Научная статья на тему 'AGRESSIV XULQ PSIXOLOGIYASI MUAMMOSI'

AGRESSIV XULQ PSIXOLOGIYASI MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
3266
219
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / shaxs / ota-ona / bola / agressiya / xulq-atvor / passiv agressiya

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Olima Erkinovna Samiyeva

Ushbu maqolada shaxsning bolalar va o„smirlardagi agressiv xulq-atvor kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo bo„lish omillari va sabablarini o„rganish borasidagi nazariy tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGRESSIV XULQ PSIXOLOGIYASI MUAMMOSI»

AGRESSIV XULQ PSIXOLOGIYASI MUAMMOSI

Olima Erkinovna Samiyeva

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

ANNTOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsning bolalar va o'smirlardagi agressiv xulq-atvor kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo bo'lish omillari va sabablarini o'rganish borasidagi nazariy tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar: oila, shaxs, ota-ona, bola, agressiya, xulq-atvor, passiv agressiya.

KIRISH

Hozirgi kunda agressiya muammosiga biz har kuni ko'chada, maktabda, litseyda, kollejda, oliy o'quv yurtida va boshqa jamoat joylarida duch kelganimiz sababli u juda dolzarb muammo hisoblanadi. Asotsial faoliyat (alkologizm, narkomaniya, jamoat tartibini buzish, vandalizm va boshqalar)larda yuzaga chiqayotgan deviant xulqli balog'atga yetmaganlar sonining ortishi xavotirli belgidir. Kattalarga nisbatan munosabatda namoyishkorona va chaqiruvchi xulq kuchaydi. Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik soni ortdi.

Xulq-atvor deviatsiyalarining turlanishi bilan tanishib, biz uning xilma-xilligiga amin bo'ldik. Og'ma xulq-atvorning turli shakllarining umumiy xususiyatlarini deviatsiya guruhlariga tegishlilik me'yorlari bo'lib keladi. Bunday muhim xususiyatlarning bittasi destruktivlik - vayron qilishdir. Haqiqatdan ham, deviant xulq-atvor umuman olganda, biror narsaning vayronagarchiligiga olib keladi (sog'likning, munosabatlarning, shaxsning, jamoa tartibining va hattoki hayotdan ko'z yumish)[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyotlar tahliliga ko'ra agressivlik muammosi nazariy jihatdan kam o'rganilgan[2].

Insoniyatning butun tarixi shuni ko'rsatadikidiki, agressiya shaxs va jamiyat hayotining ajralmas bo'lagidir. Bundan tashqari, agressiya kuchli jalb qilish kuchiga ega va yuqumlidir - ko'pchilik insonlar agressiyani og'zaki rad etsada, ammo o'zlarining kundalik hayotida uni keng namoyon qiladilar. Lotin tilidan tarjima qilganda "agressiya" - "tajovuz qilish" ma'nosini angalatadi. Hozirgi vaqtda agressiya atamasi juda keng qo'llaniladi. Ushbu fenomenni negativ emotsiyalar bilan

(masalan, jahl bilan) va negativ motivlar bilan (masalan, zarar yetkazish bilan), hamda negativ qarashlar bilan (masalan, ratsizm belgilari bilan) va vayron etish xarakatlari bilan bog'laydilar.

Xorij psixologiyasida bolalar va o'smirlardagi agressiv xulq-atvor kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo bo'lish omillari va sabablarini o'rganish borasida juda ko'p tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda:

jumladan, zo'ravonlik va agressiv deviant xulq-atvorning o'zaro aloqasi A. Bandura va P.Uolters, ota-ona tarbiyasining bolalardagi agressivlikning paydo bo'lishiga ta'siri O.Barnett, C.L.Miller-Perrin, o'smirlardagi agressiv xulq-atvorning jamiyatda o'z o'rnini anglashdagi o'rni A. Bass, ongni manipulyatsiya qilib, agressiv xulq-atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining ta'siri B. Kreyxi kabi olimlar tadqiqotlarida o'z aksini topgan

Shuningdek, tadqiqot predmeti sifatida agressiya hodisasi mohiyatini K.Lorens, A.Bandura, jinoyatchi o'smirlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlarini o'rganish D.I.Feldshteyn, bolalar va o'smirlarda agressiya va agressiv xulq-atvor shakllanishining sabablarini R. Beron, D. Richardson, Bandura A, agressiya profilaktikasi va korreksiyasi masalalarini L.M. Semenyuk, G.E. Breslav tadqiq etganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yurtimizdagi va xorijdagi ko'plab tadqiqotchilar agressiya muammosi bilan shug'ullanganlar, ammo uning murakkab va serqirraligi sabab, bir to'xtamga kelish mushkul. Tadqiqotchilar diqqat markazida muammoning quyidagi: agressiyaning biologik va ijtimoiy determinatalari, uning o'zlashtirilishi va mustaxkamlanish mexanizmlari, agressiya namoyon bo'lishini belgilovchi sharoitlar, agressiv xulqning individual, jinsga va yoshga xos xususiyatlari, agressiyani bartaraf etish usullari kabi jihatlari o'z aksini topgan bo'lsa-da, bu mauammo o'rganildi degani emas.

