INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Y.X. Karayeva1^_
1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: o'smirlik davridagi egoizm ko'p qirrali hodisa bo'lib, u ijtimoiy rivojlanish va psixologik farovonlikka sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi o'smirlardagi egoizm bo'yicha mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqish va sintez qilish, ushbu hodisani o'rganish uchun foydalaniladigan asosiy nazariy istiqbollarni va tadqiqot usullarini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda o'smirlik davridagi egoizm bo'yicha tengdoshlar tomonidan ko'rib chiqilgan maqolalar, kitoblar va tadqiqot hisobotlarini tahlil qiluvchi adabiyotlarni ko'rib chiqish metodologiyasi qo'llaniladi. Materiallarga psixologik nazariyalar, empirik tadqiqotlar va amaliy tadqiqotlar kiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: munozara o'smirlik davridagi egoizmning murakkabligini ta'kidlab, uning ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ta'kidlaydi. Masalan, o'z-o'zini saqlash va da'vogarlik uchun ma'lum darajadagi egoizm zarur, haddan tashqari egoizm esa ijtimoiy izolyatsiya va shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin. Natijalar, shuningdek, kontekstning muhimligini ta'kidlab, egoizmning ifodasi va ta'siri turli ijtimoiy va madaniy sharoitlarda farqlanishini ko'rsatadi.
XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, o'smirlik davridagi egoizmni to'liq tushunish uchun ko'p qirrali yondashuv zarur. Rivojlanish, ijtimoiy, klinik va axloqiy nuqtai nazarlarni birlashtirgan holda, tadqiqotchilar egoizm o'smirlarga qanday ta'sir qilishini va qanday ta'sir qilishini to'liqroq tushunishlari mumkin.
Kalit so'zlar: egoizm, altruizm, o'smirlik davri, egotsentrizm, egoistik shaxs, R.Roland
ПОДХОДЫ К ИЗУЧЕНИЮ ЭГОИЗМА В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ_
© Й.Х. Караева1 н
1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: подростковый эгоизм - многогранное явление, оказывающее существенное влияние на социальное развитие и психологическое благополучие.
Iqtibos uchun: Karayeva Y.X. O'smirlik davrida egoizmni o'rganishdagi yondashuvlar // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 423-430.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является обзор и обобщение существующей литературы о подростковом эгоизме, определение ключевых теоретических перспектив и методов исследования, используемых для изучения этого явления.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используется методология обзора литературы, в которой анализируются рецензируемые статьи, книги и отчеты об исследованиях подросткового эгоизма. Материалы включают психологические теории, эмпирические исследования и тематические исследования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: дискуссия подчеркивает сложность подросткового эгоизма, подчеркивая его потенциальные положительные и отрицательные последствия. Например, определенный уровень эгоизма необходим для самосохранения и напористости, тогда как чрезмерный эгоизм может привести к социальной изоляции и межличностным конфликтам. Результаты также подчеркивают важность контекста, предполагая, что выражение и последствия эгоизма различаются в зависимости от социальных и культурных условий.
ВЫВОДЫ: исследования показывают, что для полного понимания подросткового эгоизма необходим многогранный подход. Интегрируя аспекты развития, социальные, клинические и этические аспекты, исследователи могут более полно понять, как эгоизм влияет и влияет на подростков.
Ключевые слова: Эгоизм, альтруизм, подростковый возраст, эгоцентризм, эгоистическая личность, Р. Роланд.
APPROACHES TO STUDYING EGOISM IN ADOLESCENT PERIOD_
© Yulduz X. Karayeva1®
1Termiz state University, Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: adolescent egoism is a multifaceted phenomenon that has a significant impact on social development and psychological well-being.
AIM: the purpose of this study is to review and synthesize the existing literature on adolescent egoism, to identify key theoretical perspectives and research methods used to study this phenomenon.
MATERIALS AND METHODS: the study uses a literature review methodology that analyzes peer-reviewed articles, books, and research reports on adolescent egoism. Materials include psychological theories, empirical research, and case studies.
DISCUSSION AND RESULTS: the discussion highlights the complexity of adolescent egoism, highlighting its potential positive and negative effects. For example, a certain level of egoism is necessary for self-preservation and assertiveness, while excessive egoism can
Для цитирования: Караева Й.Х. Подходы к изучению эгоизма в подростковом периоде. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 423-430.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
lead to social isolation and interpersonal conflict. The results also highlight the importance of context, suggesting that the expression and effects of egoism vary across social and cultural settings.
