Научная статья на тему 'SHAXSDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA'

SHAXSDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
605
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Saboxiddinova Sh

Понятие «жизненная стабильность» широко используется в психологических исследованиях. При этом следует отметить, что при исследовании психологических процессов стрессоустойчивости человека, способов преодоления экстремальных ситуаций и развития навыков личностного развития в сложных жизненных ситуациях используются разные концепции. Все они отчасти связаны с понятием «жизненная стабильность», в первую очередь, оно отражает существующие внутренние возможности, которые человек может использовать в различных жизненных ситуациях.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The concept of "life stability" is widely used in psychological research. At the same time, it should be noted that when studying the psychological processes of a person's stress resistance, ways to overcome extreme situations and develop personal development skills in complex life situations, different concepts are used. All of them are partly related to the concept of "life stability," first of all, it reflects the existing internal capabilities that a person can use in various life situations.

Текст научной работы на тему «SHAXSDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

SHAXSDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK

MUAMMO SIFATIDA

Sh. Saboxiddinova

TDPU "Amaliy psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

АННОТАЦИЯ

Понятие «жизненная стабильность» широко используется в психологических исследованиях. При этом следует отметить, что при исследовании психологических процессов стрессоустойчивости человека, способов преодоления экстремальных ситуаций и развития навыков личностного развития в сложных жизненных ситуациях используются разные концепции. Все они отчасти связаны с понятием «жизненная стабильность», в первую очередь, оно отражает существующие внутренние возможности, которые человек может использовать в различных жизненных ситуациях.

ABSTRACT

The concept of "life stability" is widely used in psychological research. At the same time, it should be noted that when studying the psychological processes of a person's stress resistance, ways to overcome extreme situations and develop personal development skills in complex life situations, different concepts are used. All of them are partly related to the concept of "life stability," first of all, it reflects the existing internal capabilities that a person can use in various life situations.

Beqaror, doimiy o'zgarib boruvchi zamonaviy hayot sharoitlari, ertangi kunga ishonchsizlik insonlarning jismoniy holati bilan bir qatorda psixik sog'lig'iga ham salbiy ta'sir qilishi ko'plab tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan va o'z isbotini topgan. Shaxsni stressli va muammoli vaziyatlarni psixik salomatligiga qanday ta'sir o'tkazishi va stressli vaziyatlarni qanday yengib o'tishi, bu uning hayotiy barqarorlik ko'rsatkichini qay darajada rivojlanganligiga bog'liq.

Psixologiyada qiyinchiliklar va stress holatlarni yengish muammosi turli mualliflar tomonidan o'rganilgan, lekin hozirgacha hayotiy barqarorlikning yagona nomlanishi mavjud emas. Mualliflar ko'pincha ma'nosi jihatdan yaqin bo'lgan boshqa atamalarni qo'llaydilar: yashash qobiliyati, yashash ijodi, yetuklik, koping-strategiyalar va boshqalar [1,2,3,4,5].

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Hayotiy barqarorlik (inglizcha "hardiness" - "chidamlilik", "barqarorlik") muvaffaqiyatning pasayishisiz ichki muvozanatni saqlab turgan holda, stressli vaziyatlarga dosh bera olish qobiliyatidir.

Hayotiy barqarorlik atamasi ilk marotaba amerikalik psixolog Salvador Maddi tomonidan taklif etilgan. Buning kelib chiqish tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 1975 yilda S.Maddi va uning tadqiqot guruhi "Illinois Bell" telefon kompaniyasida menejerlarni o'rganishni boshladilar. O'sha vaqtda kompaniya ish prinsipini tubdan o'zgartirdi, shu sababli xodimlar juda qattiq stressga tushishdi. 1981 va 1982 yillarda u yerda taxminan 40 mingga yaqin ishchilar ishdan bo'shatildi. Kompaniyaning 450 ga yaqin menejerlarini turli xil tibbiy va psixologik ko'rsatkichlar bo'yicha tanlab olish paytida S. Maddi keskin o'zgarishlar sharoitida xodimlarning uchdan ikki qismida G.Sel'ening stress konsepsiyasini kuzatdi yani: ularning sog'lig'i yomonlashmoqda, muvaffaqiyat darajasi pasaymoqda, yaqinlari bilan munosabatlar buzildi. Yuqori qon bosimi, migren, tushkunlik, ajralishlar va o'z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan. Ammo tanlanganlarning boshqa qismi bilan hamma narsa boshqacha edi. Ularning uchdan bir qismi, uzoq davom etadigan va noaniq stressli vaziyat ta'siri ostida, aksincha, muvaffaqiyatga erishishdi. Ular o'zlarini har qachongidan ko'ra sog'lomroq his qilishdi, yaqinlar bilan munosabatlarni mustahkamladilar va o'z ishlarida qimmatli g'oyalarni ilgari surdilar, yaxshiroq, samaraliroq ishlashdi va agar ular kompaniyani tark etsa, boshqa joylarda muvaffaqiyat qozonishdi va bazilari o'z bizneslarini ochishdi [1].

