Научная статья на тему 'O’SMIRLIK DAVRI SHAXSIGA XOS ILMIY-NAZARIY YONDOSHUVLAR'

O’SMIRLIK DAVRI SHAXSIGA XOS ILMIY-NAZARIY YONDOSHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1748
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
men obrazi / ideal men / axloqiy men / haqiqiy men / mag’rurlik / kamtarlik / samimiylik / qat’iylik / o’smirlik davri / kattalik hissi. / self-image / ideal self / moral self / true self / pride / humility / sincerity / purposefulness / adolescence / sense of size.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. Usmonov

O’smirlik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlarini izohlovchi, ularning nazariy jihatlari to’g’risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL APPROACHES TO THE SPECIFIC PERSONALITY OF A TEENAGER

Scientific and theoretical approaches to explaining the psychological characteristics of a personality in adolescence and their theoretical aspects are described.

Текст научной работы на тему «O’SMIRLIK DAVRI SHAXSIGA XOS ILMIY-NAZARIY YONDOSHUVLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'SMIRLIK DAVRI SHAXSIGA XOS ILMIY-NAZARIY YONDOSHUVLAR

Usmonov Rahimjon

FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336320

Annotatsiya. O'smirlik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlarini izohlovchi, ularning nazariy jihatlari to'g'risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: men obrazi, ideal men, axloqiy men, haqiqiy men, mag'rurlik, kamtarlik, samimiylik, qat'iylik, o'smirlikdavri, kattalikhissi.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К КОНКРЕТНОЙ ЛИЧНОСТИ

ПОДРОСТКА

Аннотация. Описаны научно-теоретические подходы к объяснению психологических особенностей личности в подростковом возрасте и их теоретические аспекты.

Ключевые слова: образ Я, идеальное Я, нравственное Я, истинное Я, гордость, смирение, искренность, целеустремленность, подростковый возраст, чувство размера.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL APPROACHES TO THE SPECIFIC PERSONALITY OF A TEENAGER

Abstract. Scientific and theoretical approaches to explaining the psychological characteristics of a personality in adolescence and their theoretical aspects are described.

Keywords: self-image, ideal self, moral self, true self, pride, humility, sincerity, purposefulness, adolescence, sense of size.

KIRISH

O'smirlik yoshi dunyoqarash, e'tiqod, printsip, o'zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr xisoblanadi.

O'smir ulg'aygan sari unda "Ideal Men", "Axloqiy Men" va "Haqiqiy Men" singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e'tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o'zi to'g'risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo'lib qoladi.

O'smir o'z faoliyatini muayyan printsip, e'tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil qila boshlaydi.

O'smir shaxsini tarkib topirishda uning atrof-muhitga, ijgimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o'tkazgan tadqiqotlardan ko'rinadiki, o'smirlarning ko'pchiligi qat'iyatlilik, kamtarlik, mag'rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma'naviy, ahloqiy tushunchalarni to'g'ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e'tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.

Ma'lumki, o'smirlik davrida o'smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o'z-o'ziga bo'lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo'nalishi keskin o'zgaradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o'zini endi kichkina bola emas, balki katta bo'lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir, Mustaqil ishlar qilishiga uringan o'smir shunday qilishga haqqi borligiga o'zini-o'zi ishontiradi, chunki men endi "katta bo'lib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qoldim" deb o'ylaydi. Shuning uchun xam psixologlar "katta bo'lib qolganlik tuyg'usi"ni shaxsning o'smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.

