Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA XULQIY OG‘ISHLAR NAMOYON ETILISHINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘SMIRLARDA XULQIY OG‘ISHLAR NAMOYON ETILISHINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
136
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologik jarayonlar / o‘smirlik / xulq og‘ishlari / etika / etnografiya / tarix / sotsiologiya / qiyosiy-tipik tahlil. / psychological processes / adolescence / behavioral deviations / ethics / ethnography / history / sociology / comparative-typical analysis.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Jo’Rayeva, Dildora Isroilovna

Ushbu maqolada o'smirlarda xulqiy og'ishlar namoyon etilishini o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari hamda o‘smirlik davridagi xulq og‘ishlariga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiqotlar, jamiyat taraqqiyotida o‘smirlarning o‘zaro munosabati va ularning ziddiyatli vaziyatlardagi xulqatvori muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlar yoritib berilgan. Shuningdek maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida nizoli vaziyatlarni o‘rganish uchun aniq xulosa va tavsiyalar ishlab chiqolgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF STUDYING THE MANIFESTATION OF BEHAVIORAL DEVIATIONS IN ADOLESCENTS

In this article, the peculiarities of studying the manifestation of behavioral deviations in adolescents and some general aspects related to behavioral deviations in adolescence are studied from the point of view of social psychology, the interaction of adolescents in the development of society. and the scientific studies that can show the necessity of the problem of their behavior in conflict situations and justify its "methodological roots" are highlighted. Also, specific conclusions and recommendations were developed for the study of conflict situations between school and lyceum students.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA XULQIY OG‘ISHLAR NAMOYON ETILISHINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

O' SMIRLARDA XULQIY OG'ISHLAR NAMOYON ETILISHINI O'RGANISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Jo'rayeva Dildora Isroilovna

Psixologiya va xorijiy tillar instituti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'smirlarda xulqiy og'ishlar namoyon etilishini o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari hamda o 'smirlik davridagi xulq og'ishlariga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiqotlar, jamiyat taraqqiyotida o 'smirlarning o 'zaro munosabati va ularning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq- atvori muammosining zarurligini ko'rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlar yoritib berilgan. Shuningdek maktab va litsey o'quvchilari o'rtasida nizoli vaziyatlarni o'rganish uchun aniq xulosa va tavsiyalar ishlab chiqolgan.

Kalit so'zlar: psixologik jarayonlar, o'smirlik, xulq og'ishlari, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya, qiyosiy-tipik tahlil.

В данной статье исследуются особенности изучения проявления поведенческих отклонений у подростков и некоторые общие аспекты, связанные с поведенческими отклонениями в подростковом возрасте, с точки зрения социальной психологии, взаимодействия подростков в развитии общества и общества. Выделены научные исследования, которые могут показать необходимость проблемы их поведения в конфликтных ситуациях и обосновать ее «методологические корни». Также были разработаны конкретные выводы и рекомендации по изучению конфликтных ситуаций между школьниками и лицеистами.

Ключевые слова: психологические процессы, подростковый возраст, поведенческие отклонения, этика, этнография, история, социология, сравнительно-типический анализ.

In this article, the peculiarities of studying the manifestation of behavioral deviations in adolescents and some general aspects related to behavioral deviations in adolescence are studied from the point of view of social psychology, the interaction of adolescents in the development of society. and the scientific studies that can show the necessity of the problem of their behavior in conflict situations and justify its "methodological roots" are highlighted. Also, specific conclusions and

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

recommendations were developed for the study of conflict situations between school and lyceum students.

Key words: psychological processes, adolescence, behavioral deviations, ethics, ethnography, history, sociology, comparative-typical analysis.

KIRISH

Insoniyat paydo bo'lganidan e'tiboran farzandlarining barkamol voyaga etishi jamiyatda muhim muammo sifatida qarab kelingan. Chunki, jamiyat mavjud ekan, insonga xos barcha sifatlar, mafkuraviy qarashlar uning xarakteriga, ongiga, tafakkuriga singdirib boriladi. Tarbiyaning maqsadi, mazmuni va unga qo'yiladigan talablar jamiyat o'zgarishi, davr o'tishi va zamon rivojlanishi bilan ham o'zgarib boraveradi.

