Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA IRODA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O‘SMIRLARDA IRODA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
833
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iroda shakllanishi / empirik ma’lumotlar / statistik tahlil / fenomen / o‘smirlik yoshi / inqiroz / krizis. / will formation / empirical data / statistical analysis / phenomenon / adolescence / Crisis / Crisis.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Boboyeva, Feruza Nosirjonovna

Ushbu maqolada o'smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari yoritib berilgan. Hamda har bir o‘smir shaxsi o‘ziga xos ruhiy kenglik bo‘lib, unda o‘quvchining ichki “men”ligi namoyon bo‘ladi. Bu menlik uning tashqi menligi bilan birgalikda shaxsning o‘zligini anglash imkoniyatlarini yaratadi. Natijada, o‘quvchi o‘qib o‘rganish orqali o‘zining atrofdagi borliqni, mavjud narsalarni, jamiyat tarixi va milliy madaniyatni, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy, ma’naviy boyliklarni chuqur anglab yetadi. Bu esa uning milliy o‘zligini anglashida o‘z aksini topadi. O‘smir shaxsining irodaviy sifatlarini o‘rganish yo’llari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF WILL IN ADOLESCENTS

This article highlights the psychological features of the formation of Will in adolescents. Also, each adolescent personality is a kind of spiritual breadth, in which the Inner “I”of the student is manifested. This self-consciousness, combined with his external self, creates opportunities for the perception of the identity of the individual. As a result, by reading and learning, the reader becomes deeply aware of his surrounding being, what exists, the history of society and national culture, and the cultural, spiritual riches created by mankind. This is reflected in his awareness of his national identity. Ways to explore the volitional qualities of a teenage personality have been revealed.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA IRODA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

O' SMIRLARDA IRODA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Boboyeva Feruza Nosirjonovna

Psixologiya va xorijiy tillar instituti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari yoritib berilgan. Hamda har bir o 'smir shaxsi o 'ziga xos ruhiy kenglik bo 'lib, unda o 'quvchining ichki "men "ligi namoyon bo 'ladi. Bu menlik uning tashqi menligi bilan birgalikda shaxsning o 'zligini anglash imkoniyatlarini yaratadi. Natijada, o 'quvchi o 'qib o 'rganish orqali o 'zining atrofdagi borliqni, mavjud narsalarni, jamiyat tarixi va milliy madaniyatni, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy, ma 'naviy boyliklarni chuqur anglab yetadi. Bu esa uning milliy o 'zligini anglashida o 'z aksini topadi. O 'smir shaxsining irodaviy sifatlarini o'rganish yo 'llari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: iroda shakllanishi, empirik ma'lumotlar, statistik tahlil, fenomen, o 'smirlikyoshi, inqiroz, krizis.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЛИ У

ПОДРОСТКОВ

Бобоева Феруза Насиржоновна

Магистрант Институт психологии и иностранных языков

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещаются психологические особенности формирования воли у подростков. Личность каждого подростка-это своего рода духовная широта, в которой проявляется внутреннее "я"ученика. Это " я "в сочетании с его внешним" я " создает возможности для самореализации человека. В результате читатель, читая и изучая, достигает глубокого понимания окружающего его бытия, существующих вещей, истории общества и национальной культуры, культурных, духовных ценностей, созданных человечеством. И это отражается на его восприятии национальной идентичности. Выявлены пути изучения волевых качеств личности подростка.

Ключевые слова: формирование воли, эмпирические данные, статистический анализ, явление, подростковый возраст, кризис, кризис.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF WILL IN

ADOLESCENTS

Boboyeva Feruza Nasirjonovna

Master's student Institute of Psychology and Foreign Languages

ABSTRACT

This article highlights the psychological features of the formation of Will in adolescents. Also, each adolescent personality is a kind of spiritual breadth, in which the Inner 'T'of the student is manifested. This self-consciousness, combined with his external self, creates opportunities for the perception of the identity of the individual. As a result, by reading and learning, the reader becomes deeply aware of his surrounding being, what exists, the history of society and national culture, and the cultural, spiritual riches created by mankind. This is reflected in his awareness of his national identity. Ways to explore the volitional qualities of a teenage personality have been revealed.

