Научная статья на тему 'O’SMIRLAR XULQIDA NAMOYISHKORLIK G’AYRATLILIK XUSUSIYATLARI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI'

O’SMIRLAR XULQIDA NAMOYISHKORLIK G’AYRATLILIK XUSUSIYATLARI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
246
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixika / ijtimoiy-psixologik / jamiyat / g’ayratlilik / ta’lim-tarbiya / o’smir yoshi / ilmiy tadqiqotlar / nazariya / affekt / deviant xulq atvor / tizim / tajovuz. / psyche / socio-psychological / society / enthusiasm / education / adolescence / scientific research / theory / affect / deviant behavior / system / aggression.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. Usmonov

Maqolada o’smirlik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, ularning o’ziga xos bo’lgan psixikasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF STUDYING THE CHARACTERISTICS OF DEMONSTRATIVE MOTIVATION IN THE BEHAVIOR OF ADOLESCENTS

The article describes the socio-psychological characteristics of adolescence, scientific research conducted by scientists, and their peculiar psyche.

Текст научной работы на тему «O’SMIRLAR XULQIDA NAMOYISHKORLIK G’AYRATLILIK XUSUSIYATLARI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'SMIRLAR XULQIDA NAMOYISHKORLIK G'AYRATLILIK XUSUSIYATLARI

TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI Usmonov Rahimjon

FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336327

Annotatsiya. Maqolada o'smirlik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, ularning o'ziga xos bo'lgan psixikasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: psixika, ijtimoiy-psixologik, jamiyat, g'ayratlilik, ta'lim-tarbiya, o'smir yoshi, ilmiy tadqiqotlar, nazariya, affekt, deviant xulq atvor, tizim, tajovuz.

МЕТОДОЛОГИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ ХАРАКТЕРИСТИК ДЕМОНСТРАТИВНОЙ МОТИВАЦИИ В ПОВЕДЕНИИ ПОДРОСТКОВ

Аннотация. В статье описываются социально-психологические особенности подросткового возраста, научные исследования, проводимые учеными, и их своеобразная психика.

Ключевые слова: психика, социально-психологический, социум, увлеченность, воспитание, подростковый возраст, научное исследование, теория, аффект, девиантное поведение, система, агрессия.

METHODOLOGY OF STUDYING THE CHARACTERISTICS OF DEMONSTRATIVE MOTIVATION IN THE BEHAVIOR OF ADOLESCENTS

Abstract. The article describes the socio-psychological characteristics of adolescence, scientific research conducted by scientists, and their peculiar psyche.

Keywords: psyche, socio-psychological, society, enthusiasm, education, adolescence, scientific research, theory, affect, deviant behavior, system, aggression.

KIRISH

O'smirlik davri yosh davrlar psixologiyasidan bizga ma'lumki eng o'g'ir davr xisoblanadi bu davrda bolalarda g'ayratlilik , nomoishkorlik kabixususiyatlar yaqqol nomoyon bo'ladi .O'smirlik davridagi qiz va o'g'il bolalarda o'zlari xoxlamagan tarzda fel atvorida keskin burilishlar kuzatiladi . 10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan o'smirning yosh psixologik xususiyatlari namoyishkorlik xususiyati xarakterida aks etadi. Namoyishkorlik - maqsadli, ongli xatti-harakatlar boshqalarda ma'lum taassurot qoldirish, o'ziga xos tarzda namoyon bo'lish, xulq-atvornida "o'yinqaroqlik" harakatlari va o'zini ortiqcha baholash va "Men obraz"i ni ta'kidlash. O'smirlik o'tish davri, murakkab, qiyin, tanqidiy davrdir. Ko'pincha u og'ir boshdan kechiriladi, bu esa og'ishlarga olib keladi. Ayrim hollarda voyaga etmaganlarning xatti-harakatlarida quyidagi xolatlar kuzatiladi :

- Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste'mol qilish,

- O'smirlarning teatrlashtirilgan va o'z joniga qasd qilish xatti-harakatlari,

- Turli g'oyalar ostida birlashgan guruhlar va subkulturalarga qo'shilishi ko'zga tashlanadi.

