SHAXSDA SUITSIDAL XULQ-ATVOR SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Ma'ruf Qosim o'g'li Kubayev
Xalqaro islom akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi
O'z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom etib kelayotgan voqelikdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko'ngilli ravishda ketishi holatiga nisbatan munosabatlarning o'zgarishini ko'zatish mumkin. O'z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli madaniyatlarda munosabat o'ziga xos bo'lganligi ko'zatiladi.
XX asr o'zining barcha sarosimaligiga qaramasdan, insonlarni yuz yil oldin tasavvur qilish ham qiyin bo'lgan qulayliklar bilan o'rab oldi. Bunga moddiy turmush darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarning aynan suitsidlar soni bo'yicha yetakchilik qilayotganligi sabab bo'lgan. Shunga ko'ra, suitsidal xulqning bir nechta omillari tafovutlanadi[1].
1. Axloqiy omil. XX asrga kelib xulq-atvorning axloqiy motivatsiyasini o'zgartirish tendentsiyasi yuzaga keladi. Oldinlari uning asosida muhokama qilinmaydigan holatlar ya'ni, mantiq, hissiyot, aql-idrokka emas - e'tiqodga murojaat etish yotadi. Agar cherkov o'z joniga qasd qilishni man etsa - bu muhokama etilmaydi. Hozirga kelib XVIII va XIX asrlardagi hodisalar ta'sirida shakllan-gan e'tiqod inqirozi yuz berishi aniq. Bu ma'naviy halokat emas, balki rivojlanishning tabiiy bosqichidir.
2. Psixologik omil. N.A.Berdyaev yozganidek: «O'z joniga qasd qilish psixologik hodisadir va uni tushunish uchun o'z hayotini tugatishga qaror qilgan insonning ruhiy holatini tushunish lozim. O'z joniga qasd qilish hayotning maxsus, o'ziga xos daqiqasida, qora to'lqinlar ko'ngilni qamrab olgan, umid uchqunlari so'nggan paytida sodir etiladi. O'z joniga qasd qilish psixologiyasi eng avvalo, chorasizlik psixologiyasidir».
Ommaviy madaniyat apparati orqali jamiyat doimiy ravishda qandaydir hayotiy muvaffaqiyat standartlarini qabul qildirishga o'rinadi va unga mos kelmaslik fojia sifatida idrok etiladi[2].
3. Ijtimoiy omil. Texnik inqilob va urbanizatsiya oqibatida o'tgan asrning patriarxal dunyosi vayron bo'ldi. Inson o'zini o'rab turgan hayotiy kenglik ustidan bevosita nazoratni yo'qotib, shaxs
May 21
197
va jamiyat o'zaro munosabatlari ko'lami ham buzildi. Har qanday ijtimoiy larza, ijtimoiy mavqening ommaviy o'zgarishi o'z joniga qasd qilishlarning ko'payishiga olib keldi.
Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o'z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-ning doimiy yo'ldoshi hisoblangan. SHunday fikrlar borki, ba'zi odamlar shunchaki o'zini o'zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko'zatuv ustivorligini yo'qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.
Suitsid fenomenini ko'pincha psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog'laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o'ta zarur ehtiyojlarni qondirish yo'lidagi to'siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan emotsional holat sifatida tushuniladi ya'ni, ular shunday to'siqlarki, odam uni o'zining oldingi hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf eta olmaydi[3].
Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan xavf ta'siri (inson psixikasiga) ostida yuzaga keladigan emotsional turg'unlikning ichki buzilishi sifatida ko'riladi.
Adabiyotlarda ko'pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, «autatravmatizm» (o'ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti - harakat» terminlari ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o'z joniga qasd qilish bo'lsa, uni suitsidal xatti - harakatlarga bog'lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o'ziga zarar yetkazish bilan bog'liq xulq -atvor) «o'zini - o'zi yo'q qilish» xulq - atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik - ruhiy - og'riq, og'ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko'ngil og'rig'iga chiday olmaslik, uni har qanday yo'l bilan to'xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o'rinish o'z muammolaridan qutilish va uni hal etish usulidek qabul qilinadi.
Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o'ziga xos fikr-mulohazalarni ilgari suradilar (K.Rodjers va boshqalar).
Karl Rodjersning ta'kidlashicha, hayotning asosiy yo'nalishi (g'oyasi) atrof muhit va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to'zilishi rigid bo'lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go'yoki o'zini qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o'zoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo'qotiladi.
May 21
198
SHu tariqa «Men» boshida o'zining tajribasiga ishonmay oxir oqibatda o'ziga ishonch-ni butunlay yo'qotadi. Bu esa butunlay yolg'izlikni anglashga olib keladi. Bunday holatda shaxsda o'ziga ishonch yo'qoladi, hayotga nisbatan nafrat va ijirg'anish hissi paydo bo'ladi, o'lim ideallashtiriladi va bunday holat suitsidal moyilliklarni keltirib chiqaradi.
