Научная статья на тему 'TEMURIYLAR IMPERIYASINING XITOY BILAN SAVDO-ELCHILIK MUNOSABATLARI'

TEMURIYLAR IMPERIYASINING XITOY BILAN SAVDO-ELCHILIK MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
453
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy / Amir Temur / Shuhrux Mirzo / Boysung‘ur Mirzo / Mochin / G‘iyosiddin Naqqosh / Xonbaliq. / China / Amir Temur / Shukhrukh Mirzo / Boysungur Mirzo / Mochin / Giyaziddin Nakkosh / Khanbalyk.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jumayev, G‘ayratjon Ismatullo o‘g‘li

Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining Xitoy bilan bo‘lgan savdo-iqtisodiy va elchilik munosabatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada Temuriylar imperiyasining Xitoy imperiyasi bilan bog‘liq diplomatik aloqalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar ham tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADE AND DIPLOMATIC RELATIONS OF THE TIMURID EMPIRE WITH CHINA

This article describes the trade, economic and diplomatic relations of the Timurid state with China in the 14th-15th centuries. The article also analyzes sources providing information about the diplomatic relations of the Timurid Empire with the Chinese Empire.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR IMPERIYASINING XITOY BILAN SAVDO-ELCHILIK MUNOSABATLARI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

TEMURIYLAR IMPERIYASINING XITOY BILAN SAVDO-ELCHILIK

MUNOSABATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-726-731

Jumayev G'ayratjon Ismatullo o'g'li

Staj or-tadqiqotchi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti gayrati onj umayev44@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining Xitoy bilan bo'lgan savdo-iqtisodiy va elchilik munosabatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada Temuriylar imperiyasining Xitoy imperiyasi bilan bog'liq diplomatik aloqalari haqida ma 'lumot beruvchi manbalar ham tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Xitoy, Amir Temur, Shuhrux Mirzo, Boysung'ur Mirzo, Mochin, G 'iyosiddin Naqqosh, Xonbaliq.

ТОРГОВО-ДИПЛОМАТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ ИМПЕРИИ ТИМУРИДОВ С КИТАЕМ

Жумаев Гайратжон Исматулло ртли Стажер-исследователь Ташкентский государственный университет востоковедения [email protected]

Аннотация. В данной статье описываются торгово-экономические и дипломатические отношения государства Тимуридов с Китаем в XIV-XV веках. В статье также анализируются источники, дающие сведения о дипломатических отношениях империи Тимуридов с Китайской империей.

Ключевые слова: Китай, Амир Темур, Шухрух Мирзо, Бойсунгур Мирзо, Мочин, Гиязиддин Наккош, Ханбалык.

TRADE AND DIPLOMATIC RELATIONS OF THE TIMURID EMPIRE

WITH CHINA

Jumayev Gayratjon Ismatullo ogli

Intern-researcher Tashkent State University of Oriental Studies gayrati oniumayev44@gmail .com

Annotation. This article describes the trade, economic and diplomatic relations of the Timurid state with China in the 14th-15th centuries. The article also analyzes sources providing information about the diplomatic relations of the Timurid Empire with the Chinese Empire.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

Key words: China, Amir Temur, Shukhrukh Mirzo, Boysungur Mirzo, Mochin, Giyaziddin Nakkosh, Khanbalyk.

Temuriylarning Xitoy bilan XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va siyosiy aloqalari Xitoyda Min sulolasi (1368-1644) davriga to'g'ri keladi. Temuriylar va Xitoy o'rtasidagi savdo-elchilik va diplomatik munosabatlarga oid ma'lumotlar o'sha davrning bir qator yozma manbalarda qayd etilgan. Ular asosan, Xitoy solnomalari hamda fors tilida bitilgan manbalar bo'lib, jumladan, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si, Muyiniddin Natanziyning "Muntaxab ut-tavorix"ida, G'iyosiddin Naqqoshning "Xitoy safarnomasi" kundaligi, Abdurazzoq Samarqandiyning "Matla us-sa'dayn" asari, G'iyosiddin Xondamirning "Habib us-siyar"ida, hamda Xofizi Abruning "Zubdat at-tavorixi Boysung'uriy", "Zayli Zafarnoma" hamda "Zayli Jome ut-tavorixi Rashidiy" kabi asarlarda ushbu elchilik munosabatlari haqida ma'lumotlar qayd etilgan.

