Научная статья на тему 'SPUJMAY ZARYOBNING “SUV CHELAKLARI VA TARIQ SOLINGAN XALTALAR” HIKOYASIDAGI SYUJET YARATISH USLUBI'

SPUJMAY ZARYOBNING “SUV CHELAKLARI VA TARIQ SOLINGAN XALTALAR” HIKOYASIDAGI SYUJET YARATISH USLUBI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
118
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Spujmay Zaryob / syujet / bola / qo’shnining ayoli / suv chelaklar / tariq haltalar / syurrealistika / konflikt / urush talofatlari / xalqning iztiroblari / tinchlik / Spojmai Zaryab / plot / a child / neighbor’s wife / buckets of water / bags filled with millet / surrealism / conflict / war losses / the suffering of the people / peace.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazarova Afzuna Rahimovna

Ushbu maqola afg’on yozuvchisi Spujmay Zaryobning “Suv chelaklar va tariq solingan haltalar” nomli hikoyasida syujet yaratish uslubini tadqiq etishga bag’ishlangan. Yozuvchi hikoya g’oyasini ochib berishda syujetni tashkil qiluvchi voqealarning bir-biri bilan bog’lanish yo’llari, voqealar zanjirining o’sib borish bosqichlari, hikoyadagi ramziy belgilar, tasviriy ifodalardan mohirona foydalangan. Shuningdek, yozuvchi ushbu hikoyasi orqali dariyzabon adabiyotda modernistik va syurrealistik oqimning ifoda uslubini qo’llagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPUJMAY ZARYOB'S STORY OF "BUCKETS AND BAGS"

This article is devoted to the method of creating the plot of the story “Buckets of water and bags filled with millet” by the Afghan writer Spojmai Zaryab. The writer skillfully used conflicts and all forms of language and expression in revealing the idea of the story, in order to highlight the importance of figurative expressions and how the events that make up the plot are interconnected, how the levels of the chain of events and symbolic characters of the story are developed. In this story, the author also reflected the style of expression of modernism and surrealist movements in Dari literature.

Текст научной работы на тему «SPUJMAY ZARYOBNING “SUV CHELAKLARI VA TARIQ SOLINGAN XALTALAR” HIKOYASIDAGI SYUJET YARATISH USLUBI»

SPUJMAY ZARYOBNING "SUV CHELAKLARI VA TARIQ SOLINGAN XALTALAR" HIKOYASIDAGI SYUJET YARATISH USLUBI

Nazarova Afzuna Rahimovna [email protected] Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi

Annotatsiya: Ushbu maqola afg'on yozuvchisi Spujmay Zaryobning "Suv chelaklar va tariq solingan haltalar" nomli hikoyasida syujet yaratish uslubini tadqiq etishga bag'ishlangan. Yozuvchi hikoya g'oyasini ochib berishda syujetni tashkil qiluvchi voqealarning bir-biri bilan bog'lanish yo'llari, voqealar zanjirining o'sib borish bosqichlari, hikoyadagi ramziy belgilar, tasviriy ifodalardan mohirona foydalangan. Shuningdek, yozuvchi ushbu hikoyasi orqali dariyzabon adabiyotda modernistik va syurrealistik oqimning ifoda uslubini qo 'llagan.

Tayanch so'zlar va iboralar: Spujmay Zaryob, syujet, bola, qo'shnining ayoli, suv chelaklar, tariq haltalar, syurrealistika, konflikt, urush talofatlari, xalqning iztiroblari, tinchlik.

Annotation: This article is devoted to the method of creating the plot of the story "Buckets of water and bags filled with millet" by the Afghan writer Spojmai Zaryab. The writer skillfully used conflicts and all forms of language and expression in revealing the idea of the story, in order to highlight the importance of figurative expressions and how the events that make up the plot are interconnected, how the levels of the chain of events and symbolic characters of the story are developed. In this story, the author also reflected the style of expression of modernism and surrealist movements in Dari literature.

Key words: Spojmai Zaryab,plot, a child, neighbor's wife, buckets of water, bags filled with millet, surrealism, conflict, war losses, the suffering of the people, peace.

