Научная статья на тему 'TEMURIY SHAHZODALAR YOZMA MANBALAR TALQINIDA'

TEMURIY SHAHZODALAR YOZMA MANBALAR TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jahongir Mirzo / Qamariddin / Umarshayx Mirzo / Fors viloyati / Mironshoh Mirzo / Rui Gonzales de Klavixo / Shohrux Mirzo / shaxsiy kutubxona. / Jahangir Mirza / Qamariddin / Umarshaikh Mirza / Persian region / Mironshah Mirza / Rui Gonzalez de Clavijo / Shahrukh Mirza / private library.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Husinov, Faxriddin Fayzullayevich

Amir Temur va temuriylar saltanati davlatchiligimiz tarixining eng yorqin sahifasidir. Mazkur maqolada temuriy shahzodalar hayoti va faoliyati haqida manbalarda keltirilgan ayrim ma’lumotlar tahlilga tortilgan. Zero, temuriy hukmdor va shahzodalar o’z davri tarixini yoritishga xizmat qilguvchi juda ko’plab asarlarga homiylik qilishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEMURI PRINCES IN THE INTERPRETATION OF WRITTEN SOURCES

Amir Temur and the reign of the Timurids are the brightest page in the history of our statehood. In this article, some information about the life and activities of the Timurid princes, given in the sources, is analyzed. After all, the Timurid rulers and princes sponsored many works that served to illuminate the history of their time.

Текст научной работы на тему «TEMURIY SHAHZODALAR YOZMA MANBALAR TALQINIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TEMURIY SHAHZODALAR YOZMA MANBALAR TALQINIDA

Husinov Faxriddin Fayzullayevich

Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Amir Temur va temuriylar saltanati davlatchiligimiz tarixining eng yorqin sahifasidir. Mazkur maqolada temuriy shahzodalar hayoti va faoliyati haqida manbalarda keltirilgan ayrim ma'lumotlar tahlilga tortilgan. Zero, temuriy hukmdor va shahzodalar o 'z davri tarixini yoritishga xizmat qilguvchi juda ko 'plab asarlarga homiylik qilishgan.

Kalit so'zlar: Jahongir Mirzo, Qamariddin, Umarshayx Mirzo, Fors viloyati, Mironshoh Mirzo, Rui Gonzales de Klavixo, Shohrux Mirzo, shaxsiy kutubxona.

ABSTRACT

Amir Temur and the reign of the Timurids are the brightest page in the history of our statehood. In this article, some information about the life and activities of the Timurid princes, given in the sources, is analyzed. After all, the Timurid rulers and princes sponsored many works that served to illuminate the history of their time.

Key words: Jahangir Mirza, Qamariddin, Umarshaikh Mirza, Persian region, Mironshah Mirza, Rui Gonzalez de Clavijo, Shahrukh Mirza, private library.

KIRISH

XX asr so'ngida umumjahon siyosatini o'zgarishi, millatlarning milliy uyg'onishlari kuchayishi natijasida yurtimizda tarixiy xotiraga e'tibor kuchaydi. Xalqimiz boshiga tushgan qo'rquvparast ruhiy muhitdan qutulmoq, qudratli qo'shni davlatlar siyosatining qurboni bo'lishdan saqlanmoq, zamonaviy taraqqiyot yo'lida tez rivojlanmoq imkoniyatlari yaratildi.