Bugungi kunda O'zbekistonda barqarorlashib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni idrok qilishning natijasi har bir shaxsda paydo bo'layotgan psixologik holatlar, psixologik jarayonlar u yoki bu tarzda shaxsdan kuchli bilim va tajribalarni talab etmoqda.

Har qanday xalqning, davlatning, yoki millatning ma'naviy taraqqiyoti darajasi o'sha davlatda, yurtda mavjud ma'naviy boyliklar ko'lami butun bir xalq yoki har bir insonning ma'naviy-ma'rifiy barkamolligi bilan o'lchanadi. Insoniyat tafakkuri necha ming yillik tarixga ega bo'lsa, uning har bir bosqichida o'ziga xos bilim va g'oyalar vujudga kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Ma'lumki, psixologiya fanida aynan o'smirlik davri va o'smirlik davridagi xulq og'ishlari muammosiga bag'ishlangan va uning barcha yo'nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo'lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida o'smirlarning o'zaro munosabati va ularning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq- atvori muammosining zarurligini ko'rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin.

Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, o'smirlik davridagi xulq og'ishlariga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to'g'ri keladi. Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda o'smirlik davridagi xulq og'ishlari uchun muhim bo'lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab berganlar. Bular ichida o'smirlarning xulq-atvori uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreyeva G.M., Zabrodin YU.M., Karnegi D, Karimova V.M., Parigin B.D., Snigireva T.V., Filippov A.V., YAdov V.A., G'oziev E.G.; Grimak

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

L.P., Lomov B.F., Leytes N.S.,Golubeva E.APetrovskiy V.A., Rubinshteyn S.L.; ijtimoiy ustanovka bilan bog'liq tadqiqotlarni Asmolov A.G.,Nadirashvili SH.A., Uznadze D.N., Shixirev P.N., Allpokt G.W., shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollariga bag'ishlangan tadqiqotlarni Zdravomislov A.G., Kuzmin E.S., Lazurskiy A.F., Muksinov R.I., Stolin V.V , Bogoslavskiy V.V.; ta'lim muassasalarida psixologik xizmat modelini tadqiq qilishga bag'ishlangan tadqiqotlarni Breynshteyn M.S., Dubrovina I.V.,Kala U.V., Rudik V.V., Leymets X.O., Mattes G.O., Pratuivich YU.M., Sierd YU.L. alohida qayd etish mumkin. Bu esa o'smirlarning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq- atvori jarayonining bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari, muammolari va uning yechimlari haqida o'ylashga, fikr mulohaza yuritishga va o'z tadqiqotimiz vazifalarini belgilab olishga nazariy - ilmiy va metodologik manba sifatida yordam beradi, deb o'ylaymiz. Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik hodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondoshuv muammosining (M.G.Andreeva, YU.M.Zabrodin , D. Karnegi, E.G'oziev, V.M.Karimova , I.S.Kon, C.I. Koralev, B.D.Parigin, E.V.SHoroxova) va shaxs va faoliyat uyg'unligini ta'minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta'minlash muammosining L.S.Vigotskiy , M.G. Davletshin, U.Djeyms, A.G.Kovalev, A.N.Leontev , A.V.Petrovskiy , S.L. Rubinshteyn , V.A.Tokareva, E.Fromm, Kodirov B.R.) o'rtaga tashlanishi o'smirlarning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq- atvori metodologiyasi haqida jiddiyroq o'ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda.

Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an'analari bilan bog'liq inson psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to'g'ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a'zolariga psixologik xizmat ko'rsatish muqarrarligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o'zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.

O'smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o'smirlik 11-13 yoshni, katta o'smirlik - 14 - 15 yoshlarni o'z ichiga oladi. O'smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro'y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo'lib, bu ham bola fe'lining o'zgaruvchan, dinamik va ba'zan noma'qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, bola tezga achchiqlanadigan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya xolatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.

Natijalar tahlili. - Tadqiqotni o'tkazish uchun quyidagi metodlami tanladik:

1. O'smirlar faoliyatini kuzatish suhbatlar olib borish.

2. o'smir xulq-atvorini o'rganish uslubi (T.Tomas testi asosida).