S.Maddi "muvaffaqiyatlilar" va "jarohatlanganlar" o'rtasidagi farq nimada ekanligiga qiziqib, ikki guruh o'rtasidagi tafovutlarni izlay boshladi. Aniqlanishicha, "muvaffaqiyatlilar" deb atalgan guruh hayotiy barqarorlikka ega va "jarohatlanganlar" hayotiy barqarorlikka ega bo'lmagan yoki ularda uchta ustanovkaning yetishmasligi bo'lgan: stressli vaziyatlarga nisbatan, atrofdagilarga nisbatan alohida munosabat va maxsus transformatsion koping yoki regressiyani qo'llash [2].

Psixologiyada zahiralar ko'pincha shaxsning fiziologik va tipologik xususiyatlari, kognitiv jarayonlar va shaxsiy fazilatlar, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, moliyaviy farovonlik, olingan bilim, ko'nikma va tajriba, shuningdek, qiyin hayot sharoitlarida zahiralarni ishlatish ko'nikmalarini ham mustaqil zahira sifatida ko'rib chiqilishi mumkin.

S.Xobfoll tasnifiga ko'ra zahiralar quyidagilarni o'z ichiga oladi [3]: 1) moddiy ob'ektlar (daromad, uy, kiyim-kechak, moddiy buyumlar) va moddiy bo'lmagan (istaklar, maqsadlar);

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

2) tashqi (ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, oila, do'stlar, ish, ijtimoiy mavqei) va ichki, interapersonal, o'zgaruvchilar (o'zini o'zi hurmat qilish, kasbiy bilimlar, ko'nikmalar, qobiliyat, qiziqishlar, ajoyib belgi xususiyatlar, optimizm, o'zini o'zi nazorat qilish, hayot qadriyatlar, e'tiqod tizimi va boshqalar);

3) ruhiy va jismoniy sharoitlar;

4) irodaviylik, hissiy va jismoniy baquvvatlik xususiyatlari qiyin hayotiy vaziyatlarni bartaraf etish (bevosita yoki bilvosita) uchun zarur hisoblanadi yoki muhim bo'lgan shaxsiy maqsadlarga erishish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Shaxsning hayotiy barqarorligi ayrim tadqiqotchilar tomonidan shaxsiy zahira sifatida, shuningdek, hayotiy vaziyatlarda tashqi zahiralardan foydalanish qobiliyati sifatida qaraladi.

"Moslashuv" ham ko'p tarmoqli tushunchadir. Psixologik moslashuv -insonning aqliy faoliyati, uning xatti-harakati, atrof-muhit talablariga javob berishini ta'minlash bilan birga, insonning mavjud ehtiyojlarini qondirish va ular bilan bog'liq muhim maqsadlarni amalga oshirishga imkon beruvchi, inson faoliyatini amalga oshirishda atrof-muhit bilan muvofiqligini o'rnatish jarayoni hamdir (F.B.Berezin).

Moslashuv jarayoni inson tanlovini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, birinchi navbatda biologik va ijtimoiy ehtiyojlar bilan tavsiflanadi, uni psixologik ehtiyojlar, o'zini o'zi anglash ehtiyojlari hisobiga amalga oshirish mumkin.

"Iroda" tushunchasi psixologiyada hayotiy kuch, energiya, shu bilan birga, ijtimoiy tarbiya sifatida ham qaraladi. Iroda muammosi psixologiyada an'anaviy tarzda o'z xulq-atvorini o'zlashtirish muammosi bilan bog'liq. L.S.Vigotskiy iroda muammosini stimullarning yangi sabablarini yaratish orqali o'z motivlarini tashkil etish muammosi deb hisoblaydi. D.N.Uznadze irodaviy xulq-atvorning asosi sub'ekt tomonidan yaratilgan qat'iy munosabat (impulsiv xulq-atvorda munosabat, haqiqiy vaziyatga va mavjud ehtiyojga bog'liq) ekanligini ta'kidlaydi.