Sohibqiron Amir Temur 1389-yili bir necha bor yurushlardan so'ng, Mo'g'ulistonni o'z davlati tarkibiga kiritgach, Movarounnahrdan Xitoyga boradigan savdo yo'llari xavf-xatardan holi bo'ldi, Amir Temur davlati bilan Xitoy o'rtasida elchilik va savdo aloqalari yo'lga qo'yildi. Shu davrdan boshlab yana qadimiy Buyuk ipak yo'li orqali savdo karvonlari qatnovi muntazam tus oldi. Bu esa Amir Temur va Temuriylar davlatining siyosiy va iqtisodiy mavqeyini oshishi uchun muhim omil bo'ldi.

Xitoy solnomalarida 1388-1398-yillarda ikki davlat orasida 9 marta elchilar bordi keldi qilgani qayd etilgan. Amir Temur tomonidan asos solingan xalqaro diplomatik aloqalar uning avlodlari davrida ham davom etdi. Shohrux Mirzo (14051447) davrida esa yanada kengaydi.

"Xitoy safarnomasi"da G'iyosiddin Naqqosh: "1419-yil 24-noyabrda Shohrux Mirzo huzuridan Shodixo'ja va Ko'kcha boshchiligida, Boysung'ur Mirzo huzuridan Sulton Ahmad va xoja G'iyosiddin Naqqosh boshchiligida elchilar karvoni Xitoy yo'l olgani va ushbu elchilik missiyasi 1422-yil 29-avgustda Hirotga qaytgani" - qayd etillgan.[EypneB 2017: 19]. Boysung'ur Mirzo G'iyosiddin Naqqoshni Xitoyga yuborar ekan, unga maxsus topshiriq beradi. Topshiriqda Naqqoshga Xitoyga borguniga qadar bo'lgan hamda Xitoydagi barcha ko'rgan kechirganlarini o'z kundaligiga yozib borish buyurilgan edi. Shunga ko'ra Naqqosh Xitoy daryolarini, shaharlarini, ularning tuzilishi, yo'llarini, yomlarni, shaharlar aholisi, ularning urf-odatlari, dini, kiyim-kechagi, hunarmandchiligi, savdosi, bozori, Xitoy podshohi va ayonlari haqida barcha ma'lumotlarini kundaligiga qayd etib boradi. G'iyosiddin Naqqosh Xitoy poytaxti Xonbaliqqa yetgunicha, barcha shaharlarda elchilar kutib olinib, ro'yxatdan o'tkazilgani, va ularning sharafiga to'y berilganini yozadi. Qiziqarli ma'lumotlardan biri, Xonbaliqqa yaqinlashgan elchilarning olib kelayotgan sovg'a-salomlari xitoylik ma'murlar xodimlari tomonidan olinib, elchilar bilan birga sovg'alarni podshoh huzuriga olib borishadi. Faqat Boysung'ur Mirzoning Xitoy

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

imperatoriga yuborgan sherinigina sherbon Pahlavon Salohiddinning o'zi podshoh dargohiga yetkazgani qayd etiladi. Xitoy podshohi Shohrux Mirzo elchilaridan Temuriylar saltanatida g'allaning qimmat yoki arzonligi hamda Qora Yusufning Shohrux Mirzo bilan munosabatlari haqida qiziqadi.

"Habib us-siyarda" asarida keltirilishicha:"Hijriy 815-yil muharramning juma kunida (1412-yil 15-aprel) humoyunning xumo soyaboni yetib kelib «Bog'i Zog'on» uzra o'z soyasi bilan uni bahramand qildi. Shunga yaqin paytda Xitoy xoni Voy Mang xonning elchilari kelib, u oliyjanob podshohning turli sanalarda yozilgan maktubini topshirdi. U maktub salom va tabrik so'zlaridan tashqari Xalil Sulton Mirzoning maqtovga molik qilmishi va ishlaridan iborat edi. Hazrat xoqoni said elchilarga shohona izzat va hurmat ko'rsatib, «Oliy martabali shahzodalar va amirlar ularga to'y qilib bersin!» deb buyurdi. Xitoy elchilari ishlarini ham yetarli darajada tezlashtirib, Shayx Muhammad Xo'shiyni ularga hamroh qilib, ul tomonga jo'natdi. Va yana - hijriy 822 yil ramazon oyida (1419-yil 21-sentabr-20-oktabr oralig'i) Ardasher tavochi Mochinning Doy Mang xonligi elchilari hamrohligida olampanoh dargohiga qaytdi. U 820 yilda Xitoyga ketgan edi. U podshohona sovg'a-salomlar keltirish bilan birga, Doy Mang Xonning mehru muhabbat va yakdillikka to'la maktubini ham yetkazdi. Hazrat Said esa Chinning Bi To va Mochin xoni elchilarini izzat-hurmat bilan qabul qildi va ularga juda ko'p in'omlar berdi. Elchilarning ba'zilari Mirzo Ibrohim Sultonning oldiga — Sherozga ketdilar, bir guruhi esa Amir G'iyosiddin Shoh Malik bilan uchrashish uchun Xorazmga qarab yo'lga tushdilar. 823 yilda (1420-1421 -yillar) hammalari birgalashib Samarqandga keldilar. Mirzo Ulug'bek Ko'ragon ularga katta to'ydek bazm uyushtirdi va Xitoyga kuzatib qo'ydi."[X,a3paTKynoB 2013: 400].

