Научная статья на тему 'SHUHRATNING "MARDLIK AFSONASI" BALLADASI VA MIRKARIM OSIMNING "TO'MARIS" TARIXIY HIKOYALARIDA VATANPARVARLIK, VATANGA BO'LGAN MUHABBAT TUYG'ULARINING ULUG'LANISHI'

SHUHRATNING "MARDLIK AFSONASI" BALLADASI VA MIRKARIM OSIMNING "TO'MARIS" TARIXIY HIKOYALARIDA VATANPARVARLIK, VATANGA BO'LGAN MUHABBAT TUYG'ULARINING ULUG'LANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6794
152
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ballada / obraz / tarixiy hikoya / personajlar tasviri / vatanparvarlik / motivlar / vatan tuyg'usi / massaget / shak / qabila / komil inson / barkamol yoshlar ma'naviyati / ballad / image / historical story / image of characters / patriotism / motives / sense of homeland / massaget / doubt / tribe / perfect man / harmonious youth spirituality

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Diyorbek Rozmamat Ogli Turgunpolatov

Maqolada buyuk adiblarimizning "Mardlik afsonasi", "To'maris" kabi asarlarida ulug'langan vatanga cheksiz muhabbat, kerak bo'lsa unga jon fido qilishdek ijobiy xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Bu kabi asarlarning yosh avlod ma'naviyatiga ta'siri, barkamol yoshlarni yetishtirishdagi o'rni xususida fikr yuritiladi va shu orqali asar ham keng tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BALLAD OF THE "MARDLIK AFSONASI" OF GLORY AND THE HISTORICAL STORIES OF "TOMARIS" OF MIRKARIM OSIM

The article elaborates on the positive features of our great writers, such as the "Legend of Courage", "Tomaris", the boundless love for the motherland and, if necessary, the sacrifice of life. The impact of such works on the spirituality of the younger generation, their role in the development of harmoniously developed youth is considered, and thus the work is widely analyzed.

Текст научной работы на тему «SHUHRATNING "MARDLIK AFSONASI" BALLADASI VA MIRKARIM OSIMNING "TO'MARIS" TARIXIY HIKOYALARIDA VATANPARVARLIK, VATANGA BO'LGAN MUHABBAT TUYG'ULARINING ULUG'LANISHI»

SHUHRATNING "MARDLIK AFSONASI" BALLADASI VA MIRKARIM OSIMNING "TO'MARIS" TARIXIY HIKOYALARIDA VATANPARVARLIK, VATANGA BO'LGAN MUHABBAT TUYG'ULARINING ULUG'LANISHI

Diyorbek Ro'zmamat o'g'li Turg'unpo'latov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada buyuk adiblarimizning "Mardlik afsonasi", "To'maris" kabi asarlarida ulug'langan vatanga cheksiz muhabbat, kerak bo'lsa unga jon fido qilishdek ijobiy xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Bu kabi asarlarning yosh avlod ma'naviyatiga ta'siri, barkamol yoshlarni yetishtirishdagi o'rni xususida fikr yuritiladi va shu orqali asar ham keng tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: ballada, obraz, tarixiy hikoya, personajlar tasviri, vatanparvarlik, motivlar, vatan tuyg'usi, massaget, shak, qabila, komil inson, barkamol yoshlar ma'naviyati

THE BALLAD OF THE "MARDLIK AFSONASI" OF GLORY AND THE HISTORICAL STORIES OF "TOMARIS" OF MIRKARIM OSIM

Diyorbek Ruzmamat ugli Turgunpulatov

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article elaborates on the positive features of our great writers, such as the "Legend of Courage", "Tomaris", the boundless love for the motherland and, if necessary, the sacrifice of life. The impact of such works on the spirituality of the younger generation, their role in the development of harmoniously developed youth is considered, and thus the work is widely analyzed.