P.V.Simonov asarlarida iroda to'siqlarni bartaraf etish zarurati (erkinlik refleksiya) sifatida namoyon bo'ladi. To'siq inson tomonidan uning erkinligini cheklash sifatida qabul qilinadi va bu uni bartaraf yetishga ikkinchi darajali ehtiyoj tug'diradi. Muallif avvalo, inson tarbiyasi shart-sharoitlari bilan shakllangan shaxs tuzilishiga o'zining oldingi hayoti davomida barqaror hukmronlik qiluvchi ehtiyojni nazarda tutadi. Shu bilan birga bunday ehtiyojning shakllanishida shaxsning tug'ma mayllari, jumladan, "erkinlik refleksiya"ning o'ziga xos ifodasi ham ma'lum rol o'ynaydi.

S.L.Rubinshteyn, shaxsning "salbiy sharoitga qarshilik kuchi" bilan bog'liq bo'lgan irodali fazilatlarini hisobga olib, "birinchi navbatda, maqsadga erishish uchun

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

barcha to'siqlarga qarshi kurashda, qarorni amalga oshirishda energiya va ayniqsa qat'iyat, muhim rol o'ynaydi", deya ta'kidlaydi. Zamonaviy tadqiqotlarda irodaviy xulqqa nisbatan motivlarning ixtiyoriy shakllanish jarayoni sifatida qaraladi. Insonning hayot qiyinchiliklarni bartaraf etish va ayni paytda shaxsiy rivojlanish qobiliyatini hisobga olganda, iroda endilikda irodaviy harakatlar bilan bog'liq emas balki, shaxsning irodaviy tuzilishi bilan bog'liq bo'lib, unda natijalarga erishish uchun muhim sabablar, tanlovlar va maqsadli harakatlar mavjud.

Psixologik barqarorlik - bu qat'iylik, muvozanat va qarshilik kabi alohida jihatlariga ega bo'lgan inson sifatidir.

U shaxsning hayot qiyinchiliklari, noqulay shart-sharoitlarning salbiy bosimiga qarshi turish, turli sinovlarda sog'ligi va mehnat qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Muallif shaxsning asosan tipologik xususiyatlarini ta'kidlaydi.

Shaxsning psixologik barqarorligi doimiy faollik va yaxshi kayfiyat darajasini saqlab qolish qobiliyati bilan, shuningdek, ta'sirchanlik, xilma-xil qiziqishlarning mavjudligi, qadriyatlar, maqsad va intilishlardagi soddaliklardan qochish kabi shaxsiy sifatlarning namoyon bo'lishi bilan bog'liq.

"Hayotiy barqarorlik" atamasi rus adabiyotlariga birinchi marotaba B.G.Ananev tomonidan kiritilgan bo'lib, u insonning umumiy mehnat qobiliyatini anglatgan. B.G.Ananevning so'zlariga ko'ra, hayotiy barqarorlik va hayotiylikni saqlashning asosiy omili intellektual funksiyalarning mashq qilish qobiliyati hisoblanadi.

Hayotiy barqarorlik - bu insonning ijtimoiy va madaniy muhitning yomonlashayotgan sharoitida yashashga, biologik va ijtimoiy jihatdan sog'lom nasllarni ko'paytirish va bu boradagi istagi; shaxsga aylanish, hayotiy qarashlarning ma'nosini shakllantirinsh, o'zini namoyon etish, o'zlikni topish, o'z salohiyati va ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishni anglanglatadi. Shu bilan birga, inson atrof-muhitni o'zgartiradi, uni yo'q qilmasdan hayot uchun yanada qulayroq qiladi.

Hayotiy barqarorlik, moslashuvchanlikka nisbatan kengroq atama sifatida qaraladi, chunki bu sifatning mavjudligi va uning namoyon bo'lishi shaxs sifatida insonga xos bo'lib, moslashuvchanlik ontogenezning ma'lum bosqichida shaxsiy shakllanish sifatida rivojlanadi.