3. Suhbat metodi - bunda yuqorida ko'rsatilgan metodikalarni o'tkazib bo'lgandan keyin, natijalarni bilib, guruhdagi har bir o'quvchi bilan individual suhbat o'tkaziladi va ular o'rtasidagi munosabatlarning salbiy yoki ijobiy ekanligini aniqlash mumkin.

Maktab va litsey o'quvchilari o'rtasida nizoli vaziyatlarni o'rganish uchun biz amerikalik olim psixolog N. K.Tomasning testidan foydalandik. Bu test 1973 yilda psixolog N.V. Grishina tomonidan adaptatsiya qilingan. Mazkur metodika shaxsning ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketish uchun o'z-o'zini muxofaza qilishga qaratilgan ma'lum yo'nalishni tanlashi va shu asosida o'z -xulq atvoridagi bahs munozaraga, o'zaro hamkorlikka, o'zaro kelishuvga, o'zini chetga olishga, o'zini moslashtirishga qaratilgan ichki etakchi harakat motivatsiyasini aniqlashga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Binobarin mazkur metodika yordamida u yoki bu o'smirdagi ma'lum psixologik himoya imkoniyatlari haqida tegishli mulohazalar yuritish mumkin.

N.Tomasning takidlashicha, nizoli vaziyatlarda har bir shaxs o'ziga xos (tipik) harakat usulini tanlaydi. Ushbu harakat usulini o'rganib olish orqali bu shaxslar bilan nizolarni hal etish usuliga ega bo'lishi mumkin.

Metodikani qo'llash tartibi: Sinovchiga 30 juftlikdan iborat savolnoma taqdim etiladi va har bir savolnomadagi juftlikdan faqat bittasini ya'ni o'z xoxishlariga mos keladiganini tanlash va belgilash tavsiya qilnadi. Undan so'ngra xar bir tanlangan juftlikdagi savol ("a" yoki "b") metodika kaliti asosida baholanadi.

Mazkur metodika yordamida shaxs ichki motivatsiyasi va shaxslararo munosabatdagi ziddiyatlarni bartaraf etish va ziddiyatli holatlarni boshqarish individual uchun xarakterli holatlarni belgilab olinadi. Yana shuni aytish joizki, ziddiyatlar tipoligiyasiga asoslanib K.Tomas bu jarayon uchun, etakchi bo'lgan ikki hol xulq-atvor yo'nalishini belgilaydi. Ya'ni, birinchisi, kooperatsiya konfliktga jalb etilgan shaxsning o'zgalarga qiziqishga o'z diqqatini qaratganligi bo'lsa, ikkinchisi ziddiyatga kirishgan o'z shaxsiy qiziqishlarini himoya qilish uchun o'ta qat'iylikni namoyon etishini o'z ichiga oladi.

Binobarin mazkur ikki yo'nalish yoki mezon asosida K.Tomas ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan quyidagi individual uslublarni tavsiya etadi: Bu test 30 ta savoldan iborat bo'lib nizoli vaziyatlarga nisbatan shaxsning harakat reaksiyasini 5 yo'nalish bo'yicha aniqlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

A) Bahs-munozara (raqobat) o'zgalarni engish hisobiga qiziqishlarini qondirishga erishish uchun intilish.

B) Hamkorlik-vaziyat ishtirokchilari muqobillikka keladilar, bu muqobillik ikkala tomon manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.

V) Kelishuv (kompromiss) - o'zaro bir-biriga yon berish yo'li orqali ziddiyatli vaziyat ishtirokchilarining bir murosaga kelishi.

G) O'zini chetga olish - o'z maqsadlari va o'zgalar maqsadlarini birdek amalga oshirish uchun yo'naltirilgan harakatda faol ishtirok etmaslikka moyillik.

D) Moslashish - bahs munozaraga kirishmasdan o'z shaxsiy qiziqishi va manfaatlarini o'zgalar faoliyati uchun qurbon qilishga tayyorlik.

Mazkur usulni qo'llash orqali respondentlarning ziddiyatli vaziyatga nisbatan faolligini namoyon etuvchi xulq-atvor motivatsiyasi ko'rinishlariga baho berishi haqida tegishli tasavvurga ega bo'lish mumkin.

