Научная статья на тему 'TO’NG’ICH O’G’IL QISSASI'

TO’NG’ICH O’G’IL QISSASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

375
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amirzoda / Isfahon / Barlos / Xorazm / Kuragon / Dor-siyodat / Shayx Burxonniddin Qilich / Xonzoda xonim / Valiaht

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jorabek Lutfullo Ogli Xolboyev, Samandar Baxtiyor Ogli Otamurodov, Shoxruh Inoyatillo Ogli Boborahimov, Jamshid Tohir Ogli Panjiyev

Biz tarixni o`rganish jarayonida buyuk hukmdorlar, mutaffakir va olimlar hayotini chuqur o`rganishga harakat qilamiz. Ammo shunday shaxslar borki, ular haqida ma`lumot yetarli emas, balki, bizgacha yetib kelmagandir. Shulardan biri Amir Temurning to`ng`ich farzandi Jahongir Mirzodir. Yuqorida ta`kidlab o`tgaimizdek, Jahongir Mirzo haqida ma`lumotlar kam. Uning qachon tug`ilganini va qachon vafot etganini bilamiz xalos. Ammo, uning hayoti qanday kechganligi va qay tariqa vafot etganligi haqida juda kam tasavvurga egamiz. Aynan, bu maqolada uning hayoti va vafot etish jarayonlari aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TO’NG’ICH O’G’IL QISSASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

TO'NG'ICH O'G'IL QISSASI

Jo'rabek Lutfullo o'gli Xolboyev Samandar Baxtiyor o'gli Otamurodov Shoxruh Inoyatillo o'gli Boborahimov Jamshid Tohir o'gli Panjiyev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Biz tarixni o'rganish jarayonida buyuk hukmdorlar, mutaffakir va olimlar hayotini chuqur o'rganishga harakat qilamiz. Ammo shunday shaxslar borki, ular haqida ma'lumot yetarli emas, balki, bizgacha yetib kelmagandir. Shulardan biri Amir Temurning to'ng'ich farzandi Jahongir Mirzodir. Yuqorida ta'kidlab o'tgaimizdek, Jahongir Mirzo haqida ma'lumotlar kam. Uning qachon tug'ilganini va qachon vafot etganini bilamiz xalos. Ammo, uning hayoti qanday kechganligi va qay tariqa vafot etganligi haqida juda kam tasavvurga egamiz. Aynan, bu maqolada uning hayoti va vafot etish jarayonlari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: Amirzoda, Isfahon, Barlos, Xorazm, Kuragon, Dor-siyodat, Shayx Burxonniddin Qilich, Xonzoda xonim, Valiaht.

KIRISH

Vatanimiz ko'hna va boy tarixiga ega. Aynan, shu tarixiy davr mobaynida o'lkamiz hududida ko'plab davlatlar va sulolalar mavjud bo'lib, o'z davrida taraqqiyotning yuksak cho'qqisiga erishgan va keyinchalik ichki nizolar, xalq qo'zg'alonlari, toju-taxt uchun kurash, tashqi dushmanlarning hujumi natijasida , yemirilib parchalanib ketgan. Xuddi shunday, qudratli davlatga XIV asrning II yarmida Amir Temur asos solidi. U Barlos urug'idan bo'lib, 1336 yil 8-aprelda mug'ullar vayron qilgan va usha davrda Kesh deb atalgan qadimiy Shahrisabz vohasida dunyoga kelgan. Chingizxon qo'shinlari orasida mug'ullarning Barulas ( Turkchada Barlos) urug'idan ham jangchilar bolib, kesh atrofida joylashib qolgan barloslar shulardan kelib chiqqan bo lsa ajab emas, ular mahalliy aholi bilan qo' shilib, turkiylashib ketishgan va islomni qabul qilishgan bo' lsalarda, G' arb san' ati sohasida tengsiz edilar(1)

1552

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amir Temur 1370 yilga qadar mug'ul xonlari bilan ko'p marotaba urush olib borib g'alabaga erishadi va 1370 yil 10 aprelda qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga o'tqazilib, yuqori ko'tariladi. Amir Temurning piri Sayid Barakka duoi fotiha qilgach, u Movaraunnahrning amiri deb e'lon qilinadi.(2)

