Научная статья на тему 'Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o‘z men konsepsiyasining psixologik mexanizmlari'

Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o‘z men konsepsiyasining psixologik mexanizmlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
shaxs va jamiyat / individ / korreksiya / men konsepsiyasi / ijtimoiy norma va anomal axloq

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xaydarjon Odilboyevich Jurayev

Ushbu maqolada jamiyatda shaxslararo munosabatlarda shaxsda turli hildagi situatsiyalarda o‘zining xatti harakatlarining o‘z egosining baxolashi va shaxsiy davogarlik darajasining nazariy jixatdan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o‘z men konsepsiyasining psixologik mexanizmlari»

Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o'z men konsepsiyasining

psixologik mexanizmlari

Xaydarjon Odilboyevich Jurayev ORCID: https://orcid.org/0000-0002-2585-8439 haydarbekjurayev@gmail. com University of business and science

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatda shaxslararo munosabatlarda shaxsda turli hildagi situatsiyalarda o'zining xatti harakatlarining o'z egosining baxolashi va shaxsiy davogarlik darajasining nazariy jixatdan yoritilgan.

Kalit so'zlar: shaxs va jamiyat, individ, korreksiya, men konsepsiyasi, ijtimoiy norma va anomal axloq

Psychological mechanisms of self-concept in the process of

socialization of a person

Khaydarjon Odilboyevich Jurayev ORCID: https://orcid.org/0000-0002-2585-8439 haydarbekjurayev@gmail. com University of business and science

Abstract: In this article, the evaluation of one's own ego and the level of personal ambition in various situations in interpersonal relations in society is explained from a theoretical point of view.

Keywords: person and society, individual, correction, concept of self, social norm and anomalous morality

KIRISH

Shaxs doimiy ravishda shaxslararo munosabatlarga kirishar ekan o'zining hatti harakatlarmi nazorat qiladi va turli hildagi ijtimoiу rollarga kirishadi va o'zining jamiуatda statusni egalaydi.

Ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxslararo munosabatlar bilan o'zaro muloqotga kirishgandan so'ng inson o'zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o'zidagi jismoniy va ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning sub'ekti sifatida his etadi, shaxsan o'zi uchun "boshqalar" qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog'liq bo'lgan "Men" sifatida namoyon bo'ladi. Jamiyatda Shaxsdagi o'z men konsepsiyasini mavjudligi uning ichki kechirmasini birinchi navbatda shaxsning

hozirgi, daqiqada oldingi zamon va bugunining o'zining psixologik xolatini ifodalashi mumkunligi mavjud. Shundan kelib chiqqan xolatda shaxs o'z menining xech qachon boshqa shaxsda takrorlanmasligni to'g'ri anglagan xolatida albatda uning shaxslararo munosabatlarda aloqalari ijobiy namoyon bo'ladi deb ayta olamiz.

Shaxsdagi Men-konsepsiyasi har doim ham bir butun bo'lsada, lekin ichki qarama-qarshiliklardan holi emas, o'ziga nisbatan mayl sifatida namoyon bo'ladigan va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat shaxsiy Men obrazi bo'lib hisoblanadi: kognitiv o'z sifatlari, layoqatlari, tashqi ko'rinishi, ijtimoiy ahamiyatliligi obrazi; emotsional o'zini hurmat, o'zini yaxshi ko'rish, o'zini kamsitish va h.k.; baholash-irodaviy o'ziga berilgan bahoni ko'tarishga, hurmatga sazovor bo'lishga va h.k.ga intilish. Shaxsning o'z menining namoyon bo'lishi uning ijtimoiylashuv jarayonida namoyon bo'ladi va aks etadi. Uning tarkibiy qismlari esa real hayotimiz davomida o'zining anglashi va asil men holatini ayni daqiqada to'g'ri anglab yetishi kiradi, idealidagi men esa uning axloqiy meyorlarga amal qilish darajasida namoyon bo'ladi. Insoning munosabatlar tizimida o'zining men konsepsiyaini qanday holashi uning ong osti bilan uzviy bog'liqligni tushunib yetsa ijobiy jarayon shakilanadi.