Psixologiyada «agressiya» termini turlicha ta'riflanadi. Ko'plab tadqiqotchilar agressivlikka negativ baho berishadi. Shu bilan birga agressiyaga nisbatan ijobiy nuqtai nazar ham mavjud.

Agressiyaning xilma xil ta'riflari mavjud va ular quyidagilar:

- Boshqalarga xavf soluvchi yoki ziyon yetkazuvchi har qanday xulq-atvor agressiya deb ataladi (Bass);

- Boshqalarni xafa qilish, ularga ziyon yetkazish niyati bo'lgan xatti-harakatlar agressiya deb ataladi (Berkovis);

- Boshqalarga jismoniy zarar yetkazadigan, shunday niyat bilan amalga oshiriladigan harakatlar agressiya deb ataladi (Zilmann);

- Boshqa tirik mavjudodga ziyon yetkazishga qaratilgan, o'zi unga nisbatan qo'llanishiga qarshi bo'lgan har qanday xulq-atvor agressiya deb ataladi (R.Beron, D.Richardson)

Odamdagi agressiyani aniqlash jarayoni juda murakkab va buni ijtimoiy psixologlar anchadan buyon tadqiq etib kelishmokda. Ba'zan, shunday savollar to'g'ilishi tabiiy, agar kimdir boshqa birovning qorniga kuchli zarba bilan ursa bu agressiya bo'ladimi yoki yo'qmi? Agar kimdir hazillashib yengil zarba bilan birovning korniga ursachi? Futbol yoki boks o'yinlarini ham agressiyaga misol bo'ladi, desa hamma ham shu fikrga qo'shiladimi? Agar kimdir zarar keltiruvchi mish-mishlarni tarqatsachi? Agar uyingizga o'g'ri bostirib kirsa-yu, siz birdaniga zanglab yotgan qurolingizni olib, unga o'qtalib otib yuborsangiz sizning harakatlaringiz agressiya holati hisoblanadimi? Agar qurol otilmay qolsa-chi? Agar kimdir ostonangizga o'tirib olsa-yu, sizning o'tib ketishingizga halaqit bersa, bu agressiyami yoki yo'qmi? Ba'zi bir ijtimoiy psixologlar agressiyani boshqa birovga atayin ziyon yetkazish, jismoniy yoki ijtimoiy zarar yetkazish, ba'zi hollarda hujumkor ob'ektni yo'q qilish deb ta'riflaydilar. Bu ta'rifni to'g'ri desak ham bo'ladi, ammo ba'zi bir cheklanishlarga e'tibor berishimiz lozim. Birovga savol bersangiz-u, u sizga javob qaytarmasa yoki javob berishdan bosh tortsa bu harakatda bizni birovning joniga tajavvuzni yoki ziyon yetkazishni ko'rmayapmiz. Xuddi shu kabi holat, ostonada o'tirgan kishi sizga halaqit beradi-yu, ammo ziyon yetkaza olmaydi. Ko'pchilik psixologlar buni agressiyaning alohida ko'rinishi deb shunday ta'rif beradilar, bu agressiv qarshilik, ammo u hech kimning joniga tajavvuz qiladigan yoki zahmat yetkazadigan agressiya emas, shuning uchun uni maqsad jihatidan agressiyaning passiv ko'rinishi, to'g'ridan-to'g'ri passiv agressiya deyish (ochiq passiv agressiya) maqsadga muvofiq.

Qanchalik qiziqarli bo'lmasin passiv agressiya o'z-o'zidan, umuman olganda jinoyatchilik masalasini hal qilish jarayonida u relevant hisoblanadi Ostonada o'tirgan odamga qaytsak, u mulkka egalik huquqini buzishda ayblanib, uning agressiv maqsadini aniqlashimiz mumkin. Umuman olganda agressiv harakat, biz ko'rmoqchi bo'lgan tajavvuzkorliklar turi «passiv agressiya» tipiga kirmaydi. Odamdagi agressiya ko'rinishlarini turlarga ajratishda biz Bass (Buss, 1971) tuzgan jadval bilan tanishib chiqamiz.