Endi o'smirlikning bevosita ziddiyatli holatni bartaraf etishga qaratilgan individual xulq-atvor motivatsiyasi ko'rsatkichlari tahliliga o'tamiz. Chunki mazkur yo'nalishdagi tahlil asosida ziddiyatli holatlarda o'smir ichki motivatsiyasida namoyon bo'ladigan psixologik muxofaza imkoniyatlari haqida tegishli empirik ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Ushbu test natijalarini tahlil qilishdan asosiy maqsad: o'smirlik davri uchun xarakterli bo'lgan xususiyatlarni aniqlash, ikkinchidan har bir o'smir uchun ziddiyatli holatni bartaraf etishga qaratilgan individual -psixologik ziddiyatli vaziyatlarda o'smirlar xulq atvorini bilish, uchinchidan, umuman o'smirlik davri uchun xarakterli bo'lgan 5 yo'nalishdagi ("A", "B", "V", "G", "D") barcha ziddiyatli vaziyatlarda o'smirlar xulq atvori ko'rsatkichlarini qiyosiy-tipik tahlil qilish va tegishli qonuniyatlarni o'rganishdan iboratdir.

Nizoli vaziyatda tanlangan harakat usullari jadvali

№ O'quvchilarning ismi-sharifi Raqobat Hamkorlik Kelishuvchanlik Nizodan qochish yoki o'zini olib chiqish Moslashuvchanlik. 1-jadval

