SuitsidiBl хulq-аtvоrning zаmоnаviy psiхоlоgiyаdа о,rgаnПishi: tahlillar va nazariyalar
Ziyodullo Sattorovich Elov elovziyo2021@gmail. com Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada bugungi muhim va global sharoitda suitsid muammosi yuzasidan, dunyo va yurtimiz olimlari tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlar va ularning natijalari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar tahlil qilingan bo'lib, qo'lga kiritilgan ilmiy va empirik natijalar atroflicha tahlil etilgan va muallif qarashlari bilan boyitilgan.
Kalit so'zlar: suitsid, jamiyat, depressiya, krizis, affekt, psixologik ta'sir, voyaga yetmagan, o'zgarish, diniy qarashlar, xalqlar tarixi, psixologik hodisa, umidsizlik, kasallik, o'lim
The study of suicidal behavior in modern psychology: analysis
and theories
Ziyodullo Sattorovich Elov Bukhara State University
Abstract: In today's important and global conditions, the scientific conclusions developed by the scientists of the world and our country regarding the problem of suicide and their results are analyzed.
Keywords: suicide, society, depression, crisis, affect, psychological impact, juvenile, change, religious beliefs, history of peoples, psychological phenomenon, despair, disease, death
Kirish: Hozirgi vaqtda zamonaviy jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlar insoniyat uchun nafaqat tezlashtirilgan o'zgarishlar sur'atiga ko'nikish, balki o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga moslashish qobiliyati muammosini ham qo'ymoqda. Albatta, jamiyatdagi mavjudlik va hayot muayyan bilimlarni talab qiladi. Va bu bilim tug'ma emas, balki inson hayoti jarayonida orttirilgan. Shunday qilib, biologik shaxsdan o'rganish jarayonida o'smir asta-sekin ijtimoiy mavjudotga aylanadi va olimlar bu jarayonni sotsializatsiya deb atashadi. Biroq, inson hayotining har qanday sohasida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, shu jumladan jamiyatimizdagi qadriyatlar ierarxiyasidagi tub o'zgarishlar munosabati bilan sotsializatsiya muammosi yanada
keskinlashmoqda va dolzarb bo'lib bormoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz aholining eng zaif qatlamlari, birinchi navbatda, yosh avlod, xususan, voyaga yetmagan o'smirlar ahvolini yomonlashtirdi.
Jamiyat o'zini biologik va ijtimoiy jihatdan yosh avlod orqali rivojlantiradi. Ma'lumki, yoshlar mamlakat kelajagini ifodalaydi, shu bilan bog'liq holda ularning kayfiyati, xulq-atvori muayyan jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik, siyosiy muhitning o'ziga xos "o'lchovi"dir. I.S.Kon yoshlarga keng quyidagicha tarif beradi: "Yoshlar -bu yosh xususiyatlari, ijtimoiy mavqei va ma'lum ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining kombinatsiyasi asosida aniqlangan demografik guruhdir. Yoshlik hayot tesiklining ma'lum bir bosqichi sifatida biologik mukammallikdir, lekin uning o'ziga xos yosh chegaralari, ijtimoiy mavqei bilan bog'liq ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
Nazariy tahlillar: Suitsidial xulq-atvor muammosi psixologiya nuqtai nazaridan olganda yangi atama sifatida qaralmaydi. Sababi u qadimgi davrlardan beri olimlarning (Aristotel, Pifagor, Platon) muhokamasi, o'rganishi va talqini mavzusi bo'lib kelgan. O'z joniga qasd qilish inson xatti-harakati sifatida barcha dinlarda aks ettirilgan va aksariyat hollarda qoralangan, ba'zilari bundan mustasno, masalan, Hindiston xalqlari orasida ayolning erining jasadi bilan o'zini-o'zi yoqib yuborishi, xotinning eriga sodiqligining belgisi sifatida qaralgan.
Jahonga mashhur faylasuflarning ilmiy qarashlarida doimiy tarzda o'z joniga qasd qilish qoralansada, lekin, ayrim antik davr olimlari mazkur holatni oqlashga xarakat qilishadi.
Qadimgi arman faylasufi E.Daffioz joniga qasd qilishni oqlash mumkin bo'lgan quyidagi oltita sababni tan oladi:
- yashash uchun mablag'larning etishmasligi bilan;
- kuchli og'riq bilan kechadigan kasallik;
- umidsiz holat (asir, tahdid, qiynoqlar);
- chuqur qarilik;
- nopok yoki kamsituvchi harakatga majburlash;
- umumiy baxtsizlik.
Yuqoridagi ilmiy-amaliy dalillarning ilmiy tahlili shuni ko'rsatadiki, o'z joniga qasd qilish jamiyatning kuchli ta'siriga asoslangan shaxsning alohida psixologik holatining natijasidir. Bu esa S.Bogomlova ta'rificha: "O'z joniga qasd qilish psixologik hodisa bo'lib, uni tushunish uchun o'z joniga qasd qilishga qaror qilgan odamning ruhiy holatini... psixologiyasini tushunish kerak deb ta'kidlab o'tadi. Bundan tashqari u o'z joniga qasd qilish - bu, birinchi navbatda, umidsizlik psixologiyasi ..." deb aytib o'tadi.
Umuman suitsidal xulq-atvor va suitsidal xavf omillari bir qator mamlakatimiz va chet el olimlari tomonidan tadqiq qilinib kelinmoqda. Ushbu masalalarga
bag'ishlangan ilmiy mushoxadalar: G.Deshais, E.Dyurkgeym, Z.Freyd, G.K.Yung, G.S.Salliven, K.Rodjers, V.Frankl, E.Shneydman, M.Farber, N.Farberou, F.Baumeister, S.J.Sher, Dj.Mann, M.Asberg, V.I.Braunlarning tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan.
"O'z joniga qasd qilish" atamasi lotincha "sui" - o'zini-o'zi, "caedere" -o'idirishdan kelib chiqqan va insonning hayotdan o'zini-o'zi mahrum qilish harakati degan ma'noni anglatadi. "O'z joniga qasd qilish xulq-atvori" atamasi birinchi marta 1947-yilda G.Deshais tomonidan kiritilgan.
E.Dyurkgeym ta'rifiga ko'ra, (o'z joniga qasd qilish haqidagi birinchi fundamental ish muallifi): "O'z joniga qasd qilish bu to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita jabrlanuvchining o'zi tomonidan sodir etilgan o'limi deb ataydi.