Abdurazzoq Samarqandiyning "Matla us-sa'dayn" asarida bu voqea shunday bayon etilgan — " Shu orada Xitoy viloyatidan, u mamlakatlarning Chin-u Mochin va boshqa yerlari podshohi Doy-Ming xon tarafidan elchilar yetib keldi. (Xoqoni said tomonidan): «Shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir san'at egasi o'z hunarini to'la zohir qilib do'konini bezatsin», — degan humoyun farmon sodir bo'ldi. Amirlar istiqbol rasmi bo'yicha (shahardan) tashqari chiqib elchilarning hammasini izzat-hurmat bilan shaharga olib kirdilar. (Bu) xuddi yoshlik chog'idek shodlikni orttiruvchi bir zamon va visol kechasidek g'amni tarqatuvchi bir on edi. Hazrat xoqoni saidning (Shohruh Mirzoning) farmoni bo'yicha Bog'i Zog'onga xuddi jannat bog'idek oro berib, Bahrom savlat, sher haybat yasovullar har kimning (o'ziga xos) joy va makon tayin qildilar. Hazrat xoqoni said balandlik avjidagi oftob singari xurshid chehra bilan saltanat taxtiga ko'tarildi. Ulug' amirlar elchilarni qo'l o'pish sharafiga yetkazib, tortiqlarni qo'ydilar va ularning so'zlarini arz qildilar. Xitoy podshohining maktubi quyidagi mazmunda edi. Xitoy podshohi maktubining surati: «Doy-Ming, podshohi muazzam, Samarqand diyoriga Shohrux bahodir uchun noma yubormoqda! Biz fikr qilamizki, xudovandi taolo yer bilan osmon o'rtasidagi jami xaloyiqni ularning har biri rohat va farog'atda yashasin deb yaratgan. Biz xudoyi

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

taoloning madadkorligida ilohiy hukmga bo'ysunib jahondorlik qilib kelmoqdamiz. Shu sababli biz yaqinu yiroq orasida farq qilmaymiz, hammani bir tekis, barobar bilamiz. Bundan ilgari eshitgan edikki, sen oqil va kamolotga yetgan kishisan va boshqalardan ulug'roqsan, xudovandi taoloning amriga itoat qilib kelmoqdasan, raiyat va askarlarni parvarish qilib, ularning hammasiga ehson-u yaxshiliklar ko'rsatibsan; shu sababli biz behad shod bo'ldik. Alalxusus, kimxob va tarqu kiyimlarni yetkazsin uchun, elchi yubordik; elchi u yerga yetib borgach, sen bizning so'zlarimizga hurmat bilan qarab marhamatimizni yaxshi yuzaga chiqaribsan, katta-kichik hamma shodmon bo'libdilar va sen ham darhol elchi yuboribsan; elchilar sening salomingni, otlar ham u diyor matolaridan iborat tuhfalaringni yetkazdilar. Sening do'stlik yo'lida ekanligingni ko'rdim: sen maqtov va navozishga sazovor ekansan. Ilgariroq mo'g'ullar davri oxiriga yetgan edi. Sening otang Temur fumo xudovandi taoloning amriga itoat qilib, bizning ulug' podshohimiz Toy-Zuyga nisbatan yaxshi do'st bo'lib, elchilar va tuhfalarni qat' qilmagan. Shu sababli (Toy-Zuy) u diyorning (Xitoydagi) odamlariga omon berib, hammasini davlatmandlikka yetkazgan. Biz ham ko'rdikki, sen otangning himmat va ravishiga yaxshi mutobiat qilibsan. Endi Su- Jo'ning Kasoy hazorasi odamlaridan Du-Jixun-Boyni va Sun-Qung-Ji sadasi(dan ) Dong-Chingni bir guruh kishilar bilan qo'shib, sadoqat zohir bo'lsin uchun tabriknoma, kimxob kiyim va targ'ular bilan yubordik. Bundan keyin ham odamlarni yuboramiz, toki ular bordi-keldi qilsinlar va yo'llar kesilib qolmasin; ular o'z istaklaricha tijorat va kasb qilsinlar. Xalil Sulton sening birodarzodang; o'z tug'ishganlik haqqingni bajo keltirmog'ing uchun sen uni yaxshi tarbiyat qilishing kerak. Sen bizning sadoqat-u ra'yimizga hamkorlik qilishing lozim. Bildirib qo'ymoqchi bo'lganimiz ana shu». Bu maktubga qo'shib yana bir maktubni yuborgan edilar, unda jo'natilgan sovg'a-tuhfalar mufassal tarzda bitilgan edi. Yana bir (maktub) yo'l xati qabilida bo'lib, u elchilar uchun edi. Uch maktubning har biri fors xati bilan fors tilida yozilgan va xuddi o'sha maktubda so'z mazmuni mo'g'ul xati bilan turkiy tilda yozilgan, yana o'sha maktubda o'sha mazmunni xitoy xati bilan o'z (xitoy) tilida yozgan.[YpHHÔoeB 2008: 145]. Xoqoni said hazratlari maktubni (o'qittirib) eshitib, uning nozik mazmunini o'tkir fikr bilan mulohaza qildi va maqsadlarini to'la tushunib olgach, hammani ishtirok etishga chaqirib, «Amirlar elchilar sharafiga to'y bersinlar», — degan farmon sodir bo'ldi. Xitoy elchilarining muhim ishlari to'la bitganidan keyin, ularga ijozat berilib, qaytib ketdilar. Shayx Muhammad Baxshiy elchilik rasmi bo'yicha ular bilan birga ravona bo'ldi. Xitoy podshohi to shu vaqtgacha islom dinini qabul qilmaganligi va shariat talabi bo'yicha ish tutmayotganligi sababli hazrat xoqoni said do'stlik yuzasidan: «Zoraki u hidoyat nuri tufayli imonga musharraf bo'lsa», — degan umidda arab va fors tillarida yozilgan ikki nasihatnomani yubordi."[YpHH6oeB 2008: 325].