Shu davrdan to 1405 yilga qadar buyuk sohibquron mamlakatni adolat tamoyillar asosida boshqaradi. Amir Temurning 18 xotini va 20 ga yaqin kanizak va joriyalari bo'lgan. Amir Temur xotinlari orasida eng mashhuri Saroy Mulk xonim (Bibi xonim) bo'lgan. Saroy Mulk xonim Chig'atoy ulusiga mansub bo'lgan mugful xonlaridan Qozonxonning qizi bo'lib, 1341 yilda tug'ilgan edi. Saroy Mulk xonim balog'atga yetgach 1355 yilda amir Husayn o'z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach , Amir Temur nikohiga kiradi. Shu tufayli Amir Temur "Kuragon" (mug'ulcha, "Kuyov", - xonning kuyovi.) unvoniga musharraf bo'lgan. Sohibquron Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand ko'rmagan. Temurning dastlabki xotini Turmush og'adir. U Movaraunnahrning yirik amaldorlaridan Joku Barlosning qizi bo' lgan. Amir Temurning katta qizi O' gi Begi va Jahongir Mirzoning onasi edi. Sohibquronning ikkinchi xotinni O'ljoy Turkon amir Qazag'anning nevarasi, amir Abdullaning qizi, amir Husaynning singlisi bo'lgan. Temurning qizi Sulton Baxt Begimning onasi. Amir Temurning yana bir xotini Menglik Qurbon og'adan o'g'li Mironshoh dunyoga kelgan. Dilshod og'adan kenja o'g'li Shoxrux Mirzo tug'ilgan. Yana bir suyukli xotini Tuman og'adir. Tuman og'a Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizi bo'lgan. U 1366 yilda tug'ilib, 1378 yilda 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. Farzandlari orasida Amir Temurning mehrini qozongan, Amir Temurning nazariga tushgani katta farzandi Jahongir Mirzo (13561376) edi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Jahongir Mirzo 1356 yilda tavallud topgan. U bolaligidan otasining boshiga tushgan sarsonlik, jangu-jadal mashaqqatlarini barobar tortdi. Shu tariqa ulg'ayib, 1314 yoshida harbiy yurishlarda ishtirok eta boshladi. Harbiy yurishlari oldidan Amir Temur birinchi Jahongir Mirzonning fikrini eshitgan, keyin boshqalarni fikrlarini tinglagan. Jahonir Mirzoning o'limidan so'ng ham Amir Temur dastlab, Jahongir Mirzoning o'g'illari Muhammad sulton va Pirmuhammadlar maslahatlariga quloq solgan. Negaki, yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Jahongir Mirzo Temurning eng suyukli farzandi edi. 1372 yilda Amir Temur Xorazmni egallaydi. 1373 yilda Xorazm

1553

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

hukmdori Husayn so'fi vafot etadi va taxtga akasi Yusuf so'fi o'tiradi. Yusuf so'fi sohibquron Temurga bo'ysunishni istamay unga qarshi bosh ko'taradi. Shoh Yusuf so'fi 1373 yildagi jangda mag'lubiyatga uchradi, qochdi va qurshab olindi. Biroq, g'oyat go'zal qizi malika Xonzoda bu safar uning joniga oro kirdi. Malikaning qaddi-qomati va husni-malohatiga lol qolgan g'azabnok fotix uni suyukli o'g'li Jahongirga kelin qilishga qaror qildi. Uning otalarcha mehri tufayli Xorazm shohi avf etildi.

Sohibquron to'ngich o'g'li Jahongir Mirzoga alohida e'tiqod quygan va uning ulg'ayishiga katta e'tibor bergan. U otasiga o'xshab qat'iyatli, jasur, bir so'zli, aytganining ustidan chiqadigan mard yigit bo'lib voyaga yetdi. U yoshligidanoq harbiy jang sirlarini zo'r mahorat bilan o rgandi. Otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o'ziga topshirilgan qo'shin qismlariga mohirlik bilan yondashib, ularni boshqarib boradi. Amir Temur o'g'lidagi mardlik, matonat va jasurlikdan zavqlanar, Jahongir Mirzo siymosida kelajakda o'z taxtining vorisini ko'rardi. Amir Temurning sharqiy Turkistonga qarshi yurishlaridan (1370, 1376) uchtasida va Xorazmga qilgan yurishlaridan ham uchtasida (1371, 1373, 1375) Jahongir Mirzo Sohibquron bilan bilan birga bo'ladi va jangu jadallarda faol qatnashadi. Agarda, Jahongir Mirzo bevaqt vafot etmaganda, Temuriylar saltanati tezda yimirilib parchalanib ketmasdi, balki Jahongir Mirzo davlatni otasidek odillik bilan boshqarib, Temuriylar davlati inqirozini oldini olgan bo'lar edi. Shuningdek, Temuriylar davrida yuz bergan renssans ham uzoq davom etgan bo'lardi. Jahongir Mirzo hayotini o'rganar ekanmiz, unda otasi Amir Temurning fazilatlari borligini, adolatparvar va dono siyosatchi ekanligini, mohir sarkarda va kuchli bilim sohibi ekanligini payqash qiyin emasdi. Chunki, yosh bo' lishiga qaramay, Xorazm yurishlari davrida otasi ishonib topshirgan katta bir qo'shinni mustaqil boshqarib, g'alabaga erishishda muhum omil bo'lib xizmat qilgan.