Keywords: will formation, empirical data, statistical analysis, phenomenon, adolescence, Crisis, Crisis.

KIRISH.

Jahonda insonning o'z imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, biror faoliyatga qat'iyat bilan kirishishi, qiyinchilik va to'siqlarga qaramasdan mazkur ishni amalga oshirishda shijoat ko'rsatishi, tirishqoqlik va tashabbuskorlik namoyon etishi muvaffaqiyatli faoliyat garovi bo'lib qolmoqda. Zero, har qanday faoliyatda inson omili, uning irodasi yetakchi zahira hisoblanadi. Shuning uchun mazkur psixik voqelikka ta'sir etuvchi ichki, tashqi, ijtimoiy, tabiiy omillarni o'rganish, psixik imkoniyatlarni optimallashtirish usullarini aniqlash va tatbiq etish yuqori saviyali, kompetent mutaxassis, axloqli, insofli, o'z manfaatidan ko'ra jamiyat manfaatini ustun qo'yuvchi insonni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jahon psixologiyasida irodani tadqiq etishning ustuvorligi kuzatilmoqda. Xususan, zamonaviy inson hayot tarzining ijtimoiy-iqtisodiy globallashuv natijasida keskin o'zgarishi, shaxs oldidagi psixologik, pedagogik, sotsial muammolarning vujudga kelishi undan kuchli iroda va ma'naviy-ma'rifiy resurslarni takomillashtiruvchi fundamental ilmiy izlanishlarni talab etmoqda. Jamiyatda raqobatbardosh, malakali mutaxassislarga bo'lgan talabning ortishi va ularning tanlov tizimining jiddiylashishi aynan bugungi o'zgaruvchan, shiddatli, interaktiv voqelikka tez moslashadigan, o'zi va faoliyatini mahoratli boshqara oladigan, maqsadi sari sobitqadam, sabotli, chiniqqan, serbardosh, qat'iyatli, mehnatkash kadrlarga ehtiyoj

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

juda ortib bormoqda. Shuning uchun, zamonaviy psixologiyada shaxsning ichki irodaviy imkoniyatlarini tadqiq etish, uning yosh, jinsiy xususiyatlarini aniqlash, qonun va mexanizmlarini ishlab chiqish mazkur ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy muammoga yuqori dolzarblik baxsh etmoqda.

MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLARTAHLILI

XX asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlari hamda AQSH psixologiyasida irodaning nazariy, eksperimental jihatdan tez sur'atlar bilan tadqiq qilinganligi ko'zga tashlanadi. Lekin ijtimoiy madaniyatning keyingi taraqqiyot bosqichlarida iroda kategoriyasiga nisbatan qiziqish birmuncha pasayganligi kuzatildi.

Hozirgacha soxa mutaxassislaridan ko'pchiligi o'smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlarini o'z ilmiy izlanishlarida o'rganganlar. O'smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari, o'smirlarda irodaviy xususiyatlarning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, ular irodaviy sifatlarini rivojlantirishning yo'llari, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar irodasini mustahkamlash bilan aloqador tasavvurlarning shakllanishi masalalari rus olimlaridan K.N. Kornilov, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov, B.G.Ananyev, N.D.Levitov, A.V.Vedenov, V.A.Kruteskiy, P.A.Rudik, A.S.Puni, V.K.Kalin, L.S.Vigotskiy va boshqalar tomonidan atroflicha o'rganib chiqilgan. Mamlakatimiz olimlaridan E.G'.G'oziyev, G.Q.To'laganova, R.I.Sunnatova kabilarning izlanishlarida o'smirlarda iroda shakllanishi muammosi tahlil qilingan.

O'smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo'lamiz. O'smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo'lib, unda o'smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o'zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretasiyasi berilgan.

S.Xoll (1940) o'zining rekapitulyasiya nazariyasida o'smirlik yoshi insoniyat rivojlanish tarixining romantik davriga to'g'ri kelib, bolalik bilan kattalik orasidagi bosqich ekanligini ta'kidlaydi.