Xitoy bilan elchilik aloqalarining o'ziga xos xususiyatlari shundaki, Xitoy hukmdori o'z elchisiga uchta maktub yozdirib berib yuboradi. Bulardan birinchisi Shohruh Mirzoga atalgan bo'lib, o'zining asl maqsadi bayon qilingan maktubdir. Ikkinchisi esa Xitoy hukmdori yuborgan sovg'a-salomlar ro'yxatidir. Uchinchisi esa

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

elchilarning o'ziga yo'l xaritasi tarzidadir. Unda ehtimol elchilar yurgan yo'llar va shaharlar ahvoli haqida yozib olib kelish (razvedka ma'lumotlari) buyurilgan bo'lishi mumkin. Elchilik maktublari fors, turkiy va xitoy tillarida yozilgan e'tiborga molik. Xuddi shunday Shohruh Mirzo ham elchilik maktublarida o'sha davr xususiyatiga xos ish yuritganligi ma'lum, uning maktubi fors tilida yozilganligi manbalarda aniq keltirilgan va yana ehtimol turkiy, xitoy tillarda va mo'g'ulchada ham yozilgan bo'lishi ham mumkin. u ham yuqoridagi uchtalik maktub an'anasida maktub jo'natgan. Elchilar xatlarning xavfsizligi va mahfiyligiga qattiq e'tiborda bo'lishgan. Shohruh Mirzo maktubining yana bir xususiyati esa Xitoy hukmdorini islom diniga o'tishga chorlab nasihatnoma yozishidadir.