ASOSIY QISM

Jamiyatda xar bir shaxs o'z men konsepsiyasiga ega va shundan kelib chiqib shaxslararo munosabatlarga davogarlik qiladi bu esa uning ijtimoiy statusni belgilaydi. Tadqiqotchi I.S.Koning "Men" tushunchasini individga o'zini anglashnigina emas, balki, o'z faoliyatini ongli yo'naltirish va boshqarish imkoniyatini yaratuvchi faol-ijodiy, integrativ muqaddima sifatida ochib bergan holda, bu tushunchaning ikki tomonlama xususiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tadi. O'zini anglash ikkilangan "Men"ni o'z ichiga oladi: 1) "Men" tafakkur sub'ekti sifatidagi, refleksga ega "Men" - faol, harakatchan, sub'ektga tegishli, ekzistensial "Men"; 2) "Men" idrok qilish va ichkaridagi sezgilariga obyektiv sifatidagina unga nisbatan obyektga kerakli bo'lgan, refleksiv namoyon bo'ladigan hodisani yaniy shaxsning o'z men darajasinining va menlik obrazlarining tushunchasi sifatida aks etiriladi. Shaxsdagi o'z refleksga ega bo'lgan men uning bilish jarayonlari bilan o'zining idrok jarayoni yaniy perseptiv tassavurlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Kognitiv chizma ikkita tizimni o'z ichiga oladi: shaxsiy va ijtimoiy o'xshashlik. Shaxsiy o'xshashlik jismoniy, intellektual va ahloqiy qirralar atamalaridagi o'z yo'nalishini belgilashga kiradi. Ijtimoiylashuvdagi insondagi o'xshashligi aloxida o'xshashliklarda tashkiliy jarayonda, odamlarning turlixildagi ijtimoiiy guruhlarning: etnopsixologik mansubligining belgisidur. Shaxsning o'xshashligi bilan bir qatorda ijtimoiylashuv jarayonidagi o'zining anglashi va ijtimoiylashuvda hulqida-atvorida asosiy boshqaruvchi bo'lib hisoblanar edi.

"Men-konsepsiyasi" faqat anglanadiganlarni o'z ichiga olgani uchun uni ongli kognitiv idrok va individning o'zini o'zi baholashi, ya'ni, o'zi haqida fikr va mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.

NATIJALAR TAXLILI

O'rganilgan nazariy manbalarning ma'lumotlariga ko'ra shaxsning o'z men konsepsiyasining bir nechta turlari ishtimoiy munosabatlarimizda o'z xulq-atvorimizda namoyon bo'lishi aniqlandi.

Jismoniy nuqtai nazarga ko'ra, "Men-konsepsiyasi" odam tanasi va organizmining psixofiziologik,va anatomik xususiyatlarida: ko'rish, eshitish, og'irlik, jins, bo'y o'lchami va boshqalarda namoyon bo'ladi.

Ijtimoiylashuv jarayoniga ko'ra shaxsdagi men jixatilari atrofidagi insonlar bilan o'zaro muomila darjasida namoyon bo'ladi. Shaxsdagi Ijtimoiiy meni atrofdagi kishilar va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarda turli hildagi ijtimoiy rullarda gina aks etadi.

Trannsshaxsiiymen shaxsdagi nazaryasiga ko'ra insondagi men kansepsiyasii uning hayoti va qiziqishi ularda yuzaga keladigan qiyinchiliklarda dunyoviy va diniy fikirlarning tassavurlarning sababiy bog'liqligini aks etradi.

Har bir "Men" tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar, maqsadlar, motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir "Men" o'z tiliga egadir. Bunday tillar qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi.

Umuman olganda, odamning nechtagacha "Men"i bo'lishi mumkin? Keling, yuqorida keltirilgan ba'zi "Men"larni sanab o'tamiz.

Sub'ektiv (nohaqlik) men " buda'vogarlik,darajasi, yutuqlar motivatsiyasi, o'zini yuzaga chiqarishga intilish, shuningdek, o'z qobiliyatlarini bo'rttirib ko'rsatish. SHaxsdagi namoyon bo'ladigan bu kabi menining yanada bir turli jixatlari unda tug'mma qirralarida va boshqariladigan harakatlarining o'zi tushuntirishida ijobiy va salbiy jarayonlarda yoqimli men namoyon bo'ladi.

Aks ettirilgan men" ijtimoiylashuv jarayonida paydo bo'ladi. Bu tasavvurlar yig'indisi boshqalarning biz haqimizdagi fikrlaridir. Individ boshqalarga qarab, o'z harakatlariga muntazam ravishda o'zgartirishlar kiritib turadi.

