TALABALIK DAVRIDA TA'LIM OLISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Maxmudova Dilarom Axmadovna,
Nizomiy nomidagi TDPU Psixologiya kafedrasi dotsenti, Ruftamjonova Muharram Davronbek qizi,
TDPU magi&ranti Dilshodova Madinabonu Ruftam qizi
TDPU magi&ranti
Annotatsiya: Maqolada oily ta'limda taxsil olayotga talabalar guruhidagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari ochib berilgan.
Аннотация: В статье анализируются социально психологические особенности межличностного общения в студенческой группе.
Abûract: The article reveals the social and psychological characteri&ics of interpersonal relations in the group of indents in the tiudy of family education.
Kalit so'zlar: yosh davrlari, rivojlanish, globolizatsiya , shaxs, muloqot, ijtimoiylashuv .
Ключевые слова: возрастные периоды, развитие, глоболизация, лисность,общение, социолизация.
Key words: age periods, development, globalization, personality, communication, socialization.
Insoniyat tarixi davomida rivojlanish jarayoni bir qancha talablar asosida, jamiyat va ta'lim-tarbiyaning ta'sirida qator bosqichlarni bosib o'tadi. Yosh davri taraqqiyotida talabalik davri o'zining universalligi bilan ajralib turadi va u fan taraqqiyotida XXI asr oxiriga kelib indu^rializatsiya hamda urbanizatsiya ta'siridagina ushbu yosh davri alohida davr sifatida ajrala boshlangan. Talabalik davri o'tish bosqichi ya'ni bolalikdan mu^aqil yetuklik hayotiga o'tish davri hisoblanadi. Biroq talabalik mutlaqo mu^aqil hayot bosqichi bo'lib shaxs qadriyatlari tizimiga egadir.
Talabalik davrining yuqori chegarasi esa tarixiy va ijtimoiy jihatdan shartlashgan bo'lib, individual o'zgaruvchandir. Yosh davri chegaralarini aniqlash nima uchun murakkab. "Ulg'ayish" tushunchasining o'zi serqirradir. Biologik ulg'ayish jinsiy yetuklik, nasl qoldirish qobiliyati bilan belgilanadi; ijtimoiy ulg'ayish esa iqtisodiy mu^aqillik, katta odam rolini qabul qilinishi, psixologik ulg'ayish yetuk shaxs identifikatsiyasidir. Insoniyat jamiyatda ulg'ayish madaniyat bilimlar tizimi, qadriyatlar, me'yorlar, ijtimoiy an'analar, mehnatga tayyorgarlik mezonlar bilan belgilanadi.
Talabalik ontogenetik taraqqiyotning muhim davri hisoblanib, u turli yo'nalish mualliflari tomonidan turlicha talqin qilinadi. Xususan: Biogenetik nazariyada asosiy e'tibor biologik taraqqiyotga qaratilgan bo'lib, talabalik davri eng avvalo organizmning jismonan o'sishi bilan belgilanadi.
Psixoanalitik nazariyada (Z.Freyd, A.Freyd) esa talabalik davrida psixoseksual taraqqiyot muayyan bosqichga yetib libidoning in&inktiv energiyasi "Men"ning himoya mexanizmlari bilan kompensatsiyalashadi deb hisoblanadi. "U" va "Men" orasidagi qarama-qarshi kurash ulg'ayish va nizoli vaziyatlarning ortishida kuzatiladi, natijada "U" va "Men" orasida yangicha uyg'unlik namoyon bo'ladi.
Psixoanalizga qarshi E.Shpranger talabalik davrida individning madaniy o'sishi kuzatiladi, deb hisoblagan. E.Eriksonning psixosotsial nazariyasida esa ilk o'spirinlik va talabalik davrida asosiy e'tibor identifikatsiyaga erishishga, ko'pgina tanlovlar orasidan o'zi uchun yangi obraz yarata olishiga qaratilishi darkor deb hisoblaydi.
Ijtimoiy nazariyaga ko'ra, talabalik davri ijtimoiylashuvning muhim bosqichi hisoblanib, jamiyat tomonidan ma'qullangan me'yorlarni o'zlashtirilishi tushuniladi. Psixologik nazariyada esa o'sayotgan individning ichki olami va o'zini o'zi anglashi bilan tavsiflanuvchi sub'ektiv tomoniga va uning ulg'ayishidagi shaxslararo munosabatlarining o'rniga asosiy e'tibor beriladi. Ulg'ayishga individual yondashuv turli tartibda taraqqiyot vazifalarini keltirib chiqaradi. Eng avvalo bu talabalik davri bilan bog'liq. O'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, talabalik davrida guruhdagi o'zaro munosabatlar bilan shaxs xususiyatlari o'rtasida ko'p qirrali aloqalar mavjud bo'ladi. Jamoada tarkib topgan o'zaro munosabatlar jamoa a'zolarining qadriyatlari, ahloq normalari va manfaatlari bilan belgilanadigan alohida emotsional psixologik ko'rinishga ega bo'ladi. Jamoaning shaxsga ta'siri singari har bir shaxs faolligi darajasi, shaxs ushbu jamoada hissiy zo'riqishni qanchalik boshdan kechirishi bilan belgilanadi.
