Научная статья на тему 'O`SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O`SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
7691
409
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`smirlik davri / fiziologik xususiyatlari / o`smirlarning bilish jarayonlar / bolalarning psixik rivojlanishi / ta’lim va tarbiya. / Adolescence / physiological characteristics / cognitive processes of adolescents / mental development of children / education and training.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Matgafurova, Dilfuzaxon Oxunovna, Abdusalomova, Moxinur Muzaffar Qizi

Maqolada O`smirlik davri haqida tushuncha, o`smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari va o`smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT PERIOD

The article analyzed the concept of adolescence, the anatomical and physiological characteristics of adolescents and the characteristics of cognitive processes of adolescents.

Текст научной работы на тему «O`SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

OSMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Matgafurova Dilfuzaxon Oxunovna

QDPI, fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi.

Abdusalomova Moxinur Muzaffar qizi QDPI, 1-bosqich xorijiy tillar fakulteti, ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi.

ANNOTATSIYA

Maqolada O^smirlik davri haqida tushuncha, o^smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari va o^smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.

Kalit so'zlar: O^smirlik davri, fiziologik xususiyatlari, o^smirlarning bilish jarayonlar, bolalarningpsixik rivojlanishi, ta 'lim va tarbiya.

АННОТАЦИЯ

В статье проанализировано понятие подросткового возраста, анатомо-физиологические особенности подростков и особенности познавательных процессов подростков.

Ключевые слова: Подростковый возраст, физиологические особенности, познавательные процессы подростков, психическое развитие детей, обучение и воспитание.

ABSTRACT

The article analyzed the concept of adolescence, the anatomical and physiological characteristics of adolescents and the characteristics of cognitive processes of adolescents.

Key words: Adolescence, physiological characteristics, cognitive processes of adolescents, mental development of children, education and training.

KIRISH

Oqituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o'smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o tish davri ham deb ataymiz. O smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni oz ichiga qamrab oladi, ya'ni 5-8 sinf o'quvchilarini.

Osmir o'quvchilarni ta'lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba'zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

yoshdagi maktab o'quvchilariga qaraganda o'smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko'p qiyinchiliklar boladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o'smirlar psixologiyasining odamlar bilan bolgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o'zgarishi, hamda hayot sharoitining o'zgarishi bilan bogliqdir.Bu davrda o'smirlarning oz shaxsiy fikrlari paydo bo'ladi. Ularda oz qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo'yicha o'smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug'iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.

Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o'tiladi.sana shu nuqtai nazardan o'smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang'ich sinfni tugatadi. Bolaning o'rta maktabda o'qishga o'tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.

Osmirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, o'smirlarga ta'lim-tarbiya berishning yangi to'g'ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o'smirlik yoshining o'ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kerak.

Osmirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o'zgaradi. Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o'smirlar ongiga og'ir, ba'zan kuchi yetmaydigan bolib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o'smirlar uchun xarakterli bolgan norozilik, qo'pollik, qaysarlik, o'z-o'zini analiz qilishga moyillik sub'ektiv olamga va shunga o'xshash hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nihoyatda katta ahamiyat beradilar. Jinsiy yetilish munosabati bilan paydo boladigan yangi sezgilar fikrlar, maylliklar, kechinmalar go'yo o'smirlar ongida hukmron boladi. Ularning xulqi atvorini belgilaydi. Mana shu tariqa oqibat natijada o'smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg'iz sof biologik omil deb qaraladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg'iz biologik jihatidan etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bolmay balki bolaning ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o'zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo bolishi natijasida o'smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan maktabdagi ta'lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish o'smirlarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

konkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo'lmaydi. Bu davrda yurak qon tomirlari sitsemasining taraqqiyotida mos kelmaslik hodisasi kuchlaniladi. Bu paytda yurak xajmi jihatidan ancha kattalashadi, ancha kuchli ishlay boshlaydi. Ko'pincha qon aylanishining vaqtincha bo'zilishida qok bosimining yoshga bogliq xolda ko'tarilishiga, yurak faoliyatining zor berilishiga olib keladi. Natijada o'smirlarda uchraydigan bosh aylanishi, yurak urishi, bosh og'rig'i paydo boladi.

Osmirlarning yoshi ham jismoniy psixik xususiyatga egadir, organizm Pavlov ta'limotiga ko'ra, bir butun sitsemadan iborat bolib, bunda barcha to'qimalar va organlar fiziologik jarayonlar uzviy ravishda bir-biri bilan boglangan boladi. Lekin bir butunlikda nerv sitemasi va uning bilan boglangan yuqori qismi I.P.Pavlov so'zi bilan aytganda organizmda sodir boladigan barcha hodisalarni boshqarib turuvchi bosh miya po'tsi asosiy yetakchi rolni o'ynaydi. Osmirlik yoshida nerv sitsemasining yuqori qismi sifat jihatidan o'sa boshlaydi va miya ichki tuzilishining murakkablashishga o'tadi. Katta yarim sharda nerv hujayralarning etilishi tugallanadi.