KIRISH

XX asr dariyzabon adabiyotining o'ziga xos uslub va yo'nalishiga ega, taniqli afg'on yozuvchilaridan biri bo'lgan Spujmay Zaryob (Ra'uf) yoshligidan adabiyotga mehr qo'yib, 17 yoshidan hikoyalar yoza boshlagan. Manbalarga ko'ra, u dastlab Malolay litseyida o'qigan, so'ngra Kobul universitetining Adabiyot va san'at fakultetini tamomlagan. Shundan keyin Spujmay xonim tahsilni Fransiyada davom ettirib, u yerda adabiyot bo'yicha magistrlik va qiyosiy adabiyotshunoslik bo'yicha doktorlik ilmiy darajalarini olishga muvaffaq bo'ldi1. Tahsilni tugatgach vataniga

1 R.Inomxo'jayev, Afg'oniston dariyzabon adabiyoti II, 2018. //206-bet.

653

qaytib, Fransiyaning Kobuldagi elchixonasida tarjimon bo'lib ishlagan. 1991 yilda, mamlakatdagi vaziyat yomonlashib boraverganidan keyin, Spujmay Zaryob ikki qizi bilan Fransiyaning Montepele shahriga ko'chib o'tadi.

Spujmay Zaryob ijodining dastlabki yillarida realistik hikoyalar yozgan bo'lsa-da, keyinchalik zamon talabi bilan modernistik yozuvchilaridan biri bo'lgan. Afg'onshunos olim R.Inomxo'jayevga ko'ra2, Spujmay Zaryob o'zining dastlabki -an'anaviy uslubdagi hikoyalarida oddiy afg'on oilalari, xususan, afg'on ayollari hayoti, ularning muammolari, kechinmalari haqida, shu bilan birga jamiyatdagi mulkiy tengsizlik tufayli yuzaga keladigan muammolarni ifodalagan bo'lsa, keyingi yillarda - Afg'onistonda notinchliklar davrida yozilgan hikoylarida urush manzaralari, oqibatlari syurrelistik uslubda tasvirlagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI Mazkur maqolani tahlil qilishda ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik metodlariga murojaat qilindi, shu bilan birga empirik va nazariy tadqiqot metodlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot jarayonida Spujmay Zaryob (Ra'uf)ning "Qobil sahrosi" hikoyalar to'plamidan olingan "Suv chelaklari va tariq solingan xaltalar" nomli hikoyasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR XX asrning 20-yillarida Fransiyada paydo bo'lgan adabiy syurrealistika o'zining qarama-qarshi obraz yoki g'oyalari bilan yosh yozuvchining e'tiborini torta oldi. Ayniqsa, mamlakatdagi vaziyatning tangligi, ziddiyatlar po'rtanasi Spujmayni o'z domiga tortib, buni hikoyalarida ham aks ettirishiga undadi. Spujmay hikoyada haqiqatni tasavvur bilan birlashtirib, bir-biriga qarama-qarshi obrazlarni ziddiyatli bir chiziqda jonlantirgan holda o'quvchini mulohaza qilishga chorlaydi.

Uning shunday hikoyalaridan biri ujj1 ^ ^Ljj* j M ^ - "Suv chelaklari va tariq solingan haltalar" nomli hikoyasi 1984-yil yozilgan bo'lib, unda yozuvchi urush keltirgan talofatlarni, yo'qotishlarni bir bola nigohida tasvirlaydi. Biz bu maqolamizda yozuvchining dariyzabon adabiyotda syurrealistik yo'nalishdagi syujet yaratish uslubini, buni amalga oshirishda foydalangan o'ziga xosliklarini ko'rib chiqamiz.

Spujmay Zaryobning ko'pgina hikoyalarida voqealar bola tilidan rivoyat qilinadi, yoxud bolalar kechinmalari tasvirlanadi. Xususan, ushbu hikoyada ham roviy etib bola tanlanadi. Hikoya hayotiy hamda to'qima syujet aso siga qurilgan. Yozuvchi hikoyani prologsiz, birdaniga tugundan boshlaydi. Hattoki sarlavha ham tugunli - o'quvchida nega endi "Suv chelaklar va tariq haltachalar"? - degan savol tug'ilishi aniq. Syujetiga ko'ra,, bolaning xayolidan qo'shnisining farzandi chiqmay

2 R.Inomxo'jayev, Afg'oniston dariyzabon adabiyoti II, 2018. //206-207, 213-betlar.

654

qoladi, qayerga bormasin, kimga qaramasin, nima ish qilmasin ko'z o'ngida shu bola gavdalanaveradi. Shundan so'ng voqelar rivoji keltirilib, qo'shnisining farzandiga nima bo'lgani haqida so'zlaydi. Qo'shnising farzandi bir necha hafta avval bir jangda shahid bo'lgan va uyiga uning jasadi keltirilgan edi.

