Научная статья на тему 'IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY O‘RGANISH NAZARIYASI'

IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY O‘RGANISH NAZARIYASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2075
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / psixologiya / ijtimoiy o‘rganish / ijtimoiylashuv / ijtimoiy tasavvurlar / shaxslararo moslik. / Pedagogy / psychology / social learning / socialization / social perceptions / interpersonal compatibility.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Hamroyeva, Zilola Hurmamatovna

Ushbu maqolada ijtimoiylashuv — biologik mavjudot ya’ni go'dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to‘laqonli a’zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o‘zlashtirilishini va ularning namoyon bo‘lishi o‘zaro aloqada bo‘lgan tashqi va ichki ta’sir manbalari tomonidan qay tarzda doimo boshqarilishi izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL LEARNING THEORY OF CHILD PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT AS A PROBLEM OF SOCIALIZATION

In this article, socialization is interpreted as a process of gradual transformation of a biological being, i.e. a baby, into a full-fledged member of the whole family, group, human society, as well as the process of acquiring new social behavior. A general theory of behavior explains how patterns of behavior are acquired and how their manifestation is constantly controlled by interacting external and internal sources of influence.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY O‘RGANISH NAZARIYASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY O'RGANISH NAZARIYASI

Hamroyeva Zilola Hurmamatovna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 65-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Ushbu maqolada ijtimoiylashuv — biologik mavjudot ya'ni go'dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to'laqonli a 'zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o'zlashtirilishini va ularning namoyon bo 'lishi o 'zaro aloqada bo 'lgan tashqi va ichki ta 'sir manbalari tomonidan qay tarzda doimo boshqarilishi izohlanadi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, psixologiya, ijtimoiy o'rganish, ijtimoiylashuv, ijtimoiy tasavvurlar, shaxslararo moslik.

SOCIAL LEARNING THEORY OF CHILD PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT AS A PROBLEM OF SOCIALIZATION

Hamroyeva Zilola Hurmamatovna

Practitioner psychologist of the 65th comprehensive school of Khatirchi district of Navoi region

In this article, socialization is interpreted as a process of gradual transformation of a biological being, i.e. a baby, into a full-fledged member of the whole family, group, human society, as well as the process of acquiring new social behavior. A general theory of behavior explains how patterns of behavior are acquired and how their manifestation is constantly controlled by interacting external and internal sources of influence.

Keywords: Pedagogy, psychology, social learning, socialization, social perceptions, interpersonal compatibility.

СОЦИАЛЬНАЯ ТЕОРИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

КАК ПРОБЛЕМА СОЦИАЛИЗАЦИИ

Хамроева Зилола Хурмаматовна

Практический психолог 65-й общеобразовательной школы Хатырчинского района Навоийской области

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

АННОТАЦИЯ

В данной статье социализация трактуется как процесс постепенного превращения биологического существа, то есть младенца, в полноценного члена всей семьи, группы, человеческого общества, а также процесс приобретения нового социального поведения. Общая теория поведения объясняет, как приобретаются модели поведения и как их проявление постоянно контролируется взаимодействующими внешними и внутренними источниками влияния.

Ключевые слова: педагогика, психология, социальное обучение, социализация, социальные представления, межличностная совместимость.

