Научная статья на тему '“MEN KONSEPSIYA” SI KELIB CHIQISH TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI'

“MEN KONSEPSIYA” SI KELIB CHIQISH TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4443
220
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’z-o’zini anglash / menlik konsepsiyasi / shaxs / stress / depressiv holat / hissiyot / affektiv holat / самосознание / Я-концепция / личность / стресс / депрессивное состояние / эмоция / аффективное состояние.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilrabo Abdulaziz Qizi Zuxurova

Shaxsga “Men” konsepsiyasini qurish uchun material sifatida nafaqat uning ijtimoiy rollari va o`zini atrofdagilar bilan taqqoslashining natijalari xizmat qiladi, balki bu jarayonda oddiy turmush tarzining ham ahamiyati katta. Shaxs o`z oldiga qiyin, lekin amalga oshirsa bo`ladigan maqsadlarni qo`yib va uni uddasidan chiqishi orqali o`zining qobiliyatli ekanligini his etishi ham unga o`zini anglashida yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Материалом для построения понятия «Я» служат не только результаты его социальных ролей и результаты сравнения себя с другими, но и большое значение в этом процессе имеет простой образ жизни. То, что человек чувствует, что он способен, ставя сложные, но достижимые цели и достигая их, также помогает ему реализовать себя.

Текст научной работы на тему «“MEN KONSEPSIYA” SI KELIB CHIQISH TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-339-343

"MEN KONSEPSIYA" SI KELIB CHIQISH TARIXI VA UNING

RIVOJLANISHI

Dilrabo Abdulaziz qizi Zuxurova

O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Umumiy psixologiya

kafedrasi tayanch doktaranti zdilrabo4493@gmail.com

Shaxsga "Men" konsepsiyasini qurish uchun material sifatida nafaqat uning ijtimoiy rollari va o'zini atrofdagilar bilan taqqoslashining natijalari xizmat qiladi, balki bu jarayonda oddiy turmush tarzining ham ahamiyati katta. Shaxs oz oldiga qiyin, lekin amalga oshirsa bo'ladigan maqsadlarni qo'yib va uni uddasidan chiqishi orqali o'zining qobiliyatli ekanligini his etishi ham unga o'zini anglashida yordam beradi.

Kalit so'zlar: o'z-o'zini anglash, menlik konsepsiyasi, shaxs, stress, depressiv holat, hissiyot, affektiv holat.

Материалом для построения понятия «Я» служат не только результаты его социальных ролей и результаты сравнения себя с другими, но и большое значение в этом процессе имеет простой образ жизни. То, что человек чувствует, что он способен, ставя сложные, но достижимые цели и достигая их, также помогает ему реализовать себя.

Ключевые слова: самосознание, Я-концепция, личность, стресс, депрессивное состояние, эмоция, аффективное состояние.

Not only his social roles and the results of comparing himself with others serve as the material for building the concept of "I" for each person, but also the simple way of life is of great importance in this process. A person's sense of competence by setting difficult but achievable goals and achieving them also helps them to develop self-awareness.

Keywords: self-awareness, self-concept, personality, stress, depressive state, emotion, affective state.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-339-343

"Men" konsepsiyasi" (inglizcha self-concept) - insonning o'zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o'zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa hususiyatlarini idrok qilish; b) o'z -o'ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o'tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etish kiradi. "Men" konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo'nalishlari ichida paydo bo'lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bioxviorist va freydistlarga ko'ra, insonning "Men"ni uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko'rib chiqishiga intilishgan. "Men" konsepsiyasi shakillanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta'sir ko'rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo'lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo'lib, shaxsning global "Men" ni (Self) o'zaro bog'langan "Men-yaratuvchi" (I) va "Men-obyekt"ga (Me) bo'lgan.

"Men" konsepsiyasini ko'pincha yo'naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi va attityudday, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;

1) Kongnitiv qism - "Men" qiyofam (ingl. Self-image), o'z ichiga shaxsning o'zi xaqida ta'ssurotni qamrab oladi;

2) Emotsional-qadriyatlar (affektiv) -o'ziga shaxs sifatida, o'z faoliyatiga bo'lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o'z-o'ziga baho berish tizimini ichiga o'zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;

3) Axloqiy fel-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fel-atvorida namoyon bo'lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o'zi haqidagi fikirlarda o'zini anglab ko'rsatadi.[ 1 ]

"Men" konsepsiyasi - bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo'lsa ham, o'zaro chambarchas bog'liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o'zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg'unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta'riflanadi.

