SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
MAHALLALARDA DEVIANT XULQ-ATVORLI BOLALAR BILAN
ISHLASH USULLARI
Avg'onova Gulira'no
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish mutaxassisligi magistranti
Mazkur ilmiy tadqiqot jarayonida yosh avlod o 'rtasida deviant xulq-atvorning rivojlanishi va jamiyatdagi jinoyatchilik hodisalarining o'sishi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik masalalari tahlil qilindi. Noqonuniy xatti-harakatlar qilish istagi bolalar va o 'spirinlarning deviant xatti-harakatlari rivojlanishi bilan ortib bormoqda. Shuning uchun profilaktika ishlari barcha ta'lim muassasalarida hamma joyda joriy etilishi kerak. Ularning maqsadi o'spirinlarni har bir harakat javobgar bo'lishi kerakligini o'rgatishdir.
Kalit so'zlar: xulq-atvor, madaniyat, deviant, jinoyat, barkamol.
В ходе данного научного исследования были проанализированы вопросы прямой связи между развитием девиантного поведения у молодого поколения и ростом преступности в обществе. Стремление к противоправному поведению усиливается при развитии девиантного поведения у детей и подростков. Поэтому профилактические меры должны внедряться повсеместно во всех образовательных учреждениях. Их цель — научить подростков тому, что каждое действие должно быть ответственным.
Ключевые слова: поведение, культура, девиантное поведение, преступность, зрелость.
Bizga ma'lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko'plab jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma'naviy-axloqiy shakllanishiga ta'sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko'cha-ko'yda turli xil ahloqsiz xatti-harakatlarning guvohi bo'lgan o'smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo'l uradi. Bunday jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o'smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, shu o'rinda bir savol tug'iladi, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a'zolari, maktabgacha bo'lgan, maktab o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari muassasalaridagi o'qituvchilar jamoat tashkilotlari va
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
boshqalardir. Darhaqiqat, ana shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi shaxslarning ular tarbiyasidagi ta'siri kelajakda o'z ta'sirini o'tkazadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi yoki ma'naviy axloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to'g'ri keladi. Shu o'rinda turli xil huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari mavjud bo'lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik xatti-harakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so'z yuritiladi. Jumladan, V.Ya.Rubalskaya tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, 47 % voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta'siri yoki befarqligining, 14,8 % oilada hamjihatlik yo'qligining, 38,3% ota yoki onani yo'qligining, 23,5 % kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.1
Oiladagi tanqid va kamsitilishlar ham bolaning ruhiyatiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu jarayon ham bolaning normal faoliyatiga salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.
Shunday qilib, boladagi salbiy illatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishda quyidagilarga e'tiborni qaratish zarur:
- birinchi o'rinda, har bir yosh davrni o'ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab olish lozim.
- ikkinchi o'rinda, bolani tarbiyasidagi sodir bo'layotgan salbiy o'zgarishlarni o'rganib chiqish kerak.
- uchinchi o'rinda, tarbiyasi og'ir bolalarning psixologik rivojlanishini me'yorlashtirishga yo'naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozimdir.2
Yoshlar bilan ishlashdagi asosiy vazifalar: (2- chizma)
1 Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish muammolari. qonun himoyasida.Toshkent. №1. 2001. - 23. B.
2 G'aniyeva. M.X., Latipova. N.M. va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi. Jamoatchilik fikrini o'rganish "Ijtimoiy fikr" Markazi. Oila Ma'naviyati. O'quv qo'llanma. Toshkent.:2007. 1-Bob. -B.27.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
Asosiy vazifalar
1 1
Ijtimoiy yetimlik va uni vujudga kelish sabablarini oldini olish Noqobil va notinch oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarni o'rganish IIB, ta'lim muassasalari va boshqa milliy institutlar bilan hamkorlikdagi ishlarni takomillashtirish
2-chizma.
