Научная статья на тему 'ULUGʻBEK DAVRI ME’MORCHILIGINI ZAMONAVIY TURIZMNING RIVOJIDAGI OʻRNI'

ULUGʻBEK DAVRI ME’MORCHILIGINI ZAMONAVIY TURIZMNING RIVOJIDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Juraqulova F.

Tarixdan bizga ma’lum boʻlgan Mirzo Ulugʻbek tarixdan bizga nafaqat davlat arbobi sifatida balki, Temuriylar davri madaniyatini ravnaq toptirishda asosiy shaxlardan biri sifatida hozirgacha nomi jahon sarlavhalarida oʻchgan emas. Mirzo Ulugʻbek 1417-1420-yillar orasida Samarqand viloyatining hozirgi Registon maydonida oʻz davridagi talabalar va kelajak avlodning ilm olishi maqsadida, katta madrasa binosini qurishga farmon bergan. Ulugʻbek madrasasi qurdirib bitkazilgandan soʻng uning ochilish marosimida Mavlono Muhammad Xavofiyni Bosh Mudarris etib tayinladi.Osmon sirlarini ochgan va uni kishilar koʻziga oynadek ravshan qilgan Ulugʻbekning Buxoro, Gʻijduvon va Samarqandda madrasalar qurdirishi, Buxoro madrasasining peshtoqiga “Ilmga intilish har bir musulmon erkak va ayolning burchidir”, Samarqand madrasasining peshtoqiga esa yulduzlar toʻla osmonni tasvir qilishi, uning ilmga, fanning rivojlanishiga katta ahamiyat berganidan dalolat beradi. Ulugʻbek rahbarligi davrida Samarqand shahrida Madrasai Oliya va rasadxonaning bunyod etilishi natijasida Sharq Uygʻonish davrining ilmiy-madaniy taraqqiyoti yuksaldi [1, B.15].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ULUGʻBEK DAVRI ME’MORCHILIGINI ZAMONAVIY TURIZMNING RIVOJIDAGI OʻRNI»

ULUG'BEK DAVRI ME'MORCHILIGINI ZAMONAVIY TURIZMNING RIVOJIDAGI O'RNI

Juraqulova F.

talaba,

Nizomiy nomidagi TDPU. https://doi.org/10.5281/zenodo.11160070 Tarixdan bizga ma'lum bo'lgan Mirzo Ulug'bek tarixdan bizga nafaqat davlat arbobi sifatida balki, Temuriylar davri madaniyatini ravnaq toptirishda asosiy shaxlardan biri sifatida hozirgacha nomi jahon sarlavhalarida o'chgan emas. Mirzo Ulug'bek 1417-1420-yillar orasida Samarqand viloyatining hozirgi Registon maydonida o'z davridagi talabalar va kelajak avlodning ilm olishi maqsadida, katta madrasa binosini qurishga farmon bergan. Ulug'bek madrasasi qurdirib bitkazilgandan so'ng uning ochilish marosimida Mavlono Muhammad Xavofiyni Bosh Mudarris etib tayinladi.Osmon sirlarini ochgan va uni kishilar ko'ziga oynadek ravshan qilgan Ulug'bekning Buxoro, G'ijduvon va Samarqandda madrasalar qurdirishi, Buxoro madrasasining peshtoqiga "Ilmga intilish har bir musulmon erkak va ayolning burchidir", Samarqand madrasasining peshtoqiga esa yulduzlar to'la osmonni tasvir qilishi, uning ilmga, fanning rivojlanishiga katta ahamiyat berganidan dalolat beradi. Ulug'bek rahbarligi davrida Samarqand shahrida Madrasai Oliya va rasadxonaning bunyod etilishi natijasida Sharq Uyg'onish davrining ilmiy-madaniy taraqqiyoti yuksaldi [1, B.15].