Tadqiqotchilar suitsid fenomenini ko'pincha psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog'laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o'ta zarur ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi to'siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan emotsional holat sifatida tushuniladi, ya'ni shunday to'siqlarki, odam uni o'zini oldingi hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf etib olmaydi.
Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan xavf ta'siri ostida yuzaga keladigan (inson psixikasiga) emotsional turg'unlikning ichki buzilishi sifatida ko'riladi.
Adabiyotlarda ko'pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, «autatravmatizm» (o'ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv hatti-harakat» terminlari uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o'z joniga qasd qilish bo'lsa, uni suitsidal hatti-harakatlarga bog'lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa, xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o'ziga zarar yetkazish bilan bog'liq xulq-atvor), «o'zini-o'zi yo'q qilish» xulq-atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik-ruhiy og'riq, og'ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko'ngil og'rig'iga chiday olmaslik, uni har qanday yo'l bilan to'xtatishga, unga barham berishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsid o'z muammolaridan qutilish va hal etish usuli sifatida tanlanadi.
E.Dyurkgeymning (Dyurkgeym,1994) o'z joniga qasd qilishning ijtimoiy nazariyasiga muvofiq suitsidal fikrlari avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarining uzilishi, o'zi taalluqli bo'lgan ijtimoiy guruhdan begonalashuvi oqibatida paydo bo'ladi. Uning qarashlariga muvofiq, suitsidning uchta asosiy ko'rinishlari mavjud. Birinchi turi - o'z joniga suiqasd qilish harakatlari egoizmni bildiradi va ko'pgina holatlarda o'zini-o'zi yo'q qilish individning o'zini jamiyatdan, oilasi va do'stlaridan begonalashgan va yakkalangan deb his qilishi bilan shartlanadi. Ikkinchi turi -anomik o'z joniga suiqasd qilish bo'lib, u shaxsning ijtimoiy guruh bilan o'zaro aloqasining buzilishiga olib keladigan jamiyatdagi o'zgarishlarga moslashishdagi
muvaffaqiyatsizliklar oqibatida yuz beradi. Ular ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar vaqtida ko'payadi, biroq, ijtimoiy yuksalishda ham saqlanib qoladi, chunki farovonlikning tezlik bilan o'sishi oldingi hayotiy sharoitlardan farq qiluvchi yangilariga moslashishni keltirib chiqaradi. O'z hayotiga suiqasdning oxirgi, uchinchi ko'rinishini E.Dyurkgeym altruistik deb nomlagan. Suitsidning ushbu turida odamning sotsiumning (jamiyatning) yoki guruhning obro'li shaxsi (avtoriteti) tomonidan uning egoidentligini bostirishi oqibatida u jamiyat foydasi, qandaydir ijtimoiy, diniy yoki falsafiy g'oya uchun o'zini qurbon qiladi.
Psixoanaliz asoschisi, psixiatr Z.Freydning suitsid borasidagi tasavvurlari odamdagi mavjud ikkita asosiy mayl konsepsiyasiga asoslanadi: Eros - hayot instinkti va tanatos - o'lim instinkti. Inson hayoti ular o'rtasidagi jang maydoni hisoblanadi. Inson nafaqat yashashni, suyukli bo'lishni va o'zining davomini farzandlarida ko'rishni istaydi - shunday davrlar yoki ruxiy holatlar bo'ladiki, bunda o'lim istalgan bo'ladi. Yosh o'tishi bilan eros o'lib boradi, tanatos kuchli, qatiyatli bo'lib boradi va odamni o'limga olib borib, o'zini to'liq ro'yobga chiqaradi. Freydga muvofiq suitsid va o'zini o'ldirish tanatosning buzg'unchi ta'sirining namoyon bo'lishidir, ya'ni agressiyaning natijasidir.
G.K.Yung o'z joniga qasd qilish muammosiga to'xtalib, suitsidning sababi sifatida, odamning ma'naviy qayta tirilishga ongli intilishini ko'rsatib o'tgan. Ushbu intilish turli ko'rinishlarni qabul qiluvchi jamoaviy ongsizlik arxetiplarining dolzarblashuvi bilan asoslangan.
• metempsixoz (ruxlarning ko'chishi) bunda odam hayoti tanaga turli hosliklarni gavdalantirish orqali cho'ziladi.
• yangi shaklga kirish, shaxsning uzluksizligini saqlab qolishni va inson tanasida yangitdan tug'ilishni nazarda tutadi.
• inson hayotining o'limdan so'ng «nozik tana» deb ataladigan holatida qayta yaralish - tiklanish.
• individual hayot doirasi o'ladigan mavjudoddan o'lmaydiganga aylanishi bilan birgalikdagi qayta tirilish.
• shaxsdan tashqarida ro'y beradigan transformatsiya yo'li orqali qayta yaralish.
K.Xorni psixodinamik yo'nalish va ego psixologiyada suitsid borasida shunday fikrni taxmin etgan, ya'ni odamlar o'rtasidagi munosabatlar buzilishida xavotirlardan kelib chiqadigan asabiy (nevrotik) nizo paydo bo'ladi. U bolalik davridayoq atrofdagi dushmanlikni his etish bilan boshlanadi. Xavotirlikdan tashqari, odam asabiy vaziyatda yolg'izlik, ojizlik, tobelik va dushmanlikni his etadi. Ushbu fenomenlar suitsidal xulq-atvorning asosi bo'lib chiqishi mumkin (masalan, katta odamdagi chuqur nomukammallik hissi va ideal «Men» obrazi yoki ijtimoiy standartlarga nomuvofiqligi bilan birgalikdagi bolalarcha tobeligi). Dushmanlik nizoda
dolzarblashadi, deb xisoblagan K.Xorni. U suitsidal xulq-atvor shakliga kirmasligi ham mumkin, biroq nafrat ijirg'anish yoki global rad etish ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin. Agar tashqi qiyinchiliklar odamning egotsentrik ustanovkalari yoki illyuziyalari bilan uyg'unlashsa, ular kuchayadi. Bunda o'ziga va o'zgalarga bo'lgan nafrat va dushmanlik shunchalik kuchli bo'lishi mumkinki, o'zining o'limi qasos olishning jozibali usuli bo'lib chiqadi. Bir qator hollarda xohishga ko'ra o'lim o'z «Men»ini tasdiqlashning yagona usuli bo'lib qolishi muamkin. Taqdirga tan berish, ya'ni bunda autodestruktivlik ustunlik qiluvchi moyillik bo'lib chiqishini K.Xorni, o'zini - o'zi o'ldirishning latent (yashirish) shakli sifatida ta'kidlaydi.