CONCLUSIONS: research suggests that a multifaceted approach is needed to fully understand adolescent egoism. By integrating developmental, social, clinical, and ethical perspectives, researchers can more fully understand how selfishness affects and affects adolescents.
Key words: Egoism, altruism, adolescence, egocentrism, egoistic personality, R. Roland
Egoizm muammosi bilan faylasuflar, din arboblari, olimlar shug'ullanib kelishadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida juda ko'p yillik tarixga ega bo'lmasada, shaxs xulqa-atvori, uning xususiyatlarini o'rganuvchi ayrim tarmoqlarida egoizm blan bog'liq qarashlar, nazariyalar va tadqiqotlarni uchratish mumkin. Egoizm shaxsning motivatsion-mazmuniy asosiy xislatlaridan biri bo'lib, hozirgi vaqtgacha eng kam o'rganilgan va ta'riflangan xususiyatlaridan biri bo'lib qolmoqda. Hozirgi zamon psixologiya fanida egoizmning kelib chiqish tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarning noaniqligi sababli ushbu tushuncha yetarli darajada ko'p o'rganilmagan. Egoizm ko'pincha insonning salbiy xususiyati sifatida qaraladi va bu haqida taniqli faylasuf olim Paskalning yozishicha: Egoizm nafratlidir va unga nisbatan insonlar befarq bo'lmasliklar kerak». Faylasuflar egoizmni o'rganishda turlicha qarashlar bilan ajralib turadi hamda jamiyatda insonlar o'rtasida kelib chiqadigan ko'pgina muammolar va qiyinchiliklarning sabablaridan biri deb ta'riflaydi. Olimlar tomonidan egoizmni o'rganishda va unga ta'rif berishda turli ta'riflarni uchratish mumkin. Xususan, V.Leybin egoizm haqida shunday ta'rifni keltirib o'tadi: «Egoizm bu - o'z xohish va intilishlari tufayli o'zining dunyosiga boshqalar tomonidan diqqat-e'tibor qaratilishini istaydigan shaxs xususiyatidir [1; 106-120 c] Yana bir faylasuf olim Epiktet ham egoizmga oid bo'lgan fikrlarni bildirar ekan, inson hamma narsani faqat o'zi uchun amalga oshirar ekan, atrofdagilarning manfaatiga qarshi harakat qilmaslik kerak gini ta'kidlaydi. Egoizm inson o'z manfaati haqida qayg'urganda emas, balki o'z manfaatlarini atrofdagilar manfaatidan ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo'yganida boshlanadi.
Frantsuz yozuvchisi R.Rolandning aytishicha, agar inson egoistik xislat orqali zavq olib yashashni istasa, unda maqsad ham yo'qolib boradi. Egoizmni ijtimoiy qatlamlarda va turli yosh davrlarida namoyon bo'lish xususiyatlarini o'rganishda ko'plab tadqiqotlar olib borgan olim K.Muzdibaevning aytishicha, egoizm faqat boshqa odamlar bilan bog'liqlikda, ya'ni shaxslararo munosabatlarning o'zi uchun manfaatli, ammo boshqalarga zararli bo'lgan hollarda paydo bo'ladi. K.Muzdibaev olib borgan tadqiqotlar asosida egoistlarga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlarni tadqiq etdi. Unga ko'ra egoistlar :
birinchidan, ular burch, me'yorlar va axloqiy qonunlarni e'tiborsiz qoldiradilar, o'zboshimchalik bilan o'z manfaatlari uchun qoidalar o'rnatadilar;
For citation: Yulduz X. Karayeva. (2024) 'Approaches to studying egoism in adolescent period', Inter education & global study, (4(2)), pp. 423-430. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ikkinchidan, lular uchun xulq-atvorning tajovuzkor shakllari (jang, qasos), jinsiy zo'ravonlik, adolatsizlik, yolg'onchilik kabi salbiy xususiyatlar xos
uchinchidan, ular boshqa odamlargammp u yovuzlik, hasad, qasoskorlik, beadablik bilan munosabatda bo'lishadi. Bu bunday odamlar bilan konstruktiv muloqot strategiyasidan foydalanishni imkonsiz qiladi;
to'rtinchidan, egoistlar hayotdagi qiyinchiliklarni yengishning saarasiz usullarini qo'llaydilar, shunga qaramay muvaffaqiyatga erishadilar, doimo o'zlari haqida yaxshi fikrda bo'ladilar va o'zlarini baxtli his qiladilar.