Sohibqiron Amir Temur va uning o'g'illari hayot faoliyati va hukmronligi haqida ko'plab tarixiy asarlar yozilgan. Jumladan, "Temur tuzuklari", Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fit tarixi Taymur", G'iyosiddin ali Yazdiyning "Ro'znomai g'azovoti Hindiston", Muiniddin Natanziyning "Muntaxab ut tavorix" asarlari hisoblanadi. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan asarlarning deyarli hammasi fors tilida yozilgan. Arab tilida nisbatan kamroq asarlar yozilgan bo'lsa-da, lekin Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fit tarixi Taymur" asari arab tilida yozilgan va bu davr bo'yicha alohida ahamiyatga ega. Qisqacha "Amir Temur tarixi" nomi bilan mashhur bo'lgan bu asar Amir Temur va uning faoliyatiga doir arab tilida yozilgan yagona asar hisoblanadi. Bu asar tanqidiy ruhda yozilgan bo'lsa-da,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Sohibqironning hayoti va faoliyati, o'sha davrdagi ilmiy, madaniy hayot, obodonchilik, bunyodkorlik ishlari haqida qimmatli ma'lumotlar bergan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixiy manbalarda Amir Temurning to'rtta o'g'li: Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo va ikkita qizi Oqa Begim va Sulton Baxt Begim haqida ma'lumotlar uchraydi. Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida Amir Temurning yana ikki nafar o'g'li bo'lganligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Ular Jahonshoh (1367 yilda tug'ilgan) va Ibrohim Sulton (1384-1385) lar bo'lib, afsuski go'dakligida vafot etishgan. Amir Temur padari buzrukvor sifatida hayotlik davridayoq oltita farzandining uchtasidan ayriladi. Bu orada yana zavjasidan, sevimli opasi Qutlug' Turkon og'odan ayrilib qoladi. Aynan Kesh shahrida qurilgan Oqsaroy (hozirda ham mavjud) ni opasiga bag'ishlab barpo ettirdi. Sohibqiron Amir Temurga, ayniqsa, uning katta o'g'li Jahongir Mirzoning (1377 yil) vafot etishi nihoyatda katta zarba bo'lgan.

Jahongir Mirzo Amir Temurning to'ng'ich o'g'li edi. U 1356 yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahrida tug'ilgan. Xondamirni ma'lumot berishicha, onasi Turmish og'a (Nurmushk) Amir Joku barlosning qizi edi. Turmish og'a 27 yoshida olamdan o'tgan. Jahongir Mirzo otasi Temurga o'xshab bir so'zli, qat'iyatli va jasur bo'lgan. U yosh bo'lishiga qaramay, harbiy ilmdan yaxshigina xabardor bo'lib, otasi Amir Temurning harbiy yurishlarida o'ziga topshirilgan qo'shin qismlariga mohirona boshchilik qilgan. Amir Temurning Sharqiy Turkistonga qarshi qilgan yurishlarining (1370-1376) uchtasida, shuningdek, Xorazmga qilgan yurishlarida Jahongir Mirzo faol qatnashadi. Sohibqiron jangda yengilib qochgan amir Qamariddinning izidan ta'qib etishni Jahongir Mirzoga topshiradi. Jahongir Mirzoning Qamariddinga qarshi urushi Nizomiddin Shomiy asarida quyidagicha tasvirlangan: Shavvol oyining avvalida (1376 yil 23 fevral) Sohibqiron yana lashkarni hozirlashga buyurdi va g'alaba yor lashkarni tartibga keltirdi. Amirzoda Jahongirni lashkarga mang'loy etib, Shayx Muhammad va Odilshohni u bilan jo'natdi. Ular Jorunqo mavzeiga yetgach, xabar keltirish uchun bir kishini xabarchi etib yubordilar. U borib ahvolni bilgach, ushbuni ma'lum qildi: "Qamariddin Ko'ktepa mavzeida lashkarlarini to'plab turibdi, ammo sizni kelayotganizdan xabari yo'q. U Xojibekni kutmoqda"..Amirzoda Jahongir zo'r shavkat va ko'p lashkar bilan ko'p saflarga tizilgan holda (yosomishi qilib) yaqinlashdi va g'anim qarshisiga kelib turdi, ammo (Qamariddin) ketma-ket kelayotgan lashkarlarni va ularning ko'psonliligini ko'rib, dahshat va qo'rquv unga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

g'olib keldi va qochishga yuz tutdi"1. Aynan Jahongir Mirzo shu jangdan g'alaba qozonib, Samarqandga qaytib kelgandan keyin og'ir kasallikka chalinib vafot etdi.

Jahongir Mirzoning xotinlari va o'g'illari haqida Sharofiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"da quyidagicha xabar beradi: "Shahzodaning yoshi yigirmada erdi va andin ikki o'g'ul qoldi, amirzoda Muhammad Sulton, Xonzodadin tug'ub erdi va amirzoda Pir Muhammad, Baxt Malik og'okim, Ilyos Yasuriyning qizi erdi, andin tug'ub erdi. Shahzoda o'lgandin so'ng qirq kun o'tub erdikim, mutavallud bo'ldi. Shahzodaning vafot bo'lg'on tarixi yetti yuz yetmish yettida lu yilda erdi (1376)"2.

