JIHATLARNING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3918
363
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oqibat / bolalar adabiyoti / qissa / milliy-ma'naviy qadriyatlar / laureat / epizod / obraz / tarbiyaviy ruh / o'zbekona urf-odatlar. / consequence / children's literature / short stories / national and spiritual values / laureate / episode / image / educational spirit / Uzbek traditions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Diyorbek Rozmamat Ogli Turgunpolatov

Maqolada O'zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili Hakim Nazir ijodi chuqur o'rganiladi. Hikoyalaridagi o'ziga xos xarakterdagi qahramonlar xususida fikr yuritiladi. Milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanishiga urg'u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REVIEW OF KHAKIM NAZIR'S WORK, EDUCATIONAL ASPECTS IN HIS WORKS

The article examines the work of Hakim Nazir, a well-known representative of Uzbek children's literature. The characters in the stories are thought of as having a unique character. Emphasis is placed on the glorification of national and spiritual values.

Текст научной работы на тему «HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY JIHATLARNING YORITILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY JIHATLARNING YORITILISHI

Diyorbek Ro'zmamat o'g'li Turg'unpo'latov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNNOTATSIYA

Maqolada O'zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili Hakim Nazir ijodi chuqur o'rganiladi. Hikoyalaridagi o'ziga xos xarakterdagi qahramonlar xususida fikr yuritiladi. Milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanishiga urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: oqibat, bolalar adabiyoti, qissa, milliy-ma'naviy qadriyatlar, laureat, epizod, obraz, tarbiyaviy ruh, o'zbekona urf-odatlar.

REVIEW OF KHAKIM NAZIR'S WORK, EDUCATIONAL ASPECTS IN HIS

WORKS

Diyorbek Ruzmamat ugli Turgunpulatov

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article examines the work of Hakim Nazir, a well-known representative of Uzbek children's literature. The characters in the stories are thought of as having a unique character. Emphasis is placed on the glorification of national and spiritual values.

Keywords: consequence, children's literature, short stories, national and spiritual values, laureate, episode, image, educational spirit, Uzbek traditions.

KIRISH

O'zbek bolalar adabiyoti har bir yozuvchi ijodida har xil talqin etildi. Kimdir nazmda, kimdir narsda ... Ijodkorlar asarlari bolalarcha tuyg'ular bilan yozilganligi, sof, samimiy xislarni yoritib bergani bilan boshqa adabiy turlardan ajralib turadi. Shunday samimiy tuyg'ularni baralla kuylagan ijodkorlardan yana biri O'zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirdir. Butun boshli roman o'qib tushuniladigan mazmunni u o'zining qisqa hikoyalariga singdirgan. Bu esa o'zi navbatida, yozuvchining "qalami o'tkirligi"dan dalolat beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hakim Nazir 1915- yili Toshkentda mahsido'z kosib oilasida tug'ilgan. 30-yillar kosibchilik qilish bilan birga, Toshkent pedagogika institutining kechki bo'limida o'qidi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

Dastlab gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, bo'lim mudiri, keyinchalik o'qituvchilik qiladi.Adibning ilk to'plami "Qishloqdagi jiyanlarim" 1948-yili dunyo yuzini ko'radi. Shundan keyin "Besh baho", "Cho'l havosi", "Yaxshi ism", "So'nmas chaqmoqlar", "Bir tup g'o'za", "Meni taniysizmi", "Bolajonlarim" nomli hikoyalar to'plamlari va "Chiranma g'oz" sahna asari e'lon qilinadi.

50-yillar Hakim Nazir uchun ijodiy mahoratni oshirish davri bo'lgan. "Yonar dunyo" qissasi adib ijodining yuksak pog'onaga ko'tarilganidan darak beradi. Dastlab ikki jild (1968-1970), so'ngra besh jildlik (1978-1980) tanlangan asarlarining chop etilishi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o'zbek bolalar adabiyotida ham muhim yangilik bo'ldi.

"Qishloqdagi jiyanlarim", "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar dunyo", " Lochin qanotlilar", " Kenjatoy" kitoblarining rus tilida bosib chiqilishi taniqli bolalar yozuvchisiga katta shuhrat keltiradi. Adibning "Tohir-Zuhra", "Dadamni topib beringlar", "Oq fotiha" qissalarida milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanadi. Respublika Davlat mukofotining laureati, G.Andersen nomidagi xalqaro diplom sovrindori, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirning qator asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan.

Hakim Nazirning asarlarini tahlil qilar ekanmiz, ortiqcha o'ylantiradigan epizodlarning kamligi, xalq tilidan yozilganligi, soddaligi bilan ajralib turishiga amin bo'lamiz. Voqealar rivojining bir maromda borishi asarni o'qishli qilgan. Avvalo, uning "Oqibat" hikoyasiga to'xtalaylik. Nomidan ham ko'rinib turibdiki, oqibat - insonlarning bir-biridan hol-ahvol so'rab turishi, sog'ligi, yurish-turishidan xabardor bo'lishi, bemor chog'ida salomatlik so'rab borishi kabi bir nechta insoniy sifatlarni o'zida mujassamlashtiradi.

Hikoya Aziza xolaning ayvon to'rida kasali qo'zg'ab qolgani uchun cho'zilib yotganidan boshlanadi. Barcha obrazlar markazida o'ziga oro berib, yasanib yuradigan lobar, fe'li ayniganroq ayol - Lazokatxon obrazi turadi.

