Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR AGRESSIVLIGINING PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O’RGANILISHI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR AGRESSIVLIGINING PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O’RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1129
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik maktab yoshi / agressivlilik / agressiv xulq-atvor / xorijiy va mahalliy olimlar / psixodiagnostika / psixoprofilaktika / psixokorrektsiya / frustratsiya / ijtimoiylashuv / nizo. / primary school age / aggression / aggressive behavior / foreign and domestic scientists / psychodiagnostics / psychoprophylaxis / psychocorrection / frustration / socialization / conflict.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Konratbaeva, Ayjamal Bazarbaevna

Maqolada bolalardagi agressivlilik muommosi va uning dolzarbligi, xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan agressiv xulq-atvorning o’rganilishi, ilm-fanga kiritgan yangiliklari va tadqiqot natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF SMALL SCHOOL AGE IN THE PSYCHOLOGICAL LITERATURE

The article describes the problem of aggression in children and its relevance, the study of aggressive behavior by foreign and domestic scientists, scientific novelties and research results.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR AGRESSIVLIGINING PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O’RGANILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR AGRESSIVLIGINING PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI

Konratbaeva Ayjamal Bazarbaevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Psixologiya kafedrasi stajyor o'qituvchisi ayj amalkonratbaeva@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada bolalardagi agressivlilik muommosi va uning dolzarbligi, xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan agressiv xulq-atvorning o 'rganilishi, ilm-fanga kiritgan yangiliklari va tadqiqot natijalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kichik maktab yoshi, agressivlilik, agressiv xulq-atvor, xorijiy va mahalliy olimlar, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorrektsiya, frustratsiya, ijtimoiylashuv, nizo.

ABSTRACT

The article describes the problem of aggression in children and its relevance, the study of aggressive behavior by foreign and domestic scientists, scientific novelties and research results.

Keywords: primary school age, aggression, aggressive behavior, foreign and domestic scientists, psychodiagnostics, psychoprophylaxis, psychocorrection, frustration, socialization, conflict.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны проблема агрессии у детей и ее актуальность, исследование агрессивного поведения зарубежными и отечественными учеными, научные новинки и результаты исследований.

Ключевые слова: младший школьный возраст, агрессия, агрессивное поведение, зарубежные и отечественные ученые, психодиагностика, психопрофилактика, психокоррекция, фрустрация, социализация, конфликт.

KIRISH

Hozirgi paytda agressivlilik muommosi psixologiyadagi eng dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Insondagi agressivlik holati har qanday sabablarga bog'liq bo'lib, bu holatning psixodiagnostikasi, psixoprofilaktikasi bo'yicha xorijda bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan va ulardan amaliyotchi psixologlarimiz foydalanib kelmoqda. Shunday bo'lsada maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va maktab psixologlari so'ngi paytlarda bolalarda agressivlilik juda ko'payib ketganini ta'kidlab kelishadi. Bolalarda agressiv harakatlar ayniqsa, ularning o'tish

325

Scientific Journal Impact Factor

davrida kuzatiladi. Ya'ni har qanday qiyin vaziyatda bolaning yosh krizisi muommolarga to'la bo'ladi. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tarkibida kichik maktab yoshi o'quvchilarining ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarini yaxshilash, axloqiy ko'nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Psixologiya va bir qator sohalarda bolalardagi agressiv xulq-atvor va agressiyani tadqiq qilgan tadqiqotchilar A.Bass, L.Berkovitz, E. Frоmm, А.Bandura va R.Uolters, R.Beron, D.Richardson, L.M.Semenyuk, G.E.Breslav, I.A.Furmanov, K.S.Shalaginova, Yu.S.Bashkatova, I.F.Nurmuxametova, E.L.Golenisheva, E.I.Berejkova, S.A.Travina, T.P.Smirnova va O'zbekistonlik olimlardan E.G'.G'oziev, N.G'.Kamilova, G.Q.To'laganova, F.F.Rasulova kabi tadqiqotchilarning bu boradagi ilmiy qarashlari alohida etiborni tortadi.