Olimlar bir ovozdan shunday xulosaga kelishgan namoyishorlik - o'smir xatti-harakatlarining xarakterli xususiyatlaridan biridir. A.E. Lichkoning fikriga ko'ra, namoyishkorona reaktsiya "o'smirlar xulqidagi affektiv reaksiyalar ichida eng ko'p uchraydiganidir". Pedagoglar o'smirlarning xatt-harakatida ko'pincha namoyishkorlik muammosiga duch kelishadi. O'smir ko'p hollarda yolg'on, ahmoqlik, qo'pollik kabi usullar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

orqali e'tibomi o'ziga jalb qiladi. Odatda bunday o'smirlar, xudbin (egoyist), o'z xulqidagi kamchiliklarini tuzatishni istamaydi. Bu xatti-harakatlar mudofaa usulida emas, balki atrofdagilardan g'alaba qozonish, o'z-o'zini tasdiqlash, atrofdagilarni diqqatini qaratish maqsadida amalga oshiriladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma'lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi.

"Demonstrativlik" so'zi lotin tilidan olingan ko'rgazmali degan ma'noni anglatadi. Bu toifa boshqalarning e'tiborini jalb qilishga qaratilgan turli xulq-atvor ko'rinishlariga nisbatan ishlatiladi. Bundan tashqari, diqqatni jalb qilish qobiliyati aktyor, siyosatchi, sportchi kabi kasb egalari uchun zaruriy xususiyatdir.

Boshqalardan ajralib turish istagi bir necha yo'nalishda amalga oshiriladi, vaziyatga qarab bir uslubdan ikkinchi uslubga o'tadi yoki ayni vaqtdagi uslubning natijasi qoniqtirsa, o'smir uslubni o'zgartirmasligi ham mumkin. Birinchi uslub o'z shaxsiga nisbatan xurmat va hayratlanish va simpatiya uyg'otish. Bu uslub maktabda va uyda yaxshi samara beradi. Bunday holda, o'smir o'qishda, sportda yoki biron bir to'garakda qatnashishdagi muvaffaqiyatlari bilan ajralib turishga harakat qiladi. Ko'pincha, o'smir ta'limdagi muvaffaqiyatsizliklarini tashqi omillar bilan izohlaydi. Bundan tashqari, atrofdagilarning rahm-shavqati va hamdardligiga erishishga qaratilgan harakatlar. Buning uchun turli nayranglar tanlanadi. Ularga o'zinin omatsizlaiklari haqidagi hikoyalardan tortib, jazava (isterika)ga tushish, hushdan ketish va hatto kasal bo'lish.

Uchinchi uslub - atrofdagilarning e'tiborini salbiy usulda jalb qilishdir. O'smirning xulq-atvorida jasurlik, masxarabozlik, qo'pollik, intizomning atayin buzish, ko'pchilikning fikriga qarshi borish va xulqdagi boshqa og'ishlar. Namoyishkorona qochish va namoyishkorona o'z joniga qasd qilish ham shular jumlasidandir.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'p psixologlar inqirozning rivojlanishi tushunchasini "xarakter aksentuatsiyasi" bilan bog'laydilar. Xarakter aksentuatsiyasi va o'smirning shaxsiy individual xususilatlarini bilish pedagogga, o'smirning harakatlarini oldindan ko'ra bilish imkonini beradi.