Hayotiy ijodkorlik - bu dunyoning kengayishi, hayotiy munosabatlarning kengayishi bilan bog'liq bo'lgan dunyo bilan munosabatlarni rivojlantirish va tuzatishning shaxsga yo'naltirilgan amaliyotidir. Amaliyot sifatida, hayotiy ijodkorlik moslashuvchanlikni rivojlantirish va namoyon bo'lishning ba'zi jihatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Shaxsiy moslashish potensiali - insonning psixologik xususiyatlari, shu jumladan, quyidagi xususiyatlar:

-neyropsixik barqarorlikning rivojlanish darajasi stressga bardoshliligini ta'minlaydi (psixofiziologik daraja);

- o'zini o'zi boshqarishning o'zagi bo'lgan va faoliyat sharoitlari va ularning imkoniyatlarini idrok yetishning moslik darajasini (shaxsiy daraja) belgilaydigan shaxsning o'zini o'zi qadrlashi;

- boshqalar uchun o'zini o'zi qadrlash tuyg'usini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hissi;

- ijtimoiy aloqa tajribasi;

Moslashish potensiali ma'lum bir ehtimollikni, shaxsiy sifatni rivojlantirish imkoniyatini - hayotiy barqarorlikni belgilaydi.

Shaxsiy potensial - bu shaxsiy kamolot darajasining ajralmas xususiyati bo'lib, shaxs tomonidan turli hayotiy vaziyatlarni yengib o'tishi, oxir-oqibat esa shaxsning o'zini o'zi yengib o'tishi, shuningdek, o'zi va uning hayoti sharoitida ishlashi uchun qilinadigan sa'y-harakatlarining o'lchovini aks ettiradi. Shaxsiy potensialni namoyon qilishning o'ziga xos shakllaridan biri bu - shaxs tomonidan uning rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni yengib o'tishidir. Ushbu noqulay sharoitlarga irsiy xususiyatlar, somatik kasalliklar yoki tashqi noqulay sharoitlar sabab bo'lishi mumkin. Shaxsning shakllanishi uchun noqulay sharoitlar mavjud, ular haqiqatan ham halokatli tarzda rivojlanishga ta'sir ko'rsatishi mumkin, ammo ularning ta'sirini bartaraf etish imkoni mavjud bo'lib, bilvosita, to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik bu tizimga qo'shimcha o'lchov omillarini, birinchi navbatda shaxsiy potensialga asoslangan o'zini o'zi aniqlashni kiritish tufayli buziladi.

Hayotiy barqarorlik tushunchasiga nisbatan ko'proq umumiy, sub'ektivlik tushunchasi bo'lib, u insonning nafaqat muammoli, stressli, balki barcha hayotiy, tipik va tipik bo'lmagan savollarni hal qilish bilangina emas, balki to'plangan tajribani faol, ongli va maqsadli ravishda amalga oshirish qobiliyati va tayyorligini bildiradi.

Faoliyat va xatti-harakatlardagi, his qilish jarayonlarida, qarorlarni qabul qilishda sub'ektivlikning namoyon bo'lishi, birinchi navbatda, inson tomonidan o'zlashtirilgan transformatsion faoliyatning individual xususiyatlari: muammolarni shakllantirish va hal qilish xususiyatlari (aqliy yoki ob'ektiv) bilan bog'liq. Sub'ektivlikning o'ziga xos xususiyati hozirgi paytda shaxs uchun muhim bo'lgan yoki istiqbol nuqtai nazaridan tegishli bo'lgan harakatlarning faoliyatini tartibga solish funksiyalari bilan belgilanadi

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Hayotiy barqarorlik yuqorida keltirilgan tushunchalar bilan kesishadi, ammo u ma'lum bir genetik qonunlarga muvofiq rivojlanib boradigan odam psixikasining alohida muhim hodisasini anglatadi. Hayotiy stress holatlarida inson psixikasining turli xususiyatlarini faollashtirishga ta'sir qiluvchi ko'p tarkibiy qismli shaxsiy ta'limdir.

Agar inson stress holat bilan kurasha olmas ekan, unda zo'riqish yuzaga kelishi natijasida jismoniy va ruhiy salomatligini yomonlashadi.

