Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK SIYMOSINING AYRIM TARIXIY MANBALARDA YORITILISHI'

MIRZO ULUG‘BEK SIYMOSINING AYRIM TARIXIY MANBALARDA YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Raxmanova M.Sh.

Dunyo astronomiya fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan olim, o‘zbek xalqi tarixida davlat arbobi, buyuk astronom, matematik va ilm-fan homiysi sifatida chuqur iz qoldirgan, Sohibqiron Amir Temuming sevikli nabirasi bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek 1394-yil 22-martda Amir Temuming “besh yillik yurish”i davrida Sultoniya shahrida tavallud topgan. Yoshligidan uning tarbiyasiga alohida e’tibor berilib, 1409-1449-yillarda Movarounnahrni hukmdori sifatida boshqargan. U davlatni boshqarishda oqilona siyosati bilan birga mamlakatda ilm-fan va madaniyat sohalarini ham rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK SIYMOSINING AYRIM TARIXIY MANBALARDA YORITILISHI»

MIRZO ULUG'BEK SIYMOSINING AYRIM TARIXIY MANBALARDA YORITILISHI

Raxmanova M.SH.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11154080 Dunyo astronomiya fani rivojiga beqiyos hissa qo'shgan olim, o'zbek xalqi tarixida davlat arbobi, buyuk astronom, matematik va ilm-fan homiysi sifatida chuqur iz qoldirgan, Sohibqiron Amir Temuming sevikli nabirasi bo'lmish Mirzo Ulug'bek 1394-yil 22-martda Amir Temuming "besh yillik yurish"i davrida Sultoniya shahrida tavallud topgan. Yoshligidan uning tarbiyasiga alohida e'tibor berilib, 1409-1449-yillarda Movarounnahrni hukmdori sifatida boshqargan. U davlatni boshqarishda oqilona siyosati bilan birga mamlakatda ilm-fan va madaniyat sohalarini ham rivojlantirishga katta hissa qo'shgan.

Mirzo Ulug'bek faoliyati haqida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagicha fikr bildirib, "Mirzo Ulug'bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi - tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo'lida ulkan shijoat va matonat ko'rsatdi. Ulug'bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma'naviyatining poydevoriga qo'yilgan tamal toshlaridan biri bo'lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko'rsatadi"[5, - 46 b.] - deya fikr bildirib o'tgan. Bu fikrga qo'shimcha sifatida aytish mumkinki, muayyan shaxsning tarixiy jarayonlardagi ishtiroki va roli uning faoliyatidan necha asrlar o'tsa ham ahamiyatini saqlab qoladi hamda qayta-qayta ushbu shaxs faoliyatiga, davr muhitini rivojlantirishga qo'shgan hissasiga murojaat qilinishiga sabab bo'ladi.

Mirzo Ulug'bek hayoti, faoliyati, ilmiy merosi haqida ko'plab tarixiy manbalarda so'z yuritilgan. Masalan: Alisher Navoiy o'zining "Majolis un-nafois" asarida o'z davrining mashhur shaxslariga ta'rif berar ekan, Mirzo Ulug'bek shaxsiyatiga to'xtalib: "Ulug'bek Mirzo - Muhammad Tarag'ay buyuk ilmi nujum (astronomiya) va riyoziyot (matematika) olimi va davlat arbobi. Amir Temurning nabirasi, Shoxrux Mirzoning o'g'li bo'lib, uning vafotidan so'ng temuriylar davlatining oliy hukmdori bo'lgan. Ulug'bek Mirzo davrida mamlakatda ilm-fan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, me'morchilik keng rivojlandi. Mirzo Ulug'bek tabiiy fanlar qatorida musiqa ilmi, adabiyot bilan shug'ullangan, ko'proq astronomiya bilan shug'ullansa ham ba'zida she'r yozib turgan" - deya ta'kidlaydi. Bundan tashqari, Alisher Navoiy Mirzo Ulug'bekni o'zining dostonlarida, xususan, "Farhod

va Shirin" dostonida ham tilga olib, uning faoliyatiga yuqori baho berib o'tgan [1, -402 b.].