O'smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri nemis faylasufi va psixologi E.Shpranger (1924) o'smirlik yoshining birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to'g'ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo'lishini izohladi.

E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o'smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern "Do'stingni ko'rsatsang, kimligingni aytaman" degan naqlga "Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman" degan ma'no berib, uni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

izohlashga harakat qiladi. Chunki o'smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta'sirida uning shaxsi shakllanadi.

Shunday qilib, XX asrning boshlarida o'smirlik yoshini eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi.

Hozirgi davrda o'smirlarni tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, hatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to'la hisobga olgan holda ta'limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo'llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o'rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi.

O'smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o'quvchilarda o'smirlik yoshiga o'tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o'smir bola emas, biroq katta ham emas», - ayni shu ta'rif o'smirlik davrining muxim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o'smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir. Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog'liq ravishda tanadagi barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o'sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo'lishi) amalga oshadi.

Har qanday o'smir shaxsida o'z-o'zini baholash orqali unga ta'sir etadigan ijtimoiy omillarni aniqlash mumkin. Chunki odamning o'z-o'zini anglashi, bilishi, o'z ustida ishlashi avvalo, uning diqqati, ongi, bevosita o'ziga, o'z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, his-hayajon kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. O'smir shaxsining o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat, to'g'ri, real bo'lishi uning barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shuning uchun shaxsning tarbiyalanganligini bilishda, uning o'zi va o'z sifatlari to'g'risidagi tasavvurlarini o'rganish lozim. Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning ijtimoiy normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo'ladi, ya'ni shaxs tarbiyalangan bo'ladi.

O'smirlik davri maktab va boshqa ta'lim maskanlarida o'qish davrlariga to'g'ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o'qish bo'lib, unda bola bilim olish bilan bog'liq, malaka va ko'nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

o'zgarishlarga yuz tutadi. O'smir shaxsining har tomonlama yetuk shakllanishi, uning qiziqishlari ijtimoiylashuvi, ehtiyojlar tizimi, mehnat ustanovkalariga bog'liq jihatlarni to'g'ri tarbiyalash kerak. O'smirlik davridagi maktabdan bezish (dezadaptasiya) ga sabab bo'luvchi affektiv ruhiy hayajon, kuchli ehtiros, jo'shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro'y beradigan psixik holat jabhalarini o'rganish lozim. Ayniqsa, ushbu hodisaning tuzilishi, uning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini o'rganish o'smirlar bilan amalga oshiriladigan profilaktik va korreksion ishlarning samaradorligini belgilaydi.

O 'smir yoshidagi bolalarpsixologiyasi va ularda irodaviy xususiyatlarning

shakllanishi

Jahon psixologiyasida iroda va uni tarbiyalash muammolariga bag'ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Iroda kategoriyasining tadqiqoti uzoq tarixga ega bo'lib, inson ongi va mohiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to'planishi tufayli shaxs irodasining tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan.

XVII asrda Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o'tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo'lishi, deb tushunish mumkin emas. Chunki uni shaxsiy kuch-quvvatning hissiy intilish bilan uzviylikdagi jarayoni, deb qaramoq lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unda bu tarzdagi tasdiqiy munosabatning tug'ilishi irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, u mustaqil substansiya sifatida ham tan olinadi.

Vilgelm Vundtning mulohazasiga ko'ra, iroda negizida appersepsiya aktining sub'yekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Ushbu konsepsiya "emosional" yoki "affektiv" tushunchalari bilan psixologiya faniga kirib keldi.

U.Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo'lmaydigan birlamchi xususiyatga egadir. Har qanday g'oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo'lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g'oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir.

Psixologiyada iroda - bu insonning qo'yilgan maqsadlariga erishishiga yo'naltirilgan ongli faolligi, degan qat'iy fikr qaror topgan. "Iroda" tushunchasi mohiyatiga - kishining maqsad qo'ya olish qobiliyati, o'z emosiyasini boshqarish va xulqini iroda qilishi kiradi.