Ijtimoiy o'rganish ta'limotining markaziy muammosi sifatida ijtimoiylashuv Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o'rganishning kuchli psixologik yo'nalishi yuzaga kelgan. Ijtimoiy o'qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o'zida ajratib ko'rsatilgan. Birinchi avlod (XX asrning 30—60-yillari) - N.Miller, D.Dollard, R.Sirs, B.Uovayting, B.Skinner, bu tadqiqotchilarni hali bixeviorizm ham ijtimoiy o'qitish nazariyasiga kiritadilar. Ikkinchi avlod (60—70-yil) — A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, D. Gevirt va boshqalar. Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi, D.Aronfrid, U.Branfenbrener va boshqalar. N.Miller va D.Dollard ijtimoiy o'qitish yo'nalishining birinchi namoyandalari bo'lib, bixevioral o'qitishning asosiy tamoyillarini psixoanalitik nazariyaning ba'zi holat va g'oyalari bilan to'ldirishga harakat qilganlar. Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulq -atvorining eksperimental o'rgatish ma'lumotlarini ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinik ma'lumotlarni qo'llash mumkin deb hisoblaganlar. Eksperimental xulq-atvorga o'rgatishda boshqaning (modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko'rsatilgan, bu yangi reaksiyani paydo bo'lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonining kamayishida ifodalaydi. Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy o'qitish nazariyasi xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo'zg'atuvchi funksiyasining muhimligini ta'kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og'riq) birlamchi qo'zg'atuvchilarni jahl, ayb, harakatlarga ehtiyoj, qo'rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo'zg'atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular tomonidan qo'llab-quvvatlash tamoyiliga (rag'batlantirish) o'zgartirilgan.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dastlab ijtimoiy o'rgatish nazariyasi qat'iy obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni egallash metodlarini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yo'nalganlik bilan salbiy va ijobiy falsafiy asosga qurilgan. Psixologik tadqiqot metodologiyasi rejalashtirishning puxtaligini ma'lumotlarni qayd etishning tizimliligini bog'liq va bog'liq bo'lmagan o'zgaruvchilarni nazorat qilish va o'zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab qiladi. Individga xulq-atvor namunalari rollar, me'yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o'tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollard tomonidan ijtimoiy o'rgatish atamasi kiritilgan edi. Ushbu ilmiy yo'nalish vazifalarini uning nazariy yetakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umum qabul qilingan me'yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o'zlarida tutishlariga undashda qo'llaydigan mexanizmlar ya'ni usullarni yetilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o'qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba'zi bir holatlarni qabul qilib o'zlashtirgan va ularni o'rgati shning bixevioristik tamoyillari bilan bog'langan. Ijtimoiy o'qitish yo'nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. O'qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o'rgatish g'oyasi ahamiyatini butunlay qo'llab-quvvatlaydilar. O'tgan asrning 40—50-yillarida manipulyativ laboratoriya eksperimenti tadqiqotning hukmron metodi bo'ldi. Ijtimoiy o'rgatishda bolalik o'tib ketuvchi nevroz bilan qiyoslanganda xulq-atvor buzilishi va qayta yo'naltirish davri sifatiga tushunilgan. Bu tushunchalardan kelib chiqib, bolani ijtimoiylashtirishi uchun ota-onaning vazifasi quyidagilardan iborat bo'lgan: ovqatlantirish, tuvakka o'rgatish, bolada agressiyaning namoyon bo'lishi, uni jinsiy identifikatsiyasi va me'yoriy xulq-atvorning boshqa xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish.

Kuzatish, taqlid qilish orqali o'rgatish fenomeni Murakkab ijtimoiy xulq-atvorning egallanishini izohlash uchun operant va respondent o'rgatish mexanizmlari yetarli emas.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Javob topish jarayonida, birlamchi ahamiyatni o'rgatishning o'ziga xos tipi-vizual o'rgatishga yoki kuzatish yordamida o'rgatishga qarata boshlaganlar. Albert Banduraning 1960-yillardagi erta ishlari bixeviorizmda o'rganishning kognitiv modellari uchun ko'priklardan biri hisoblanadi. Bunda kuzatish o'rganish jarayoni bo'lib, hech qanday o'quv faoliyatisiz amalga oshadi, kuzatilayotgan model esa hatto kuzatuvchi uchun taqlid manbayi bo'layotganini sezmasligi ham mumkin.