Mavlono Nizomiddin Shomiy Amirzoda Jahongir Mirzoning o'limini quyidagicha tasvirlagan: Shu o'rtada Xudo yarlaqagur amirzoda Jahongir - yotgan yeri yumshoq bo'lsun, o'limi haqida xabar keltirdilar. Jahon fig'onu nola bilan to'ldi. Jami xaloyiq boshyalang, palos yopingan holda Sohibqiron istiqboliga chiqdilar. Alhaq ularni yosh ketganligiga qari falak ham yig'i boshladi. Amir sohibqiron bu azada navjavonu pahlavonu kamron farzandi firoqida ko'zi giryon, bag'ri biryon bo'lib, ayriliqning achchiq sharbatidan kosa kosa ichdi, motam va musib at libosini kiydi" Amirzoda Jahongir Mirzo Kesh shahrida dafn etildi va Sohibqiron tomonidan qabrni ustida maqbara qurildi. Bu maqbara hozirda ham mavjud.

Umarshayx Mirzo Sohibqironning ikkinchi o'g'li. U 1366 yilda dunyoga kelgan. Umarshayx Mirzoning onasi To'lin og'adir. Umarshayx Mirzo ham akasi Jahongir Mirzoga o'xshab mohir sarkarda va jangchi edi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Umar Shayx Mirzo yoshligidanoq xarbiy ishlarga iqtidori yuksak bo'lib, mohir chavandoz va tolmas jangchi bo'lib yetishgan. Shu bois bo'lsa kerak, uning jangovarlik faoliyati haqida ko'pgina rivoyatlar yozib qoldirilgan. Umarshayx Mirzo Farg'onada mo'g'ullarga qarshi ko'pgina janglarda ishtirok etgan. Uning shaxsiy hayotiga doir tarixiy ma'lumotlarga qapaganda, u o'zining mardligi bilan Sohibqiron qo'shinida ustuvor sarkarda bo'lgan. 1370 yilda Sohibqiron Amir Temur va Amir Husayn o'rtasida bo'lib o'tgan jangda endigina 16 yoshga to'lgan Umarshayx Mirzo jangga kirib, jasorat ko'rsatgan. Bu jangda Umarshayx Mirzo oyog'idan jarohat olganligini Sharofiddin Ali Yazdiy quyidagicha tasvirlaydi: "shahzoda Umarshayxkim, yoshi o'n oltida erdi, maydon ichra kirib, shijoat va pahlavonlik ko'rsatdilar. Ammo qazodin bir o'q kelib ayog'iga tegdikim, ul yuzidin bu yuzig'a o'tti. Bir jarroh kelib shishni qizartib, o'shul o'q tekkan yerni dog'ladi. Ul shahzodayi oliymiqdor bovujud ulkim, kichik yoshliq erdi, tahammul etib, o'zga aslo keturmadi va yana tonglasi ikki tarafdin urush bo'lub, Husaynbekning bahodurlari shahardin chiqishib urishtilar".

1 Низомиддин Шомий. Зафарнома. -Тошкент, 1996. -Б. 96-97.

2 Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома /Сузбоши, табдил, изо^лар ва курсаткичлар муаллифлари: Ашраф А^мад, Х,айдарбек Бобобеков. -Тошкент: Шарк, 1997. -Б. 80.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, 1393 yilda Sohibqiron Amir Temur Umarshayx Mirzoni Fors viloyatini zabt etish ishiga mutasaddi qilib tayinlaydi3. Amir Temur tomonidan Fors hududlari Umarshayx Mirzoga tortiq qilingan edi.

1394 yilda Umarshayx Mirzo Kurdistondan o'tib borayotganida yo'l chekkasida kichkinaroq qal'aga ko'zi tushib qoladi. Bu qal'ani nomi Harmati deb atardilar. Umarshayx Mirzo bu qal'ani yaqindan tomosha qilish maqsadida tepalik ustida chiqdi. Nogahon shu qal'ani ichidan otilgan o'q Umarshayxni qulog'i ostidagi ko'k tomiriga tegib shahzoda shu zahotiyoq halok bo'ldi4. Uning jasadi Sherozga olib kelinib, shu yerda dafn etildi. Keyin bir necha muddat o'tgach uning jasadi Sherozdan Keshga olib kelinib, temuriylar dahmasiga dafn etildi. Amirzoda Umarshayx bahodirni halok bo'lishi Amir Temurni yana motam to'nini kiyishga majbur qildi. Mavlono Nizomiddin Shomiyda bu voqyea uchun o'z asarida alohida bob ajratgan va quyidagicha ko'rsatib o'tgan: "Amirzoda ta'ziyasi va motami jahon xalqining yoqasidan tutdi, xaloyiqni dili biryon-u ko'zi giryon bo'ldi".

