Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK – ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI'

MIRZO ULUG‘BEK – ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
214
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Usarov U.A.

Buyuk ajdodimiz Amir Temur o‘zining 35 yillik temuriylar saltanatidagi hukmronligi davrida o‘z avlodlari bo‘lgan shahzodalarga munosib ravishda davlat boshqaruvidagi idora usullari, harbiy san’at va ilm-fanning deyarli barcha sohalari doirasida ta’lim-tarbiya olishlariga bosh-qosh bo‘lgan. Amir Temurdan so‘ng, uning munosib vorisi sifatida saltanatni 40 yil idora etgan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida uzoq vaqt Movarounnahrda siyosiy tinchlik hukm surgan. Shu sababli bu davrda mamlakat madaniy hayoti, xususan, ilm-fan, ta’lim tizimi va bunyodkorlik ishlari taraqqiy etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK – ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI»

MIRZO ULUG'BEK - ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI

Usarov U.A. t.f.f.d. (PhD), dotsent v.b., Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11154203 Buyuk ajdodimiz Amir Temur o'zining 35 yillik temuriylar saltanatidagi hukmronligi davrida o'z avlodlari bo'lgan shahzodalarga munosib ravishda davlat boshqaruvidagi idora usullari, harbiy san'at va ilm-fanning deyarli barcha sohalari doirasida ta'lim-tarbiya olishlariga bosh-qosh bo'lgan. Amir Temurdan so'ng, uning munosib vorisi sifatida saltanatni 40 yil idora etgan Mirzo Ulug'bek hukmronligi davrida uzoq vaqt Movarounnahrda siyosiy tinchlik hukm surgan. Shu sababli bu davrda mamlakat madaniy hayoti, xususan, ilm-fan, ta'lim tizimi va bunyodkorlik ishlari taraqqiy etgan.

Mirzo Ulug'bek Movarounnahrdagi faoliyati davomida ilm ahllariga homiylik qilib, o'z davlatini iqtisodiy tomondan mustahkamlash hamda obodonchiligini yuksaltirish yo'lida ularga suyanib ish tutgan. Uning hukmronligi yillarida saltanat poytaxti bo'lgan Samarqand yirik siyosiy va madaniy markazga, xususan, tabiiy fanlar o'chog'iga aylantirilgan. Binobarin, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga jon-jahti bilan kirishar va bu yo'lda mablag' ayamas edi. Uning davrida Samarqand Sharqning eng gullab yashnagan markazi bo'lib qoladi[7, - 20 b.]. Shu bilan birga, Mirzo Ulug'bek ilm-fan ahliga homiylik qilishi Samarqand shahrini madaniyat va ilmiy tafakkurning haqiqiy markaziga aylanib, bu yerda o'nlab olimlar osuda hayot kechirishlari va ijod qilishlari uchun qulay bo'lgan hududga aylangan. Jumladan, bu yerda yashab ijod qilgan olimlar qatoriga yirik matematik va astronomlar Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Mavlono Mu'iniddin Koshoniy va Ali Qushchi, yetuk mudarrislar Said Imomiddin va Mavlono Muhammad Havofiy, mashxur sharxchi va tib olimi Burxoniddin Nafas ibn Avaz Kirmoniylarni kiritish mumkin[5, - 14 b.]

Temuriylar davrida yashagan buyuk shoir va alloma Alisher Navioy ham o'zining "Majalisun-nafois" (Nafíslar majlislari) asarida Mirzo Ulug'bekning ilmfan va madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlariga ta'rif berib, shunday yozadi: "Mirzo Ulug'bek - donishmand podshoh erdi. Kamaloti bog'oyat ko'p erdi. Xay'at (astronomiya ilmi) va riyoziy (riyoziyot-matematika)ni xo'p bilur ediyu Andoqkim, zij bitidi va rasad bog'ladi va holo aning ziji oroda shoye'dur"[2, - 6 b.]. Bundan ko'rinib turibdiki, Mirzo Ulug'bek o'z davrida yirik olim va ilmparvar hukmdor bo'lgan.