A.Adler, suitsidni noloyiqlik hissi va boshqa salbiy hissiyotlar hosilasi sifatida talqin qiladi. Adlerning fikricha, agar insonda salbiy hislar yetakchilik qilayotgan bo'lsa u muayyan darajadagi suitsidal harakatni sodir etishi mumkin.
E.Berne o'z asarlarida suitsidal xulq-atvorning emotsional buzilishlar bilan bog'liq. Affektiv ta'sirlanish holatlarini tadqiq qiladi.
M.Lewenson va K.Neyranger konsepsiyasida suitsidal xulq-atvorni o'rganish o'ziga xos individ sifatlarini tahlil qilish bilan bog'liq ekanligi e'tirof etiladi. Muallifning fikricha, suitsidga moyillikning bartaraf etilishi muhitning ko'pgina omillari bilan mustahkamlanishi mumkin, masalan, televidenie ta'siri, inson uchun qadrli odamlarinig suitsidi, submadaniyat me'yorlari va boshqalar.
Shu yerda ta'kidlab o'tish joizki, Yevropa madaniyatida suitsidal arxetip rolini ikki asr oldin Gyote tomonidan yaratilgan adabiy qahramon ijro etadi. Suitsidologiyada suitsidal stereotip, o'z joniga qasd qilish roli bilan bog'liq hamma narsa, "Verter sindromi" sifatida o'rganiladi.
J.Mans nazariyasida, suitsidal xulq-atvorni izohlab beruvchi asosiy omil bu -koping-faktor hisoblanadi. Jumladan, muallif psixologik autopsiya usuli asosida muallif stressni bartaraf etishning omadsiz urinishlar tajribasi autodestruktiv xulq-atvorga olib kelishi haqida xulosaga kelgan.
Transakt tahlil namoyondalari V.Bratko, V.Djoyns, S.Steyner, L.Styuart negativ oilaviy tajribasining o'zgacha ahamiyatini ko'rsatib beradilar, natijada "o'zini vayron etish" tipidagi "hayot ssenariysi" tuziladi [8]. Bob va Meri Gulding bunday ssenariy suitsidientlarga xos deb e'tirof etadilar. Bu turdagi ssenariyda, mualliflar fikricha, ota-onalarning... "Yashama!" ko'rsatmasi asos bo'lib keladi. Ushbu ko'rsatma bir qator vaziyatlarda berilishi mumkin. Masalan, infantitsid urinishi paytida, omadsiz abort, onaning tug'ish vaqtidagi o'limidan keyin, ota-ona tomonidan suitsid sodir etilganida; krizis vaziyatlarda esa bu ko'rsatma dolzarblashadi va amalga oshiriladi.
1. Psixologiyada gumanistik yo'nalishning namoyondasi K.Rodjers, suitsidal tendensiyalari o'limni ideallashtirish, hayotga nafrat paydo bo'lishi, o'ziga ishonchning yo'qolishi natijasida paydo bo'ladi deb taxmin qilgan. Rodjers fikricha, ushbu holatda "menlik" tuzilish rigid holatda va real hayotiy tajriba u bilan mos
kelmasligi, xavfli deb qabul qilinishi, shuning uchun rad etilishi yoki noto'g'ri talqin qilinishidan sodir bo'ladi.
MDH mamlakatlari olmlarining ham bir qator adqiqotlarida suitsid muammosi bo'yicha ilmiy ishlar olib borilgan.
A.G.Ambrumovaning ta'kidlashicha, psixologik inqiroz individda zaruriy ehtiyojlar ko'rinishidagi frustratsiyani keltirib chiqaradi va frustratsiyaga nisbatan o'ziga xos shaxsiy reaksiya beradi. Uning ko'rsatishicha, «suiqasdga moyillik kelajakni konstruktiv rejalashtirishning birdaniga tushib ketishi bilan (ya'ni umidsizlik darajasi bilan) belgilanadi.
A.G.Ambrumova, V.A.Tixonenkolar psixik sog'lom odamlarda mujassamlashgan suitsidal reaksiyalarning quyidagi asosiy turlarini ajratdilar:
- egotsentrik o'tish reaksiyasi - shaxsning ahamiyatli vaziyatga javoban qisqa muddatli tez namoyon bo'ladigan reaksiya;
- ruhiy azoblanish reaksiyasi - odatda achchiqlanish, qat'iy qarshilik, umidsizlik, norozilik salbiy emotsiyalar kechishining yuqori sur'ati bilan kechadigan shaklda paydo bo'ladi;
- salbiy interpersonal munosabatlar reaksiyasi - qadrli insonning salbiy munosabati yoki qadr-qimmatli munosabatlarning uzilishi natijasida namoyon bo'ladi;
- salbiy muvozanat reaksiyasi - hayotda erishilgan yutuqlarni oqilona sarhisob qilishda aks etadi.
Yuqorida ko'rsatilgan reaksiyalardan tashqari suitsidal xulq-atvorning aralash va o'tuvchan ko'rinishlari ham paydo bo'lishi mumkin.
Binobarin turli hududlarida suitsidal xulq-atvorninig epidemiologik tadqiqotlarini o'tkazishda V.A.Tixonenko suitsidal reaksiyalarning quyidagi turlanishini taklif etdi: qat'iy qarshilik; mehr-oqibatga undash; o'zini-o'zi jazolash; to'liq taslim bo'lishdan voz kechish; jazo, kasallik, azoblanish, o'limdan o'zini olib qochish; o'z jonini fido qilish va hokazo.
Mualliflar tomonidan taklif etilgan konsepsiyada ijtimoiy va shaxs omillari, nizo, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya, qadriyatlar ustanovkalarining qulashi va suitsidal harakatlar o'rtasida ketma-ket aloqadorlik mavjud. Bu vaqtda shaxs o'zining hamma individual xususiyatlari bilan, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya sifatida, suitsidal xulq-atvorni anglash negizini tashkil etadi.
Muammoga oid ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, o'z joniga qasd qilish psixik yoki organik kasalliklar natijasida bo'lmay, balki shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarining izdan chiqishi yoki buzilishi mahsuli hamdir.
Mashhur, rus suitsidologlari Y.Gilinskiy va P.Yunatskevichlarning ta'rifi bo'yicha, "O'z joniga qasd qilish - qasddan o'zini-o'z hayotidan mahrum qilishdir" deb keltiriladi.
