Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEKNING MAORIF TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI'

MIRZO ULUG‘BEKNING MAORIF TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
98
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Hamrayeva F.D.

Jahon sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojlanishi qadimgi davrga borib taqaladi va uyg‘onish davrining ikkinchi to‘lqini davrida u o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sharqning ikkinchi renessansi davri bo‘lmish XIV – XV asrlarda dunyo tarixida va islom madaniyatida ijod etgan mutafakkir va qomusiy olim, dunyo miqyosda eʼtirof etilgan buyuk mutafakkir , astronomiya fanining dahosi, va buyuk davlat arboblari orasida temuriy shahzodalardan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning o‘rni beqiyosdir [1, B. 91-93]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEKNING MAORIF TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI»

MIRZO ULUG'BEKNING MAORIF TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI

Hamrayeva F.D.

O 'zbekiston tarixi davlat muzeyi "Mojizalar olamida bolalar" bo 'limi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11159902 Jahon sivilizatsiya markazlaridan bin bo'lgan Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojlanishi qadimgi davrga borib taqaladi va uyg'onish davrining ikkinchi to'lqini davrida u o'zining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Sharqning ikkinchi renessansi davri bo'lmish XIV - XV asrlarda dunyo tarixida va islom madaniyatida ijod etgan mutafakkir va qomusiy olim, dunyo miqyosda e'tirof etilgan buyuk mutafakkir , astronomiya fanining dahosi, va buyuk davlat arboblari orasida temuriy shahzodalardan biri bo'lgan Mirzo Ulug'bekning o'rni beqiyosdir [1, B. 91-93]

"Zij" asarini kirish qismida olimning to'liq "Ulug'bek ibni Shohruh ibn Temur Ko'ragon" deb yozilgan. Muhammad Tarag'ay Mirzo Ulug'bek shuhrati jahonga taralgan temuriyzoda olim, ma'rifatparvar podshoh hisoblanadi. U 1394-yilning 22-martida Eronning g'arbida joylashgan Sultoniya shahrida bobosi Amir Temurning harbiy yurushlaridan birida Mordin qal'asi qamali paytida tavallud topgan. Ulug'beknin tug'ulganlik habaridan hursand bo'lgan Amir Temur Mordin qal'asi qamalini to'xtatib, qal'a ahliga qo'yilgan barcha talablarni bekor qiladi [3, B. 8-9]. Ulug'bek tarbiyasi bilan Amir Temurning o'zi alohida shug'ullanadi. Amir Temur Mirzo Ulug'bekni doimo o'zi bilan hatto-ki, harbiy yurushlarda ham yonida birga olib yurar edi. Ulug'bekning yoshlik chog'laridan ilm-fanga ayniqsa, "zij" ilmiga chuqur ishtiyoqi bor edi [2, B. 41].

Mirzo Ulug'bek yoshligidan ilm-fanga o'ta qiziqqanligi va kitoblarga bo'lgan mehri bilan boshqa temuriy shahzodalardan ajralib turgan. Ustozlaridan olgan bilimlarini mustahkamlab, yana ko'plab yangi bilimlarni egallash asnosida bo'lajak hukmdorning ongu shuuri tobora fan bilan bog'lanib bordi.

Bobosi o'limidan keyin otasi Shohrux Mirzo 1409- yili o'g'li Ulug'bekga Movarounnahr boshqaruvni topshiradi. Shu tariqa, yosh olim davlat boshqaruv ishlari bilan shug'ullana boshlaydi [7,B.34]. Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Ulug'bek davlat boshqaruvi jilovini o'z qo'liga 17 yoshda olganligi, uning davlatni idora qilish bobida ham katta iroda va qobiliyat sohibi, tug'ma hukmdor bo'lganligidan dalolat beradi. Chunki qobiliyatsiz hukmdor hech qachon Ulug'bek kabi davlatni 40 yil davomida boshqara olmaydi [8, B.52]. Ulug'bek hukumdorligi davri Movarounnaxrda ta'lim ,ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi yuqori cho'qqiga ko'tarildi. Bunga sabab, Mirzo Ulug'bek maorif tizimini

rivojlantirmasdan davlat hokimiyati idoralarini samarali faoliyat olib borishi, iqtisodiyot, fan va madaniyatni yuksalishi uchun qulay muhit yaratib bo'lmasligini yaxshi tushungan. Uning tashabbusi bilan 1417 yil Buxoroda, 1420 yili Samarqandda va 1433 yillarda G'ijduvonda madarasalar barpo etildi [5, B.12-15].

Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek tomonidan asos solingan Samarqanddagi ilmiy maktab Movarounnahrning dovrug'ini jahonga yoydi. Bu maktab nafaqat o'quv muassasi, balki, o'sha davrning akademiyasi edi [1, B.62]. Akademiyada 200 nafardan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ularning qatorida fan rivojiga katta hissa qo'shgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy va Alauddin Ali ibn Muhammad (ali-Qushchi) kabi mutafakkirlar bo'lgan [9, B.220]. Samarqandni barcha ilmga intilgan yoshlar uchun jozibador markazga aylanishida Mirzo Ulug'bekning sa'y-harakatlari zoe ketmadi.

Rivojlangan ilmiy faoliyat, ma'rifatparvarlikka berilayotgan e'tibor va Movarounnahrning ilm-fan markazlaridan biriga aylanganligi to'g'risida G'iyosiddin al-Koshiy bir maktubida otasiga quyidagicha yozgan edi: "Hozir Samarqandda eng mashhur olimlar va hamma fanlarni o'rgatuvchi mudarrislar yig'ilgan bo'lib, ularning ko'pchiligi matematiklardir. Shuningdek, bu yerga ko'pgina astronomlar ham yig'ilishgan" [3, B.11].

Shuni ta'kidlash kerakki, Mirzo Ulug'bek maorif tizimida ham katta islohatlar olib bordi va ta'limni odatiy ta'lim maskanlaridan farqli o'laroq tolibi ilmlarni mustaqil fikrlashga o'rgatishga, o'z bilimlarini erkin namoyon qilishga yo'naltirdi [4, B.6-8]. Ta'limga bunday yangicha yondoshuvni joriy qilishdan asosiy maqsad talabalarda yangi bilimlarni olishga bo'lgan qiziqishni oshishiga va eskicha o'qitish tizimidan voz kechish edi.

Doimiy ravishda o'quv qo'llamalari madrasada yangilanib borilgan. Mirzo Ulug'bek yetakchi mudarrislar va shogirdlari bilan birgalikda yangi o'quv adabiyotlarini yaratganlar hamda arab tilidan darsliklarni fors tiliga tarjima qilib o 'quv jarayoniga j oriy qilganlar.

Mirzo Ulug'bek ta'lim jarayonini isloh qilish asnosida mudarrislar va talabalar uchun qat'iy dars jadvalini joriy qildi. Kim bo'lishidan qat'iy nazar, agar dars sababsiz qoldirilsa talaba nafaqadan mudarris maoshdan mahrum qilinardi. mudarris tomonidan dars jarayoni buzilsa yoki talab darajasida bo'lmasa u qattiq jazolanardi [6, B.1].

Madrasaning o'quv dasturidan ulumi naqliya va ulumi aqliyaga daxldor fanlar o'rin olgan. Ulumi naqliya guruhiga kiradigan ilmlardan Qur'oni karim, Hadisi sharif va fiqhni chuqur o'rganish nazarda tutilgan. Ularga yozilgan tafsir va sharxlar, shuningdek, kalom ilmi, tasavvuf ilmlari ham o'rganilgan. Bu ilmlarning mohiyatini xar tomonlama chuqur tushunishga erishish maqsadida arab tili sarf va naxvi

(grammatikasi) xam batafsil o'гganilgan. Natijada talabalar o'z ona tillaгi bilan bir qatoгda aгab tilini xam mukammal biladigan, keyinchalik esa o'z asarlarini ana shu tilda yozadigan bo'lib yetishganlaг. Ulumi aqliyaga aloqador fanlaгdan falsafa, mantiq, matematika, astronomiya, algebгa, she,гiyat nazariyasiga doiг asarlardan taqsil berilgan [6, B.2-3].

O'quv jarayoni uch bosqichdan iboгat bo'lgan. Madrasaga qabul qilingan tolibi ilmlarning bilim saviyasi - darajasi aniqlanib, ular uch guruxga - a'lo (yukoгi), avsat (o'гta), adno (past)ga ajratilgan [2, B. 45-47]. Bu o'rinda shuni eslatish xam joizki, tolibi ilmning qaysi guruhga mansubligini aniqlash maqsadida ular imtixon qilinganlar. Imtixonni mavlono Qozizoda Rumiy rahbarligida maxsus xay'at o'tkazgan. Bu marosimga ba'zan Miгzo Ulugbek ham qatnashgan.

Madrasani bitirgan tolibi ilmlarga mudarrislik qilishi mumkinligini bildiruvchi ijozatnoma(diplom)lar berilgan va bosh mudarris tomonidan tasdiqlangan. Mirzo Ulugbek madrasasini tugatganlik xaqidagi ijozatnoma o'sha davr Shaгq o'lkalaгida tan olingan rasmiy xujjat hisoblangan. Bu esa, o'z navbatida, mazkur madrasaning Shaгq dunyosida tutgan yuksak mavqei va e'tiboridan dalolat beradi [8, B.37].