Mamlakatda ilm-fan taraqqiyoti yo'lida hukmdor Mirzo Ulug'bek shaxsan tashabbusi bilan mamlakatning turli hududlarida, jumladan, 1417-yilda Buxoroda,

1420-yili Samarqandda, 1432-1433-yillarda G'ijduvon shaharlarda madrasalar qurdiradi [1, - 6 b.]. Shuningdek, u hukmdor sifatida butun mamlakat hududida ilmfan va ta'lim hamda tarbiyani rivojlanishiga alohida e'tibor qaratgan. Xatto, Samarqanddagi madrasani qurish ishlarida Mirzo Ulug'bekning shaxsan o'zi ham qatnashgan. Tarixnavis Zayniddin Vosifiyning yozishiga qaraganda keyinchalik ushbu madrasaga o'z davrining ilm-ma'rifatli, olim, ziyoli bo'lgan kishisi Mavlono Muhammad Xavofiyni mudarris etib tayinlaydi [6, - 12-13 b.]. Bu madrasaga keyinchalik "Ulug'bek madrasasi" nomi ham berilgan. Demak, Mirzo Ulug'bek zamonasining boshqa hukmdorlariga qaraganda mamlakatni rivojlantirish yo'lida ilm-ma'rifat ahllarini kim va qaysi tabaqadan bo'lishidan qat'i nazar e'zozlagan. Ularga ehtirom ko'rsatib, mamlakatda ilm-fanni rivojlantirishda ularning xizmatidan foydalangan. Mirzo Ulug'bek oddiy xalqning zexnu zakovatini qadrlagan.

Mirzo Ulug'bek hukmdor sifatida faoliyatidan tashqari, ilmu-nujum va tabiiy fanlar sohalarini tadqiq etishga ishtiyoqi baland bo'lgan [5, - 12 b.]. Xususan, u hukmdor bo'lishiga qaramay, Samarqanddagi "Ulug'bek madrasasi"da odatga ko'ra haftada bir marta mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid ibn Ma'sud, Ali Qushchilar bilan birga fanning "aljabr", "handasa" va "ilmu nujum" kabilardan dars bergan [6, - 13 b.]. Bundan tashqari ushbu madrasada ustod Ismoil, Mavlono Ibrohim, Mavlono Badriddin va boshqa olimlar ham ma'ruza o'qigan [4, - 54 b.].

Mirzo Ulug'bekning olim sifatidagi faoliyati davomidagi eng katta ishi bu falakiyot ya'ni astronomiya ilmida erishgan natijalari bo'lib, uning sa'y-harakati bilan 1420-1429 yillar mobaynida Samarqandda osmon jismlarini o'rganuvchi rasadxonaga asos sollingan [4, - 21b.]. Mirzo Ulug'bek rasadxonasining balandligi o'n qavatli imoratga teng, uning sekstanti - vaqtni aniq ko'rsatuvchi asbobi 175 ta pog'onadan tashkil topgan edi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga qaraganda, Ulug'bek rasadxonasi o'zining kuzatish qobiliyati va hisobdonligi bilan teleskop kashf qilingunga qadar astronomiya fanida erishilgan yutuqlarning eng yuqori bosqichida turgan. Rasadxonada Mirzo Ulug'bek, uning shogirdi Ali Qushchi, Xasan Chalabiy va boshqa olimlar chorak asrdan ziyod muddat davomida osmon sirlarini o'rganish va sayyoralar harakatini kuzatish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlarini olib borgan. Jumladan, N.Norqulovning tadqiqotlariga ko'ra, Mirzo Ulug'bek va uning shogirdlari tomonidan Samarqand rasadxonasida olib borgan kuzatishlarga ko'ra, bir yil hisobini 365 kun, 6 soat, 8 minut, 12 sekund muddatida ekanligini aniqlagan bo'lsa, hozirgi zamonaviy vaqt hisoblash texnologiyalaridan faqat 58 sekund miqdorda adashganligini ta'kidlab o'tadi [6, - 13 b.].