Adabiyotlarda "Men" konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne "Men" konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko'rinishida taqdim etadi. Uning cho'qqisi global "Men" konsepsiyasi shaxsning o'zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:

1. Real "Men" ("Men kimman");

2. Ideal "Men"("Meni kim bo'lishni istayman - intilaman).

3. oynali "Men" ("Meni qanday baholashadi).

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-339-343

Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o'z ichiga qamrab oladi- jismoniy "Men", ijtimoiy "Men", aqliy "Men", emotsional "Men" bo'ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manbaa sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg'urishlar manbaasiga aylanishi mumkin. [4]

Shaxsning faoliyatiga ko'ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo'lishiga qarab, "Men" konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi.

1) "organizm-muhit" darajasi - jismoniy "Men" obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo'lgan ehtiyoji;

2) "ijtimoiy individ" darajasida - ijtimoy o'zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a'zo bo'lishi ehtiyoji bilan bog'langan.

3) "Shaxs" darajasida - "Men"ning farqlanuvchi obrazi, o'zi haqidagi fikirlarni aniqlash ehtiyojini ta'minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o'zi haqida ta'riflovchi fikrlarini va o'zining noyoblik hissini beruvchi, o'zini ko'rsatishga bo'lgan ehtiyojni ta'minlovchi daraja.[3]

Oxirgi ikki bosqich "Men" konsepsiyasini ikki tarkibiy qismi sifatida ham ta'riflanadi. (V.V.Stolin): 1) "Qo'shiladigan", individni boshqa shaxslar bilan birlashishni ta'minlaydi; 2) "farqlovchi", uning boshqalardan ajralib turishga yordam beradi va o'zining shaxsiy noyoblik hissi uchun zamin yaratadi. Shu bilan birga, dinamik "Men" (Men o'z fikrimcha, qanday o'zgaryapman, qanday bo'lishga intilayapma), tashqi "Men" ("men - niqob", "men o'zimni boshqalarga qanday ko'rsataman"), fantastik "Men" ("Men"ning xronologik uchtaligi - "Men o'tmish", "Men bugun", "Men kelajak")."Men konsepsiyasining eng muhim vazifasi -shaxsning ichki hususiyatlari o'zaro ta'minlash va yo'lga qo'yish. "Men"konsepsiyasi shaxsning hayotiy tajribasi shakllanadi, avvalo ota-ona va bola munosabati. Biroq u bolalik davridan boshlab aktiv faoliyat ko'rsatadi. Ushbu tajribani to'g'ri o'rganishga, shaxs o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga, kutilayotgan natijalar tizimi, ularning baholanishiga va shu bilan birga shaxsning rivojlanishiga, uning faoliyatiga va axloqiga ta'sir ko'rsatadi. "Men" konsepsiyasi va o'zini-o'zi anglash o'rtasida o'zaro nisbati haligacha aniqlanmagan. Ko'p jihatlarda ular ma'nodosh (sinonim) sifatida ishlatiladi.Shu bilan birga, "Men" konsepsiyasini o'zini anglash jarayonining natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. (A.M.Prixojan) [2]

"Men" konsepsiyasi - bu insonning o'zi haqida umumlashtirilgan tasavvuri, shaxsning o'ziga nisbatan tartib tizimi, yoki psixologlar aytgandek, "Men" konsepsiyasi o'zi haqidagi nazariyasi.Qayd

etib o'tish muhimki, "Men" konsepsiyasi static emas,balki

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-339-343

dinamik psixologik xodisasidir. "Men" konsepsiyasining shakillanishi, rivojlanishi va o'zgarishi ichki va tashqi tartib omillari bilan bog'liq. Ijtimoiy muhit oila, maktab xisoblanib, "Men" konsepsiyasining ijtimoiylashuv jarayonida shakillanishiga ta'sir o'tkazadi. Bu ta'sir nafaqat shaxsning ijtimoiylashuvining boshlang'ich bosqichida, balki oila bolaning yagona yoki mutloq kuchli ijtimoiy muxiti bo'lgan paytida, shu bilan birga keyinchalik xam uning hayotida o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Yosh o'tishi bilan "Men" konsepsiyasining rivojlanishida ijtimoiy tajribaning, shaxs kirgan ko'p sonli formal va noformal guruhlarining ahamiyati kuchayib boradi. "Men" konsepsiyasining rivojlanishiga juda kuchli ta'sir o'tkazadi. Maktabda va noformal guruhlaridagi o'zaro aloqalarning ahamiyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin, shu bilan birga, oila shaxsning ijtimoiylashuv instituti sifatida o'smirlik va o'spirinlik davrida xam muxim rol o'ynashda davom etadi.