G.Parensning fikriga ko'ra agressivlik bu o'zini himoya qilish shuningdek, o'z huquqini himoya qilish. A.A Rean va S.L Solovyovalar ham shu fikrni ilgari surishadi. Agressiya inson xarakteridagi yoqimsiz xususiyatlarning namoyon bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Qo'rquvsiz formada bezorilik, qo'rquvli formada o'z huquqini o'zi himoya qila olmaslik. Shuningdek agressiya delikvent va criminal xulq atvorning boshqa turlari bilan o'zgarib boradi. O'smirlar uchun agressivlikning namoyon bo'lish shakillari o'zgarishi xarakterli. L.M.Semenyuk (1996) ning o'smirlik davrining turli bosqichlaridagi tajovuskorlikning turli ko'rinishlari mavzusida tadqiqot olib borgan. Unga ko'ra 10-11 yoshdagi o'smirlarda ko'proq jismoniy agressiya ko'zga tashlanadi. Ularda agressiyaning barcha turidan ko'ra nisbiy agressiya kamroq ko'zga tashlanadi. 12-13 yoshdagi o'smirlarda ko'roq negativlik, so'ngra jismoniy va verbal agressiya ko'rinishlari namoyon bo'ladi. 14-15 yoshdagi o'smirlarda esa verbal agressivlik birinchi darajaga chiqib oladi. Agressiyaning jismoniy va nisbiy turlari shuningdek, negativlik darajasi sezilarli oshadi. Agressiv reaksiyalarning namoyon bo'lishida jinsiy farqlar ham mavjud. O'g'il bolalarda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jismoniy tajovuskorlik usuli ko'proq ko'zga tashlanadi. Qizlarda esa verbal agressiya, agressivlikning bilvosita usullari shuningdek, negativlik darajasi oshib boradi.

O'smirlik davri tarkibida o'g'ilva qiz bolalar birdek tegishli bo'lgan yuqori va past darajadagi tajovuskor harakatlar bilan bog'liq bo'lgan yosh ko'rsatkichlari mavjud. Semenyukning tadqiqotlariga ko'ra 10-11 yoshdagi o'smirlarda jismoniy agressiya yuqori ko'rsatkichda bo'lsa, 14-15 yoshdagi o'smirlarda birinchi darajada agressiyaning verbal ko'rinishi chiqadi. Biroq bu jismoniy tajovuskorlik namoyon bo'lishining yoshga qarab pasayishi emas. Agressiyaning barcha shakillarining namoyon bo'lishining maksimal ko'rsatkichlari (jismoniy va verbal tajovuskorlik ) I4-15 yoshda aniq ko'rinadi. Ammo jismoniy va verbal tajovuskorlikning o'sish dinamikasi inson o'sib ulg'ayganda bir xil emas. Jismoniy tajovuskorlikning namoyon bo'lishi garchi ortib borsada sezilarli emas. Ammon verbal tajovuskorlikning namoyon bo'lib borishi o'sish sur'ati ancha tez. Shuni ta'kidlash mumkinki, kichik yoshda, masalan, IG-II yoshda tajovuskorlikning turli shakillari o'rtasidagi farq sezilarli emas. Ya'ni ular turlicha ifodalangan bo'lsada ularning paydo bo'lishi chastotasi bo'yicha farqlar sezilmaydi. I4-15 yoshdagi o'smirlar orasida tajovuskorlikning yuzaga kelish chastotasi aniqroq va sezilarli farqlar mavjud. Tajovuskorlikning turli shakillarining namoyon bo'lishining tuzilishi bir vaqtning o'zida ham, yosh ham jins xususiyatlariga bog'liq. Erta o'smirlik davrida o'g'il bolalarda jismoniy tajovuskorlik ustunlik qiladi. Qizlar esa jismoniy tajovuskorlik bir oz ifodalanadi ammo qizlar tajovuskorlikning og'zaki, verbal usulini afzal ko'radilar. Endi 12-I3 yoshda o'g'il bolalarda va qizlarda ham tajovuskorlikning ani shakli bu negativlikdir. Aytish kerakki Bass va Darkining tajovuskorlik konsepsiyasidagi negativlik tushunchasi bu muxolifat harakati sifatida o'rnatilgan qonun qoidalarga qarshi bo'lib, u passiv qarshilik ko'rinishida ham mavjud qoida meyyorlar urf-odatlarga qarshi, faol kurash shaklida ham namoyon bo'lishi mumkin. I2-I3 yoshda o'g'il bolalarda ikkilamchi tajovuskorlik jismoniy shakilda, qizlarda esa verbal shakilda amalga oshiriladi. I4-15 yoshdagi o'smirlarda negativism va verbal agressiya o'g'il bolalarda dominantlik qilsa, qizlarda asosan verbal tajovuskorlik shakli dominantlik qiladi. Jismoniy tajovuskorlik shakli bu yoshdagi o'smirlar orasida hatto o'g'il bolalarda ham dominant emas. Shunisi aniqki, yoshdan qat'iy nazar tajovuskor xatti xarakatlarning barcha shakillari qizlarga qaraganda o'g'il bolalarda ko'proq namoyon bo'ladi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tajovuskor va tajovuskor bo'lmagan o'smirlarning ota-onalariga bog'liqligi turli darajada. A.Bandura va R.Walterslarning tadqiqotiga ko'ra tajovuskor va tajovuskor bo'lmagan o'smirlarning ota-onasi bilan identifikatsiyalashishi turlicha. Ushbu tadqiqot o'smir o'g'il bolalar ortasida tajovuskor bo'lmagan o'smirlarning ota-onalari bilan identifikatsiyalashuvi tajovuskor o'smirlarning ota-onalari bilan identifikatsiyalashuviga qaraganda aniqroq va yaqinroq ekanligini aniqlash maqsadida o'tkazilgan. Ayniqsa bu farq tajovuskor va tajovuskor bo'lmagan o'smirlarning otasi bilan identifikatsiyalashuvida seziladi. Tajovuskor va tajovuskor bo'lmagan o'smirlarning ona bilan identifikatsiyalashuvida farq unchalik katta emas. Ya'ni ona bilan identifikatsiyalashish tajovuskor va tajovuskor bo'lmagan o'smirlar o'rtasida ancha yuqori va yetarlicha yaqin darajada.

