Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR HOLATINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI PSIXOLOGIK NAZARIY TAHLILI'

O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR HOLATINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI PSIXOLOGIK NAZARIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Agressivlik / agressiv xulq-atvor / agressiya / korreksiya / stress.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nishanbayeva Odina Xikmatillayevna

Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi agressivlik va agressiv xulq atvor tushunchalari o‘rganiladi. Xususan, o‘smirlardagi agressivlik xatti-harakatlarning ko‘rsatkichlari, uning paydo bo‘lishining asosiy sabablari va psixoprofilaktikasiga alohida e’tibor beriladi. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. Maqolada o‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR HOLATINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI PSIXOLOGIK NAZARIY TAHLILI»

O'SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR HOLATINING SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI PSIXOLOGIK NAZARIY TAHLILI Nishanbayeva Odina Xikmatillayevna

Xalqaro Nordik Universiteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi email:odinanishanbayeva8@gmail.com tel raqam:97-116/62/07 https://doi.org/10.5281/zenodo.10802387

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'smirlik davridagi agressivlik va agressiv xulq atvor tushunchalari o'rganiladi. Xususan, o'smirlardagi agressivlik xatti-harakatlarning ko'rsatkichlari, uning paydo bo'lishining asosiy sabablari va psixoprofilaktikasiga alohida e 'tibor beriladi. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo'llash hisoblanadi. Maqolada o'smirlik davrida agressiv xulq ko'rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Agressivlik, agressiv xulq-atvor, agressiya, korreksiya, stress.

Аннотация В данной статье исследуются понятия агрессии и агрессивного поведения в подростковом возрасте. В частности, особое внимание уделено показателям агрессивного поведения подростков, основным причинам его возникновения и психопрофилактике. Цель агрессии-причинить жертве боль и использовать агрессию как средство для достижения других целей. В статье описана классификация агрессивного поведения в подростковом возрасте и возможности коррекции.

Ключевые слова: Агрессивность, агрессивное поведение, агрессия, коррекция, стресс.

Abstract. This article explores the concepts of aggression and aggressive behavior in adolescence. In particular, special attention is paid to the indicators of aggressive behavior in adolescents, the main causes of its occurrence and psychoprophylaxis. The purpose of aggression is to inflict pain on the victim and to use aggression as a means to achieve other goals. The article describes the classification of aggressive behavior in adolescence and the possibilities of correction.

Keywords: Aggressiveness, aggressive behavior, aggression, correction, stress.

Kirish. Bugungi kunda shiddat bilan o'zgarib borayotgan hayot oldimizga qo'yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o'ylar ekanmiz, uning yechimini aynan ta'lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo'lamiz. O'smirlardagi agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki butun bir jamiyat uchun birmuncha o'tkir muammolardan biri hisoblanadi. Inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, hayotning yuqori ritmi, shaharlarning zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik holatiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. O'smirlar jinoyatchiligining o'sib borayotgan oqimi va axloqning tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko'rinishlarni uyg'otuvchi psixologik sharoitni o'rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan vazifa sifatida ilgari surdi.

Agressiya atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, ''aggredi'' -''tajovuz qilmoq'' ma'nosini anglatadi. Psixologiyada ''agressiya'' atamasiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud bo'lib, X.Delgado, A.A.Bass, L.M.Semenyuk, G.Parens, A.Bandura, R.Uolters, Yu.Mojginskiylar tomonidan agressiya salbiy baholanadi. Shu bilan bir qatorda agressiyaga nisbatan ijobiy yondashuvlar ham mavjuddir. Jumladan, L.Bender agressiyani insonning o'z-o'zini namoyon