... ùl _

^I&jx 'JjJ oJj ojxj 'JjJ oJlJ (jl^j 'JjJ oJlJ Ùj^j _ ^jJI* _ jj j

;JJJ oJi!U j JJJ oJdJlx jl lj ^J^i j JJJ <J*J lj Jm^ 'JJJ oJj£ IJ ^JJA^ISIA,

(- Farzandingiz...

Qo'shnimizning ayoli - uning(bolaning - M.) onasi - makonni la'natlagan edi zamonni qarg'agandi, ayuhannos solib, kulrang cochlarini hovuchlab hovuchlab yulib olgandi, bolasining jasadini quchoqlab, boshini silab nola qilgan edi:

- Mening shahidim!)3

Shahid ketgan o'g'liga onaizor yig'i-sig'i qilib, makon va zamonni qarg'aydi. Hikoyaning shu qismi voqealar ijtimoiy konflikt asosida qurilganligini ko'rsatib beradi. Ya'ni hikoya yozilgan davr (1984-yil) mamlakatdan hali rus qo'shinlari chiqib ketmagan, tashqi kuchlarning bosqini bilan boshlanib ketgan kurashlar, to'qnashuvlar mamlakat hayotini izdan chiqargan edi. Tinch aholining boshiga musibatlar keltirib, kimdir farzandidan, otasi, onasi, yor-birodarlari, do'sti hamdalaridan ayrilgan edi. Ijtimoiy konflikt - hikoya qahramonlari bilan ular yashayotgan davr o'rtasidagi kurash mana shu yerda namoyon bo'ladi.

Ona farzandiga aza ochadi va har juma kuni qabristonga bir chelak suv va bir haltachada tariq olib borib, qabristonning quruq va chanqagan tuprog'iga suv sepadi, qushlarni tariq bilan siylaydi. Voqealar rivojiga ko'ra bolaga bu voqea juda qattiq ta'sir qiladi.

alj ^Ij^l b Jl^i ^IgJl^i _ JJJ oj" ^JJI^ ùS^ljS Uljwl b JJJ ^J^l b J

.^J JJ5 jl jJ j Cl^jJâ jjj ^J— ÎJ^U* Jl^i ^l^Jl^i .^jijix

(Qadamlarimni ehtiyotkorlik bilan tezlashtirdim, ehtiyot bilan qadam tashlashga odatlanib qolgan edim - yillar davomida ehtiyotkorlik bilan yurib keldim. Yil ketidan yil o 'tdi; Go 'yoki hayolimda har qadamim ostida qabr va shu qabrda o 'Idirilgan odam yotgandek tuyular edi.) 4

Bu uning xayolini o'g'irlaydi, iztirobga soladi. Go'yo har qadami ostida shu bir bolaning qabri bordek, uni bosvormaslik uchun ehtiyotkorlik bilan qadam tashlaydigan bo'lib qoladi. Yozuvchi o'sha davr manzarasini chizishda bolalar his-tuyg'ulari, emotsional holatlaridan unumli foydalanadi. Shu orqali o'sha zamonning

3 .^>26 - .1367 'jljjl .JJJLS ^"J .^Wjj <^>JJJ"

4 .^>26 - .1367 'jljjl .Jdjla ^"J .^Wjj

Scientific Journal Impact Factor

R

zulmatga cho'mgan kunlarini, urushning dahshatli talofatlarini, yemirilgan oilalar, kemtik qalblar rahiyatini bolalar nigohi bilan yanada tiniqlashtiradi.

Qo'shni ayol bir kuni bolani yo'lda ko'rib qolib shahid ketgan farzandi bilan birga yana 57 kishi birga qurbon bo'lganligini aytadi. Bola buni eshitib o'zini yanada qattiq aybdordek his qiladi. Bir kishining o'limi qalbini qattiq ezgan chog'da, 57 kishining shahid ketgani voqealar rivojida "asarda aks ettiriluvchi muammo o'zligini yaqqol ko'rsatib berishda xizmat qiladi"5.