Keywords: ballad, image, historical story, image of characters, patriotism, motives, sense of homeland, massaget, doubt, tribe, perfect man, harmonious youth spirituality

KIRISH

Shuhrat va Mirkarim Osim ijodining o'ziga xos tomoni tarixiy mavzularni o'xshash jihatdan yoritishdir. Ular bir xil tarixiy mavzuni tasvirlashgan. Faqat ulardagi farqli tomon asarlarining janridir: Mirkarim Osimning "To'maris" asari tarixiy hikoya, Shuhratning "Mardlik afsonasi" asari esa ballada1 janrida yozilgan. Har ikkalasi ham xalqimizning shonli o'tmishidagi qahramonliklaridan birini tasvirlashga bag'ishlangan.

Bobolarimiz tarixda bo'lib o'tgan o'sha hayotiy voqea har ikkala yozuvchi asarida turli talqinda yoritiladi.

1 Ballada - ( fr. "balada" so'zidan olingan bo'lib, "raqs qo'shig'i" ma'nosini anglatadi) hajman u qadar katta bo'lmagan bu xil asarlarda shoir o'z his-tuyg'ularidan tashqari ana shu tuyg'ularga sabab bo'lgan voqelarni ham tasvirlagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mardona To'marisning ona xalqiga bo'lgan muhabbati, yurtiga qayg'urish hissi, tabiat manzaralari, jang tasvirlari, farzandining vafoti, yovuz Kayxusravning2 ayanchli o'limi juda ta'sirli yoritilgan. Avvalo, Shuhratning "Mardlik afsonasi" balladasiga to'xtalaylik:

Uzoq - uzoq o'tmishlar tarixin titsam, Massagetlar shonidan bir qissa bitsam, -deb boshlanuvchi she'riy parchadan ham ko'rinib turibdiki, asar massaget qabilasi haqida.

Afsonaga o'xshaydi qissaning o'zi, Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.

Bizning tariximiz juda qadimiy va boy. O'tmishimizdagi ko'plab voqea -hodisalarni ro'y bermaganlik yoki afsonaga yo'yish xato ekanligini yozuvchi ajoyib tarzda ta'kidlagan. Albatta, ularda mavjud bo'lganlik, haqiqat izi borligiga ishonishni uqtirgan.

Tariximiz ko'p ulkan, keksa, beqiyos, Har yili yuz dostonga bo'lur bir asos! Amudan suv ichganmiz, cho'lda mol boqib, Bobotog'da yurganmiz lolalar taqib ... Ba'zan dushman kelardi tomog'in qoqib, Jang qilganmiz qirlarda tunda o't yoqib.

2 Kayxusrav ( Kir, Kurush ) - qadimgi Eron shohi (miloddan avvalgi 558-630), Ahamoniylar davlati asoschisi. Miloddan avvalgi 530-yili katta qo'shin bilan O'rta Osiyoga hujum qilgan va massagetlar ittifoqining hukmdori To'maris bilan bo'lgan jangda o'ldirilgan.

Hodisalar davom etgan sayin kitobxon davomini o'qishga qiziqishi, shubhasiz, yozuvchining ulkan mahoratidan darak beradi.

Nayrang bilan Amudaryodan ot solib, shum ajal va erksizlik olib kirgan Kayxusravga qarshi urush olib borgan To'maris ona xalqiga shunday murojaat qiladi: - O'lim yovga! Bukmaymiz hech tiz! Bizni sahro burguti, lochini derlar, Bizga aziz, muqaddas bu ona yerlar. Dushman oti nag'alin3 izi tushmasin!

Bog'imizda biror qush bevaqt uchmasin! Uyat bizga - dushmanga bosh egib yashash! Boqing, dushman mol-mulkni qilur xomtalash!