Mironshoh Mirzo 1366 yilda tavallud topgan. Sohibqironni Menglibeka oqa Joniqurboniydan tug'ilgan farzandi. Amirzoda Mironshoh Mirzo 1380 yilda 14 yoshidayoq Amir Temurning Xuroson yurishida qatnashgan. Bu haqida Sharofiddin Ali Yazdiy o'z asarida alohida bob ajratgan va quyidagicha tasvirlagan: "Eron sari mutavajjih bo'lub, sichqon yilida farzandi arjumandi mirzo Mironshohkim, o'n to'rt yoshida erdi, Xuroson viloyatining hukumatig'a muqarrar bo'ldi. Hoji Barlosbek bilan Hoji Sayfuddinbek va Oq Bo'tabek va Usmonbek va Muhammad Sulton va Xumori, Tamukanung inisi va Tobon Bahodur va O'rus Bug'a, Sari Bug'aning inisi va Pir Husayn Barlos, Musabek o'g'li Hamza va Muhammad va Sariq Atka, Uch Qaroning o'g'li Muzaffar va o'zga beklar ellik qo'shun cheriki bila otlanib, hazrat shahzodaning mulozimatida barchani Xuroson viloyatig'a yibardi. Shahzoda hukm yo'suni bila amal qilib, qalin cherik bilan hazrat Izad taolo panohiga sig'inib, Eron sori mutavajjih bo'ldilar"5.

1393 yilda Sohibqiron Eron, Iroq va Kavkazorti hududlarini Amirzoda Mironshohga topshirdi. U mard va jasur bo'lishi bilan birga juda ham ayyor, mayxo'r va maishatga berilgan kishi edi.

1377 yilda akasi Jahongir Mirzo vafot etgach, uning xotini Xonzodabegim 1382 yilda Amir Temur tomonidan Mironshohga nikohlab berilgan. U Xonzodaga

3 ®aH3neB T. TeMypnräap ma^apacn. -TomKeHT, 1995. -E. 84.

4 OaH3HeB T. TeMypnräap ma^apacn. -TomKeHT, 1995. -E. 84-85.

5 fflapa^yggHH Ann Ha3gnn. 3a$apHOMa /Cy36omn, Ta6gnn, rooxrap Ba KypcaTKHH^ap Myaran^napn: Ampa$ A^Mag, X,angap6eK Eo6o6eKOB. -TomKeHT: fflaprç, 1997. -E. 88 - 89.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

uylangach otasi kabi "Ko'ragon" laqabini olgan. Halil Sulton Mironshohning Xonzodabegimdan bo'lgan farzandi bo'lgan.