O'smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo'lishining tinimsiz oshib borishi ijtimoiy ishchi oldiga bu o'smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo'yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika (lotincha prophlaktikos - oldini oluvchi, saqlovchi) - tarbiyasi qiyin o'smirlar delikvent (noqonuniy) va deviant (og'uvchi) xulqlarini yuzaga kelishi, tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to'plami.3
Profilaktika - o'smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og'ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o'rab turuvchi muhitga bog'liq bo'ladi.
Bolalar bilan profilaktik ishlarning turli shakllari mavjud:
1. Professional psixologlar ishtirokidagi o'yinlar va treninglar, unda kattalarning vazifasi bolaning o'z shaxsiga to'g'ri munosabatini shakllantirishdir.
2. Deviant xulq-atvor mavzusida darslar va ma'ruzalar, o'spirinlarga nima uchun Konstitutsiya buzilishi mumkin emasligi va u nimaga tahdid solishini tushuntirish.
3. Deviant xatti-harakatlarning oldini olish uchun bir nechta sinflar seriyasini o'z ichiga olgan dasturlar.4
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy ishchi quyidagi qoidalarga suyanadi:
3I.Ismailov, M.Ziyodullaev, N.Israilova, F.Azimova. Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish: O'quv-amaliy qo'llanma 2011. - 179.B.
4 To'laganova.G.Q. Tarbiyasi qiyin o'smirlar/ mas'ul muharrir E. G'oziyev-Toshkent:Universitet - 2004. 15.B.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
1. Ijtimoiy-madaniy normani o'zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g'oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o'zlashtirmay inson jamiyatning to'la qonli a'zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo'lib, u nafaqat bola rivojining g'ayrinormal alomati, balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo'lgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub'ekti, ijtimoiy sub'ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
Ijtimoiy ishchining o'smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o'tkazishdan iborat. Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og'ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik harakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o'smirning ijobiy xislatlarini tiklashda namoyon bo'ladi.5
Ijtimoiy ishchining dezadaptatsiya bo'lgan o'smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko'nikmalardan tortib insonning jamiyatda to'liq integratsiyalashuvigacha bo'lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob'ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Tavakkal guruhidagi bolalarning keng tarqalgan toifasi bo'lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy
5 Zaitov.E.X. "O'z joniga qasd qilish omillari va uning salbiy oqibatlari". XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari. Davriy to'plam. 3-qism. xalqaro ishtiroki bilan. Aholining turli guruhlari bilan ijtimoiy ish amaliyoti. - Toshkent: Universitet, 2019 -B. 276-278.;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og'ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo'ladi. Bu bolalar va o'smirlar faoliyatning to'la qonli sub'ekti bo'lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko'rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og'ish bo'lgan o'smirlar.
Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko'rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub'ekti ijtimoiy ishchi bo'lib, u bir qator funksiyalarni bajara olishi, o'smirlar va bolalarga psixologik yordam ko'rsata olishi lozim. Bu toifa bolalar avvalambor ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub'ektlari ota -onalar va psixologlar bo'lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o'tkazishlari mumkin.
Reabilitatsiya asosan quyidagi ko'rinishlarda olib boriladi:
Ruhiy reabilitatsiya o'smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo'lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o'tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o'smirni biror-bir kasbga o'rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o'smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o'smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo'lgan moddiy mulklar, to'lovlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya - bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy xislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, yordam jamiyatda yurish-turish qoidalarini o'zlashtirishi, kerakli ma'lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy harakterdagi chora-tadbirlardir.6
Deviant xulq -atvorli bolalarni reabilitatsiya qilish yo'llari
Bolalar va o'smirlarni ijobiy (pozitiv) ijtimoiy markazlar, tashkilotlar (sport, madaniy xordik chiqarish, turistik, teatr va boshq.)da qatnashishga jalb etish.
Bunday markazlar ko'pincha katta shaharlarda tashkil etiladi. Ular odatda ijtimoiy nodavlat yoki tijorat holida bo'ladi. Ularga yoshlar o'qishdan keyin jalb qilinib, sog'lom qiziqishlar targ'ib etiladi. Markazga turli toifadagi, shu jumladan,
6 Yadgarova.G.T, O.U. Avlayev Tarbiyasi qiyin guruhga mansub bolalar bilan ishlash. (Uslubiy qo'llanma) Toshkent-2007. -B.17.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
fe'1-atvori chetga og'uvchi yoshlar ham tortiladi. Ammo, tijorat maqsadida tashkil etilgan markazlarda bolalar va o'smirlarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi tarbiyasiga mos keladigan tadbirlar tashkil etilishi ehtimoldan uzoqdir.