Jahongir Mirzo Amir Temur tiriklik chog'idayoq 20 yoshida vafot etadi. Uning vafot etishi to'g'isida tarixchi olimlar turli xil fikrlar birdiradilar. Xususan, fransuz olimi Lyusen Keren Jahongir Mirzoning o'limini Isfaxonda yuz berganini ta'kidlab o'tadi. Amir Temur 1387 yil kuzida qo'shinlarini Isfahon qarshisida jamladi. Amir Temur sharqning bu boy shahrini tinch yo'l bilan istelo qilishni va uning aholisiga katta ulpon solishni muljallagan edi. Dastlab, ish rejadagidek bordi. Shahar hokimi va turli amaldorlar sohibquronga peshvoz chiqishib, unga shahar darvozalarining kalitlarini topshirishdi va to'lab qilingan ulponni to'lashga tantanali vada berishdi. O'z hamshaharlarining itoatsizlik qilishlari mumkinligini hisobga olib, ular ulug' amirga shaharga o'z ulpon yig'uvchilarini yo'llashini va har bir fuqarodan mulk-

1554

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

sarmoyasiga mos ravishda ulpon olishini taklif qilishdi. Sohibquron bu taklifga rozi bo'ldi va kattagina bir bo'linma hamrohligida shaharni aylanib chiqdi. Shahar ichkarisida Movaraunnahr askarlari turli bemaniliklar qilmasligi uchun u oqshom chukkach, o'z lashkarlari bilan chodir tikdi. U kichik bir guruhni qal'a darvozalarini qo'riqlashga, uch ming askar hamrohligidagi ulpon yig'uvchilarni esa shahar ichkarisiga junatdi.

O'lpon yig'uvchilar o'z ishlariga kirishadilar. Ularning biri bir ayolni zo'rlashga urinadi. Buni ko'rib qolgan mahalliy temirchi yigit odatda shaharliklarni xavfdan ogoh etish uchun qo'llaniladigan dumbirani ishga soladi. Ko'z ochib yumguncha aholi ulug' amirning ulpon yig'uvchilarni va askarlarni ustiga yopirilib, ulararni tilka-pora qilib tashlaydi. Ruxsatnoma bilan shaharga kirgan bir necha askar ta'qib qilinib, vaxshiyona o'ldiriladi. Sohibquron qo'shini bir kechaning o'zida uch ming odamdan ajraldi. G'azablangan hamshaharlari boshlagan g'alayonlarning oqibati baxayr bo'lmasligiga ko'zlari yetgan oilalar boshpana bergan bir necha askargina omon qoldi, xolos. Isyonchilar shahar darvozalari tomon yurib Movaraunnahrlik soqchilarga to'satdan hujum qildilar va qilichdan o'tkazdilar. So'ngra, ularning qirol-yarog'larini olib, qal'a devorlari ustiga ko'tarildilar va jang hozirligini ko'ra boshladilar.