Demak, har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuksak ishchanlik qobiliyatini rag'batlantiruvchi psixologik muhitni tashkil etishni guruh a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni va unda hukmron bo'lgan qadriyatlarni tartibga solishdan boshlash kerak.
Psixologiyada jamoadagi o'zaro munosabatlarning rasmiy va norasmiy tuzilishlari ajratib ko'rsatiladi. Bu erda har ikki tozilma shaxs jamoada egallashi mumkin bo'lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi. Munosabatlarning rasmiy tuzilmasi - bu tashqaridan, jamiyat tomonidan berilgan va ushbu jamoa faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan pozitsiyalar tizimidir. Pozitsiyalardan har biri muayyan yo'l -yo'riqlar bilan beriladi. Shu sababli bu pozitsiyalarni egallash shaxsdan o'z huquq va majburiyatlari haqida muayyan tasavvurga ega bo'lishni talab etadi.
Norasmiy shaxslararo munosabatlar tizimida pozitsiyalar har bir shaxsning o'ziga xosligi va guruhning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Jamoadagi shaxmlararo munosabatlar - u yoki bu guruh kishilarining o'ziga xos psixik holati bo'lib, u o'zaro muloqot va hamkorlikdagi xulq -atvor uslubida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy psixologiyada bu tushuncha bilan bir qatorda "jamoaning ijtimoiy psixologik iqlimi" termini keng ishlatiladi. Jamoning ijtimoiy psixologik iqlimi kishilarning o'ziga xos hamkorlikdagi faoliyati bilan xarakterlanuvchi atmosfera, jamoaning har bir a'zosi psixik va emotsional holati bo'lib, ko'p jihatdan kishilarning umumiy holati bilan belgilanadi.
Muayyan guruh yoki jamoadagi shaxslararo munosabatlar kishilar psixik kayfiyati xarakterida namoyon bo'ladi, ijtimoiy ongning beqaror, o'zgaruvchan tomoni
hisoblanadi. Shaxslararo munosabatlar jamoaning ijtimoiy-psixologik muhitida aks etadi va o'zining nisbatan barqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu esa muayyan vaqt oralig'ida uning holatini belgilash imkonini beradi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar ta'sirida yuzaga keluvchi ijtimoiy-psixologik muhitjamoalar, jamoa a'zolari, alohida shaxslarning faoliyat jarayoniga qo'shilishi bilan belgilanuvchi kuchli omil hisoblanadi. Emotsional, ma'naviy darajada jamoaning iqlimida shaxsiy hamda ish yuzasidan bo'ladigan o'zaro munosabatlar aks etib, u hamkorlikdagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarning qiziqishlari, ahloqiy ildizlari hamda qadriyatlari yo'nalishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, ijobiy shaxslararo munosabatlar jamoa har bir a'zosiga ijobiy ta'sir ko'rsatib qolmay, shu bilan birga faoliyat unumdorligini oshirishning muhim omili hamdir. Lekin shu bilan bir qatorda jamoa a'zolari o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarda nizoli vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Qarama-qarshiliklar, konfliktlar, inqirozlar inson tomonidan boshdan kechirilar ekan, shaxs rivojlanishi manbai bo'lib hisoblanadi hamda uning konduktiv yoki de^ruktiv hayotiy ssenariysini belgilaydi.
Demak oliy ta'limda taxsil olish, bu davrdagi shaxslaro munosabatlar yosh davrlari vazifalarini hal etish shaxs taraqqiyotidagi ko'pgina muammolarni yechimiga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1 .Бадмаев M.M. Методика преподавания психологии. —Москва, 2001
2. Davletshin M.G, Do'smuhamedova Sh. va boshq, Yosh davrlari va pedagogik psixologiya,. —Toshkent, 2007
3. Махмудова Д.А. Речь при эмоциональном напряжении. Вестник интегративной психологии. 2022год. Выпуск 26 стр.140
4. Xaydarov F.I. Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi. — Toshkent,2007y
5. Xaydarov F.I. Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. —Toshkent,2009y