Osmir organizmining jismoniy taraqqiyoti uning organlari va to'qimalarining rivojlanishi bosh miya po'tsining boshqaruvchanlik roli otsida amalga oshadi,ammo o'sib borayotgan to'qimalar va organlar oz navbatida nerv sitsmasining o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Osmirlik yoshida o'pkaning xajmi kattalashadi nafas olish ancha miqdorda tezlashgan va sayoz bladi. Osmirlik yoshida bola qancha toza havoda yursa shuncha foydalidir.Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining qayta qurishiga bogliq bo'lgan jinsiy etilish davridir. Bu bezlarning yetilishi kishi organizm faoliyatida xizmati juda kattadir. Osmirlik yoshining xarakterli xususiyatlaridan biri j insiy etilish j arayonidir.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki jinsiy yetilishning boshlanish davri o'g'il bolalarda 12-13 yoshda, qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi. Ko'pchilik o'g'il bolalar hozirgi vaqtda jinsiy yetilish 15-16 yoshda, qiz bolalarda 13-14 yoshlarda kuzatiladi. Oqituvchilar sinf rahbarlari datsavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotiga ta'sir qilishdan ularning psixik rivojlanishiga ham katta ta'sir kursatadi.

Osmirlarda jinsiy etilish bilan birga shu paytgacha ularga noma'lum bo'lgan qandaydir xislar, kechinmalar qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish noma'lum mazmundagi kitoblarga qiziqishlarning paydo bulishi tabiiydir. O'smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so'z boyligini oshishi hisobiga bo'lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo'ladi. Bu davrda o'smir til yordamida atrof-borliqni aks zttirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi Aynan o'smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi o'smimi ko'pincha muomalada so'zlarni ishlatish qoidalari - "qanday qilib to'g'ri yozish kerak?", "qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?" kabi savollar juda qiziqtiradi.

O'smirlar maktabdaga o'qituvchilar. kattalar ota-onalar nutqidagi kamchiliklarga kitob, gazeta radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e'tibor beradilar. Bu holat o'smirning bir tomondan o'z nutqini nazorat qilish o'rgatsa, ikkinchi tomondai kattalar ham nutq, qoidalari bu'zilishi mumkinligini bilishlariga va o'zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. U endi o'z mutqida yosh bola singari emas, bolki katta odamlardan so'zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq madaniyatnii egallash borasida o'smir uchui o'qituvchi, albatta, namuna bo'lishi shartdir.

Aynan maktab talimi o'smir bilshi jarayonlarini rivojlanish yo'nalishini sifat jihatidan o'zgarishdi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham oshadi, ham yozma mavjud bo'lishi bilan ham kuchli vosita xisoblanadi. Maktabdagi o'quv jarayonlarining to'g'ri tashkil etiliishi va amalga oshirilishi bilan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi

Nutqni o'zlashtirishga harakat bu o'smirniig muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O'smirlik davrida o'qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5 sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o'qish to'g'ri, tez va ifodali bo'lish darajasidan, yoddan ifodali, ta'sirli aytib bera olish darajasigacha ko'tariladi. Monilogik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so'zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, ogzaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o'zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilangan holda o'smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo'yicha mustaqil holda insho yoza oladilar.

O'smirlarning nutqi tula tafakkur bilan bogliq holatida amalga oishriladi. 5-6 sinflardagi o'quvchilar ogzaxi va yoama matn uchun reja to'zib, unga omal qila oladalar. O'smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo'la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o'quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o'smirning bilishga bo'lgan qiziqishida progress sodir bo'ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta'sirida isbot, dalilar bilan fikrlash qobilyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo'ladi.Maktabda o'qitiladigan fanlar o'smir uchun o'z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo'lib xizmat kiladi

J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy xayot uch narsaning ta'siri - til, mazmun, koidalar asosida shakllantiriladi" Bu borada o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

o'z-o'zidan tafakkurini yangi imkoniyatlarini yaratadi.11-12 yoshdan boshlab o'smir endi mantiqiy fikrlab harakat kila boshlaydi.

O'smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o'rgana boshlaydi. O'smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko'tarila olishi, o'quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi.