Mirzo Ulug'bek davlat isЫaгi bilan Ыг qatorda ilm-fan bilan ham shu'gullana boshlaydi va falakiyot ilmiga oid "Ziji jadidi ko'ragoniy" (bu asar keyinchalik Shaгq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarini o'zida mujassamlashtirgan, uni yangi dalillar bilan boyitgan ulkan kashfiyot sifatida butun dunyoga tanildi), tarix fani ilmiga oid "Tarixi arba ulus" (unda bir vaqtlar Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning XIII asr - XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy hayoti aks ettirilgan) kabi asarlarning muallifiga aylanadi. Mirzo Ulug'bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlik darajasini birgalikda olib bordi [5, B.17].

Mirzo Ulug'bek zamondoshi G'iyosiddin Koshiyning yozishiga ko'ra, Mirzo Ulug'bek o'ta zukko va juda ilmli shaxs bo'lib, Qur'oni Karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson, fiqh, mantiq, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bilgan qomusiy olim bo'lgan.

Darhaqiqat, Temuriy hukmdorlar ichida ilm-fan, ma'rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs - bu o'zi ham buyuk olim bo'lgan Mirzo Ulug'bek hisoblanadi. U qoldirgan boy ilmiy-ma'rifíy meros bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning boy tarixi asta sekinlik bilan tiklanib, olimning ilmiy me'rosini o'rganishga bo'lgan talab ham ortib bordi va bu kabi ilmiy ishga qo'l urmoqchi bo'lganlar ham talaygina edi.

Mashhur o'rta Osiyo tadqiqotchisi Mirzo Ulug'bek "Zij"ining to'liq va mukammal holda, ilmiy izohlar bilan ta'minlangan tarjimasini A.Ahmedov 1994-yilda amalga oshirib nashr ettirdi va ilmiy izlanishlar pirovardida shu holasaga keldi: Shaxsiy qobiliyatlar, ajoyib xotira va bilimlarning asta-sekin to'planishi Ulug'bekning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini rivojlantirdi. Uning chuqur izlanishlar va o'z ustida muntazam ravishda olib borilayotgan ishlar natijasida Ulug'bek ko'plab zamondoshlarini ortda qoldirib, ulkan bilimga ega shahs sifatida maydonga chiqdi.

Mashhur ajdodimiz Mirzo Ulug'bekning Vatan oldidagi xizmatlari munosib taqdirlangan holda Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyati keng miqiyosda o'rganildi va uning nomini ulug'lash maqsadida Samarqand davlat me'morchilik-qurilish institutiga, Farg'ona davlat universitetiga, Toshkent davlat Milliy universitetiga Mirzo Ulug'bek nomi berildi. Dunyo faniga qo'shgan katta hissasiga ehtirom sifatida Mirzo Ulug'bekning nomi fazoda ham abadiylashtirilgan. Nemis olimi N.Meller (1749-1874) tashabusi bilan Oydagi kraterlardan biriga Ulug'bek nomi berilgan.

Bir so'z bilan aytganda, ona yurtni dovrug'ini butun olamga yoygan olim shu muqaddas zaminda minnatdor avlodlari tomonidan qadrini topdi.

Biz, bugungi avlod buyuk bobomizning betakror ijod mahsuli bilan faqat faxrlanishimiz kerak.

Adabiyotlar:

1. Мирзо Улугбекнинг жахрн илм-фани ривожига кушган хдссаси. Мирзо Улугбек таваллудининг 615 йиллиги ва 2009-Халкаро астрономия йилига багишланган халкаро илмий конференция материаллари - Самарканд, 9-11 июнь 2009 й. Тошкент - Самарканд, «Фан» нашриёти. 2009.

2. Б.Ахмедов / Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи.- Тошкент: Чулпон, 1994.

3. Санакулов А., Х,андамова М., Мамараимов Кузибой. Амир Темур салтанатининг донишманд вориси. Тошкент: Навруз, 2014.

4. Абдурахмонов А. Улугбек академияси. Тошкент: Комуслар Бош тахририяти, 1993.

5. Кори-Ниёзий Т.Н. Улугбек ва унинг илмий мероси. Тошкент, «Узбекистон» нашриёти, 1971.

6. Cуюнова К. Улугбек академияси ва унинг жахон фанининг ривожига кушган хиссаси. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12.

7. Бартольд В.В. Улугбек и его время. Петроград, 1918.

8. Кары-Ниязов Т.Н. Астрономическая школа Улугбека. Москва, 1950.

9. «Улугбег (Улугбек) Мухаммед Тагай (1394-1449) - среднеазиатский гос. деятель, просветитель, астроном, математик и поэт. Внук Тимура. С 1409 г. - правитель Самарканда.» - Самойлович А. Н. Избранные труды о Крыме. -Симферополь: Доля, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.