V.I.Selivanov irodani tadqiq etib, quyidagi xulosalarga kelgan:

a) iroda - bu shaxsning o'z faoliyatini va tashqi olamdagi o'zini-o'zi boshqarish shakllarini anglash tavsifidir;

b) iroda - inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

v) iroda - bu amaliy ong, o'zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o'zini ongli idora qilishidir;

g) iroda - bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog'liq bo'lgan xususiyatidir. Ammo u qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi.

Irodani boshqarishni rivojlantirish uchun mashqlar.

Qulay o'tirib oling, o'zingizni bo'sh tutishga harakat qiling. (K. Rodjers (1902

yil))

1. Irodaning kuchsizligi sababli siz va sizning yaqinlaringizda sodir bo'lgan ko'ngilsizliklarni yorqinroq ko'z oldingizga keltiring. Shuning natijasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsizliklarni tasavvur qiling. Ularning har birini batafsil o'rganing, uning nimadan tashkil topganini chuqurroq aniqlashga harakat qiling. Shundan so'ng sodir bo'lgan ko'ngilsizlar ro'yxatini tuzing. Sizda oldin aks etgan uyat, o'zidan qoniqmaslik holatlarini his eting va mavjud holatni o'zgartirish istagi hamda uning yana qaytarilmasligiga intiling.

2. Irodangizni rivojlantiradigan ustunlikni, siz va sizning yaqinlaringiz undan oladigan yaxshilik va xursandchiliklarni yorqinroq tasavvur qiling. Ushbu ustunliklarni batafsil tahlil qiling. Ularning har birini aniq o'rganishga harakat qiling va yozib qo'ying. Ushbu fikrlarni uyg'otadigan tuyg'ularga batamom beriling: sizning oldingizda imkoniyatlarni ochadigan xursandchilik, uni amalga oshirishdagi kuchli xohish, zarur hatti-harakatni darhol boshlashga intiling.

3. Kuchli va qat'iyatli irodaga egaligingizni yaxshiroq tasavvur qilishga harakat qiling. Mustahkam va qat'iyat bilan qadam tashlayotganingizni, turli-tuman vaziyatlarda o'zingizni qanday jasurlik bilan boshqarishingizni tasavvur qiling: siz qo'yilgan maqsadlarni aniq tasavvur qilayapsiz, bunga bor kuchingizni sarflashga qodirsiz. Tasavvur qiling, qanday qat'iyatlisiz, o'z hatti-harakatlaringizni qay darajada boshqara olasiz. Hech nima sizni dovdiratib qo'yolmaydi. O'zingiz o'ylagan ishda muvaffaqiyatga erishishni tasavvur qiling.

Yuqoridagi holatlarga yaqin vaziyatlarni tanlang va bunda iroda kuchiga tayanishga harakat qiling. Ushbu holatlarda siz istalgan sifatlarni qay tarzda namoyon etishingiz mumkinligini tasavvur qiling.

Oldin aytib o'tganimizdek, iroda - bu turli psixologik elementlar orqali namoyon bo'ladigan umumlashgan tushunchadir. Irodaning tarkibiy elementlari haqida gapirib, ularning yaxlitligi, soni, ular orasidagi farq hamda aloqalar nazarda tutiladi. Ko'p hollarda maqsad sari intilish, qat'iyatlilik, chidamlilik, sabotlilik, mustaqillik, jasurlik, o'zini idora eta olish va tashabbuskorlik kabi sifatlar ajratib ko'rsatiladi. Iroda elementlariga tanqidiylik, ijrochilik va o'ziga ishonchni kiritish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1-jadval. Shaxsning irodaviy xususiyatlari (K.K.Platonov)

Irodaviy xususiyat-lar Maqsad va unga intilish Imkoni-yatlar va motivlar Motivlar kurashi va sababni tanlash Qaror qabul qilish Qarorni amalga oshirish

Kuchli iroda Aniq maqsad qo'yish Kuchli intilish Yetarli Asoslangan va tez Kuchli intilish bilan asoslangan Barqaror

