Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA AGRESSIYA HAQIDAGI QARASHLAR'

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA AGRESSIYA HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
854
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ismoilova N, Yuldasheva D

В данной статье проводится анализ существующих психологических взглядов агрессию, которая является одной из основных концепций современной психологии.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the existing psychological views on aggression, which is one of the basic concepts of modern psychology.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA AGRESSIYA HAQIDAGI QARASHLAR»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA AGRESSIYA HAQIDAGI QARASHLAR

N. Ismoilova

TDPU dots.v.b., psixol.f.n.PhD

D. Yuldasheva

TDPU 2 bosqich magistranti

АННОТАЦИЯ

В данной статье проводится анализ существующих психологических взглядов агрессию, которая является одной из основных концепций современной психологии.

ABSTRACT

This article analyzes the existing psychological views on aggression, which is one of the basic concepts of modern psychology.

Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo'luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu agressiyadir. Inson agressiyasini o'rganish serqirra mavzu bo'lib, ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini hozirgacha tortib keladi.

Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo'ravonlik yoki raqibni yengish uchun jismoniy yoki verbal tarzda qo'llaniladigan vosita sifatida tavsiflanadi. Agressiya -kishilar o'rtasidagi turli kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri bo'lib, u shunday atamaki, unga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki bu atama ko'plab xatti-harakat shakllarini o'zida qamrab oladi. Bu boradagi asosiy yondashuvlardan biriga ko'ra, bunday fel-atvor o'z tabiatiga ko'ra ko'p jihatdan instinktivdir, ya'ni insonda genetic va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar "programmalashtirilgan"ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir bo'ladi.

Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtai nazarlar ichida eng mashhuri U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlarning "inson va hayvonlarda agressiyaning tug'ma instinkti mavjud bo'ladi" degan qarashlaridir. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo'lib, ammo u amaliyotda o'z tasdig'ini topmadi.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Freyd o'zining dastlabki ishlarida quyidagi fikrni ilgari surgan: insonga xos barcha fe'l-atvor bevosita yoki bilvosita erosdan, ya'ni hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) xayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko'paytirishga yo'naltirilib, bu agressiyani ham keltirib chiqaradi. Birinchi jahon urushi zo'ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt - tanatos -o'limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati buzg'unchilikka va hayotni to'xtatishga yo'naltirilgandir. Shunday qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo'naltirishiga bevosita sabab bo'ladi.

Freydning fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo'naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun agressiyani tashqi namoyon bo'lishi tanatosning bunday buzg'unchi kuchini susaytirishi va natijada yanada xavfli harakatlarning paydo bo'lish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

K.Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdorlaridan biri bo'lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o'xshash ekanligini namoyon qilgan. K.Lorens ta'limotiga ko'ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo'lgan hayot uchun kurash tug'ma instinktidan kelib chiqqan. U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qiladi va uning uchta muhim vazifasini ajratib ko'rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur vakillarini dunyo bo'ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yuborad, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta'minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi yaxshilanishini ta'minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvatli individiumlargina o'zidan o'zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur va vakillarigina o'zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta'minlay oladi.

Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig'ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir pallada K.Lorens bu muammoning yechimini topib bo'lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan bog'langan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda aylanib yuradi.

Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtai-nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida keltiriladi. Unga ko'ra, maqsadga yo'naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to'siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi. D.Dollard tomonidan agressiyaning situativ nazariyasi taklif etilgan. Bu nazariyaga ko'ra agressiya situativ jarayonning natijasi sifatida ko'riladi. Situativ jarayon esa frustratsiyadir va frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Agressiyani chaqiruvchi omillar masalasida quyidagi uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga ega:

1. Sub'ekt erishmoqchi bo'lgan maqsadning ahamiyatlilik darajasi;

2. Maqsadga erishish yo'lidagi to'siqning kuchi;

3. Frustratsiyalarning ketma-ket uchrash soni.

Agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtai nazar bilishning kognitiv nazriyasi bilan bog'liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baholanadi: Subyektning o'z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb baholashi; frustratsiyaning mavjudligi; affekt yoki stress tipidagi emotsional qo'zg'alishning kuchliligi;

P.Kratchfild va N.Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar:

1. Xulq-atvorning tashqi alomatlariga asoslanadi: "Agressiya - kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko'rinishidir".

2. Odamning ichki niyatlari bilan bog'liq: "Boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olingan har qanday xatti-harakat - agressiyadir"

Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan ko'plab psixologlar agressiyani jonli olamning yashash uchun kurash bilan bog'liq uzviy xarakteristikasi deb ham hisoblaydilar. Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga asosan, agressiya - boshqalar uchun xavf tug'diruvchi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fel-atvor ko'rinishidir.

