Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI OILA BILAN BIRGA AMALGA OSHIRISHDA INDIVIDUAL VA GURUHLI TA’LIMNI AFZALLIK TOMONLARI'

O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI OILA BILAN BIRGA AMALGA OSHIRISHDA INDIVIDUAL VA GURUHLI TA’LIMNI AFZALLIK TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

431
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila tarbiyasi / oila-amaliy / vatanparvarlik va fuqarolik qadriyatlarini singdirish / fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishimiz / bolalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash. / family education / family-practical / integration of patriotism and civil values / development of Civil position / education of children with the permission of patriotism.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Mamlakatimizda oila faoliyatini tashkil etish va unda farzandlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ta‟limni individual va guruxli shakllaridan foydalanishning afzalliklari maqolada e‟tirof etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The advantages of using individual and group forms of education to organize family activities in our country and educate children in the spirit of patriotism were recognized in the article.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI OILA BILAN BIRGA AMALGA OSHIRISHDA INDIVIDUAL VA GURUHLI TA’LIMNI AFZALLIK TOMONLARI»

O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI OILA BILAN BIRGA AMALGA OSHIRISHDA INDIVIDUAL VA GURUHLI TA'LIMNI

AFZALLIK TOMONLARI

Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda oila faoliyatini tashkil etish va unda farzandlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ta'limni individual va guruxli shakllaridan foydalanishning afzalliklari maqolada e'tirof etildi.

Kalit so'zlar: oila tarbiyasi, oila-amaliy, vatanparvarlik va fuqarolik qadriyatlarini singdirish, fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishimiz, bolalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.

ABSTRACT

The advantages of using individual and group forms of education to organize family activities in our country and educate children in the spirit of patriotism were recognized in the article.

Keywords: family education, family-practical, integration of patriotism and civil values, development of Civil position, education of children with the permission of patriotism.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida jamiyatimizning yangi ehtiyojlariga asosan, insoniyatning turmush tarzida uchrayotgan dolzarb muammolari tufayli, o'quvchilar ma'naviy dunyosini, vatanparvarlik va fuqarolik qadriyatlarini singdirish uchun ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va o'tkazish uchun samarali usullarni ishlab chiqishni talab qiladi. O'quvchilarning his-tuyg'ulari va e'tiqodlarini tarbiyalash va rivojlantirishda ular tomonidan mustaqil ravishda bilim olish muhim ahamiyatga ega. Qo'shimcha adabiyotlarni o'qish, badiiy jurnallarini ko'rib chiqish, oila a'zolari, tanishlar bilan suhbatlashish, mahorat darslari, tarbiyaviy soatlari, ijodiy topshiriqlar va izlanishlar uchun tavsiyalar va shu kabi materiallarni mustaqil ravishda ishlashga o'rgatadi. To'plangan ilmiy ma'lumotlar asosida quyidagi tadqiqot ishi, ya'ni CHDPIning pedagogika va psixologiya 18-1 gurux talabalari tomonidan

pedagogika fakul'tetining Chirchiq shaxriga qarashli 2-sonli makatabida tashkil etilgan "Maktab laboratoriyasi"da olib borilgan tadqiqoti "Mening oilamni shaharni rivojlantirishga qo'shgan hissasi" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida shahrimizning o'tmishi va bugungi kuni, oila misolida tasvirlangan. Ilmiy tadqiqot ishida, turli xil rasmlar, ayrim manbaalar talabalarimiz tomonidan o'quv va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanilishga tavsiya etilgan. Maqsadli tizimli ishlar shuni ko'rsatdiki, fuqarolik-vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalash, o'quvchilar uchun shahar, hudud, mamlakat tarixi bilan tanishish uchun erishilgan yutuqlari asosan oxirgi yillari ilmiy tamoillar asosida o'rganib chiqilgan . O'z navbatida Davlatimiz raxbari Sh.M.Mirziyoyevniing "Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni doimo asrab-avaylab keladi. Oila qanchalik mustaxkam bo'lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror bo'ladi." Mazkur fikr va muloxazaga tayanadigan bo'lsak oilada har tomonlama tarbiyani amalga oshirishi o'rnida bolani oziga hos qiziqishlari asosida yo'naltirish xam maqsadga muvofiq hisoblanadi. O'z o'rnida xalqimiz tomonidan aytilgan maqolni ham qayd etib o'tsak ayni mudddao hisoblanadi, ya'ni "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona" Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg'uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo'riqlaydi. Kerak bo'lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo'tabar Ona insonni shu yorug' dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o'stiradi, ulg'aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug'roq, mo'tabarroq, qimmatliroq makon

yo'q.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aynan bu hususida Sharq mutafakkirlarining g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asosi shu bo'lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy vatanparvarlik tarbiyasining rolini yuqori qo'yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o'rnini, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo'lgan sifatlar - halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo'ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo'yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo'lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o'tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko'rsatmalarni o'z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar. Bolalarga bugungi kunda zamonning talabiga ko'ra o'tmish mutafakkirlarimizning pandnomalari va atrof kishilarning har tomondan maslaxatlari