Ayol kishi bo'lishiga qaramay, mard, jasur, g'oyat katta qabilaga sardorlik qiladigan To'maris obrazini haqiqiy vatanparvarlik tuyg'usi kamol topgan shaxs timsolida ko'ramiz. Yana shuni ta'kidlash joizki, To'maris xalq manfaatlaridan ko'ra o'z manfaatini ustun qo'ymadi ( Vaholanki, Eron shohi Kayxusrav To'marisga qayliq bo'lishligini taklif qilganda rozi bo'lishi, shohona yashashi, qolgan umrini sernaqsh koshonalarda, zeb - ziynat ichida davom ettirishi ham mumkin edi. Lekin u unday qilmadi. Xalqini o'yladi, unga qayg'urdi. O'ziga emas yurtiga, boyliklariga ega bo'lishni ko'zlagan Kayxusravning yovuz niyatini payqadi. Bu esa o'z navbatida, xalqiga qayg'urish, manfaatlarini o'ylash, ona yurtiga mehribonlik tuyg'ularining barq urib rivojlanganini anglatadi. Holbuki, vatanparvarlik tuyg'ularining asosiy tamoyillari ham shu xislatlarga asoslangan ). 3 nagal - taqa

Jang tasviri juda jonli ochib berilgan. Siparangiz va uning safdoshlarini Kayxusrav hiyla bilan qo'lga tushiradi. Boylikka xirs qo'ygan zulmkor podshohning niyati amalga oshadi.

Siparangizning tutqunlik paytida ham undagi or - nomus kuchlilik qiladi : "Qo'shinimizning uchdan birini men nobud qildim. Safdoshlarimning qirilib ketishiga men sababchi bo'ldim. Agar endi bo'shatib yuborsalar ham o'z elimga qaytib ketmayman. Onamning oldiga qaysi yuz bilan boraman ?" - deya o'limni nomusdan afzal ko'rishi g'oyat tahsinga sazovordir. Yigitlik sha'ni jismida ustuvor bo'lgan mardona onaning mardona farzandi o'zini - o'zi o'ldiradi.

Farzandining o'limini eshitgan To'maris yuraklari o'qdek teshildi, yurak bag'ri ezildi, dunyo ko'ziga qorong'idek tuyuldi. Bundan keyingi hayotini ko'z oldiga keltira olmadi. Ruhiy azobning zo'rligidan ko'zlariga yosh kelmadi. Ushbu hollar To'marisning farzandi uchun jonini berishga tayyorligi, ulkan onalik mehri, unga bo'lgan muhabbatini aks ettiradi. Bu esa o'z navbatida, To'marisni mehribon ona timsolida ko'rishimiz uchun asos bo'ladi.

Qayg'u - hasratining shifosi - o'ch, qasd olish edi. Ochko'z Kayxusrav bilan To'maris o'rtasidagi jang o'ta shiddatli bo'ladi. Ezgulik doimo, har yerda, har qachon g'olib bo'lganidek, To'maris g'alaba qozonadi. Xotima qismini Shuhrat shunday yakunlaydi :

... So'ngra boqdi dumalab yotgan u boshga : "Tiriklikda sira to'ymovding sira qon - yoshga, Mana endi to'yib ol, boshing ko'mib ich, Bu gal senga kerakmas qalqon - u qilich!"

... El tinchidi, o'lkada ur -sur yo'qoldi, Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi, Tunda yomg'ir, sel kelib yuvdi uni ham, Go'yo qayta boshidan poklandi olam! -deya juda ifodali, ta'sirli tarzda balladani yakunlaydi.

Mirkarim Osim qalamida ham To'marisning shaxsiyati, mardligini ko'rsatuvchi voqealar, personajlar o'rtasidagi suhbatlar o'ziga xos tarzda tasvirlangan. Tarixiy hikoya tabiatning ajoyib manzaralari : qushlar, o'simliklar, hayvonlar tasviri bilan boshlanadi. O'g'li Siparangizni shak4 urug'idan Zarina degan qizga uylantirishi, to'yga taraddudlar bilan davom ettiriladi. To'ydan oldin an'anaviy tarzda o'tkaziladigan kelin va kuyov kurashi, olishuv tasviri, Kayxusravning elchilari bilan bo'lgan suhbat Mirkarim Osim asarida atroflicha va to'liq holda yoritilgan. Mayda personajlargacha ochib bera olgani asarni o'qimishli qilgan.