E.Shneydman birinchilardan bo'lib, suitsidal o'rinishning yaqinlashayotganini bildiruvchi belgilarni tavsiflashga harakat qiladi va ularni «suitsidga olib boruvchi kalitlar» deb ataydi. U jamiyatdagi mavjud suitsid haqidagi afsonalarni shuningdek, shaxsning suitsidal xulq - atvorini asoslovchi o'ziga xoslikni sinchiklab o'rganadi. Ushbu o'ziga xosliklar o'zi tarafidan yaratilgan, individlarning original tipologiyasida o'z aksini topadi va ular ko'pincha ongli ravishda o'z o'limlarini yaqinlash-tiradilar. Ularga quydagilar taalluqlidir:
1. o'lim qidiruvchilar - qutqarilish imkoniyatini pasaytirib, ataylab hayot bilan vidolashuvchilar;
2. o'lim tashabbuskorlari - uni ataylab yaqinlashtiruvchilar (masalan, og'ir kasallar, o'zini hayotiy ta'minlovchilaridan ongli ravishda o'zuvchilar);
3. o'lim bilan o'ynashuvchilar - hayotini garovga qo'yish imkoniyati mavjud vaziyatlarni qidirishga moyillar, tirik qolish imkoniyati pastligi bilan ajralib turadi;
4. o'limni ma'qullovchilar - ya'ni, hayot bilan vidolashishga faol intilmaslik orqali o'zining suitsidal istaklarini yashirmaydilar: bu masalan yolg'iz qariyalarga yoki Ego - identlik inqirozi vaqtidagi emotsional noturg'un o'smirlar va o'spirinlarga xosdir.
E.Shneydman, N.Farberou bilan birgalikda amaliyotga o'zini - o'zi o'ldirishning psixodinamikasini tushunishni chiqurlashtirgan psixologik autopsik metodini (o'z joniga qasd qilganlarning o'lim oldi xatining tahlilini o'z ichiga oluvchi) kiritadi[4]. Ushbu metod asosida ular suitsidning uch to'rini ajratadi:
- egotik - o'zini o'ldirish;
- ularning sababi intra - (ichki) - psixik dialog, «Men»ning qismlari o'rtasidagi nizo, tashqi sharoitlar esa qo'shimcha rolb o'ynaydi masalan, eshituv gallyutsinatsiyalaridan qiynaladigan psixik kasallarning o'zini o'ldirishi;
- diadik o'zini o'ldirish, asosi ahamiyatli bo'lgan yaqin odamga tegishli amalga oshmagan ehtiyoj va xohishlarda namoyon bo'ladi, shu tariqa, ushbu harakatni boshqasiga munosabat aktiga aylantiruvchi tashqi omillar ustunlik qiladi;
- agenerativ o'zini o'ldirish, bunda biror bir avlodga yoki insoniyatga tegishlilik hissini yo'qotish oqibatida yo'q bo'lish hissi sabab bo'ladi, masalan, qarilik davridagi suitsid.
May 21
199
N.Farberou suitsidologiyada odamning o'zini - o'zi yo'q qilish xulq - atvori kontseptsiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. Uning yondashuvi muammoga kengroq qarash imkoniyatini yaratadi va bBunga ko'ra, u nafaqat amalga oshirilgan o'z joniga suiqasdni, balki autoagressiv xulq - atvorning boshqa shakllarini ham ko'rib o'tishni ta'kidlaydi: alkogolizm, toksikomaniya, narkotik tobelik, delekvent xatti - harakatlar, ishga qattiq berilish, oqlanmagan xavf - xatarga moyillik, noadekvat qiziqish va h.k. Ushbu yondashuv N.Faberouga o'zini o'ldirishning oldini olishning zamonaviy tamoyillirini ishlab chiqish imkonini berdi[5]. Bundan tashqari u «tirik qolganlar» -o'zini o'ldirishni eplay olmaganlar va o'zini o'ldirganlarning qarindoshlari va do'stlarining psixologiyasini tadqiq etish bilan shug'ullanadi.
Shunday qilib, o'zini o'ldirish - barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning nizolarni kechirish yoyosharoitidagi ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibati sifatida qaraladi. Bunda suitsident o'zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq -atvorining variantlaridan birini namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga mosligi bilan emas, balki subbektning o'ziga xosliklari, uning hayotiy tajribasi, intellekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi bilan aniqlanadi.
REFERENCES
1. Umarov.B. O'quv qo'llanma. Toshkent, 2019, 171-172b.
2. U.Qodirov. Yoshlarni destruktiv ta'sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari. Toshkent, "Fan va texnologiyalar", 2013, 246b.
3. Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных текстах. - М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.
4. Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных текстах. - М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.
5. Sidushin.B.A. Ритуальные самоубийства в различных этносах. -СПб, 2003,
243b.
Щ_May 21
Republican Scientific and Practical Conference