qilishga intilishidir, deb ta'kidlaydi. Keyingi paytlarda yoshlar o'rtasida tajovuzkorlik, agressiv xulq uchrab turibdi. Sababi yoshlarimiz telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli mentalitetimizga, milliy qadriyatlarimizga xos bo'lmagan videoroliklar, materiallar, voqea hodisalarga guvoh bo'lmoqdalar. Kattalar ularning xattiharakatlarini nazorat qila olmayaptilar. O'smirlik davri olimlar tomonidan eng qiyin davr, inqiroz davri, o'tish davri deb e'tirof etiladi. Haqiqatdan bu davrga kiradigan bolalarga tarbiya-ta'lim berish ham qiyin bo'lib qoladi. Ular qaysar, o'zini boshqalar tan olishlarini xoxlaydigan, romantik bo'lib qoladilar. Shuning uchun o'smirlarni vaqtincha qo'llab-quvvatlash juda muhimdir, ammo vaqt o'tishi bilan uning fikrlari bilan yolg'iz qolishiga imkon berilishi kerak. Agressiv xulq-shaxsning ma'naviy buzuqlikka asoslangan, boshqarishning ichki dunyosiga ochiqdan-ochiq salbiy ta'sir o'tkazib, tajovuz qilib, uni izdan chiqarishga qaratilgan g'ayriinsoniy xususiyat. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo'lishi ko'pincha ijtimoiy muhit bilan bog'liq holda yuz beradi. Shaxsning o'ziga qaratilgan tajovuzkorlik "autoagressiya" (bunday holat shaxsdagi patologik o'zgarishlarning ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi) deb ataladi. O'z joniga qasd qilish, o'ziga tan jarohati yetkazish autoagressiyaning ko'rinishlaridir. Jaholatga botgan, johillik va zo'ravonlikni maqsadga erishishning asosiy va ustuvor vositasi deb biladigan shaxslarda agressiv xulq kuchli bo'ladi.

O'smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davrni tashkil qiladi. O'smirlik bolalikdan kattalikka o'tish davri bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'smirlik davrida o'smirning ''men''i qaytadan shakllanadi. Uning atrofdagilarga, ayniqsa, o'z-o'ziga bo'lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyati yo'nalishi keskin o'zgaradi. Ularda ilgarigi qiziqishlar so'nadi va yangi qiziqishlar paydo bo'ladi. Bunda ish qobiliyatining, o'zlashtirishning pasayishi, o'smirlarning qo'polligi va yuqori qo'zg'aluvchanligi, o'zidan qoniqmasligi, agressiya, xavotirlanish kayfiyat beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish, arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish, o'zini past baholash kabi salbiy xulq-atvor ko'rinishlari namoyon bo'ladi. O'smirlik davrida bolalar hissiy jihatdan beqaror bo'lib qoladilar. Psixologlar buni gormonal o'sish, tanani qayta qurish, balog'atga yetish kabi biologik omillar bilan bog'laydi. Ammo ba'zi hollarda hissiy o'zgarishlar radikal shakllarga ega bo'lib, agressiyaga aylanishi mumkin. Agar o'smir o'z agressiyasi bilan yolg'iz qolsa, bu uni buzg'unchi jamoalarga olib kirishi va natijada huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin.

Oddiy kundalik hayotda agressiya-zo'ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qo'llaniladi. Agressiya tushunchasining o'ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki bu termin ko'plab xatti-harakat shakllarini o'zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe'l, barcha narsani o'zi istaganidek qilishni istaydigan, o'z g'oyalarini qat'iy himoya qiladigan, yechimi yo'q muammolar girdobiga o'zini giriftor qiladigan inson, deb ta'riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta'rif to'g'ri yo noto'g'riligini bilish uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim. R.Beron va D.Richardson bu tushunchaga shunday ta'rif beradi: ''Agressiya lotin tilida ''agressio'' - ''hujum degan ma'noni bildiradi, bu bir jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan inson xulq-atvorining har xil formasi''. J.Buss fikricha ''Agressiya oqibatida boshqa organizm qandaydir zararli stimulni qabul etish reaksiyasi'' N.Zilman tomonidan bildirilgan fikrga ko'ra agressiya boshqalarga tan jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir . Agressiyaning namoyon bo'lishining ko'plab nazariy asoslari mavjud. Zigmund Freyd fikricha agressiv xulq o'z tabiati bo'yicha g'ayriixtiyoriy va muqarrar. Insonda ikkita birmuncha qudratli instinkt mavjud: jinsiy (libido) va o'limga bo'lgan qiziqish (tanatos). Agar tanatos quvvati sirtga yo'naltirilmasa, bu tezda individumning o'zini parchalashiga olib keladi. Shunday qilib, tanatos bilvosita

tajovuzning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo'naltirilishiga ko'maklashadi. Hissiyotlarning tashqi ko'rinishi xavfli harakatlarning namoyon bo'lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. K.Lorens agressiya barcha jonli mavjudotlar kabi insonda ham mavjud bo'lgan yashash uchun kurashning tug'ma instinktidan boshlanish nuqtasini oladi. U yashash uchun kurash instinktining manbayi bo'lmish agressiv quvvat organizmda to'satdan, doimiy tezlikda, vaqt o'tishi bilan muntazam yig'ilgancha yuzaga keladi deydi.

