Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK BOSHQARUVI DAVRI VA UNING DAVRIDA MAMLAKATDA GENDER TENGLIK SIYOSATI'

MIRZO ULUG‘BEK BOSHQARUVI DAVRI VA UNING DAVRIDA MAMLAKATDA GENDER TENGLIK SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mansurova N

Amir Temur asos solgan ulkan mamlakat butun dunyoni hayratda qoldirdi va o‘rta asrlarning eng buyuk mamlakatlaridan hisoblangan bu saltanat hududi jihatdan ham juda keng maydonlarni o‘z ichiga olgan. Bu sulola tariximizda o‘chmas iz qoldirdi. Sulola namoyondalari ham o‘zlarining oqilligi va donoligi bilan olib borgan siyosati tufayli mamlakatda ikkinchi sharq renessansi vujudga keldi. Amir Temur o‘ta dono hukmdor edi. U Movarounnahrni mo‘g’illar zulmidan ozod qilgach, bu hududlarda o‘z davlatini tuzdi. “Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga barham berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.”[1] Bilganimizdek, Temur ham uning avlodlari ham bunyodkorlik ishlarida hamisha yuqori pog’onada turganlar. Poytaxt Samarqandni o‘sha davrdagi eng go‘zal va obod shaxarga aylantirib, chinakkamiga yer yuzining sayqaliga aylantirgan ham aynan Amir Temur va uning avlodlaridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK BOSHQARUVI DAVRI VA UNING DAVRIDA MAMLAKATDA GENDER TENGLIK SIYOSATI»

MIRZO ULUG'BEK BOSHQARUVI DAVRI VA UNING DAVRIDA MAMLAKATDA GENDER TENGLIK SIYOSATI

Mansurova N.

talaba,

Buxoro Davlat universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11160196 Amir Temur asos solgan ulkan mamlakat butun dunyoni hayratda qoldirdi va o'rta asrlarning eng buyuk mamlakatlaridan hisoblangan bu saltanat hududi jihatdan ham juda keng maydonlarni o'z ichiga olgan. Bu sulola tariximizda o'chmas iz qoldirdi. Sulola namoyondalari ham o'zlarining oqilligi va donoligi bilan olib borgan siyosati tufayli mamlakatda ikkinchi sharq renessansi vujudga keldi.

Amir Temur o'ta dono hukmdor edi. U Movarounnahrni mo'g'illar zulmidan ozod qilgach, bu hududlarda o'z davlatini tuzdi. "Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga barham berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo'lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo'rg'onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi."[1] Bilganimizdek, Temur ham uning avlodlari ham bunyodkorlik ishlarida hamisha yuqori pog'onada turganlar. Poytaxt Samarqandni o'sha davrdagi eng go'zal va obod shaxarga aylantirib, chinakkamiga yer yuzining sayqaliga aylantirgan ham aynan Amir Temur va uning avlodlaridir.

Temuriylar sulolasi vakillari mamlakat rivojida qilgan ishlari barchasi tahsinga sazovor. Bu islohotlar o'z natijasini ko'rsatib ulkan saltanat taraqqiyotning yuqori cho'qqisiga erishadi. Har bir sohada va hatto quruvchilik sohasida ham Amir Temur ma'lum bir siyosiy maqsadlarga amal qilgan bo'lib, u shunday maqsadki, qurdirgan inshootlar barchasi saltanatining kuch-qudratini ko'rsatib bera olishi zarur bo'lgan. Amir Temur boshqaruv yillari davomida feodal tarqoqlikka barham beradi va shu bilan birgalikda Angliya, Fransiya, Kastiliya kabi yirik Yevropa davlatlari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo'lga qo'yadi.

Mana endi Ulug'bek Mirzoga to'xtaladigan bo'lsak, u 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temurning to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning o'g'li bo'lgan. Mirzo Ulug'bekning onasi Gavharshodbegim - g'oyatda o'qimishli, san'atda nihoyatda nozik didga ega malika bo'lgan. Uning bobosi u tug'ulgan paytda Mordir qal'asini qamal qilayotgan edi va nabirasi haqidagi xabarni eshitgan u qal'a qamalini to'xtatadi. Munajjimlar uni hukmdor va olim bo'lishini bashorat qilishadi. Amir temur esa unga Mahammad Tarag'ay deb nom beradi. Uning tarbiyasini Amir Temur o'zining suyukli rafiqasi bo'lgan Bibixonimga topshiradi. Va bolaligidan uni buvisi tarbiya qiladi.

