Научная статья на тему 'SHAYBONIYXON BUNYOD ETGAN MADRASA XUSUSIDA'

SHAYBONIYXON BUNYOD ETGAN MADRASA XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sirojov B.N.

Turkistonning “katta shaharlaridan” bo‘lgan va undan “ko‘plab olimu-fozillar” yetishib chiqqan Samarqand shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida kechgan siyosiy jarayonlarda ham muhim rolь o‘ynadi. XVI asr boshlarida Turkiston va unga tutash yerlarni bo‘ysundirgan Muhammad Shayboniyxon «otimizning egari bizning poytaxtimiz» deb aytsa-da, Samarqandda hokimiyat tepasiga kelgan yangi sulolaning bosh shahri vazifasini o‘tayverdi. Muhammad Shayboniyxonning nisbatan qisqa hukmronligi davrida shahar-da ayrim sohalarda jonlanish sodir bo‘ldi. Oliy hukmdor poytaxt shahardagi qurilishlarga alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, bu hukmdor tomonidan madrasa Madrasa-yi Oliya barpo ettirilgan [1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAYBONIYXON BUNYOD ETGAN MADRASA XUSUSIDA»

SHAYBONIYXON BUNYOD ETGAN MADRASA XUSUSIDA

Sirojov B.N.

tayanch doktorant,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11175038 Turkistonning "katta shaharlaridan" bo'lgan va undan "ko'plab olimu-fozillar" yetishib chiqqan Samarqand shayboniylar, ashtarxoniylar va mang'itlar sulolasi hukmronligi davrida kechgan siyosiy jarayonlarda ham muhim rolt o'ynadi. XVI asr boshlarida Turkiston va unga tutash yerlarni bo'ysundirgan Muhammad Shayboniyxon «otimizning egari - bizning poytaxtimiz» deb aytsa-da, Samarqandda hokimiyat tepasiga kelgan yangi sulolaning bosh shahri vazifasini o'tayverdi. Muhammad Shayboniyxonning nisbatan qisqa hukmronligi davrida shahar-da ayrim sohalarda jonlanish sodir bo'ldi. Oliy hukmdor poytaxt shahardagi qurilishlarga alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, bu hukmdor tomonidan madrasa - Madrasa-yi Oliya barpo ettirilgan [1].

Madrasa-yi Oliya shuningdek, uning bunyodkori Muxammad Shayboniyxon yoki Muxammadxon, ayrim hollarda qisqa xon Madrasasi deb nomlangan. Bu nomlar madrasa bunyodkori asoschisi bilan bog'liq bo'lib, keyinroq bu nomlar ikkala binoga nisbatan ham qo'llanilgan. Arka bilan birlashtirilgan ushbu madrasalar Qo'sh (juft, juftlar) deb nomlangan.

Muxammad Shayboniyxon madrasasi XX asr boshlarigacha saqlanib qolgan tarixiy yodigorlikdir. Madrasa bunyod etilganidan buyon buzulgunigacha bo'lgan davrda dastlabki ko'rinishiga (tarhiga) nisbatan bir necha bor qayta qurilib o'zgarishlar kiritilgan. Muhammad Bade' Malihoning (XVII) «Muzakkir ul-ashob» asarida madrasadagi ta'mirlash Muxammad Nadirbiy Otaliq boshchiligida amalga oshirilgani qayd etiladi. Shuningdek, asarda mamlakatdagi o'sha davrdagi kelishmovchiliklar oqibatida madrasalar foydasiga inom etilgan vaqf xo'jaligi boshqaruvi izdan chiqganligi ta'kidlanadi.

XVIII asrga kelganda Shayboniyxon madrasasi juda yomon ahvolga kelib qolgani sababli amir Shoxmurod (1785 - 1800 yy.) tomonidan madrasani qayta qurish bo'yicha buyruq beradi. Shundan so'ng bino o'zining avvalgi ko'rinishini butunlay yo'qotdi. Keyinroq 1874 yilda Samarqand ko'chalaridagi o'zgartirishlar jumladan Shayboniyxon madrasasi ko'chasini to'g'irlash maqsadida binoning bir qismi buzib tashlanadi. XX asr boshlarida bu me'moriy yodigorlik kichik madrasa ko'rinishiga kelib qolgan edi. Ayrmi ma'lumotlar tahlili madrasaning saqlanib qolingan qismi eski madrasaning janubiy-sharqiy hududida joylashgan [2].