O'smirlik yoshida psixologik jixatdan eng muxim xislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo'lishi aloxida axamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy soxada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko'ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o'z ifodasini topadi. O'smirlik yoshiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rgana turib, o'smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo'llarini va unga ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta'sirini tushunish mumkin. Jinsiy yetilish o'smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta'sir o'tkazadi. Lekin bu bevosita ta'sirdir. Kichik o'smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo'lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta'sir qilishi bilan bog'liq bo'lgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi xamda ularning o'zlarini kattalardek his etish, mustaqil bo'lish tuyg'ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to'la tayyor bo'lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o'rta maktabga o'tish, ya'ni yakka o'qituvchi rahbarligidan ko'pchilik o'qituvchilar tasarrufiga o'tish va muloqotdagi o'zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko'proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o'rnining ham o'zgarishidir. Katta o'smirlarga nisbatan kichik o'smirlarda paydo bo'ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko'y, ya'ni ijtimoiy sharoitlar ta'siri bilan bog'lash zarur. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o'zgartirish yo'li bilan o'smirlarning xulq-atvoriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish, yomon xulq-atvor, o'jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o'smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar xayotida hali o'z o'rnini topa olmagan holatda bo'ladi. O'smir o'zining qobiliyati va kuchini to'g'ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo'lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo'l qo'yadi. Lekin u o'z xatosini tan olishdan ko'ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko'radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go'yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo'lib ko'rinadi. U mustaqil, o'zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e'tibor bermaydi. Ayrim o'smirlar o'zining kattalar safiga qo'shlganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o'rgana boshlaydilar. O'smir xulqidagi bunday o'zgarishlar o'qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o'smirlarni bilib-bilmay qo'yayottan kamchilik va xatolarini ko'pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo'l bilan yondashgan holda yerdam berish uni "katta bo'lib qolganlik" tuyg'usini so'ndirib emas, balki katta odam qanday bo'lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.

TADQIQOT NATIJALARI

O'smirning yangi xuquqlarga da'vosi, avvalo, kattalar bilan o'zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo'ladi. O'smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko'rsata boshlaydi:

- uning mustaqilligini cheklashganda,

- vasiylik qilishganda,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- yo'naltirishganda,

- nazorat qilishganda,

- quloq solishni talab qilishganda,

- jazolashganda,

- uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan xisoblashishmaganda u juda xafa bo'ladi va norozilik bildiradi.

O'smirda o'z qadrini bilish hissi paydo bo'ladi va u o'zini kamsitish, mustaqillik xuquqidan maxrum qilish mumkin bo'lmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o'smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko'nglini topishi va xatti-harakatlarini o'z vaqtida to'g'ri yo'lga solishlari lozim. Ba'zi o'qituvchilar kichik o'smirdagi bu o'zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o'jarliklarini ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan boglanganligi, nimaning ta'siri ekanligini bilmay turib, noto'gri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o'smirning o'z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O'z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o'smirning psixik imkoniyatlari o'rtasida tafovut paydo bo'ladi. Kattalarning irodasiga bo'ysinmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik - bu mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaktsiyasi bo'libgina qolmay, shu bilan birga bu o'smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan o'zini boshqalarga tanitish yo'li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo'l orqali bola o'z shaxsining axamiyatini, uning ta'sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshilik ko'rsata olish qobiliyatini ham ta'kidlab ko'rsatishga erishmoqchi bo'ladi.

Demak, bu o'smirni to'laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo'lgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog'liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to'g'ri tushunmog'i va bolalarni o'zlarini katta tutishlariga to'sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak.

O'smirlarni o'z shaxslari xaqidagi fikrlar ko'proq qiziqtiradi, ular o'zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o'zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o'z shaxsi va insoniylik qadrini xurmat qilishlarini xoxdaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da'vo qiladi, ya'ni kattalar bilan ma'lum darajada teng xuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.

O'smirlik davrida ichki erkinlikning o'sishida, o'z-o'zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o'zgarishlari yuz beradi. Bunday o'zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning xam ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funktsiya sifatida o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig'i bo'lib hisoblanadi.