O'smir tafakkur ko'pincha umumlashtirishga moyil bo'ladi. O'smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo'lishi qimmatli va obro'li xisoblanadi O'smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o'zgarishlar o'zaro bog'liq bo'ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o'smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o'zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkuriy rivojlanishi bilan belgalanadi. O'smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to'la mustaqillik kasb etib, endi ularni o'z ifodasiga ko'ra boshqara oladigan bo'ladi. Bu davrda qaysi yetakchi funksiya (diqqatni, xotirani yoki tasavvur) ustunlik qilayotgani yaqqol namoyon bo'lib, har bir o'smir o'zi uchun ahamiyatliroq bo'lgan funktsiyani e'tiborga olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ushbu funktsiyalarning rivojlanish xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Diqqat:Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o'smirlik davrida bola o'z diqqatini o'zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat xollarda o'quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O'smir o'z diqqatini to'la ravishda o'zi uchun axamiyatli bo'lgan va yuqori natajalarga erishishi mumkin bo'lgan faoliyatlarga qarata oladi. O'smirni diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo'lishi mumkin.

Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o'qituvchi tomonidan doimo qo'llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko'tgarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan, shuningdek, o'smirning dars jarayonida o'z tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatashi uchun sharoitni yaratilishi ham o'smirdagi diqqatni ixtiyorsizlak ixtayoriga aylanishida zamin bo'lib xizmat qilishi mumkin. Lekin o'smirlik davrida juda qattiq charchash xolatlari xam bo'ladi, aynan 13-14 hamda 16 yoshlarda charchash chiziga keskin ko'tariladi. Bunday holatlarda o'smir atrofdagi narsa va voqealarga to'liq diqqatini qarata olmaydi, diqqatini ko'rnishlariga o'smirlik erishish va yo'qotish bo'yicha to'la qarama-qarshi bo'lgan davr hisoblanadi.

Taraqqiyotning bu tiklangan tipi o'smirni yangi yosh bosqichi katta maktab yoshiga o'tishga tayyorlaydi. O'smirlik yoshi kishi shaxsining tarkib topish jarayonida alohida o'rin to'tadi. Bu davr asosiy davr hisoblanadi. Chunki bu yoshda g'oyat muhim psixologik o'zgarishlar paydo bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Har xil psixologiya o'zgarishlar va shaxsning taraqqiyoti, eng avvalo, mana shu shaxsning faoliyat xarakteriga bog'liqdir. Osmirning faoliyati o'qish mehnat va o'yin jarayonlarini oz ichiga oladi. Mana shu jarayonga to'xtalib otamiz.

1. O smir kichik maktab o' quvchilaridan farq qilgan xolda birinchi bo lib ilmiy bilishda ishtirok etadi. Uning oldida birinchi faqat ayrim narsa va hodisani emas, barcha narsa va hodisalar uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlarni tushunish bo'lib olish uchun ishlatiladi. Agar kimki maktab yoshi asosan narsalar,tabiat va jamiyathodisalari to'g'risida gasvirlar to'plash yoshdan iborat bo,lsa,o,smirlik yoshida ana shu tabiat va jamiyat hodisalar to'g'risida sistsematik tushunchalar paydo bo'ladi. Beshinchi sinfdayoq ayniqsa oltinchi sinfga kelib fizika, algebra, geometriya, tarix fanlari o'tila boshlanadi. Abtsrakt tafakkur tez o'sa boshlaydi. Oquvchilar hodisalarning sabablarini tushunishga hodisalami ma'lum qonuniyatlar doirasida ifodalashga bu qonuniyatlarda foydalanishga intiladilar.

2. Osmirlik yoshining rivojlanishiga ko'proq mehnat faoliyati ta'sir korsatadi.Osmirlik yoshida mehnat ancha uyushqoqlik xarakterida bo'ladi.

3. Osmirlik shaxsning tarkib etishida o'yin ahamiyatini yoqotmaydi.Oyin o'smirlik yoshida yuksak ahloqiy tuyog'ularning irodaviy xarakter xislatlarning o'sishiga yordam beradi. Oyin o'smirni intizomli bo'lishga o'rgatadi,o'yin o'ylashga,fahimlashga eslab qolishga biror narsani qilishdan oldin planlashtirishga va diqqatli bolishga da'vat etadi. Osmirlik kollektivi boshlang'ich sinf o'quvchilari kollektiviga qaraganda maktabda ham uyda ham, butunlay boshqa o'rin to'tadi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning qiziqishi va faoliyatlari asosan sinf ishlari bilan cheklangan bo'ladi. Osmirlik yoshida va o'quvchilar pioner drujinasining barcha ishlarida esa ishtirok bo'ladilar.Bularning hammasi o'quvchilarni aloqasini tobora murakkablashtirib boradi.Bu yerda eng asosiy narsa shundaki,bu narsalar o'quvchilar kollektivining ko'p qirrali ijtimoiy hayoti bilan yashay boshlaydilar va bu hayotdan oz o'rinlarini topishga harakat qiladilar.