Ulug' amir o'z askarlarining fojiali qismati haqidagi bu dahshatli xabarni tong otgach, o'g'li ham shu tunda xalok bo'lgan sadoqatli bir zobitidan eshitdi. Amir Temur dastlab taslim bo'lib, ortidan isyon ko'targan shaharlar aholisiga mutlaqo rahm-shavqat qilmagan; zero agar u zarracha sustkashlik ko'rsatsa, nisbatan kam sonli lashkarlar qoldirilgan o'lkalarda ommaviy isyonlar boshlanib ketishi mumkin edi. Qattiq g'azabga kelgan sohibquron butun qo'shiniga Isfahonga kirishini va shahar aholisining birortasiga ham shavqat qilmaslikni buyurdi. Bundan faqatgina, fiqhshunos allomalaru o'tgan tunda Movaraunnahr askarlariga boshpana bergan oilalar istisno edi: ularning bola-chaqalari va uylari maxsus qo'riqchilar tomonidan himoya qilindi. Yashin tezligida qo'lga kiritilgan Isfahon aholisi qirg'in qilindi. Bu ishga qo'li ostidagi barchaning qatnashishini istagan ulug' amir qo'shinning har bir tumanidan isyonkorlarning malum miqdordagi kesilgan boshlarini keltirishi talab qildi. Kech kirganda mirzalarning daftarlarida yetmish ming kesilgan bosh qayt etildi. Bu boshlardan shahar atrofida tepaliklar uyuldi. Ko'p o'tmay Amir Temur bu o'lik shaharni tark etdi va Sherozga keldi.(3)

1376 yilda Jahongir Mirzo Samarqandda og'ir betob bo'lib yotib qoladi. Bu vaqtda Amir Temur mug'ullar xoni Qamariddin bilan jang harakatlarini olib

1555

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

borayotgan edi. Temur Qamariddin ustidan g'alabaga erishgach (1376) katta ziyofat uyushtiradi. Ammo katta farzandi Jahongirning Samarqandda betob ekanligidan behabar edi. Temur ziyofat tugagach, o'g'lining Samarqandda betob yotganligidan xabar topdi va chuqur qayg'ga botdi. Shu kecha tush ko'ribdi. Ulug' vodiy emish, boshi ham yo'q, oxiri ham yo'q. Amir Temur kimsasiz yolg'iz borar emish. Olislarda tog'lar ko'rinarmish, yurib borgan sari tog'lar yo'q bo'lib ketarkan. Yo'lda mashhur Shayx Burhoniddin Qilichga duch kelibdi. Qizig'i shundaki, oppoq ridoga o'ralib olgan, bundan uch yuz yillar avval yashab o'tgan Shaxy bilan Amir Temur tanish emish! Sohibquron kamoli odob bilan unga shunday murojat qilibdi: " Ey saromadi zamona, zoti bobarakot! O'g'lim, jigarbandim, Valiahd Jahongir Mirzo Samarqandda xasta yotibdi. Yaratgandan unga salomatlik tilang, aziz joniga duo qiling!" Shaxy Amir Temurga: "Xudo birla bo'lg'il" debdi xalos, biroq Jahongir Mirzo haqida hech bir so'z aytmabdi. Uyg'onib ketgan Amir Temurning bu tushdan ko'ngli battar parishon bo'ldi. Yarim kecha ekanligiga qaramay Muhammad Churog'a dodxoxni yoniga chorladi-da, buyurdi:

- Mamat jigarim, Samarqandga borib, Jahongir Mirzoga o'zini asrashini nasihat qil!

Muhammad Churog'a dodxoh yerga tikilgancha indamay qoldi.

-Nega jimsan, Mamat?

-Yoningizda bo'lsam, degandim... tashlab ketgim kelmay turibdi...

-Mendan xavotir olma! Samarqandga borgin! Uqdingmi

-Uqdim. Bosh ustiga Amir sohibqiron!

Muhammad Churog'a dodxoh bir necha sipohlar qurshovida tong yorishmay poytaxtga junab ketdi. Oradan ikki kun o'tgach, har xil hayollardan butkul oromini yo'qotgan Amir Temurning o'zi ham, qaydasan Samarqand deb, yo'lga ravona bo'ldi. Ayni damda, bu haqda Xonzoda xonimning ham xabari yo'q edi. Saroy ayyonlari va qarindoshlari to chillasi chiqquncha, Xonzoda xonimga Jahongir Mirzoning betobligi va Samarqandda ekanligi to'g'risida hech nima demadilar. Amirzoda Jahongir safarga ketgan, hozir dushmanlarni qaytarib yuribdilar, deya javob berishardi Xorazm malikasiga kuyov haqida so'rab qolganlarida. Muhammad Sultonning dunyoga kelganligi to'g'risida Jahongirga chopar yuborganligini eshitganida, Xonzoda xonim vujudini shirin bir hayajon egalladi. Bu xabar Jahongir Mirzoni behad quvontirib yuborishi shubhasiz! Muhammad Sulton axir ularning birinchi farzandlari, uning ustiga orziqib kutgan farzandlari, Ollohdan o'g'il tilagan edilar!