Shubu madrasa to'g'risida ma'lumotlar tarixiy adabiyotlar bir necha bor qayd etiladi. Vaqfnoma asarida ushbu ikki madrasalarning qurilishi tarixi keltirib o'tiladi

[3].

Vaqfnomaga asosan Madrasa-yi Oliya Chorsu yaqinidagi Bobo Xudoydod mahallasida , "baland osmon cho'qqilariga xamoxang, cheksiz umid maydonda kabi, mahobatli bino" bunyod etilgan. Madrasa-yi Oliya madrasa xizmatchilari va tinglovchilarining shariat ilmlarini egallashlari va shug'ullanishlari uchun qator xona hamda xujralardan iborat [4].

Zamondoshlarning qaydlarida takrorlanmas va ajoyib ekanligi to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Fayzullox ibn Ro'zbexonning Mehmonnoma-i Buxoro asarida Madrasai Xoniyaning tillarang shiftlari, baland xujralari, keng hovlisidan hayratlanib madrasani ko'klarga ko'tarib she'riy misra keltiradi [5]. Bir necha yillar kechroq Shayboniyxon madrasasida bo'lgan Zayniddin Vosifiy o'z asarida madrasa ayvoni, dahlizi va hovlisi keng, baland ekanligini qayd etadi [6].

Madrasaning qurilishi to'g'risida XVI asrga oid ayrim o'zbek va fors tilili manbalarda to'ldiruvchi ma'lumotlar keltiriladi. Shubu manbalardan shunisi bilan ham ahamiyatliki ularda Shayboniyxon uning vorislarining boyib borish va mahobatli bunyodkorlik jarayoni xususan Shayboniyxon madarasining qurilishi uchun mablag'ning manbalari to'g'risida asosli ma'lumotlar keltiriladi.

Zamonaviy O'zbekiston hududidagi Temuriylar davlati asosiy yerlarini egallaganidan so'ng Shayboniyxon qo'shni Tojikiston hududlarini o'z davlati tarkibiga kiritishga harakat qiladi. Bu yurishga u uning Movarounnahr, Xorazmgani bo'ysindirishda doimiy hamroxi bo'lgna inisi Maxmud Sulton chorlaydi. Shuni qayd etib o'tish lozimki bu yurishda Shaybonixonga Muxammad Solix ham hamroxlik qilgan.

Muxammad Solix va muallifi noma'lub Tavorix-i guzida nusratnoma asarlarida ushbu hududlarga amalga oshirilgan bosqinlar natijasida 10 ming qo'y, 50 ming ot, 50 ming, asir ko'plab miqdorda badaxshon yoquti, tillo, dur, atlaslar qo'lga kiritildi. Bu viloyat aholisidan qo'lga kiritilgan boyliklar shu darajada ko'p ediki, boshqalar tomonidan egallanishidan tashvishlangan Shayboniyxon shaxsani o'zi bu o'ljani Movarounnahrga kuzatib bordi . "Binoiyning qayd etishicha bir necha kun ichida bahodirlar qo'liga shu darajada ko'p boylik kelib tushdiki bu boylikni bir necha yillarda ham sarflab bo'lmaydi" [7].

Muxammad Solihning fikriga ko'ra ushbu tog'lik aholi "Alidan boshqa hech kimni tanolmaydigan" "dinsizlar" bo'lib shialar edilar. Bu Shayboniyxon va u boshchiligidagi qo'shin tomonidan tog'liq aholiniga nisbatan shafqatsiz qirg'in uyushtirishiga va bir qismi qulga aylantirishiga sabab bo'ldi [8].

Boylik shu darajada ko'p bo'lganki Shayboniyxon ikki oy davomida uni Amudaryodan o'tkazdi [9]. Xondamir buysundirilgan viloyatlar aholisi to'g'risida yozar ekan kim bir dinor yoki bir manga bo'lsa ham turli sabablar bilan ushlab ularni qiynoqlarga solingan.

Abdulla ibn Muhammad "Zubdat ul-asror" Balx shahrini bosib olinishi natijasida o'zbeklar qo'liga shu darajada katta boylik, qimmatbaho toshlar, oltin va kumush tushdiki sanash imkoniyati bo'lmagani uchun xon qushinlariga tarozda tortib tarqatdi [10].