Samarqand nafaqat ta'lim markazi balki ilm marifat o'chogi ham bo'ldi. Tarixiy jihatdan Samarqand Markaziy Osiyo mintaqasining yuragi bo'lgan.Temuriylar Uyg'onish davrida Samarqand Markaziy Osiyoning asosiy madaniy markazlaridan biriga aylandi.iqtisodiyot, texnika, adabiyot va ilm-fan sohasida XV va XVI asr hatto zamonaviy Yevropa darajasi bilan taqqoslanadi. XV asr shaxarsozlik va me'morchilik, ilm-fan, adabiyot, san'at rivojining yangi bosqichi sifatida xarakterlanadi. Bunda munajjimlar va matematiklarning Samarqand maktabi (Mirzo Ulug'bek, Qozi Zoda Rumiy, Ali Qushchi) o'ziga xos o'rin tutadi. Bu davrda ilohiyot, huquqshunoslik, tibbiyot, tarix, falsafa, miniatyura, musika san'ati va adabiyot juda rivojlandi.Ko'plab fan sohalari astranomiya, geografiya, tarix xattotlik va musiqa sohasida ijod qilgan olimlar yetishib chiqdi. IX-XII asrlarda Samarqand Sharq Renessansining beshiklaridan biriga aylanadi. Aynan shu davrda Samarqandda, Imom Abu Mansur Moturidiy, Abu Xasan Samarqandiy, Muxammad Nasafiy Samarqandiy, Abu Lays Samarqandiy, Abu Fazl Muxammad Samarqandiy, Abulhakim Samarqandiy va Suzaniy Samarqandiy kabi o'nlab allomalar ijod qildilar [2, B.15]. Ilm fan rivojiga o'z hissalarini qo'shdi.

Samarqandda ilm fan rivoji IX-XII asrdagi rivojlanish bilan cheklanib qolmadi. Ilm fan ravnaqi Temuriylar davrida ham davom etdi.Bular orasida Ulug'bek (22.03.1394 - 25.10.1149)- shoh, matematik va astronom olim, G'iyosiddin Jamshid al - Koshiy (vafoti 1440) - matematik va astronom olim,Ali Qushchi (1402-1474) - matematik va astronom olim, Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda Rumiy (1360-Rumning Burs shahri - 1430/37) - matematik va astronom olim.

Ulug'bekning ustozi, Muyiniddin al-Koshiy (XV asr) - matematik va astronom olim. G'iyosiddin Jamshid Koshiyning jiyani bo'lib, Ulug'bek taklifiga binoan 1416-yilda G'iyosiddin Jamshid, Muhammad ibn Umar Chag'miniy va boshqa olimlar bilan birga Samarqand shahriga kelgan, Mansur ibn Muyiniddin al-Koshiy -matematik va astronom olim,Nizomiddin al-Birjandiy (XV asr)- matematik va astronom olim. "Sharhi «Ziji Ko'ragoniy" asarining muallifi Miram Chalabiy (vafoti 1525) - matematik va astronom olim va tabib,Mahmud ibn Umar Chag'miniy va boshqa matematik-astronom olimlar ilmiy izlanishlar va koinot yulduzlari hamda fazoviy sferalarning doiraviy harakatlariga oid ilmiy kuzatishlar va izlanishlar olib borganlar [1, B.196]. Ulug'bek rasadxonasi va madrasasida turli yo'nalishdagi 100 ta olim va muvafaqqizatli ravishda tadqiqotlar olib borishgan, Samarqand kutubxonasida esa 150 ming nusxadan ortiq kitob bo'lgan. Navoiy, Jomiy, Bobur, Kamoliddin Bexzod va ko'pchilik boshqa mashxur ilm, san'at va adabiyot vakillari hayoti hamda ijodi madaniyat taraqqiyotiga, madaniy aloqalar rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan.

1979-yil Yaponiyada o'tkazilgan xalqaro konferensiyada Yaponiya Fanlar akademiyasining Prezidenti prof. Sapporo Miyakining "Samarqand - nafaqat jahon sivilizatsiyasining markazi bo'lib qolmay, alloma Mirzo Ulug'bek asos solgan falakiyot ilmining ham markazidir [3, B.189]" deb aytgan, so'zlari Samarqandni xalqaro miqyosdagi salohiyati to'g'risidagi fikrlarini yana bir bor tasdiqladi.

Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek Samarqandda butun bir astronomik maktabga asos soldi. Buyuk davlat arbobi hamda benazir alloma Mirzo Ulug'bek o'zining kuch-qadratini urushlarga emas, balki ilm-ma'rifatni, maorif va madaniyatni rivojlantirishga qaratdi. U Samarqanddan uncha uzoq bo'lmagan Ko'hak tepaligida, Obirahmat arig'ining bo'yida uch oshyonli, g'oyat ulkan va hashamatli rasadxona barpo qildi. Bu rasadxona o'z zamonasining takomillashgan asbob-uskunalari bilan jihozlangan edi.