Mironshoh Mirzo Sultoniya va Tabriz shaharlarini vayronaga aylantiradi. Sultoniya shahridagi eng chiroyli binolardan birini buzdirdi. Bundan asosiy maqsad o'zidan nom qoldirish edi. Buni eshitgan Sohibqiron Sultoniyaga kelib, Mironshoh va uning hamtovoqlarini o'limga hukm qildi. Sayyid Baraka, amir Shohmalik va bir necha amirlar qarshiligi tufayli o'z fikridan qaytadi. Bu haqida Klavixo "Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" asarida u bu haqda kengroq ma'lumot bergan: Sultoniya va Tabriz shaharlari, umuman, Eron pods holigi, avval Temurbekning katta o'g'li Mironshoh tasarrufida edi. Mironshoh bu yerlarda hokimlikdan mahrum etildi. Buning sababi quyidagicha: Mironshoh bu yerlarning podshosi bo'lib, otasi tomonidan taqdim etilgan ko'plab qo'shin va yasovullarga ega edi. U Tabrizga tashrif buyurganda g'alati bir qiliq chiqardi. "Hamma uylar, masjidlar va boshqa binolar buzib tashlansin" - deb buyurdi. Tabrizdan Sultoniyaga kelib, bu yerda ham hamma imoratlarni buzib tashlatdi. Shahardagi qal'aga kirib, otasining shu yerda saqlanayotgan xazinasining ancha qismini olib chiqib, o'z yasovullari va a'yonlariga taqsimlab berdi. Shahardan tashqarida, chekkaroqda bir boobro' zot tomonidan qurilgan qal'asimon maqbara bor ekan, bu zotning o'zi ham shu yerda dafn yetilgan. Mironshoh: "o'sha maqbarani buzib, undagi jasad qabrdan chiqarib tashlansin" - deb buyuradi. Ba'zi birovlar: " Mironshoh bularning hammasini jinnilik vasvasasi ta'sirida qilgan" - desa, boshqalarning gapiga qaraganda, Mironshoh "Men jahonda eng ulug' insonning farzandiman, bu shaharlarda o'limimdan keyin ham nom qoldiradigan qandaydir ishlarni amalga oshirmog'im kerak", - deydi o'ziga o'zi. So'ng nom qoldiradigan har xil ishlar haqida o'ylaydi. Pirovardida, dunyoda hozirgacha amalga oshirilgan ishlardan afzalroq biror narsa qilish mumkin emasligini anglaydi. " Nahotki, mendan hayotda biron xotira qolmasa?" - deb o'ziga savol beradi. Shundan keyin bunday qarorga keladi: O'limimdan keyin odamlar "Mironshoh o'zi hye^ narsa qurmadi-yu, biroq eng yaxshi inshootlarni barbod etti, deb aytsinlar", deb yuqorida zikr etganimiz binolarni buzib tashlashga buyruq berdi. Bu voqyeadan ogoh bo'lgan Temurbek Samarqanddan Mironshoh huzuriga qarab yo'l oldi. Otasining kelayotganini eshtgan Mironshoh bo'yniga sirtmoq solib, "bir qoshiq qonimdan keching" - deb afv so'rab, uning yo'liga peshvoz chiqdi. Otasi uni qatl etmoqchi bo'ldi, biroq qarindosh urug'lar va amaldorlar shahzodaning gunohidan o'tishini so'rab, shu qadar jon kuydirib yalinib yolvordilarki, pirovardida, Temurbek uning gunohidan o'tdi. Biroq Mironshohni saltanatdan mahrum etdi, ixtiyoridagi yerlar va qo'shinni undan tortib oldi. Temurbek Mironshohning o'g'li, o'ziga esa nevara bo'lgan Abubakr Mirzoni huzuriga chaqirib:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Otang gunohkor bo'lib qolganligi uchun, uning saltanati va mulkini senga taqdim etaman" - deydi. Nevarasi: "Davlatpanoh! Otamning hokimiyati va mulkini olishdan xudo saqlasin. Yaxshisi, qahringizdan tushib, hamma narsani uning o'ziga qaytarib bering", - deydi. Abubakr hokimiyatdan bosh tortgandan keyin Temurbek Mironshohning boshqa o'g'lini chaqirdi. U otasining saltanati va qo'shinini qabul qildi"6. Klavixo asarida Mironshohni Amir Temurning katta farzandi deb yozgan. Chunki u Samarqandga kelgan payt (1403 yil) Jahongir Mirzo (1377 yil) va Umarshayx Mirzolar (1394 yilda ) foniy dunyodan boqiy dunyoga o'tgan edilar.

1408 yilda Mironshoh Sardrud mavzeyida Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda halok bo'ldi va Surxobda dafn etildi. Ma'lum bir vaqt o'tgandan keyin, Shams G'uriy degan shaxs darvesh kiyimida borib, Mironshohni so'ngaklarini Surxobdan Keshga olib kelib, Temuriylar maqbarasiga dafn etadi. Keyinchalik uni xoki Keshdan Samarqandga keltirilib, Amir Temurning yoniga dafn etilgan7 . Olimlarning taxminlaricha, bu ish Abu Said Mirzo davrida amalga oshirilgan. Mironshohdan 6 nafar o'g'il va bir nechta qiz meros qolgan. O'g'illari: Abubakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton, Suyurg'atmish, Iyjal va Sulton Muhammad mirzolar edilar.