Hikoya syujetida voqealar rivoji kulminatsion nuqtaga qarab bosqichma-bosqich o'sib boravergani sayin, hikoyadagi ziddiyatlar, muammo oshib, bolaning his-tuyg'ulari ham avj olib boraveradi. Bolaga 57 kishi - ya'ni raqamlar tarix darsini eslatishi orqali Spujmay Zaryob hikoyada sabab-oqibat bilan bog'langan syujet -konsentrik syujetni ishga soladi. Bola yettinchi yoki sakkizinchi sinfligida tarix darsida ikkinchi Jahon urushi mavzusini eslaydi:

(O'sha kuni bizning darsimiz Ikkinchi Jahon urushi edi. Tarix o'qituvchisi biron bir narsani so'rashimizdan oldin, kichkinagina sumkachasidan bir narsani, topa olmay doskaga raqamlarni yozishni boshladi:

Birinchi jahon urushi olti butun oltmish to'qqiz million kishini qurbon qildi.

Ikkinchi Jahon urushi Evropa va Osiyoda ellik besh million kishini o'ldirildi va o'ttiz besh million kishiniyaraladi.

30 million tinch aholi o'ldirildi.

Etti million ruslar, besh butun o'ndan to'rt million xitoy, to'rt butun o'ndan ikki million polshalik, uch butun o 'ndan etti million nemislar, o 'n uch butun ondan olti million qizil armiya askari, uch million nemis askarlari,olti butun o'ndan to'rt million xitoy askari, bir butun o'ndan besh million yapon askari, uch yuz ming amerikalik askar, ikki yuz yigirma olti ming ingliz askari. Gitlerning odam yoqish pechlarida har kuni o 'n ikki mingyahudiy yoqib yuborilgan.

5 Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi.T.:2004. - 128b.

Scientific Journal Impact Factor

R

Doska to 'ldi,...)6

Spujmay Zaryobning hikoya syujetini qurishda keltirgan dalillari shu qadar o'rinli va mahoratliki, bu jumlalar orqali hikoya qahramoni - bola tasavvurida o'lim daxshati kuchayadi, o'quvchining qalbida urushga bo'lgan nafrat uyg'onadi. Syujetning voqealar rivoji qismi shu tarzda - bosqichma-bosqich, keskinliklar va konfliktlarning o'sib borishi bilan kulminatsion nuqtasiga yetib keladi, bolaning qalbida hissiyotlar, turli qarama-qarshi o'y-fikrlar kurashi boshlanadi va hikoya syujetida psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Yozuvchi buni shunday ifodalaydi:

(Raqamlarni daftarimga yozar ekanman, ularni pichirlardim. To'satdan boshim aylana boshladi. Ko'nglim aynidi. Ruchkamni qo'ydim. Raqamlar ko'zlarim oldida harakatlanib, jonlandi. O'ldirilgan odamlar qarshimda turgandek bo'ldilar, hammalarining boshlari kesilgan, qaddi egilgan edi - chang bo 'lgan kiyimlari qonli edi. Birdan hayolimga sinfmiz boshsiz odamlarga to 'ladek ko 'rindi. Maktabimizning hovlisi ham boshsizlarga to'la edi, shahrimiz boshsiz odamlarga to'la edi. Butun dunyo boshsiz odamlarga to'ldi.

Orqamda titroq sezdim. Kutilmaganda menga atrofim o'ldirilgan va boshlari kesilgan o'rab olgandek ko'rindi, men boshsizlar orasida boshim borligi sababli uyalib turgandek bo 'ldim...)7

Hikoya bayonida psixologik, ijtimoiy va xarakterlararo konfliktlar almashinib keladi. Xususan, bola tarix o'qituvchisi tomonidan urush qurbonlari haqida doskaga yozilgan ma'lumotlarni ko'rib, a^a ¿jI ¿ji a^a ¿jI -

Buncha qon qayerga ketdi? Bu o 'ldirilganlar qayerga g 'oyib bo 'ldalar, yo xudoyim, nega?! - deb e'tiroz bildiraveradi, darsdan chiqarib yuboriladi. Natijada xarakterlararo konflikt yuzaga chiqadi, darsdan chiqib ketgach esa, o'z xayollari bilan keskin kurashi tasvirlanganda psixologik konflikt paydo bo'ladi.

