Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK BUYUK ALLOMA VA DAVLAT ARBOBI'

MIRZO ULUG‘BEK BUYUK ALLOMA VA DAVLAT ARBOBI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Matchonova M.M

O‘zbek xalqining faxri-iftixori Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekni butun dunyoda astronomiya fanining yirik vakili, adolatli shoh sifatida ulug‘lashadi. Uning rahbarligida tuzilgan yulduzlar jadvali butun dunyodagi sayyohlarga, dengizchilarga ishonchli mayoq sifatida 500 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda va hozirgi kunda ham bu jadval o‘zining aniqli jihatdan ilmiy va amaliy qiymatini yo‘qotmagan. Ulug‘bek keng qamrovli olim, astronom, matematik, tarixchi va faylasuf mutafakkir hamda iste’dodli davlat arbobi bo‘lgan[1:3].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK BUYUK ALLOMA VA DAVLAT ARBOBI»

MIRZO ULUG'BEK BUYUK ALLOMA VA DAVLAT ARBOBI

Matchonova M.M

talaba,

O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.1116009 7 O'zbek xalqining faxri-iftixori Muhammad Tarag'ay Ulug'bekni butun dunyoda astronomiya fanining yirik vakili, adolatli shoh sifatida ulug'lashadi. Uning rahbarligida tuzilgan yulduzlar jadvali butun dunyodagi sayyohlarga, dengizchilarga ishonchli mayoq sifatida 500 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda va hozirgi kunda ham bu jadval o'zining aniqli jihatdan ilmiy va amaliy qiymatini yo'qotmagan. Ulug'bek keng qamrovli olim, astronom, matematik, tarixchi va faylasuf mutafakkir hamda iste'dodli davlat arbobi bo'lgan[1:3].

Mirzo Ulug'bek Temuriylar sulolasining yirik vakili Shohrux Mirzoning o'g'li, Amir Temurning nevarasi bo'lib, 1394-yil 22-mart kuni Iraqi Ajamning ba'zi manbalarda Eronning Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Bu voqea Sohibqiron Amir Temuming Eron va Yaqin Sharqqa qilgan «besh yillik» yurishi paytiga to'g'ri keladi. Chopar yangi mehmonning dunyoga kelganligi haqidagi xabami buyuk Amirga yetkazganida Temur askarlari Iroqning shimolidagi Mordin shahrini egallash uchun jang olib borar edi. Amir Temur bu xushxabami eshitib, Sharafiddin Ali Yazdiy bergan ma'lumotlarga qaraganda, Mordin shahri aholisiga omonlik beradi, fiiqarolar to'lashi lozim bo'lgan xirojdan voz kechib, shahaming hokimlik mansabini sobiq hokim amir Sulton Isoning ukasi amir Sulton Solihga in'om etadi va o'zi orqaga qaytadi. Yangi to'g'ilgan chaqaloqqa bobosi Amir Temuming taklifi bilan Muhammad Tarag'ay deb ism qo'yadilar. Bu nom Temuming otasi hurmatiga nisbat qilib berilgan edi. Ammo tarixda u ko'proq Muhammad Tarag'ay nomi bilan emas, balki Ulug'bek nomi bilan mashhurdir. Manbalarda bu haqda hech qanday izoh berilmagan bo'lsada, sababi tushunarlidir. Chunki, Sharq xalqlari an'analariga ko'ra bobosi yoki buvisining nomi berilgan farzandni boboning yoki buvining hurmati evaziga ularga berilgan nom bilan chaqirmasdan, «Otabek», «Ulug'bek», «Onajon», «Onam» deb erkalab chaqiradilar. Shu ma'noda Muhammad Tarag'ayni beklaming ulug'iga qiyoslab Ulug'bek ataganlariga ajablanishga asos yo'q. Ulug'bekning tarbiyasi bilan Temuming xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) shug'ullanadi. Davlatshoh Samarqandiy Ulug'bekning yoshlik chog'idanoq nihoyatda o'tkir zehnli bo'lganligini ta'kidlaydi va bir ibratli hikoya keltiradi. Ulug'bek endi besh yoshga kirganida bobosi Amir Temur 1398-yilda saroy qissaxonining jiyani Shayx Orif Ozariyni unga murabbiylikka tayinlaydi. U