Asarda yana — Xitoy podshohi Doy-Ming xon yana elchilar yuborib, ular (shu 820 yili) rabi' al-avval oyida (18 aprel - 17 may, 1417) (Hirotga) yetib keldilar. Ularning boshliqlari Bi-Bochin, Tu-Bochin, Jot-Bochin va Tatq-Bochinlar uch yuz otliq bilan birga sovg'a-salomlar, shunqorlar, atlas va kimxoblar, targ'u , chinni asboblar va boshqalardan iborat ko'p hadyalarni keltirdilar; shahzodalar va og'olar uchun esa alohida podshohona hadyalar keltirgan edilar. Shuningdek, o'tmishdagi aloqalarni (yakunlovchi) bezak bo'ladigan va kelajakdagi o'zaro xayrxohlik uchun asos bo'ladigan so'zlarni o'z ichiga olgan bir maktubni ham keltirdilar. Mazmuni shunday: «Har ikki tomondan ham g'ayrilik va begonalik pardasi daf qilinmog'i, muvofiqatchilik, birdamlik eshigi ochilmog'i lozimdir, toki raiyatlar va savdogarlar o'z istak-ixtiyorlari bilan borib kelsinlar, yo'llar bexavotir bo'lsin». Birinchi marta (Xitoy) elchilari kelib, yana qaytib ketayotgan vaqtlarida (355) amir Sayyid Ahmad tarxon podshohga atab bir to'riq otni yuborgan edi. U ot podshoh nazarida g'oyat tahsinga sazovor ko'ringan va podshoh ot evaziga amir Sayyid Ahmadga ko'p hadyalar jo'natgan va o'sha otning jilovini ikki tarafdan ikki axtochi tutib turgan holdagi (Xitoy) naqqoshlari chizgan rasmini ham yuborishgan edi. Elchilarni mehmon qilib, kerak-yaroqlarini hozirlab, yuqorida aytilganidek, qaytarib yubordilar. Onhazrat Ardasher tavochini elchilarga hamroh qilib Xitoy tomon jo'natdi. (sakkiz yuz) yigirmanchi (1417) yil oylari (voqealari orasida) Xitoy podshohi Don-Ming xon humoyun dargohga elchilar yuborganligi va hazrat xoqoni said Ardasher tavochini elchilarga hamroh qilib jo'natganligi haqida

aytib o'tilgan edi. Shu kunlarda Ardasher qaytib kelib, u viloyat ahvoli va (yana) elchilar kelganligini arzga yetkazdi. Ramazon oyining oxirida (21 sentyabr — 20 oktyabrt, 1419) elchilar: Pi-Mochin va Xon-Mochin Hirotga keldilar va sovg'a-tortiqlar va maktub taqdim qildilar. Xitoy podshohining maktubi (quyida) ularning qoidasi bo'yicha naql qilinadi. Sakkiz yuz) yigirma ikkinchi (1419) yil voqealari orasida hazrat xoqoni said Shodixoja boshchiligidagi elchilarni Xitoy mamlakatiga borishga tayin qilganligi haqida eslatib o'tilgan edi. Mirzo Boysung'ur (o'z nomidan) Sulton Ahmad bilan G'iyosiddin Naqqoshni (elchilarga qo'shib) yuborar ekan, Xoja G'iyosuddinga dorussaltana Hirotdan chiqish kunidan to qaytib kelish kunigacha har bir shahar va viloyatda yo'llarning qandayligi, viloyat va imoratlarning sifati,

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

shaharlarning qonun-qoidalari, podshohlarning kuch-qudrati va ularning davlatni boshqarish ham siyosat uslubi, u shahar va diyorlarning ajoyibotlari va nomdor maliklarning fe'l-atvoriga oid nimaiki ko'rib bilsa, hammasini ro'znoma tarzida kunma-kun yozib borishi lozimligini g'oyat ta'kidlagan edi. Bu yil, ya'ni (sakkiz yuz) yigirma beshinchi yili, o'n birinchi ramazonda (29 avgust, 1422) elchilar Hirotga qaytib keldilar va Xitoy podshohining sovg'a-tortiqlarini arzga yetkazdilar. [Уринбоев 2008: 347].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. G'iyosiddin Naqqosh. Xitoy safarnomasi kundaligi. Fors tilidan tarjimon: Bo'riyev.O - Toshkent. 2017. - 52.b.

2. Hazratqulov.J., Bekjonov.I. Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar, -Toshkent, O'zbekiston. 2013. - 400 b.

3. O'rinboyev.A. Abdurazzoq Samarqandiy, Matla us-sa'dayn Toshkent,O'zbekiston. 2008. - 849b.

4. Жумаевю F.M. Хдбиб ус-сияр ва Матла ус-саьдайн асарларида дипломатик ва элчилик муносабатларининг акс эттирилиши. Шаркшунослик. -Тошкент. 2022.

5. Хакбердиев, К. К. (2022). НОВЫЙ ЭТАП РАЗВИТИЯ ШОС: СТАБИЛЬНОСТЬ И ПРОЦВЕТАНИЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 564-568.

6. Каримова Н. Темурийлар билан Хитой алокалари.(хитой манбалари асосида). // Шаркшунослик .-Тошкент,1996.№7.

7. Буриев А. Дневник путешествия Гиас ад-Дина наккаша как исторический источник ж. Общественные науки в Узбекистане. 11.- Ташкент, 1986.

8. Буриев О. Амир Темур даврида Мовароуннахр ва Мугулистон муносабатлари. // Шаркщунослик .-Тошкент,1996.№7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.