Ko'rinib turibdiki, egoist shaxs o'zining manfaatlarini qondiribgina qolmasdan, balki, o'zgalar manfaatlarini e'tiborsiz qoldiradi va boshqalar hisobidan o'z ehtiyojlarini qondirishda albatta ziddiyatli vaziyatni paydo qiladi. Egoizm haqidagi barcha kontseptsiyalarni nisbiy tarzda ikki katta guruhga ajratishi mumkin, ular: biologik yoki ijtimoiy. Ushbu yondashuvlar doirasida egoizmning motivatsion tarkibiy qismlari, egoistik xulq -atvorning samarali jihatlari, egoizm rivojlanishiga olib keladigan tarbiya xususiyatlari va shunga mos ravishda uni korreksiya qilish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. R.Laut egoizmni shaxsning destruktiv holati ekanligini hamda egoistning o'z manfaati yo'lida vayronkorlik idealiga amal qilishini ta'kidlaydi. Egoist, deydi R.Laut, o'zining shaxsiy manfaati uchun jamiyat qonunlarini buzishga, o'ziga kerak bo'lgan narsaga kuch bilan erishishga va hattoki, jazodan qutulish uchun hiylaga yoki ochiq zo'ravonlikka o'tishga tayyor, degan xulosaga keladi[2; 446 c].
E.Fromm o'zining «Inson o'zi uchun» kitobida egoizmning mohiyatini yoritishga intiladi. Fromm ikki qarama-qarshi xususiyatni, ya'ni egoizm va altruizmni tasniflar ekan, altruizm sevgi tarzida namoyon bo'ladigan shaxsning eng mahsuldor yo'nalishi sifatida, egoizm esa samarasiz, natijasiz shaxs yo'nalishi sifatida namoyon bo'ladi, degan qarashni ilgari suradi[3;72-73c]. E.Fromning fikricha, egoistni faqat o'zi qiziqtiradi, hamma narsa uning manfaatlariga xizmat qilishini xohlaydi, u zavq olishni istaydi, u tashqi dunyoni faqat olish mumkin bo'lgan yoqimli narsalar nuqtai nazaridan anglaydi, boshqalarning ehtiyojlari bilan qiziqmaydi va ularning qadr-qimmatini hurmat qilmaydi, o'zidan boshqa hech narsani sezmaydi, aslida u sevishga qodir ham emas, deydi. Bunday odamlar go'yoki o'zlari haqida qayg'urishayotgandek bo'lishadi, lekin aslida o'zining haqiqiy «men» idagi kamchiliklarni to'g'irlashdagi urinishlari samarasiz ketadi.
Egoizm odatda o'z-o'ziga yuqori baho berish hamda avtoritar yo'nalganligi bilan ustun bo'lish kabi xususiyatlari bilan ko'zga tashlanadi. G.Kavka o'z ishida egoizm o'rtasida aniq bir farqni ajratishga harakat qiladi va u ikki turdagi egoizmni ajratib ko'rsatadi, unga ko'ra, birinchisi maksimallashgan egoizm bo'lib, unda ninson har doim o'zining uzoq muddatli shaxsiy manfaatlariga yaxshi xizmat qiladi deb o'ylagan harakatlarni amalga oshiradi. Ikkinchisi, maksimallashmagan egoizm bo'lib, unda har qanday inson harakatining yakuniy maqsadi qandaydir foyda keltirishni o'ylaydi[4].
J.Robinsonning ta'kidlashicha, egoizm - «boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olmasdan, o'z manfaatlariga sodiqlikni anglatuvchi tushuncha bo'lib, boshqa odamlarga sadoqat va o'z manfaatlarini qurbon qilish tushunchasiga qarama-qarshidir, deydi[5; 38-39
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
N.Lafollete psixologik egoizm haqida o'z fikrini bildirar ekan, bu tushunchani u gedonizm nazariyasidan kelib chiqqan tushuncha bo'lishi mumkinligi haqida aytib o'tadi. Uning fikricha, psixologik egoizm individning yuqori darajada zavqlanishi va har qanday og'riqdan qochish istagini anglatadi.
