XV ASR ILM-FAN TARAQQIYOTIDA SAMARQAND AKADEMIYASINING TUTGAN O'RNI
Ozodova O'.D.
Chirchiq davlatpedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11160234 Movarounnahr zaminida dastlabki Renessans IX-XII asrlarda, islom dini ta'sirida rivojlandi. Bu davrda aniq va tabiiy fanlar rivojiga tamal toshi qo'yilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Mo'g'ullarning hujumi va ularning bir asrdan ziyodroq hukmronlik davrida ilm-fan taraqqiyotida birmuncha uzilish bo'ldi. XIV asrda Movarounnahrda temuriylar hukmronligining o'rnatilishi bilan ilm-fan taraqqiyotining yangi davri boshlandi. Yurtimiz tarixida ushbu davr Ikkinchi Renessans davri deb e'tirof etiladi. Bu jarayon Sohibqiron davrida boshlangan bo'lsa, uning avlodlari Shoxruh Mirzo, Mirzo Ulug'bek, Umarshayx Mirzo kabi ilm-u ma'rifatga homiylik qilgan temuriy hukmdorlar davrida munosib davom ettirildi.
Bu hukmdorlar orasida Movarounnahrni qirq yil idora qilgan va Samarqandni ilm-fan markazi sifatida qaytadan barpo qilgan Mirzo Ulug'bek (1394-1449 yy.) ning o'rni beqiyosdir. Mirzo Ulug'bek Movarounnahrni idora qilgan yilllari(1409-1449)da siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda madaniy-ma'rifiy sohada ham qator islohotlarni amalga oshirdi. Bir qancha shaharlarda madrasalar, ilm markazlarini bunyod ettirdi. Shulardan eng asosiysi Samarqand madrasasi bolib, uning qurilishi 1417-yili boshlanib, uch yilda nihoyasiga yetkaziladi. Tez orada Ulug'bek madrasaga mudarris va olimlarni to'play boshlaydi va shu tariqa uning Samarqanddagi astronomik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlariga qulay sharoit va panoh izlab Amir Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug'bek Xurosonning Koshon shahridan G'iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtiradi. Samarqandga Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to'plangan olimlarning soni, 1417-yilga kelib 100 dan ortib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, me'morlar bor edi [1]. Bu ilm maskani haqida ko'pgina tarixchilar o'z fikrlarini bildirganlar. Xususan fransuz olimi Volter Ulug'bek madrasasi va uning faoliyatini akademiyada qiyoslaydi. Darhaqiqqat uning fikr asosli bolib, Ulug'bek tashkil qilgan ilm maskani o'z davrida barcha sohalarda samarali ijod qilgan va o'z davrida ilmiy yangiliklarni yaratgan. Fan tarixiga bu ilmiy markaz «Ulug'bekning Samarqand akademiyasi» va "Ulug'bekning Samarqand astronomiya maktabi" nomlari bilan kirdi. Birinchi nomni fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter (1694-1778 yy.) bergan bo'lsa, ikkinchi nomni akademik Qori Niyoziy beradi. Marhum akademigimizning
Ulug'bekning ilmiy markazini Volter singari atamaganining sababini biz davr taqozosi, deb bilamiz [2].
Ulug'bek tashkil qilgan ilm markazi xuddi "Bayt-ul hikma" yoki "Dor-ul hikma" kabi ulkan ilm markazi edi. Unda har qanday ilm qo'llab quvvatlangan, moliyalashtirilgan. Shuning uchun ham bu ilm maskaniga qo'shni o'lkalardan ham ilm istab olimlar tashrif buyurishgan. Xususan, Xuroson, Eron, Rum diyorlaridan ilm ahllari tashrif buyurishgan.
Ulug'bek tashkil qilgan Samarqand madrasasi va ilmiy to'garagi Sharq madaniyati va fani tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi. Turli xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu yerda ko'plab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Xurosonning (Eron) Jom shahrida 1414 yili tug'ilgan bo'lajak ulkan ulkan shoir Jomiy Ulug'bekning Samarqand madrasasida tahsil ko'radi [3].
Abdurahmon Jomiy, Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi kabi buyuk siymolarning buyuk bo'lib yetishishida Mirzo Ulug'bek va u tashkil qilgan Samarqand akademiyasining o'rni beqiyos.
Ta'kidlash lozimki, Mirzo Ulug'bekning barcha sohalar ichidan ilmi nujum -ya'ni astronomiya ilmiga qiziqishi baland edi. Shu boisdan Ulug'bek akademiya qoshida osmon jismlarini kuzatish maqsadida rasadxona qurdirdi. Rasadxona o'sha davr ilm-fani uchun haqiqiy mo'jiza bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shak-shubhasiz, Samarqand rasadxonasi falakiyot fani taraqqiyotida katta o'rin tutadi. Bu ajoyib ilm o'chog'i donishmand podshoh, ajoyib olim mirzo Ulug'bekning maqtovga sazovor rag'bati va zo'r sa'y-harakati bilan 1424-1428 yillari Samarqandning shimoliy tarafida Obirahmat arig'ining bo'yida, Ko'hak tepaligi ustida qurildi [4].
E'tiborli jihati shundaki, akademiyada talabalarga avvalo diniy ilmlar o'rgatilgan va u bilan mutanosib ravishda dunyoviy fanlar ham o'rgatib borilgan. Xususan, eng ko'p ilmi nujum, ya'ni astronomiya sohasida tadqiqotlar olib borilgan.
Rasadxona xodimlari, jumadan Ulug'bekning o'zi ham, madrasada dars bergan. Madrasada diniy Qur'oni karim, hadis va tafsirdan tashqari, tabiiy fanlar riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, ya'ni meditsina, surat al-ard, ya'ni geografiya kabi fanlarni saboq berilgan [5].
Xulosa qilib aytganda, XIV-XV asrda ilm fan va madaniyat sohasida yangi davr boshlandi. Bu davrning rivojida Mirzo Ulug'bek va uning shogirdlari o'zlarining munosib hissasisini qo'shgan. To'g'ri uning vafotidan keyin ko'pgina ilmiy asarlar shakkoklik deya baholanib, yo'q qilib yuborildi. Ammo shogirdlari va ilm ahllari tomonidan asrab qolingan kitoblarning o'zi ham bugungi kunda olimlarning e'tirof va tahsiniga sazovor bo'lishi sir emas. Ushbu boy ilmiy meros nafaqat O'zbekiston, balki butun sharq olami uchun katta ahamiyatga ega. Chunki,
Ulug'bek tashkil etgan ilmiy maskan, o'z davrining haqiqiy akameyasi edi va dunyoning turli burchaklaridagi limlami o'z bag'rida jamlagan edi.
Adabiyotlar:
1. Ma'naviyat yulduzlari. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2011. - B. 171.
2. Абдурахмонов A. Улугбек академияси. Тошкент. - B. 14.
3. Ахмедов Б. Улугбек. Т.: "Фан". - B. 52.
4. Ахмедов Б. Тарихдан сабокдар. Тошкент. "Укитувчи", 1994. - B. 122. Абдурахмонов A. Улугбек академияси. Тошкент. - B. 14-15.