Tirishqoqlik intensiv intilish bilan yiroqlash-gan Normal Juda qat'iyatli

Qaysarlik Ob'yektiv- o'zini oqlamagan Barcha imkoniyatlarni hisobga ogan holda emas, balki sodda fikr bilan Asoslanma-gan, intensiv harakat bilan Qat'iyatli

Muloyimlik Tez o'zgaruvchan Boshqa kishilarning ta'siri bilan namoyon bo'ladigan Tez o'zgaradi Turlicha

Ta'sirlanuvchan lik Ishtirok etmaslik Chetdan beriladi Xuddi shu

Qat'iyatlilik Maqsadni aniq anglash Yetarli, ba'zan haddan ziyod Tez, biroq har doim ham asoslanma-gan Aniq va barqaror Chidamli

Qat'iyatsizlik Bu ham Bu ham Uzoq muddatli Ishtirok etmaydi yoki tez o'zgaradi Ishtirok etmaydi

Irodaning sustligi Noaniq, Kuchsiz intilish bilan Noaniq Tugallanma-gan Uni bajarishga intilmas-lik Qat'iyatsiz-lik

A.S.Puni aytishicha, har bir odamda irodaviy sifatlar yagona yaxlit tuzilma kabi ishtirok etadi, biroq, ushbu tuzilmaning bo'g'inlari strukturasi turli kishilarda turlicha bo'ladi. Binobarin, alohida olingan bir kishida turli faoliyatlarda u o'zgarib turadi. Shuning uchun, irodaviy sifatlarni bo'g'inlari turlicha bog'lanadigan harakatchan, dinamik tuzilma sifatida qarab chiqish lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

TAHLIL VA NATIJALAR

Maktab o'quvchilarining iroda kuchini aniqlash maqsadida 15 ta savoldan iborat bo'lgan N.N.Obozovning "O'zining iroda kuchiga baho berish" metodikasi qo'llanildi. Tadqiqotda 20 nafar 8-sinf o'quvchisi ishtirok etdi.

N.N.Obozovning "O'zining iroda kuchiga baho berish" metodikasi. Metodika 15 ta savoldan iborat bo'lib, "Ha" javob variantiga - 2 ball, "Bilmayman" yoki "Ba'zan" javob variantiga - 1 ball, "Yo'q" javob variantiga - 0 ball beriladi. Shuni unutmaslik kerakki, savolnomada yaxshi va yo mon javoblar yo'q. Savollarga javob berishda ob'yektivlik bilan yondashish va xayolga kelgan birinchi javobni yozish talab etiladi.

T/r S a v o 1 n o m a

1. Vaqt va vaziyat undan uzoqlashishni va yana unga qaytishni taqozo qiladigan, sizga qiziqarli bo'lmagan boshlangan ishni oxiriga yetkazishga qodirmisiz?

2. Sizga yoqmaydigan nimanidir qilish kerak bo'lsa, ichki qarama-qarshiliklarni ortiqcha urinishlarsiz yenga olasizmi (masalan, dam olish kuni navbatchilikka borish)?

3. Ishda yoki maishiy hayotda ziddiyatli vaziyatlarga duch kelganingizda, o'zingizni qo'lga olishga qodirmisiz?

4. Agar sizga parhez belgilangan bo'lsa, uni buzmaslikka kuch topa olasizmi?

5. Agar kechqurun ertalab turish rejalashtirilgan bo'lsa, odatdagidan vaqtliroq turishga kuch topasizmi?

6. Guvohlik ko'rsatmasi berish uchun voqea sodir bo'lgan joyda qola olasizmi?

7. Xatlarga tez javob berasizmi?

8. Agar sizda samolyotda uchish yoki stomatolog ko'rigidan o'tish qo'rquv hissini vujudga keltirsa, hech qanday qiyinchiliksiz bu hissiyotni yengib, oxirgi lahzagacha o'zingizning fikringizni o'zgartirmasdan tura olasizmi?

9. Shifokor tavsiya qilgan yoqimsiz dorini qabul qila olasizmi?

10. Agar berilgan va'dani bajarish ko'pgina ovoragarchilikka olib kelsa ham, qiziqqonlik bilan bergan va'dangizning ustidan chiqa olasizmi?