ham unga taxsinli yo'nalish sifatida ko'rinadi. Shu singari maktab faoliyatini amalga oshirilishida o'quvchilarga qiziqarli mahorat darslari, ekskursiyalar va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olgan bilimlarini o'z yashash hududlarida tatbiq etishlariga zamin yaratildi. Asosan atrof-tabiatni asrash va himoya qilishlari kerakligiga ishonch xosil qildirildi. Shunda o'zlari yashayotgan shaharni, viloyatlarini va shu singari butun mamlakatni aholisi yaxshiroq yashashini tushundilar. Biz vatanparvarlik va aniq fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishimiz uchun talaba-o'quvchilar bilan birgalikda ishlashimiz kerakligi zamonning extiyojiga aylanmoqda. Ayniqsa ota-onalar, o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari o'zsaro haamkorligi maqsadli o'rnatilishi kerakligi xam aniqlandi. Zero bu jarayon murakkab emas albatta, uni amalga oshirish uchun o'quvchilarga o'quv faoliyatining sub'ekti bo'lgan bilimga asoslangan yondashuvni emas, balki amaliy tajriba dars tizimini faoliyatga yondashuvini qo'llash yaxshiroq ekanligi aniqlandi. Bu esa asosan o'quvchilarda mustaqil ta'lim harakatlarining barcha turlarini shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi. Kognitiv, tashkilotchilik, kommunikativ, va shaxsiy qobiliyatni barqarorligini ta'minlashga hizmat qiladi.

Mazkur tajribani amalga oshirishda maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilarida vatanparvarlik ta'limining indiividual ta'lim shakllarini ko'rib chiqildi, bolaning indiviidual faoliyatini tashkil etishda shu singari boshqa fanlarga ko'ra matematik hisoblashni amalga oshirayotgani ko'zga tashlandi. Shaxsiy indiividual shakllarda vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish, bolalar tomonidan shaxsiy fazilatlar sifatida olingan axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga yordam berdi. U belgilangan me'yor va qoidalarni angladi, natijada ular asta-sekin o'z qarashlari va e'tiqodlarini namoyon etdilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bundan kelib chiqib kelajakda bolaning xatti-harakati, buning natijasi chuqur tushuniladi va mexanik bo'ysunish bilan hech qanday aloqasi yo'q, faqat tashqi sharoitlar va talablar bilan majburlanadi. Bundan tashqari, individual shakllarda o'quvchilarning oilalari bilan yaqin ishlarni amalga oshirdilar. Bunda muayyan yosh bosqichida kelib chiqib yosh oila o'rganildi. O'qituvchi ota-onalar tomonidan bolalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash jarayoniga jalb qilinadi. Bu vatanparvarlik ta'limining muhim shakli (individual va guruhlashtirilgan)da amalaga oshirildi. Yosh o'quvchilarning o'yinlari kattalar xatti-harakatlariga taqlid qilishga qaratilgan. Bir tomondan, bolaning biologik tabiati o'yinda namoyon bo'lsa, boshqa tomondan-ijtimoiy moslashishga tayyorlikni ko'rsatdi. O'yinda kattalar hayotidan

xulq-atvor normalari asosida o'qitiladi, bolaning ko'nikmalari qadriyatlar ruxida rivojlantiriladi. Bu to'g'risida jaxon olimlarining ilmiy tadqiqotlari o'rganilganda rus pedagog-psixologi D.B.Elkonin, "o'yinda bolalar faoliyatining yuqori shakllari, insoniy munosabatlar qoidalari rivojlangan dunyoga kiradi" bundan aniq ma'lumot o'yin axloqiy manba bo'lib qolishini asoslaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'yinlarni ko'proq qo'llash, balki ta'limda xam, mashg'ulotlarda xam qo'llash maqsadga muvofiq. Maktab o'quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasining guruhiy shakllarini ko'rib chiqilganda: guruhli ta'lim shakllari 5-7-25 nafarli guruhlarda qo'lash imkoniyatini yaratadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Vatanparvarlik tarbiyasini oila hamkorligida olib borishning guruh shakllariga urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, suhbatlar, viktorinalar, jamoaviy ijodiy ishlar, ko'rgazmalar, ekskursiyalar uyushtirish mumkin. Bu esa oilada farzandni o'z tug'ilib o'sayotgan maskaniga nisbatan hurmat va e'tiborni barqarorligini ta'minlashga yordam beradi. Ota-onaga, oila a'zolariga nisbatan hurmat-e'tiborni yanada oshiradi, ular bilan faxrlanish tuyg'usini vujudga keltiradi.

Buning zamirida oila va maktab hamkorligida bolada Vatanparvarlik tuyg'usini har tomonlama shakllantirish asosi ta'limning individual va guruxli shakllarida amalga oshadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Oliy majlisga murojatnomasi hamda O'zbekiston yoshlar forumida so'zlagan nutqidan ixtiboslar" 74-b.Toshkent-2021y

2. Mavlonova R, Vohidova N, Raxmonqulova I, "Pedagogika nazariyasi va tarixi(darslik)-T: "Fan va texnologiya nashriyoti 2010-yil 410-b

3. Toxtaxodjayeva M.X, Nishonova S, Hasanboyev J, Usmonnboyeva M, Madiyarova S, Qoldibekova A, Nishonova N, Saidahmedov N. Pedagogika(pedagogika nazariyasi va tarixi): darslik-T.,Fan va texnologiya nashriyoti 2010yil 317 bet

4. Azamat Ruzvonovich Raxmonov O'quvchilarni ta'limda ijtimoiy pedagogik moslashuvchanligida ota-onalarning rolini oshirish -May 2021y

5. Raxmonov, A. R. (2021). MAKTAB O"QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG"USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1549-1556b

6. Raxmanov A. O'quvchilarda milliy tuyg'ularni tarkib toptirish texnologiyalari TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI ILMIY-NAZARIY JURNALI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.