Hukmdorlik yillarida Mirzo Ulug'bekning o'z mamlakatida ilm-fan taraqqiyoti yo'lida qilgan ishlari natijasida XV asrda Samarqandda ilmiy markaz ya'ni o'z akademiyasiga asos solindi. Dunyo fani tarixiga bu ilmiy markaz "Ulug'bekning Samarqand akademiyasi" yoki "Ulug'bekning Samarqand astronomiya maktabi" deb yuritilgan ilmiy dargoh sifatida yuritila boshladi. Bu markaz o'z davrida haqiqiy akademiya bo'lib, uning qoshida jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va o'z davrining oliy o'quv yurti bo'lgan madrasa faoliyat yuritgan [1, - 14 b.]. Ulug'bek akademiyasida mashhur olimlardan dastlab, Qozi Zoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchilar xizmat qilgan bo'lsa, keyinchalik bu akademiyada Xasan Chalabiy, Salohiddin Muso (Qozi Zoda Rumiyning o'g'li), Mu'iddin al-Koshiy, Mansur ibn Mu'iddin al-Koshiy va boshqa olimlar ishlagan [1, - 13 b.]. Bu akademiyaning a'zolari Mirzo Ulug'bek boshchiligida yulduzlar harakatiga doir ulkan "Ulug'bek ziji" yoki "Ziji Ko'ragoniy" nomli asarni yaratdilar. Bu asar o'rta asr butun Sharq va G'arb ilm dunyosida "ilmi nujum" va "handasa" fanlari sohasidagi juda katta ilmiy yutuq hisoblanadi. Shuningdek, bu asar sharq mamlakatlari bilan birga butun Yevropa davlatlaridagi oliy dargoh hisoblangan universitetda asrtronomiya va matematika fanlari uchun dasturi amal bo'lib xizmat qilgan.

Mirzo Ulug'bek zamonida Movarounnahrda tabiiy fanlardan tashqari tarix, adabiyot va san'at, ayniqsa, tasviriy san'at taraqqiy etdi. Bu borada Mirzo Ulug'bekning ilg'or madaniyatli kishi ekanligi, adabiyot va san'atga muhabbati kuchli bo'lgani muhim ahamiyatga ega edi [6, - 13-14 b.]. Shu tufayli Mirzo Ulug'bek o'z davrida yashagan zabardast shoirlar Lutfiy, Mavlono Hiyoliy, Ismotillo Buxoriy, Kamol Badaxshiy va yirik adabiyotshunos hamda tilshunos, mohir pedagog, xoja Fazluloh Abullaysiy [5, - 14 b.] hamda bir qator fuzalolarni o'z homiyligiga olgan. Shuning bilan birga Mirzo Ulug'bek saroyda yoki harbiy yurishlar vaqtida ham olimlar va shoirlar bilan mushoiralar, munozaralar o'tkazib turar va unda o'zi faol ishtirok etib turgan. Bu davrda Samarqand Sharqda ilmiy va adabiy hayot markazi sifatidagi shon-shuhrati keng tarqalgan edi.

Temuriylar davri madaniyati va san'ati, xususan, Mirzo Ulug'bekning ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi faoliyatiga oid muhim ma'lumotlar tadqiqotchi M.Rahmonov tomonidan ham berib o'tilgan. U o'z maqolasida "Bu davrda Movarounnahr madaniyati, ilm-fani, ayniqsa, Ulug'bek zamonida yana yuksak cho'qqilarga ko'tarildi. XV arning yigirmanchi yillaridayoq Ulug'bek Movarounnahr, O'rta va Yaqin Sharqda buyuk olim va madaniyat homiysi sifatida tanildi. Natijada ilm-fan bilan bir qatorda adabiyot, xattotlik, musavvirlik, musiqa va raqs san'ati yana taraqqiy topib, Samarqand nafis san'at markaziga aylandi [8, -11 b.]. Shuningdek, Ulug'bek faqat fan bilan mashg'ul bo'lib qolmay, she'riyat va