Balki manbalarda keltirilgan bu ma'lumotlar bo'rtirib ko'rsatilgan bo'lishi ham mumkin. Biroq, aynan shu harbiy yurishlar davomida qo'lga kiritilgan moddiy boyliklar Shaybonixon tomonidan o'z davri uchun mahobatli sanlagan jumladan, Shayboniyxon madrasasini unga tutash bo'lgan binolar qurilishini amalga oshirish imkonini bergan.

Xisorga yurishdan qaytib kelayotgan Shayboniyxon xali Samarqandga yetib kelmasidan yolg'iz ukasi Mahmud Sultonning vafoti to'hrisidagi xabarni eshitdi. Zamondoshlarning xabar berishlariga ko'ra xon 1504-yil aprel oyida samarqandga qaytgan o'z navbatida Maxmud Sulton vafoti ham shu yil bahor oylarida yuz bergan bu haqda uning qabir toshida ham bitilgan.

Shayboniyxon Maxmud Sulton jasadini Xorazmdan Samarqandga olib keltirib o'zi qurdirgan madrasa hovlisida dafn ettish to'g'risida buyruq bergan. Bu haqda Abdulla ibn Muhammad "Zubdat ul-asror" asarida keltirib o'tadi. Shunday qilib Shayboniyxon madrasasi to'g'risidagi ilk ma'lumot 1504-yilga ta'lluqli ekanini ko'rish mumkin.

Samarqand shahrining Shayboniyxon tomonidan tamomila egallanishi 1501-yil bo'lsa, madrasa qurilishi ham aynan shu yildan boshlangan deb aytish mumkin.

1508-1509 yillar voqealarini bayon etilgan, Muhmonnoma-yi Buxoro asari muallifi Fayzulloh ibn Ro'zbexon Shayboniyxon madrasasini (Madrasa-yi Oliya yoki Xon madrasasi deb nomlab) zarhallangan tom, xujralar, ayvon va katta hovlidan iboratligini ta'kidlaydi. U madrasada katta jamot yig'ilishi xatto bu yig'inda shaxsan Shayboniyxonning va muarrih ham qatnashganini yozadi. Bundan shuni anglash mumkinki demak madrasa qurilishi Muhammad Shayboniyxon hayotlik davrida nihoyasiga yetkazilgan.

1510-yili 29-noyabrda Shayboniyxon shoh Ismoil bilan jangda yengildi va o'ldirildi. Shohning buyrug'i bilan uning jasadi topilib boshi tanasidan judo qilindi va turli tadbirlarda foydalanish maqsadida tilla yugirtirilgan ishdish yasatildi. Xonning tilkapora qilingan va boshsiz jasadi Samarqandga olib kelinib o'z barpo etgan madrasadagi xilxonaga qo'yildi.

Vaqfnomada keltiгilgan ma'lumotga ko'гa madrasada quгilish isЫaгi Shayboniyxon vafotidan keyin ham katta o'g'li Muxammad Temrn- Sulton tomonidan davom etdi. 1514-yil 17-martda Zaxiriddin Muhammad Bobur qo'shinning qolgan qismini Xisoгgacha taqib qilib bo^an Muxammad Temuг Sulton kasalga chalinib vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib otasi barpo etgan madrasaga dafn etildi.

Vaqfnoma asarini chuqrn- o'гganib tahlil qilgan R.G.Mukminovaning qayd etishicha Madrasa-yi Oliya Muxammad Temur Sulton davrida ham nihoyasiga yetmagan. Buning asosiy sababi sifatida muallif taxt uchun o'zara kurashlai ekanligini qayd etadi. Vaqf yoriig'iga ko'гa madгasa quгilishi uning ayoli MehT Sulton xonim tomonidan nihoyasiga yetkazilgan.

Vaqfnomada keltirilishicha Madrasa-yi Oliya qurilishi Shayboniyxon hayotligi davridayoq nihoyasiga yetkazilgani to'g'гisida aniq ma'lumot berilmaydi. Unday bo'ladigan bo'lsa Temrn- Sulton tomonidan nima isЫaг amalga oshiгilgani o'z navbatida Mehr Sulton xonim tomonidan madrasaning qaysi qismi qurilgani haqida ham aniq ma'lumot berilmagan. O'z navbatida mu masalaga javobni XVI boshida yashab o'tgan muai-rih^ ma'lumotlardan olishimiz mumkin.

