Научная статья на тему 'O’SMIRLARDA IRODAVIY SIFATLARNING SHAKLLANGANLIK DARAJASI VA ULARNING O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISHGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI'

O’SMIRLARDA IRODAVIY SIFATLARNING SHAKLLANGANLIK DARAJASI VA ULARNING O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISHGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

375
281
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iroda / tashqi iroda / ichki iroda / iroda kuchi / jasorat / mustaqillik / irodasizlik / воля / внешняя воля / внутренняя воля / сила воли / мужество / самостоятельность / безволие

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xasan Qaxramonovich Yakubjonov

Ushbu maqolada iroda va irodaviy sifatlar mohiyati, ilk yoshdagi o’spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligining psixologik xususiyatlari mazmuni yoritilgan. Shuningdek, o’spirinlarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o’z-o’zini boshqarishga ta’sirini o’rganishga doir aniqlovchi tajriba-sinov ishi natijalari tahlili keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article reveals the essence of will and volitional qualities, the content of the psychological characteristics of the formation of volitional qualities in young adolescents. Also presented is an analysis of the results of experimental work on the study of the formation of volitional qualities in adolescents and its impact on selfcontrol

Текст научной работы на тему «O’SMIRLARDA IRODAVIY SIFATLARNING SHAKLLANGANLIK DARAJASI VA ULARNING O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISHGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI»

O'SMIRLARDA IRODAVIY SIFATLARNING SHAKLLANGANLIK DARAJASI VA ULARNING O'Z-O'ZINI BOSHQARISHGA TA'SIRINI

O'RGANISH NATIJALARI

Xasan Qaxramonovich Yakubjonov

Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada iroda va irodaviy sifatlar mohiyati, ilk yoshdagi o'spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligining psixologik xususiyatlari mazmuni yoritilgan. Shuningdek, o'spirinlarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o'z-o'zini boshqarishga ta'sirini o'rganishga doir aniqlovchi tajriba-sinov ishi natijalari tahlili keltirilgan

Kalit so'zlar: iroda, tashqi iroda, ichki iroda, iroda kuchi, jasorat, mustaqillik, irodasizlik

АННОТАЦИЯ

В данной статье раскрывается сущность воли и волевых качеств, содержание психологических особенностей формирования волевых качеств у подростков раннего возраста. Также представлен анализ результатов опытно-тестовой работы по изучению сформированности волевых качеств у подростков и ее влияния на самоконтроль

Ключевые слова: воля, внешняя воля, внутренняя воля, сила воли, мужество, самостоятельность, безволие

ABSTRACT

This article reveals the essence of will and volitional qualities, the content of the psychological characteristics of the formation of volitional qualities in young adolescents. Also presented is an analysis of the results of experimental work on the study of the formation of volitional qualities in adolescents and its impact on self-control.

Keywords: will, external will, internal will, willpower, courage, independence, lack of will

Republikamizda ta'lim maqsadiga ko'ra o'quvchilaming yoshiga mos ravishda quyidagi tayanch ma'naviy-axloqiy fazilat

May 6, 2023

232

(kompetensiya)lar - Vatanni sevish, ardoqlash va unga sadoqatli bo'lish, ishbilarmonlik, kuch va irodalilik, sog'lom fikrlash, g'amxo'rlik, yaxshilik, oqibatlilik, burch va mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy ong, yangicha fikrlash, mehnat qilish, mehnatni qadrlash singari ijobiy sifatlarni shakllantirish uzluksiz ma'naviy tarbiya jarayonining asosiy vazifalari sifatida belgilangan. Zero, ilk yoshdagi o'spirinlarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish ularning o'quv-tarbiya jarayonida yuqori muvaffaqiyatlarga erishishini ta'minlaydi.

Iroda - insonning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqara olishida namoyon bo'ladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar ekan, o'ziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.

Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi. Iroda mehnat faoliyati davomida shakllanadi va rivojlanib boradi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo'l-yo'riqlarini oldindan aniqlab, ma'lum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo'ladi. Inson irodasining qay darajada rivojlanganligi maqsadni qanday ro'yobga chiqarishida ko'rinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi to'siqlarga duch keladi. Ichki to'siqlar kishining o'ziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olishi, o'zini boshqarish va o'z ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda, deb ataladi. Tashqi to'siqlar tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tashqi to'siqlarni yenga olish layoqati tashqi iroda, deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi to'siqlarni yengish (tashqi iroda) ichki to'siqlar (ichki iroda) ni yengish bilan uzviy bog'liq.

Irodaningning muhim sifatlari: o'zini tuta bilish, dadillik, qat'iylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va boshqalar. Iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon bo'lishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak g'oyalarga asoslangan ongli qat'iyat va sabot bilan o'z harakati yo'lidagi to'siqlarni yengar ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy bog'liq, uning shakllanishida muhim rol o'ynaydi.

Shaxsda irodaviy sifatlarning ya'ni, iroda kuchi, mustaqilligi, qat'iyatliligi kabi ayrim sifatlari turlicha namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo'yi mustahkamlanib, oqibatda shu odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham shaxsning bunday sifatlari uning o'ziga xos xususiyatlari deb

ataladi. Har bir kishidagi mazkur sifatlarning turlicha namoyon

May 6, 2023

bo'lishi shu kishi xarakterining xislati bo'lavermaydi. Chunki, ayrim hollarda hatto, tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko'rsatishi mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi umuman kuchli irodalilik shu kishi xarakterining xislati ekanligini ifodalamaydi. Bunday hollarda kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchi bir marta emas balki, bir necha marotaba namoyon bo'lishini bilmoq kerak.

Inson irodasi ma'lum fazilatlar bilan tavsiflanadi. Avvalo, irodani maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan muhim qiyinchiliklarni yengishning umumlashtirilgan qobiliyati sifatida ajratish odatiy holdir. Maqsadingizga erishish yo'lidagi to'siq qanchalik jiddiy bo'lsa, irodangiz shunchalik kuchli bo'ladi. Aynan iroda kuchi bilan yengib o'tiladigan to'siqlar irodaning namoyon bo'lishining ob'ektiv ko'rsatkichidir.

Kishining xarakterini ta'riflaganimizda, falon kishi dadillik qiladi, rost gapiradi, demasdan balki, bu odam dadil, rostgo'y, to'g'riso'z deb ataymiz.

Buning ma'nosi shuki, dadillik va rostgo'ylik, to'g'riso'zlik shu odamning xususiyatlari yoki xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo'ylik, to'g'riso'zlik xislatariga ega ekanligini namoyon qildi deb ayta olamiz. Kishi xarakteri xislatlarini bilib olgach, uning biror ish-harakatda qanday yo'l tutishini ancha aniq bilib, oldindan aytib bera olamiz.

Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi, ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo'lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham iroda kuchi irodaning muhim sifatidir deyiladi. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko'rinadi.

Iroda kuchi ravshan va aniq maqsadni belgilashda shuningdek, mazkur maqsadga yetishishga yordam beradigan yo'l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda namoyon bo'ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, bilimiga va umumiy saviyasig bog'liq. Aniq maqsad qo'yishda inson tafakkuri va ayniqsa real g'oyalarning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol o'ynaydi.

Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kelsa va qarorni mustahkamlashda sabotlilik ko'rsatsa, unda yuksak g'oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlilik va sabotlilik kuchi iroda beligilari sifatida namoyon bo'ladi. Qat'iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir.

Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va

May 6, 2023

234

p

hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi xayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o'ziga bergan mas'uliyatliligini anglatadi.

Kishi axloqiy burchning talabiga ko'ra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan o'limdan birini tanlab olish bunday jasorat iroda kuchi ekanligin ko'rsatadi.

Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterining irodaga bog'liq bo'lgan qaysi xislatlarida ifodalangan bo'lsa, o'sha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo'ladi. Ammo hamma kishilarn va har qanday odamning irodasi kuchli xarakteri kuchli deb bo'lmayi, balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan aralib turgan odamlargna iroda kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi.

Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o'z vaqtida bajarishda ko'rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish boshlangan ishni oxiriga yetkaza olmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir.

Lekin qabul qilingan qarorni bajargan har qanday qilingan ish-harakat irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy harakatlar yordami bilan yengillashganiga va shu yo'l bilan qanday natijalarga erishishigagina qarab aniqlanadi. Irodaviy zo'r berish vositasida bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining ob'ektiv ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi.

Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko'rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishga urinishda ko'rinadi.

O'spirinlik yoshi davrida irodaviy sifatlar negizida iroda kuchining ta'sirini qay darajada muhimligini aniqlash yotadi. Shuning uchun o'spirinlarda iroda kuchining namoyon bo'lishi ularda irodaning salbiy va ijobiy sifatlarini tarkib topishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday holatning namoyon bo'lishi ulardagi iroda kuchi va uning yo'nalganlik darajasi bilan ham uzviy bog'liq bo'lishi mumkin.

Ilk yoshdagi o'spirinlarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o'z-o'zini boshqarishga ta'sirini o'rganish maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 10- va 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Sho'rchi tumanidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari bilan 2022-2023 o'quv yili davomida aniqlovchi tajriba-sinov ishlari olib borildi. O'quvchilarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o'z-o'zini boshqarishga ta'sir darajasini o'rganish aniqlovchi tajriba-

sinov ishlarining asosiy maqsadi sifatida belgilandi. Ilk

May 6, 2023

o'spirinlarda iroda kuchining o'z-o'zini boshqarishga ta'sirini qay darajada muhimligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot ishimizda barcha sinaluvchilar guruhida N.N.Obozovning "Shaxsning iroda kuchini aniqlash" metodikasi o'tkazildi. Shuningdek, o'quvchilar bilan suhbat, mualliflik asosida ishlab chiqilgan anketa-so'rovnomaga javob olish, savol-javob kabi tadqiqot usullaridan ham foydalanildi. Olingan natijalar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilindi. To'plangan ma'lumotlar jadval va diagrammalarda aks ettirildi.

1-jadval

Ilk yoshdagi o'spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o'z-o'zini boshqarishga ta'siri ko'rsatkichlari

Yosh davrlari Yuqori O'rta Past

Shaklla nganlik O'z-o'zini boshqarish ga ta'siri Shaklla n ganlik O'z-o'zini boshqarish ga ta'siri Shkllan-ganlik O'z-o'zini boshqarish ga ta'siri

15-16 44% 42% 30% 34% 26% 24%

17-18 46% 44% 31% 36% 23% 20%

60 50 40 30 20 10

□ 15-16 yosh

□ 17-18 yosh

Yuqori

O'rta

Quyi

1-rasm. Ilk yoshdagi o'spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o'z-o'zini boshqarishga ta'siri ko'rsatkichlarini diagramma ko'rinishi

May 6, 2023

0

236

p

Jadval va diagramma natijalariga muvofiq ko'rsatkichlar tahliliga nazar tashlar ekanmiz, iroda kuchi sinaluvchilar guruhida 44% (15-16 yosh), 46% ( 17-18) va o'z-o'zini boshqarishga ta'siri 42%, 44% yuqori ko'rsatkichga ega ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu ulardagi har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tishda o'zlarida sabot-matonat ko'rsata olishlarida namoyon bo'ladi. Ayniqsa, ulardagi natijalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, iroda kuchi shaxsning yosh va individual psixologik xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Ta'kidlash joizki, iroda kuchining yuqori darajada bo'lishi irodaviy sifatlarning ham rivojlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ishtirokchilarning 30% (15-16 yosh) va 31% (17-18 yosh) ida o'rta ko'rsatkichga ega ekanliklari aniqlandi. Bu ulardagi iroda kuchining vaziyatga qarab namoyon bo'lishi bilan izohlanadi. Mazkur holat o'quvchilarda o'quv topshiriqlarni o'rinli va vaziyat nuqtai nazaridan bajarilishiga hamda ijtimoiy psixologik shart-sharoitlar bilan uzviy bog'liqdir. O'quv topshiriqlari yoki turli xil ko'rinishdagi murakkab vazifalarni bajarish jarayonida irodaning ijobiy yoki salbiy sifatlari tarkib topishi mumkin. Xususan, iroda kuchining yuqoriligi ularda mustaqillik, qat'iyatlilik, mardlik, sabotlilik kabi irodaviy sifatlarning shakllanishiga shuningdek, buning aksi holatini aks ettiruvchi salbiy xususiyatlarni namoyon bo'lishiga ham olib keladi.