Osmir shu yoshning datslabki davrlarida oldin o'zlashtirib bilimlari asosida yangi bilim ola boshlaydi. Bu bilim boshlang'ich maktabda ham o'qituvchi ham tarbiyachi bo'lgan o'qituvchi emas. U endi bir qator o'qituvchiga ko'nikish har biriga o'ziga yarasha muomala qilishi ularning talablariga ko'nikishi va shunga qarab o'zini tutish kerak. Shu sababli o'quvchi o'smirlar bir xil to'la sezmaydilar ular kattalarning shaxsiy xulqlari faoliyatlari va munosabatlarini quradilar. Ularning kattalar tomonidan o'zlariga shaxslarga berilgan har xil baholarni eshita boshlaydilar.

Osmirlik yoshiga yetgan bolalarda burch va javobgarlik tuyg'ulari yetarli darajada o'sgan bo'ladi. Bolalar ozlari ongli ravishda tanlagan qobil bo'lib qoladi. Mana shu davrda kattalar bolalarga «bemalol ish topshirishni ishonadilar»^ smirlarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

oilada «kichkina» deb hisoblamay ulardan ho'jalik ishlariga yordam berish topshirilgan ishga javob berishni talab qiladilar. Ular bilan maslahatlashadilar ba'zi o'smilar ayniqsa ular o'rta maktab yoshining oxiriga borganda hatto o'ziga yaqinlarini qo'llovchi va tayanchi bo'lib qoladilar.

Osmirda bosh miya po'tsining po'tsi otsida qismlari utsidan kontrolligi ortib boradi po'st va po'st otsida qismlari doimiy ravishda birga harakat qiladi. Ayrim xollarda po'tsloq osti qismining faoliyatini nazorat qilmay qoladi. Bu o'smirning betayinligi, jizzakiligi va emotsional xislariga berilganligidan dalolat beradi. Tormozlash reaktsiyasini paydo qilish xarakteri turg'un bo'lmay qoladi. Qo'zg'alish jarayonlari ba'zan shu qadar kuchli bo'ladiki, o'smir yoqimsiz xarakterlarini tormozlay olmay o'zini to'ta olmay qoladi.

Qo'zg'alish jarayonlari jo'shqin, lekin tez o'sadi. Ikkinchi tomondan o'smir kuchli hayajonlanish paytida ayniqsa tegishli ijtimoiy sabablari asosida hayajonlanganda oz hatti-harakatlarini idora etaolmaydi. Osmirlik yoshida ikkinchi signal sitsemasining roli kuchaya boradi. Qo'zg'ovchi vazifasini bajaruvchi so'z bilish jarayonida bashqa kishilar bilin munosabatda bo'lishda va oz hatti-harakatlariga baho berishda ko'proq rol o'ynay bashlaydi. Shu bilan bir qatorda o'smirning nerv sitsemasining o'sishi hali tug'ilmagan bo'lib, tarkib topish bosqichida bo'ladi. U uzoq vaqt davom etadigan kuchli qo'zg'aluvchiga bardosh bera olmaydi. Ba'zan shu sababli ancha tez qo'zg'alish holatiga o'tib ketadi. Bu esa o'smir nerv sistsemasining ma'lum darajada bo'shligidan dalolat beradi.

Osmirning nerv sitsemasining tarkib topayotgan munosabatlari tarkibiy natijasida kuchayadi va mutsahkamlanadi. Osmirni ish o'qish hamda sport mashg'ulotlari paytida to'g'ri va chuqur nafas olishga o'rgatish zarurdir. Bu narsa shuning uchun ham muhimdirki, bo'yning tez o'sishi organizmda modda almashishining jadallashishi bilan o'smir ko'p miqdorda kislorodga muhtoj bo'ladi. Bu yoshda o'smirning toza havoda bo'lishi ayniqsa muhimdir. Osmirlik yoshida yurak ikki baravardan ko'proq o'sadi, gavda esabir yarim barobar o'sadi. Arteriyalari diametrining o'sishi yurakning o'sishidan orqada qoladi. Qon tomirining yo'li yurak hajmiga nisbatan kamayadi va bu nerv qalqonsimon bezlari faoliyatining kuchli darajada tezlashuvi bilan birgalikda qon bosimining ortishiga va yurak faoliyatining kuchayishiga olib keladi.

REFERENCES

1. G'oziyev E.G'.. Mamedov K.K.."Kasb psixologiyasi". Toshkent 2003.

2. Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. "Kasb psixologiyasi". Toshkent 2018.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023

3. Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari. Maqolalar to'plami. Toshkent. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.