AMIR TEMUR DAVLATINING PARCHALANISHI
Nodirbek Bahodir o'g'li Homidjonov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institui
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Amir Temurning qanday vafot etgani va vafotining sabablari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Otror, Chin, Berdibek, Ibin Arabshox, Sharafiddin Ali Yazdiy, Xitoy, Pirmuhammad, Muhammad Sulton.
AMIR TEMUR DAVLATINING PARCHALANISHI
Nodirbek Bahodir ugli Homidjonov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
This article describes how Amir Temur died and the reasons for his death.
Keywords: Otrar, Chin, Berdibek, Ibn Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdi, China, Pirmuhammad, Muhammad Sultan.
Ilohi qorayun falakni yuzi, To"kilsun ko"zum yoshidekyulduzi. Kuyub o , tutulsun quyoshi aning, Bu motamga zulmot ulib kunduzi Saroymulkxonim [Temurnoma]
KIRISH
Hokimyatga kelgandan so'ng mag'lubiyat nimaligini bilmagan Sohibqiron Amir Temur 1402-yil Anqara jangidan keyin, uning rejasi Xitoyni bo'ysindirish edi. Amir Temur bu rejasini 1404-yil amalga oshirmoqchi bo'ladi. 1404-yil 27-dekabir kuni qo'shin navbatdagi safarga shay bo'ldi. Amir Temurni olib yurish uchun maxsus o'rindiq tayyorlandi. Qishning erta kelishi va qattiq bo'lishi kutilayotganiga qaramay, Movarounnahir, Turkiston, Xuroson, Eron, Iroq va mo'g'ul yurtlaridan kelgan ikki yuz ming suvoriy jangga saf tortib turadi. Kuni bitayotganini sezgan Ulug' amir bahor kelishini kutib tura olmas edi. Amir Temur farmoniga binoan lashkarlarga issiq ko'ylaklar, qavilgan kiymlar va qalin to'nlar tarqatildi; temir g ildirakli besh yuz aravaga qo'sh yopg'ichli chodirlar yuklandi, ularga yo'l yoqalariga bug'doy ekish
topshirildi, toki qish tugab, biron- bir favqulotda holat ro'y bergudek bolsa qo'shin och qolmasligi uchun.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Xitoy bilan urush qilish uchun g'oyat katta qudratga ega boTmoq darkor",-degan edi bir paytlar Amir Temur. U shimol tomon yolga tushgan qo'shinini kuzatar ekan, shu beqiyos qudratga erishganiga imoni komil edi. Uning rejasi bo'yincha muzlagan Sirdaryodan- Turkiston shahri yaqinidan o'tib, Otror qalasini zabt etib, keyin esa Turfan orqali o'tib, Su-Chuni qoTga kiritishi lozim edi. Aynan shu yoTdan Marko Poloning amakilari o'tishgan, biroq ular bu ishini iliq va quruqchilik paytlarida amalga oshirilgan. Ammo hozirgi sharoitda Amir Temur lashkarlari bu masofani uch oyda bosib o'tishlari, bahorda Chin qo'shinlari ustiga qo'qisdan hujum qilishlari lozim edi.
Yolda qalin qor qoplagan olkalardan o'tdilar kuchli ayozga duch keldilar katta miqdordagi askarlar va jonivorlardan ayrildilar. Sovuq shu qadar kuchli ediki, kokda parvoz etayotgan qushlar qotib yerga tushar edi, askarlarning issiq nafasi sovuqdan muzlab, soqol- mo'ylovlariga yopishib qolar edi. Xirovul ayrim joylarda qorning qalinligi askarlarning ko'kragiga yetishini xabar qildi. Biroq , o'ziga ham, o'zgaga ham shavqat qilmaydigan va oTimni ortda qoldirishni istagan Amir Temur qo'shinini hech ikkilanmay shimol tomon bosib ketar edi.
MUHOKAMA
Nihoyat, Otrorga ham yetib kelishdi. Qarorgoh tiklanib shox-shabadan gulxanlar yoqildi. Qa'la devorlarida ufuqqa qadar yastanib yotgan qorni ko'rgan akobirlarning ko'pchiligi ko'klamgacha shu yerda qolib ketishlariga amin edilar.