Keksalik davrida yolg'iz qolgan qo'shni ayolga qilayotgan beminnat iltifoti orqasidan bo'ladigan voqealar rivoji kitobxonni hikoyaning keyingi davomini o'qishga undaydi. Kelinining otasi tuzukkina tadbirkorlardan ekanligini, ishlari yurishib ketgandan keyin saxiyligi tutib qolganini, qiziga yaqinidagi uydan bir kvartira olib berganini Aziza xola qo'shnisiga xokisorlik bilan aytib beradi. Ko'hna, tor pastqam hovlisida siqilibroq yashashayotgani-yu, o'z-o'zidan o'g'li O'ktam ham rafiqasi ketidan ergashganini kuyunchaklik ila, yuragi dardga to'lib gapiradi. Jismoniy jihatdan og'rib yotgan Aziza xolani ruhiy jihatdan ham qiynalmasligini istagan Lazokat opa O'ktamning ishxonasiga tegishli bir-ikkita telefon raqam topib, telefon qilishi qo'shnisiga bo'lgan g'amxo'rlik, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham birga bo'lish, qo'shnisiga nisbatan mehribonlik tuyg'ularini barq urib rivojlanganini ko'rsatadi. Albatta, qo'shnichilik munosabatlari azal-azaldan o'zbek xalqiga xos odat bo'lib kelgan.

"Ha, egachi, o'z onalik qadringizni bilmasangiz shunaqa bo'ladi. Keliningiz yuzsizlik qilgan bo'lsa, o'g'lingiz o'ylashi, onaizoriga rahm qilishi kerak edi" - degan gaplari Lazokatxonning cho'rtkesar, shaddod, aniq gapni aytishi, dangalchi ekanligini ko'rsatadi.

Og'irlashib qolgan Aziza xolaga doktor chaqirishga majbur bo'ladi. O'g'li ham bu xabarni eshitib, silliqqina bo'lib kirib keladi. Lazokat opa ham O'ktamga og'ir dashnomlar yog'diradi. U esa "yer yorilmadi, yerga kirib ketmadi".

MUHOKAMA

Bilamiz, turmushda har xil farzandlar uchraydi. Bir xillari o'z shaxsiy manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishadi, o'z huzur-halovatlariga berilib ketishadi-yu, ota-ona oldidagi burchlarini unutib qo'yishadi. Ana shunday betavfiqlar qatoriga kirib qolgan farzandni Hakim Nazir o'z asarida o'ziga xos tarzda yoritib bera olgan. Onalarning ortiqcha tortinchoqligi, xokisorligini o'zgacha tarannum etgan.

NATIJA

Ona siymosi haqidagi asarlar ko'p. O'.Hoshimov, S.Ahmad asarlaridagi singari H.Nazir ham ONA obrazini betakror, jozibali tasvirlaydi. Farzandining onasiga nisbatan oqibatsizligi haqidagi "Oqibat" hikoyasidagi xotima qismi ham rishtalarning qayta ulanishi, tiklanishi bilan yakunlanadi.

XULOSA

Hikoya o'ziga xos poetik jihatdan yoritilgan. O'g'liga bir so'z aytishga iymanadigan, fikrini bildirishga tortinadigan, yomon kunlarini ham sezdirmaslikka harakat qiladigan haqiqiy ONA obrazi tasvirlangan. H.Nazirning asarlaridagi qahramonlar bevosita hayotdan olingan. Voqealar reallik bilan barobar yuradi. Lazokatxon obrazi ona va farzand o'rtasidagi munosabatlarni qayta tiklanishiga sababchi bo'lgan, tarbiyali ayol. O'rnak bo'ladigan xislatlari juda ham ko'p. Shu bilan birga, qo'shnisiga bo'lgan mehribonlik, qayg'urish tuyg'ularini, qo'lidan kelgancha yordam berish, yolg'izlatib qo'ymaslik kabi o'zbekona urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan obraz timsolida ko'rishimiz mumkin. H.Nazir asarlaridagi qahramonlarni badiiy to'qima sifatida kiritishda o'zining hayot davomidagi qarashlari, ko'rgan-bilganlarini, ilmiy tajribadan o'tgan voqea-hodisalarni asos qilib olgani ham alohida ahamiyatga ega.

H.Nazir hikoyalarida tarbiyaviy ruh yetakchilik qiladi. Ota-onaga bo'lgan hurmat, keksalik chog'ida qadrlash, doimo hurmat qilish, xizmatini bemminat, og'ishmasdan bajarish kabi insoniy sifatlar asosiga qurilgan asarlarini to'laligicha yoritib bera olgan.

REFERENCES

1. S. Matjon. O'zbek bolalar adabiyoti antologiyasi ( I va II nasrlar ) - Toshkent "O'qituvchi" , 2006.

2. https://saviya.uz.

3. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA TURG'UNBOY G'OYIPOV. O6pa3oeaHue и наука в XXI веке 2(15), (pp. 1688-1690)

4. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). BUGUNGI YANGILANAYOTGAN TA'LIM TIZIMIDA KLASTER TUSHUNCHASI. Студенческий вестник, 23(168)

5. Turg'unpo'latov, D. R (2021). XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI. Scientific progress, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.