S.Avanesov ta'rifiga ko'ra, o'z joniga qasd qilish - bu shaxs tomonidan o'z-o'zidan amalga oshirilgan ongli, ixtiyoriy va maqsadli o'limga erishishdir. Suitsidologiyaning ilmiy rivojlanishiga Platon, Lucretiya, Seneka, D.Yum, D.Kanter (axloq metafizikasi) asarlari bevosita metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Suitsid muammosi ko'p qirralik jarayon sanalib, turli yo'nalishdagi tadqiqotchilar ushbu mavzuni yoritishga xarakat qilishgan. Masalan, o'z joniga qasd qilishning ijtimoiy jihatlarini P.F.Bulatsel, M.A.Gubskiy, A.V.Lixachev, N.Muxin, P.Olxin va T.K.Sheinislar o'z tadqiqotlarida ilmiy jihatdan o'rganishgan. O'z joniga qasd qilishning madaniy-antropologik va etnografik jihatlari V.G.Bogoraz, D.K. Zelenin, A.N. Moxovikovlarning asarlarida o'z aksini topgan. Ushbu yo'nalish vakillari o'z joniga qasd qilishning kelib chiqishidagi eng asosiy omil sifatida madaniy va etnografik omillarning rolini ta'kidlaydilar.
Psixologik jihatlarni A.G.Ambrumova, T.A.Donskix, Ts.P.Krolenko, S.G.Smidovich, V.A.Tixonenko, Y.I.Gilinskiy, P.I.Yunatskevichlar mazkur muammoni kelib chiqishining ko'p omilli xususiyatini, shaxsiy xususiyatlari hamda ijtimoiy mohiyatini, o'z joniga qasd qilishning tashqi ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ko'proq bog'liqligini qayd etadi.
O'z joniga qasd qilish xulq-atvori mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o'z-o'zini buzuvchi xatti-harakatlarning ekstremal ko'rinishi sifatida ko'rib chiqiladi, uning asosiy xususiyati o'z sog'lig'i va shaxsiyatini buzishga ongli moyillikdir.
K. Ozvatning fikriga ko'ra, o'z-o'zini yo'q qilish xatti-harakati to'satdan yoki haddan tashqari kuchli stress holatida xatti-harakatlarning individual mexanizmlarining muvaffaqiyatsizligi yoki yetarli emasligi oqibatidir.
O'z joniga qasd qilish munosabati - bu o'z joniga qasd qilish fikrlari, niyatlari va salbiy his-tuyg'ular (depressiya, tashvish, aybdorlik), shuningdek, o'z joniga qasd qilish harakatlariga tayyorgarlik ko'rish va amalga oshirish bilan tavsiflangan o'ziga nisbatan zo'ravonlik harakatini qilishga potentsial tayyorlikdir. O'z joniga qasd qilish munosabatlarining shakllanishi, hayotiylikka qarshi kechinmalar va o'z joniga qasd qilish fikrining paydo bo'lishi ko'p hollarda 14-15 yoshda sodir bo'ladi. Agar o'z joniga qasd qilishning dastlabki bosqichlarida fikrlar ustunlik qilsa va hissiy xulq-atvor komponentlari kamroq ifodalangan bo'lsa, keyingi bosqichlarda o'z joniga qasd qilish harakatlari ustunlik qiladi.
Bolalar va o'smirlarda o'z joniga qasd qilishdan oldingi sindromning mezonlarini quyidagicha bo'lishi mumkin [Lochel Mi, 1983]:
- o'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar majmui;
- disforik holatlar (xafagarchilik, tushkunlik hissi);
- uyqusizlik, ovqatlanish xatti-harakatlaridagi o'zgarishlar, charchoq, vegetativ kasalliklar kabi buzilishlar;
- o'z joniga qasd qilish haqida aniq g'oyalar shakllanadi.
Prodromal belgilari bo'lgan presuitsid sindromining 3 bosqichi mavjud bo'lib, ular quyidagilar [EnachescuC., RetezeanuA., 1991]:
- ruhiystressbosqichi;
- chegaraviyvaziyat;
- ruhiytushkunlikbosqichi.
O'z joniga qasd qilishni muvaffaqiyatsiz tarzda amalga oshirilishi shaxsning suitsid qilish niyati yo'ligidan dalolat bermaydi. O'rganilgan nazariy tahlillar shuni ko'rsatdiki, mazkur holatni boshidan kechirgan shaxslar ushbu holatni yana takrorlashadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra o'z joniga qasd qilgan o'smirlarning 40 foizi allaqachon ushbu holatni oldin ham turli ko'rinishlarda takrorlashgan. Birinchi o'z joniga qasd qilishga urinishdan keyin bir yil ichida o'z joniga qasd qilish harakatlari 30% hollarda takrorlanadi va 1-2% odamlar o'z joniga qasd qilish natijasida vafot etadi. O'z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni o'z fikridan qaytarish mumkin. Sababi inson ko'p hollarda o'lishni xohlamaydi, bunday xarakatlardan asosiy maqsad muammoni yechimi deb o'ylanadi. Takroriy o'z joniga qasd qilishga urinishlarning oldini olish uchun psixoterapevtik ta'sirlardan foydalanish mumkin.
K.Menninger tadqiqotlarida, 7-11-sinflardagi 1621 nafar maktab o'quvchilarini o'rganib chiqib, odamlarning 22 foizi o'z joniga qasd qilish fikri va o'z o'limi haqida g'oyalarga ega ekanligi, 8 foizi namoyishkorona yoki "shantaj" bo'lgan o'z joniga qasd qilishga urinishlari, 5 foizi impulsiv o'z joniga qasd qilishga urinishlarini aniqladi va 2% haqiqiy o'z joniga qasd qilishga urinishlar bo'lganligini qayd qildi.
O'smirlar orasida tugallangan o'z joniga qasd qilish chastotasi nisbatan past va barcha o'z joniga qasd qilish harakatlarining 1% dan oshmaydi.. Bu yoshdagi o'z joniga qasd qilish harakatlari ko'pincha namoyishkorona xarakterga ega va ko'pincha "o'z joniga qasd qilish" shantajining xususiyatlarini ko'rsatishi mumkin.