1. A.Bandura 1925-yilda o'rgatishning bunday usulini ijtimoiy kognitiv deb nomlagan. Kognitiv o'rgatish o'rgatilayotganning birm uncha katta faolligini nazarda tutadi, individ o'rgatiluvchiga aylanadi, deb ham aytish mumkin. U o'zining harakatlari oqibatini kuzatadi, ulardan qay biri o'zining natijasiga ko'ra muvaffaqiyatli, qay biri keraksiz yoki zararli ekanligini qayd qiladi va eslab qoladi. Bundan tashqari o'rgatish, biror-bir aktda harakatda to'g'ridan to'g'ri ishtirokni qat'iy majburiy talab qilmaydi, model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo'lishni o'zi yetarlidir. Oqibatda xulq-atvor namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Bu holatda inson boshqaning harakatlarini ko'zga ko'rinadigan oqibatlariga tayanishi mumkin ma'lumot axborot olish va o'z xulq-atvorini kuzatishi xulq-atvorning ma'lum bir shakliga harakatning kognitiv obraziga bixevioral moyillikni yaratadi. Xulq-atvor modeliga amal qilish kodlangan axborot ma'lumotga tayangan holda sodir bo'ladi. Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini o'rganish ijtimoiy o'rgatish nazariyasining tayanch mavzularidan biridir. Ijtimoiylashuv tushunchasi favqulotda keng va ko'p qirralidir, har bir madaniyatda jamiyatning tarkibiy a'zosini sifat va bilishga o'z talablari mavjud. Biroq, xulq-atvorning ba'zi ko'rinishlari ko'proq universal umumiy rol o'ynaydi? Hamkorlik, o'zaro yordam, altruistik xulq-atvor, agressiyaning maqbul shakllari hayotning bunday jihatlariga o'rganish har qanday ham jamiyatda mutlaqo zarurdir. A.Bandura bolalar va o'spirinlardagi agressiyaning laboratoriya va dala tadqiqotlarini o'tkazgan. Masalan, bir qator eksperimental tadqiqotlarda 4 yoshli bolalar guruhiga modellar uchun turli oqibatlarga olib keluvchi rag'batlantirish yoki jazolash, zo'ravon xulq-atvor namunalarini ifodalovchi filmlar namoyish etilgan. Katta yoshdagi odam ishirilgan rezinka qo'g'irchoqni mushtlari bilan urib. uning sha'niga qo'pol luqma tashlagan, so'ngra uni taqdirlashgan, shirinlik bilan mehmon qilishgan yoki urishishgan, koyiganlar, filmdan so'ng bolalarga filmda ishtirok etgan o'yinchoqlarni mustaqil o'ynash imkoniyati berilgan. Natija shuni ko'rsatdiki, agressiv obrazli taqdirlangan odam modeli ishtirok etgan filmni ko'rgan bolalarda agressiv xulq-atvor darajasi yuqori bo'lgan. Manipulyativ eksperimental tadqiqotlar doirasida bola xulq-atvoriga tobe o'zgaruvchi modelining turli xarakteristikalarni ta'siri mustaqil o'zgaruvchi o'rganilgan. Model xarakteristikasini turlarga tavsiflash jinsi, yoshi, etnik mansubligi obro'-e'tibori hokimlik va pulga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