Ish jarayonida ilmiy adabiyotlarni fanlararo nazariy tahlil qilish, eksperimental ma'lumotlarni statistik qayta ishlash usullari kabi ilmiy tadqiqot usullari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Agar biz g'arb kontseptsiyalarining xilma-xilligini tahlil qiladigan bo'lsak, ulardan eng muhimlaridan uchtasini ajratishimiz mumkin. Birinchisiga, agressivlik shaxsning tug'ma, instinktiv mulki sifatida qaraladigan nazariyalar kiradi (bunga psixoanalitik nazariyalar kiradi). Ikkinchisi, agressiyani frustratsiyaga bo'lgan xatti-harakat sifatida tasvirlaydi. Uchinchisi, agressivlikni o'rganish natijasida shakllanadigan xulq-atvorning xususiyati deb hisoblaydigan tushunchalardan iborat (xulq -atvor nazariyalari).

L.Berkovitz "frustratsiya-agressiya" kontseptual sxemasiga uchta muhim o'zgartirish kiritadi: a) frustratsiya agressiv harakatlarda amalga oshmaydi, lekin unga tayyorgarlikni rag'batlantiradi; b) hattoki tayyor holda bo'lsa ham, agressiya tegishli shartlarsiz sodir bo'lmaydi; v) frustratsion vaziyatlardan agressiv harakatlar yordamida chiqib ketish individda bunday harakatlarning odatlanishiga tarbiyalaydi. [8] (CeMßHWK fl.M.)

Agressiv reaktsiyalarning namoyon bo'lish kuchida ham gender farqlari mavjud. O'g'il bolalar jismoniy tajovuz reaktsiyalarining ustunligi bilan ajralib turadi, yoshi kattaroq qizlar esa tajovuzni ifodalashning bilvosita usullariga ko'proq murojaat qilishadi: og'zaki, bilvosita va negativizm. Ehtimol, bu o'g'il bolalarning tajovuzkorligi "tashqi tomonga", qizlar esa "ichkariga" qaratilganligi bilan bog'liqdir.[2] (Ewmmp K.)

Scientific Journal Impact Factor

I.A.Furmanov bolalar agressivliligini tushuntirishning turli uslubiy va kontseptual yondashuvlari, bolaning xatti-harakatlarida tajovuzning paydo bo'lishini rag'batlantiruvchi yoki qo'zg'atuvchi psixologik va ijtimoiy omillar, uni psixodiagnostikalashning bevosita va yordamchi usullari, shuningdek, psixo-ijtimoiy korrektsiya yo'nalishlarini aniq ochib bergan. Uning ta'kidlashicha, bolalar o'rtasidagi konfliktlar narsalar va o'yinchoqlarni egallash bilan bog'liq bu chegaralar kesishganda paydo bo'ladi, ya'ni bir nechta bolalar boshqa bolalarning o'yinchoqlarini olish orqali o'z chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. Buni 2, 4 va 7 yoshli uchta o'g'il bolani uzoq muddatli kuzatish natijalari tasdiqlaydi. Agressiv xulq-atvor bilan bog'liq eng ko'p nizolar kichik, katta va o'rta bola o'rtasida, kichiklar va katta yoshlilar o'rtasida esa qarama -qarshilik minimal bo'lganligi kuzatildi. Nizolar faqat ba'zi o'yinchoqlarga egalik qilish uchun paydo bo'lganiga e'tibor qaratildi. Ajablanarlisi shundaki, o'yinchoqlar borligida ular o'rtasida hech qanday ziddiyat yo'q edi.[3](0ypMauoe. H.A.)

E.Fromm agressiyani keng ma'noda ta'kidlab o'tadi - bunda faqatgina odam va hayvonatlarga emas, balki jonsiz predmetlarga ham ziyon keltirishni agressiya dep hisoblagan.[6] (B.C.HeeeHHaHHbiü)

Ongni manipulyatsiya qilib, agressiv xulq-atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining ta'siri B.Kreyxi tadqiqotida o'z aksini topgan.[5] (Kpeüxu

S.A.Travina tadqiqoti natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida agressiv harakatlarning oldini olishda o'qituvchilar va maktab psixologining o'z-aro ta'sirida harakatlarni muvofiqlashtirish jarayonining samaradorligiga erishgan.[10]

(TpaeuHa.C.A.)