Agressiya tushunchasini talqin qilishdagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko'plab mutaxassislar uning ikkinchi nuqtai-nazarda bayon etilgan ma'nosini maqullashga ko'proq moyillik bildiradilar.

Agressiya atamasini ko'p hollarda g'zab kabi negativ(salbiy) his-tuyg'ular bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ sarasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bilan ham assotsiatsiyalanadi. Bu omillar esa natijasi zarar yetkazish bo'lgan xulq-atvorda albatta muhim rol o'ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos bo'la olmaydi. G'azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart hisoblanmaydi, ayrim holatlarda agressiya o'ta sovuqqonlik holatida ham yuzaga kelishi mumkin bo'lgani kabi, o'ta kuchli hayajon holatida ham yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishi yoki ularni yoqtirishi ham umuman shart emas. Ayrim tadqiqotchilar o'tkazgan tajribalarning xulosasiga ko'ra, ko'pchilik odamlar o'zlari yoqtirgan insonlarga zulm o'tqazishlari ma'lum bo'lgan.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Shunday qilib, hozirda "Agressiya - boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo'ygan xulq-atvorning har qanday shaklidir", degan tushuncha yoki ta'rif ko'pchilik tomonidan qabul qilingan.

Inson agressiyasi ko'rinishlarining o'rganishda Dj.Bass o'zgacha konsepsiya yaratdi. Uning fikricha agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy-verbal, aktiv-passiv va to'g'ri-egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib, ko'plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin.

Psixologik adabiyotlarda agressiv xulq-atvorning quyidagicha klassifikatsiyalanishi ko'rsatilgan:

1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutoqib ketish, jahl kelganda o'zini yo'qotib qo'yish);

2. Agressiyaning jismoniy og'zaki va boshqa, butun jamiyat uchun nomaqbul sanalgan qonun-qoidalari bilan bog'liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksil ijtimoiy xulq-atvor normalarining mustahkamlanishi bilan bog'liq bo'ladi);

3. Jamiyatda qabul qilingan ahloq qonun-qoidalarini yetarlicha o'zlashtirmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkonini beruvchi xususiy sifatlarni to'liq shakllanmaganligi (ta'lim-tarbiya ko'rmaganlik) bilan bog'liq agressiyaning turli ko'rinishlari;

4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlarini poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladigan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qatiylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar .

Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional holati bo'lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

- Asab kasalliklari, inson asab tizimining o'ta charchaganligi.

- Oiladagi psixologik muhitning nosog'lomligi va ota-onalarda pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi.

- Shaxsning xarakter xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashuvi.

Mazkur nazariyalarni bilish bugungi kunda agressiv xulq-atvorni o'rganishga qo'l urgan tadqiqotchilar uchun foydadan holi bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Берковиц Л. Агрессия. Причины, последствия, контроль. М.: 2001.512 с

2. Бэрон Р., Ричардсон Д. Агрессия. СПб.:1997. 336 с

3. Лоренц К. Агрессия (так называемое "зло"). М.:1994. 269 с

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

4. Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity for physical development of children with autism spectrum disorders.

5. Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes, structure, psychological particularities.

6. Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

7. Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

8. Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G. Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

9. Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport disciplines. SCOP US00403601 -2017-8-SID85039420339.

10. Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O.

(2015). Individual psychological singularities of persons with disabling

diseases. SCOPUS-2015-7-1-SID84922724007.

11. Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving

Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal

of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

12. Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные

основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. 1п Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели (рр. 96-103).

13. Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. 1п Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 (рр. 71-74).

14. Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование сегодня, (4 (27)), 58-59.

15. Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка.

1п Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (рр. 196-201).

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

16. Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In Личность в современном мире (pp. 109-113).

17. Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(1), 610-615.

18. Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and Review, 5(1), 184-189.

19. Хайитов, О. Э. (2020). Моделирование психологической компетентности

руководителя: концептуальный эмпирический анализ. Academic research in

educational sciences, (3), 526-540.

20. Хайитов, О. Э. (2020). Рахбарда психологик компетентликни

ривожлантиришнинг комплекс модели. Academic Research in Educational

Sciences, 7(2), 120-136.

21. ХАЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга

замонавий ёндашув (назарий жихдт). Фан-Спортга, (1), 59-64.

22. Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального

статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики,

(11-1), 261-264.

23. Каримова, В. М., & Хайитов ОЭ, О. Г. Иктисодий психология ва

психологик иктисод тугрисида. Ицтисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

24. Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan:

problems and prospects. Economics, (5), 43.

25. HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL

COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A

LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(1),

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

119-131.

26. ^айитов, О. Э. (2021). РАХБАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

27. Эшбоевич, X. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУГИН РАХБАРИ ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

28. Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

29. Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

30. Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ТОЛЕРАНТНОСТИ. "ZAMONAVIY TA "LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGANKREATIVG"OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR", 503505.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.