Saroy malikasi sifatida o'sha davrda Bibixonimning mavqesi baland bo'lgan. U bir tomondan, butun dunyoga dong'i ketgan, buyuk sarkarda Amir Temurning rafiqasi va ikkinchi tomondan, davlat va jamiyat ishlarida arbob darajasiga yetgan, erkak siyosatchilar havas qilsa arziydigan dono va odil, tadbirkor ayoldir. U mamlakatda muhim o'ringa ega bo'lgan. Saroymulkxonimning asosan, me'morchilik va obodonchilik sohasidagi ishlariga urg'u berib o'tiladi. " ... tarixiy asarlar tahlili Bibixonimning, eng avvalo, davlat, mamlakat, sulola ishlarida, tashqi siyosatda katta o'rin tutganini isbotlaydi. Saroymulkxonim faoliyatining bir tomoni Amir Temur farzandlari va nabiralarining tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan" [2].

Mirzo Ulug'bek yoshligidan ilmga qiziqib, aqlli va dono shaxzoda bo'lib yetishdi. 1405-yilda Xitoyga yurishi chog'ida, O'tror shaxrida Amir Temur vafot etgach, mamlakatdagi tinchlikka putur yetadi. Saltanatning har tomonidan Temuriy shaxzodalar taxt uchun kurash olib borib, ko'p qon to'kiladi. Oxir-oqibatda, Shoxrux Mirzo tizginni o'z qo'liga oladi. Mamlakatning asosiy qismlarida o'z hokimiyatini o'rnatib, tinchlikni ta'minlaydi. Xurosondagi hukmronlikni o'zida saqlab Hirotga qaytadi va Samarqandda Movarounahr hukmdori sifatida o'g'li Mirzo Ulug'bekni qoldirib ketadi. 1411-yildaga kelib, 17 yoshli Ulug'bek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanadi. Ulug'bek yosh bo'lishiga qaramasdan ancha ilm olgan va iqtidorli, juda kuchli xotira egasi edi. U yoshligida ayniqsa, matematika va astronomiyaga, fan va san'at turlariga katta qiziqish bildiradi. Olim sifatidagi faoliyatida ham talay yutuqlarga erishadi.

Biroq, otasi Shohrux Mirzo 1447-yilda vafot etadi. Otasining vafotini eshitgach, Ulug'bek Hirot tomon yo'l oladi. Ammo Hirot taxtiga uning jiyani Alovuddavla davo qiladi. U o'z jiyaniga qarshi yurish qilib, uni yengadi va Hirotga yurish boshlaydi. Lekin Alovudavlaning ukasi Abulqosim Bobur yetib kelib, akasi bilan birgalikda Mirzo Ulug'bekka qarshi chiqishadi. Jangda ular Ulug'bek ustidan g'alaba qozonishadi. Noiloj qolgan Ulug'bek Balxga chekinadi va u yerda uning hokimi, to'ng'ich o'g'li Abdulatif Mirzo bo'ladi. U o'z otasiga qarshi isyon ko'taradi. Va yana mamlakatda ichki urush boshlanadi. Abdullatif Amudaryo bo'yida otasiga qarshi qo'shin to'pladi. Biroq, Ulug'bek shahardagi notinchlik xabarini eshitgach, hech qanday jang bo'lmasdan oldin Samarqandga chekinishga majbur bo'ladi. Abdullatif tezda Samarqandga yetib boradi va Ulug'bek o'g'liga taslim bo'lishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishi uchun ruxsat berdi. Biroq, Makkaga yetib bormasdan 1449-yilda turib otasi va ukasi Abdulazizni ham qatl qildirdi.

Ulug'bekning qismati fojiali yakun topgan bo'lsada, biroq u o'z hukmronligi davrida katta ishlarni amalga oshirib ulgurdi. Xalq farovonligini ta'minlash va mamlakatdagi ahvolni yaxshilab borish uchun islohotlarni amalga oshiradi. Moliya

sohasida ham islohotlar amalga oshirib, bundan ko'zlangan maqsadlarga erishadi. U ayniqsa, ilm-fan rivojiga katta e'tibor qaratadi. Shu bilan birgalikda mohir sarkarda sifatida ham o'zini namoyon qila oladi.

Mirzo Ulug'bek harbiy strategiyalardan mohirona foydalana olgan. "Mirzo Ulug'bek 1425-yili o'zining Mo'g'ulistonga qilgan birinchi yirik harbiy yurishi chog'ida qo'shin miqdori haqida dushman noto'g'ri tasavvurga ega bo'lishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amir qilgan. Ulug'bek qo'llagan bu usul harbiy san'atda arg'ay o't (mo'g'ulcha arg'a - aldash, turkcha -o't, olov) deb nomlanadi. U dushmanni chalg'itish maqsadida qo'shin miqdorini bo'rttirib, ko'paytirib ko'rsatish uchun ishlatiladi. Yurish Ulug'bek g'alabasi bilan tugagan."[3].

Ulug'bek shuningdek, me'morchilik sohasida ham juda katta ishlarni amalga oshiradi. Mirzo Ulug'bek davrida poytaxt Samarqand gullab-yashnadi. Uning davrida farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda G'ijduvonda madrasalar barpo etildi. Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Shuningdek, Ulug'bek karvonsaroy, hammom, chorsu, tim kabi talay jamoat binolarini ham barpo ettirgan.