Sohibqiron Amir Temurning to'rtinchi o'g'li bu Shohrux Mirzodir. Amirzoda Shohrux Mirzo 1377 yil 20 avgustda tug'ilgan. Tarixchi Xondamirning bergan ma'lumotiga qapaganda, Shohrux Mirzoning onasi Tog'ay Turkon oqa bo'lib, Sohibqiron Amir Temurning xos kanizaklaridan bo'lgan. Keyinchalik o'z nikohiga kiritgan. Xondamir mazkur ma'lumotni Shohrux Mirzoning o'zi tuzdirgan «Nasabnoma»dan olinganligini ishora qilgan8. Tog'ay Turkon oqa avval Amir Husaynning haramida (xotini) bo'lgan. Keyinchalik 1370 yildagi Amir Temur va Amir Husayn o'rtasida bo'lib o'tgan jangda Amir Husayn mag'lubiyatga uchradi. Natijada Amir Husaynning haram malikalari Amir Temur haramiga o'tdi. Sohibqiron haramdagi malikalarni uchtasini Saroymulkxonim, Ulus oqa va Tog'ay Turkon og'alarni o'z nikohiga olgan. Qolgan malikalarni amirlariga taqdim etdi. Bu haqda Muhammad Ali "Ulug' saltanat"da quyidagicha tasvirlagan: Temurbek Amir Husayn haramidan yana ikki ayolni, Bayon Sulduzning qizi Ulus oqa bilan Tog'ay Turkon oqani o'ziga tanladi"9.

Rivoyatlarga ko'ra Shohrux tug'ilgan payt Sohibqiron shatranj (shaxmat) o'yini bilan mashg'ul bo'lgan. Shu payt qo'lini "ruh" donasiga cho'zganda, xabarchi kelib

6 Pyn roHcanec ge KnaBnxo. CaMaprçaHgra - ÂMnp TeMyp caponnra caëxaT KyHgannrn. -TomKeHT, 2010. -E. 116118.

7 ®aË3neB T. TeMypnnnap ma^apacn. -TomKeHT, 1995. -E. 169 - 170.

8 MyxaMMag Ann. ynyr canraHaT: ^axoHrnp Mnp30. 4-rçncM. -TomKeHT, 2014. -E. 170.

9 ®aË3neB T. TeMypnnnap ma^apacn. -TomKeHT, 1995. -E. 295.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yangi shahzoda dunyoga kelganini xabar berdi. Sohibqiron qo'lida ushlab turgan «rux» donasiga boqarkan, xayolida kulib ismi "Shohrux" bo'lsin degan ekan10.

Shohrux Mirzo 20 yoshgacha otasi sohibqiron yonida bo'lib, uning yurishlarida, jumladan, Falastin yurishida ham faol qatnashdi. 1397 yilda unga Xuroson, Seyiston va Mozandaron hokimligini topshiradi. Shu davrdan to 1405 yilgacha, ya'ni Amir Temur vafotigacha Xuroson hukmdori degan nom bilan kifoyalandi. Sohibqiron vafotidan keyin ota taxtini egallashga harakat qildi va Jahongir Mirzoning ikkinchi o'g'li Pirmuhammad bilan bitim tuzib, Halil Sultonga qarshi urishdi. Bu paytda Movarounnahr Mironshohning Xonzodadan tug'ilgan o'g'li Halil Sultonning qo'lida edi. 1408 yilda Pirmuhammad halok bo'ldi. Shohrux Mirzo yakka o'zi turli tuman makru hiylalar ishlatib kurashni davom ettirdi. Va nihoyat, 1409 yilda Shohrux g'alaba qozondi va Samarqand taxtini Halil Sultonning qo'lidan olib, Movarounnahr boshqaruvini o'zining to'ng'ich o'g'li 14 yoshli Mirzo Ulug'bekka topshirdi. Shu yildan boshlab Temuriylar saltanati ikki qismga - biri markazi Samarqand bo'lgan Movarounnahrni Mirzo Ulug'bek, ikkinchisi markazi Hirot bo'lgan Xurosonni Shohrux Mirzo boshqardi. Shoxrux va Ulug'bek Mirzolar davrida Temuriylar saltanati har tomonlama rivoj topdi. Xususan, ilm fanga katta e'tibor berildi. Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda obodonchilik ishlari olib borildi. Madrasa va masjidlar qurildi. Temuriylar davlatida astronomiya va matematika sohalarida erishilgan yutuqlar hammasi Ulug'bek nomi bilan bog'liqdir.

Shohrux Mirzo 40 yillik hukmronlik davrida Xurosonga tinchilikni o'rnata oldi. Shohruxni davrida davlat gullab yashnadi. Jumladan, uning davrida Hirotda qurilgan eng katta yodgorliklardan biri malika Gavharshod begim madrasasi hisoblanadi. Shohrux Mirzo kitobga o'ch kishi bo'lib, Hirotda o'zining boy shaxsiy kutubxonasi bo'lgan.