Ulug'bekka 4 yil saboq beradi. Ulug'bek ustozini g'oyatda qadrlar va hurmatlar edi. Ustoz va shogird 46 yildan so'ng uchrashganlar. 1447-yilda Shayx Orif Ozariy darvesh kiyimida Isfaroyin shahrida Ulug'bekga ro'baro keladi. U bir qarashidayoq o'z ustozini taniydi va uning bilan samimiy suhbatlashadi. Yosh Ulug'bek Temumi Armaniston va Kavkazortiga qilgan yurishlarida, 1398-1399-yillardagi Hindiston yurishida Saroymulkxonim bilan birga Kobulgacha kuzatib boradi. Temuming 1399 — 1404-yillardagi G'arbga yurishida ham saroy ahli bilan birga boiadi. Ulug'bekning onasi, Shohruh Mirzoning yosh xotini Gavharshod begim ham qaynotasi Amir Temuming o'rdugohida bo'lgan. Gavharshod begim Chig'atoy amirlaridan G'iyosiddin Tarxonning qizi boigan. G'iyosiddin Tarxonning undan tashqari yana ikki qizi boiib, ular 1392-yilda Umarshayx Mirzo Bahodiming o'g'illariga turmushga chiqqan edilar. Shohruh mirzo Gavharshod begimga 1388-yilda 11 yoshdaligida uylanadi. Amir Temur Ulug'bek tarbiyasiga alohida e'tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixoning qayd etishicha, Ulug'bek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404-yil Konigilda o'tkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, Ulug'bekning) nikoh to'ylarini o'tkazgan. To'yda Sohibqiron Ulug'bekka Toshkent, Sayram, Yangi (hoz. Taroz), Ashpara va Mo'g'ulistonni to Xitoy hududigacha suyurg'ol qilib bergan. Amir Temur O'trorda vafot etgan chog'da Ulug'bek ham o'sha yerda bo'lgan [2:393,394].

O'trordan qaytgan Shohrux farzandlari - Ulug'bek va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarqand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux Ulug'bekka dastlab Andxo'y bilan Shibirg'onni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410 yil Shohrux Movarounnahrni o'z tasarrufiga kiritgach, uni idora etishni Turkiston viloyati bilan birga Ulug'bekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulug'bek yosh (15 yosh) bo'lgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi - O'trordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410- yil bahorida Ulug'bek va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida bo'lgan jangda Shohmalik va Ulug'bek g'alaba qilganlar. 1411 yil sentabrda Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni o'zi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaqtdan boshlab Ulug'bek Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan.

Ulug'bek aslida ulug' olim va bunyodkor kishi bo'lib, bobosi Amir Temur kabi jangchi emas, balki ilm-ma'rifat shaydosi edi. Binobarin, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga jon-jahdi bilan kirishar va bu yo'lda xazinani ayamasdi. Uning davrida

Samarqand Sharqning gullagan madaniyat o'chog'iga aylangan edi. Ulug'bek Mirzoning birinchi ustozi "Zamona Aflotuni" Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiydan falakiyotga oid sir-sinoatlarni o'rganib, keyinchalik mazkur allomaning maslahati bilan Koshonlik G'iyosiddin Jamshid ibn Mas'udni Samarqandga taklif qiladi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Ulug'bek yana bir Koshonlik falakiyot ilmi allomasi-Mu'niddinni ham Samarqandga chaqirib keltirgan [3:252,253].

Mirzo Ulug'bek ham sohibqiron Amir Temur singari Movarounnahrni yaxlitligini saqlagan holda boshqardi. Mamlakatda ulus tizimi joriy etilgan bo'lib, har bir ulusning dargohi va vazirlari bo'lgan. Ammo, ular markaziy boshqaruv tizimidagi kabi keng tarmoqli bo'lmay, muayyan huquq doirasida oliy dargoh va ijroiya tizimi oldida javobgarlik holatida faoliyat ko'rsatgan. Bu davrdagi tabaqa va toifalar quyidagilar edi: siyosatchilar, din peshvolari, harbiylar, amaldorlar, ziyolilar, savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar.

Alohida ta'kidlash lozimki, Mirzo Ulug'bek hukmronligi davrida Movarounnahrning madaniyati, ilm-fani yanada yuksak cho'qqilarga ko'tarildi. XV asrning birinchi choragidayoq Ulug'bek O'rta va Yaqin Sharqda buyuk olim, davlat arbobi, fan va madaniyat homiysi sifatida tanildi. Natijada ilm-fan bilan bir qatorda adabiyot, xattotlik, musavvirlik, falakiyot, musiqa va raqs san'ati taraqqiy topib, Movarounnahr va ayniqsa, Samarqand fan va madaniyat markaziga aylandi [4:70].