№ O'quvchilarning Raqobat Ham- Kelishuv- Nizoda Moslas

ismi-sharifi korlik chanlik n huv-

qochis chan-lik

h yoki

o'zini

olib

chiqish

1 Alimova Iroda 12 3 5 6 4

2 Botirova Gulruh 4 7 7 7 5

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3 Bahromov Sardor 8 5 6 3 8

4 Bahromov Nodir 9 6 3 4 4

5 Karimov Dilshod 5 5 6 5 9

6 Sobirova Nigina 3 6 6 5 10

7 Elov Oybek 6 6 7 5 6

8 SHavkatov Oxun 8 6 4 8 4

9 Izzatova Laylo 7 7 3 7 6

10 Ozodov Jamshid 5 8 6 6 5

11 Salohiddinov. L. 8 6 9 2 5

12 Azizova. F. 7 8 3 7 5

13 Kozimova.Z. 9 4 6 5 6

14 Kamolov .B. 11 6 6 3 4

15 Ochilov. E. 3 9 6 6 8

16 Tilloyev.L. 5 6 7 3 9

17 Nematov.K. 7 4 4 6 9

18 O'roqov. A 7 5 6 7 5

19 Xolliyeva. M. 6 5 6 5 8

20 Qodirova. D 7 6 5 5 7

2-jadval

YAqqol ifodalangan harakat usullarining foiz hisobidagi ko'rinishi № Harakat

Usullari Yuqori ball to'plagan o'quvchilar soni Umumiy foiz hisobida

№ Harakat YUqori ball to'p- lagan Umumiy foiz hisobida

Usullari o'quvchilar soni

1 Raqobatchilik 4 20 %

2 Hamkorlik 5 25 %

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3 Kelishuvchanlik 4 20 %

4 Nizodan qochish yoki o'zini olib chiqish 5 25 %

5 Moslashuvchanlik 8 40 %

Keltirilgan jadvallardan (№1, №2, №3, №4, №5) yaqqol ko'rinib turibdiki, Tomas uslubi bo'yicha aniqlangan ziddiyatli vaziyatlarni aniqlash va oldini olish ko'rsatkichlari o'smirlar orasida turli xil darajalarga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. CHunonchi, tadqiqot maqsadiga mos va shartli ravishda qabul qilingan mezonlarning ("bahs-munozara", "hamkorlik" "kelishuv kompromiss", "o'zini chetga olish", "moslashish") o'ziga xos psixologik himoya dinamikasini tashkil etadi. Jumladan, ziddiyatli vaziyatlarda o'smirlar xulq atvori mezoni sifatida - Adekvat xulq-atvor motivatsiyasi o'ziga xos individual uslubni namoyon qila olish kabi xususiyatlarning o'smir shaxsida va faoliyatida namoyon etilishi bilan bog'liq ko'rsatkichlar miqdorini tahlil qilish va shu tahlillarga tayanib tegishli xulosalarni bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jadvaldagi raqamlardan ko'rinadiki, maktab o'quvchilari ziddiyatli vaziyatga tushganda o'zlarini ko'proq "Bahs-munozara" motivatsiyasi afzal bilishlari yaqqol seziladi. Xar bir motivatsiya yo'nalish bo'yicha va bu motivatsiya yo'nalishining qiyosiy o'rtacha tipik ko'rsatkichlari bo'yicha empirik ma'lumotlar №1 jadvalda qayd etilgan. Biz bu erda o'smirlik davrida Tomas uslubi bo'yicha ziddiyatli vaziyatlarda o'smirlar xulq atvori ko'rsatkichlari iearxik tizimni aniqlashga muvafaq bo'ldik. Ungi ko'ra maktab o'quvchilari orasida (p=20) taqdim etilgan 5 yo'nalish bo'yicha 1-o'rinni "hamkorlik" asosidagi himoya motivatsiyasi egallagan bo'lsa, 2-o'rin "kelishuv" (kompromiss) motivatsiyasiga, 3-o'rin "moslashish" motivatsiyasiga, 4-o'rin o'zini chetga olish motivatsiyasiga va oxirigi 5-o'rin "bahs-munozara" motivatsiyasiga to'g'ri kelishi bilan xarakterlanadi. Demak, o'smirlik davrining dastlabki bosqichlarida ziddiyatli vaziyatlarda o'z-o'zini psixologik muxofaza qilish haqidagi tasavvurlar ko'proq hamkorlik va kelishuv (kompromiss) motivatsiyalari asosida shakllanishi mumkinligini ko'ramiz. Ayni paytda,bahs-munozara (1-yo'nalish) asosida o'z-o'zini himoya qilishga moyillik nisbatan (taqdim etilgan beshta yo'nalish bo'yicha atbatta) kamroq uchrashishni ko'rish mumkin.

Litsey o'quvchilari esa ziddiyatli vaziyatlarda o'z-o'zini psixologik himoya qilish haqidagi tasavvurlar nisbatan bir oz o'zgarganligini ko'ramiz. Ya'ni tanlov uchun taklif etilgan besh yo'nalishga nisbatan eng birinchi o'rin "Bahs -munozara" yo'nalishga to'g'ri kelyapti. Demak maktab o'quvchilari bu yo'nalish oxirgi o'rinda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

bo'lishi va litsey o'quvchilari birinchi o'ringa chiqib olishining asosiy sababi o'smirlarning o'ziga xos ijtimoiylashuvi, o'smirlardagi "Menlik"ning o'zgarishi va o'smir mustaqil fikrlashga, hayotda o'z fikrini o'zgalarga singdirishga ko'proq moyilligining namoyon etilishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Tadqiqot maqsadiga mos qo'shimcha usullar orqali olingan ma'lumotlarimiz ham ushbu fikrni tasdiqlash mumkin. Masalan, litsey o'quvchisi M-ning ta'kidlashga, u ko'proq turli munozaralarda ishtirok etishni, o'zi aytgan gapida qat'iy turishni o'z maqsadiga erishish uchun juda ko'p intilishni yoqtiradi va u har qanday ziddiyatli holaga duch kelganda mazkur qoidalarga asoslanib ish tutishi juda muhimdir.