MUHOKAMA

O'z yerlarini yovdan tozalash va o'ch olish ishtiyoqi bilan yongan massagetlarning jonbozlik ko'rsatib yov bilan mardlarcha olishgani, nihoyat zafar ularga yor bo'lib, dushmanni yengishgani har ikkala yozuvchi asarida o'ziga xos tarzda yoritilgan. Bir qarashda, asarlarda ma'no - mazmunning bir xilligi tufayli farqlarni sezmaslik mumkin. Lekin ikkala asarda ham o'ziga xosliklar mavjud. Buning uchun, albatta, e'tiborli bo'lish lozim.

4 shaklar (saklar, skiflar ) - miloddan avvalgi birinchi ming yillik va milod boshlarida O'rta Osiyo, Qozog'iston va Sharqiy Turkiston shimoli - sharqiy rayonlarida yashab chorvachilik, dehqonchilik va bog'dorchilik bilan shug'ullangan qabilalar uyushmasi.

NATIJA

Asarda To'maris qanchalik jangavor hukmdor, mohir jangchi bo'lmasin, el -ulusning fikrini tinglaydigan, unga quloq soladigan odam sifatida ko'rsatiladi. Bu hol, obrazning ta'sir kuchini yanada oshirib, unga insoniy joziba baxsh etadi.

XULOSA

O'z yurtini sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning taraqqiyoti, tinchligi va mustaqilligi yo'lida jism - u jonini safarbar etish, fidoyilik ko'rsatib yashash -vatanparvarlikning asosiy tamoyillari tashkil etadi. Vatanni haqiqiy vatanparvar insonlar dunyoga tanitadi. To'maris, Siparangiz, Zarina shaxsiyatlarida ham xuddi shunday insonlar obrazi gavdalanadi. Undagi To'marisning o'z xalqini to'g'ri yo'lga boshlab, jangda g'olib bo'lganligi, Zarinaning o'z jonidan kechib bo'lsa ham yurti uchun jangga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

kirib jang qilganligi, mard va jasurligini ko'rsatgani, or - nomusni ustun qo'ygan Siparangiz hislatlari hozirgi yosh avlod uchun o'rnak bo'lmog'i lozim. Ulardagi ushbu sifatlarni o'zida mujassamlashtirgan farzandgina hozirgi kundagi haqiqiy vatanparvar inson darajasida bo'ladi.

Vatanparvarlik vatan tuyg'usini anglashdan boshlanishini, vatan tuprog'i haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas bo'lishini unib - o'sib kelayotgan avlodga uqtirishimiz kerak.

Qachonki odam o'z ona yurtining tashvishi, quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun jonini fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg'uga emas, yuksak insoniy fazilatga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI :

1. S. Matjon. O'zbek bolalar adabiyoti antologiyasi ( I va II nasrlar ) - Toshkent "O'qituvchi" , 2006.

2. R. Qo'chqorov, M. To'ychiyeva, X. Norqulov. "Vatan tuyg'usi" fanini 6-sinfda o'rganish bo'yicha o'quv - metodik qo'llanma - Toshkent. " Yangiyo'l Poligraf Servis", 2013.

3. Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov, V. Qodirov, J. Yo'ldoshbekov. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7 - sinfi uchun darslik - majmua. 4-nashr - Toshkent. "Sharq", 2017.

4. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA TURG'UNBOY G'OYIPOV. O6pa3oeaHue и наука в XXI веке 2(15), (pp. 1688-1690)

5. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). BUGUNGI YANGILANAYOTGAN TA'LIM TIZIMIDA KLASTER TUSHUNCHASI. Студенческий вестник, 23(168)

6. Turg'unpo'latov, D. R (2021). XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI. Scientific progress, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.