Otrorda faqatgina nafas rostlab olishni hayol qilgan buyuk sarkarda esa Berdibekni saroyida to'xtadi. Birinchi tundayoq binoni tomiga o't ketdi, Sohibqiron qo'shinidagi mo'g'ullar buni yomon nishona, deb talqin qildilar. Qovga burjida uch sayyoraning bir-biriga yaqinlashganini kuzatgan munajjimlar falokatni bashorat qilganlarida, mo'g'ullarning kayfiyati butun qo'shinga ko'chgan edi. Amir Temur yong'inga ham munajjimlar bashoratiga ham etibor bermaydi. Umrining oxirigacha Amir Temurni yomon ko'rgan tarixchi Ibin Arabshox yozishiga ko'ra " Sohibqiron yulduzlarga qachonki ular Amir Temurni foydasiga ishlasagina etibor bergan, boshqa paytlarda esa na yulduzlarga, na folbinlarga ishongan".
NATIJA
Amir Temur saroy tomini tuzattirganidan keyin To'xtamishxon mulozimlaridan birini qabul qildi: o'zining darbadar hayotidan noligan To'xtamishxon Sohibqironni gunohlaridan o'tashini va Orda taxtiga o'tirishiga ko'maklashishini so'rattirgan edi. Amir Temur unga Xitoyga yurishidan so'ng yordam berishga vada beradi.
Shundan so'ng u yaqin kunlarda Samarqandga qaytishlari lozim bolgan malika va shahzodalarga ziyofat beradi. Mana shu ziyofat chog'ida , yani 1405-yil 12-yanvar kuni xuruj qilgan xastalik uni to'shakka yotqizib qo'ydi. Sharafiddin Ali Yazdiy qaydlariga ko'ra Sohibqiron shu kuni qattiq shamollaganidan isitmasini juda balandligidan yotib qoldi. Uning doyimiy tabibi hisoblangan Fazullox Tabriziyning Amir Temurga bergan dori darmonlari tasir qilish o'rniga buyuk sarkardaning ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. Metin irodali bu inson bir necha kun davomida og'ir dardga qarshi kurashdi; u qattiq alahsirar, bazan fikri ravshan tortib qolardi. Ana shunday paytlarda lashkarlarining hol-ahvolini so'rar Qur'oni karim oyatlarini tilovat qilardi. yil 19-yanvar tongida u shu darajaga yetdiki, solnomada aytilgandek na saltanat, na lashkarlar, na behisob boyliklar na toju-taxt hech nimaga arzimay qoldi. U oz yaqinlari va amirlarini huzuriga chaqirib vasiyat qildi:
- Boshlagan ishimizni davom ettiringiz, hammangiz bir jonu, bir tan bolingiz, taxtim vorisi Pirmuhammadga itoat qilingiz.
U o'gli Shoxruxni shu damda oz yonida emasligidan afsuslandi. Uni ko'rmasligini bilib uzugini, otini, qilichini unga vasiyat qilib qoldiradi. Zafarnomada "Amir Temur o'lim bilan olishayotgan paytda kozlarida yosh bilan uning huzuriga Shayx Nuriddin va Amir Shoxmalik tashrif buyurdi va Sohibqironga shunday deydi: Amirim agar bizning olimimiz sizning umringizga bir kun boisa ham qo'shib berganda edi. Biz hozziroq shu yerning ozida jonimizni fido qilgan bolar edik" Bu so'zlardan keyin Sohibqiron ham ko'zga yosh olib ularni Pirmuhammadga sodiq qolishlarini buyiradi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishiga qaraganda: 1405-yil 18-fevral kuni kechki soat sakkizlarga yaqin Amir Temur kalima qaytardi, qorilarga qo'shilib "Rasul barhaq!" deya shivirladi va jon taslim qildi. Tarixch Amriddin Berdimurodovning qayd etishicha, Amir Temurning vafoti tafsilotlarini yozgan tarixchilar uning qaysi kasallik oqibatida vafot etganligi haqida malumot bermaganlar. Shunday bo'lsada Sohiobqironning olimi haqida yozgan Hofizi Abro' va Ibin Arabshoxlar sohibqiron kasalligini kelib chiqishini aniqlashda anchayin oydinlik kirituvchi malumotlarni keltiradilar. Ularning yozishicha, Temur kasal bolib to'shakda yotgan paytida atrofiga yig'ilganlargan avval bir barmog'ini, so'ngra ikkinchi barmog'ini ko'rsatib: " Men bu bilan nima demoqchiman?" - deya so'raydi. Ko'pchilik amirlar taradudlanib qoladilar va ayrimlari javob berishga jurat qilishib:"Hukumdor bu bilan sog'ayishim uchun yana bir yokiy ikki vosita qoldi demoqchilar", -deyishadi Jahongir hech bir alamsiz:" bir yoki ikki kundan so'ng men sizlarning oralaringizda bolmayman deganim, bu", - deya javob beradi.