Maktab o'quvchisi L esa men ziddiyatli vaziyatga tushganda o'rtoqlarimdan yordam so'rayman, ular bilan birgalikda muvafaqqiyatsizliklarni engishga intilishni afzal ko'raman, deya o'z mulohazasini bildiradi. Yana shuni ta'kidlash joizki, maktabda ham litseyda ham ziddiyatli vaziyatni bartaraf etishga yo'naltirilgan barcha yo'nalishlar xosdir, zero o'smir shaxsi faoliyatida yoki faolligida u yoki bu yo'nalishga xos himoya imkoniyatlarining etakchilik qilish shaxsning o'ziga xos individual va betakror olami mavjudligi bilan belgilanadi va baxolanadi. SHunday bo'lsada, umumiy holatda maktab o'quvchilaridan 28 nafar, litsey o'quvchilaridan 27 nafar o'smirlar tanlanib, ulardan olingan natijalar o'rtacha umumiy va qiyosiy tarzda tahlil qilinganda quyidagi ma'lumotlar qo'lga kiritildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, har bir yo'nalish o'ziga xos o'rinlarga ega. Jumladan, "Bahs-munozara" yo'nalishi maktab o'quvchilari uchun oxirgi o'rinda bo'lsa litsey o'quvchilari uchun esa birinchi o'rinni egallaydi. Psixologik himoya ierexiyasidagi "hamkorlik" yo'nalishi ko'rsatkichlari ikkala o'smirlik davrida ham yetakchilik qilmoqda.

Uchinchi yo'nalish - "kelishuv"-"kompromiss" esa maktab o'quvchilari orasida 2-o'rinni litsey o'quvchilari orasida esa 4-o'rinni egallash bilan alohida xarakterlanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

To'rtinchi yo'nalish hisoblangan "o'z-o'zini chetga olish" motivatsiyasi esa maktab o'quvchilari orasida 4-o'ringa litsey o'quvchilari orasida esa 3-o'ringa to'g'ri keladi.

Beshinchi yo'nalishdagi "Moslashuv" ga moyillik motivatsiyasi ko'rsatkichlari maktab o'quvchilari orasida 3-o'rinni litsey o'quvchilari orasida esa oxirgi 5-o'rinni egallab turibdi. Buni asl sababini qo'shimcha usullar orqali o'rganamizda, asosan o'smirlik davrida o'smirlar o'zgalar fikriga quloq solish, o'zgalar talabiga moslashish, o'z mustaqil fikrlaridan ba'zan voz kechish hisobiga o'zgalarga ko'maklashish kabi xarakterlar orqali o'zlarini kamdan-kam hollarda himoya qilishga urinadilar. CHunki, ular bu davrda ko'proq mustaqil fikrlashga, o'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

menliklarini bo'rttirib ko'rsatishga, o'zlarini boshqalardan oz bo'lsada ustun ekanligini ko'rsatishga va shu yo'l bilan o'zlarini himoya qilishga moyil bo'ladilar. Yuqoridagi tahlillardan shu narsa ko'rinadiki, ziddiyatli holatlarda har bir o'smirning o'z-o'zini himoya qilish haqida o'z tasavvuri va o'ziga xos, o'ziga mos individual uslubi mavjud.

Testning asosiy funksiyasi muallif fikricha shaxsning nizoli vaziyatdagi harakat usulini aniqlash bilan chegaralanib qolmasdan, ko'proq nizoli vaziyatlarni boshqarish uchun ham xizmat qilishi lozim. Litseyda o'tkazgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra nizoli vaziyatlarda yaqqol raqobatchilik usulini tanlovchilar 20 foizni;

- hamkorlik tarafdorlari - 25 foizni;

- kelishuvchanlik tarafdorlari - 20 foizni;

- nizodan qochishga intiluvchilar - 55 foizni;

- moslashuvchilar - 40 foizni tashkil etdi.

Nizoli vaziyatlardagi harakat usulini tanlash testi natijalarini yanada chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak, 45 o'quvchi orasida 20 foizni tashkil etuvchi raqobatchilik usulini tanlovchilar ushbu vaziyatlarda boshqalarga ziyon keltirib bo'lsa ham o'z qiziqish va manfaatlarini qondirishga harakat qildilar. Albatta bu o'qvchilar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirib, nizoli vaziyatdagi bunday harakat usuli o'zaro munosabatlarning buzilishiga tasir qilishini, chunki, bunday harakatda ikkinchi tomon (nizodagi muxolif) norozi bo'lib qolishini uning ehtiyojlari anglatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday vaqtda xuddi shu o'quvchilar o'qituvchilar bilan nizoga kirishish orqali o'rtoqlari orasida obro'ga ega bo'lishga intiladi. Bunday vaziyatdagi nizolarni hal qilishda o'qituvchining to'g'ri usullarni tanlab bilishi o'ta muhim bo'ladi.

