Научная статья на тему 'O‘SMIRLIK DAVRI'

O‘SMIRLIK DAVRI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
958
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘smir / yetakchi faoliyat / muloqot / psixologik yangilik / o‘z-o‘ziga baho berish / jinsiy yetilish jarayoni / o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz. / adolescent / leadership activity / communication / psychological innovation / self-evaluation / sexual maturation process / crisis in transition to adolescence.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Sharipova, Odinaxon Akmal Qizi

Ushbu maqola o‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o‘smirlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga bag’shlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADOLESCENT PERIOD

This article is devoted to the development of the self-evaluation system during adolescence, the formation of their consciousness and worldview, the development of skills for working with adolescents, taking into account their age and psychological characteristics, and solving problem situations. will be done.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLIK DAVRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

O'SMIRLIK DAVRI

Sharipova Odinaxon Akmal qizi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o 'smirlik davrida o 'z-o 'ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o 'smirlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko 'nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga bag 'shlanadi.

Kalit so'zlar: o'smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psixologikyangilik, o'z-o'ziga baho berish, jinsiy yetilish jarayoni, o'spirinlik davriga o'tishdagi inqiroz.

ADOLESCENT PERIOD Sharipova Odinakhon Akmal kizi

Practitioner psychologist of the 33th comprehensive school of Khatirchi district of Navoi region

ABSTRACT

This article is devoted to the development of the self-evaluation system during adolescence, the formation of their consciousness and worldview, the development of skills for working with adolescents, taking into account their age and psychological characteristics, and solving problem situations. will be done.

Keywords: adolescent, leadership activity, communication, psychological innovation, self-evaluation, sexual maturation process, crisis in transition to adolescence.

ПОДРОСТКОВЫЙ ПЕРИОД Шарипова Одинахон Акмал кизи

Практический психолог 33-й общеобразовательной школы Хатырчинского района Навоийской области

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена развитию системы самооценки в подростковом возрасте, формированию у них сознания и мировоззрения, развитию навыков работы с подростками с учетом их возрастных и психологических особенностей, решению проблемных ситуаций.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ключевые слова: подросток, лидерская деятельность, общение, психологическая инновация, самооценка, процесс полового созревания, кризис перехода в подростковый возраст.