O'z-o'zini tarbiyalashni, o'zidagi salbiy sifatlar va odatlarni tuzatish va bartaraf etish bo'yicha mustaqil faoliyatini faollashtirish, yosh o'smirga o'zi ustida ishlashida yordam berishi.
Yoshlarni o'z-o'zini tarbiyalashlarini faollashtirish, faqatgina oilaning ishi bo'libgina qolmasdan, balki mahallaning, umumta'lim muassasalarining, ijtimoiy pedagoglarning, pedagogik korrektsiyasi bilan shug'ullanuvchi ixtisoslashtirilgan markazlarning pedagogik jihatdan reabilitatsiyalash, qayta tarbiyalash va tuzatish kabi muassasalarning ham kundalik ishi bo'lmog'i lozim. Ijtimoiy pedagogika ob'ekti o'z ustida maqsadli ravishda ishlashga jalb etish, o'sha shaxs tarbiyalanayotgan muassasadagi pedagogik muhitning ij obiyligidan darak beradi.
Voyaga yetmaganlarning asotsial xulq-atvori muammolarini hal etishda ushbu salbiy hodisalar profilaktikasi katta ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan o'smirlar asosial xulq-atvori profilaktikasi bo'yicha qilinadigan ishlar ekspertlarning fikricha, hamda jamoatchilik fikri so'rovi natijalariga muvofiq, o'smirlar va yoshlarga ijtimoiy va psixologik yordam ko'rsatish tashkiloti, ijtimoiy psixologik xizmatlar, reabilitasiya va maslahat markazlari, aholi yashash joylarida tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik fikri so'rovi ma'lumotlariga binoan, har bir mahalla hududida yuvenal xizmatlar shoxobchasini rivojlantirishga, —honadon pedagogikasi shakllarda joriy etishga, yoshlar sog'lom turmush tarsi muhitini shakllantirish sohasida, shu jumladan, giyohvand moddalar, alkogoldan voz kechishga undash sohasida strategiyani belgilash uchun ehtiyoj mavjud.7
Deviant xulq-atvorli o'smirlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi;
ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam;
ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko'nikmalarini shakllantirish;
ota-onasi qaramog'isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish;
shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo'llab-quvvatlanish;
7 С.П.Иваненко Проблеми социализатсии современной молодежи. Оренбург, 1999. -С. 23.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
oilaga qaytib kelishga ruxsat;
normal rivojlanish, ta'lim olish imkoniyati bilan ta'minlash;
ishga joylashtirilishiga g'amxo'rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o'tkazishni ko'zda tutadi.
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o'zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to'g'rilash, bolalarga muomala ko'nikmalarini shakllantirishga yordam ko'rsatish.
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so'ng oila, do'stlar, maktab jamoasi bilan uyg'un munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Huquqbuzarlik sodir etuvchilarning yosh bo'yicha statistika ma'lumotlariga qaraganda 13-15 yoshlilar huquqbuzarligi 2008 yil 0.8% ni tashkil etgan bo'lsa 2019 yilda 0.3%, 2020 yilda 0.4% ni tashkil etgani hozirgi kunda voyaga yetmaganlarga bo'lgan e'tiborning yuqori darajadagining yorqin misoli.8
Agar o'smir ko'cha muhitiga, mushtlashuvchilarga, rokerlarga yoki haddan tashqari sevuvchilarga tushib qolsa, unda u salbiy manfaatlar va kattalarning xatti-harakatlariga bo'lgan istakni shakllantiradi. Bu erta jinsiy tajriba, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni talab qiladi.
Bunday hodisalarning asosiy sababi ota-onalarning beparvosi, bolaga etarlicha e'tibor bermaslik, beparvolik. Shuning uchun, deviant xatti-harakatlarning dastlabki belgilarida o'qituvchilar ota-onalari bilan o'zaro munosabatda bo'lib, oilaviy muhitni aniqlab olishlari kerak.