"Yashama" ko'rsatmasi alkogolizm bilan bog'liq suitsidal irsiyatni aniqlashda P.I.Kovalevskiy, D.I.Shustov, D.Dj.Bruksbenk, T.Xalsrum, D.Rozenfild tomonidan o'rganib chiqilgan. 1916 yilda A.F.Koni o'zining "O'z joniga qasd qilish" va 1803 yildan 1912 yilgacha "Rossiyaning Yevropa qismida aroqning iste'mol qilinishi" asarida ta'kidlaganidek, ichuvchilarning kelib chiqishi badavlat oilalar, bolalar o'limining yuqori surati bilan farqlanadi. Shunday qilib, ko'pgina tadqiqotlar natijasi, negativ hayotiy saylashni aniqlashtiruvchi "Yashama" dasturi autoagressiya bilan bog'liq ekanligini ko'rsatib o'tadi.
A.R.Korshunova, depressiv tartibsizliklar va suitsidal urinishlari mavjud bo'lgan shaxslarda reprezentatsiya munosabatlarining "Men-Boshqa" usulini Rorshax testi, Tematik apperseptiv testi yordamida tadqiq etdi. Natijada, suitsidlar urinishlari mavjud bo'lgan guruhda integratsiya reprezentatsiyalarining buzilishi, dushmanlik shaklidagi munosabatlar, atrofdagilar bilan hamkorlikda passiv pozitsiya,
"devitalizatsiya" ("o'zini o'ldirish" va jabrlanuvchi pozitsiyasidan solishtirish) mexanizmi yordamida boshqaradigan, yo'qotish emotsional tajribasining intensiv kechinmalarining belgilari aniqlangan. Suitsidal urinishlarsiz depressiv tartibsizliklari mavjud bo'lgan shaxslarda reprezentatsiyalar mazmunini, ko'proq bavosita muhofaza mexanizmlari bilan boshqaradigan, ajralishning emotsional tajribasi tashkil etadi (xayol surish, ramziy ma'noda bog'liqlik munosabatlarini saqlashga yo'naltirgan, ajralish tajribasini rad etish).
A.M.Sisoyev tomonidan keltirilgan ma'lumotlarda, sudlangan autoagressantlarda (anamnezda suitsidal urinishlar va o'ziga jarohat yetkazish) autoagressiyasiz sudlanganlardan farqliroq, o'zini qo'lga olishining yuqori darajasi, isteriyaga moyillik, yuqori agressivlik qayd etilgan, bu borada umumiy aqliy imkoniyatlarda katta farqlar aniqlanmagan.
A.V.Boeva, psixonevrologik dispanser bemorlarining klinik va ijtimoiy-psixologik xarakteristikalarini Zunga, Spilberger-Xanin, K.Tomas testi yordamida, suitsidal xulq-atvorning muhim psixologik determinantlari shaxs xarakteristikalari ekanligini aniqladi. Bular, emotsional zaiflik, murosasizlik, mustaqillikka intilish va distimiya. Shu bilan birga muallifnig ta'kidlashicha, "distimiya" omilini belgilovchi, "gipertimlik" va "namoyish etish" parametrlari bo'yicha salbiy ma'nosi, hayotdan ketishning haqiqiyligini tasdiqlaydilar.
N.V.Vereshagina suitsidal urinish va depressiv tartibsizliklari mavjud bo'lgan bemorlarni Rorshax testi yordamida tadqiq etganda suitsidientlarning quyidagi xususiyatlarini aniqladi: xulq-atvorning past darajada o'zini-o'zi nazorat qilishi, impulsivlik, oldindan taxmin qilib bo'lmaslik, yuqori ishonuvchanlik, strategik zahiralarning past rivojlanish darajasi, frustir kechinmalarning past pog'onasi, ishonch munosabatlarga intilish, hamkorlikka yetarli qobiliyatlari yo'qligida empatiyaning yuqori darajasi. Shu yerda muallif tomonidan ta'kidlanganki, suitsidal xulq-atvori mavjud shaxslar uchun ijtimoiy izolyatsiyaga intilish, refleksiyaning me'yordan ortiq darajasi, o'zini-o'zi negativ idrok qilishi, o'zini-o'zi tanqid qilishi, o'xshashlikning shakllanmaganligi, o'zini olib qochishdek xulq-atvorning turi, depressiv reaksiyalarga moyillik, nochorlik va aybdorlik hissiyoti, me'yordan ortiq aqlli bo'lishi, konseptual rigidlik, murosasizlik, motivatsion zo'riqishning yuqori darajasi bilan tavsiflangan.
A.E.Lichko tomonidan suitsidal xulq-atvor va xarakter aksentuatsiyaning o'zaro korrelyatsion bog'liqligi belgilangan.
A.A.Yavorskiy, o'z tadqiqotlarida harbiy xizmatni o'tagan shaxslarda suitsidal xulq-atvor xususiyatlarini o'rganib chiqib, haqiqiy suitsidal xulq-atvor astenik, shizoid va affektiv shaxslarga xos bo'lishini ilmiy asoslab beradi.
V.V. Nicheporenko ma'lumotlariga ko'ra, askar va serjantlar suitsid holatlarini o'rganib chiqib, u xarakterning urg'ulari tizimida quyidagi turlarni aniqladi:
astenonevrik (51%), infantil-voyaga yetmagan (22%), senzitiv (11%), emotsional-bog'liq (9%), chegarlangan-konform (7%). Suitsidal xulq-atvorning shakllanishi uchun eng ahamiyatli shaxs xususiyatlari, V.V.Nicheporenko fikricha, ta'sirchanlik, fe'l-atvorning giperaktiv foni, o'zini-o'zi past baholash, yakkalikka intilish bo'lib kelgan.
G.A.Fastovsov (2004) tomonidan ko'pchilik suitsidientlar uchun ko'ngli noziklik, ta'sirchanlik, oson xavotir paydo bo'lishi, uzoq taxminlar shakllanishida keskinlik, affektiv rigidlik, kechinmalarning pessimistik tus olishi, yashirin geteroagressivlik, kognitiv rigidlik kabi xulq-atvor ko'rinishlari xarakterli ekanligi aniqlanadi.
V.V.Logvinenkoning suitsidal urinishlar sodir etgan, muddatli xizmat o'tayotgan harbiylarda kommunikativ bag'rikenglik darajasi va muloqot bo'yicha kasbdoshlarinig kommunikativ ustanovkalar xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan empirik tadqiqotida, suitsidal urinishlar sodir etgan harbiylar boshqalarni baholashda o'zini namuna-etalon sifatida ko'rib chiqmaslik, kasbdoshlarining kamgapligiga javoban o'z his-tuyg'ularini yashirish bilan tavsiflanadi. Bunda, suitsidal urinishlari bor harbiylarda o'zini qabul qilishning past darajasi, yuqori internallik bilan tavsiflanadi.