1556

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

Sho'rlik malika hamma gapmi keyin eshitdi, eshitdi-yu o'zidan ketishiga oz qoldi! Saroy Mulk xonim kelinini bag'riga bosib, peshonasidan o'pib, boshini mehr bilan silarkan, yupatib dedi:

O'ksinmagin, malikam! O'ksinmagin! Ollohdan shifo tilaylik! Oyoqqa turib ketadilar, amirzodam, inshooloh! Noumid shayton, deganlar. Dardini bergan ollohim shifosini ham o'zi beradi, ha...

Saroy Mulk xonim shunday derdi-yu o'zi chiroyli ko'zlaridan oqqan yoshlarni tiya olmasdi. Kunlarning birida Xonzoda xonim tush ko'radi. Tushida Jahongir Mirzo o'z saman oti bilan dushmanlar bilan olisharmish. Tog' tepasida dushman Jahongirni qisib, tog' yoqasiga keltirib qo'yibdi! Birdan Jahongir oti bilan jarlikk to'shib ketibdi! Xonzoda xonim qo'rquvda uyg'onib, ko'zini ochib qarasa, Jahongir Mirzo tushakdan bexo'sh holda yotar edi. Amirzoda cho'p bo'lib ozib ketgandi. Avvaligi shukuhidan asar ham yo'q, yumshoq o'rnida yotar ekan, bir qaraganda, joyida yotgani ham bilinmasdi. Xonzoda Jahongirni oldiga kelib, yum-yum yig'lay boshladi. Jahongir Mirzo yuziga tushgan ko'z yoshidan seskanib, ko'zlarini holsizgina ochdi, atrofga qarashga urindi. Hayriyat!.. - deb yubordi Qutlug' Turkon oga.

Malikalar ham umid tola ko'zlarini amirzodaga tikdilar. Xos tabib bilan piri murshid darrov xonaga kirib keldilar. Xonzoda Shahzodaning ko'zlariga tikildi va malika amirzodaning ko'z qarashida ifoda qilib bo'lmaydigan juda ko'p narsalarni uqdi. Jahongir Mirzo nimalarnidir demoqchi edi-yu gapirolmasdi, qirtayib qolgan yorqin ko'zlari jovdirab boqardi. Qutlug' Turkon og'a ipaklarga o'raglan Muhammad Sultonni qo'lida ko'tarib Jahongir Mirzoga ko'rsatdi. Chaqaloqni ko'rgan Jahongir jilmayishga urindi, ammo kuchi yetmadi... Birozdan song valiaht Jahongir Mirzo vafot etadi.

Jahongir Mirzoning vafoti to'g'risida tarixchi olim Muammad Ali quyidagi ma'lumotlarni keltirib o'tgan edi:

Xonzoda xonim holsiz yotgan Jahongir Mirzoning oyoqlarini uqalay boshladi, ammo oyoqlari sovuq edi. Yuzlari ko'karib ketgan Jahongir Mirzoni jon talvasasida ko'rib, Mir Said Baraka Qur'on tilovat qilishga tushdi. Surai Ixlos ikkinchi martta o'qilayotganida, bemor birdan boshini ko'tarmoqchi bo'ldi va shu ondayoq jon taslim qildi... Xonzoda xonim o'kragancha o'zini Jahongir Mirzo ustiga tashladi, tashladi-yu yana o'zidan ketdi. Saroy Mulk xonim o'n yeti yoshga to'lmay turib tul qolgan Xonzoda xonimni bag'riga bosib yig'lar edi.. .(4)

Amir Temur qo'shini bilan Samarqandga yaqinlashib kelardi. Samarqandga kirib kelganlarida butun shahar ahli, saroy ayonlari, beklaru amirlar qora kiyimlarda,

1557

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 I ISSUE 12 I 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

boshyalang mamlakat sultoni istiqboliga chiqqan edilar. Sohibquron ular nima sababdan qora kiyib olganlarini dastavval tushunmadi. Keyin Suyukli jigarbandi! Katta o'g'li vafot etganini angladi va yuragiga muz yugurdi! Xonavayron bo'ldik, amir sohibquron, Xonavayron bo'ldik! - dedi Qutlug' Turkon Og'a inisiga holsiz o' zini otib... - Bandalik ekan Jahongir Mirzo bizni tashlab ketdi... tashlab ketdi...