Kichik maktab yoshining oxiriga kelib an'anaviy ta'lim tizimida chuqur motivatsion inqiroz kuzatiladi (ba'zan uni motivatsion vakuum ham deb ataladi). Bunda yangi ijtimoiy pozitsiyani egallash bilan bog'liq motivatsiya yo'qoladi (o'qish hayotiy majburiyatlardan biriga aylanadi), o'qishning mazmunli motivlari mavjud bo'lmaydi, shakllanmagan bo'ladi. Inqiroz belgilari quyidagilarda namoyon bo'ladi: maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish majburiy emas, o'quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o'qituvchilar bilan nizolashishlar. Bola o'quv faoliyatida qanchalik kam muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa, unga shunchalik og'ir tuyuladi. Maktabda o'quvchining barqaror mavqei shakllangan bo'ladi, ayniqs a qulay bo'lmagan mavqe o'smirlik davriga o'tishda ham saqlanib qoladi. Boshlang'ich sinf davrida bilim, malaka va ko'nikmalarning yetishmasligi tufayli hal qilinmagan qiyinchiliklar o'smirlik davriga o'tishda yanada chuqurlashadi. Bola hal qilishi zarur bo'lmagan, muammolar, topshiriqlarga duch keladi. (O'zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o'qituvchilarning talablariga, ta'limning yangi sharoitlariga moslashish). Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qurishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o'z xislatlari va ko'nikmalariga, "o'ziga yo'nalganlik" vujudga keladi. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdoshlari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko'p jihatlarini belgilay boshlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o'smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o'sish oldinroq namoyon bo'lmoqda. Aksariyat o'quvchilarda o'smirlik yoshiga o'tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. "Endi o'smir bola emas, biroq katta ham emas" ayni shu ta'rif o'smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O'smirlik — bolalikdan kattalikka o'tish davri bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O'smirlik balog'atga yetish davri bo'lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o'smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir. Bu bosqichlar o'smirlik yoshini ikki xil davrga — kichik o'smirlik davri va katta o'smirlik davrlariga to'g'ri keladi. Birinchi bosqichda o'smir o'zini "bola"lardan ajratib, endi o'zini kattalar olamiga mansubligini ta'kidlamoqchidek bo'ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o'smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o'zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog'liq bo'lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o'smir endi o'zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o'zligini aniq anglay boshlaydi, o'z shaxsini ulug'lab, o'ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O'smirlarni o'z shaxslari haqidagi fikrlar ko'proq qiziqtiradi, ular o'zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O'smirlik davrida ichki erkinlikning o'sishida, o'z-o'zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o'zgarishlari yuz beradi. Bunday o'zgarishlaming yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig'i bo'lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o'zi bilan o'rtoq bo'lgan bir guruh tengdoshlariga bog'liq bo'lmay qoladi. O'rtoqlari o'smirga o'zi to'g'risidagi noto'g'ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o'ylab ko'rishga uni majbur qilmoqchi bo'lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o'z fikrida qat'iy tur ib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o'zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o'z xatti-harakatlarini o'zi tahlil qilish, o'z-o'zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o'smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O'smirlik davriga ko'pincha so'zga kirmaslik, o'jarlik, tajanglik, o'z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O'smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obrularini ko'radilar hamda havas qiladilar. O'smirda katta yoshli odam bo'lishga yoki hech bo'lmaganda katta yoshli odam bo'lib ko'rinishga qiziqish, intilish paydo boladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo'lib ko'rinadi. O'smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o'zaro mos kelmasligi o'smirlar bilan ota-onalari, o'qituvchilari va boshqa murabbiylari o'rtasida qarama-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qarshilikni keltirib chiqaradi. O'smir o'zining juda ko'p istaklari, "xohlayman'larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bo'lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo'lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o'zining ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun u kuchli, qo'rqmas va epchil bo'lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o'z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo'lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat "kerakligi»" uchun shunday bolishini istaydilar. Ana shunday "xohlayman" va "KeraK" o'rtasidagi qarama-qarshiliklar ba'zan oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda "xohlayman" faqat "kerak"ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o'smir bola tushunishga o'rgatilmagan bo'lsa va "KeraK" bo'lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo'lsa, u o'zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o'zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O'smirning yangi huquqlarga da'vosi, avvalo, kattalar bilan o'zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo'ladi. O'smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko'rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo'naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo'ladi va norozilik bildiradi. O'smirda o'z qadrini bilish hissi paydo bo'ladi va u o'zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo'lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo'lgan munosabat haqidagi fikrlari o'zgaradi va uning o'z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o'zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o'z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da'vo qiladi, ya'ni kattalar bilan ma'lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. O'smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko'pincha ular o'zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. O'smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O'smir katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o'zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo'lgan o'smirda juda ko'p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo'ladi va ular o'smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o'smirning ma'naviy o'sishi, shuningdek, psixikasidagi o'zgarishlar bilan ham bog'liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o'zgaradi, o'zining yaqinlari, do'stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o'zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko'pgina o'smirlarda o'zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o'zi haqidagi mavjud

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

fikrlarining bugun unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga to'g'ri kelmayotganligi o'smirning asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o'smirda o'zi haqida salbiy fikr va qo'rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba'zi o'smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo'ladi va o'smirlik davri inqirozi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg'izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o'jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo'ladi. Bunday paytlarda u o'zi singari katta fiziologik, psixologik o'zgarishlar kechayotgan o'rtog'i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do'sti o'smirga ijobiy ta'sir qiladimi yoki uni yo'ldan urib, yomon ta'sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog'liq. O'rtoqlarining ta'siri ostida o'smir o'zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag'ishlasa, bunday hollarda uning ba'zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo'lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo'l bilan o'quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o'quvchilar xuddi shunday yo'l bilan yolg'onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o'rganib qolishlari mumkin. O'smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir onda o'tib ketadigan xohishlarning ko'pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko'ra bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan amalga oshiriladigandek bo'lib ko'rinadigan ko'ngil ochish tarzidagi ishlardan boshlanadi. Aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga o'smirlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta'sir qiladi. Agarda o'smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o'zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo'lar edilar. O'smirlar, o'zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo'lak narsani ko'ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon yo'llaganda o'zlarini vaqtida to'xtatib qola olmasliklari ham mumkin. O'quvchilarni o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko'ra bilishga va o'zlarini tuta bilishga o'rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. O'smirlar haddan tashqari g'ayratli va besaramjon bo'ladilar, ular uchun bekorchilik juda og'irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo'yadilar, bu esa ularning ta'lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta'sir qiladi. Binobarin, o'smirlarga muvaffaqiyatli ta'lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg'ulotlarga jalb qilish hamda qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar bilan shug'ullantirish nihoyatda muhimdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