Eng umumiy ko'rinishda psixologiyada "Men" konsepsiyasining ikki shaklini ajratib ko'rsatish qabul qilingan-real va ideal. Lekin uning xususiy ko'rinishlari ham namoyon bo'lishi mumkin, masalan, shaxaning kasbiy "Men" konsepsiyasi, yoki kasbiy "Men". O'z navbatida, kasbiy "Men" konsepsiyasi ham real va ideal bo'lishi mumkin.

Insonni o'zi xaqidagi tasavvurlari, g'oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig'indisi "Men" konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, "Men" konsepsiyasi subyektni o'zi xaqidagi eng umumiy ustanofkalari tizimidir. "Men" konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.

Birinchidan - shaxsning ichki o'zaro roziligiga erishishga turtki beradi;

Ikkinchidan - odamni tajribasini izzohlaydi;

Uchincidan - kutishni manba'si bo'ladi;

"Men" konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo'lib aks etadi. "Men" konsepsiyasi o'zini kelib chiqishiga ko'ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo'yicha xisoblash mumkin. Yoshlikda o'z-o'zini baholash tashqi baholar ta'sirida shakillanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o'ziga nisbatan munosabatga aylanadi.

O'z-o'zini baholash shaxsning markaziy tushunchalariga, ularning mag'ziga taluqli. U ko'p jixatdan shaxsning ijtimoiy moslashuvini belgilaydi, fel atvor va faoliyat regulyatori xisoblanadi. Albatta, shuni ham unitmaslik kerak, o'z-o'ziga baho berish avvalo-boshdan shaxsga xos

obyaktiv tushuncha emas. O'z-o'ziga baho berishning

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-339-343

shakillanishi ijtimoiylashuv jarayonida, faoliyat va shaxslararo aloqalar jarayonida sodir bo'ladi. Sotsium ko'p jixatdan shaxsning o'z-o'ziga baho berishiga tasir ko'rsatadi. Insonning o'z-o'ziga munosabati insonning dunyoga bo'lgan munosabati tizimidagi eng kechki xulosa xisoblanadi.Ammo, shunga qaramasdan (balki aynan shu tufaylidir), shaxsning munosabatlari strukturasida o'z-o'ziga baho berish muhum o'rin egallaydi. [5]

O'z-o'ziga baho berish to'g'ridan-to'g'ri shaxsning ijtimoiy adabtatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog'liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o'ziga-o'zi baho berish xaqidagi bugungi malumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o'smirning asotsial va delinkvent feli va o'ziga-o'zi baho berishning o'zaro bog'liqligi haqida tasavurlari amalda umumqabul qilingandir. Baxslar esa asosan qonunbuzarning o'z-o'ziga baho berishi qanday xolatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Emperik tadqiqodlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko'ra, o'smir -delinkventlar, va Yoshi katta qonunbuzarlarning ham o'ziga-o'zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog'liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog'liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va malum shart - sharoitlarda delingvent fel-atvorning namoyon bo'lishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Mukhamedova, D., Rakhimova, I., Majidov, N., Abdullayev, B., & Nigmatullina, L. (2020). Psychological aspects of addiction to social media, computer and computer games. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(2), 319-324.

2. Берне, Р. Развитие Я-концепции и воспитание / пер. с англ. М.Б. Гнедовского, М.А. Ковальчука. - М.: Прогресс, 1986. с. 422.

3. Бернс, Р. Что такое Я-концепция. Психология самосознания. Хрестоматия. / под. ред. Д. Я. Райгородского. - Самара: БАХРАХ-М, 2003. - с. 333 - 339

4. Райс, Ф. Психология подросткового и юношеского возраста. 12 - изд. / Ф. Райс. - Спб.: Питер, 2010. - 816 с.

5. Мерлин, B. C. Взаимоотношения в социальной группе и свойства личности. Социальная психология личности / В. С. Мерлин. - М.: 1979. - 314 с.

6. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). AMALIY ETIKA VA ESTETIKA O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.