Mehribon egachisini bag'riga bosar ekan Amir Temurning ko'zlaridan yosh to'kilardi. Yoshu qari kelib Amir Temurni tavof qilar, so'ng ortga chekinar edi. Uning birdan Saroy Mulk xonimning orqasida mung'ayib turgan Xonzoda xonimga ko'zi tushadi. Ko'zlari yig'layverib nursizlanib, telba holga kelgan Xonzodani ko'rib sohibquronning ko'ngli to'lib ketadi. Amir Temurning nazari tushganini sezgan malika kelib qaynotasi poyini o'pmoqqa intildi, ammo sohibquron bunga yo l qo'ymadi: o'ksib yig'layotgan suyukli kelinini bag'riga bosdi-da, manglayida o'pdi va dedi:

-Sizni kelinim emas, qizim, degandim... Endi... qizim emas, o'g'lim, deyman! O'g'lim o'rniga o'g'limsiz!..Buni eshitgan Xonzoda xonim o'krab yig'lab yubordi!

Jahongir Mirzoni Shahrisabzga( Dor-siyodat) dafn qildilar. Amir Temur dilbandining qabri ustiga mahobatli maqbara bunyod ettirdi. Maqbaraning shiftida Payg'ambarimiz hadislaridan biri yozib qo'yilgan: "Al-oqilu ya'tamidu ala a'malihi, Val-johilu ya'tamidu ala amalihi ". Uni o'qigan kishi esa ma'nosini tezda anglaydi. Ya'ni uning ma'nosi: " Aqilli odam o'zining kuch - quvvatiga ishonib yashaydi, nodon- hoyu-havaslarga suyanib yashaydi." Xonzoda xonim tez-tez Shahrisabzga tashrif buyurib, Jahongir maqbarasini ziyorat aylaydi.

Jahongirdan ikki farzand: Xonzodadan tug'ilgan o n bir oylik Muhammad Sulton va otasining o'limidan qirq kun keyin Ilyos Yasavuriyning qizi Baxt Malik og' adan tug' ilgan Pirmuhammad qoldi(5)

Amir Temur farzandi Jahongir Mirzoni juda qattiq yaxshi ko'rar edi. Shu boisdan, Jahongir vafotidan keyin, o'g'illari Muhammad Sulton va Pirmuhammadlarga mehr qo'yib, ularning tarbiyasiga alohida ahamyat berdi. Ularni yoshlikdan ta'lim-tarbiya olishiga, siyosatni chuqur o'rganishiga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Chet davlat hukmdorlari bilan uchrashuvlarda, elchilar huzurida Amir Temur shahzodalarni yoniga chorlab, siyosat maydonida o'zlarini qanday tutishini o'rgatdi. Harbiy yurishlar oldidan Amir Temur dastlab, Muhammad Sulton va Pirmuhammadga yuzlanib, ularning fikri qanaqaligini o'rgangan.

1558

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1552-1559

XULOSA

Amir Temur Jahongir Mirzoning katta o'g'li shahzoda Muhammad Sultonni o'z merosxo'ri qilib tayinlagan. Lekin Muhammad Sulton 1403 yili vafot etganidan so'ng, Amir Temur o'z o'limi oldidan yana katta o'g'li Jahongirning ikkinchi o'g'li Pirmuhammad Mirzoni hokimyat merosxo'ri etib tayinlaydi. Ammo sohibquron vafotidan song, temuriy shahzodalar o'rtasida toju-taxt uchun kurash avjiga chiqadi. Pirmuhammad 1407 yil 22- fevralda vaziri Pir Ali Toz tomonidan o'ldiriladi. Taxt Pirmuhammadga ham nasib qilmaydi. (6)

REFERENCES

1. Lyusen Keren. "Amir Temur saltanati" 16-17 betlar

2. Abdulahad Muhammadjonov. "Temur va Temuriylar saltanati" Toshkent. 11- bet

3. Lyusen Keren. "Amir Temur saltanati" 57-58 bet.

4. Muhammad Ali. "Ulug' saltanat" Toshketn - 2003, 325 bet.

5. X.Karamatov, S. Saiddosimov, A.Ahmedov, B.Ahmedov. "Amir Temur Jahon tarixida" Toshkent- 2001, 65-66 betlar.

6. Irpan To'xtayev, "Amir Temur va Temuriylarning moliya, pul siyosati" Toshkent-2009, 56- bet/

1559

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.