Spujmay Zaryobning ushbu hikoyasida bosh g'oya uning sarlavhasidanoq namoyon bo'ladi, ammo bu anglashinish hikoya kulminatsiyasida ochiqlanadi. Ya'ni bola qalbida qancha ko'p urushlar bo'lsa, shuncha ko'p qurbonlar bo'ladi, demakki,

6 .^>26 - .1367 'jljjJ .Jjjlä .^Wjj iJJ"

7 .^>26 - .1367 'jljJ .Jjjlä .^Wjj iJJ"

suv to'ldirilgan chelaklar va tariq solingan xaltalar soni ham ortib boraveradi degan og'riqli o'ylar paydo bo'ladi. Bu o'z navbatida o'quvchining shuurida urushga bo'lgan nafratni kuchaytirib, u keltirgan talofatlar-u qurbonliklarni qalban his qilishga majbur qiladi. Spujmayning insoniyat boshiga kelgan qirg'inlar qanchalar ko'p odamlarning yostig'ini quritgani-yu, shunchalar ko'p qabrlar paydo bo'lganini va ularga suv sepib, tariq sochib turuvchi onalar iztirobini bola timsolida gavdalantirish g'oyasi g'oyatda tahsinga sazovordir. Hikoyada hissiy-emotsional holatlar, jonlantirish, tasvir bo'yoqlarining kuchliligi g'oya mazmunini ochib berishda katta rol o'ynagan.

jl£ ^ 13 .JJJ ^jáb ^Ou^j jj^ ^J^ j j' j ^j^ j jl yli^jjá

ajlhinl ^^läjJ jAJ" JjJjJ Újj (^já^' ^J ^J^ ...JjJ J^ j JjJ J^ 'Jj^^

....^^J" <^jJ ...<jjaw <^äjJ .JjJ

(Qabriston shimoldan janubgacha, sharqdan g'arbgacha dahshatli tarzda ulkanlashib ketgan edi. Qayerga qarasang qabr edi, qabr edi ... Qabrlar vahimali tarzda bezatilgan edi, har bir qabr ustiga bayroq qadalgan edi. Yashil bayroq ... Qizil bayroq ....)8

Spujmay Zaryobning syujet yaratishdagi o'ziga xos uslub shunda ko'rinadiki, u hikoyalarida ramziylikka keng o'rin bergan, har bir obrazda o'ziga xos ramziylik mavjud. Yuqorida keltirilgan parchadan shuni anglash mumkinki, mamlakatdagi to's -to'polonlar, urush-janjallar natijasida shu qadar ko'p insonlar jon berdilarki, ularni butun mamlakat bo'ylab yoyib chiqilsa, qayerga oyoq bosilmasin, qayerga ko'z tashlanmasin qabrlar paydo bo'lar edi. Har qabr ustidagi "qizil, yashil, .. .bayroqlar" esa afsuski, vatani Afg'onistonning milliy bayrog'i ranglaridir.

Hikoya sujetiga ko'ra kulminatsiyada bolaning xayollari orqali tugunda aks etgan muammo o'z yuzini ko'rsatib, yechimga yuz ochadi. Yozuvchi shu yerda g'arbdan ta'sirlangan holda, muammoni ochib berishda syurrealizmga tayanib ish ko'radi. Unga ko'ra hayolatning kengligi va tasvirning kuchliligi bilan qarama-qarshiliklar yana bir bor to'qnashadi. Qo'shnining ayoliga o'xshagan ko'plab ayollar qo'llarida suv chelaklari va tariq solingan haltalari bilan qabristonga kelishadi, qabristonning chanqagan yeriga suv sepib, qushlarga don berib ko'ngillari taskin topar edi. Ammo, hayhot, qushlar yo'q, ular atrofga alanglab qushlarni qidirishadi. Qarashsaki, qari va qurigan daraxt shoxlarida ko'zlari ko'r qarchig'aylar o'tirishibdi, hamma qo'rqib qochadi, yig'lay-yig'lay birin-ketin g'oyib bo'lishadi. Bolaning qalbi larzaga tushadi... Yozuvchi bunda bag'riqon onalar, jigarini, yaqinini yo'qotgan insonlarning kechinmalarini chizgan, ularning dardiga malham yo'q, ko'nglini taskin

8 .^32 - .1367 'jljjl .Jjjlä Ci^J .^Wjj

toptiruvchi yo'l yo'q. Ular oxir oqibat musibatlarga ko'nikishga majbur, dard bilan yashab, dard bilan o'lishga mahkumdirlar.