N.Sidgvik «Ratsional egoizm» atamasini qo'llaydi, bu tushunchaning ma'nosi shuki, inson o'z manfaatlarini qondirish haqidagi da'volari doimo sog'lom fikr bilan bog'liq bo'lishi kerakligini anglatuvchi oqilona egoizm bilan ifodalaydi. Oqilona egoizm nazariyasi 17-asrda Lokk, Gobbs, Puffendorf, Grotsiy kabi buyuk mutafakkirlarining falsafiy kontseptsiyalaridan kelib chiqqan. S.Xollning fikricha, egoizm namoyon bo'lishining keskin ko'rinishi, uning individual shakli, egalik qilish hissi bolaning o'z «Men»ini anglash bilan kechadigan va uning tabiatiga xos xususiyatlardan biridir. Biogenetik oqim namoyondalari bola xulqida egoizm hamda yolg'onni namoyon bo'lishiga to'sqinlik qilmaslik kerak, ularning fikricha, bola rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Psixoanaliz namoyondalaridan Z.Freyd egoizm fenomenini ijobiy xulq sifatida baholaydi hamda egoizmni inson tabiatining mohiyati va odamlar munosabatlarining asosiy tamoyili deb hioblaydi. Uning talqinida egoizm nafaqat egalik qilishda, to'plashga bo'lgan ishtiyoqda, oddiy yegulik, kiyinishdagi kabi odatiy ehtiyojlarda ham ko'zga tashlanadi. U o'zining «Tushlar talqini» fundamental asarida bolaning libidosi dastlab o'ziga qaratilganligi sababli «birlamchi nartsissizm» bilan tug'ilishini ta'kidlaydi. «Bola mutlaqo egoistdir, u o'z ehtiyojlarini qattiq his qiladi va u aka-uka hamda opa-singillarini o'ziga raqobatchi deb biladi hamda o'zini ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydlanishga intiladi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, altruistik moyillik ham bolada individual tarzda rivojlanib boraveradi[6;192-193c] Z.Freydning qarashlariga ko'ra, o'spirinlik yoshda libido shaxsning o'zidan boshqa ob'ektlarga ko'chadi va inson «ob'ektiv munosabatlar» bosqichidagi altruistlar toifasiga o'tadi, keyingi bosqichda esa yana o'ziga bo'lgan qiziqish oldingisiga nisbatan yuqori darajada ortib borishi bilan namoyon bo'ladi. Z.Freydning nuqtai nazarini amerikalik siyosatchi E.Guver ham ma'qullaydi. U egoizmni inson tabiatida azaldan joylashtirilgan biologik tug'ma his-tuyg'u deb talqin qiladi va shu bilan insonning noaxloqiy xulqini oqlaydi.
J.Piaje bolada kechadigan taraqqiyotni ikki tendentsiya o'rtasidagi kurashga qiyoslaydi, birinchisi bola fe'l-atvorining biologik egoizmi bo'lsa, ikkinchisi esa, kattalar tomonidan intensiv o'tkaziladigan ijtimoiy ta'sirlardir. Bundan ko'rishimiz mumkinki, J.Piaje nazariyasiga asosan bola ruhiy hayotining rivojlanishining asosiy yo'li ijtimoiylashishiga qadar egoizm va egotsentrizmdan tashkil topadi. Shunday qilib, J.Piaje egoizmni o'z-o'zini sevish deb hisoblab, dastlab o'ziga keyin esa boshqalarni sevishga qaratilgan xulq atvor sifatida baholaydi.