Y.A. Bashkatova o'z tadqiqoti jarayonida kommunikativ universal ta'lim harakatlari boshlang'ich maktabning 2-3 sinf o'quvchilari tajovuzkorligiga ta'sir qilishini aniqlagan. Ya'ni, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kommunikativ universal ta'lim harakatlari past darajada va agressivlilik yuqori darajada bo'lgan, shuningdek kommunikativ yo'nalish jihatidan ham frustratsiya holati yo'nalishlari va reaktsiya turlarida farq qilgan. Shuning uchun faqat korrektsion guruhni emas, balki barcha sinfdoshlarni rivojlantirish va tuzatish ishlariga jalb qilish kerak. Ota -ona munosabatlarining avtoritar turi kichik maktab yoshidagi bolalarda umumiy kommunikativ ta'lim harakatlarining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi va atrofidagilariga nisbatab agressiv muloqati isbotlangan. Bu shuni anglatadiki, o'quvchilar bilan ishlashni rivojlantirishda ota-onalar ham ishtirok etishi kerak. 2-3-sinf o'quvchilarining kommunikativ universal ta'lim harakatlarini rivojlantirish

E.)

Scientific Journal Impact Factor

bo'yicha samarali ishlash uchun zarur shart-sharoitlar aniqlandi. Bu shartlarni hisobga olgan holda tuzatish va rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. [1] (EaMKamoea.W.A.)

E.L. Golenisheva 2005-yili kandidatlik dissertatsiya ishida boshlang'ich maktab o'quvchilarining agressivligi muammosini mikro-ijtimoiy omillar (ota-onalar, o'qituvchilar, tengdoshlar) aloqalarini o'rganish nuqtai nazaridan ko'rib chiqqan. U o'z tadqiqoti davomida kichik maktab yoshi bolalarining individual psixologik xususiyatlarini o'rgangan va natijada agressiv boshlang'ich maktab o'quvchilarining asosiy shaxsiy xususiyatlari: past ijtimoiy normativlik, zaif muloqot faolligi, mustaqillik, beparvolik, qo'rqoqlik, vaziyat tashvishi, o'zini-o'zi baholashning yuqoriligini aniqlagan. Agressivlikda gender farqlari borligi ham aniqlangan. Agressiv o'g'il bolalarga past darajali verbal intellekt, yuqori darajada vaziyattan tashvishlanishi, ishonchsiz va beparvoligi bilan ajralib turadi. Agressiv qizlar uchun qattiqqo'llik va ishonchsizlik xos. [4] (roneuu^eea EM.)

K.S.Shalaginova 2003-2007 yillar davomidagi tadqiqot ishida "Agressivlik" tushunchasini ilimiy asoslab beradi va u boshlang'ich maktab yoshidagi agressivlik namoyon bo'lishining to'rt darajasiga xos xususiyatni keltiradi: nol darajada -g'ayritabiiy agressivlik yo'qolgan, birinchi darajada - agressivlik asosan hissiy-irodaviy sohada, ikkinchi darajada - intellektual soha hukmronlik qiladigan hissiy-irodaviy sohada, uchinchi daraja - hissiy-irodaviy, intellektual, faoliyat soha hukmronlik qiladigan darajalarga ajratgan. Tadqiqot natijasida agressiv boshlang'ich maktab o'quvchilarini tizimli psixologik qo'llab -quvvatlash modelini ishlab chiqqan, bu o'zaro bog'liq uchta komponent mavjudligini nazarda tutadi:

1) nazariy, shu jumladan tadqiqot ishiga tegishli kategoriya apparati ta'rifi;

2) amalga oshirishni o'z ichiga olgan empirik 1 (maktab) toifali apparatni aniqlash, diagnostika va tuzatishni amalga oshirishda tizimli yondashuv sharoitida ishlab chiqilgan agressiv boshlang'ich maktab o'quvchilariga tizimli psixologik yordam;

3) empirik 2 komponentida agressiv boshlang'ich maktab o'quvchilariga tizimli psixologik yordam ko'rsatishni amalga oshirishda bo'lajak ta'lim psixologlarini kasbiy tayyorlash uchun o'quv-uslubiy asosni (ixtiyoriy kurs misolida) ishlab chiqish vazifasini qo'yadi.[9]( W.аnагино6а.К.С.)