munosabati sinaluvchi kuzatuvchilarning xulq-atvor strategiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi bir qator omillarni aniqlash imkonini berdi. Qo'llab-quvvatlash taqlid qilish asosida yuzaga kelgan xulq-atvorni saqlash uchun zarur. O'tmishdagi xulq-atvorni bevosita tashqi qo'llab-quvvatlash qo'zg'atuvchi va axborot funksiyasini bajaradi. A.Bandura bilvosita qo'llab-quvvatlash, ya'ni modelni rag'batlantirishni kuzatish va o'z-o'zini qo'llab-quvvatlashning o'z xulq-atvorini ijobiy baholash xuddi shunday ahamiyatini e'tirof etgan. Shunday qilib, Skinner talqini bo'yicha agar radikal keskin, qat'iy bixeviorizm, xulq-atvor stimullar termini va qo'llab-quvvatlovchi oqibatlar orqali tushuntirilishini tasdiqlasa, A.Bandura nuqtayi nazarida esa xulq-atvorning tashqi holatli omillarning o'zaro determinizmida, masalan, rag'batlantirish va jazolash va ichki kognitiv ketish, ong, idrok qilish, qabul qilish haqida gapirish lozim. Modelni kuzatish qaysi xulq-atvor to'g'ri va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradi, biroq ko'plab murakkab xulq-atvor aktlariga o'rgatishni tushuntirish uchun velosipedda yurish, xirurgik operatsiyalarni bajarish imitatsiya, taqlid qilish, o'xshatish mexanizmi yetarli emas. A.Bandura faqatgina kuzatuv orqali yangi xulq-atvor aktiga o'rganish mumkin emasligi haqidagi qarshilikni e'tirozni hisobga olgan. O'zining ijtimoiy o'rgatish nazariyasi nomli asarida u S-R chizmasiga qanday qilib modelning taqlidi subyektda yangi xulq-atvor aktini shakllanishiga olib kelishini tushuntirish uchun zarur bo'lgan 4 oraliq jarayonni kiritgan kuzatish orqali o'rgatish komponentlari diqqat jarayonlari, saqlab qolish, harakat ijrosi va motivatsiya quyidagilar bilan aniqlanadi:1.

1. Modelga diqqatni qaratish va tushunish anglash quyidagilar bilan aniqlanadi; model xususiyatlari ijtimoiy xarakteristika, obro'-e'tiborning namoyon bo lishi, kompetentlik, shaxsiy jozibadorlik; harakat namunasining xarakteristikalari funksional amaliy ahamiyati. yangiligi, zaruriyati; avvalgi qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq bo'lgan kuzatuvchining o'zini sensor qobiliyati perseptiv ustanovkasi va motivatsiyalari.

2. Modelning eslab qolib, saqlab qo'yishi kognitiv tashkil etish, obrazli va verbal kodlashtirish yordamida amalga oshiriladi.

3. Motorli reproduktiv jarayonlar xotirada ramziy kodlashtirilgan ma'lum otlarni, muvofiq bo'lgan harakatlarga, real xulq-atvorga o'tkazishni amalga oshiradi. Ushbu aniq muvozanatlashgan harakatlarga o'rganish mumkin va zarur jismoniy qobiliyati, teskari aloqa aniqligi inobatga olinadi.

4. Motivatsion jarayonlar qo'llab-quvvatlashni o'zgarish xarakteri bilan bog'liq bo'lgan kuzatishdan real xulq-atvorda model ijrosiga o'tish sodir bo'lishini aniqlaydi, tashqi bilvosita o'z-o'zini qo'llab-quvvatlash. A.Bandura ijtimoiy kognitiv o'rgatishni murakkablik darajasi bo'yicha bir qancha turli ko'rinishlarini tavsiflagan modelning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

oddiy taqlidi, imitatsiya, o'xshatish, nusxa olish, ma'lum bir harakatlarning o'tkazilishini, uzatilishini ta'minlaydi. Shirinlik bilan mehmon qilish, ko'rishganda salomlashmoq, mavhum modellashtirish orqali kuzatuvchi o'zining aniq namunalar doirasidan chetga chiquvchi xulq-atvorini tartibga soladi. Mavhum abstrakt modellashtirish ongli tafakkurga asoslanadi, qachonki kuzatuvchi tashqi turli reaksiyalardan umumiy qirralarni ajratib olib, tam oyillarni aniqlaganda qoidalarni shakllantiradi. Bunday tarzda xulq-atvor nutqning ma'lum bir uslubi tuzilishi mumkin mehribon, xayrixoh, muloqotchan yoki qaysar, agressiv, berahm inson bo'lish ijtimoiy o'rgatishni birmuncha darajada murakkab ko'rinishi kreativ ijodiy modellashtirish ta'sirning turli manbalarini innovatsion sintezi natijasi sifatida ijod elementlarini qamrab oladi. 1980-yillar o'rtalaridan boshlab A.Bandura ko'p e'tiborini aynan rivojlanishning ichki omillariga qaratadi, o'z-o'zini baholash, nazorat qilish, muvaffaqiyat garchi modellashtirish uning ishlarini muhim mavzusi bo'lib qolishda davom etsada, u shaxs shakllanishi va o'zgarishini tushuntirish uchun shaxs mahsuldorligining kognitiv mexanizmini taklif qilgan.