Maddi nazariyasiga asosan, hayotiy barqarorlik o'z ichiga ruhiy va faoliyat taraflarni oladi. Faoliyat tarafi deganda maqsadga erishishga yo'naltirilgan harakatlar tushuniladi. Ruhiy tomoni hayotiy barqaror kishilar o'rtasidagi munosabatlar xarakterini o'zgartirishi mumkinligini ko'zda tutadi. Ular yanada dilkash, kirishimli, ochiq, sog'lom o'zaro munosabatlarni yaratish imkonini qo'lga kiritadilar, sevgi-muhabbatni boshdan kechirishga qodir bo'ladilar. Ularda hayotga va o'zlarini o'rab turgan odamlarga qiziqish rivojlanadi. Ular boshqalardan har doim yordam olishlari mumkinligini sezadilar [1,2].

Optimizm va hayotiy barqarorlik o'rtasida o'zaro bog'liqlik kuzatilmagan. Biroq, tadqiqotlar hayotiy barqarorlik optimizmdan ko'ra, murakkab holatni yengishda katta o'rin egallaydi. Shunday qilib, hayotiy barqarorlik ko'proq real xislat bo'lib, u yuzaga kelgan holatni yetarlicha sovuqqonlik bilan va aniq tahlil qiladi.

Maddining fikricha, hayotiy barqaror kishilar yakka-shaxs tashkilotini hayotiy barqarorlikka aylantirishlari mumkin. Agar individual darajada hayotiy barqarorlikni qo'shilish, nazorat va xavfni qabul qilish kabi ustanovkalar tavsiflasa, guruh darajasida ishonch, ijodkorlik va kooperatsiya belgilaydi.

Shunday qilib, hayotiy barqarorlikni yengib o'tishning asosiy zahirasi sifatida, subyektning murakkab, qiyin vaziyatlarda manfaatdor qatnashishga, mazkur holatni nazorat qila olishi, nazoratni boshqarishi, yangi, noma'lum narsalardan, maqsadga yetishish yo'lida yuzaga keladigan qiyinchiliklardan qo'rqmasligi, tavakkal qilishni bilishga qodir va tayyorligi kabilar bilan belgilanishi mumkin.

REFERENCES

1. СР.Мадди "Теории личности: сравнительный анализ". Пер. с англ. -СПб., 2002. -567 ст.

2. D.Khoshaba, S.Maddi "Early Antecedents of Hardiness". Consulting Psychology Journal. -Spring 1999. -Vol. 51, (n2). -p. 106-117

3. Endler N.S & Parker J.D.A. Coping Inventory for stressful Situations (CISS)-Manual-Toronto, Canada: Multi-Health System, Inc.,1990

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

4. Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity for physical development of children with autism spectrum disorders.

5. Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes, structure, psychological particularities.

6. Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

7. Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

8. Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G. Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

9. Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to

rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport

disciplines. SCOP US00403601 -2017-8-SID85039420339 .

10. Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015).

Individual psychological singularities of persons with disabling diseases. SCOPUS-

2015-7-1-SID84922724007.

11. Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova. , G. (2021). Health-Saving

Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal

of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

12. Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные

основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. 1п Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели 96-103).

13. Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. 1п Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 71-74).

14. Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование сегодня, (4 (27)), 58-59.

15. Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка.

М Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества 196-201).

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

16. Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In Личность в современном мире (pp. 109-113).

17. Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(1), 610-615.

18. Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and Review, 5(1), 184-189.

19. Xaйитов, О. Э. (2020). Mоделиpовaние психологической компетентности

pyководителя: концептyaльный эмпирический анализ. Academic research in

educational sciences, (3), 526-540.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

20. Хаитов, О. Э. (2020) i. Рахбарда психологик компетентликни

pивожлaнтиpишнинг комплекс модели. Academic Research in Educational

Sciences, 1(2), 120-136.

21. ХЛЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шaкллaнтиpишгa

зaмонaвий ëндaшyв (нaзapий жихдт). Фан-Спортга, (1), 59-64.

22. Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального

статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики,

(11-1), 261-264.

23. Kapимовa, В. M., & Хдйитов ОЭ, О. Г. И;тисодий психология вa психологик

и;тисод тyFpисидa. Ицтисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

24. Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing ; in Uzbekistan:

problems and prospects. Economics, (5), 43.

25. HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL

COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A

LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(1),

119-131.

26. Дайитов, О. Э. (2021). РАДБАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

27. Эшбоевич, Д. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУГИН

радбари психологик компетентлигини

ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

28. Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

29. Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

30. Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ТОЛЕРАНТНОСТИ. "ZAMONAVIY TA "LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGANKREATIVG"OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR", 503505.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.