Bass jadvalidan siz osongina odamdan tashqari va chalkash holatlarni ajrata olasiz. Bu faqatgina agressiv holatlarning ko'rinishlari qanchalik turli va ularni aniqlash anchayin murakkab ekanligini ko'rsatadi. Bu holat ijtimoiy psixologlar tomonidan ta'kidlanganidek, kishi agressiyasini aniqlash qanchalik qiyin, degan xulosani taqozo etadi. Adabiyotlar tahliliga ko'ra, agressiyani qoniqarli tarzda

aniqlash va turlarga ajratish uchun uni quyidagi ikki tipga bo'linganligini guvohi bo'lamiz:

- Tajavvuzkor (dushmanlik);

- Instrumental (vositali) agressiya.

1-jadval ko'rinishida o'z ifodasini topgan, bu ikki turni birinchi bo'lib Feshbax (Feshbach, 1964) taklif qilgan. Adabiyotlar tahliliga qaraganda, bu ikki tur maqsadi va mukofotlanishiga ko'ra bir-biridan ajratiladi hamda tafovutlanadi (bunda agressorga to'lanadigan haq nazarda tutilmoqda).

1-jadval

Shaxsga xos agressiyaning turlari

To'g'ridan-to'g'ri faol agressiya Bilvosita agressiya To'g'ridan-to'g'ri sust agressiya Bilvosita sust agressiya

Jismoniy agressiya Zarba berish Oyog'idan chalish Xalaqit berish, ziyon yetkazish, to'siqlar Vazifani bajarishdan bosh tartish

Verbal agressiya Jabrlanuvchini haqorat qilish, nafsoniyatiga tegish Yomon mish-mishlar, yomon gap so'zlarni tarqatish So'zlashishdan bosh tartish Kelishishni xohlamaslik yozma yoki og'zaki

Biz asosan, agressiyaning ekspressiv ko'rinishini, ya'ni dushmanlik, ziyon yetkazish turini ko'rib chiqamiz. Fanda bu ko'pincha g'azab qo'zg'alganda sodir etiladigan tajavuzkorlik hisoblanadi. Aversiv stimul va ta'sirotlar (ta'sir etish) ya'ni haqoratlash, yerga urish maqsadidagi yomonlash, tuhmat, mish-mishlar, gap-so'zlar va jismoniy hujum, shaxsiy omadsizlik kabilar sifatida e'tirof etiladi.

Agressorning maqsadi jabrlanuvchini azob chekishga majbur etish. Ko'p sonli qotillar zo'rlash, nomusga tegish va boshqa og'ir jinoyatlar jabrlanuvchiga ziyon-zahmat yetkazish maqsadidagi harakatlar dushmanlik agressiyasi deyiladi. Bunday hollar agressorning tezkor va jahl ustida harakati kuzatiladi (kuchli hayajonda). Bunda tashqi frustratsiya ta'siri bilan bog'liqlik borligi ko'rinadi, masalan, ishsiz qolgan oila boquvchisining hayajonli chiqishlari, hatto oldidan chiqib qolgan, mototsikl haydovchisini otib qo'yishi va bundan o'zi qoniqish hosil qilib, jamiyatdan

uch oldim deb o'ylashini alohida ta'kidlash mumkin. Bunda «tashqi taassurot odamni izdan chikaradi» degan tasdiq o'z ifodasini topadi.

XULOSA

Shunday qilib, agressiya ichki qo'zg'alish tendensiyasi sifatida - bu shaxs dinamikasining ajralmas bo'lagi (me'yordagi holatida ham, turli darajada namoyish etilgan buzilishlarda ham). Agressivlik - individual xususiyat, u aniq insonning moyilligi ushbu tendensiyani ichki va tashqi harakatlar shaklida namoyon etishi. Ushbu individual xususiyatni o'lchash qiyin, bu borada agressiv tendensiyani asosiy baholash usuli - bu uning xulq-atvordagi namoyishlarini baholash.

Agressiya va agressiv xulq-atvor orasidagi o'zaro bog'liqlik xarakterini aniqlashga urinib ko'raylik. Balki insonning agressiya kechinmalari uni vayrona harakatlarga olib keladi. Boshqa tomondan, zo'ravonlik sodir etib, inson o'tkir emotsional qo'zg'alish holatida ham, shu bilan birga to'liq sovuqqonlik holatida ham bo'lishi mumkin. Agressor o'z qurbonini yomon ko'rishi umuman shart emas. Ko'pchilik insonlar bog'lanib qolgan va chin yurakdan sevadigan o'z yaqinlarini qiynaydilar.

REFERENCES

1. Фарфиева К.А. Оммавий ахборот воситалари таъсирида талабаларда ижтимоий тасаввурлар шаклланишининг узига хослиги (Телевидение мисолида): Дис. ... психол. фан. номзоди. - Т.: УзМУ, 2005. - 148 б.

2. Вильданова Д. О проблемы психология агрессивного поведения. // Педагогик таълим ж. - 2006. - № 4. - Б. 98-100.

3. Olimov. L.Ya., Nazarov A.M. Xulqi og'ishgan bolalar psixologiyasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: «Tafakkur avlodi», 2020. - 496 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.