MUHOKAMA

O'z-o'zini anglash xissini tarkib topishi, o'ziga nisbatan go'yo aloxida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament tipidagi o'smirlar uchun muxim xususiyatlardir. O'smir o'g'il-qizlar shaxsining kamol topishida, o'zini anglash jarayonida o'ziga baho berish mayli va istagi o'zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o'ziga bino qo'yish ehtiyoji paydo bo'ladi. Bular esa o'smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta'sir qiladi. Ilk o'smirlik davrida ko'pchilik o'smirlar o'zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo'lgan sari o'smirning o'z-o'ziga bergan bahosi differentsial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o'zini tutishga va ayrim xatti-harakaglari)da namoyon bo'la boshlaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'g'il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo'lishi to'g'risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o'zlashtirilgan tasavvurlar o'smir yoshidagi shaxsning shakllanish yo'llarini belgilab beradi. O'smir o'z kuchi va kuvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.

O'smirlar ustanovkalari muhim funktsional axamiyatga ega bo'lib, uning ma'lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo'ladi. Uning asosiy vazifalari;

1) faoliyat amalga oshirishning qat'iy xarakterini belgilab beradi;

2) o'smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.

O'smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta'kidlashicha, o'g'il va qizlarning bu yoshda o'rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo'ladi. Ushbu o'zgarishlar ta'sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o'sib borish munosabati bilan o'zlariga ko'proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar. XULOSA

Aslida o'smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to'g'ri yechishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yoqdashish zarur. Kichik o'smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o'quvchining har bir tashqi va ichki reaktsiyasi ortida uning o'z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir, Bu "madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo'lmaydigan" deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o'smirda o'z-o'zini xurmat qilish va o'zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo'llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o'z xurmatini talab qilish, o'z so'zini o'tkazish, o'zini xurmatli, obro'li katta yoshli kishini obraziga o'xshatib rivojlantirish kuchli bo'ladi. Ularga biror so'z yoki tanbeh bilan murojat qilsangiz, u o'zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko'rsatadi. Vaholanki, hali o'smirni psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan bo'lishi mumkin. Kattalar, o'qituvchilar o'smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay olishlari, unta soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unta o'z imkoniyatlarini o'stirishga o'z ichki va tashqi qobiliyatlarini to'g'ri rivojlantirishga yo'naltirishlari muhim xisoblanadi.

REFERENCES

1. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.

2. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.

3. KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT KNOWLEDGE. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"Интернаука", 37-38.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

5. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОГЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АХАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

6. Ботирова, Н. (2020). Обучающие возможности тестовых технологий. Профессиональное образование и общество, (3), 68-71.

7. Ботирова, Н. Д. (2019). РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ. Гуманитарный трактат, (61), 4-6.

8. Ботирова, Н. Д. РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ DEVELOPMENT OF PRODUCTIVE THINKING OF YOUNGER SCHOOLBOYS. Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по гуманитарным наукам. Подробнее на, 4.

9. Djurabaevna, B. N., & Ibrokhimovna, T. S. (2020). Specific features of teaching mathematics in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 302-307.

10. Alimjanova, M. (2020). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMATION OF RESPONSIBILITY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES. Theoretical & Applied Science, (4), 914-917.

11. Alimjanova, M. (2021). ABOUT GENDER STEREOTYPES. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(06), 72-76.

12. Alimjonova, M. Y. (2021). The role of the national values in the history of pedagogical education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1040-1044.

13. Shavkatovna, S. R. (2021). DEVELOPING CRITICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 97-102.

14. Vosiljonov, A. (2022). BASIC THEORETICAL PRINCIPLES OF CORPUS LINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175

15. Shavkatovna, S. R. (2021). Methodological Support for The Development of Primary School Students' Creative Activities. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2, 121-123.

16. Shavkatovna, S. R. N. (2021). METHODICAL SUPPORT OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 74-76.

17. Maxamadaliyevna, Y. D., Oljayevna, 0. F., Qizi, T. D. T., Shavkatovna, S. R. N., & Anvarovna, A. O. (2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State Technology, 63(6), 14221-14225.

18. Jаbbоrоvа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

19. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BADIIY TAXALLUSLARNING QO 'LLANILISHL Студенческий вестник, (13-5), 70-72.

20. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The use of anthroponyms and pseudonyms in alisher Navoi's gazelles. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 349-3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

21. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways to cultivate the creative thinking of beginners in the classroom through information and communication technologies. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.

22. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

23. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 3132.

24. Турахужаева, А., & Мухторий, М. (2018). СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ" СИСТЕМЫ" В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-4), 157-159.

25. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).

26. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6).

27. Косимова, Х. Н. (2021). КИТОБХОНЛИК КУНИКМАСИНИ ШАКИЛЛАНТИРИШДА ОИЛАГА ПЕДАГОГИК ТАВСИЯЛАР БЕРИШ ТИЗИМИ. Scientific progress, 1(6).

28. Нажмиддинов, Э. Х., Кучбоев, А. Э., Мухаммадиев, М. А., & Соатов, Б. Б. (2021). Эколого-морфологические характеристики нематод рода Rhabdochona-паразитов обыкновенной маринки. Теория и практика борьбы с паразитарными болезнями, (22), 387-393.

29. Юлдашев, Э., & Нажмиддинов, Э. (2013). БРАКОНИДЫ (Hymenoptera, Braconidae) РОДА ROGAS NEES ФАУНЫ СРЕДНЕЙ АЗИИ. In Биоразнообразие и рациональное использование природных ресурсов (pp. 134-136).

30. Kuchboev, A. E., Najmidinov, E. K., Mukhamediev, M. A., Karimova, R. R., & Yildiz, K. (2021). Morphological and ecological features of some nematodes of the genus Rhabdochona in marinka obtained from Fergana Valley, Uzbekistan. Journal of Parasitic Diseases, 45(4), 1084-1089.

31. Vosiljonov, A. (2022). BASIC THEORETICAL PRINCIPLES OF CORPUS LINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175.

32. Usmanov, N. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 1(1), 33-37.

33. Gulnoza, R., & Lola, K. (2022). OBRAZLAR TALQINIDA LINGVISTIK IMKONIYATLAR. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), 91-95.

34. Kalandarovna, Y. L. (2022). IDENTIFICATION AND EDUCATION OF GIFTED CHILDREN. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(10), 42-47.

35. Dilafruz, A. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VA OILADA GENDER XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM,, 2(18), 183-189.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

36. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2), 926-931.

37. Askarova, D. I. (2022). THE ROLE OF FOLK PEDAGOGY IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 89-96.

38. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

39. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role and Importance of Music Clubs in The Leisure of Young People. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 47-49.

40. Ulugbek, R. (2021, January). AN ANALYSIS OF WORDS WHOSE EMOTIONAL MEANING CHANGES IN MODERN ENGLISH LINGUISTICS. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 131-136).

41. Narziev, S., Asqarov, J., & Khokimyatov, A. (2021). Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health. The American Journal of Engineering and Technology, 3(04), 79-84.

42. Asqarov, N. I. (2021). Prospects For The Development Of The Investment. The American Journal of Applied sciences, 3(01), 162-166.

43. Usmanova, O. S. (2022). National curriculum and new generation mathematics textbook. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(2), 11-16.

44. Sobirovna, U. O. (2022). The Use of Mnemotechniques in Teaching Younger Schoolchildren. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 446-450.

45. Dilafruz, Y., Marifatxon, J., Rasuljonovna, E. Z., & Muqaddasxon, M. (2022). MAKTABGACHA TA'LIMGA YANGICHA YONDASHUV. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), 121-125.

46. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача таълим сохдси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (17), 394-395.

47. Мирзабоев, Й. А. (2022). ТУР УЗГАРИШ ЧИЗЩЛАРИ УЧТА БУЛГАН, ГИПЕРБОЛИК ^ИСМЛАРИНИНГ ХАММАСИ ХАРАКТЕРИСТИК УЧБУРЧАКЛАРДАН ИБОРАТ БУЛГАН БЕШБУРЧАКЛИ СОХАДА УЧИНЧИ ТАРТИБЛИ КУРИНИШДАГИ ПАРАБОЛИК-ГИПЕРБОЛИК ТЕНГЛАМА УЧУН БИТТА ЧЕГАРАВИЙ МАСАЛА ХАСИДА. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 1(5), 363-366.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.