V.F. Voysex ta'riflagan zamonaviy tadqiqotlarda, "Gaplarni tugatish" Strelyau, Sondi testi, Dj.Kagan metodikasi bo'yicha o'xshash rasmlarni solishtirish yordamida, suitsidientlarda dixotomik fikrlashning ustunligi, affektiv zo'rlikning yuqori darajasi, affektga moyillik mavjudligi haqida ilgari olingan ma'lumotlar o'z tasdig'ini topgan.
Suitsid muammosi psixoterapevtik, diniy va ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazar jihatidan ko'rib chiqilgan. O'z joniga qasd qilish hodisasi diniy ilmlar tomonidan ham o'rganilgan bo'lib, u barcha dinlarda qoralanadi. Xususan, Islom dinida bu hodisaga nisbatan salbiy munosabat bildirilib jumladan, "Hadis" to'plamlarida ta'kidlanishicha: "Bir kishi o'zini-o'zi jarohatlab o'ldirdi, shunda Alloh-Taolo: Bandam mendan ilgari o'z jonini o'zi oldi, uni men jannatdan mahrum qildim" -deydi.
Umumjahon muammolardan biri hisoblangan o'z joniga qasd qilish hodisasini tadqiq qilishda barcha mamlakatlar qatori respublikamizda ham qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib, ularda suitsid muammosi, shu jumladan suitsidal xulq- atvorgv moyil o'smirlar suitsidini psixiatrik, psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi.
Xususan, 1989 yilda O'zbekiston hukumati qarori asosida Nizomiy nomli Toshkent davlat Pedagogika instituti "Psixologiya" kafedrasi qoshida tashkil etilgan "O'zbek xotin-qizlarining o'zini-o'zi yondirishining ijtimoiy psixologik sabablarini o'rganish" yuzasidan tashkil etilgan ilmiy tadqiqod guruxi va laboratoriyasi xodimlarining olib borgan ilmiy ishlari o'z joniga qasd qilish xodisasini ijtimoiy
psixologik jihatdan taxlil qilishga muxim xissa qo'shdi. Ilmiy tadqiqot guruxi a'zolari O'zbekistonda nafaqat xotin - qizlar o'rtasida o'zini-o'zi yondirish sabablarini, balki umuman suitsid muammosi shu jumladan, suitsidal xulq atvorga moyil o'smirlarni suitsid muammosi yuzasidan xam qimmatli fikr va muloxazalarini ilgari suradilar.
Ilmiy - tadqiqot guruhi tomonidan va professor M.G.Davletshin tahriri ostida chop etilgan "O'zbekiston sobiq SSRda o'zbek ayollarining o'zini yondirishining ijtimoiy psixologik sabablarini o'rganish" nomli ilmiy metodik tavsiyanoma O'zbekistonda o'z joniga qasd qilish ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq qilishga bag'ishlangan dastlabki yirik asarlardan biri bo'ldi.
Asarda mualliflar tomonidan o'zbek xotin-qizlarining o'zi-o'ziga o't qo'yish sabablarini ko'rsatish bilan bir qatorda o'smirlarda suitsidal xulqning kelib chikish sabablari, yosh xususiyatlari va kattalar suitsidan farqi va o'ziga xosligi xaqidagi qimmatli fikr va muloxazalarini ilgari suradilar. Jumladan, mualliflar fikriga ko'ra yosh inqirozi ma'lum bir yoshga to'g'ri kelib, suitsidal xulqning kelib chiqishiga bu xususiyat aloxida o'rin tutadi. Shuningdek, tanglik xolatlari o'smirlarda ijtimoiy psixologik moslashishning izdan chiqishiga sabab bo'lib, ruxiy jaroxatlanish xolatlarini keltirib chiqaradi. Ruxiy jaroxatlanish esa suitsidal xulqning kelib chiqishida eng asosiy sabablardan biri bo'lib hisoblanadi. Ruxiy tanglik xolatida suitsidal xulq-atvorga moyil o'smirlarda xam xuddi kattalar singari o'zining "Men" obraziga nisbatan bo'lgan munosabati izdan chiqib, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, natijada nizoli vaziyatga barxam berishning to'g'ri yo'li o'rniga noto'g'ri, qaltis va suitsid yo'lini tanlaydilar. Shuningdek, oilaviy munosabatlardagi turli xil nizolar va oilada bolalar tarbiyasida yo'l qo'yilgan nuqsonlar xam suitsidal xulq-atvorga moyil o'smirlarda suitsidal xulqning kelib chiqishiga ta'sir qiladi degan fikr mualliflar tomonidan ilgari suriladi.
E.Usmanov, G'.Shoumarov, B.Umarov, N.Soginov, U.Kodirov va boshqalarning ilmiy ishlarida ayollar o'z-o'zini yoqib yuborishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, bolalar o'rtasida suitsid omillari, sabablari va turlarining ijtimoiy-psixologik yosh xususiyatlari, O'zbekistonda suitsid epidemiologiyasining ijtimoiy-psixologik jihatlari o'rganilgan. I.Maxmudov, B.Botirov, E.Sattorov va S.Axundjanova tomonidan Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi materialida suitsidning huquqiy jihatlari o'rganilgan.
Hozirda Respublikamizda deviant xulqli, og'ir tarbiyali, suitsidga moyil muammoli o'smir yoshlar bilan maktab psixologi, pedagoglar jamoasi, mahalla qo'mitalari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari, bolalar psixologlari ish olib borishmoqda. Professor B.M.Umarovning ta'kidlashicha, 13-17 yosh oralig'ida sodir etilayotgan jinoyatlarning sababiasosan, kattalarning bee'tiborligi, ota-ona va o'qituvchilar bilan o'zarokelishmaslik holati, yoshlarning muqaddam sudlangan shaxslarning salbiy ta'siriga tushib qolish holati, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik
rnoddalari kabilarga berilishi oqibatida kelib chiqmoqda.
Psixologik adabiyotlarda o'smirlarning 11-15 yoshgacha bo'lgan davri jinsiy yetilish, faol jismoniy o'sish, shaxs sifatida shaklanish davri deb sifatlanadi. Ayni shu davrda insonlarning fe'li, ijtimoiy munosabatlari shakllanib, odamlarga va atrof voqealikka bo'lgan munosabatlari ham yaqqol ko'zga tashlana boshlaydi.