Olingan natijalarga ko'ra, 26% (15-16 yosh) va 23% (17-18 yosh) sinaluvchilar guruhida irodaviy sifatlarning shakllanganligi past darajani tashkil qildi. Bunga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirish mumkin: o'quvchi tomonidan o'zlashtirilgan ijtimoiy tajribalarning murakkabligi va boyligi; erishilgan muvaffaqiyatlar; sanogen fikrlash emas aksincha, patogen fikrlashning ustunligi; ijtimoiy munosabatlar jarayonida o'quvchi ishtirokining kamligi yoki cheklanganligi; o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmalarining rivojlantirilmaganligi va boshqalar. Shuningdek, iroda kuchining quyi darajada bo'lishi o'quvchining atrofdagi narsalarga befarqligi, o'zi va boshqalar bilan bog'liq vazifalarni zimmalariga olmasliklari natijasida ro'y beradi. Ushbu holatni o'quvchi shaxsida mustaqillik, chidamlilik, jasoratlilik, matonatlilik, irodaviy zo'r berish kabi xislatlarning tarkib topmaganligi bilan izohlash mumkin.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, iroda bu insonning hayotiy qiyinchiliklarni yengib o'tishi, maqsadga erishish qobiliyatidir. Xususan, u xarakter, maqsadlilik, qat'iyatlilik, matonatlilik, jasoratlilik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Ushbu xarakter xususiyatlari ijtimoiy foydali yoki jamiyatga zid maqsadlarga erishishga yordam berishi mumkin. Shu sababli ham o'quvchilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish ta'lim-tarbiya

jarayonining muhim funksiyalaridan biri sifatida belgilanadi.

May 6, 2023

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" VM-1059 son Qarori. - T.: - 2019 yil 31 dekabr.

2. Абдурахимов, К. А. (2015). Психологические особенности интеллектуальной деятельности. Проблемы современного образования, (3), 41-47.

3. Abdukhalilovich, A. K. (2021). Family as a Subject of Psychocorrective Influence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 656-668.

4. Abduraximov, Q. A. (2015). Psychological peculiarity of intellectual activity. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 3(2), 54-60.

5. Bekmirov T.R. Shaxsning emotsional irodaviy holatlari. O'quv uslubiy qo'llanma. - Toshkent: 2022. - 68 b.

6. Erkaboeva, N. S., & Bakhromovna, M. M. (2022). A MODERN APPROACH TO THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE DEFECTOLOGISTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1723-1725.

7. 1. Erkaboyeva, N. Sh. "FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES." Ученый XXI века 4-1 (2016): 36-39.

8. Gaybulloyev A.A. Sportchilarda irodaviy sifatlarni shakllanishining psixologik mexanizmalari //"Science and Education" Scientific Journal. April 2022 / Volume 3 Issue 4. - p.832-837

9. Ильин Е. П. Психология воли. - СПб: Питер, 2000. - 712 с.

10. Маклаков А.Г. Общая психология. СПб: 2008. - 583 с.

11. Salixov Sh., Salixov T. Sportchilardagi hissiy-rodaviy sifatlarning psixologik xususiyatlari. Monografiya. - Globeedit, 2021. - p.112.

12. Sadikova, S. (2020). UNIVERSITY STUDENTS TRAINING SYSTEM FOR PEDAGOGICAL ACTIVITIES. InterConf.

May 6, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

238

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.