F.F.Rasulova o'z tadqiqotida kichik, o'rta, katta o'smirlarga xos agressiv mayllarning tabaqalashtirilgan ichki evolyutsiyasi hamda agressiya shakllari o'rtasidagi bog'liqni jinsga ko'ra tafovutlanishining xulq-atvor va ishtimoiy munosabatlarini shartlovchi psixologik omillarini, ota-ona bilan bola munosabatlarida qabul qilish va kooperatsiya tarbiya usubi agressiyaning

Scientific Journal Impact Factor

pasayishini ta'minlovchi psixologik omillar ekanligini, agressiv o'smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida "Xulq-atvorni modifikatsiyalash treningi" psixologik trening dasturini, agressiyaga moyil o'smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmini ishlab chiqqan. Uning tadqiqoti natijasida mahalliy sharoitda o'smirlar agressiv xulq-atvorining yosh, jins va individual psixologik xususiyatlarini o'rganishga doir psixodiagnostik metodikalarni tizimlashtirishga va o'smirlardagi agressiv xulq-atvorni korrektsiya qilish imlonini beruvchi ijtomoiy trening dasturi ilmiy asoslangan, amaliyotda sinovdan o'tkazilgan hamda xalq ta'limi muassasalari amaliyotiga tatbiq etilishi tavsiya etilgan. [7] (F.F.Rasulova.)

G'azablanish, qo'rqish va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o'rab turgan sharoitga moslashish vazifasini bajaradi. G'azablanish odamlarda ham hayvonlar kabi to'siqlarni yo'qotishga, maqsadiga erishishiga, o'zini himoya qilishiga yordam beradi. Shuning uchun har qanday agressiyani ko'rsatish qonun buzarlik hisoblanmaydi. Bolalar hayotida agressiv xulq-atvor tez-tez uchrab turadi. Ulg'ayib kelayotgan bolalarda psixologik holatlar kechishiga vaqtida e'tibor berilmasa sa'lbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Xorijlik olimlar L.Berkovitz frustratsiya va agressiyaning bir-biriga bog'liqligini, I.A. Furmanov bolalar agressivliligini, E. Fromm agressiyaga keng ma'noda ta'rif keltirgani, K.S.Shalaginova kichik maktab o'quvchilarida tizimli psixologik yordam ko'rsatishni, Y.A. Bashkatova turli darajadagi agressiv kichik maktab o'quvchilarida kommunikativ universal ta'lim harakatlarini rivojlantirishni, I.F. Nurmuxametova kichik maktab o'quvchilarida agressivlik pasayishining psixologik-pedagogik sharoitlarini, E.L. Golenisheva kichik maktab yoshi o'quvchilarida agressivlikning ijtimoiy-psixologik omillarini, S.A. Travina kichik maktab o'quvchilarining agressiv xulq-atvor profilaktikasida psixolog va o'qituvchilarning o'z-aro ta'sirini, E.I. Berejkova boshlang'ich maktab o'quvchisining agressivligiga ijtimoiy agressiyaning ta'siri etishini o'rgangan. O'zbekistonlik olimlardan F.F. Rasulova o'smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etgan.

Yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlaridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin kichik maktab yoshi davridagi agressivlik va agressiv xulq-atvor mamlakatimizda ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasida o'rganilishi kerak bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. Башкатова.Ю.А. Развитие коммуникативных универсальных учебных действий у младших школьников с разным уровнем агрессивности. Автореф. дисс. кандидата психологических наук: 19.00.07/ Ярославль-2014. C-6

2. Бютнер К. Жить с агрессивными детьми.- М., 1991.- С. 56

3. Фурманов.И.А. "Детская агрессивность: Пиходиагностика и коррекция"-Минск: Ильин В.П., 1996. -C.12

4. Голенищева Е.Л. Социально - психологические факторы агрессивности младших школьников. Автореф. дисс.. кандидата психологических наук: 19.00.13/ Санкт- Петербург-2005. C-5

5. Крейхи Б. Социальная психология агрессии. - М.: Питер, 2003. - С.56.

6. Невенчанный. В.С. "Пониятие агрессивного поведения в современной психологии", Наука и современность. - 2011. - №10-1. - с. 300

7. Rasulova.F.F. The psychological features of aggressive behavior in teenagers: Dissertation abstract of the doctor of philosophy (PhD) on psychological sciences: 19.00.06/ -Tashkent.2018. P.8-9.

8. Семенюк.Л.М. Психологическая сущность агрессивности и ее проявления у детей подросткового возраста. Метод рекомендации в помощь педагогам-практикам.- М., 1991.-C-16

9. Шалагинова.К.С. Системное психологическое сопровождение агрессивных младших школьников. Автореф. дисс.. канд.психологических наук: 19.00.07/ Москва - 2008. C-5-6.

10. Травина.С.А. Взаимодействие психолога и учителя в профилактике агрессивного поведения младших школьников. Автореф. дисс..канд.психологических наук: 19.00.07/ Москва - 2006. C-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.