Aniqki indentifikatsiyadagi buzilishlar shaxsiy rivojlanishning jiddiy ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. A.A.Rean va M.Yu.Sannikova larning tadqiqoti o'smirlarning ijtimoiy muhit bilan(shuningdek ota va tengdoshlar bilan) iliq munosabatda ekanligi ularning ona bilan ijobiy munosabatda ekanligi bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Tushunish mumkinki o'z onasiga sibatan shalbiy munosabatdagi shaxslarda total negativlik(barcha ijtimoiy obyektlar, hodisalar va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

meyyorlarga nisbatan negativlik)ning fundamental fenomeni namoyon bo'ladi. Umuman olganda onaga nisbatan salbiy munosabat shaxsning umumiy disfunksional rivojlanishining muhim ko'rsatkichidir.

O'smirda agressivlikning namoyon o'lishi yoki uchun qanday shakilda namoyon bo'lishi u yashab turgan oilaviy muhitga, tengdoshlar jamoasiga, makromuhit (ta'lim muassasasi), u yashayotgan jamiyatning urf-odat va an'ananalariga va unga oqib kelayotgan information oqimning turiga bog'liq. Bunda oila hal qiluvchi rolni bajaradi. Bu oilada turmush o'rtoqlarning bir biriga munosabati, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabat, oiladagi axloqiy qoidalar, dunyoqarash va oilaning rejalari hamda maqsadlarini o'z ichiga oladi.

R.G.Ilyusheva o'smirdagi agressivlikni oshishiga sabab bo'luvchi oiladagi tarbiyaning noto'g'ri turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. Tarbiyaning "e'tiborsiz vasiylik" turi, tarbiyaning "oilaning kumiri" turi va tarbiyaning "Zolushka" turi.