Raqobat usulini tanlanishi nizoli vaziyatda faqatgina bir tomon yutishini, ikkinchi tomon esa doimo yutqazishni bazida esa, ikki tomon ham yutqazishni etiborda tutishi lozim bo'ladi. Nizodan chetda bo'lishga (qochishga) intiluvchilar guruhda to'rtdan bir qismni tashkil etdi, bu holat meyorni bildiradi. Bunda guruh o'quvchilarning har to'rt kishidan bittasi nizoli vaziyatdan chetga bo'lishga intilar ekan. Lekin bu o'quvchilar o'z oldilariga qatiy maqsad qo'yolmaydilar yoki biror maqsad sari izchil harakat qilishning uddasidan chiqa olmaydi. Agar ular o'zlari biror qarorga kelishi lozim bo'lgan vaziyatga duch kelib qolishsa sarosima va bezovta holatga tushib, qarorga kelishni, masuliyatini bo'yniga olishni bashqalarga qo'yib berishga harakat qilishadi. Nizoli vaziyatdagi bunday harakat usulini nizo bartaraf etilmay qoladi va u o'quvchilarning boshqa vaziyatdagi harakatiga davom etishi mumkin. Guruhdagi nizolarni to'g'ri hal etilishiga olib keluvchi hamkorlik usulini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tanlovchilar 25 % ni tashkil etdi. Bu o'quvchilar bilan nizoli vaziyatlarni hal etish o'qituvchi uchun qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki bu shaxslar har ikkala tomonning ehtiyojlarini qondiruvchi qarorga kelish tarafdorlaridir. Har bir tajribali o'qituvchi o'z o'quvchilarini nizoli vaziyatlarni hal etishning xuddi shu usuliga mo'ljal berishi, o'zaro tushunishning optimallashuviga yordam beradi. Har qanday nizoli vaziyatlarda o'qituvchi hamkorlik asosida vaziyatni hal etishga harakat qilishi, o'quvchilarni ham shunday yo'l tutishga o'rgatadi hamda o'qituvchiga nisbatan hurmatlari ortadi.

Yaqqol ifodalangan harakat usullarining foiz hisobidagi ko'rinishi

□1 - Raqobatchilik

□ 2- Hamkorlik

0 3- Kelishuvchanlik

□ 4- Nizodan qochish

] 5- Moslashuvchanlik

Рнсунок 1

Yaqqol ifodalangan harakat usullarining ball hisobidagi ko'rinishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

□ 1 Raqobatchilik

□ 2 Hamkorlik

□ 3 Kelishuvchanlik

□ 4 Nizodan qochish

□ 5 Moslashuvchanlik

Yuqori bal to'plagan o'smirlar soni

Nizoli vaziyatlardagi o'quvchilarning harakat usulini aniqlash orqali bu harakat usullaridan qaysi biri sermahsul qaysi biri buzuvchi ekanligini bilish va sermahsul harakat usulini rivojlantirish yo'llarini tanlash imkonini beradi. Litsey o'quvchil ari o'rtasida ijobiy muloqotni tashkil qilish va nizolarni bartaraf etish uchun faqatgina Tomas metodikasidan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan, balki "Guruhdagi o'zaro munosabatlarni o'rganish" metodidan ham foydalandik. Bu metodika 4 shkaladan iborat bo'lib unda guruhdagi o'zaro munosabatlarni o'rganiladi.Metodikaning I shkalasi "Guruh azolariga shaxsiy munosabat" deb nomlanadi. Bunda har bir o'quvchining guruhda "o'z do'stim" deb hisoblaydigan kishilari bor, o'quvchi tez-tez muomalada bo'lib turadigan kishilari bor. Hech qanday munosabatda bo'lmaydigan kishilar bor. O'quvchi uchun salbiy munosabatda bo'ladigan kishilar bor. Bu shkala guruh o'quvchilarini ularning har biriga qanday munosabatda bo'lishiga qarab etti bandga bo'linadi.

II shkala - guruhdagi do'stlik va maqbullik to'g'risidagi ustun fikr deb nomlanadi. Bunda har o'quvchi guruh haqida fikriga mos keladigan fikrni belgilaydi.