Hikoya avvalida qo'shnisining ayoli aza tutib boshiga o'q ro'mol,ustiga qora libos kiygani haqida aytiladi. Bolaning sinfdoshlari ham boshida oq rumol,egnida qora kiyimda tasvirlangan. Bola qo'shnisining ayoliga o'xshash juda ko'plab ayollar qora kiyim, oq chodirda qo'llarida suvli chelak va tariq solingan haltachalarni ko'tarib qabristonga borgan manzarasidan g'amga cho'kadi. Bola hayolan

^Aj] j Aj^&j lj ^Ia j^l^. j ^Ia ^Aj] j^j^ ù^j J AjI^i^a ùj jjj —

^Aj] yj Aj ^^jjlj ^U ^AjÎ tjjj£ yj Aj ^AjÎ Jjj^ yJ Aj jj" ^Aj] yj Aj Jjj ^U

____yj Aj ^ijj j ^Ia

- Agar kun kelib qo 'shnimizning ayoli va boshqa ayollar qora ko 'ylaklari va oq chodirlarini yechishsa va sariq ko'ylak kiyishsa, yashil, ko'k, to'q sariq, binafsharang ko 'ylak kiyishsa edi ..., deb o'ylay boshlaydi.

Qadimdan ma'lumki, qora rang motam, g'am-qayg'u belgisi. Hikoyada ayollar va hatto bolaning sinfdoshlari ham qora rangda kiyim kiyib yurishlari mamlakat boshiga tushgan qora kunlar, achchiq qismatiga ishora ramzi. Yozuvchi bolakay hayollari orqali qaniydi hamma ayollar misolidagi butun xalq shodon bo'lib, turfa rangli chiroyli liboslar kiyishsa, hayot xursandchiliklarga to'la bo'lsa degan orzularini akslantirgan. "Qo'shnining ayoli va boshqa barcha ayollar suv chelaklari bilan qabrlarni emas uyidagidek gullarini sug'orishsa, gullari qurimasayu, xaltadagi tariqlar bilan chiroyli qushlarni mehmon qilishsa, shahar qanchalar chiroyli bo'lar edi, dunyo qanchalar go'zal bolar edi..." — deb dunyoda tinchlik hukm surishini, uylardan motam nolalari emas, "uch yoshli qizchalarning kulgusidek zavqli kulgular"9 yangrashini chin dildan xohlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Spujmay Zaryobning ko'pgina hikoyalari syujeti sodda, xalqchil qilib yozilgan. Ushbu hikoya syujeti boshidan oxirigacha iztirobli o'ylari, vatani haqidagi shirin orzulari bilan yo'g'rilgan, vatanda tinchlik, osoyishtalik o'rnatilishi g'oyasini ilgari surgan. Syujetdagi voqealar, hissiy-emotsional tasvirlar bosqichma-bosqich o'sib boraverar ekan, yozuvchi hikoyadan kelib chiqadigan g'oyani ochiqlash uchun turli xil konfliktlar, kechinmalar tasviri, xayoliy manzaralar, ramzlar uyg'unligini shunday quradiki, natijada o'quvchi ongida o'sha davr jonlanadi, jabrdiyda xalqning achchiq qismati bilan yuzma-yuz keladi.

Yozuvchi insonlar ruhiyatiga chuqurroq kirib borishi bilan, xayoliy motivlarning boyligi bilan dariyzabon adabiyotda modernizmni kirib kelishiga va syurrealistik yo'nalishni rivojlantirishga sezilarli hissa qo'shdi. Shu bilan birga

9 .^>34 - .1367 'ùJJ .U^ .^Wjj

Spujmay Zaryob ushbu hikoyasida tarix o'qituvchisi va sinfdoshlari singari jamiyat va mamlakat hayotiga befarq ayrim jamiyat arboblari-yu oddiq xalq kishilariga bo'lgan nafratini ham yashirmagan. Zero, befarqlik jaholatga eltadi. Emishki: "Dushmanlardan qo'rqma - nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin, do'stlardan qo'rqma - nari borsa, ular senga xiyonat qilishlari mumkin. Befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi."10

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bezhan, F. Storytelling, Myth, and the Afghanistan Wars in Spozhmai Zaryab's Anti-war Short Stories. Australia: MonashUniversity, 2008.

2. Inomxo'jayev, R. Afg'oniston dariyzabon adabiyoti II. Toshkent, 2018.

3. Quronov, D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, 2018.

4. Umurov, H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2004.

5. Коргун, В.Г. История Афганистана.20 век. Moskva, 2004.

6. Ясенский, Б. «Заговор равнодушных.» Новый мир № 5—7. (1956).

7. (>1988) 1367 oU1 .Ц^ ^ .^bjj

10 Бруно Ясенский. Заговор равнодушных // «Новый мир». № 5—7. Москва, 1956. (tarjima muallifniki)

660

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.