Vatanimiz tarixida Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi Amir Temur va temuriylar davriga to'g'ri keladi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va san'atning taraqqiyotida Ulug'bek va uning atrofida yig'ilgan olimlarning o'rni va hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug'bek farmoni bilan bunyod etilgan Samarqand, Buxoro, G'ijduvon shaharlaridagi madrasalarda Qur'on, hadis, tafsir, fiqh( din va shariat qonun-qoidalari), riyoziyot(matematika), handasa(geometriya), jo'g'rofiya (geografiya), ilm-u aruz (poetika), arab tili kabi dunyoviy ilmlar ham o'qitildi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga:" Bilim olish har bir musulmon ayol -u erkakka farzdir", degan hadis yozib qo'yilgan. Ulug'bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, 50 hujrali bo'lib, har bir hujra 3 xona:qaznoq ( omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo'lgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, madrasada 100 dan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta'lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridan Mavlono Shamsuddin Muhammad Havoqiy yetakchi mudarris bo'lgan. Mashhur olimlardan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy hamda Mirzo Ulug'bekning o'zi va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda,madrasada ilmi hay'at (astronomiya) darsini Qozizoda Rumiy o'tgan. Bundan tashqari 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinida bosh o'lchov asbobining aniqlik darajasi bir yoy soniyasigacha bo'lgan

rasadxonaning barpo etilishi olam shumul voqeaga aylandi. Yulduzlar harakatini yigirma yil atrofida uzluksiz kuzatish ishlari natijasida XVII asrga qadar, ya'ni optik asboblar kashf etilguncha, eng mukammal hisoblangan «Ulug'bek ziji»i dunyoga kelgan. Unda 1018 ta yulduzning ekliptik tizimdagi o'rni va holati, yil uzunligi (365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 58 soniya), Yer o'qining og'ish darajasi (23,52) aniqlab berilgan. Bu o'z davri uchun ulkan ilmiy sakrash sanalgan va keyingi asrlarda Sharqu G'arb astronomiya fanini rivojlantirish uchun poydevor vazifasini bajargan [5:231].

Xulosa qilib aytish mumkinki, Ulug'bekning boy ilmiy merosi u faqatgina buyuk musulmon o'g'loni bo'lmaganligini tasdiqlaydi. Ijodiy tafakkur dahosi butun insoniyat ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo'shgan. Shu sababli, ko'p asrlar o'tib, hatto bugun ham Ulug'bekning ismi savob maqsadlarga erishish niyatida Sharq va G'arb xalqlarini birlashtirgan timsol bo'lib qoladi. Mirzo Ulug'bekning yuqori ma'naviy va sezilarli merosi dunyoning yetakchi o'quv muassasalarida va ilmiy markazlarida o'rganib kelinadi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu atoqli olim sharafiga nomlanganligi respublikaning bugungi yuqori ilmiy-ma'naviy qudratini tasdiqlaydi. 1994 yil olim tavalludining 600 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlangan, shu sabab, xorij olimlari, mutaxassislari va jamoat arboblari ishtirokida bir qator tadbirlar o'tkazilgan. 2009 yil Parijda Mirzo Ulug'bek tavalludining 615 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjuman o'tkazilgan. Anjumanda 130 dan ziyod olimlar va turli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etgan. O'tkazib kelinayotgan tadbirlardan butun dunyoda Mirzo Ulug'bekning ilmiy va ma'naviy merosiga bo'lgan qiziqish naqadar ulkanligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Adabiyotlar:

1. B.O. To'rayev/ MUHAMMAD TARAG'AY Mirzo ULUG'BEK (1394 -1449) Toshkent: "Navro'z" nashriyoti, 2018 y. - 64 b.

2. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. - Т.: «Sharq», 2010. - 512 b.

3. https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/ozbekiston-hukmdorlari/ulugbek/

4. Shamsutdinov R. O'zbekiston tarixi: o'quv qo'llanma / Shamsutdinov R.,

Mo'minov H ; mas'ul moharrir S.Inoyatov. - T: "Sharq", 2013. - 672 b.

5. Mirzo Ulug'bek tavalludining 615 yilligi va 2009-yil Xalqaro Astronomiya yiliga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Samarqand, 9-11-iyun 2009-yil. Toshkent-Samarqand. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti, 2009-yil, 396 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.