Samimiy men - eng yaqin odamlardan ham sir tutiladigan "Uydagi Men"ning yashirin qismi. Har birimizda, hatto, yaqin odamlarimizdan yashiradigan sirlarimiz topiladi. U o'zimiz yakka qolganimizda ochishga imkon berishimiz mumkin bo'lgan, qachondir sodir etilgan va kechirib bo'lmaydigan xatolik hisoblanadigan, anglanmagan va boshqalar tomonidan qoralanadigan istaklar (ayniqsa, jinsiy) va boshqalar kabi yomon odatlardan shakllanadi. Boshqacha aytganda, bu biz boshqalarda ta'na qiladigan, lekin o'zimiz namoyon qiladigan harakatlar va qirralar uchun zahiradir.

"Men"ning oxirgi uch turi ma'lum ko'rinishda bir-biri bilan yoki o'zaro bog'liq bo'ladi. "Men"ning boshqa turlariga qaraganda, ularning o'zaro bog'liqligi kuchliroqdir. Quyidagi belgilanishlarni kiritamiz:

- "Na-Men" - "Namoyishkorona Men";

- "Uy-Men" - "Uydagi Men"

- "Sa-Men"- "Samimiy Men".

Ular bunday tartibda boshqalarga ishonch bildirish va sir tutilgan haqiqat darajalarining kamayishi bo'yicha joylashtirilgan. Masalan, ko'pchilik bizning "Na-Men"imizni ko'proq, "Sa-Men"imizni esa kamroq biladilar. Lekin eng haqqoniy "Men" "Sa-Men", eng yanglish esa - "Na-Men". O'rtada etarlicha haqqoniy va yaqin odamlarga tanish bo'lgan "Uy-Men" joylashadi.

Shunday qilib, xulosa qilish mumkin: "Men"imiz bilan qanchalik kam odam tanish bo'lsa, u haqdagi ma'lumot shunchalik haqqoniy bo'ladi. "Men"imizni egallagan odamlar soni, "Men"imiz haqidagi haqiqat hajmi teskari proporsional bog' liklikda j oylashadi :

- "Na-Men" - uzoqdagi boshqalar uchun ma'lumot;

- "Uy-Men" - yaqindagi boshqalar uchun ma'lumot;"

- "Sa-Men"- faqat o'zi uchun ma'lumot.

Da'vogarlik darajasi - u yoki bu faoliyatda inson erishmoqchi bo'lgan eng katta yutuq. A.V.Petrovskiyning ta'rifiga ko'ra, da'volar darajasi - bu individ o'z oldiga qo'ygan maqsadning qiyinligi darajasida ifodalanadigan shaxs o'zini baholashining istalgan darajasidir ("Men" obrazi darajasi).

Inson navbatdagi harakatning qiyinchiligi darajasini erkin holda tanlash imkoniyatiga ega bo'lgan vaziyatda o'ziga baho berishni oshirish ikki tendensiya o'rtasidagi nizolika sabab bo'ladi: bir tomondan, katta yutuqni boshidan o'tkazish uchun da'vogarlikni oshirishga intilish, ikkinchi tomondan - omadsizlikka duchor bo'lmaslik uchun da'volarni kamaytirib turish. Yutuqqa erishilganda da'volar darajasi, odatda, oshadi, odam qiyinroq masalalarni echishga qodirligini namoyon qiladi, omadsizlikda esa mos ravishda pasayadi.

Da'volar darajasining shakllanishi faqatgina yutuq yoki omadsizlikni oldindan anglash bilan emas, balki, avvalambor, oldingi yutuq va omadsizliklarni oqillik bilan, ba'zida esa noaniq anglangan holda hisobga olish va baholash bilan belgilanadi. Da'volar darajasining shakllanishini o'quvchining ta'lim olishida, to'garakdagi ma'ruza mavzusini tanlashda, topshiriq berishda va shu kabilarda kuzatish mumkin.