Tarbiyaning "e'tiborsiz vasiylik" turi alkogolizm yuzaga kelgan, ota-onalar ziddiyatli oilalarda, rasmiy ravishdagi farovon, aslida deformatsiyalangan oilalarda paydo bo'ladi. Tarbiyaviy vazifalar faqad majburan, yuzaki bajariladi va asosan bolani materil ta'minlashga asoslangan bo'ladi. E'tiborlsizlik sharoitida o'sgan o'smirlarda zararli odatlarga berilish, alkogol va tamakiga bo'lgan qiziqishning erta uyg'onishi ko'zga tashlanadi. Ular uchun maktabdan qochish, o'smirlarning antisotsial guruhlariga qo'shilish, huquqbuzarliklar amalga oshirish xarakterli. Buning natijasida ularda shavqatsizlik, janjallarga moillik va boshqa salbiy odatlar yuzaga keladi.

Tarbiyaning "oilaning kumiri" usulida o'smir oilaning diqqat markazida bo'ladi. Uning barcha xuslatlari doimiy maqtovda masalan uning tashqi ko'rinishi, intellekti kabilar. Shunisi xarakterliki tashqi ko'rinish haqida gap ketganda eng ko'rkam yoki chiroyli, intellekt haqida gap ketganda eng aqilli degan maqtovlar nazarda tutiladi. Bunday tarbiya bilan o'smir yuksaklikka ega manmanlik, o'z fazilatlarini ortiqcha baholash va e'tirofga bo'lgan doimiy tashnalik va xulq-atvor namoyishkorlik, kuchayganlik bilan ajralib turadi. Qimmatbaho kiyimlarga, buyumlarga va mashg'ulotlarga qiziqishning ortib boradi. Bunday o'smirlar har qanday yo'l bilan o'ziga e'tiborni qaratish istagida bo'ladi. Ularning istaklari amalga oshmagan hollarda ularda yovuzlik va tajovuskorlik ko'zga tashlanadi.

Tarbiyaning "Zolushka" turida o'smirga ota-onasi tomonidan haddan tashqari qattiqqo'llik qilinadi. O'smir ota-onasiga nisbatan so'zsiz itoatkorlik bo'ladi. Natijada o'smirda o'z kuchiga ishonmaslik, o'ziga nisbatan ishonsizlik hissi, mustaqil bir qarorga kela olmaslik, o'z manfaatlarini himoya qila olmaslik, qo'rqoqlik shakillanadi. Ba'zi hollarda jahildorlik, qo'zg'aluvchanlik va tajovuskorlik yuzaga keladi.

O'smirning o'z agressiyasining namoyon qilishni o'zlashtirishiga oilada aka-uka va opa-singillarning o'zaro munosabatlari asos bo'lib xizmat qiladi. Ushbu fikr Felson tadqiqoti (Richardson D. Beron R. 1997)da o'z aksini topdi. Ushbu qadqiqot natijasida o'smirlar jismoniy va verbal agressiyaning ko'roq qismini o'z opa-singil va aka-ukalariga yo'naltirishlari aniqlandi. Aniqlandiki ota-onaning farzandning agressivligiga nisbatan munosabati bola va ota-ona o'rtasidagi munosabatga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ota-onalar bolalar o'rtasidagi negativ munosabatlarni yo'qotishga harakat qila turib qaytaga ushbu negativ munosabatlarni kengayishiga sabab bo'lishlari mumkin.

L.M.Chapelevaning fikriga ko'ra hozirgi kunda maktab doim ham tinch-totuv muhitga namuna bo'la olmaydi. Bir tomondan bolaning maktabga tayyorgarligi va intellect darajasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

orasidagi farq, ikkinchi tomondan maktabdagi ta'lim bilan bog'liq talablar tizimi natijasida davomli xarakterga ega bo'lgan konfliktlar yuzaga keladi. Ushbu ichki salbiy konfliktlar ommaviy-salbiy xulq atvor ya'ni, dasrs qoldirish, yolg'on gapirish, uydan yoki maktabdan ketib qolish va haddan tashqari asabiylashishni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari bola tajuvuz haqida tengdoshlari bilan muloqot jarayonida ma'lumot oladi. O'smirlar tengdoshlari va o'zlaridan kattalar yoshdagi o'spirinlarning harakatlarini kuzatish orqali o'zlaridagi agressiv xulqni tarbiyalaydilar. O'smir orasida eng tajovuskor bo'lgan o'smir tabiiyki boshqa o'smirlar tomonidan ko'p hollarda rad etiladi, shuning uchun u boshqa o'zi kabi tajovuskor o'smirlar orasidan o'ziga do'st izlaydi. Bu bilan bir u o'zidagi muammolarni ko'paytiradi, chunki agressiv o'smirlar orasida agressivlik darajasi ortib muammolar ko'payadi.