Z.D.Paluanovaning "Qoraqalpog'iston respublikasida suitsidning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularni oldini olish" nomli nomzodlik dissertatsiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy-psixologik muammolarni o'rganish va suitsidni oldini olish bo'yicha choralarni ishlab chiqish mexanizmlari, suitsidga ta'sir etuvchi ijtimoiy-psixologik, etnopsixologik, ekologik, iqtisodiy va psixologik omillarni tadqiq etgan.
B.M.Umarovning "Suitsidologiya" nomli o'quv qo'llanmasida O'zbekiston sharoitida o'smirlarning o'z joniga qasd qilishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o'rganilgan. Unga ko'ra turli yoshlarda suitsid dinamikasi, motivlari gender jihatdan tahlil qilingan.
O'zbekistonda ilk marotaba Bosh prokratura tinglovichlari uchun I.I.Maxmudov, B.M.Botirov, E.N.Sattorov, S.A.Axundjanovalar tomonidan "Suitsidiologik dalillarga psixologik yondashuv (Qoraqalpog'iston va Xorazm xududlari misolida)" nomli o'quv qo'llanmasi nashr ettirilgan. Mazkur qo'llanmadan prokuratura xodimlari o'z kasbiy faoliyatida o'z joniga qasd qilish mohiyatini psixologik tushunishda samarali foydalanishlari mumkin.
G.A.Qarshiboeva o'z tadqiqotlarida Jizzax va Namangan viloyatlari ma'lumotlaridan kelib chiqib, o'z joniga qasd qilishning viloyat (shahar, qishloq), jinsi (erkak, ayol), yoshi (maktab o'quvchilari, kattalar), ta'limiy, oilaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan.
NJ.Xodjaevaning tadqiqotlarida o'z joniga qasd qilishning tibbiy, klinik, epidemiologik jihatlari ochib berilgan. U o'z tadqiqotlari natijasida O'zbekistonda o'z joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida aholiga psixiatriya yordamini takomillashtirish uchun asos bo'lgan qimmatli natijalarga erishildi.
G.B.Shoumarov, N.A.Sog'inov, U.D.Qodirov va Z.D.Palvanovalar tomonidan suitsid mavzusi bo'yicha amaliy tavsiyalar shakllantirilgan o'quv qo'llanma chop ettirilgan.
Jumladan, G.Z.Tojiboeva tomonidan maktab psixologining nizoli vaziyatlardagi psixokorreksion faoliyati xususiyatlari o'rganilgan va ta'lim-tarbiya jarayonida o'smirlar o'rtasidagi shaxslararo nizolar o'quvchilar va o'quv guruhlariga ham salbiy, ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan maktab psixologlarining o'smirlar o'rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi ishi shaxslararo nizoning shaxslilikni rivojlantiruvchi salohiyatini maksimal amalga oshirishga va uning salbiy oqibatlarini yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishga yo'naltirilishi kerak deb xulosa qilingan.
Y.K.Normetova tomonidan sog'liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari tadqiq qilinib, bemorlar sog'ayishida, shifokorlarning faoliyatida ijtimoiy-psixologik xizmatning o'rni keng yoritib berilgan. Aholi o'rtasida psixologik bilimlar targ'ibotini yo'lga qo'yish sog'liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning muhim elementlaridan biri bo'lib, odamning psixologik xizmat muassasalariga o'z vaqtida murojaat qilishlariga zamin hozirlaydi va ularni kasallik ta'sirida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bir qator noxush psixologik holatlarni o'z vaqtida aniqlash hamda davolash imkoniyatini beradi degan xulosalar chiqarilgan.
F.F.Rasulova tomonidan o'smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlari o'rganilib, agressiyaga moyil o'smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmi ishlab chiqilgan.
G.I.Sattorova tomonidan ilk o'spirinlar irodaviy sifatlarini psixodiagnostika qilish va psixokorreksiyalash jarayonini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Muallif psixologdar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida iroda diagnostikasiga bag'ishlangan o'quv-mashg'ulot blokini yo'lga ko'yish muhimligini e'tirof etgan.
D.R.Abdumajidova o'smirlarda assertiv xulqni shaklantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali psixodiagnostika va psixokorreksiya tadbirlari samaradorligini oshirish muhim masalalar sarasiga kirishini ta'kidlab, olib borilgan tadqiqot natijasida o'smirlar o'quv faoliyatida assertiv xulqning intellektual (erkin fikrlovchi, ahloqiy me'yorlarga amal qiluvchi), shaxsiy (ma'suliyat, dadillik, intiluvchanlik) va emotsional (kayfiyat, optimizm) darajalarini aniqlagan. Shuningdek, o'smirlarda assertiv xulqni shakllantirishga yo'naltirilgan "O'smirlarda assertiv xulqni shakllantirish darajasini aniqlash" psixologik trening dasturi samaradorligini isbotlagan.
X.X.Jabborov tadqiqotlari asosida, o'smirlar o'rtasida vayronkor g'oya va buzg'unchi mafkuralarga nisbatan barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik treninglar o'tkazish orqali, o'smirlardagi mafkuraviy immunitet beqarorlik darajalarini baholashning uslubiy ta'minoti ishlab chiqib, amalda sinovdan o'tkazdi. Tadqiqot natijasi, barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik ta'minotini kuchaytirishga qaratilgan.
O.S.Qodirovning "O'smirlarda (11-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi" nomli nomzodlik dissertatsiyasida o'smirlarda jinoyat motivlari shakllanishini o'rganish, o'smirlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishida salbiy omillardan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi, o'smirlarning
individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan "o'zini tasdiqlash", "o'z manfaatlarini boshqalardan ustun qo'yish", "o'g'rilik", "bezorilik", "buzg'unchilik", "qasoskorlik", "o'z kuchi va jasoratini ko'rsatuvchi" jinoyat motivlarini oldini olishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
R.Z.Jumayev olib borgan tatqiqotlarida o'smirlarda milliy o'zlikni anglashning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilgan. Olim ijtimoiy xulqning ichki, ma'naviy regulyatori sifatida milliy o'zlikni anglash xususiyatlarini ishning asosiy maqsadi qilib olgan. Bunda, asosan, o'smirlar ongida diniy his-tuyg'u va e'tiqodning shakllanishi ma'naviy hayot doirasida muhim ahamiyatga egaligi va ularning ijtimoiy axloqini, xulqini takomillashtiruvi yoki ulardagi salbiy xulq-atvor shakllanishiga nima sabab bo'lishini tadqiq qilgan.