Shaxsning da'volar darajasi ustida olib borilgan tadqiqotlar faolligi bilangina emas, balki, ularning mazmuni, guruh maqsadlari va vazifalarining aloqasiga ko'ra, inson xulq-atvori motivlarini yaxshiroq tushunishga va shaxs fazilatlarini shakllantiruvchi yo'naltirilgan ta'sirni amalga oshirishga imkon yaratadi. Ba'zi bir holatlarda pedagog uchun shaxs da'volar darajasini oshirish vazifasi muhim ahamiyat

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 240 [M^^^Hl

kasb etadi; o'quvchi o'ziga va imkoniyatlariga past nazar bilan qaragan taqdirda, bu vaziyat ma'lum holatda ziyon etkazib, g'alabaga bo'lgan ishonchning yo'qolishiga olib keladi. Omadsizliklarning ketma-ket takrorlanishi og'ir hissiyotli jahldorlik va nizolilardan iborat bo'lgan umumiy holatda o'ziga baho berishni pasaytirib yuboradi va o'quvchi o'zidan hafsalasi pir bo'lishi mumkin.

Da'volar darajasini oshirishning turli xil yo'llari mavjud bo'lib ular o'quvchining individualligi, frustratsiya xususiyati, pedagogning imkoniyatlari va boshqalarga bog'liqdir. Bunga o'qituvchi va sinf guruhi tomonidan ko'rsatiladigan yordam, shuningdek, shaxs uchun istiqbol yaratishning turli usullari kiradi.

Boshqa holatlarda pedagog uchun bola yoki o'smirning da'volari darajasini, ayniqsa, o'quvchi o'z oldiga qo'ygan vazifalar real vaziyatda oqlanmaydigan, o'z imkoniyatlarini baholash esa oshirib yuborilgan taqdirda, kekkeyish, o'ziga xos ustunlik kompleksida paydo bo'lgan vaziyatda bir muncha kamaytirish muhimdir. O'quvchi haqqoniy bo'lmagan oshirib yuborilgan da'volar darajasi bilan guruhda qat'iy qarshilikka uchrashining o'zi emas, balki, unda mavjud bo'lgan o'ziga ortiqcha baho berish real omadsizliklar bilan ko'plab qarama-qarshiliklarga duch kelib, o'tkir emotsional nizolilarni yuzaga keltirgani sababidan, ushbu masalani hal etish zarurligi alohida ta'kidlab o'tiladi. Bunda, ko'p hollarda o'quvchi uning o'ziga ortiqcha baho berishi bilan mos kelmaydigan shaxsiy omadsizlik holatlarini payqamaslikka urinib, qaysarlik qiladi, arazlaydi, o'zini ataylab mamnundek ko'rsatib, o'zini nomutanosib tutadi yoki omadsizligida kimningdir qarshi ta'sirini, yomonligini tushuntirishga harakat qiladi, shubhali, g'azabnok, tahdidli bo'lib qoladi.

Xulosa shunday qilib, shaxsning o'zini anglashi o'zini baholash mexanizmidan foydalanib, diqqat bilan shaxsiy da'vogarlik va haqiqiy yutuqlar nisbatini qayd etadi. Har bir shaxs eng birinchi navbatda o'z men konsepsiyasida mayor va norma degan tamoyilni to'g'ri anglab yetishi kerak va shaxslararo munosabatlarda egosintirizmni psixologik ko'rsatkichlari shaxsiy davogarlik jarayonlarini ham o'zida aks etirishini yuqoridagi nazariy manbalarda guvohi bo'ldik.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya: o'quv qo'llanma. -Toshkent, 2013. - 168 b.

2. G'oziyev E.G'. Sotsial psixologiya. - Toshkent., 2012. - 316 b.

3. V. Karimova, О. Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. Т.: 2007

4. Mirzadjanovna, M. N., Sattorovich, J. U. B., & Yarashovich, O. L. (2022). O 'ZINI ANGLASH, O 'ZINI BAHOLASH VA SHAXSIY DAVOGARLIK DARAJASI. Gospodarka i Innowacje., 23, 281-286.

5. Odilboyevich, J. X. (2024). O'SMIRLIK YOSH DAVRIDA SHAXSDA SUITSID XOLATLARINI PROFILAKTIKA QILISH YO'LARI. ОБРАЗОВАНИЕ

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 241 [М^^^И

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(3), 111-114.

6. Odilboyevich, J. X., & Yuldashboyevich, A. S. (2024). SHAXSNING PSIXOLOGIK SENZITIVLIK DARAJASI VA UNING PSIXOLOGIK TIPOLOGIYASI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(3), 145-148.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.