san'at bilan ham qiziqar, mushoiralarda qatnashar, san'at va adabiyot tariaqqiyotiga, uning namoyondalariga ko'maklashar edi" [8, - 11 b.] - deb ta'kidlab o'tadi.

Shunday qilib, O'rta va Yaqin Sharqda va boshqa hududlarda astronomiya va matematika sohasida erishilgan buyuk muvaffaqiyatlar Temuriylar davlatiga katta shuhrat keltirdiki, bu shuhrat, birinchi navbatda, Mirzo Ulug'bek nomi bilan bog'liqdir. Ulug'bek Movarounnahrda ilm-fanni tashkil etish borasidagi faoliyati bilan musulmon olamining burchaklaridagi ko'plab olimlarning diqqat e'tiborini o'ziga jalb etgan. Bunga misol tariqasida Kichik Osiyoning Bursa shahridan kelgan Mirzo Ulug'bekning ustozi Qozizoda Rumiy, asli Iroqi Ajamning Koshon shahridan bo'lgan Jamshid al-Koshiy va boshqalarni aytish mumkin [3, - 147 b.].

Umuman olganda, Movarounnahrda Mirzo Ulug'bek hukmronligi davrida ilmfan va madaniy hayot yana bir pog'ona yuksaldi. Uning homiyligida mamlakatdagi har bir fuqaro ilm o'rganib, ta'lim va tarbiya olish imkoniyatiga ega bo'lgan. O'z mamlakati taraqqiyoti uchun ilm-fan sohalari hamda madaniy hayotda nima zarur bo'lsa o'sha chora-tadbirlarni shaxsan o'zi boshchiligida amalga oshirgan. Natijada, Samarqandni o'z davrida ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirgan. Shuningdek, Mirzo Ulug'bek tomonidan asos solingan Samarqand akademiyasida ilm-fan yutuqlari bilan birga, mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan bir necha fan sohalariga oid izlanishlar olib borilgan. Buni bu davrda yozilgan turli fan sohalariga oid risolalar va asarlarda ham ko'rish mumkin. Xullas, XV asrda Mavoraunnahrning poytaxti Samarqandda ilmiy tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlarnnig ijodiy faoliyati markazi sifatida astronomiya va matematika fanlari sohasidagi kashfiyotlar yaratgan nodir asarlar bilan ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan. Bularning barchasi Mirzo Ulug'bekning sa'y-harakatlari bilan amalga oshirilgan.

Adabiyotlar:

1. Абдурахмонов А. Улугбек академияси. - Тошкент: ^омуслар бош тахририяти, 1993. - 6,14,15 б. http://www.ziyouz.com kutubxonasi

2. Амир Темур ва Улугбек замондошлар хотирасида / Б.Ахмедов, У.Увватов, Г.Каримов ва бошкалар. - Тошкент: Укитувчи, 1996. - 6 б.

3. Амир Темур жахон тарихида. - Тошкент: Шарк, 1996. - 147 б.

4. Ахмедов А. Улугбек (хаёт фаолияти). - Тошкент: Фан, 1991. - 54 б.

5. Мирахмедова З.Ш., Каримов Т. Улугбек мероси ва дунёвий тараккиёт. - Тошкент: ТДИУ, 2007. - 12-14 б.

6. Норкулов Н. Темурийлар даври маданияти тарихидан лавхалар. -Урганч: Хоразм, 1996. - 12-14 б.

7. Пасилов Б. Улугбек. - Тошкент: АБУ МАТБУОТ-КОНСАЛТ, 2011. -20-21 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.