Tajovuskorlikning shakillanishida OAV va reklama alohida ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra oxirgi yillarda uzoq vaqt davomida tez-tez takrorlanib turadigan reklama roliklarida agressiv yo'naltirish darajasi oshib bormoqda. Aytish mumkinki reklama roliklari aholi ongiga kuchli psixologik ta'sir ko'rsatadi. Bunda o'smirlarlarda ta'sirchanlik ko'proq yuz beradi. O'smirlarda tajovuskorlikning namoyon bo'lishi sabablari orasida ularning shaxsiy individual xususiyatlari (xarakter aksentuatsiyasi va tashvish), ustanovkalar va qadriyatlari tizimini misol qilib keltirish mumkin. Tajovuskorlik namoyon bo'lishining asosiy sabablaridan biri bu xarakter aksentuatsiyasi. A.E.Lichko (1983)ning tadqiqotlariga ko'ra xarakter aksentuataiyasida ma'lum xarakter xususiyatlariga haddan tashqar urg'u berilgan meyyor turlari mavjud. Vaziyatdan kelib chiqib ma'lum bir tipga mansub o'smirlardagi ma'lum xarakter xususiyatining boshqa o'smirlar sababli meyyordan ortiq darajada kuchayishi hisobiga o'smirda zaiflik yuzaga keladi. Tajovuskorlik xatti xarakatlari namoyon bo'lishiga moilligiga ko'ra o'smirlar asteno-nevrotik, gipertim, isteroid (jazava), beqaror (неустойчивый), epileptoid (epilepsiya) xarakter aksentuatsiya tiplariga bo'linadi.

Har xil o'smirlar tomonidan aynan bir xil reaksiya bo'lishi tajovuskorlik yoki norma sifatida qabul qilishini mumkin. Ushbu reaksiyaning qanday qabul qilinishi ushbu o'smirning meyyorlari va qadiryatlari tizimiga, uning ongidagi ustanovkalariga va u yashayotgan jamiyatning normalariga bog'liq.

MUHOKAMA

O'z-o'zini nazorat qilish darajasining pasayoshi ham oshishi ham o'smirda tajovuskor munosabatning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, o'z-o'zini nazorat qilishi past insonlarda ichki cheklovlar mexanizmlari yaxshi rivojlanmaydi shuning uchun ularda tez-tez tajosuvkorlik hollari kuzatiladi. G'ayrioddiy rivojlangan ichki cheklash mexanizmlariga ega bo'lgan insonlar o'ta kuchli provokatsiya bo'lgan taqdirda ham tajovuskorlikdan o'zini tutishga qodir. Biroq ichki ingibitor resurslar tugaganda, o'z-o'zini nazorat qilishi kuchaygan insonlar tomonidan ko'rsatilgan tajovuskorlik ekstrimal bo'lishi, ba'zan halokatli yakunlanishi mumkin.