G.T.Yadgarovaning «Noto'liq oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» nomli dissertatsiyasida esa o'smirlarning ijtimoiylashuvi normal kechishi inson psixikasida barcha jarayonlarga tezlik bilan adaptasiya (moslashuv) hosil qilinishi va mazkur jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta'siri ilmiy psixologik jihatdan asoslab beriladi.
D.M.Anvarovaning «O'smirlar ma'naviyati shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasida esa o'smirlarning hissiy-emotsional xususiyatlarni ularning ma'naviyatini shakllanishi va rivojlanishining psixologik qonuniyatlari va aynan o'smirlik yoshida kechadigan inqirozli holatlarda shaxsda shakllangan ma'naviy bilimlar uning ko'plab salbiy ilatlarga og'ishishini bartaraf qilishi mumkinligi ilmiy asoslab berilgan.
Mazkur tadqiqotchilar suitsid bo'yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlarni olib borgan bo'lsalarda, aynan deviant xulq-atvorli o'smirlarda suitsidial xulq-atvorni kelib chiqishi va profilaktikasi bo'yicha konkret ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan.
Shunday qilib, o'zini o'ldirish barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning nizolarni kechirish sharoitidagi ijtimoiy psixologik dezodaptatsiyasi oqibati sifatida qaralgan. Bunda suitsid o'zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq-atvorining variantlaridan birini namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga mosligi bilan emas, balki subektning o'ziga hosliklari, uning hayotiy tajribasi, intelekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi bilan aniqlanadi.
Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, suitsidial holatlar uchrashi, ularni ijtimoiylashuvi jarayonida ma'naviy-axloqiy qadriyatlaming buzilishi singari salbiy tendensiyalar, muhim hayotiy ahamiyatga ega tushunchalarning noto'g'ri idrok etilishi natijasida vujudga keladigan stixiyali ijtimoiylashuv, shaxlarning o'zini namoyon qilishga intilishi bilan bog'liq ravishda shakllanadigan deviant xulq-atvor, dezadaptatsiya kabi sifatlarni rivojlanishi uchun xizmat qilishi mumkin.
Nazorat ob'ektlarida esa mazkur omilga nisbatan adekvatlilik va noadekvatlilik ko'rsatkichlari orasida salmoqli tafovutlar sezilmadi. Umuman, deviant xulq-atvorli
o'smirlarda suitsidial holatlarni oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarning olib borilishi ularning ijtimoiy-psixologik taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qilar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.
2. Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76
3. Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017
4. Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-42
5. Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual Archive Volume 5 Number 1. 2016. 49-53
6. Elov.Z.S. К,адимги халклар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда уз жонига касд килишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (кадимги халклар урф-одатлари ва бугунги замон) Jamiyat va innovasiyalar. 10.2021 169-173.
7. F.F.Usmonov, Z.S.Elov. Suicide - as a global problem facing humanity. Web of scientist: international scientific research journal. Volume 3, Issue 2, Feb.,2022. 349-354
8. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O'smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. "Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.
9. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 600.
10. Olimov L, Avezov O. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. International Journal of Scientific & Technology Research. volume 9, issue 02, february 2020. P 2784-2786.
11. Olimov L.Ya, Maxmudova Z.M. Psychological peculiarities in stressful situations and social psychological features of coping behavior manifestation. "Science and Education" Scientific Journal. February 2022/ Volume 3 Issue 2. www.openscience.uz 1324-1333.
12. Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.
13. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B.1103.
14. Z.Elov. Qobiliyatning shaxs psixologiyasidagi o'rni va Danning-Kryuger effektipedagogik mahorat 2021/10/30 Номер 5 Страницы 143-144
15. Олимов Л.Я, Махмудова З.М. Психодиагностикани автоматлаштириш ва фанни укитишда инновацион педагогик ва ахборот-коммуникацион технологиялардан фойдаланишнинг узига хослиги. Масофавий таълимни ташкил этишнинг педагогик-психологик жихатлари мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман материали. Тошкент., 2021. -Б. 489-493.
16. Олимов Л.Я. Бахрамова М.Р. Формирование личности преподователя в процессе самовоспитания. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2018 год, Выпуск 17. 131-133 ст.
17. Олимов Л.Я. Социально-психологический подход к исследованию конфликтов. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2019 год, Выпуск 19. 379-381 ст.
18. Олимов Л.Я. Теоретические основы педагогической технологии. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2018 год, Выпуск 18. 163-165 ст.
19. Олимов Л.Я. Теоретический анализ проблемы креативности в психологии. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 23, 2021 г. С 237-241.
20. Олимов Л.Я., Жумаев Н.З. Педагогическое общение педагога со студентами. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2017 год, Выпуск 15. 198-203 ст.
21. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Диагностика Управленческих Способностей. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 2, 2020 г. С 204-209.
22. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Психологические механизмы девиантного поведения. Психология XXI века. Ярославль., 2020. -С. 125-127.
23. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари ва копинг хулк-атвор намоён булишининг ижтимоий психологик хусусиятлари: стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари. Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.
24. Элов З.С. Замонавий жамиятда суицид (уз жонига касд килиш) муаммолари. Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences. 2(2021): EJLFAS 26-28
25. Элов З.С. Исследования причин условий, факторов суицидального риска. Евразийский юридический журнал. 7 (86) 2015. 310-312
26. Элов З.С. Психологические особенносты самоубийств среди сотрудников ОВД. Психология XXI столетия. 2020 401-403
27. Элов З.С. Суицид - уз жонига касд килиш ижтимоий психологик муаммо сифатида. Conference on social and humanitarian research. International Conference on Social Humanitarian Research 17-18 th September, 2021 Poland 188189.
28. Элов З.С. Суицидал уринишларни содир этишга сабаб булувчи асосий омиллар (Ички ишлар органлари ходимлари мисолида). Psixologiya. 2(18) 2015. 82-87
29. Элов З.С. Суицидал хулк шаклланиши ижтимоий-психологик муаммо сифатида (ички ишлар идоралари ходимлари мисолида). Psixologiya. 3(23) 2016. 62-72
30. Элов З.С. Теоретические основы суицидального поведения. Psixologiya. 4(16) 2014. 20-24.