Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI'

OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
695
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Oxunjonova E

Прежде всего, семья играет важную роль в становлении человека как личности. Семейное воспитание это практический педагогический процесс в проявлении человеке определенных физических, умственных, нравственных, этических качеств; представляет собой комплекс мер, направленных на то, чтобы у человека было необходимое решение жить в обществе, и чтобы идеальная человеческая личность в семье через воспитание была руководителем

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The family plays an important role in the formation of a person as a person. Family upbringing is a practical pedagogical process aimed at the formation of certain physical, mental, moral, spiritual qualities in the individual; is a set of measures taken to ensure that a person has the qualities necessary for life in society, and some ways to form a perfect human personality in the family through education are highlighted.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI

E. T. Oxunjonova

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

AННОТАЦИЯ

Прежде всего, семья играет важную роль в становлении человека как личности. Семейное воспитание - это практический педагогический процесс в проявлении человеке определенных физических, умственных, нравственных, этических качеств; представляет собой комплекс мер, направленных на то, чтобы у человека было необходимое решение жить в обществе, и чтобы идеальная человеческая личность в семье через воспитание была руководителем.

ABSTRACT

The family plays an important role in the formation of a person as a person. Family upbringing is a practical pedagogical process aimed at the formation of certain physical, mental, moral, spiritual qualities in the individual; is a set of measures taken to ensure that a person has the qualities necessary for life in society, and some ways to form a perfect human personality in the family through education are highlighted.

Oilaviy turmush inson xayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalarga nisbatan munosabat ham oiladagi shaxslararo turli tuman muammolarda, muloqotda, fikr almashinuvida, munozaralarda, o'z ifodasini topadi, binobarin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar mustahkam bo'lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob xarakter hislarini, bolada yuksak ma'naviy hislarni shakllantirishga bog'liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson qilib tarbiyalashdek yuksak va mas'uliyatli vazifa ota-onaga, oiladagi kattalarga yuklatilgandir.

Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e'zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o'chog'i bo'lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e'tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila» yili deb e'lon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

markazi o'z faoliyatini boshlashi, jamiyatda yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo'ldi.

Oilaviy tizimda «Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'g'risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin. Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jami yat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo'ladi, ya'ni u tarbiyalangan bo'ladi. O'z-o'zini anglash, o'zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko'pincha konkret shaxs tomonidan og'ir kechadi, ya'ni inson tabiati shundayki, u o'zidagi o'sha jamiyat normalariga to'g'ri kelmaydigan, no'maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. (Avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko'ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo'lmay, u har bir shaxsdagi o'z shaxsiyatini o'ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko'pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta'kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o'sha shaxsni o'rab turgan tashqi muhit, o'zgalar va ularning munosabati katta ro'l o'ynaydi. Odam o'zgalarga qarab, go'yoki oynada o'zini ko'rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o'ziga o'xshash odamlar obrazi orqali o'zi to'g'risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko'chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o'z yutuqlaringiz va mashg'ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz, lekin gap bilan bo'lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e'tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa yerda turganligini bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo'lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o'rtog'ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo'l qo'ymaslik uchun «O'rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so'rab ham qo'yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya'ni suhbatdosh o'rniga turib, o'zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko'rinyapman?») - refleksiyadir.

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi - tarbiyalash eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, tarbiyasiga oilada asos solinadi. Mustaqillika erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz bu borada katta ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

urug', mahallaning ham ta'siri bor. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish oilaning asosiy vazifasidir. Oiladagi tarbiya turlari:

Giperprotektsiya - ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va ehtiyojlarini ko'r-ko'rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va to'siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun "jonini jabborga beruvchilar" odatda o'zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda dangasa, ko'pchilikning ichida o'zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida o'zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo'lib qoladi. Ayniqsa, bola o'smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq bo'lgani uchun do'stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bo'lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo'lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyoti timsolida ilgari o'z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro'yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bo'ladi, lekin bola ko'p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi.

G'amho'rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya - bunda erkalatishdan ko'ra ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga olish orqali unga e'tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil ta'qiqlar, chegaralashlar ("u mumkin emas", "bu mumkin emas" qabilida) bisyor bo'ladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil qarorlar chiqaruvchi bo'lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, ko'p narsalardan norozi holda katta bo'ladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlarning hamma yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib, aytib berishlariga o'rganib qoladi: onasisiz dars tayyorlay olmaydigan, otasisiz ko'chaga chiqmaydigan bo'ladi, barcha ishlarida kattalarning aralashuviga ko'nikib ketadi.