Ijtimoiy o'rgatish yo'nalishining boshqa vakili R.Sirs ota-ona va farzand munosabatlarini o'rgangan. R.Sirs ilk bolalik davridagi har bir bola xulq-atvorini ona va bola xulq-atvori birligini ifodalovchi o'ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida ko'rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishiga ota-onaning ta'sirini amalga oshiruvchi vosita bo'lgan mexanizmni tushuntirish uchun o'rgatish nazariyasi doirasida psixoanalitik atamalarni yengish, regressiya, identifikatsiya qo'llagan. R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko'ra farqlanuvchi uchta yoshga bog'liq faza ajratilgan. R.Sirs bo'yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo'lgan ehtiyojlar - tobelik yoki qaramlik bevosita bog'liqlikda bo'ladi. Boshlang'ich fazada bola o'zining organik sezgisiga yuklangan va autik bo'lgan. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi, ochlik va chanqovni qondirmoq, sovuqlik va og'riqdan xalos bo'lish onaning harakatlari bilan bolani bog'laydi, bu birinchi o'rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog'liqlik tug'iladi. Bola ijtimoiylashuvni boshlanishi diadik o'zaro ta'sirni ortganligini unga kim g'amxo'rlik ko'rsatayotgan bo'lsa ular bilan birlamchi harakatini ko'rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada yetukroq xulq-atvorni shakllantirishga yordam berib, quvvatlashning asosiy vakili sifatida namoyon bo'luvchi ona-ota, oilaning boshqa a'zolari muhim ta'sir ko'rsatadi. Bola o'quvchi oila a'zolaridan kamroq darajada qaram bo'ladi. Shu o'rinda uni o'qituvchi tengqurlari do'stlaridan qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-atvorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida shakllanadi, ular ba'zan hayot davomida o'rganiladi,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

mustahkamlanadi va saqlab qo'yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish, sening ish va yumushlaringda boshqa insonning ishtirokini ta'minlashga intilish, yordam so'rab murojaat qilish, ushlab turish va fazoviy yonida bo'lish yaqinlikka intilish va boshqalarni kiritish mum kin. Juda kuchsiz qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish uchun zarur bo'lgan motivatsion bazalarni ta'minlay olmasa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga o'tishga, mustaqil, erkin bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Ota-onalarning bola bilan o'zaro ta'sirda bo'lish uslubi rag'batlantirish va jazolash nuqtayi nazari bilan uyg'unlashgan, juda chuqur o'ylangan bo'lishi kerak. Shuningdek, D.Gevirts yetuklik va go'daklik yoshidagilarning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini yuzaga kelish shartlarini o'rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, unda bolaning xulq-atvori ota-ona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta'sir manbasi sifatida talqin qilingan. Ota-ona rag'batlantirish va jazolash tizimlarini qo'llagan holda o'z farzandining xulq-atvorini shakllantiradi, lekin bola hatto go'dak chaqaloq ham jilmayish, kulish, yig'lash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida turli xil ko'rinishdagi xulq-atvorini shakllantirishi va nazorat qilishi mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini asosi sifatidagi diadik tamoyili haqidagi g'oyalari keyinchalik qayta ishlab chiqilgan. Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy qonuniyatlariga bo'ysunadi, biroq muhitning stimulli qo'zg'atuvchi, rag'batlantiruvchi ta'siri boshqa odamlar xulq-atvori bilan asoslanadi. D.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullarning ta'sirchanligi xususidagi masalani alohida ta'kidlaydi. Bolaning individual rivojlanishida aynan bir xil stimullar ham turli qo'zg'atuvchi kuchga ega bo'lishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion rolni bajarish uchun stimulyatsiya qo'zg'atuvchi rag'bat ahamiyatli funksional bo'lishi kerak. Muntazam ravishdagi tanbeh, pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatmay qo'yadi.

1. Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning o'zgarishi. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o'zgaradi. Bola nafaqat o'z atrofidagilarning ta'sirini his qiluvchi, balki o'zi ham ularga ta'sir ko'rsatuvchi, ya'ni o'zaro aloqa bo'yicha ham korsubyekt sifatida faol mavjudot sifatida ko'rib chiqila boshlandi. Yangi yondashuvning ayrim jihatlari A.Bandura va D.Gevirts g'oyalarida ifodalandi, chunonchi, masalan, hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish orqali o'rgatish haqiqiy amaliyligini, xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kogniuv o'zgaruvchilarni ajratishni, ichki quvvatlovchi javoblar ahamiyatini e'tirof etgan. XX asrning 70-yillari o'rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy o'rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperiment metodidagi asosiy qiyinchilik yo'nalishning o'zini ichida aniq bo'ldi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

— ma'lum otlar aniqligi va to'g'riligiga urinishda qidiruv eksperimentidan voz kechish yuz berdi, eksperimental metod o'zo'zidan ma'lum bo'lgan faraz bilan laboratoriya testlariga muvofiqlashtirishdi;

— ko'pincha laboratoriya eksperimenti sun'iy xarakter kasb etgan real hayotiy muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi:

— tadqiqot natijalari yoshga bog'liq tafovutlar va kishilar xaraktekistikalarini qayd etishni o'zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish sabablarini va shartlarini aniqlab bo'lmagan — Ko'p takrorlanuvchi empirik ma'lumotlarda tushunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi; — kattalar va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyatining umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning ontogenetik rivojlanishini o'ziga xos xususiyatlarning haqiqiy imkoniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi. Ma'lum qilinishicha, rivojlanish psixologiyasi "imkon qadar qisqa oraliq vaqt mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o'zaro ta'sir vaziyatida bolaning g'alati xulq -atvori haqidagi fan" istehzoli bo'lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta'riflagan. Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika psixologiyasida yangi tendensiya (g'oya) tabiiy tadqiqot g'oyasini tug'ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aksentlar aralashuviga olib keladi. XX asrning 80-yillari boshida ilmiy tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik validlik talabi bo'lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyatlar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tadqiqotchining dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo'naltirilgan faoliyatida qanday o'rin egallasa shunday ko'rinishda o'rganish kerak, eksperimental tadqiqot o'tkazishga yangi talablar ilgari surilgan edi: sinaluvchiga ko'rsatmani maishiy(kundalik) tilda taqdim qilish eksperimentator faolligini cheklash, sinaluvchini diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib borish o'zgarishlarni aniqlash o'rgatuvchi eksperimental tadqiqotlar qo'llanilishidan voz kechish real hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo'llanilishiga kim kafolat beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Insoniyat taraqqiyotini tushunishga ekologik yondashuvda bu o'zgarishlar birmuncha darajada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. U.Bronfenbrenner, D.Kyun, D.Vulvili, R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan boshlab, ijtimoiy, tarixiy kontekstgacha o'z ichiga oluvchi real sharoitlarida uning kundalik xulq-atvorini o'ziga xos xususiyatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga e'tiborini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qaratadi. Analizga ekologik ahamiyatli o'zgaruvchilar sifatida bolaning barcha hayotiy jabhalari kiritiladi uy, oila, sinf, transport, ijtimoiy rollar va funksiyalar: qiz, opa, o'quvchi xulq-atvor faolligini xarakteristikasi davomiylik, zo'riqish. U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli keng mashhurlikka ega bo'ldi. Ular tomonidan bolaning rivojlanishi dinamik jarayon sifatida ko'rib chiqiladi, bir tomondan ko'p darajali hayotiy muhit o'sib ulg'ayuvchi individga ta'sir ko'rsatadi va boshqa tomondan uning o'zi faol ravishda uni qaytadan tuzadi. U.Bronfenbrenner bolaning hayotiy muhitini to'rt darajasini ajratgan. Hayotiy muhitning mikrodarajasi individni uning yaqin atrofidagilar bilan o'zaro ta'sirini oila, bog'cha, xarakterli bo'lgan mashg'ulotlar va ijtimoiy rollarni o'z ichiga oladi. Mezodaraja yoki mezotizim ikkita yoki undan ko'p mikrotizimlar o'rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqalar yuzaga kelganda hosil bo'ladi, masalan, oila va maktab oila va tengdoshlar guruhi o'rtasida. Ekzodaraja individ tajribasi bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, lekin unga bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi keng ijtimoiy muhitni qamrab oladi. Ota-onaning bandlik xarakteri, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, oilaviy axborot vositalarining roli va nihoyat makrodaraja yoki makrotizim qadriyatlar, an'ana odatlar, qonunlar hukumat dasturlarining madaniy va tarixiy kontekstini hosil qiladi. U.Bronfenbrennerning fikriga ko'ra, bu barcha quyi darajalarga muhim ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotchilarning ko'proq e'tiborini jalb qiladigan hayotiy yo'l insonning rivojlanish g'oyasini laboratoriyaning nazorat qilinuvchi sharoitlarida o'rganib bo'lmaydi. Nafaqat oldindan aytish mumkin bo'lgan yoshga bog'liq o'zgarishlarni, balki har bir yoshga bog'liq o'zgarishlarni, balki har bir avlod uchun keng madaniy va tarixiyillarni hisobga olishni talab qiladi. P.Baltes 3 turdagi omillarni ajratgan.