Muhammad Solih madrasa binosi xususida bu Maxmud Sulton dafn marosimida vaqdida shuni qayd etadiki Shayboniyxon Samarqandda barpo etgan davlatini abadiylashtirish maqsadida madrasa bunyod etdi. Bu borada yanada aniq ma'lumotni ibn Ro'zibexon Xoniya madrasasi ta'riflar ekan, Samarqand shahri shayxulislomi sanalgan madrasa mudarissi to'g'risida aytib o'tib, 1509 yilga kelib Madrasa-iy Oliya xujralari va hovlisi qurilishi nihoyasiga yetkazilganini yozadi. 1512-yilda Samarqandga kelgan Zayniddin Vosifiy Kuchkinjixon (1510-1530 yy.) davrida Samarqand madrasalari, xonoqo va machitlarda ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shu bilan biïga asг boshida barpo etilgan to'гtta mudaггis taynlangan, ayvonli, dahlizli, keng hovlili, imomi zamon, xalifai rahmon oliy himmat Muxammad Shayboniyxon madrasasida ham shu ishlar olib borildi.

1512—1513-yillar davomida Madrasa-yi Oliya qurilishi bitkazilib faoliyat olib bo^an. Zero, Vaqfnomaga ko'ra Madrasa-yi Oliya "baxtiyor xonning yodigoriigi va hokimiyati qudгati belgisi" sifatida ta'riflanadi. O'z navbatida haгbiy yurishlaT natijasida muvoffaqiyatlarga erishgan va qurilishi tugallanmagan binoga nisbata bu ta'rif berilmas edi.

Keltirilgan ma'lumotlar tahlili Madrasa-yi Oliyaning Mehr Sulton xonim davrida binoning ayrim qismlari aynan, devorning old qismida ishlar olib borilgan.

Adabiyotlar:

Lhttps://uza.uz/uz/posts/samarqand-er-yuzmmg-sayqaH-turkiy-tamaddun-markazi_425215

2. Аъзамова Г. Самарканд - ер юзининг сайкали, туркий тамаддун маркази.

3. В.Л. Вяткин, Самаркандская археологическая хроника, Известия Средне-Азиатского Комитета по делам Музеев и охраны памятников старины, искусства и природы, вып. III, - Ташкент, 1928, стр. 276. В настоящее время медресе не существует.

4. Н. Веселовский , Подробности смерти узбецкого хана Мухаммеда Шейбани, Труды VIII археологического съезда в Москве, 1890, т. III, М., 1897; А б у Тахир Ходжа, Самария, стр. 242-244; И.И. Умняков, Архитектурные памятники Средней Азии, Ташкент, 1929; Б. Н. Засыпкин, Архитектурные памятники Средней Азии, Проблемы исследования и реставрации, Сб. Центр, государств, реставр. мастерских, «Вопросы реставрации», М., 1928; Он же, Архитектура Средней Азии, М., 1948; Самарканд, Краткий справочник путеводитель, Составители. И. И. Умняков, Ю. Н. Алескеров, К. М. Михайлов, Ташкент, 1956; M. E. Массон, Архитектурно-планировочный облик Самарканда времени Навои (Краткий историко-топографический), Труды Среднеазиатского государственного университета им. В. И. Ленина, Археология Средней Азии, Ташкент, 1956; Г. А. Пугаченкова, Архитектурные заметки, Сб. «Искусство зодчих Узбекистана», Ташкент, 1962, стр. 185.

5. Р.Г.Мукминова. К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI Вакф-наме. - Ташкент, изд. Фан. 1966. Стр. 11.

6. Зайнаддин Васифи, Бадаи ал-вакаи, критический текст, введение и указатели А. Н. Болдырева, т. I, M., 1961, стр. 49.

7. Мухаммад Солих. Шайбонийнома. - Тошкент,

8. Мухаммад Хайдар. Тарихий Рашидий. - Тошкент,

9. Мухаммад Солих. Ko'rsatilgan asar,

10. Сочинение охватывает события до 1525 г., выдержки приводятся у В.В. Бартольда: Отчёт о комондировке в Туркестан летом 1902 г. ЗВОРАО, т. XV, СПб, 1904, стр. 193

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.