O'ta kuchli axloqiy mas'uliyat - bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo'ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik e'tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o'ylab, uning yurish-turishi uchun o'zlarini mas'ul deb his silgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba'zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, to'shiriqlar ham berilaveradi. Masalan, "sen to'ng'ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak", degan ma'noda

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

unga oiladagi kichik a'zolarga yoki kasallikka chalingan oila a'zosini parvarish qilish kabi mas'uliyatli va og'ir ishlar ham yuklanadi.

Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo'lmaganida ota-onaning hayoti boshqacha bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo'lsa, vaziyat yanada og'irlashadi, "sen bo'lmaganingda..." yoki qíz bolaga qarab: "Sening o'rningda og'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.

Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, "nega bolani yoqtirmaysan?" kabi savollarga aslida uni sevishi kerakligini ta'kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo'lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o'z mehribonligini sun'iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og'ir botadi.

Qattiqqo'llik - bir qarashda emotsional rad etishga o'xshaydi, lekin undan ochiqroq va og'irroqdir. Qattiqqo'llik to'g'ridan-to'g'ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to'la befarqlik, uning bor-yo'qligini go'yoki sezmaslik kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo'lsa-da, tezroq katta bo'lish, o'zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o'ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo'rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o'rganib boradi. Z.Freyd nazariyasiga ko'ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo'lib borib, o'zida alamni qaysidir bir ob'yektdan (o'zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo'lib o'sadi. Jismoniy jihatdan bolaga zug'um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir.

Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko'rsa, shunga taqlid qilib o'sadi. Oilada ota olijanob keng fe'l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bo'lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg'amaydigan va muloyim bo'lmog'i lozim. Farzandlarimizni sog'lom e'tiqodli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona zimmasiga yuklangan. Oilaning har bir a'zosi millatning

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

davomiyligini saqlovchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojini ta'minlovchi, ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makon ma'naviyat maskanidir.

Shunday qilib, insonning shaxs bo'lib shakllanishida, hayotda o'z o'rnini topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo'lishida oila asosiy poydevor hisoblanadi. Oila hayotning abadiyligini davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllarni qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog' idir.

REFERENCES

1. A'zamxo'jaеva E.A. "Muomala maromining yosh xususiyatlari va dinamikasi". T.: 2002.

2. Aliqulov X. Sharq mutafakkirlari axloqi haqida. T.: 1979.

3. Asqarov I.Sh., Mamtqulova R., Norqulov H.D. "Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi". - Toshkent. 2009.

4. Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity

for physical development of children with autism spectrum disorders.

5. Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes,

structure, psychological particularities.

6. Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

7. Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

8. Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G. Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

9. Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport disciplines. SCOP US00403601 -2017-8-SID85039420339.

10. Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015). Individual psychological singularities of persons with disabling diseases. SCOPUS-2015-7-1-SID84922724007.

11. Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

12. Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. In Инклюзивное

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели (pp. 96-103).

13. Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. In Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 (pp. 71-74).

14. Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование

сегодня, (4 (27)), 58-59.

15. Камилова, Н. Г., & Пapпиевa, Ш. А. (2018). Дефоpмaции ценностно-

смысловой системы кдк фaктоp дезaдaптaции личности подpоcткa.

In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного

потенциала личности и современного общества (pp. 196-201).

16. Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности

конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In Личность в

современном мире (pp. 109-113). 17. Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in 1 he Psyche of Adolescent Girls

Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(1), 610-615.

18. Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and

Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and

Review, 5(1), 1S4-1S9.

19. Xaйитов, О. Э. (2020). Mоделиpовaние психологической компетентности

pyководителя: концептyaльный эмп^ический дндлиз. Academic research in

educational sciences, (3), 526-54G.

2G. Хдйитов, О. Э. (2020). Рax1бapдa психологик компетентликни

pивожлaнтиpишнинг комплекс модели. Academic Research in Educational

Sciences, 7(2), 120-136.

21. ХДЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга замонавий ёндашув (назарий жихдт). Фан-Спортга, (1), 59-64.

22. Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики, (11-1), 261-264.

23. Каримова, В. М., & Хдйитов ОЭ, О. Г. Иктисодий психология ва психологик иктисод тугрисида. Ицтисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

24. Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan: problems and prospects. Economics, (5), 43.

25. HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(1), 119-131.

26. Хдйитов, О. Э. (2021). РА^БАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

27. Эшбоевич, О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУЕИН РАХБАРИ ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

28. Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

29. Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ

ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ

СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

30. Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ

ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ. "ZAMONAVIY TA "LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA

UNGA QARATILGANKREATIVG"OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR", 503-

505.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.