1. Yoshga bog'liq m e'yorlar.

2. Tarixiy m e'yoriy.

3. M e'yoriy bo'lmagan omillar.

Yoshga bog'liq me'yoriy omillar bu aytish mumkin bo'lgan yoshdagi o'zgarishlarda biologik tishlarni yorib chiqishi, jinsiy yetilishi (menopauza va b.) va ijtimoiy (maktabga chiqish, harbiy xizmatga chaqiruv, nafaqaga chiqish va boshqalar) sodir bo'ladi. Tarixiy me'yoriy omillar — bu butun yosh davri kategoriyalariga (qatoriga) u yoki bu tarzda ta'sir ko'rsatadigan global (dolzarb) mashtabdagi tarixiy hodisalardir (urush, siyosiy va iqtisodiy tarzda o'zgarishi, epidemiya). Me'yoriy bo'lmagan omillar — hayotning aniq bir vaqti bilan bog'liq bo'lmagan, lekin uni ba'zan keskin (birdan) o'zgartirishga qodir bo'lgan, shaxs hodisalarini aks ettiradi (kasallik, jarohat, muhim inson bilan uchrashuv ajrashish va boshqalar). Aslida vaziyat bundanda murakkab chunki, ajratilgan omillar ta'siri bir qator boshqa

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

xususiyatlar, xususan jins, yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So'z inson hayot yo'liga bu omillarning murakkab qorishgan ta'siri haqida bermoqda. Shunday qilib, biz inson psixik rivojlanishini aniqlovchi omillar muammosiga asosiy e'tiborni qaratib,

0.Uotsonning klassik bexiviorizm nazariyasi, B .Skinnerning operant o'rgatish nazariyasi, A.Banduraning ijtimoiy kognitiv nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida rivojlanish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini kuzatdik.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

5. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

6. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

7. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

8. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

9. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

10. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.

11. Дружинина В.. "Психология ". Учебник. "Питер", 2003.

12. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

13. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

14. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

15. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАХДМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тараккиёти хакидаги карашларида ЖАМИЯТ

ТАДЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

16. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КАРАШЛАРИДА "ТААССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АХДАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

17. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

18. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.