1466 yili Shohrux Mirzo o'z nevarasi, Qazvin, Ray va Qum viloyatlari hukmdori Sulton Muhammadga qarshi yurish boshladi. Mazkur harbiy yurishdan qaytayotganda Shohrux betoblanib, 1447 yili Ray viloyatida, 70 yoshida vafot etdi.

Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, Sohibqiron Amir Temur tarix zarvaraqlarida o'chmas iz qoldirdi. Shimolda Rus yerlaridan boshlab, Janubda Hindistongacha, sharqda Xitoydan boshlab g'arbiy qismi to O'rta Yer dengizigacha bo'lgan hududlarni o'z davlati tasarrufiga kiritdi va XIV - XV asrda eng katta imperiyaga aylandi. Tarixda o'tgan bironta buyuk zot Amir Temurga teng kela olmaydi.

Valiahd shahzoda Mirzo Muhammad Sulton vafotidan so'ng temuriy shahzodalar o'rtasida boshqaruvchilik qobiliyati, ijtimoiy-siyosiy va harbiy mavqyei

10 AMHP TeMyp ®a^OH Tapnxnga. -TomKeHT, 1996. -E. 147.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

boshqalardan keskin ajralib turadigan yaqqol yetakchi ko'zga tashlanmaganligi sababli Amir Temur qaliahd tayinlash masalasini ortga surib borgan. Taxt uchun da'vogar shahzodalar o'rtasida boshqaruvdagi tajribasi va yoshi kattaligi bilan Mirzo Pirmuhammadning, yirik amirlar, haram ahli va diniy ulamolar o'rtasidagi mavqyeining yuqoriligi sababli Mirzo Shohruxning, Xitoy yurishida jalb qilingan qo'shinning katta qismini boshqarayotganligi, hokimiyat uchun kurash jarayonida poytaxtga yaqin bo'lganligi uchun Xalil Sultonning imkoniyatlari yuqori bo'lgan.

Temuriylar davrida yaratilgan birlamchi manbalar asosida shahzodalar bunyodkorlik ishlarida xorijiy ilg'or tajriba va milliy ma'naviy qadriyatlar chambarchas bog'liq ravishda olib borilganligi, qurilishda avval mudoqaa, keyinchalik ijtimoiy binolar qurilishi tendensiyasi amal qilganligi, diplomatik munosabatlarning asosiy maqsadi savdo-sotiq va hamkorlik bo'lib qolmay, balki ilmiy va madaniy almashinuvlar, ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot bo'lganligini aniqlash mumkin. Islom dini va huquqshunosligi bo'yicha yetuk bilimdon bo'lgan Shohrux Mirzo va uning farzandlari marhum aziz avliyolar va ulamolarning qabrlari atrofini obodonlashtirish, maqbaralar qurish, qabrlarni ziyorat qilish, aniq fanlar bo'yicha Samarqand, ijtimoiy fanlar va san'at sohasida Hirot markaziy o'rinlarni egallaganligi aniq va tabiiy fanlar rivojiga nafaqat Ulug'bek Mirzo, balki boshqa temuriy shahzodalar ham o'z hissasini qo'shib, bu fanlar bo'yicha kichik bo'lsa-da izlanishlar olib borgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REDERENCES):

1. fflapa^yggnH Ann Ha3gnn. 3a$apHoMa. /Cy3Öomn, Taögnn, n3oxnap Ba KypcaTKn^nap Myannn^napn: Ampa$ AxMag, X,aögap6eK EoöoöeKoB. -TomKeHT: mapK, 1997.

2. Hn3oMnggnH ffloMnn. 3a$apHoMa. -TomKeHT: "Y3ÖeKncToH", 1996.

3. Höh Apaömox. A«:on6 an-MaKgyp Tapnxn TaÖMyp (TeMyp Tapnxnga TaKgnp a^onnôoTnapn). -TomKeHT: "MexHar", 1992.

4. Pyn roHcanec ge KnaBnxo. CaMapKaHgra - AMnp TeMyp caponnra caëxaT KyHgannrn. -TomKeHT, 2010.

5. Oaö3neB T. TeMypnnnap ma^apacn. -TomKeHT, 1995.

6. MyxaMMag Ann. ynyr canTaHaT: ^axoHrnp Mnp3o. 4-kucm. -TomKeHT, 2014.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.