III shkala - guruhdagi o'zaro yordam to'g'risida ustun fikr deb nomlanadi. Bu shkala har o'quvchining o'zining fikriga mos keladigan fikrni belgilaydi.

IV shkala - guruhdagi o'zaro masuliyat haqidagi ustun fikr deb nomlanadi. Bu shkalada ham II va III shkaladagi har bir o'quvchi o'z fikriga mos keladigan fikrni belgilaydi. Bu metodikani bajarish uchun har bir o'quvchi shkalalarni o'rganib chiqadi va javoblarning anonim bo'lishini taminlash uchun o'z sinfining tavsifnomasini tuzib chiqadi. I shkalani ishlash chog'ida har bir o'quvchi ijobiy munosabat bildirgan (1,2,3 bandlar) u

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

befarq qaralagan (4-band) va salbiy munosabatda bo'lgan shaxslar (5,6,7, bandlar) miqdori hisoblab chiqiladi. So'ngra munosabatlar % kategoriyalari bo'yicha o'quvchilarning taqsimlanishi % bilan hisoblab chiqiladi. (sinfdagi o'quvchilar soni 100 % deb qabul qilinadi.) Foizlar yakuniy bandga yoziladi va mazkur o'quvchi uchun sinfga nisbatan ustun bo'lgan munosabat belgilab chiqiladi.

I, II, III, IV bandlar maxsus ishlov berishni talab qilmaydi. Ularga faqat aniq bandda alomatini qo'yish va tegishli ballning ostiga chizib qo'yish kerak bo'lad i. Har bir shkala uchun guruhlar ko'rsatgichlari, ustun munosabatlar do'stlik va maqbullik, o'zaro yordam va o'zaro javobgarlik ko'rsatgichlari hisoblab chiqiladi. Barcha shkalalar yordamida olingan malumotlarni qiyoslab chiqish guruhdagi psixologik muhit haqida malum darajada xulosa chiqarish imkonini beradi.

Shunday qilib, biz ushbu metodika bo'yicha litsey o'quvchilari o'rtasidagi munosabatlarni bilish uchun quyidagi natijalarni oldik.

XULOSA

Turli yosh davrlarida sodir bo'ladigan bunday o'zgarishlar shaxs turmushi va uning hayoti uchun juda muhim bo'lgan xususiyat hisoblanadi. Ishimiz davomida yosh inqirozlari va ular keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni, sodir bo'ladigan biologik va psixologik o'zgarishlarni izchil tarzda yoritib berishga harakat qildik.

".. .Barchamiz yaxshi bilamizki, kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdir... " deb takidlagan edi O'smirlik davri boshqa yosh davrlariga nisbatan juda murakkab davr ekanligini inoabtga olgan holda tadqiqotimizda shaxs sifatida shakllanish tamoyillari, uning o'ziga xos jihatlarining ilmiy metodologik va amaliy jihatlari tahlil qilib berildi.

O'ylaymizki, tadqiqot davomida olingan ma'lumotlari va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida ota-onalar, maktab psixologlari, ta'lim muassasa o'qituvchilar va murabbiylar pedagogik psixologik ishlarni tashkil qilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000y.

2. Nemov R. S. «Psixologiya» T. 1.M. 1998y.

3. Karimova V. M. «Psixologiya» T.SHarq 2002y.

4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. - T.: O'qituvchi. 1994.

5. Karimova V.M. Psixologiya. O'quv qo'llanma. - T.: A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti. 2002.

6. Karimova V., Akramova F. Psixologiya / Ma'ruzalar matni. T., 2002.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

7. Karimova V.M. Targ'ibotning psixologik uslublari. - T.: Ma'naviyat. 2000.

8. Karimova V.M. Ota-ona kasbi - baxt kaliti. T., 2002.

9. Oila psixologiyasi . prof. G'.SHoumarov tahriri ostida. - T.: SHarq NMK. 2001

10. Petrovskiy I. V. «Umumiy psixologiya» «O'qituvchi», 1992y.

11. G'oziev E. Psixologiya. O'quv qo'llanma. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 222 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.