Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
O'SMIRLARDA AGRESSIYANING NAMOYON BO'LISHI
B.M Aminbayeva
UrDU magistratura talabasi
L.E. Ataxanova
UrDU magistratura talabasi
I.K. Atajonov
UrDU magistratura talabasi
АННОТАЦИЯ
В этой статье исследуются концепции кризиса и агрессии в подростковом возрасте. В частности, особое внимание уделяется показателям проявления агрессивного поведения у подростков, основным причинам его возникновения и психопрофилактике.
ABSTRACT
This article explores the concept of crisis and aggression in adolescence. In particular, special attention is paid to the indicators of the manifestation of aggressive behavior in adolescents, the main causes of its occurrence and psychoprophylaxis.
Bugungi kunda shiddat bilan o'zgarib borayotgan hayot oldimizga qo'yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o'ylar ekanmiz, uning yechimini aynan ta'lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo'lamiz. O'smirlardagi agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki butun bir jamiyat uchun birmuncha o'tkir muammolardan biri hisoblanadi. Inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, hayotning yuqori ritmi, shaharlarning zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik holatiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. O'smirlar jinoyatchiligining o'sib borayotgan oqimi va axloqning tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko'rinishlarni uyg'otuvchi psixologik sharoitni o'rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan vazifa sifatida ilgari surdi. Tajovuzning u yoki bu shakllari ko'pchilik o'smirlar uchun xarakterlidir, biroq ma'lumki, muayyan kategoriyadagi bolalarda tajovuzkorlik axloqning turg'un shakli sifatida nafaqat saqlanadi, balki shaxsning turg'un sifatiga transformatsiyalangancha rivojlanadi ham, natijada bolaning mahsuldor potensiali
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
pasayadi, to'laqonli kommunikasiya imkoniyati torayadi, uning shaxsiy rivojlanishi deformatsiyalanadi.
Agressiv o'smir nafaqat atrofdagilarga, balki o'ziga ham bir talay muammolar keltiradi. Tajovuzkorlik shaxsning turg'un shaxsiy chizig'iga aylanmasligi uchun bola axloqining xususiyatlari va hissiy holatini tushunmoq, o'z vaqtida psixokorreksion ishni tashkil eta olmoq darkor. O'smirlarning tajovuzkor axloqini o'z vaqtida aniqlash bola shaxsining rivojlanishidagi noxush variantning oldini olish uchun juda zarur hisoblanadi.
O'smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davrni tashkil qiladi. O'smirlik bolalikdan kattalikka o'tish davri bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'smirlik davrida o'smirning "men"i qaytadan shakllanadi [1]. Uning atrofdagilarga, ayniqsa, o'z-o'ziga bo'lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyati yo'nalishi keskin o'zgaradi. Ularda ilgarigi qiziqishlar so'nadi va yangi qiziqishlar paydo bo'ladi. Bunda ish qobiliyatining, o'zlashtirishning pasayishi, o'smirlarning qo'polligi va yuqori qo'zg'aluvchanligi, o'zidan qoniqmasligi, agressiya, xavotirlanish kayfiyat beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish, arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish, o'zini past baholash kabi salbiy xulq-atvor ko'rinishlari namoyon bo'ladi. O'smirlik davrida bolalar hissiy jihatdan beqaror bo'lib qoladilar. Psixologlar buni gormonal o'sish, tanani qayta qurish, balog'atga yetish kabi biologik omillar bilan bog'laydi. Ammo ba'zi hollarda hissiy o'zgarishlar radikal shakllarga ega bo'lib, agressiyaga aylanishi mumkin. Agar o'smir o'z agressiyasi bilan yolg'iz qolsa, bu uni buzg'unchi jamoalarga olib kirishi va natijada huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin.
Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo'ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qo'llaniladi. Agressiya tushunchasining o'ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki bu termin ko'plab xatti-harakat shakllarini o'zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe'l, barcha narsani o'zi istaganidek qilishni istaydigan, o'z g'oyalarini qat'iy himoya qiladigan, yechimi yo'q muammolar girdobiga o'zini giriftor qiladigan inson, deb ta'riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta'rif to'g'ri yo noto'g'riligini bilish uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim. R.Beron va D.Richardson bu tushunchaga shunday ta'rif beradi: "Agressiya lotin tilida "agressio" - hujum degan ma'noni bildiradi, bu bir jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan inson xulq-atvorining har xil formasi" J.Buss fikricha "Agressiya oqibatida boshqa organizm qandaydir zararli stimulni qabul etish reaksiyasi" N.Zilman tomonidan bildirilgan fikrga ko'ra agressiya boshqalarga tan
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir [2]. Agressiyaning namoyon bo'lishining ko'plab nazariy asoslari mavjud. Zigmund Freyd fikricha agressiv xulq o'z tabiati bo'yicha g'ayriixtiyoriy va muqarrar. Insonda ikkita birmuncha qudratli instinkt mavjud: jinsiy (libido) va o'limga bo'lgan qiziqish (tanatos). Agar tanatos quvvati sirtga yo'naltirilmasa, bu tezda individumning o'zini parchalashiga olib keladi. Shunday qilib, tanatos bilvosita tajovuzning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo'naltirilishiga ko'maklashadi. Hissiyotlarning tashqi ko'rinishi xavfli harakatlarning namoyon bo'lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. K.Lorens agressiya barcha jonli mavjudotlar kabi insonda ham mavjud bo'lgan yashash uchun kurashning tug'ma instinktidan boshlanish nuqtasini oladi. U yashash uchun kurash instinktining manbayi bo'lmish agressiv quvvat organizmda to'satdan, doimiy tezlikda, vaqt o'tishi bilan muntazam yig'ilgancha yuzaga keladi deydi. [3]
O'smirlik davrida o'g'il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunday davrlar bo'ladiki, ularda agressiv fe'l-atvor eng yuqori yoki eng past ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. O'g'il bolalarda ikki tipdagi agressiyaning namoyon bo'lishi aniqlangan: 12 yosh va 14-15 yosh. Qizlarda ham ikki tipdagi agressiv xulq-atvorning eng yuqori ko'rsatkichlari 11 va 13 yoshga to'g'ri keladi [4]. O'g'il bolalar uchun agressiyani to'g'ridan to'g'ri, ochiq shaklda va nizoga kirishayotgan shaxsning o'ziga ko'rsatish xarakterlidir. Qizlarga esa aynan verbal agressiyaning turli ko'rinishlarini ma'qul deb bilish xarakterlidir.
O'smirlar agressiv xatti-harakatning paydo bo'lishi va namoyon bo'lishida quyidagi asosiy sabablar mavjud:
1. Oilaviy muhitning nosog'lomligi. Oilada ota-ona va farzand o'rtasidagi nizolar, o'zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, oiladagi rahbarlik uslubining to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi va noto'liq bo'lgan oilalarning mavjudligi o'smirlarda agressiyaning paydo bo'lishiga olib keladi. Agressiv xulq-atvor natijasi qotillikkacha olib borishi mumkin. Tadqiqotchilardan biri bo'lgan F.Getting qotillar ko'p hollarda to'liq bo'lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Uning "Oiladagi agressiv bolalarni o'rganish" bo'yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijalariga ko'ra, noto'liq oilalarda o'ta qahrli, qo'pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko'rsatib o'tgan. Uning ta'kidlashicha to'liq oilalarda ham, noto'liq oilalarda ham sog'lom yoki nosog'lom oilaviy muhit mavjud bo'ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog'lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir.
2. Tengdoshlar guruhi. O'smirlar doim o'zgalarga taqlid qiladilar. Ular tengdoshlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o'zlarini agressiv tutishga
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o'z tengdoshlari orasida siqib chiqariladi. Bunday bolalar o'zini xo'rlangandek his qilib, o'zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug'dirmasdan qolmaydi.
3. Ommaviy axborot vositalari agressiya kuchayishiga ta'sir qilmoqda. Namoyish etiluvchi jangari filmlar, ko'rsatuvlar, internet orqali o'zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma'lumotlar, jangari o'yinlarni o'ynash agressiyaning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda.
Yuqoridagi sabablarni bartaraf etish maqsadida ota-onalarga va o'smirning yaqinlariga quyidagilarni tavsiya qilamiz:
- O'smirning mustaqil bo'lishiga, tashabbus ko'rsatishiga sharoit yaratish;
- Ularga nima qilishni buyurmaslik kerak, balki qanday yordam berishni so'rash kerak, ya'ni uni qo'llab-quvvatlashni, unga bo'lgan ishonchni his qilishi;
- O'smir bilan ota-onasi, yaqinlari tez-tez ularning hayotdagi maqsadlari haqida gaplashishi;
- Oilada ota-ona tajovuzkorlik darajasini iloji boricha pasaytirish;
- Ishonchli munosabatlar o'rnatish;
- O'smirning sevimli mashg'ulotlari bo'lsa, uning quvvatini shu tomonga yo'naltirish, uni yutuqlari va mehnatsevarligi uchun doim maqtab rag'batlantirib turish lozim.
Demak, hozirgi kunda o'smirlarda namoyon bo'layotgan agressiv harakatlarlaning paydo bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish muammolarini ilmiy o'rganish shuni ko'rsatadiki, inson tabiatidagi bu ko'rinishni chuqur o'rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga aylanib bormoqda.
REFERENCES
1. Nishonova Z.T., Kamilova N.G'., Abdullayeva D.U., Xolinazarova M.X. «Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» -Toshkent: 2017, 241-b
2. N.Ismoilova, D.Abdullayeva "Ijtimoiy psixologiya" -TOSHKENT: 2013, 130-b
3. Кернберг О.Ф. Агрессия при расстройствах личности и перверсиях. М, 1998134 с
4. Ш.Мустафаева. «Усмир психологияси: биз билмаган жихдтлар». Фаргона-2015, 7-б.