Egoizmning tabiati va kelib chiqishiga mutlaqo teskari qarash jahon psixologiya fanida 20-asr boshidan E.Dyurkgeym, G.Tarde, C.Blondel asarlari ta'sirida shakllangan. Ushbu yo'nalish tarafdorlari irsiyatning rolini kam baholaydilar, shaxs rivojlanishida jamoatchilik ongini yuqori darajaga ko'taradi. Shunday qilib, J.Piaje va uning tarafdorlarining fikricha,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
egoizm o'z qiziqishlari, sevgisiga va hatto nafrati bilan birga rivojlanib boruvchi shaxsning tarkibiy eelementi sifatida shaxs taraqqiyotining muhim belgisi sifatida talqin etilgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, shaxs patologik holatida ham egoistik tendentsiyalarning zaiflashishi bilan birga, shaxsda o'ziga va boshqalarga bo'lgan qiziqishning yo'qolishi, zaiflik va psixologik qashshoqlik kabi holatlarning kuchayishi mumkin[8; 116-129]
Zamonaviy fan insonni ijtimoiy bo'lmagan ammo individni o'z-o'zini saqlashi va o'zini tasdiqlash istagidagi insonning tug'ma biologik omillarni keltirib o'tadi. Evolyutsiya sharoitida barcha tirik mavjudotlar o'zlarining yashash imkoniyatlarini yaxshilash uchun atrof-muhitga moslashishga tug'ma xohishga ega. Biologik nuqtai nazardan, deb yozadi G.Rachlin, egoizm yashash uchun kurashish sifatida namoyon bo'ladi. Shunday ekan, har qanday egoistik qaror dastlab har qanday alturistik qarorga qaraganda shaxs uchun afzalroq ko'rinadi. Xorijda zamonaviy psixologiya egoizmga nisbatan noaniq, ikkilangan munosabat bilan ajralib turadi. Yana boshqa zamonaviy tadqiqotlarda sub'ekt uchun egoistik motivatsiya va o'zi uchun qayg'urish zarurligi aytiladi. Shu munosabat bilan E.Fromm asaridan iqtibos keltiramiz: «Zamonaviy madaniyat xudbinlik haqidagi tabular bilan to'lib-toshgan. Bizga xudbin bo'lish gunoh, lekin boshqalarni sevish yaxshilik deb o'rgatilgan».
S.Xolms ta'kidlaganidek, xorijda egoizmni o'rganish asrlar davomida ikki xil yo'nalishda amalga oshirilgan. Egoizm bir tomondan, insonlar o'rtasidagi raqobat tufayli paydo bo'lib, ular o'rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirsa, boshqa tomondan, bu inson tomonidan qilingan har qanday harakatning zaruriy «motoridir» deb qabul qilingan.
Ma'lum bo'lishicha, egoizm akademik psixologiyaga uzoq vaqt kirib kelib, ushbu mavzu bo'yicha xorijiy tadqiqotchilardan Z.Freyd, neofreydlar (G.Sallivan, K.Xorni, E.Fromm), gumanistik psixologlar (A.Maslou, K.Rodjers) ijtimoiy ta'lim nazariyalari asoschilari (A.Bandura), shuningdek, ijtimoiy psixologiya va psixoterapiyaning boshqa zamonaviy yo'nalishlari egoizm mafkurasining ustunligini ta'kidlaganlar. Z.Freydning fikricha, shaxs individual rivojlanish dastlab har bir insonning shaxsiy baxtga intilishga qaratilgan haratkatlarida ko'zga tashlanadigan egoistik xulq bo'lsa, keyingisi boshqalar bilan hamkorlikda amalga oshadigan altruistik harakatlar tashkil etadi.
Z.Freyd ijodidan yarim asr oldin ham nemis faylasufi A.Shopengauer egoizmni «yashash irodasi»ning manbai deb bilgan. A.Sheftsberining fikricha, odamning egoist yoki altruist rolini bajarishi affektlarning uyg'unligiga bog'liq. Uning fikricha, odam uch xil affekt bilan tug'iladi: jamiyat manfaatiga qaratilgan tabiiy moyillik; faqat shaxsiy manfaatni ko'zlagan egoistik moyillik; neytral deb ataladigan moyilliklar (ular egoistik ham, altruistik ham emasdir).
Egoizmga qarama-qarshi tushuncha bu altruizm bo'lib, ushbu xulq -atvor shaxsning o'z manfaatlarini boshqa shaxsning manfaatlariga qurbon qilish qobiliyatini anglatadi. Bu atama frantsuz faylasufi O.Kont tomonidan egoizmga qarama-qarshi tushuncha sifatida kiritilgan.
L.Feyerbaxning ta'kidlashicha, insonning oliy maqsadi o'ziga g'amxo'rlik qilishdir, busiz u o'zini jamiyatda shaxs sifatida ko'rsata olmaydi. Binobarin, egoizm yoki xudbinlik
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ham inson tabiatining mohiyatini ifodalaydi. L.Feyerbaxning ta'limoti shaxs manfaatlarini himoya qilishga, ya'ni egoizmni yoqlashga qaratilgan bo'lib, u asketizim (psixologik himoya mexanizmi)ni inkor etadi. Insonning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilishi bu boshqa odamga g'amxo'rlik qilishni istisno etmaydi, egoizm esa uning boshlang'ich nuqtasi bo'lgan altruizmni nazarda tutadi, deydi u.