Mirzo Ulug'bekning adabiyotga bo'lgan munosabati, she'riyat ahlini sevishi hamda ularni munosib taqdirlashi haqida Abu Toxirxojaning "Samariya" hamda Faxriy Heraviyning "Ravzat us-salotin" asarlarida ham uchratish mumkin [2, - 6 b.]. Shu o'rinda aytish mumkinki, XV asr birinchi yarmida Movarounnahrdagi adabiy muhit va badiiy adabiyotning rivojida Mirzo Ulug'bekning qo'llab-quvvatlashi va rag'batlantirishi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Abdurazzoq Samarqandiy ta'riflaganidek, uning davrida nafaqat Movarounnahr, Samarqand balki Hirot ham sharqning yirik madaniyat markaziga aylangan [3, - 49 b.]. Ma'rifatparvar hukmdor Mirzo Ulug'bek tomonidan qaratilgan e'tibor tufayli barcha ilm ahllarining erkin faoliyat yuritishga imkoniyat yaratilgan va davlat XV asrdagi madaniyat o'chog'i vazifasini bajargan.

Mashhur tazkiranavis shoir Davlatshoh Samarqandiy o'zining "Tazkirat ush-shuaro"(Shoirlar zikri) asarida Mirzo Ulug'bek haqida "...olim, odil, g'olib va himmatli podshoh Ulug'bek ko'ragon yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi. Uning davrida olim-u fuzalolarning martabasi nihoyatda baland ko'tarildi. Ulug'bek handasa(geometriya) ilmida Ptolomey kabi edi. U yulduzlar ilmini chuqur egallagan. Samarqandda bir oliy madrasa barpo etdiki, bezagi, afzalligi va ulug'vorligi jihatidan unga o'xshash yetti iqlimda ham yo'qdir. U Samarqand va Movarounnahrni qirq yil mustaqil idora etib, saltanatni boshqarish, adolat va insofda barchaga maqbul yo'l tutar edi. Mirzo Ulug'bek davri olim-u fuzalolarning fikricha, islomiyat olamida Iskandar Zulqarnayn zamonidan shu paytgacha Ulug'bekdek olim va podshoh mamlakatni boshqarmagan" [2, - 10-11 b.] - deb Mirzo Ulug'bekning olimlik va podshohlikni bir shaxsda mujassamlashtirgan tarixdagi kam sonli siymolardan biri ekaniga urg'u berib o'tgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur "Bobumoma" asarida Shoxrux Mirzo davlatining Movarounnahr viloyatini Mirzo Ulug'bek boshqarganini she'riy tarzda ifodalar ekan, uning podshoh sifatidagi faoliyatiga emas, balki ilm-fan va madaniyat homiysi, rahnamosi sifatidagi faoliyatiga yuksak baho beradi [4, - 58 b.].

"Bobumoma" da Mirzo Ulug'bek qurdirgan imoratlariga alohida urg'u berib o'tilgan. Ayniqsa, Samarqandda Mirzo Ulug'bek tomonidan barpo ettirilgan imorat va bog'lar haqida "mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur" deb ta'kidlanadi. Shu bilan birga Mirzo Ulug'bek davrida qurilgan madrasa va xonaqohlarning ulug'vor gumnazlari, xammomlari va bunday xammom Xuroson va Samarqandda boshqa takrorlanmasligi haqida so'z yuritilar ekan Samarqand madrasasining janubida qurilgan masjidi Muqatta haqida "Muqatta derlarkim, qit'a-qit'a yig'ochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoy naqshlar solibturlar, tamom devorlari va

saqfi ushbu yo'sindadur" [4, - 56 b.] deb masjidning o'ziga xos uslubda qurilganini ifodalab o'tgan.

Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarining birinchi qismi nihoyasida dunyo mamlakatlarining to'rtdan bir qismi Chingizxon avlodlari qo'li ostida bo'lgan mamlakatlar tarixi hamda mo'g'ul xoqonlari haqida ishonchli roviylardan eshitganlari va ba'zilarini o'z ko'zi bilan ko'rganlarini yozishga kirishganligini aytadi. Shu o'rinda, Mirzo Ulug'bek ham o'zi yozgan "tarix"ni "Tarixi arbaa ulus" ya'ni "To'rt ulus tarixi" deb nomlagan tarixnavis olimligini alohida ta'kidlab o'tgan[6, - 220 b.]. Yana ushbu asarda Mirzo Ulug'bek odil hukmdor sifatida Movarounnahrni boshqarganligi va riyoziyot ilmining yetuk olimi sifatida "Ziji Ko'ragoniy" jadvalini yaratgani hamda ilmiy faoliyat bilan Samarqandda barpo ettirgan rasadxonasida shug'ullangani haqida ham tilga olingan [6, - 123 b.]. Mirzo Muhammad Haydarning ham yozganlaridan bilish mumkinki, Mirzo Ulug'bek o'z zamonasida avvalo hukmdor sifatida emas, balki olim, mamlakatda turli fan sohalarining rivojlanishiga hissa qo'shuvchi davlat arbobi sifatida e'tirof etilgan.

Mirzo Ulug'bek nomi Yevropa va G'arb mamlakatlarida ham mashhur bo'lib, Ispan elchisi Rui Gansales de Klavixo "Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayohat" nomli kundaliklarida bir qancha ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug'bek yoshligidan davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashgan. Masalan, 1404-yilning kuzida Amir Temur "yetti yillik yurish"ining g'alabasini nishonlab, Samarqand atrofida Konigil bog'ida o'tkazilgan sayllarida Ulug'bek Ispaniya va Xitoy elchilarini bobosi tomonidan qabul qilish marosimida guvoh bo'lib, sohibqiron tomonidan elchilami qabul qilishda Temuming yosh nabiralariga elchilar qo'lidan yorliq-nomalarni olib, eltib berish va elchilami Amir Temur oldiga yetaklab olib kirish kabi vazifalar bajarganini yozib qoldirgan [7, -156-168 b.]. Rui Gansales de Klavixoning bunday ta'riflaridan bilish mumkinki, yosh Mirzo Ulug'bek davlat tadbirlarida, diplomatik-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Mirzo Ulug'bek qirq yillik hukmronligi davrida mamlakatda ilm-fanning turli sohalariga, qurilish-me'morchilik, obodonchilik ishlariga katta e'tbor qaratgan. Uning o'zi ham serqirra olim sifatida astronomiya, matematika, gemetriya, adabiyot, musiqa, tarix kabi fan sohalarining rivojiga bevosita o'z hissasini qo'shgan o'rta asrlarning yirik olimi bo'lgan. Mirzo Ulug'bek shaxsi va uning ilmiy-ma'naviy merosi bugungi globallashuv davrida ham aktualligini saqlab qolgan.

Adabiyotlar:

1. Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. Тула асарлар туплами. -Тошкент: Гофур Гулом, 2011. - 402 б.

2. Амир Темур ва Улугбек замондошлари хотирасида. Б.Ахмедов тахрири остида. -Тошкент: Укитувчи, 1996. - 6, 10, 11 б.

3. Ахмедов А. Улугбек (хаёти ва фаолияти). - Тошкент: Фан, 1991. - 49 б.

4. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. - Тошкент: O'qituvchi, 2008. - 56, 58 б.

5. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008. - 46 б.

6. Мирзо Мухаммад Хдйдар. Тарихи Рашидий. - Тошкент: Шарк, 2010. -123, 220 б.

7. Руи Гонсалес де Клавихо. Самаркандга - Амир Темур саройига саёхат кундалиги (1403-1406 йиллар). - Тошкент: O'zbekiston, 2010. - 156-158 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.