Chet el olimlari tajovuskorlikka moillikning avloddan avlodga o'tishini monozigot va dizigot egizaklarda o'rganishdi. Natijalar qarama-qarshi bo'lib chiqdi. R.Beron va D.Richardson (I997)larning tadqiqotlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, tajovuskorlik aynan avloddan avlodga meros bo'lib qolmasdan, gen orqali o'tgan ma'lum bir xarakter xususiyat (impulsivlik yoki liderlikka intilish) tajovuskorlikning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek tashqi omillar ham bilvosita tajovuskorlikning namoyon bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunga shovqin, issiqlik va havoning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Griffitning tadqiqotlarida atmosferadagi holat bilan tajovuskorlik o'rtasidagi bog'liqlik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'rganilgan. O'rtacha harorati normal haroratdan yuqori bo'lgan hududlarda yashovchi insonlar, o'rtacha harorati normal darajadan past yoki juda yuqori bo'lgan hududlarda yashovchi insonlarga nisbatan asabiyllik, jahildorlik darajasi yuqori va ularni o'rab turgan olamga nisbatan ularda tajovuskor reaksiya bor. Havoning ifloslanishi, shovqin, va arxitekturaning zichligi shaxslararo munosabatlarga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning yomonlashuvi havo sifatining yomonlashuvi va shovqinli muhit bilan ham bog'liq. Arxitekturaning zieh joylashuvi salbir reaksiyalarning kuchayishiga sabab bo'ladi.

XULOSA

O'smirlardagi tajovuskor reaksiyalarning zo'ravonlik darajasi o'smirlardagi o'z o'sini baholash bilan bog'liq. Aytish mumkinki o'smirlarda o'z o'zini hurmat qilish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, undagi umumiy tajovuskorlik va uning tarkibiy qismlari ham shunchalik uqori bo'ladi. Bu munosabat tajovusning instrumental shakliga ham, tajovusning boshqa dushmanlik shakliga ham birdek xosdir. A.A Rean (1997)ning tajribasi shuni ko'rsatadiki, 14-17 yoshdagi o'smirlarda jismoniy tajovus darajasi shaxsning umumiy o'z o'zini baholash darajasi bilan bog'liq. O'z o'zini baholash darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, jismoniy tajovuskorlikni namoyon qilish tendensiyasi shunchalik aniq.

REFERENCES

1. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.

2. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.

3. KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT KNOWLEDGE. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"Интернаука", 37-38.

4. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

5. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АХАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

6. Ботирова, Н. (2020). Обучающие возможности тестовых технологий. Профессиональное образование и общество, (3), 68-71.

7. Ботирова, Н. Д. (2019). РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ. Гуманитарный трактат, (61), 4-6.

8. Ботирова, Н. Д. РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ DEVELOPMENT OF PRODUCTIVE THINKING OF YOUNGER SCHOOLBOYS. Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по гуманитарным наукам. Подробнее на, 4.

9. Djurabaevna, B. N., & Ibrokhimovna, T. S. (2020). Specific features of teaching mathematics in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 302-307.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

10. Alimjanova, M. (2020). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMATION OF RESPONSIBILITY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES. Theoretical & Applied Science, (4), 914-917.

11. Alimjanova, M. (2021). ABOUT GENDER STEREOTYPES. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(06), 72-76.

12. Alimjonova, M. Y. (2021). The role of the national values in the history of pedagogical education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1040-1044.

13. Shavkatovna, S. R. (2021). DEVELOPING CRITICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 97-102.

14. Vosiljonov, A. (2022). BASIC THEORETICAL PRINCIPLES OF CORPUS LINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175

15. Shavkatovna, S. R. (2021). Methodological Support for The Development of Primary School Students' Creative Activities. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2, 121-123.

16. Shavkatovna, S. R. N. (2021). METHODICAL SUPPORT OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 74-76.

17. Maxamadaliyevna, Y. D., Oljayevna, 0. F., Qizi, T. D. T., Shavkatovna, S. R. N., & Anvarovna, A. O. (2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State Technology, 63(6), 14221-14225.

18. Jabborova, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

19. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BADIIY TAXALLUSLARNING QO „LLANILISHI. Студенческий вестник, (13-5), 70-72.

20. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The use of anthroponyms and pseudonyms in alisher Navoi's gazelles. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 349-3

21. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways to cultivate the creative thinking of beginners in the classroom through information and communication technologies. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.

22. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

23. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 3132.

24. Турахужаева, А., & Мухторий, М. (2018). СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ" СИСТЕМЫ" В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-4), 157-159.

25. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).

26. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

27. Косимова, Х. Н. (2021). КИТОБХОНЛИК КУНИКМАСИНИ ШАКИЛЛАНТИРИШДА ОИЛАГА ПЕДАГОГИК ТАВСИЯЛАР БЕРИШ ТИЗИМИ. Scientific progress, 1(6).

28. Нажмиддинов, Э. Х., Кучбоев, А. Э., Мухаммадиев, М. А., & Соатов, Б. Б. (2021). Эколого-морфологические характеристики нематод рода Rhabdochona-паразитов обыкновенной маринки. Теория и практика борьбы с паразитарными болезнями, (22), 387-393.

29. Юлдашев, Э., & Нажмиддинов, Э. (2013). БРАКОНИДЫ (Hymenoptera, Braconidae) РОДА ROGAS NEES ФАУНЫ СРЕДНЕЙ АЗИИ. In Биоразнообразие и рациональное использование природных ресурсов (pp. 134-136).

30. Kuchboev, A. E., Najmidinov, E. K., Mukhamediev, M. A., Karimova, R. R., & Yildiz, K. (2021). Morphological and ecological features of some nematodes of the genus Rhabdochona in marinka obtained from Fergana Valley, Uzbekistan. Journal of Parasitic Diseases, 45(4), 1084-1089.

31. Vosiljonov, A. (2022). BASIC THEORETICAL PRINCIPLES OF CORPUS LINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175.

32. Usmanov, N. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 1(1), 33-37.

33. Gulnoza, R., & Lola, K. (2022). OBRAZLAR TALQINIDA LINGVISTIK IMKONIYATLAR. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), 91-95.

34. Kalandarovna, Y. L. (2022). IDENTIFICATION AND EDUCATION OF GIFTED CHILDREN. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(10), 42-47.

35. Dilafruz, A. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VA OILADA GENDER XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 183-189.

36. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2), 926-931.

37. Askarova, D. I. (2022). THE ROLE OF FOLK PEDAGOGY IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 89-96.

38. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

39. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role and Importance of Music Clubs in The Leisure of Young People. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 47-49.

40. Ulugbek, R. (2021, January). AN ANALYSIS OF WORDS WHOSE EMOTIONAL MEANING CHANGES IN MODERN ENGLISH LINGUISTICS. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 131-136).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

41. Narziev, S., Asqarov, J., & Khokimyatov, A. (2G2I). Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health. The American Journal of Engineering and Technology, 3(G4), 79-S4.

42. Asqarov, N. I. (2G2I). Prospects For The Development Of The Investment. The American Journal of Applied sciences, 3(GI), I62-I66.

43. Usmanova, O. S. (2G22). National curriculum and new generation mathematics textbook. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(2), II-I6.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

44. Sobirovna, U. O. (2G22). The Use of Mnemotechniques in Teaching Younger Schoolchildren. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 446-45G.

45. Dilafruz, Y., Marifatxon, J., Rasuljonovna, E. Z., & Muqaddasxon, M. (2G22). MAKTABGACHA TA'LIMGA YANGICHA YONDASHUV. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), I2I-I25.

46. Zhabborova, M. R. K. (2021). Mактабгача таълим сохдси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (I7), 394-395.

47. Mирзабоев, Й. А. (2022). ТУР УЗГАРИШ ЧИЗЩЛАРИ УЧТА БУЛГАН, ГИПЕРБОЛИК ^ИСMЛАРИHИHГ ^АMMАСИ ХАРАКТЕРИСТИК УЧБУРЧАКЛАРДАН ИБОРАТ БУЛГАН БЕШБУРЧАКЛИ СО^АДА УЧИНЧИ ТАРТИБЛИ КУРИНИШДАГИ ПАРАБОЛИК-ГИПЕРБОЛИК ТЕНГЛАЫА УЧУН БИТТА ЧЕГАРАВИЙ MАСАЛА ^А^ИДА. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 1(5), 363-366.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.