O'smirlik davrida o'g'il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunday davrlar bo'ladiki, ularda agressiv fe'l-atvor eng yuqori yoki eng past ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. O'g'il bolalarda ikki tipdagi agressiyaning namoyon bo'lishi aniqlangan: 12 yosh va 14-15 yosh. Qizlarda ham ikki tipdagi agressiv xulq-atvorning eng yuqori ko'rsatkichlari 11 va 13 yoshga to'g'ri keladi. O'g'il bolalar uchun agressiyani to'g'ridan to'g'ri, ochiq shaklda va nizoga kirishayotgan shaxsning o'ziga ko'rsatish xarakterli hisoblanadi. Qizlarga esa aynan verbal agressiyaning turli ko'rinishlarini ma'qul deb bilish xarakterlidir.

O'smirlar agressiv xatti-harakatning paydo bo'lishi va namoyon bo'lishida quyidagi asosiy sabablar mavjud:

1. Oilaviy muhitning nosog'lomligi. Oilada ota-ona va farzand o'rtasidagi nizolar, o'zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, oiladagi rahbarlik uslubining to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi va noto'liq bo'lgan oilalarning mavjudligi o'smirlarda agressiyaning paydo bo'lishiga olib keladi. Agressiv xulq-atvor natijasi qotillikkacha olib borishi mumkin. Tadqiqotchilardan biri bo'lgan F.Getting qotillar ko'p hollarda to'liq bo'lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Uning ''Oiladagi agressiv bolalarni o'rganish'' bo'yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijalariga ko'ra, noto'liq oilalarda o'ta qahrli, qo'pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko'rsatib o'tgan. Uning ta'kidlashicha to'liq oilalarda ham, noto'liq oilalarda ham sog'lom yoki nosog'lom oilaviy muhit mavjud bo'ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog'lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir.

2. Tengdoshlar guruhi. O'smirlar doim o'zgalarga taqlid qiladilar. Ular tengdoshlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o'zlarini agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o'z tengdoshlari orasida siqib chiqariladi. Bunday bolalar o'zini xo'rlangandek his qilib, o'zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug'dirmasdan qolmaydi.

3. Ommaviy axborot vositalari agressiya kuchayishiga ta'sir qilmoqda. Namoyish etiluvchi jangari filmlar, ko'rsatuvlar, internet orqali o'zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma'lumotlar, jangari o'yinlarni o'ynash agressiyaning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

Yuqoridagi sabablarni bartaraf etish maqsadida ota-onalarga va o'smirning yaqinlariga quyidagilarni tavsiya qilamiz:

- O'smirning mustaqil bo'lishiga, tashabbus ko'rsatishiga sharoit yaratish;

- Ularga nima qilishni buyurmaslik kerak, balki qanday yordam berishni so'rash kerak, ya'ni uni qo'llab-quvvatlashni, unga bo'lgan ishonchni his qilishi;

- O'smir bilan ota-onasi, yaqinlari tez-tez ularning hayotdagi maqsadlari haqida gaplashishi;

- Oilada ota-ona tajovuzkorlik darajasini iloji boricha pasaytirish;

- Ishonchli munosabatlar o'rnatish;

- O'smirning sevimli mashg'ulotlari bo'lsa, uning quvvatini shu tomonga yo'naltirish, uni yutuqlari va mehnatsevarligi uchun doim maqtab rag'batlantirib turish lozim.

Demak, hozirgi kunda o'smirlarda namoyon bo'layotgan agressiv harakatlarlaning paydo

bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish muammolarini ilmiy o'rganish

shuni ko'rsatadiki, inson tabiatidagi bu ko'rinishni chuqur o'rganish psixologiya fanining bugungi

kun talabiga aylanib bormoqda.

REFERENCES

1. Bolalarga o' smirlarga maslaxat berishda yosh psixologik yondashuv/Ed. G.V.Burmenskoy E. I.Zaxarova O.A.Karabova va boshqalar., ,Akademiya, 2012.-112s 5.

2. Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308311.

3. Karakulovich, J. A., & Ismoilovna, A. Z. (2021). PSYCHOLOGICAL STUDY OF EMOTIONS AND EMOTIONS IN WORLD PSYCHOLOGY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

4. Nishonova Z.T., Kamilova N.G'., Abdullayeva D.U., Xolinazarova M.X. «Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» -Toshkent: 2017, 241-b

5. N.Ismoilova, D.Abdullayeva "Ijtimoiy psixologiya" -TOSHKENT: 2013, 130-b

6. Кернберг О.Ф. Агрессия при расстройствах личности и перверсиях. М, 1998134 с

7. Ш.Мустафаева. «Усмир психологияси: биз билмаган жихдтлар». Фаргона-2015, 7-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.