U hattoki, Buxorodagi madrasaning peshtoqiga "Ilm olish har bir musolmon va muslima uchun farzdir" degan Hadisi-sharifdan olingan so'zlarni o'yib yozdiradi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, Mirzo Ulug'bek jamiyatda faqat erkaklar emas, balki, ayollar ham savodli, ilmli bo'lishlari kerak deb bilgan. Garchi o'sha davrda ayollarga bo'lgan munosabat erkaklar bilan bir xil tarzda bo'lmagan bo'lsada, biroq Ulug'bekning ayollarga nisbatan va albatta sulola vakillalariga nisbatan ham xurmati cheksiz bo'lgan. Xuddi shu o'rinda, Amir Temurning katta xotini Bibixonim o'zi farzand ko'rmagan, o'z bolasi bo'lmagan bo'lsa-da, Sohibqiron Temur nabiralari qatorida Ulug'bekni ham bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan edi. Samarqandda esa Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan, o'sha davrda bunyod etilgan obidalar ichida eng diqqatga sazovorlaridan biri Bibixonim jome' masjidi hozirga qadar mavjud.

Chortokli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bog'langan. Masjid hovlisi o'rtasida esa marmartoshdan yasalgan ulkan lavh - Qur'on o'qiladigan maxsus kursi bo'lib, biroq bu lavh dastlab asosiy bino ichida turgan. Biroq keyinchalik bu lavhning joyi o'zgartirilib, 1875-yildan hovli o'rtasiga olib chiqarilib qo'yiladi. XV asr o'rtalarida lavh Ulug'bek farmoniga binoan yasalgan. Unga "Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Xanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri mo'minin Ulug'bek Ko'ragon", deb bitilgan.

Samarqanddagi Ulug'bek me'morchiligining nodir namunalaridan biri Ulug'bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulug'bek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Ko'hak tepaligida bunyod etilgan. Yosh hukmdor poytaxtni ulkan imperiyaning haqiqiy intelektual va ilm-fan markaziga aylanishini maqsad qiladi. Ayni shu maqsadda, juda ko'p harakat qiladi. Xalqqa ma'rifat ulashishni istab, hattoki o'zi qurdirgan madrasada talabalarga dars berib, maruzalar o'qigan. Uning shogirti tirishqoq va iqtidorli Ali Qushchi Mirzo Ulug'bekning vafotidan keyin ham unga sodiq qolib, ilmiy me'rosini saqlab qola oladi. Bundan tashqari, u bilan birgalikda Qozizoda Rumiy va Jamshid Koshoniy ham faoliyat olib borgan.

" Bevosita Ulug'bek nomi bilan bog'liq ilmiy asarlar soni jihatdan ko'p emas - ular to'rtta:

1) "Ziji jadidi Ko'ragoniy" - astronomiyaga oid;

2) "Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola" - matematikaga oid;

3) "Risolayi Ulug'bek" - yulduzlarga bag'ishlangan;

4) "Tarixi arba' ulus" (To'rt ulus tarixi) - tarixga oid." [4]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Mirzo Ulug'bek Temuriyzoda hukmdorlar ichida ilm-fan va bunyodkorlik, ulug'vorlikda ajralib turadigan, xalqparvar hukmdordir. Uning olim sifatidagi, mohir sarkarda va davlat arbobi sifatidagi faoliyati barchasi taxsinga sazovordir. Ayniqsa, ilm-fanga va ta'limga, shu asnoda xotin-qizlar ta'limi bo'yicha olib borgan ishlari, sulola a'zolari bo'lgan malikalar va arboblarga cheksiz hurmat va yuksak e'tibor barchasi hukmdor obro'siga ijobiy ta'sir o'tkaza olgan va farovonlikning yuqori darajasini ta'minlovchi omillardan bo'lib hisoblanadi. Mirzo Ulug'bekning shaxsiga bo'lgan e'tibor bugungi kunda ham o'ta yuksak. "Mirzo Ulug'bek vorislari" kabi ko'rik tanlovlar ham allomamizni nomlarini abadiylashtirishga xizmat qiladi. Biz yoshlar ham huddi bobokalonimiz Mirzo Ulug'bek kabi bo'lishimiz uchun imkoniyatlarimiz yetarli va endilikda faqat bundan foydalanish kerak. Eng muhimi barchasi o'z qo'limizda !

Adabiyotlar:

1. https : //arbobl ar. uz/

2. Azamat Ziyo, O'zbek ayollari tarix sahnasida, Toshkent O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi " Fan" - 2002 23 - b.

3. https : //www. samdu.uz/uz/news/29703

4. https://tarix.sinaps.uz/hodisa/mirzo-ulugbek

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.