Hozirgi vaqtda deviant xulq-atvorning sababi shundaki, o'smirlar ijtimoiy tabaqalanishni boshdan kechirmoqdalar, mo'l-ko'llikda yashay olmaydilar va yaxshi ta'lim oladilar. Shu asosda psixologik siljish yuz bermoqda, bu tanqidlar, janjallar, asabiy buzilishlar, huquqbuzarlik va uydan qochish bilan yakunlanadi.9
Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasida asosiy qilingan ishlardan yana biri Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari doirasida maktablarda tarbiya
8 https://stat.uz/uz
9 Лисовский. В.Т Соцтсиология молодежи. Учебник. /Под ред.. СанктПетербург, 1996 С 14.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
fanining fan sifatida o'qitila boshlaganligidir. Buning tag zamirida katta ma'no mujassam bo'lib, ushbu fan soatlarini ko'paytirilishi voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvori oldini olishda tamal toshi vazifasini o'taydi.
Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma'rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri so'rovi ma'lumotlari bo'yicha ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda o'smirlar va yoshlar uchun axborot olishning afzalroq manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli o'sadi. Ijtimoiy reklama o'z takliflari bilan —mehnatni rag'batlantiradigan, ijobiy maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ'ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini, andozalarini shakllantirishga ko'maklashadi. Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush tarzi targ'ib qilinishini ham nazarda tutadi10
Deviant xulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy ta'sir ko'rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi. Oldini olish bilan bog'liq huquqiy choralar —ishlashi uchun u bolaning ongiga qo'yilishi, uning e'tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'li bilan erishish mumkin.11
Deviant xulq atvorni ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va kelib chiqishining sabablarini atroflicha yoritish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki:
Birinchidan, bugungi glaballashuv jarayonida jamiyatning eng kichik bo'g'ini bo'lmish oilaning fuksional vazifalarini bajarishdagi oqsashlari, ota-onaning oiladagi o'rnining ma'lum ma'noda susayishi, ertangi kunimiz bo'lgan yoshlarni xulqidagi og'ishlarni kelib chiqishiga va buni odatiy hayot shakli sifatida ko'rishga sabab bo'lmoqda.
Ikkinchidan, deviant xulq atvor holatlarini oldini olish bo'yicha olib borilgan texnalogiyalardan samarali foydalanish yangi va zamonaviy yondoshuvlar ishlab chiqilishi zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
10 Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Тoшкент.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. -С. 20.
11 Лисовский. В.Т Сотсиология молодежи. Учебник. /Под ред.. СанктПетербург, 1996. -С. 14.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Uchinchidan, deviant xulq-atvorni jamiyatdan yo'q qilib bo'lmaydi, lekin shu bilan birga, ular jamiyat hayotida odamlarni qoniqtirmaydigan va talab qilinmaydigan vaziyatlarda inqiroz fonida yuzaga keladi.
To'rtinchidan, deviant xatti-harakatlarning oldini olish va uning sabablarini bartaraf etish uchun bugungi kunda yoshlarga tushunadigan va umumiy manfaatlarga ega bo'lgan guruhlarni topishda yordam berish bilan harakterlanadi. Misol sifatida musiqa, sport maktabiga yoki sport to'garaklariga yo'naltirish. Bularning barchasi shaxsning ishtiyoqi va qiziqishlariga bog'liq.
Beshinchidan, o'smirlik davridadi deviant xulqqa moyillik, ulardagi tajavvuzkorlik, xavotirlanish, xissiy zo'riqish holatlari bilan bog'liq hisoblanib, ularning emotsional holatlari deviantlikni yuzaga keltiruvchi asosiy sabab sifatida harakterlanadi.
REFERENCES
1. Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Тoшкент.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. -С. 20.
2. Лисовский. В.Т Сотсиология молодежи. Учебник. /Под ред.. СанктПетербург, 1996. -С. 14.
3. Иваненко С.П. Проблеми социализатсии современной молодежи. Оренбург,
1999. -С. 23.