E.Gofmannning tushunchasiga ko'ra, egoizm shaxsiy manfaat emas, balki shaxsning o'z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan holatdir. Uning fikricha, egoizmni hech qachon yo'q qilib bo'lmaydi, chunki u tabiatning o'zi, inson tabiati bilan bog'liqdir, deydi. Shunday qilib, faylasuflar egoizmning mohiyatini tushuntirishda bir qancha fikrlarni yoqlashgan, ammo ular egoizm muammosini ilmiy jihatdan hal qila olishmagan. Egoizm ko'pincha - foyda, zavq olish, manfaat kabi yaqin aloqada bo'lgan ahloqiy tushunchalar bilan aralashib qolgan
Egoizmni o'rganishning madaniy-tarixiy va faoliyat nazariyalariga asoslangan ta'limot rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteynlar tomonidan ilgari surilgan bo'lib, unga ko'ra bolaning ruhiy rivojlanishida uning turmush sharoiti hamda tarbiyaning hal etuvchi rol o'ynashi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. E.F.Petrov adabiyotlarda ilk bor egoizmning mohiyatini uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, falsafiy va gnoseologik ildizlarini tizimli tarzda bayon etishga urinish qilgan [9; 207-с] Mazkur tushunchani olim xususiy mulk va jamiyatni sinflarga bo'linganligi natijasida paydo bo'lishining natijasi deb qaraydi. U yoki bu jamiyatda egoistik motivlar ustunlik qilishida o'ziga xos ijtimoiy sharoitlarning rolini ko'rsatib o'tadi.
V.N. Myasishev egoizmni munosabatlar nazariyasi nuqtai nazardan ko'rib chiqib, ta'lim xarakteri va uni aniqlovchi omillarni, jumladan mehrning yo'qligi, qo'pollik, bolaga nisbatan adovat, do'stlarning yetishmasligi, muhtojlik, ota-onaning kasalligi, oilada boshqa afzal ko'riladigan farzandlar borligi, tantiqlik, rahmdillikning yo'qligi, shaxsning haddan darajada faolligi yoki sust harakatchanligi, shaxsiy o'zini himoya qiluvchi tendentsiyalarni namoyon bo'lishini keltirib o'tadi, uning fikricha, sub'ektda egoistik ustanovkaning paydo bo'lishi keltirib o'tilgan sharoitlarning ayrimlari bilan shaxsdagi qisman endogen xususiyatlari qo'shilishi natijasida tarbiyalanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Ильин Е.П. Психология помощи. Альтруизм, эгоизм, эмпатия. Питер, СПб.: Питер.
2013.106-120 с.
2. Лаут, Р. Философия Достоевского в систематическом изложении. - М.: Республика.
-1996. - 446 с
3. Фромм, Э. Человек для себя. - Минск: Коллегиум. -1992. - 72-73 с.
4. Kavka G. Hobbesian Moral and Political Theory. Princeton: Princeton University Press,
1986. Robinson
5. J. Egoism. - Oxford: Ed. Peter Singer. Blackwell. - 1999. 38-39 p
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. Robinson, J. Egoism. - Oxford: Ed. Peter Singer. Blackwell. - 1999. - 36 p
7. Фрейд З. Толкование сновидений. Ереван: Камар, 1991. 192-193 с
8. Федунина Н.Ю. Проблема личности в трудах Пьера Жане // Вопросы психологии.
2003. № 1. C. 116-129
9. Петров Э.Ф. Эгоизм: философско-этический очерк. М.: Наука, 1969. 207
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Yulduz Karayeva Xushbakovna, o'qituvchi [Юлдуз Караева Хушбаковна,
преподаватель], [Yulduz Karayeva Khushbakovna, teacher]; manzil: O'zbekiston, Termiz shahar, Mehrobod MFY, Islom Karimov ko'chasi, 136\30uy [адрес: Узбекистан, город Термез, махалля Мехробод, улица Ислама Каримова, дом 136\30], [address: Uzbekistan, Termez, Islam Karimov street 136\30]; E-mail:yulduz [email protected]