11. Notanish shaharga safarga, zarur bo'lganda ikkilanishsiz otlanasizmi?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Uyqudan uyg'onish, ovqatlanish, mashg'ulotlar, uy yumushlari va boshqa ishlarni bajarishda tartibga qat'iy amal qilasizmi?

13. Kutubxonadan qarzdorlarga nisbatan salbiy munosabat bildirasizmi?

14. Eng qiziqarli teleko'rsatuv ham Sizni zarur ishni bajarishdan chalg'ita olmaydi. Shundaymi?

15. Qarshi tomonning so'zlari sizni qanchalik xafa qilmasin, baribir Siz janjalni to'xtatishga va indamaslikka qodirmisiz?

Ma'lumotlarni izohlash va qayta ishlash. Agar siz 0 dan 12 ballgacha to'plagan bo'lsangiz, unda sizda iroda kuchi qoniqarsiz. Sizga nima oson va qiziqarli bo'lsa, faqat shuni bajarasiz, majburiyatlarga qo'l uchida munosabatda bo'lasiz va bu turli ko'ngilsizliklarning sababi bo'lishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

13-21 ball. Sizda iroda kuchi o'rtacha. Agarda siz turli to'siqlarga duch kelsangiz, ularni yengishga harakat qilasiz. Chap berish yo'lini ko'rsangiz, undan foydalanishga harakat qilasiz. O'z xoxishingiz bilan ortiqcha majburiyatlarni o'z zimmangizga olmaysiz.

22-30 ball (erishilgan natijalar 22 dan 30 ball oralig'ida bo'lishi mumkin). Sizga ishonish mumkin. Siz pand bermaysiz. Lekin ayrim hollarda sizning qattiq va murosaga kelolmaydigan yo'lingiz atrofdagilarni xafa qilib qo'yishi mumkin.

Eksperimental tadbirlarni amalga oshirish natijasida biz qo'llagan metodikada o'quvchilarning irodaviy sifatlari orasidagi maksimal va minimal farqlarni ko'rsatadigan har bir savol bo'yicha ijobiy va salbiy javoblar nisbati hisobga olindi (2-jadval).

2-jadval. O'quvchilarda o'zining iroda kuchiga baho berish dinamikasi.

Darajalar O'quvchi soni %

Yuqori "iroda kuchi" 8 40

O'rta "iroda kuchi" 10 50

Past "iroda kuchi" 2 10

Ma'lum bo'lishicha, sinaluvchilarning eng ko'p qismi "o'rta" iroda kuchiga ega o'quvchilardir. Past iroda kuchiga ega bo'lgan o'quvchilar nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shuning uchun nisbatan past iroda kuchiga ega bo'lgan o'quvchilar bilan korreksion tadbirlarni muntazam tarzda tashkil etish talab qilinadi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, sinaluvchilarning 40 foizi, ya'ni 8 nafar o'quvchi "yuqori" iroda kuchiga ega. Iroda kuchining ushbu darajasiga mansub bo'lgan o'smirlar o'ziga ishonuvchan, har qanday sharoitda ham o'z aytganidan qaytmaydigan, qat'iyatli, mustahkam iroda kuchiga ega bo'lishadi. Ularga ishonish mumkin, ular hech qachon pand berishmaydi.

"O'rtacha" iroda kuchini o'quvchilarning 10 nafari (50%) namoyon etdi. Iroda kuchining ushbu darajasiga mansub bo'lgan o'smirlarda turli to'siqlarga duch kelinsa, ularni yengishga harakat qilish, chap berish yo'li ko'rinadigan bo'lsa, undan foydalanishga harakat qilish kabi xislatlar xos. Ular o'z xoxishlari bilan ortiqcha majburiyatlarni o'z zimmalariga olishga harakat qilishadi.

"Past" iroda kuchiga ega o'quvchilar soni kam, atigi 2 nafar, bu jami o'quvchi soniga nisbatan 10 foizni tashkil etdi. Iroda kuchi qoniqarsiz bo'lgan o'smirlarda nima oson va qiziqarli bo'lsa, faqat shuni bajarish, majburiyatlarga qo'l uchida munosabatda bo'lish, qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik, belgilangan vazifalarning o'rtasida uni tashlab ketishga intilish kabi xislatlar xos bo'ladi.