Osha tarixchilarning qayd etishicha, Jahongir yotgan xonaga taklif qilinib, bor haqiqatni aytishga buyruq olgan tabiblar, bemorni obdon tekshirib ko'rishib, Sohibqiron haq ekanligini, haqiqatan umri yakunlanayotganini aytadilar. Bu yerda hozir bolgan ayonlar tabiblarni kergidan ortiq gapirganliklari uchun koyiydilar, lekin Amir
Temurning o'zi tabiblarni bu ochiq gaplari uchun maqtaydi. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo ko'p vaqt o'tmay bu noxush xabar mamlakat bo'ylab tarqalib ketadi.
Amir Temurning jasadini o'z vataniga qaytarish maxfiy topshirig'i uning yaqinlaridan biri Xoja Yusufga topshirilgan. Amir Temurning samarqandaga olib kelingan jasadi zudlik bilan sohibqironning sevimli nabirasi Muhammad Sulton madrasasining daxmasiga dafn etilgan. Bu yerni amirning nabirasi tomonidan yosh beklar va musulmon jangchilarga Qur'onni o'rgatish uchun qurilgan. Muhammad Sulton o'zi 1403-yilning bahorida vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Buyuk Temur nabirasi yoniga dafn etildi. Amir Temur sag'anasi qora nefrit qabirtoshi bilan bezatilgan. Bu nefrit toshni Temurning nabirasi Ulug'bek 1425-yil mo'g'ullar bilan IssiqkoT yaqinida bolgan jangda qoTga kiritgan. Qabirtosh ustiga "Bu buyuk sulton, iltifotli xon, Amir Tarag'ay o'gTi Amir Temur Ko'ragoniyning qabri" deb yozilgan. Shunday qilib, ulug' amir olamdan o'tgan bo'lsada, u haqidagi o'z zamonasi shohidlarning fikrlarini ikki qarama-qarshi guruhga bo'lish hanuzgacha davom etmoqda. Ko'p zamonlardan buyon muarrixlar Amir Temurning asl shaxsiyati va siymosini tiklashga harakat qilib keladilar. Ular, albatta, sohibqironning tashqi ko'rinishidan shu g'ayrioddiy siymoning odamlarni lol qoldirib, tarixni ham o'z izmiga bo'ysindira olgan xislatlarini topishga harakat qilishadi. Amir Temur o'limdan qo'rqmasdi. U haqiqatni-u qanchalar achchiq bo'lmasin hamma narsadan ustun qo'yardi. U yolg'onchilar, maqtanchoqlar va firibgarlarni yomon ko'rar, omadi chopmaganidan kuyinmas, yutuqlardan mag'rurlanib ketmas edi. Uning huzurida uyatsiz so'zlar aytilishiga qon to'kilishlar va g'orat qilishlardan, maqtanib so'zlashga yo'l qo'yilmas edi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda u jasur, mard, salobatli va hurmatli inson edi. U eng xafli o'lkalarda ham jang qilishdan qaytmaydigan ashaddiy dushmanlarni ham mahv qiladigan va eng qattiq himoya qilingan istehkomlarni ham zabt etadigan mard va dovyurak askarlarni yoqtirardi. Amir Temur sinchkov va ziyrak inson bo'lib, har qanday fitna va makir-hiylani oldindan ko'ra bilardi. U voqea va hodisalar sababi va mohiyatini yaqqol ko'rib turardi. U hech qachon ilgari qabul qilgan qaroridan qaytmas, bir so'zli va bir amalli inson edi. U agar vafot etmaganida edi Xitoy hududini katta ehtimol bosib olgan bo'lar edi.
REFERENCES
1. http://uzbekistan
2. http://aniq.uz
3. http: //uz.m.wikipedia. org
4. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
5. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
6. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
7. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).
8. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
9. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).
10. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).
11. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).
12. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).
13. Хайдаров Усмон. (2021). Тарих дарсларини самарадорлигини оширишда миниатюралардан фойдаланишнинг йуллари. Scientific progress, 1(3). 4-8.
14. Хдйдаров С. (2021). Убекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.
15. Sulaymonov Askarali. Khaydarov Sulaymon Amirkulovich (2021). Increasing the effectiveness of teaching history through miniature art works. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. 1 (12). 2043- 2049.