Samarqandning tarixiy markazi hisoblangan Registon maydoni o'zining qadimiy me'morchiligi go'zalligi va ulug'vorligi bilan xodimlarni o'ziga jalb etadi. Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me'moriy yodgorligidir. Registon nomini olganki, ma'nosi „qumli joy"— yoki „qumli maydon"—ma'nosini anglatadi [4, B.117]. Registon XV asrgacha katta savdo

markazi bo'lgan.Registonning bosh maydon sifatida shakllanishi va mashxur bo'lishi, Sharqning eng go'zal me'morchilik ansambliga aylanishi Mirzo Ulug'bek faoliyati bilan bog'liqdir. Buyuk olim, zarbardast davlat arbobi Mirzo Ulug'bek o'z bobosi Amir Temurning Samarqand va Movarounnaxrning boshqa yerlarida olib borgan ulkan bunyodkorlik ishlarini davom ettiribgina qolmasdan, unga yangicha mazmun baxsh etdi. U bobosidan o'rnak olib, shaxarlar, chorbog'lar, rabotlar, masjidlar va boshqa imoratlar qatori ilm-fan maskanlari qurilishiga xam alohida e'tibor berdi. Registonlar Gretsiyadagi Agara, Rim imperiyasidagi Forum, Rossiya shaxarsozligidagi Qizil maydonlar singari O'rta Osiyo shaharlaridagi el to'planadigan bosh maydonlarni anglatadi [2, B.17].

XVI asrning birinchi yarmidagi Registondagi ayrim o'zgarishlar shayboniylar sulolasi faoliyati bilan bog'likdir. Registon maydonida XVII asrda qurilgan xashamatli inshoatlar Samarqand hukmdori Yalangtosh Bahodir tomonidan qurilgan. Registon majmuasida Sherdor, Tillakori, Ulug'bek madrasalari mavjud.

Ulug'bek madrasasi. Shubxasiz, Mirzo Ulug'bek tomonidan 1417-1420-yillarda barpo qilingan xashamatli madrasa ushbu maydondagi eng ulug'vor me'morchilik inshootidir.Madrasa, Temuriylar davrida shakllangan eng ilg'or me'morchilik maktabining barcha xususiyatlari, ulug'vorligini o'zida mujassam etgan. Bu Madrasa akademiya vazifasini bajarar edi. Bu madrasa XVII asr oxirigacha, bir asrdan ko'proq vaqt davomida don omboriga aylantirilgunga qadar faoliyat ko'rsatgan [5,B.17]. Keyin o'qitish funktsiyalari XX asr boshlarida qayta tiklandi.

Sherdor madrasasi. Registon maydonida Samarqand hukmdori Yalangto'shbiy Baxodir tomonidan dastlab barpo qilingan maxobatli inshoot Sherdor madrasasidir. Mirzo Ulug'bek tomonidan qurilgan madrasaning ro'parasida barpo qilingan ushbu obida har jixatdan oldingi madrasaga hamohangdir.Sherdor madrasasining peshtoqining ichki qismi ikki yonida quyosh va sher tasviri tushirilgan. Sherning oldida hadiksirab turgan ohu aks ettirilgan. Shu sababli xam bu Madrasa xalq o'rtasida "Sherdor" [2, B.22] deya atalib ketgan. Sherdor so'zi "Sher aksi bor ", degan ma'noni anglatadi [6,]. Astronomlar unda madrasaning quyosh arslon burjiga kirgan yilida qurilganligini ta'kidlasalarda, xalq orasida saqlangan afsonalarda bu tasvir me'morning xon qiziga oshuftaligi va shu tufayli malika tikkan kashtadan olingan nusxa deb tasvirlanadi.

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumta'lim maktablarining "Jahon tarixi" darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi. Bu ham Sherdor madrasasining Yevropa mamlakatlarida ham mashhur ekanligidan dalolatdir.

Adabiyotlar:

1. Choriyev N. Sharq uyg'onish davri va Ulug'bek akademiyasi. //Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy simpozium materiallari. -Toshkent — Samarqand O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti 2007. -B. 196

2. Qulmatov Sh, Berdimurodov. A, Samarkanda yodgorliklari. -Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2017. - B.15

3. Qodirov M, Mahmudov B. Ulug'bek davri fani tarixidan. // Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy simpozium materiallari. - Toshkent — Samarqand O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti 2007. -B 189

4. Qobulova M, Ergashev I, Ergashev A ."Mintaqaviy turizm va turistik resurslar" fanidan o'quv-uslubiy majmua. A.2021. -B.117

5. First free Travel Guide in Uzbekistan.The Guide Uzbekistan.

6. Sherdor madrasasi. https://meros.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.