Sinaluvchi-o'quvchilarning ko'pchiligini (50%) "iroda kuchi"ning o'rtacha rivojlanish darajasiga mansub bo'lgan bolalar tashkil etdi; iroda kuchining "yuqori"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

rivojlanish darajasiga mansub bo'lgan bolalar esa nisbatan kam (40%). Unchalik katta bo'lmagan bolalar soni va nisbati (10%) ni iroda kuchining "past" rivojlanish darajasiga mansub bo'lganlar tashkil etdi.

Guruhlardagi o'g'il va qiz bolalar natijalarini alohida o'rganish ko'rsatishicha, iroda kuchining o'rtacha rivojlanish darajasiga ega o'quvchilar qiz hamda o'g'il bolalarda ko'pchilikni tashkil etdi. Biroq, qizlarda irodaning yuqori rivojlanish darajasiga ega bo'lganlar ko'pchilikni tashkil etdi, o'g'il bolalarda esa bu parametr bo'yicha natijalar nisbatan ancha past namoyon bo'ldi.

Metodikaning iroda kuchi parametri bo'yicha natijalarni sifat jihatdan tahlil etish natijasida qiz va o'g'il bolalardagi bir-biridan muhim farqlarni aniqlashga erishdik. Jumladan, tashkillashtirilganlik, tartib-intizom, mas'uliyat hissi kabi iroda sifatlari bo'yicha farqlar ancha katta ekanligi va bunda qizlar o'g'il bolalardan ustun ekanligi aniqlandi. Jasurlik, mardlik kabi iroda sifatlari bo'yicha esa o'g'il bolalar ustun ekanligini kuzatdik.

1-diagramma. O'smirlarda o'zining iroda kuchiga baho berish dinamikasi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

XULOSA

O'smirlarda iroda sifatlarini tarbiyalash zamonaviy pedagogik psixologiyaning muhim masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero, o'smirlik davri bu - o'tish davri bo'lib, yosh inqirozini boshdan kechirish, o'zini ma'lum darajada kattalardek his etish, shu sharoitda kattalar tomonidan uning yetarli darajada tan olinmasligi holatlari o'smirlarda turli psixologik muammolarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Bular esa aynan iroda sifatlarini yangicha tafakkur sharoitida ilmiy-psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish, o'rganishni taqozo qiladi.

Shu munosabat bilan amalga oshirilgan mazkur bitiruv malakaviy ishida o'smir shaxsi, ushbu yoshda namoyon bo'ladigan va uni tarbiyalash zarur bo'lgan irodaviy sifatlar, xossalar hamda xususiyatlarning psixologik tabiati, unga ta'sir etish yo'l va usullari, korreksiyasi bilan bog'liq turli psixologik usullarni ishlab chiqish borasida tadqiqot ishi olib borildi va quyidagi xulosalarga kelindi.

1. Irodani inson tomonidan o'z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish tuzilmasi sifatida baholash mumkin, zero, iroda maqsadga yo'naltirilgan hatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o'tishga imkon yaratadi.

2. Ijtimoiy yo'nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati sifatida o'z ifodasini topadi, o'quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o'ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ананьев Б.Г. Психология и проблемы человека / Под ред. А.А.Бодалева. М., 1996.

2. Асмолов А.Г. Проблемы психологии субъекта. М., 1994.

3. Абрамова Г. С. Возрастная психология: Учебное пособие для студентов вузов. - 5-е изд. - М.: Акад. Проект, 2005. - 702 с.

4. Barotov Sh.R. O'quvchi shaxsini o'rganish usullari. T.: O'qituvchi, 1995. - 56 b.

5. Barotov Sh.R. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatini baholash. T.: O'qituvchi, 1992. - 48 b.

6. Выгоцкий Л.С. Психология развития человека, - М.: Смысл: Эксмо, 2014.

7. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. T.: 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.