"O'smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o'smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bo'lib, bolalik chog'ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi". Har bir o'smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o'rtasida o'z shaxsini tasdiqlashga intiladi. Kattalar o'smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o'z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o'zlarini yuqori qo'yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o'zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. O'smirlar nihoyatda taqlidchan bo'lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo'ladi. Ular tashqi ta'sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik o'smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to'g'ri yo'lni ko'rsatishlariga qaramay, o'z fikrlarini o'tkazishga harakat qiladilar. O'smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko'ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruhida o'smir o'zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo'ladi. O'smir o'z guruhiga bog'liq va qaram bo'lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo'shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo'ladi. Guruh ko'pincha o'smirda "biz" hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O'smir yoshdagi bola uchun do'st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O'smirlik davrida do'stlik juda qadrli hisoblanadi. Do'stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo'lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o'smir do'stlarning hol-ahvol so'rashishi va ko'rishishlarida (qol berib, quchoq ochib ko'rishish) birga o'tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko'rinadi. Ko'pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o'smirlarning shaxs bo'lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. O'smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba'zan o'zlarining kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo'ladi. Asosiy qarama-qarshilik juda ko'p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma'naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko'p jihatdan yetarli bo'lmagan imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshilikdir. O'smirnmg o'z kuchiga to'la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o'zini katta kishi bolib qolganligini ta'kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg'un i yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. Bu o'z navbatida kattalarga qo'pol

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

munosabatda bo'lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan o'qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi. "Oltinchi sinf muammolari"ga bag'ishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo'yicha o'zlashtirishning pasayishi bilan bog'liq bo'lgan muammolarning o'sib borishi quyidagicha namoyon bo'lgan: oltinchi sinf o'quvchilari to'rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko'proq qaysarlik qilishlari, 10 marta ko'proq o'qituvchilarga qarshilik ko'rsatishlari, 7 marta ko'proq boshqalar irodasiga to'sqinlik qilishlari, 9 marta ko'proq boshqalar kamchiliklariga e'tibor berishlari, 5 marta ko'proq faqat o'z xohish-istaklariga bo'ysunishlari va nihoyat 42 marta ko'proq o'z xatti-harakatlari motivlariga ega bo'lmasliklari aniqlangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shunday qilib, xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jumladan, ma'lum darajada yoldan ozgan o'smirda ham bo'ladi. O'smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko'pchilik o'smirlar boshqalardan yomonroq bo'lishni xohlamaydilar va o'z muhitida ko'zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga intiladilar. O'smirlarning hammasi g'ayratli va faoldirlar, biroq, o'zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo'naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foydali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. O'smirlar, garchi hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka intiladilar. Ammo ko'pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bo'lmaydi. Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar bilan ta'minlash kerak. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, o'smirlar psixikasida ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo'qotish kerak. Katta o'smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan ko'ra boshlaydilar. Ularda o'z-o'zini tuta bilish, matonat paydo bo'ladi, qarorlari birmuncha qat'iy bo'la boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular o'zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko'ra ko'proq sog'lom fikrga asoslanadigan bo'ladilar. Ularning ichki kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo'ysundirilgan bo'ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq bo'ladi. Kattalarga nisbatan qo'pol munosabatning paydo bo'lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o'smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o'zgartirish yoli bilan o'smirlarning xulq-atvoriga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatish mumkin. REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

5. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

6. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

7. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

8. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.

9. Дружинина В.. "Психология ". Учебник. "Питер", 2003.

10. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

12. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

13. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тараккиёти хакидаги карашларида ЖАМИЯТ

ТАХДИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

14. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КАРАШЛАРИДА "ТААССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АХАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

15. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.